Научная статья на тему 'PEDAGOGIK FAOLIYAT JARAYONLARIDA INNAVATSION TA’LIM JARAYONLARI ORQALI PEDAGOGLAR SALOMATLIGINI SAQLASH'

PEDAGOGIK FAOLIYAT JARAYONLARIDA INNAVATSION TA’LIM JARAYONLARI ORQALI PEDAGOGLAR SALOMATLIGINI SAQLASH Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
9
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
pedagog / mahorat / kuzatuvchanlik / bilimdonlik / ko’nikma / malaka / o’qtuvchi / madaniyat / pedagogik texnika / axloq / tajriba. / pedagogue / skill / observation / knowledge / skill / competence / teacher / culture / pedagogical technique / ethics / experience

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Kamolova A.O., Akramjonova F.A.

Quyuda keltirilgan maqolada o‘z kasbining mohir ustasi bo‘lgan, yuksak darajada madaniyatli, o‘z fanini chuqur biladigan, yondash fanlar sohalarini yaxshi tahlil eta oladigan, bo‘lajak kasbiy mahoratini, ijodkorlik ko‘nikmalarini hosil qilishi, muomala madaniyati, pedagogik texnika malakalarini shakllantirishi, o‘qituvchilik, tarbiyachilik mahoratining dastlabki malakalarini tarkib toptirishdan jarayonlari yoritilgan. “Pedagogik mahorat”da kuzatuvchanlik, ijodkorlik, ilg‘or pedagogik tajribalarni mustaqil o‘zlashtirish sirlarini o‘rgatadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PRESERVING THE HEALTH OF TEACHERS THROUGH INNOVATIVE EDUCATIONAL PROCESSES IN THE PROCESSES OF PEDAGOGICAL ACTIVITY

In the article below, a master of his profession, highly cultured, deeply knowledgeable in his field, able to analyze the fields of related sciences well, develop his future professional skills, creative skills, culture of dealing, formation of pedagogical technical skills, processes of formation of the initial skills of teaching, educational skills are covered. "Pedagogical skills" teaches the secrets of observation, creativity, independent mastering of advanced pedagogical practices

Текст научной работы на тему «PEDAGOGIK FAOLIYAT JARAYONLARIDA INNAVATSION TA’LIM JARAYONLARI ORQALI PEDAGOGLAR SALOMATLIGINI SAQLASH»

Kamolova A.O. Namangan Davlat pedagogika instituti Pedagogika va psixologiya kafedrasi o'qituvchisi

Akramjonova F.A.

Maktabgacha ta'lim kafedrasi o'qituvchisi

PEDAGOGIK FAOLIYAT JARAYONLARIDA INNAVATSION TA'LIM

JARAYONLARI ORQALI PEDAGOGLAR SALOMATLIGINI

SAQLASH

Annatatsiya. Quyuda keltirilgan maqolada o'z kasbining mohir ustasi bo'lgan, yuksak darajada madaniyatli, o'z fanini chuqur biladigan, yondash fanlar sohalarini yaxshi tahlil eta oladigan, bo'lajak kasbiy mahoratini, ijodkorlik ko 'nikmalarini hosil qilishi, muomala madaniyati, pedagogik texnika malakalarini shakllantirishi, o 'qituvchilik, tarbiyachilik mahoratining dastlabki malakalarini tarkib toptirishdan jarayonlari yoritilgan. "Pedagogik mahorat"da kuzatuvchanlik, ijodkorlik, ilg'or pedagogik tajribalarni mustaqil o'zlashtirish sirlarini o 'rgatadi.

Kalit so 'zlar: pedagog, mahorat, kuzatuvchanlik, bilimdonlik, ko 'nikma, malaka, o 'qtuvchi, madaniyat, pedagogik texnika, axloq, tajriba.

Kamalova A. O. teacher

Department of Pedagogy and Psychology

Akramjonova F.A.

teacher

preschool education department Namangan State Pedagogical Institute

PRESERVING THE HEALTH OF TEACHERS THROUGH INNOVATIVE EDUCATIONAL PROCESSES IN THE PROCESSES OF

PEDAGOGICAL ACTIVITY

Abstract. In the article below, a master of his profession, highly cultured, deeply knowledgeable in his field, able to analyze the fields of related sciences well, develop his future professional skills, creative skills, culture of dealing, formation of pedagogical technical skills, processes offormation of the initial skills of teaching, educational skills are covered. "Pedagogical skills" teaches the secrets of observation, creativity, independent mastering of advanced pedagogical practices.

Key words: pedagogue, skill, observation, knowledge, skill, competence, teacher, culture, pedagogical technique, ethics, experience.

O'qituvchi - O'zbekistonning porloq kelajagini barpo etuvchi, dunyoga mashhur mutafakkir va olimlarning davomchisi bo'lgan yosh avlod ta'lim-tarbiyasi uchun javobgar shaxsdir. Shunday ekan, o'qituvchining mazkur talablarga muvofiq keluvchi qiyofasi, uning o'quvchilar, hamkasblar hamda ota -onalar o'rtasidagi obro'-e'tibori hozirgi zamon talablariga mos bo'lishi shart.

"Pedagogik mahorat" asosiy maqsadi bo'lajak o'qituvchilarda kasbiy mahorat, ijodkorlik ko'nikmalarini hosil qilish, muomala madaniyati, pedagogik texnika malakalarini shakllantirish, o'qituvchilik, tarbiyachilik mahoratining dastlabki malakalarini tarkib toptirishdan iboratdir. "Pedagogik mahorat"da kuzatuvchanlik, ijodkorlik, ilg'or pedagogik tajribalarni mustaqil o'zlashtirish sirlarini o'rgatadi. Talabalar o'qish va o'qitish jarayonida diqqatni taqsimlash, bilim, ko'nikma va malakalar, psixik holatlarini boshqara olish va pedagogik texnika madaniyatini mustaqil o'zlashtirish malakalarini shakllantirishga e'tibor qaratadilar. Har bir yosh mutaxassisni puxta ilmiy - nazariy bilimlar bilan qurollantirish, egallagan ilmiy bilimlarni amaliy faoliyatda qo'llash uchun ko'nikma va malakalarini rivojlantirish albatta oson ish emas. O'qishga ilmiy, ongli munosabat bilan qaraydigan, mustaqil fikrlaydigan, mukammal ma'lumotlarni egallashga layoqatli, bilish faolligi va aqliy mehnat madaniyatini o'zida mujassamlashtirgan yoshlarni voyaga yetkazish - muhim vazifadir. Kasbiy pedagogik ta'lim yo'nalishida "Pedagogik mahorat" fanini o'qitishni yanada takomillashtirish, uning samaradorligini oshirishga e'tiborni kuchaytirish hozirgi kunning dolzarb muammosi sifatida tan olinmoqda

"O'z kasbining mohir ustasi bo'lgan, yuksak darajada madaniyatli, o'z fanini chuqur biladigan, yondash fanlar sohalarini yaxshi tahlil eta oladigan, tarb Ushbu ta'rifning mohiyatidan kelib chiqib o'qituvchining pedagogik mahorati tushunchasi mazmunini shunday izohlash mumkin:

1. Madaniyatning yuqori darajasi, bilimdonlik va aql zakovatning yuksak ko'rsatkichi.

2. O'z faniga doir bilimlarning mukammal sohibi.

3. Pedagogika va psixologiya kabi fanlar sohasidagi bilimlarni puxta egallaganligi, ulardan kasbiy faoliyatida foydalana olishi.

4. O'quv - tarbiyaviy ishlar metodikasini mukammal bilishi.

Pedagogik mahorat tizimi quyidagi o'zaro bir-biri bilan bog'liq bo'lgan

asosiy komponentlardan iborat:

> Pedagogik insonparvarlik talablariga bo'ysunishi.

> Kasbga oid bilimlarni boshqa fanlar bilan aloqadorlikda mukammal

bilish.

> Pedagogik qobiliyatga ega bo'lish.

> Pedagogik texnika sirlarini puxta egallash.

Barcha kasblar orasida o'qituvchilik kasbi o'zgacha va muhim ijtimoiy ahamiyat kasb etadi. Zero, o'qituvchi yosh avlod qalbi kamolotining me'mori, yoshlarga ta'lim-tarbiya beruvchi insondir. Bugungi kunda u yoshlarni g'oyaviy - siyosiy jihatdan chiniqtirib tabiat, jamiyat, ijtimoiy hayot, tafakkur taraqqiyoti

qonuniyatlarini o'rgatadi, yoshlarni mehnat faoliyatiga tayyorlab, kasb-hunar sirlarini puxta egallashlarida ko'maklashadi va jamiyat iyalash va o'qitish uslubiyatini mukammal egallagan mutaxassis"

Pedagogik mahorat - o'qituvchilarning shaxsiy (bolajonligi, xayrixohligi, insonparvarligi, mehribonligi va h.k.) va kasbiy (bilimdonligi, zukkoligi, fidoyiligi, ijodkorligi, qobiliyati va hokazo.) fazilatlarini belgilovchi xususiyat bo'lib, o'qituvchilarning ta'lim-tarbiyaviy faoliyatida yuqori darajaga erishishini, kasbiy mahoratini doimiy takomillashtirib borish imkoniyatini ta'minlovchi faoliyatdir. U o'z fanini mukammal bilgan, pedagogik-psixologik va metodik tayyorgarlikka ega bo'lgan, o'quvchilarni o'qitish, tarbiyalash va rivojlantirishning optimal yo'llarini izlab topish uchun, amaliy faoliyat olib boradigan har bir o'qituvchining kasbiy faoliyatida namoyon bo'ladi.

Shunday qilib, pedagogik mahorat egasi bo'lish uchun o'qituvchi o'z o'quv predmetini davr talablari asosida bilishi, pedagogik va psixologik bilimlarga ega bo'lishi, hamda insoniylik, izlanuvchanlik va fidoyilikni o'zida tarkib toptirishi lozim. I.P. Rachenko pedagogik mahoratni pedagogik san'atning bir qismi sifatida ta'riflab, shunday yozadi: "pedagogik mahorat deganda o'qituvchining pedagogik-psixologik bilimlarni, kasbiy malaka va ko'nikmalarni mukammal egallashi, o'z kasbiga qiziqishi, rivojlangan pedagogik fikrlashi va intuitsiyaci, hayotga axloqiy-estetik munosabatda bo'lishi, o'z fikr mulohazasiga ishonchi va qat'iy irodasi tushuniladi" Tadqiqotchilarning fikriga ko'ra, quyidagi to'rtta komponent pedagogik mahoratning asosiy tashkil etuvchilari hisoblanadi

O'qituvchilarning kasbiy xususiyatlariga: o'z kasbini, bolalarni sevishi, ziyrakligi, hozirjavobligi, vazminligi, pedagogik nazokati, tasavvuri, qobiliyati, tashkilotchiligi, notiqlik madaniyati, chuqur va keng ilmiy saviyasi, kasbiy layoqatliligi, ma'naviy ehtiyoji va qiziqishi, intellekti, yangilikni anglay va qo'llay olishi, kasbiy ma'lumotni muntazam oshirishga nisbatan intilishi va boshqa fazilatlari kiradi.

O'qituvchilarning kasbiy pedagogik tayyorgarligi shartli ravishda quyidagi yo'nalishlarda olib boriladi:

1) O'qituvchining shaxsiy fazilatlar bo'yicha tayyorgarligi.

2) O'qituvchining ruhiy - psixologik tayyorgarligi.

3) O'qituvchining ijtimoiy - pedagogik va ilmiy - nazariy jihatdan tayyorgarligi.

4) O'qituvchining maxsus va ixtisoslikka oid uslubiy bilimlarni egallab borishi.

O'qituvchining pedagogik mahorati pedagogika oliy ta'lim muassasalarida shakllanib boradi. Yuksak saviyali pedagogik kadrlar tayyorlashga nisbatan talablar, ularning malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimini takomillashtirish, o'z kasbi bilan uzluksiz taraqqiyotga moslasha oladigan o'qituvchining shakllanishi, bo'lajak o'qituvchi umummilliy mavqeining o'sib borishini ta'minlaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. A. To'xtaev Ekologiya. T., "O'qituvchi"., 1998y. Yu. Shodimetov Ijtimoiy ekologiyaga kirish. T., «O'qituvchi", 1994y.

2.G.V.Stadnitskiy, A.I.Rodionov Ekologiya. Moskva., «Visshaya shkola".,1988y. Sh.Otaboev, M.Nabiev Inson va biosfera. T., "O'qituvchi", 1995y.

3.Аллабергенова, Д. К. O'rta Osiyolik allomalarning tabiat va ekologiya haqidagi fikrlari va hozirgi zamon / Д. К. Аллабергенова. — Текст: непосредственный // Образование и воспитание. — 2018. — № 3.1 (18.1). — С. 11-12. — URL: https://moluch.ru/th/4/archive/94/2665/ (дата обращения: 14.11.2023).

4.Kamolova, A. O. Q. (2023). Pedagoglik kasbi boshqa hamma kasblarning poydevoridir. Science and Education, 4(5), 988-992.

5.Kamolova, A., & Ergasheva, G. S. Q. (2022). Yosh avlodni tarbiyalashda xalq pedagogikasini manbalarining o'rganishning o 'rganishning ilmiy-nazariy asoslari. Science and Education, 3(12), 590-592.

6.Nishonova, M. Y., & Kamolova, A. O. (2021). O'SMIRLARGA HUQUQIY BILIM BERISHDA KEYS STADI TEXNOLOGIYASIDAN FOYDALANISH. Экономика и социум, (8 (87)), 42-45.

7.Kamolova, A. O. Q., & Husaynova, S. I. (2023). O'smirlar o'rtasida axloqsizlikni oldini olishda pedagogik faoliyatning o'ziga xos xususiyatlari. Science and Education, 4(2), 969-972.

8.qizi Kamolova, A. O. (2023). SINFDAN TASHQARI SPORT MASHG 'ULOTLARI ORQALI O ' QUVCHILARDA MILLIY G 'URUR, QADRYATLAR, UMUM INSONIY XIS TUYG 'ULARNI RIVOJLANTIRISH. Results of National Scientific Research International Journal, 2(8), 60-66.

9.Xalimjanovna, A. M. (2022). MANIFESTATIONS OF STRESS IN PROFESSIONAL ACTIVITY AND WAYS TO ELIMINATE IT. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 10(11), 841-844.

10.АСРАНБАЕВА, М. ОСНОВНЫЕ НАПРАВЛЕНИЯ И ФАКТОРЫ ПОДГОТОВКИ ДЕТЕЙ К СОЦИАЛЬНОЙ ЖИЗНИ В НЕПОЛНЫХ СЕМЬЯХ. УЧЕНЫЙ XXI ВЕКА Учредители: Общество с ограниченной ответственностью Коллоквиум, 43-45

11.Asranbaeva, M. X. (2020). IMPROVING MECHANISMS OF PREPARING CHILDREN FOR SOCIAL LIFE IN DISABLED FAMILIES. Theoretical & Applied Science, (12), 125-129.

12. Абдуллаев, Т. У. (2024). Бошлангич таълимнинг математика дарсларида талабаларнинг мустакдл ишларини ташкил этишнинг узига хос хусусиятлари. Science and Education, 5(4), 470-475.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.