Научная статья на тему 'GLOBALLASHUV SHAROITIDA MAKTAB DARSLARINING INTIZOMIY OMILLARI'

GLOBALLASHUV SHAROITIDA MAKTAB DARSLARINING INTIZOMIY OMILLARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

102
19
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
globallashuv / maktab jamoatchiligi / o‘quvchi / o‘qituvchi / tartibintizom / omil / hamkorlik / muvofiqlashtirish / darslarda intizomiy tartib / vertual-axborot muhiti / ommaviy axborot vositalari / maktabda o‘rnatilgan tartib-intizomning buzilishi / xulq-atvor / globalization / school community / student / teacher / discipline / factor / cooperation / coordination / discipline in the classroom / virtual information environment / media / violation of school discipline / behavior

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — R. Musurmonov, M. Musurmonova

Maqolada maktab o‘quvchilarining dars intizomiga rioya qildirishning ahamiyati, yo‘l yo‘riqlari, tartib-intizom ta’lim samaradorligi omili ekanligi va unga erishishning murakkab usullari tahlil qilinib, metodik tavsiyalar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

The article analyzes the importance of schoolchildren’s observance of the discipline of the lesson, guidelines, discipline as a factor in the effectiveness of teaching and comprehensive methods of achieving it, and gives methodological recommendations

Текст научной работы на тему «GLOBALLASHUV SHAROITIDA MAKTAB DARSLARINING INTIZOMIY OMILLARI»

GLOBALLASHUV SHAROITIDA MAKTAB DARSLARINING INTIZOMIY

OMILLARI

R. Musurmonov

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti dotsenti

M. Musurmonova

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Maqolada maktab o'quvchilarining dars intizomiga rioya qildirishning ahamiyati, yo'l - yo'riqlari, tartib-intizom ta'lim samaradorligi omili ekanligi va unga erishishning murakkab usullari tahlil qilinib, metodik tavsiyalar berilgan.

Kalit so'zlar: globallashuv, maktab jamoatchiligi, o'quvchi, o'qituvchi, tartib-intizom, omil, hamkorlik, muvofiqlashtirish, darslarda intizomiy tartib, vertual-axborot muhiti, ommaviy axborot vositalari, maktabda o'rnatilgan tartib-intizomning buzilishi, xulq-atvor.

ABSTRACT

The article analyzes the importance of schoolchildren's observance of the discipline of the lesson, guidelines, discipline as a factor in the effectiveness of teaching and comprehensive methods of achieving it, and gives methodological recommendations.

Keywords: globalization, school community, student, teacher, discipline, factor, cooperation, coordination, discipline in the classroom, virtual information environment, media, violation of school discipline, behavior.

KIRISH

Har qanday zamonda ham dars intizomi masalasi o'z zarbdorligini yo'qotmagan. O'tmishda darsning yirik bir asarga tenglashtirilishi kabi allomalarning fikri yoki zamonaviy maktab ta'limi muammolarining yechimini izlash ham bevosita dars intizomiga borib taqaladi. Demak, intizom pedagogik vosita sifatida bosh omil hisoblanadi. Intizomni ta'minlash va saqlash bu ko'pchilikka bog'liq bo'lgan tarbiyaviy tadbir hisoblanib, asosiy mas'uliyat ota-onalar va o'qituvchilarga tushadi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYASI

P.V. Kapterov yozgan ediki, "Maktab ishi ko'pchilikning - o'qituvchilar va o'quvchilarning manfaatlari uchun hamkorlikdagi ishidir. Ko'pchilikning hamkorlikdagi faoliyati va hayotini esa ma'lum tartiblarsiz amalga oshirib bo'lmaydi. Zero, tartib jamiyatda yashash va ishlashning muhim shartidir. Maktab hayotining tartibi intizomdir. Uning vazifasi - maktabda ta'lim oluvchilarning hayotini boshqa ta'lim oluvchilar hamda o'qituvchilar bilan hamohang tarzda tashkil etishdan iborat. Intizom o'quvchi va o'qituvchi shaxsiga nisbatan maktab jamoatchiligi va alohida shaxslar tomonidan o'tkazilishi mumkin bo'lgan tazyiqlardan himoya qilishni anglatadi. Intizom ta'lim oluvchi alohida shaxslar yoki o'qituvchilarning, maktab jamoasining qiziqishlarini muvofiqlashtirish orqali hamkorlikdagi do'stona faoliyat uchun zamin yaratmog'i lozim " (7).

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Olimning fikridan va hayotiy tajribalarimizdan kelib chiqib, zamonaviy maktab, umuman uning intizomiy omillari globallashuv bosqichi bilan bog'liq bo'lgan ta'lim jarayonlarining mavjud xususiyatlari va mohiyatlarining umumiyligini anglatilishini tushunish qiyin emas.

Ayni paytda maktab ma'muriyati darslarda intizomiy tartibni tashkil etishdagi murakkabliklarni ro'kach qilib aybni zamonga, o'quvchilarga, vertual-axborot muhiti va shu kabilarga ag'darmoqchi bo'ladilar. Boshqa tarafdan qaraganda ommaviy axborot vositalarida maktabda va darsda intizom borasida ham "o'qituvchi -o'quvchi" munosabatlarida (o'qituvchi o'quvchining soch gajagini kesib, peshonasiga "ikkichi" deb yozib qo'ygan) ham, "o'quvchi - o'quvchi" munosabatlarida ham chegaradan chiqib, haddidan oshayotgan holatlar kuzatiladi. Bu holat maktab jamoatchiligi tomonidan haqiqat, fenomen, butun maktabni zaharlagan "virus" sifatida, nafaqat me'yordan oshsa, balki har kuni kuzatib, nazorat qilib boriladigan badanning, vujudning haroratidek emas, balki xususiy, ahyon-ahyonda uchrab turadigan holat tariqasida qaraladi. Afsuski, maktab jamoatchiligi bunday haqiqatga qarshi maqsadli tarzda ishlashni xohlamaydi, balki qaysidir joyda namoyon bo'lgan qaysidir "virus"ga nisbatan "karantin" uslubini qo'llash bilan kifoyalanadi.

Maktab jamoatchiligi asrlar mobaynida o'quvchilarning yurish-turishi, xatti-harakatlarini kuzatish natijasida pedagoglarning "retseptur ma'lumotnoma"si (pedagogik potfolio)ni to'ldirib bormoqdalar. Kundalik hayotdagi dalillar maktab intizomining muammolar ko'lamini kengaytirmoqda, amaliyot esa ularni bartaraf etish yo'llarini izlamoqda (1-jadval).

1-jadval. Maktab intizomi muammolarini hal etish yo'llari.

Maktab intizomida uchraydigan ayrim muammoli holatlar Muammoni hal qilish yo'llari

O'quvchilar tomonidan maktabda o'rnatilgan tartib-intizomning buzilishi O'quvchining muhim ehtiyojlarini hisobga olish - u yoki bu ijtimoiy muhim jarayon va guruhlarga jalb etish. Bolaning ehtiyojini qondishga mos keladigan, ayni paytda maktabda o'rnatilgan tartib intizomga zid bo'lmagan yurish-turish turlarini tanlashda yordam berish yo'llarini topish.

O'quvchining yurish-turishi o'ziga e'tibor qaratishga yo'naltirilgan. Diqqatni ko'roq yaxshi yurish-turishlarga qaratish, o'quvchilarni e'tiborga muhtoj bo'lganda shuni so'rashga o'rgatish. O'quvchilarning diqqatini minimallashtirish uchun ataylab sodir etilayotgan xulq-atvorga parvo qilmaslik, ko'rmaslikka olish, ko'z bilan aloqa qilish, yoniga borib turish, o'tilayotgan dars matniga o'sha o'quvchining ismini qo'shib ishlatish, pinxona belgilar, yozma ogohlantirishlar berish. Quyidagilarni dabdurustdan amalga oshiring: chiroqni o'chirib qo'yish, musiqiy tovush chiqarish, ohista gapirish, ovozni o'zgartirish, devor (yoki portret) bilan gaplashish, dars o'tishni vaqtinchalik to'xtatib qo'yish, o'quvchini chalg'itish, to'g'ridan-to'g'ri savollar berish, biror yumushni bajarishni iltimos qilish, faoliyatni o'zgartirish, sinf e'tiborini namunali xulq-atvorga qaratish, o'quvchilarga minnatdorchilik bildirish, o'quvchilar misollarini doskaga yozish, o'quvchilar joyini almashtirish.

Boshqalarga so'zini o'tkazuvchi xulq-atvor (o'quvchi o'zining yomon xislatlarini namoyon qiladi, chunki unga etakchi, bosh bo 'lish muhimroq va o'qituvchi hamda butun sinf ustidan o'z hukmronligini o'rnatishga harakat qiladi). Nozik yondashuv izlash, bolaning hukmronligini qabul qilish, tomoshabinlardan xalos bo'lish, masalaning muhokamasini kechroq muddatga qoldirish, fikrlarni yozma tarzda qayd etib borish, o'quvchilarni hayron qoldirishni o'quvchi bilan kelishish, mavzuni o'zgartirish, chetlatishni qo'llash: sinfdan chiqarib yuborish emas, boshqa sinfga o'tkazish, maxsus xonaga chiqarib yuborish, maktab ma'muriyati kabinetida izolyasiya qilish, muayyan sanksiyalar belgilash: buyumlardan foydalanish huquqidan mahrum qilish, maktabning turli kabinetlariga kirishni, boshqa o'quvchilar bilan muloqot qilishni taqiqlash, maktab ma'muriyat i, ota-onalar, militsiya xodimlari bilan uchrashishni, keltirilgan zararni qoplashni, buyumlarni ta'mirlashni, buyumlarni joyiga qaytarishni, xuddi shundayiga almashtirishni talab qilish.

O'quvchi bilan konfrontatsiya vaziyati. •O'quvchining shaxsiga emas, uning xulq-atvori, yurish-turishiga diqqatni qaratish; negativ hissiyotlarni namoyon bo'lishidan saqlanish, keskinlikni yuzaga keltirmaslik (baqirmaslik, "Hozircha bu erda o'qituvchi menman! " qabilidagi so'zlardan foydalanmaslik, oxirgi so'z huquqini o'zida qoldirish,

o'quvchilarga bosim o'tkazadigan va imo-ishoralar, keskin harakatlar - jag'larni, tishni-tishga qo'ygan, qo'llarni birlashtirgan holat kabilarni, haqoratomuz, kamsituvchi, piching va istehzoli qarashlarni qo'llamaslik, o'quvchi xarakteri bahosiga e'tibor bermaslik, jismoniy kuch ishlatmaslik, voqelikka aloqador bo'lmaganlarni konfliktlarga jalb qilmaslik, o'zini haq ekanligini talab qilmaslik, va'zxonlik qilmaslik, o'quvchilarni jahlini chiqarmaslik, bir o'quvchini boshqasi bilan tenglashtirmaslik va b.); • xulq-atvorni keyinroq muhokama qilish; • o'quvchiga o'zligini saqlab qolish imkonini berish.

Darsda mudrab o'tirish. 1. Darsda o'quvchining mudrab, uyqusirab o'tirish sababini muhokama qiling (oila, kechgacha ishlash, kompyuterda o'ynash va h.k.). O'z vaqtidan ratsional foydalanish bo'yicha maslahatlashing. 2. Doimiy mudroqlikni keltirib chiqaruvchi kasalliklar haqida so'zlab bering. Ma'lum vaqtlarda shunday simptomlarni namoyon bo'lish ehtimolligini kuzatib borishni taklif eting. 3. Darsda uyqusirab o'tiradigan o'quvchilarga ijobiy munosabatda bo'ling. Balki ular buning sababini bilsada, sizga aytishni istamaydi. 4. Agar sizning oldingi harakatlaringiz natija bermasa, bu haqda ota-onalar bilan gaplashib ko'ring. Ular lozim bo'lgan taqdirda bolaga uyda ko'proq dam olish uchun imkoniyat berish yo'llarini biladilar.

Belgilangan me'yorga zid bo'lgan leksika. 1. Belgilangan me'yorga nisbatan nojo'ya so'zlar ishlatish (o'quvchi o'qituvchi va kattalar uni eshitmasligiga ishongan holda o'z nutqida noto'g'ri leksika qo'llaydi). Bu muammoni o'quv yili boshida muhokama qiling. Nima uchun bunday ifoda hamma uchun ham tushunarli emasligini, maktabda hamma uchun umume'tirof etilgan ifoda (nutq) shaklidan foydalanish, muayyan vaziyatlarda uni (tilni) korrektirovka qilish lozimligini tushuntiring. Bu zararli odatlardan farq qiladigan boshqa vositalar topishni so'rang. O'quvchiga bu odatdan qutulish uchun yordam berish bo'yicha faoliyat ketma-ketligini aniqlang (birinchi holat - ogohlantirish; ikkinchi holat - 10 daqiqa sabr qilish; uchinchi holat - 10 daqiqa sabr qilish va ota-onasiga murojaat qilish; to'rtinchi holat - maktab ma'muriyati huzurida uchrashish) . Agar siz o'quvchi leksikonida yomon so'z eshitgan bo'lsangiz, hech qachon "Nima deding?!" - deb so'ramang. Chunki siz uni bu so'zni yana bir marta aytishiga sababchi bo'lasiz. Umumiy tarzda bola yanglishganligini qayd eting.

Bolalar faoliyat davomida juda ham hissiyotga beriluvchan bo'ladilar va ularni me'yorga zid leksika qo'llashiga kimdir ataylab sababchi bo'lgan bo'lishi mumkin.

Noto'g'ri leksikon qo'llagan va buni boshqa maqsadda ishlatganligini ro'kach qilgan o'quvchining o'zini oqlash uchun urinishlarini qabul qilmang.

Ko'p hollarda noto'g'ri leksikon qo'llagan o'quvchilar sidqidildan aybini bo'yniga olib, kechirim so'rashga shoshiladi. Siz uni jazolamasligingiz kerak. Chunki u o'z aybiga iqror bo'lib, intizomga rioya qilishga intilishini va xatosini to'g'rilashga tayyorligini namoyon etdi. Agar bu holat takrorlanaversa, tabiiyki, unga nisbatan yuqorida aytilgan choralarni ko'rish kerak.

O'qituvchi tomonidan dars jarayonida xech qachon nojo'ya so'zlarni ishlatmaslik juda muhim hisoblanadi. O'quvchilar o'z o'qituvchisi ularga namuna bo'lishiga ehtiyoj sezadilar.

Agar o'quvchi o'z nazoratini yo'qotgan bo'lsa zudlik bilan maktab direktoriga rasmiy tarzda yozma xabarnoma chiqarish va o'quvchining ota-onalari bilan bog'lanish lozim.

Agar siz o'quvchining xatti-harakati sinfdagi umumiy vaziyatni buzmagan deb hisoblasangiz, direktorga chiqariladigan rasmiy murojaatni kun oxirigacha kechiktirishingiz mumkin. O'quvchi sinfga qaytgandan so'ng u bilan vaziyatni muhokama qiling. Vaziyat haqida ota-onalarni xabardor qiling va bu haqda maktab ma'muriyati ham voqifligini tushuntiring.

Ataylab nojo'ya so'zlar ishlatish (kopchilik oldida o'qituvchini haqorat qilish va kamsitish).

XULOSA

Bolalarni intizomga o'rgatish har doim pedagogika fanining asosiy vazifalaridan biri bo'lgan va bugungi kunda ham shunday bo'lib qolmoqda.

"Retseptor ma'lumotnomasi" keng qamrovli davomiylikka ega. Zero, zamonaviy sharoitda maktabning muammoli muhit ko'lami ortib bormoqda. Jumladan,

darsda haddan ziyod vaysaqilik (ko'p gapirish), darsga kelmaslik, kechikib kelish, yolg'onchilik, provakator o'quvchilarni paydo bo'lishi, tamaki chekish, alkogolizm, narkotiklar, qo'l telefonlari, o'quvchilarni turli oilalardan saralanishi kabi muammolar masala echimini chigallashiga sababchi bo'ladi. Ammo sabablar qanchalik ko'p va murakkab bo'lmasin zamonaviy maktab o'z o'quvchilarini barkamol insonlar qilib tarbiyalashi hayotiy zarurat hisoblanadi.

Zero uchinchi Renesans poydevorini qurishga qodir jismoniy, ruhiy va ma'naviy barkamol shaxslar globallashuv sharoitida jamiyatimiz uchun juda zarurligi nuqtai nazaridan maktab pedagogik jamoasiga katta mas'uliyat yuklanadi. Ta'lim berish jarayonida o'qituvchilar qanchalik an'anaviy dars berish usullaridan farqli o'laroq, zamonaviy innovatsion pedagogik va axborot texnologiyalaridan keng foydalansalar, bunday darslar o'quvchilar uchun ham qiziqarli va intizomli bo'lishi muqarrardir.

REFERENCES

1. Julia G. Thompson. La gestion de classe au secondaire. Ghidpratique. CHenerlier edication. Montreal. 2013. 318 p.

2. Axmedova M. "Pedagogik konfliktologiya" o'quv-qo'llanma. - T.: 2005-y. B. 17.

3. Rashidov H., Musurmonov R. "Dars intizomiga salbiy munosabatdagi bolalarga nisbatan konstruktiv ta'sir etishning nazariy asoslari" monografiya. - T.: Noshirlik yog'dusi nashriyoti, 2015-y

4. 4. R.Musurmonov "Ta'lim sifatini boshqarishga ijobiy ta'sir etuvchi omillar haqida", Kirgiziya Vestnik Batkentskogo gos. Univer.J.2008.№ 5.

5. 5. R.Musurmonov "Sog'lom avlod tarbiyasi - jamiyat taraqiyotining asosi" O'zMU xabarlari jurnali. - T.: 2011 y. № 1

6. Jabborova Onakhon Mannapovna. (2019). Psycholocial and pedagogical foundations of the formation of the artistic perception of students in secondary schools. European journal of research and reflection in educational sciences, 7(10), 9-14.

7. Jabborova Onakhon Mannapovna, Ismoilova Dilafruz Mukhiddinovna. (2020, may). Optimation of primary education. ACADEMICIA: An international multidisciplinary research journal, 10(5), 1229-1232.

8. Mardonov Sh.K., Jabbarova O.M.. Objectives of the lessons of visual arts in primary school. Academic research in educational sciences, Issue 3, 2020, pp 862-870.

9. Mardonov Shukurullo Kuldashevich, Khujamkulov Umid Negmatovich, Botirova Shakhlo Isomiddinovna, Shermatova Umida Safaevna.The end to educate young people with the spirit of patriotism in the context of globalization. Journal of Critical Reviews, Malaysia, 2020, Vol.7, Issue 12, pp 166-169.

10. Mardonov Shukurullo Kuldashevich, Quttibekova Guljan Tulepbaevna. Structure and Mechanisms of Action of The Educational Cluster. International journal of Psychosocial Rehabilitation, United Kingdom, 2020, Issue 07, pp. 8104-8111.

11. Jabborova Onakhon Mannapovna, Jumanova Fotima Uralovna, Mahkamova Shohida Rahmatullayevna. (2020). Formation of artistic perception of future teachers. International journal of pssycological and rehabilitation, 24(4), 4087-4095.

12. Mamadaliyev K.R., Jabborova O.M., Umarova Z.A., Abdullaeva B.P. Creation of a New Generation of Teaching Literature - A Requirement of Modernity // SCOPUS International Journal of Psychosocial Rehabilitation, Vol. 24, Special Issue 1, 2020.

13. Жабборова Онахон Маннаповна, Ташпулатова Дилором Мукимовна, Бошлаетич синф укитувчиларига куйиладиган талаблар. Academic research in educational sciences, Issue 3, 2021, pp 575-582

14. Gulyamova X. Boshlang'ich sinflarda o'qish darsidan umumlashtiruvchi darslarni tashkil etish. Academic research in educational sciences, Volume 2, Issue 1, 2021, pp 1052-1060

15. Жабборова О.М., Умарова З.А. Тарбия фанини кластер усулида укитишда педагогик конфликтларни бартараф этиш. Academic research in educational sciences, Issue 1, 2021, pp 582-587.

16. Жабборова О.М., Чимпулатова Ч.Д. Бошлаетич таълимда Тарбия фанининг кластер усулида укитилиши. Academic research in educational sciences, Issue 1, 2021, pp 562-566.

17. Жабборова О.М., Ташпулатова Д.М. Узбекистон янги мафкурасининг педагогик талкини. Academic research in educational sciences, Volume 2, Issue 3, 2021, pp 584-589.

18. Умарова З.А. Бошлаетич таълим дидактикаси. Academic research in educational sciences, Issue 2, 2021, pp 556-562.

19. Ochilov Fariddun Izatulloyevich, Methods of teaching natural sciences to primary school pupils on the basis of a competent. Palarch's Journal Of Archaeology Of Egypt / Egyptology 17(6) (2020), ISSN 1567-214x. 14520-14539 бетлар.

20. Fariddun Izatulloyevich Ochilov, "Atrofimizdagi olam" va "Tabiatshunoslik" darslarini kompetensiyaviy yondashuv asosida tashkil etish jarayonini modellashtirish. The Journal of Academic Research in Educational Sciences, 1(4), (2020). ISSN 21811385. VOLUME 1, ISSUE 4. December 2020. Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2020: 4.804. Academic Research, Uzbekistan 2020. 624-629 бетлар.

21. Жабборова О.М., Бахтиёрова С.Э. Бошлаетич таълим йуналишида хорижий тилларни укитишнинг янгича ёндашувлар тизими. Academic research in educational sciences, Issue 3, 2021, рр 1040-1045.

22. Jabborova O.M. Systems For The Development Of Primary Education In The Process Of Higher Pedagogical Education. The American Journal of Social Science and Education Innovations, , 2021, 3(04 ), pp 449-453.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.