Научная статья на тему 'PEDAGOGIK HAMKORLIK ASOSIDA O‘SMIR YOSHDAGI O‘QUVCHILARNING DARSGA NISBATAN INTIZOMLI MUNOSABATINI RIVOJLANTIRISH'

PEDAGOGIK HAMKORLIK ASOSIDA O‘SMIR YOSHDAGI O‘QUVCHILARNING DARSGA NISBATAN INTIZOMLI MUNOSABATINI RIVOJLANTIRISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
22
22
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
pedagogik hamkorlik / o‘smir yoshdagi o‘quvchi / dars intizomi / intizomli munosabat / maktab / sinfdan tashqari tadbirlar / ta’sir etuvchi omillar / o‘qitish / hulq-atvor / maxsus intizom / intizomli o‘quvchi.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Mamatov Jasur

Ushbu maqolada pedagogik hamkorlik asosida o‘smir yoshdagi o‘quvchilarning darsga nisbatan intizomli munosabatini rivojlantirishning o‘ziga xos mazmuni bayon qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «PEDAGOGIK HAMKORLIK ASOSIDA O‘SMIR YOSHDAGI O‘QUVCHILARNING DARSGA NISBATAN INTIZOMLI MUNOSABATINI RIVOJLANTIRISH»

PEDAGOGIK HAMKORLIK ASOSIDA O'SMIR YOSHDAGI O'QUVCHILARNING DARSGA NISBATAN INTIZOMLI MUNOSABATINI RIVOJLANTIRISH

Mamatov Jasur

T.N.Qori Niyoziy nomidagi O'zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti tayanch

doktoranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.10114329

Annotatsiya. Ushbu maqolada pedagogik hamkorlik asosida o'smir yoshdagi o'quvchilarning darsga nisbatan intizomli munosabatini rivojlantirishning o'ziga xos mazmuni bayon qilingan.

Tayanch so'zlar: pedagogik hamkorlik, o'smir yoshdagi o'quvchi, dars intizomi, intizomli munosabat, maktab, sinfdan tashqari tadbirlar, ta'sir etuvchi omillar, o'qitish, hulq-atvor, maxsus intizom, intizomli o'quvchi.

Аннотация. В данной статье раскрывается конкретное содержание формирования дисциплинированного отношения учащихся-подростков к уроку на основе педагогического сотрудничества.

Ключевые слова: педагогическое сотрудничество, ученик-подросток, классная дисциплина, дисциплинарное отношение, школа, внеклассная деятельность, факторы воздействия, обучение, поведение, специальная дисциплина, дисциплинированный ученик.

Abstract. This article describes the specific content of developing a disciplined attitude of teenage students to the lesson on the basis of pedagogical cooperation.

Keywords: pedagogical cooperation, adolescent student, class discipline, disciplinary attitude, school, extracurricular activities, influencing factors, teaching, behavior, special discipline, disciplined student.

Pedagogik hamkorlikning o'ziga xos jihati, turlicha tabiatga ega bo'lgan ta'lim jarayoni sub'ektlari imkoniyatlarini ro'yobga chiqara olishidadir. Bu sohadagi dastlabki yondashuvlar shuni ko'rsatadiki, pedagogik hamkorlikka oid konsepsiyalar murakkab, muntazam bo'lmagan ochiq didaktik vaziyatlar, uning tarkibiy qismlari va tarbiya jarayonini ham qamrab oladi.

Bugungi kunga kelib, ta'lim jarayonidagi hamkorlikning natijalari g'oyalar va hamkorlikka asoslangan ta'lim jarayoni sifatida namoyon bo'lmoqda. Chunki, pedagogik hamkorlik tushunchasi ostida mustahkam nuqtai nazarga ega bo'lgan pedagogik yondashuvlar, nazariyalar, qonuniyatlar hamda pedagogik tizimlarni tashkil etish va bilimlar sohasi tushuniladi [1].

Pedagogik hamkorlik muammosiga bag'ishlangan ishlarning ko'p bo'lishiga qaramasdan «pedagogik hamkorlik», «pedagogik hamkorlik jarayonini tashkil etish», "pedagogik hamkorlikka asoslangan o'quv jarayonining natijalari", "pedagogik hamkorlikning mazmuni", "ta'limning muayyan bosqichlarini pedagogik hamkorlik asosida tashkil etish metodikasi", "pedagogik hamkorlik jarayonida o'qituvchi va o'quvchi o'rni" kabi masalalar o'z yechimini kutmoqda. Xuddi mana shulardan kelib chiqqan holda mazkur muammolarni tadqiq etishga kuchli ehtiyoj mavjud.

Pedagogik hodisalarning talqini o'z faoliyatini tashkil etish nazariyasiga asoslangan nuqtai nazar doirasida murakkab va o'ta zarur masalalardandir. Pedagogikaga oid mavjud darsliklar va ilmiy manbalarda «pedagogik hamkorlik» tushunchasi yetarlicha asoslanmagan. Shuning uchun ham, maktab o'qituvchilari pedagogik hamkorlik, uning tabiati, o'ziga xos xususiyatlari, bunday hamkorlikni tashkil etish yo'llari haqida yetarlicha bilim va tasavvurga ega emaslar. Bularning barchasi mazkur hodisani har tomonlama tadqiq etish ehtiyoji mavjudligidan dalolat beradi.

Buning asosiy sabablari quyidagilardan iborat:

1. «Pedagogik hamkorlik» hodisasi didaktika uchun yangi fenomen ekanligi;

2. Pedagogik hamkorlik doirasida ahamiyatli bo'lgan hodisa o'z faoliyatini mustaqil tarzda tashkil etish imkoniyati ekanligi, bu esa o'zining ilmiy pedagogik talqiniga emasligi. Shuning uchun ham yagona, umum tomonidan qabul qilingan atama sifatida mutaxassislar e'tiborini o'ziga jalb qilmaganligi;

3. Hamkorlikning ilmiy apparati o'ta murakkab ekanligi, har doim ham asosiy pedagogik holatlar uchun qulay va keng tarqalgan emasligi;

4. Yetarlicha tezkor tadrijiy taraqqiyot natijasida bilimlarning yangi sohasi to'plangan ilmiy ma'lumotlarni tizimga solish imkoniyatini bermayotganligi. Bu esa, tushunchalar qat'iy tizimining mantiqiy qurilishini ta'minlash uchun imkon bermasligi;

5. O'z xususiyat kuchiga ko'ra hamkorlikka oid izlanishlar fanning turli sohalarida amalga oshirilib, har bir soha o'zining atamalar tizimiga egaligidadir.

O'quv-tarbiya jarayoniga pedagogik hamkorlik g'oyasining tadbiq etilishi, an'anaviy pedagogik tafakkurga barham berib hamda ta'lim mazmunini ishlab chiquvchi tadqiqotchilarni fanda ishlab chiqilgan bilish modelini ta'lim amaliyotiga moslashtirishni jadallashtirish imkonini beradi. Shuning uchun ham, pedagogika fanida didaktik hamkorlikning mavqei hali to'laligicha aniqlab berilmagan.

Hamkorlik nazariyasini pedagogik amaliyotda qo'llash bugungi kunda alohida dolzarblik kasb etmoqda. ayniqsa o'smir yoshdagi o'quvchilarning darsga nisbatan intizomli

munosabatini rivojlantirish jarayonini pedagogik hamkorlik asosida tashkil etish muhim ahamiyatga ega.

Maktabdagi tartib-intizom muammosi pedagoglarning yuz yillar davomidagi muhim tashvishi hisoblanib kelgan. Hozirgi davrga kelib mazkur muammo o'zining dolzarbligini yo'qotmadi, balki yanada chuqurlashdi. Maktab muhitini yanada demokratlashuvi natijasida o'quvchilar hulq-atvorida jiddiy o'zgarishlar kuzatilmoqda. Maktab o'quvchilari yanada mustaqil va tashabbuskor, o'z fikrlarini erkin ifoda etadigan, xatti-harakatlarida ham faolroq bo'lishdi va mutlaqo tartib-intizom qoidalariga shartsiz ravishda yondashilmadi. Mazkur vaziyat, hattoki yuzaga kelgan ijobiy o'zgarishlar o'quv jarayonida qiyinchiliklarni keltirib chiqarishi, uning samaradorligini tushirishi va o'quvchilar savodxonlik darajasiga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin deb hisoblagan o'qituvchilarni jiddiy tashvishlanishiga sabab bo'ldi. Amaliyot shuni ko'rsatadiki, tartib-intizom yo'q joyda o'qituvchining fanni, dars berish metodikasini yaxshi bilishi nolga teng ko'rsatkichdagi natijani beradi.

Pedagogika ensiklopediyasida "intizom (disciplina - o'qitish, o'rgatish; qat'iy tartib) -o'zini tutishning ma'lum bir tartibi, tarixan qaror topgan qonun-qoida, ma'naviy qadriyatlarni odamlar tomonidan rioya etilishi" tarzida talqin qilingan[2].

Shu tartib qoidalar jamiyat yoki ma'lum sinflar yoki alohida jamoat guruhlarining manfaati uchun o'rnatiladi. Intizom keng ma'noda talqin qilinib, uning yordamida jamoat tartib-qoidalari amalga oshiriladi. Intizom shunday vositaki, uning yordamida odamlar birligining qandaydir ichki birligiga erishiladi.

Intizom jamiyatning normal, barqaror rivojlanishining muhim shartidir. U tufayli insonlarning xatti-harakatlari yaxshilanadi. Intizom jamoa faoliyati va ijtimoiy tashkilotlarning faoliyati ijobiy tus oladi. Jamiyatda doimo barcha majburiy bo'lgan va maxsus intizom mavjud.

Maxsus intizom faqatgina ma'lum bir alohida tashkilot (mehnat ma'nosi, harbiy bo'linma) a'zolari uchun majburiydir.

Intizomni ichki yoki o'z-o'zini tartibga solish deyish ham mumkin. Shuningdek, o'z foydasini ko'zlagan holda intizomga rioya etish yoki majburan tartibli bo'lish turlari ham mavjud. Ichki intizom jamiyat a'zolari tomonidan insonlar faoliyatini tartibga soluvchi me'yorlarni o'ziga chuqur sindirishni nazarda tutadi. Bunday intizom tashqaridan ko'rsatma berilmay, majburlamay amalga oshadi. Ichki intizomdan farqli o'laroq, o'z foydasini ko'zlab intizomga rioya etish va majburan intizomga bo'ysundirish tashqi sanksiyalar - ijobiy va salbiy turlarga bo'linadi. Oxir-oqibat intizom jamiyat a'zolarining shaxsiy mafaatlaridan kelib chiqqan holda, ular tomonidan o'z hatti-harakatlarini belgilaydigan ijtimoiy me'yorlarni bajarishga bo'lgan ehtiyojlari orqali aniqlanadi. Agar bu me'yorlar individ hatti-harakatlarining ichki prujinasi bo'lmasa unda faoliyatda turli xil chekinishlar yuz beradi. Shunday holatlarda ular yo ijtimoiy nazorat mexanizmlari yordamida tartibga solinadi, yo bo'lmasa, mavjud me'yorlar va institutlarning buzilishiga olib keladi. Biroq nihoyatda qattiq tartib-intizom o'rnatish ham jamiyat uchun zararli bo'lishi mumkin. Ya'ni, bunday holat jamiyat a'zolarini ijodiy tashabbusdan mahrum qilib qo'yishi mumkin, o'z navbatida ijtimoiy tartib-qoidalar o'zining zarur ijobiy xislatidan mahrum bo'ladi[3].

Intizom inson taraqqiyotining dastlabki bosqichida jamoa bo'lib mehnat qilish jarayonida shakllangan. Ushbu jarayonda yuzaga kelgan stixiyalar jamoaning umumiy manfaatlarini aks ettirgan. O'sha paytlarda odamlar umumiy aloqa, intizom, o'rganib qolingan hatti-harakatlar, udumlar urug' boshlig'iga hurmat asosida faoliyat ko'rsatishgan.

Maktabda o'smirlik davridagi umumiy intizomlilik namoyon bo'ladigan ongli, tadqiqotchilik, mehnat, axloqiy-etik, ekologik-valeologik, moliyaviy-iqtisodiy, yuridik-huquqiy, maishiy-servis va boshqa ko'plab tur va shakllar bilan farqlanadi.

Pedagogik amaliyotga ko'ra, tartib-intizom buzilishining eng ko'p tarqalgan ko'rinishi o'quvchilarning darsda mavzudan tashqari suhbatlashishi, mashg'ulot vaqtida sinfda yurishi, o'quvchilarning darsga kech qolishi va dars qoldirishi kabilar hisoblanadi. Qolaversa, intizom buzilishining hozirgi davr uchun xos bo'lgan ko'rinishlari darsda uyali aloqa vositalaridan foydalanish, xabarlashish, ijtimoiy tarmoqlardan faol foydalanish kabilar.

Albatta, maktab hayotidagi amaliyotda o'smir yoshdagi o'quvchilarning xulq-atvor reaksiyalarining o'ziga xos hususiyatining diapazoni yetarli darajada kengdir. Shundan kelib chiqib darsdagi salbiy hulq-atvor natijasida o'smirlar tomonidan o'quv materialining yomon o'zlashtirilishi, agressiv xulq-atvorga ega bo'lgan ayrim o'quvchilar sababli darsdan tashqari mashg'ulotlarda do'stona muhit va qulay psixologik atmosferaning mavjud bo'lmasligi kabilar kuzatiladi.

Maktabning barcha o'qituvchilari pedagogik faoliyatlarida albatta tartib-intizom muammolariga duch keladilar. O'z fanini biladigan yosh o'qituvchi maktabga kelib o'zining ishi ahamiyatsiz ekanligini darxol tushunib yetadi, uni oylik maoshi emas, balki jamoa tuzumi va maktabdagi tartib-intizom tashvishlantiradi. Darsdagi chidab bo'lmas shovqinni bartaraf qila olmagan yoshi kattaroq pedagog o'zining kasbiy mahorati haqida o'ylanib qoladi [4].

Xulosa qilib aytganda, o'smirlik yoshida "lider" bo'lishga kuchli intilish, sinfdoshlarining uni tan olishiga erishishi bolalarni eng ekstravagant intizom buzilishiga chorlaydi. Oxirgi yillarda maktabda o'quv jarayonida tartib-intizomning buzilishi va giperfaol bolalar sonining o'sishi

kuzatilmoqda. Shu bilan birga, o'qituvchining chuqur salohiyatga ega emasligi, uning o'quvchilar

bilan bo'ladigan muloqotga metodik jihatdan tayyor emasligi asosiy sabablardan hisoblanadi.

REFERENCES

1. Ibraimov X., Quronov M. Umumiy pedagogika (darslik). - T., "Sahhof", 2023, 416 bet.

2. Pedagogika: ensiklopediya. II jild / tuzuvchilar: jamoa.//Toshkent: "O'zbekiston milliy ensiklopediyasi" Davlat ilmiy nashriyoti. 2015. - 376 b.

3. O'zbek tilining izoxli lug'ati. Ikkinchi jild. - Toshkent: «Uzbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti, 2006. - 672 b.

4. Avloniy A. "Turkiy Guliston yoxud axloq" kitobidan. https://saviya.uz/jjod/nasr/intizom

5. Ibraimov Kh. I. Creativity as one of the characteristics of the personality of the future teacher // Science, education and culture. - 2018. - no. 3 (27). - P. 44-46.

6. Ibragimovich Kh.I. Peculiarities of using credit-module technologies in the higher education system of Uzbekistan //Integration of science, education and practice. Scientific-methodical journal. - 2021. - P. 209-214.

7. Ibraimov Kh. "Theoretical and methodological basis of quality control and evaluation of education in higher education system." International journal of discourse on innovation, integration and education 1 (2020): 6-15.

8. Ibragimov, X., Abdullayeva Sh. "Pedagogika nazariyasi (darslik)." T.: Fan va texnologiya 288 (2008).

9. Ibraimov X.I., M.Quronov. Umumiy pedagogika (darslik). -T., "Shaffof', 2023, 416-bet.

10. Ibragimovich, Ibraimov Kholboy. "Intensive methods of teaching foreign languages at university." Вопросы науки и образования 27 (39) (2018): 78-80.

11. Ибраимов Х. И. Педагогические и психологические особенности обучения взрослых //Academy. - 2019. - №. 10 (49). - С. 39-41.

12. Ибрагимов Х. И. Организация самостоятельной работы студентов в условиях цифровизации вузовского образования //Наука и образование сегодня. - 2020. - №. 7 (54). - С. 74-75.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.