Научная статья на тему 'PEDAGOGIK KOMPETENSIYALARNI AXBOROTLASHGAN TA’LIM MUHITIDA RIVOJLANTIRISH METODLARI'

PEDAGOGIK KOMPETENSIYALARNI AXBOROTLASHGAN TA’LIM MUHITIDA RIVOJLANTIRISH METODLARI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
21
9
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Axborotlashgan ta’lim / metodika / pedagogika / kasbiy mahorat / malaka.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Mingyasharova Sevara Abdulla Qizi

. Ushbu maqolada bo‘lajak muhandislarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishning axborotlashgan ta’lim muhitidagi tizimli yo‘nalishlariga to‘xtalgan. Har bir o‘sib kelayotgan yosh avlodning buguni zamon talablariga to‘la qonli javob berishlari uchun axborot komunikatsiyasining o‘rni beqiyosdir. Shuni hisobga olgan holda axbototlashgan ta’lim muhitidagi ayrim jihatlarga alohida e’tibor berilgan. Bo‘lajak muhandislarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish uchun kerakli tavsiya va ko‘rstmalar keltirib o‘tilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «PEDAGOGIK KOMPETENSIYALARNI AXBOROTLASHGAN TA’LIM MUHITIDA RIVOJLANTIRISH METODLARI»

"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI " MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2G23-yil 22-noyabr

PEDAGOGIK KOMPETENSIYALARNI AXBOROTLASHGAN TA'LIM MUHITIDA

RIVOJLANTIRISH METODLARI Mingyasharova Sevara Abdulla qizi

Termiz muhandislik-texnologiya instituti o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.10159281 Annotatsiya. Ushbu maqolada bo'lajak muhandislarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishning axborotlashgan ta'lim muhitidagi tizimli yo'nalishlariga to'xtalgan. Har bir o'sib kelayotgan yosh avlodning buguni zamon talablariga to'la qonli javob berishlari uchun axborot komunikatsiyasining o'rni beqiyosdir. Shuni hisobga olgan holda axbototlashgan ta'lim muhitidagi ayrim jihatlarga alohida e'tibor berilgan. Bo'lajak muhandislarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish uchun kerakli tavsiya va ko'rstmalar keltirib o'tilgan.

Kalit so'zlar: Axborotlashgan ta'lim, metodika, pedagogika, kasbiy mahorat, malaka. Аннотации. В данной статье рассматриваются системные направления развития профессиональных компетенций будущих инженеров в информационно-образовательной среде. Несравненное место информационного общения для того, чтобы каждое подрастающее молодое поколение давало полнокровные ответы на запросы времени. Учитывая это, особое внимание было уделено отдельным аспектам образовательной среды. Даны необходимые рекомендации и указания по развитию профессиональных компетенций будущих инженеров.

Ключевые слова: Информационное образование, методика, педагогика, профессиональное мастерство, квалификация.

Abstract. This article focuses on the systematic directions of development of professional competencies of future engineers in the informational educational environment. The place of information communication is incomparable for every growing young generation to give full-blooded answers to the demands of the time. Taking this into account, special attention was paid to certain aspects of the educational environment. Necessary recommendations and instructions for the development of professional competences of future engineers are given

Keywords: Informed education, methodology, pedagogy, professional skill, qualification.

Kirish. Mamlakatimizda zamon talablari asosida ta'lim jarayonini tashkil etish, jumladan, oliy ta'lim tizimida axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish orqali yuqori malakali kadrlar tayyorlashga alohida e'tibor qaratilmoqda. So'nggi besh yillik islohotlarning natijasida mamlakatimizda Yangi O'zbekistonni barpo etishning zarur siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-ma'rifiy asoslari yaratildi. Jahon miqyosidagi murakkab jarayonlarni va mamlakatimiz bosib o'tgan taraqqiyot natijalarini chuqur tahlil qilgan holda keyingi yillarda "Inson qadri uchun" tamoyili asosida xalqimizning farovonligini yanada oshirish, iqtisodiyot tarmoqlarini transformatsiya qilish va tadbirkorlikni jadal rivojlantirish, inson huquqlari va manfaatlarini so'zsiz ta'minlash hamda faol fuqarolik jamiyatini shakllantirishga qaratilgan islohotlarning ustuvor yo'nalishlarini belgilash maqsadida, keng jamoatchilik muhokamasi natijasida "Harakatlar strategiyasidan — Taraqqiyot strategiyasi sari" tamoyiliga asosan ishlab chiqilgan 2022 — 2026-yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi va uni "Inson qadrini ulug'lash va faol mahalla yili"da amalga oshirishga oid davlat dasturiga muvofiq yettita ustuvor yo'nalishlarda quyidagi yo'nalishlar ham asosiy o'rin egallab turibdi:

-ma'naviy taraqqiyotni ta'minlash va sohani yangi bosqichga olib chiqish;

"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB

CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI" MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil 22-noyabr

-milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda umumbashariy muammolarga yondashish; [1,2]

Shulardan kelib chiqqan holda har bir o'sib kelayotgan yosh avlodni har tomonlama yetuk va salohiyatli shaxs bo'lib yetishishlari uchun nafaqat tarbiyachi ustozlar balki barchamiz ma'sulmiz desak mubolag'a bo'lmaydi. Biz kutgan natijaga erishish uchun bo'lajak o'qituvchilar va tarbiyachi ustozlar o'zlarining bilim, ko'nikma va malakalarini oshirib, mustahkamlab, ularni rivojlantirib, o'z ustilarida ko'proq shug'ullanishsa maqsadga muvofiq bo'ladi.

Yigirma birinchi asr axborot texnologiyalari asri bo'lib, har bir yosh avlod kelajagi va ertangi kuni uchun muhim ahamiyat kasb etmoqda. Axborot komunikatsiyalarining rivojlanishi butun dunyo bo'ylab taraqqiy etib bormoqda. Davr ruhini ifodalab, kun sayin barcha sohalar amaliyotiga jadal kirib borayotgan axborot texnologiyalari ni oliy ta'lim jarayoniga ham tatbiq etish dolzarb masalalardan biridir. Butun jahon miqyosidagi axborot tarmog'i har qanday sohada axborotning hajmi va tezligidan qat'iy nazar, uni istagan miqdorda qabul qilish uchun taqdim eta oladi. Axborot texnologiyalarining barkamol shaxsni rivojlantirish, uning mustaqil kasb tanlashi va kasbiy jihatdan o'z-o'zini shakllantirish, kasbiy mahoratini o'stirishda tutayotgan o'rni va ta'siri ortib borayotganligini inkor etib bo'lmaydi. Kompyuter va axborot texnologiyalaridan foydalanib, ta'lim sohasida, o'quv faoliyatida va o'quvchilar ijodiy tafakkurini rivojlantirishda yangi imkoniyatlar yaratiladi. Axborot texnologiyalari ta'limni amalga oshish jarayonida hayot bilan uyg'unlashtirishga imkon beradi. O'qitishni kelajakdagi kasbiy faoliyat bilan chambarchas bog'lash imkoniyati paydo bo'ladi.

Yillar davomida to'plangan ilm-fan xazinasini bugungi yosh kelajak avlodga o'rgatish, ularni dunyodagi ilg'or va zamonaviy pedagogik texnologiya va axborot tizimlari yordamida jahon standartlariga to'g'ri keladigan yetuk mutaxassis kadrlar qilib tayyorlash bugungi davrning asosiy vazifalaridan biriga aylandi. Hozirgi kunning muhim talablaridan yana biri, o'quv jarayonini to'liq kompyuter tarmoqlaridan foydalangan holda olib borishdir. [3.47]

Ta'lim tizimidagi keng qamrovli tarkibiy islohatlarni respublika pedagoglari ilg'or pedagogik texnologiyalarni o'zlashtirish va o'quv jarayoniga qo'llash bilan mustahkamlashlari zarur. Buning uchun pedagoglarimizni o'quv jarayoniga texnologik yondashuvlarini o'rgatish talab etiladi, bu esa pedagogik texnologiyadan foydalanishdan tashqari uni O'zbekiston madaniyati, an'analari va tajribasi bilan boyitishga olib keladi.

Bo'lajak muhandislarning kasbiy shakllanishi oliy o'quv yurti dargohida kasbiy ta'lim olish jarayonida boshlanadi.Texnika oliy o'quv yurtlarining o'quv-reja va fanlar bo'yicha dasturlarida bo'lajak muhandislarga shu kasbning sir-asrorlarini o'rgatish, ilmiy bilimlar berish, muhandislik kasbi haqida ma'lumot berish va ko'nikma hosil qilish nazarda tutiladi.[4. 389-396 b]

Ta'lim jarayonida fanlar bo'yicha amalga oshiriladigan seminar, amaliy va laboratoriya mashg'ulotlari nazariy bilimlarni mustahkamlashga hamda ularni ko'nikmaga aylantirishgagina emas, balki ularni amaliy ish jarayonida qo'llashga ham imkon beradi. Bunday mashg'ulotlar tanlagan kasbi to'g'ri ekaniga ishonch hissini uyg'otadi.

Yurtimizda ta'lim tizimini o'sib kelayotgan yosh avlod ta'lim-tarbiyasining milliy g'oyalari, talablari asosida tashkil etish, uni jamiyat taraqqiyoti istiqbollari va jahon andozalariga javob bera oladigan darajada bo'lishini ta'minlash bugungi kunning dolzarb masalasidir. Ta'lim-tarbiya tizimini tubdan isloh qilish, uni o'tmish qoldiqlaridan tozalash va rivojlangan demokratik davlatlar darajasiga ko'tarish, jamiyat ravnaqi uchun yuksak ma'naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash ta'lim tizimi xodimlarining umumiy vazifasidir.

"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB

CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI" MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil 22-noyabr

Bo'lajak mutaxassislarda kasbiy kompetensiyani shakllantirish uchun avvalo kuzatuvchanlik xususiyatining rivojlanishiga, e'tibor qaratish lozim. Pedagogik faoliyat va muloqot jarayonida ijtimoiy-perseptiv kompetensiyaga ega bo'lib borish uchun mutaxassis o'zida insonparvarlik, ijtimoiy-refleksiv, bilim hamda ko'nikmalar, ijobiy kasbiy "Men"- siymosi, ba'zi shaxsga xos sifatlar (intellekt, iroda, empatiya, kuzatuvchanlik, mehribonlik, hissiy bag'rikenglik va boshqalar)ni shakllantirishga oid mashg'ulotlar bilan shug'ullnishi maqsadga muvofiqdir.[5.142]

Har yoqlama yaxlit tarbiyaviy yondashuv tarbiyachining tizimli munosabatini va boshqaruvini taqoza qiladi. Boshqaruv tarbiya jarayonida ishtirok etuvchi tashqi va ichki omillarni va ularning o'zaro ta'sirini inobatga olingandagina muvaffaqiyatli bo'lishi mumkin. Bo'lajak muhandislarni yetuk mutaxassis bo'lib yetishishlari uchun tarbiyachi pedagogning ham bilim, ko'nikma va malakalari muhim ahamiyat kasb etadi. Shaxsning ma'lum sifatlari amaldagi tarbiyaviy ishlar majmui orqali hosil qilinadi. Bu ishlar yaqqol ko'rinishdagi ko'p yoqlik bo'lishi, bir vaqtning o'zida aqliy, jismoniy, xulqiy, estetik va mehnat tarbiyasini uzviyligi asosida olib borishi zarur. Har yoqlama yaxlit tarbiyaviy yondashuv tarbiyachining tizimli munosabatini va boshqaruvini taqoza qiladi. Boshqaruv tarbiya jarayonida ishtirok etuvchi tashqi va ichki omillarni va ularning o'zaro ta'sirini inobatga olingandagina muvaffaqiyatli bo'lishi mumkin.Pedagogik mahoratni egallashda kasbga oid nazariy va amaliy bilimlarni egallash pedagogik jamoa bilan doimiy muloqotda bo'lish ijobiy natijalar beradi. Albatta bunday muhitda o'zaro fikr almashish, shaxsiy mulohazalarni boshqalar tomonidan bildirilayotgan fikrlar bilan taqqoslab, ularni to'g'ri va haqqoniyligiga ishonch hosil qilib, o'ziga bo'lgan ishinchni yanada orttirib, mavjud bilimlarni boyitish, xato va kamchiliklarni to'g'irlash va sayoz bilimlar ustida ko'proq shug'ullanish imkoniyatini yaratib beradi. Buyuk nemis pedagogi Adolf Disterverg pedagogning doimiy ravishda fanlarni mutolaa qilish bilan shug'ullanishi haqida quyidagicha fikrni aytgan. " O'qituvchi muntazam ravishda fan bilan shug'ullanmogi lozim. Aks holda u qurigan daraxt va toshga o'xshab qoladi. Qurigan daraxt va tosh meva bera olmaganidek, kelajakda bunday o'qituvchilardan hech qanday natija kutib bo'lmaydi".[6.157]

Tahlil va natijalari:

Axborotlashgan ta'lim muhitida bo'lajak muhandislarga kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish uchun avvalombor ularning kompyuter texnologiyalaridan samarali foydalana olishlik darajalarini tekshirib ko'rish va shunga mos tarzda ularga tushunchalar berish lozim. O'tiladigan har bir fanga ko'rgazmali qurollardan foydalanish, elektron doskalar hamda fanga oid qiziqarli materiallardan foydalanish albatta kutilgan natijaga erishishga yordam beradi. Shaxsning ma'lum sifatlari amaldagi tarbiyaviy ishlar majmui orqali hosil qilinadi. Bu ishlar yaqqol ko'rinishdagi ko'p yoqlik bo'lishi, bir vaqtning o'zida aqliy, jismoniy, xulqiy, estetik va mehnat tarbiyasini uzviyligi asosida olib borishi zarur.

Xulosa: Jahondagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanish indeksi bo'yicha yetakchilik qilib kelayotgan davlatlarning pedagogik tajribalariga asosan, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini ta'lim jarayoniga keng tatbiq etish hamda ta'limning sifat darajasini yangi bosqichga ko'tarishda bo'lajak muhandislarni kasbiy faoliyatga tayyorlash muhim o'rin tutadi. Shu nuqtai nazardan, oliy ta'lim muassasalarida muhandislik ta'lim yo'nalishi talabalarini xalqaro standartlar darajasidagi mutaxassislik faoliyatiga tayyorlashda elektron ta'lim resurslaridan samarali foydalanish orqali mehnat bozori talablariga muvofiq pedagogik kasbiy kompetentsiyasini shakllantirish zaruratini taqozo qiladi

"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI" MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil 22-noyabr

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi "2022-2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida"gi PF-60 sonli farmoni.

2. SH.M.Mirziyoev. Erkin va farovon, demokratik O'zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bag'ishlangan Oliy Majlis palatalarining qo'shma majlisidagi nutq / SH.M.Mirziyoev. -Toshkent: "O'zbekiston", 2016

3. Qo'ysinov O.A. Kompetentli yondashuv asosida bo'lajak o'qituvchilapning kasbiy-pedagogik ijodkorligini rivojlantipish texnologiyalari: Pedagogika fanlari bo'yicha doktorlik (DSc) diss. - Toshkent, 2019. - 47

4. Shomirzayev M. K. Combined In Technology Courses Use Of Technologies //The American Journal of Social Science and Education Innovations. - 2021. - T. 3. - №. 05. - P. 389-396. b.

5. Qodirov B.E. Elektpon axbopot ta'lim muhitida o'quvchilarning hunarmandchilikka oid tayanch kompetentsiyalarini rivojlantipish metodikasi: Diss. ... p.f.f.d. (PhD) - Termiz: 2021. - 142 b.

6. Begimqulov U.SH. Pedagogik ta'limda zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etishning ilmiy nazariy asoslari. — T:Fan 2007y, - 157 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.