Научная статья на тему 'RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA KASBIY FAOLIYATNING PEDAGOGIK ASOSLARI'

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA KASBIY FAOLIYATNING PEDAGOGIK ASOSLARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
3
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
o‘z faniga doir bilimlar / pedagogik texnika / pedagogik insonparvarlik / pedagogik qobiliyat.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Tadjibaeva Shoxida Abdurazakovna

Ushbu maqolada ustozning pedagogik mahorati, salohiyatni o‘stirib borishi, talaba-o‘quvchilar bilan ishlay olishi uchun qanday bilim-ko‘nikmalarni o‘zlashtirishi zarurligi yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA KASBIY FAOLIYATNING PEDAGOGIK ASOSLARI»

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA KASBIY FAOLIYATNING

PEDAGOGIK ASOSLARI Tadjibaeva Shoxida Abdurazakovna

University of science and technologies dotsent v.b., PhD https://doi.org/10.5281/zenodo.10677848

Annotatsiya. Ushbu maqolada ustozningpedagogik mahorati, salohiyatni o 'stirib borishi, talaba-o 'quvchilar bilan ishlay olishi uchun qanday bilim-ko 'nikmalarni o 'zlashtirishi zarurligi yoritilgan.

Tayanch so 'zlar: o'z faniga doir bilimlar, pedagogik texnika, pedagogik insonparvarlik, pedagogik qobiliyat.

Bugungi kunda ijtimoiy-iqtisodiy, ma'naviy-ma'rifiy sohalarda ulkan o'zgarishlar ro'y bermoqda. Ayniqsa, yoshlar ta'lim va tarbiyasiga e'tibor, ularga zamonaviy bilim berish, ma'lumotini, malakasini oshirish kabi dolzarb muammolar hal etildi. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilinayotgan har bir Qarorlarda, Prezidentimiz Farmonlarida yetuk va zamonaviy inson tarbiyasi va kasbiy mahoratini ta'lim muassasalarida oshirib borishga asosiy e'tibor qaratilmoqda. Shuning uchun ustozlarning saviyasini va bilimini uzluksiz oshirib borish uchun shart-sharoit yaratilishi zarur. Oliy ta'lim muassasalarida ushbu muammolarning yechimini topishda kasbiy faoliyatning pedagogik asoslarini chuqur o'rganish muhim ahamiyat kasb etadi. Hozirgi zamon pedagogikasi va psixologiyasi kasbiy faoliyatning pedagogik asoslarini, ya'ni "Pedagogik mahorat" tushunchasiga turlicha izoh beradi. Jumladan, "Pedagogik ensiklopediya"da ta'rif quyidagicha izohlangan: "O'z kasbining mohir ustasi bo'lgan, yuksak darajada madaniyatli, o'z fanini chuqur biladigan, yondash fanlar sohalarini yaxshi tahlil eta oladigan, tarbiyalash va o'qitish uslubiyatini mukammal egallagan mutaxassis". Ushbu ta'rifning mohiyatidan kelib chiqib ustozning pedagogik mahorati tushunchasi mazmunini shunday izohlash mumkin: 1) madaniyatning yuqori darajasi, bilimdonlik va aql zakovatning yuksak ko'rsatkichi; 2) o'z faniga doir bilimlarning mukammal sohibi; 3) pedagogika va psixologiya kabi fanlar sohasidagi bilimlarni puxta egallaganligi, ulardan kasbiy faoliyatida foydalana olishi; 4) o'quv-tarbiyaviy ishlar metodikasini mukammal bilishidir [1, 32-b.].

Pedagogik mahorat tizimi quyidagi o'zaro bir-biri bilan bog'liq bo'lgan asosiy komponentlardan iborat: 1) pedagogik insonparvarlik yo'nalishi; 2) kasbga oid bilimlarni boshqa fanlar bilan aloqadorlikda mukammal bilish; 3) pedagogik qobiliyatga ega bo'lish; 4) pedagogik texnika sirlarini puxta egallash.

Barcha kasblar orasida ustoz kasbi o'zgacha va muhim ijtimoiy ahamiyat kasb etadi. Zero, ustoz yosh avlod qalbi kamolotining me'mori, yoshlarga ta'lim-tarbiya beruvchi insondir. Bugungi kunda u yoshlarni g'oyaviy-siyosiy jihatdan chiniqtirib, tabiat, jamiyat, ijtimoiy hayot, tafakkur taraqqiyoti qonuniyatlarini o'rgatadi, yoshlarni mehnat faoliyatiga tayyorlab, kasb-hunar sirlarini puxta egallashlarida ko'maklashadi va jamiyat uchun muhim bo'lgan ijtimoiy-iqsodiy vaziyatlarni hal etadi. Ana shu ma'suliyat ustozdan o'z kasbining mohir ustasi bo'lishni, o'quvchilarga tarbiyaviy ta'sir ko'rsatib, ularning qiziqishi, qobiliyati, iste'dodi, e'tiqodi va amaliy ko'nikmalarini har tomonlama rivojlantirish yo'llarini izlab topadigan kasb egasi bo'lishni talab etadi. Buning uchun doimo ustozning kasbiy mahoratini, ko'nikma va malakalarini oshirib borish, g'amxo'rlik qilish, unga zarur shart-sharoitlar yaratish, kerakli moddiy va ilmiy-metodik hamda texnik yordam ko'rsatish, ustozning ijodiy tashabbuskorligini muntazam oshirib borishga ko'maklashish lozim. Shunga, asosan, "Pedagogik mahorat", "Pedagogik kompetentsiya",

"Pedagogik hamkorlik" fanlari mahoratli ustozni tayyorlashga xizmat qiladi. U ustozlar va tarbiyachilaming kasbiy faoliyati sirlarini, mohirligini o'rgatuvchi va uni takomillashtirish to'g'risida ma'lumotlar berib boruvchi fan bo'lib, o'qituvchida pedagogik mahoratning mohiyat mazmunini, hozirgi zamon talablari doirasida kasbiy faoliyatini rivojlantirishning yo'llarini, vositalarini, shakllarini o'rganadi.

Pedagogik faoliyat yosh avlodni hayotga, mehnatga tayyorlash uchun jamiyat oldida, davlat oldida javob beradigan, ta'lim-tarbiya berishda maxsus tayyorlangan ustozlar mehnati faoliyatidir. Ustoz o'z pedagogik faoliyati jarayonida faoliyatning quyidagi tarkibiy qismlarini bilishi lozim: pedagogik faoliyatning maqsadi, pedagogik faoliyatning obyekti va subyekti, pedagogik faoliyatning vositasi. Pedagogik jarayonning mohiyatini anglamagan, bolaga nisbatan chuqur hurmatda bo'lmagan ustoz ta'lim-tarbiya samaradorligi va inson kamolotini ta'minlovchi fikrga ega bo'lmaydi. Pedagogik jarayonning vazifasi bilim berish, tarbiyalash, rivojlantirish bo'lib, ustozning faoliyat mezonini begilab beradi. Ustozning faoliyati pedagogik jarayonning harakat vositasidir. Pedagogik jarayonning obyektlari bo'lmish tarbiyalanuvchi o'quvchilar guruhiga hamda alohida o'quvchiga, pedagogik jarayonning subyektlari - ota-onalar, o'qituvchilar, tarbiyachilar, sinf jamoasi, pedagogik jamoa ma'suldirlar va ular jamiyat talablari asosida ta'lim va tarbiya berish faoliyatini bajaradilar. Ustoz pedagogik faoliyatining ijobiy natijalari mehnat malakasini, ya'ni egallagan bilimlarini o'zining hayotiy va amaliy faoliyatida nechog'lik qo'llay bilishi bilan belgilanadi. Ustozning pedagogik faoliyati samarali bo'lishi uchun zarur bo'lgan qobiliyatlar tizimini: bilim, bolani tushuna olish, kuzatuvchanlik, nutq malakasi, tashkilotchilik, kelajakni ko'ra bilish, diqqatni taqsimlay olish, vaziyatni to'g'ri baholash, yuzaga kelish ehtimoli bo'lgan har xil ziddiyatlarni o'z vaqtida bartaraf etish, o'quvchilarni bilim olishga qiziqtirish kabilar tashkil etadi. Ma'lum bir fanning mazmunidan kasbga doir topshiriq va vazifalarni yechish uchun o'quv-tarbiya jarayonini boshqarish, unga rahbarlik qilishda pedagogik-psixologik ta'limot nuqtai-nazaridan yondashish, ta'lim-tarbiyani milliy an'analarimiz ruhida zamonaviy metodlar asosida modellashtirish, o'quv-tarbiyaviy jarayonda ilg'or pedagogik texnologiyalarni tatbiq etish uchun ustoz mahoratining zarurligi haqidagi ma'lumotlar va ularni takomillashtirish tizimlari o'rin olgan. Shunga ko'ra, kasbga oid bilim va qobiliyatlarni o'qituvchilarda shakllantirish, ijodkorlikni tarbiyalash, mahorat, ko'nikma va malakalarni egallashlari uchun, pedagogik texnika, pedagogik hamkorlik, pedagogik nazokat, nutq madaniyati to'grisida ma'lumotlar olib boorish zarur.

Bunda ustoz quyidagi vazifalarni muntazam bajarib borish orqali amalga oshiradi: 1) Ustozlar milliy urf-odat va an'analarimizda va O'rta Osiyo mutafakkirlarining boy ijodiy meroslarida aks etgan pedagogik mahorat sirlarini mustaqil egallashga nisbatan o'zlarida ehtiyoj va havasni rivojlantirib boradilar. 2) Egallangan pedagogik-psixologik va metodik bilimlar, ko'nikma va malakalar to'g'risidagi ma'lumotlar asosida har bir ustoz o'zining shahsiy pedagogik mahoratini shakllantiradi. 3) O'quv-tarbiyaviy jarayonni jahon andozalariga xos so'nggi zamonaviy metod va shakllar asosida tashkil etish va boshqarishni amalga oshirishning nazariy va amaliy asoslarini muntazam o'zlashtiradilar. 4) O'qituvchilar o'z kasbiy mahoratlarini takomillashtirish uchun shaxsiy-ijodiy malaka oshirishning shakl, usul va vositalarini egallaydilar. 5) Yuksak zamonaviy axborot texnologiyalari va portal tizimidan foydalanish asosida o'z kasbiy mahoratlarini shakllantiradilar. Bu maqsad va vazifalarning hal etilishi ustozni zamon bilan hamnafas bo'lishga, yoshlarni tarbiyalash dardi bilan yashash va kelajakni aniq ko'ra olishga o'rgatadi. Har bir ustoz shaxsida mamlakatimizning dolzarb muammolarini, maqsad va vazifalarini vijdonan tasavvur qilib, aniq bajarib borishi uchun shijoat bilan o'z imkoniyati, bilimi,

tajribalarini ishga solishga o'rgatadi hamda pedagogik faoliyatga ijodiy yondashish malakalariga ega bo'lishni tarbiyalaydi.

Pedagog olimlardan biri pedagogik mahoratni pedagogik san'atning bir qismi sifatida ta'riflab [1, 45-b.], shunday yozadi: "Pedagogik mahorat deganda, ustozning pedagogik-psixologik bilimlarni, kasbiy malaka va ko'nikmalarni mukammal egallashi, o'z kasbiga qiziqishi, rivojlangan pedagogik fikrlashi va intuitsiyasi, hayotga axloqiy-estetik munosabatda bo'lishi, o'z fikr mulohazasiga ishonchi va qatiy irodasi tushuniladi". Uning fikriga ko'ra, quyidagi to'rtta komponent pedagogik mahoratning asosiy tashkil etuvchilari hisoblanadi: o'qituvchilik kasbiga sadoqat; o'z fanini o'qitish metodikasini mukammal bilishi; pedagogik qobiliyatlarini namoyish eta olishi; pedagogik texnikani o'z o'rnida qo'llay bilishi. Shuni alohida qayd etib o'tish zarurki, ustoz kasbi murakkab va mas'uliyatli jarayondan iborat. Ushbu kasbning sharafliligi va murakkabligi shu bilan belgilanadiki, u doimo ongning yagona sohibi bo'lmish insonning ta'lim-tarbiyasi bilan shug'ullanib, u bilan muloqot olib boradi. Ongli va tirik jonzot esa, aqliy, ruhiy, jismoniy jihatdan doimo rivojlanishda bo'ladi [4, 42-b.].

Yuksak pedagogik mahoratni shakllantirishni ta'minlovchi omillar quyidagilar: a) ixtisoslik bo'yicha o'quv predmetini, zamon, ilm-fan, texnika taraqqiyoti darajasida mukammal bilishi, uning boshqa o'quv fanlari bilan o'zaro aloqadorligini ta'minlash malakasiga ega bo'lishi; b) ta'lim oluvchilarning yosh, fiziologik, psixologik hamda shaxsiy xususiyatlarini hisobga olishi, ularning faoliyatini obyektiv nazorat qilishi va baholashi; v) ta'lim jarayonini demokratlashtirish va insonparvarlashtirish asosida o'z faoliyatini tapisil etishi; g) o'quv-tarbiyaviy jarayonni zamon talablari darajasida tashkil qilish uchun asosiy pedagogik-psixologik, metodik ma'lumotga ega bo'lishi; d) fanlarni o'qitish jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalari imkoniyatlaridan keng foydalanishni bilishi; e) jamoani "ko'ra bilish", o'quvchilarning qiziqishlari, intilishlari, ular uchraydigan qiyinchilikparni tushunish va hamdard bo'la olish, o'z vaqtida ular fikrini anglay bilish, zukkolik bilan har bir bolaning xarakter xususiyati, qobiliyati, irodasini tushunish hamda ularga muvaffaqiyatli ta'sir ko'rsatishning shakl, usul, vositalaridan xabardor bo'lishi; j) o'z shaxsiy sifatlari (nutqining ravonligi, tashkilotchilik qobiliyati, badiiy ehtiyoji, didi va hokazo)ni takomillashtirish malakasiga ega bo'lishi.

REFRENCES

1. Xoliqov А. Pedagogik mahorat. - T.: Iqtisod-moliya, 2010.

2. Кан-Калик В.А., Никандров Н.Д. Педагогическое творчество: Библиотека учителя и воспитателя. - М.: Педагогика, 2010. - 144 с.

3. Каримов И.И. Укитувчи, устоз, мураббий...: Талабалар ва ёш укитувчилар учун рисола. - ^укон: ВДПИ, 2009. - 99 б.

4. Кайковус. ^обуснома / Форсчадан Мухдммад-Ризо Огах,ий таржимаси, С.Долимов. -Т.: Укитувчи, 2006. - 208 б.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.