Научная статья на тему 'O‘SMIR YOSHDAGI O‘QUVCHILARDA DARSGA NISBATAN INTIZOMLI MUNOSABATNI RIVOJLANTIRISHNING O‘ZIGA XOS JIHATLARI'

O‘SMIR YOSHDAGI O‘QUVCHILARDA DARSGA NISBATAN INTIZOMLI MUNOSABATNI RIVOJLANTIRISHNING O‘ZIGA XOS JIHATLARI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
391
32
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
o‘smir yoshdagi o‘quvchi / dars intizomi / intizomli munosabat / maktab / sinfdan tashqari tadbirlar / ta’sir etuvchi omillar / o‘qitish / hulq-atvor / maxsus intizom / intizomli o‘quvchi. / adolescent student / classroom discipline / disciplinary attitude / school / extracurricular activities / influencing factors / teaching / behavior / special discipline / disciplined student.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — J. Mamatov

Ushbu maqolada o‘smir yoshdagi o‘quvchilarda darsga nisbatan intizomli munosabatni rivojlantirishning o‘ziga xos jihatlari bayon qilingan. Shuningdek, maqolada intizom va intizomlilik tushunchalarining pedagogik tahlili keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

FEATURES OF THE DEVELOPMENT OF A DISCIPLINED ATTITUDE TO LESSONS IN ADOLESCENT SCHOOLCHILDREN

This article describes the specific aspects of developing a disciplined attitude towards the lesson in adolescent students. The article also presents a pedagogical analysis of the concepts of discipline and discipline.

Текст научной работы на тему «O‘SMIR YOSHDAGI O‘QUVCHILARDA DARSGA NISBATAN INTIZOMLI MUNOSABATNI RIVOJLANTIRISHNING O‘ZIGA XOS JIHATLARI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

O'SMIR YOSHDAGI O'QUVCHILARDA DARSGA NISBATAN INTIZOMLI MUNOSABATNI RIVOJLANTIRISHNING O'ZIGA XOS JIHATLARI Mamatov Jasur Asatullayevich

Qori Niyoziy nomidagi O'zPFITI birinchi bosqich doktoranti https://doi.org/10.5281/zenodo.7424297

Annotatsiya. Ushbu maqolada o'smir yoshdagi o 'quvchilarda darsga nisbatan intizomli munosabatni rivojlantirishning o'ziga xos jihatlari bayon qilingan. Shuningdek, maqolada intizom va intizomlilik tushunchalarining pedagogik tahlili keltirilgan.

Tayanch so'zlar: o 'smir yoshdagi o'quvchi, dars intizomi, intizomli munosabat, maktab, sinfdan tashqari tadbirlar, ta'sir etuvchi omillar, o'qitish, hulq-atvor, maxsus intizom, intizomli o'quvchi.

ОСОБЕННОСТИ РАЗВИТИЯ ДИСЦИПЛИНИРОВАННОГО ОТНОШЕНИЯ К УРОКАМ У ШКОЛЬНИКОВ-ПОДРОСТКОВ

Аннотация. В данной статье описаны специфические аспекты формирования дисциплинированного отношения к уроку у школьников-подростков. Также в статье представлен педагогический анализ понятий дисциплина и дисциплина.

Ключевые слова: школьник-подросток, классная дисциплина, дисциплинарное отношение, школа, внеурочная деятельность, воздействующие факторы, обучение, поведение, специальная дисциплина, дисциплинированный ученик.

FEATURES OF THE DEVELOPMENT OF A DISCIPLINED ATTITUDE TO LESSONS

IN ADOLESCENT SCHOOLCHILDREN

Abstract. This article describes the specific aspects of developing a disciplined attitude towards the lesson in adolescent students. The article also presents a pedagogical analysis of the concepts of discipline and discipline.

Keywords: adolescent student, classroom discipline, disciplinary attitude, school, extracurricular activities, influencing factors, teaching, behavior, special discipline, disciplined student.

O'zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini izchil va samarali amalga oshirish, ularni har tomonlama qo'llab-quvvatlash, huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, mamlakatimiz istiqboli uchun mas'uliyatni o'z zimmasiga olishga qodir, tashabbuskor, shijoatli vatanparvar yoshlarni tarbiyalash muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur strategiya doirasida maktab ta'limining mazmuni va tuzilishi amalga oshiriladi, ta'lim muassasalarining moddiy-texnik bazasi modernizatsiyalashadi, o'quv-tarbiyaviy jarayonning sifati o'z rivojlanishining yangi bosqichiga ko'tariladi.

O'quv jarayonining sifatiga ta'sir etuvchi ustuvor omillardan biri darsni ratsional tarzda tashkil etish hisoblanadi, muvaffaqiyatli o'qitishning asosiy sharti sifatida esa - o'qituvchining sinfdagi tartib-intizomni ushlab turish qobiliyati hisoblanadi.

Maktabdagi tartib-intizom muammosi pedagoglarning yuz yillar davomidagi muhim tashvishi hisoblanib kelgan. Hozirgi davrga kelib mazkur muammo o'zining dolzarbligini yo'qotmadi, balki yanada chuqurlashdi. Maktab muhitini yanada demokratlashuvi natijasida o'quvchilar hulq-atvorida jiddiy o'zgarishlar kuzatilmoqda. Maktab o'quvchilari yanada mustaqil va tashabbuskor, o'z fikrlarini erkin ifoda etadigan, xatti-harakatlarida ham faolroq bo'lishdi va mutlaqo tartib-intizom qoidalariga shartsiz ravishda yondashilmadi. Mazkur vaziyat,

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

hattoki yuzaga kelgan ijobiy o'zgarishlar o'quv jarayonida qiyinchiliklami keltirib chiqarishi, uning samaradorligini tushirishi va o'quvchilar savodxonlik darajasiga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin deb hisoblagan o'qituvchilarni jiddiy tashvishlanishiga sabab bo'ldi. Amaliyot shuni ko'rsatadiki, tartib-intizom yo'q joyda o'qituvchining fanni, dars berish metodikasini yaxshi bilishi nolga teng ko'rsatkichdagi natijani beradi.

Pedagogika ensiklopediyasida "intizom (disciplina - o'qitish, o'rgatish; qat'iy tartib) -o'zini tutishning ma'lum bir tartibi, tarixan qaror topgan qonun-qoida, ma'naviy qadriyatlarni odamlar tomonidan rioya etilishi" tarzida talqin qilingan[1].

Shu tartib qoidalar jamiyat yoki ma'lum sinflar yoki alohida jamoat guruhlarining manfaati uchun o'rnatiladi. Intizom keng ma'noda talqin qilinib, uning yordamida jamoat tartib qoidalari amalga oshiriladi. Intizom shunday vositaki, uning yordamida odamlar birligining qandaydir ichki birligiga erishiladi.

Intizom jamiyatning normal, barqaror rivojlanishining muhim shartidir. U tufayli insonlarning xatti-harakatlari yaxshilanadi. Intizom jamoa faoliyati va ijtimoiy tashkilotlarning faoliyati ijobiy tus oladi. Jamiyatda doimo barcha majburiy bo'lgan va maxsus intizom mavjud. Maxsus intizom faqatgina ma'lum bir alohida tashkilot (mehnat ma'nosi, harbiy bo'linma) a'zolari uchun majburiydir.

Intizomni ichki yoki o'z-o'zini tartibga solish deyish ham mumkin. Shuningdek, o'z foydasini ko'zlagan holda intizomga rioya etish yoki majburan tartibli bo'lish turlari ham mavjud. Ichki intizom jamiyat a'zolari tomonidan insonlar faoliyatini tartibga soluvchi me'yorlarni o'ziga chuqur sindirishni nazarda tutadi. Bunday intizom tashqaridan ko'rsatma berilmay, majburlamay amalga oshadi. Ichki intizomdan farqli o'laroq, o'z foydasini ko'zlab intizomga rioya etish va majburan intizomga bo'ysundirish tashqi sanksiyalar - ijobiy va salbiy turlarga bo'linadi. Oxir-oqibat intizom jamiyat a'zolarining shaxsiy mafaatlaridan kelib chiqqan holda, ular tomonidan o'z hatti-harakatlarini belgilaydigan ijtimoiy me'yorlarni bajarishga bo'lgan ehtiyojlari orqali aniqlanadi. Agar bu me'yorlar individ hatti-harakatlarining ichki prujinasi bo'lmasa unda faoliyatda turli xil chekinishlar yuz beradi. Shunday holatlarda ular yo ijtimoiy nazorat mexanizmlari yordamida tartibga solinadi, yo bo'lmasa, mavjud me'yorlar va institutlarning buzilishiga olib keladi. Biroq nihoyatda qattiq tartib-intizom o'rnatish ham jamiyat uchun zararli bo'lishi mumkin. Ya'ni, bunday holat jamiyat a'zolarini ijodiy tashabbusdan mahrum qilib qo'yishi mumkin, o'z navbatida ijtimoiy tartib-qoidalar o'zining zarur ijobiy xislatidan mahrum bo'ladi.

Intizom inson taraqqiyotining dastlabki bosqichida jamoa bo'lib mehnat qilish jarayonida shakllangan. Ushbu jarayonda yuzaga kelgan stixiyalar jamoaning umumiy manfaatlarini aks ettirgan. O'sha paytlarda odamlar umumiy aloqa, intizom, o'rganib qolingan hatti-harakatlar, udumlar urug' boshlig'iga hurmat asosida faoliyat ko'rsatishgan.

Intizomlilik esa - intizomni mahkam tutuvchi, unga amal qiluvchi, bo'ysunuvchi, tartibli shaxsga xos xususiyat bo'lib, intizom (arabcha "nizom", - tartib, qoida, tizim. O'zbek tilining izohli lug'atida "intizom" co'ziga shunday izoh berilgan: "Tartib, tartibli tuzilish, izchillik. Jamiyatning yoki ma'lum jamoa a'zolarning amal qilishi, bo'ysunishi lozim bo'lgan qat'iy tartib, qoida"[2] tarzida talqin qilingan bo'lib, intizom shaxs faoliyatida axloqiy sifatlarni amalga oshirishda, qo'yilgan maqsadga erishishda, o'z kuchiga ishonishda, boshqalarning yordamisiz vazifalarni hal etishda, mustaqil fikrlay olishda, biron ishni bajarishda boshqa tomonga chalg'itmoqchi bo'lgan kuchlarning ta'siriga berilmaslikka, qarashlari va ishonchlari

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

asosida xarakat qilishda va o'z vazifalarini hal etish ko'nikmalarini egallashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Lug'atda intizomga berilgan ta'riflardan biri "izchillik"dir. Unga ko'ra intizom izchil, uzluksiz, muntazam bo'lmog'i kerak, shundagina u yaxshi samara beradi. Qat'iy intizomga yoshlikdan o'rgatilsa, bola katta bo'lganda ham intizomli bo'ladi. Intizom inson faoliyatining barcha turlarida albatta bo'lmog'i lozim. Intizom bo'lmagan oila, jamoa va korxona, muassasada ish unumdorligi hamda sifati past bo'ladi. Intizom bo'lmagan joyda parokandalik vujudga keladi, usiz hech qanday tadbirni amalga oshirib bo'lmaydi. Intizom turlicha bo'lishi mumkin. Katta korxonalarda ichki intizom qoidalari ishlab chiqilib, jamoa tomonidan tasdiqlanganidan keyin unga rioya qilish hamma uchun majburiydir. Inson huquqlarining ta'minlanishiga to'siqlik qilmaydigan, insonning insonlik sharafiga zid talablar qo'ymaydigan intizom qoidalari bajarilganda ishchiga ham, ish beruvchiga ham qulay sharoit vujudga keladi. Intizomli odam vaqtdan to'g'ri foydalanadi, o'z vaqtini to'g'ri taqsimlaydi va maqsadga erishadi. Intizomli odam sabr-qanoatli bo'ladi, u nafaqat o'zining, balki boshqalarning ham vaqtini tejaydi. Intizomli odam ahdiga vafo qiladi. Intizomning o'zi ham qaysidir ma'noda odamni trabiyalaydi. Masalan, aksariyat hollarda intizomli o'quvchi yoki talaba darslarni yaxshi o'zlashtiradi, chunki u o'zini nazorat qilishini, diqqat-e'tiborini jamlashni biladi. Intizom tilimizdagi tartib, qoida kabi so'zlar bilan muayyan holatlarda ma'nodosh bo'lib keladi.

Mumtoz adabiyotimizda nizom so'zi ham intizom ma'nosiga qo'llanganini kuzatish mumkin. Masalan "Dunyoga kelgan payg'ambarlarning har birlari din va shariatlarini tartib va nizom ila yuritmishlar. Xususan islom dini mukammal ravishda tartib va nizomga rioya qilishdir". Abdulla Avloniy aytgandek "Intizom deb qiladurgan ibodatlarimizni, ishlarimizni har birini o'z vaqtida tartibi ila qilmakni aytilur. Agar yer yuzida intizom bo'lmasa edi, insonlar bir daqiqa yasholmas edilar"[3].

A.Avloniyning fikricha, intizomsiz odam jamoaga qarshi turadigan madaniyatsiz, ma'naviyatsiz shaxsdir. Tartib intizomga o'rgatish va o'rganish birinchi navbatda o'zi yashayotgan jamiyatga, jamiyat tomonidan o'rnatilgan tartib-qoidalarga hurmat belgisidir[4].

Maktabdagi intizomlilik muammosiga oid falsafiy va psixologik-pedagogik adabiyotlarning tahlili maktab davridagi intizomlilik xususiyatining mohiyati hamda o'ziga xosligini belgilash imkonini berdi. Intizom - talablarni bajarish va tashabbuskorlik, bo'ysunuvchanlik va mustaqillik, faollik va sustlik, intizomlilik esa - o'z xulqini malaka va ko'nikmalari bilan o'zaro bog'liq holda boshqara olish, ularni shaxsiy qoidalar hamda talablariga, shuningdek, individual va jamoa intizomligi evaziga ong elementi hamda odatiy tajribalar, muvaffaqiyat va yutuqlar usuli sifatida to'planib boradigan jamoa va jamiyat tomonidan qo'yiladigan qoida va talablariga bo'ysundira bilishdek shaxsiy xususiyatlarning mujassamlashganidir. Mazkur xususiyatlarning shakllanishi jarayonida zaruriy holat, anglanmagan xohishlar, tashqi tarbiyaviy ta'sirlardan, erkinlik, mustaqillikka yo'naltirilgan xulq-atvordan o'tib borish va ushbu xususiyatlarning birlikdagi jamlanmasi sifatida yondashuvchi mualliflarning nuqtai nazarlari bo'linadi.

Maktabda o'smirlik davridagi umumiy intizomlilik namoyon bo'ladigan ongli, tadqiqotchilik, mehnat, axloqiy-etik, ekologik-valeologik, moliyaviy-iqtisodiy, yuridik-huquqiy, maishiy-servis va boshqa ko'plab tur va shakllar bilan farqlanadi.

Pedagogik amaliyotga ko'ra, tartib-intizom buzilishining eng ko'p tarqalgan ko'rinishi o'quvchilarning darsda mavzudan tashqari suhbatlashishi, mashg'ulot vaqtida sinfda yurishi,

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

o'quvchilarning darsga kech qolishi va dars qoldirishi kabilar hisoblanadi. Qolaversa, intizom buzilishining hozirgi davr uchun xos bo'lgan ko'rinishlari darsda uyali aloqa vositalaridan foydalanish, xabarlashish, ijtimoiy tarmoqlardan faol foydalanish kabilar.

Albatta, maktab hayotidagi amaliyotda o'smir yoshdagi o'quvchilarning xulq-atvor reaksiyalarining o'ziga xos hususiyatining diapazoni yetarli darajada kengdir. Shundan kelib chiqib darsdagi salbiy hulq-atvor natijasida o'smirlar tomonidan o'quv materialining yomon o'zlashtirilishi, agressiv xulq-atvorga ega bo'lgan ayrim o'quvchilar sababli darsdan tashqari mashg'ulotlarda do'stona muhit va qulay psixologik atmosferaning mavjud bo'lmasligi kabilar kuzatiladi.

Maktabning barcha o'qituvchilari pedagogik faoliyatlarida albatta tartib-intizom muammolariga duch keladilar. O'z fanini biladigan yosh o'qituvchi maktabga kelib o'zining ishi ahamiyatsiz ekanligini darxol tushunib yetadi, uni oylik maoshi emas, balki jamoa tuzumi va maktabdagi tartib-intizom tashvishlantiradi. Darsdagi chidab bo'lmas shovqinni bartaraf qila olmagan yoshi kattaroq pedagog o'zining kasbiy mahorati haqida o'ylanib qoladi.

Ma'lumki, o'smirlik yoshida "lider" bo'lishga kuchli intilish, sinfdoshlarining uni tan olishiga erishishi bolalarni eng ekstravagant intizom buzilishiga chorlaydi. Oxirgi yillarda maktabda o'quv jarayonida tartib-intizomning buzilishi va giperfaol bolalar sonining o'sishi kuzatilmoqda. Shu bilan birga, o'qituvchining chuqur salohiyatga ega emasligi, uning o'quvchilar bilan bo'ladigan muloqotga metodik jihatdan tayyor emasligi asosiy sabablardan hisoblanadi.

Xulosa qilib aytganda, pedagogika fani va maktab amaliyotida intizom muammosini o'rganish va u bo'yicha fikrlash katta ahamiyat kasb etadi. Bu esa hozirgi zamonning dolzarb muammolarini hal etishning samarali vositasi sifatida xizmat qilishi mumkin: ta'lim sifatini oshishi; ta'lim olishning psixologik qulay atmosferasini va do'stona muhitini ta'minlab berish.

REFERENCES

1. Pedagogika: ensiklopediya. II jild / tuzuvchilar: jamoa.//Toshkent: "O'zbekiston milliy ensiklopediyasi" Davlat ilmiy nashriyoti. 2015. - 376 b.

2. O'zbek tilining izoxli lug'ati. Ikkinchi jild. - Toshkent: «Uzbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti, 2006. - 672 b.

3. Avloniy A. "Turkiy Guliston yoxud axloq" kitobidan. https://saviya.uz/ijod/nasr/intizom

4. Pedagogika tarixidan xrestomatiya. / Tuzuvchi O.Hasanboeva. - T.: O'qituvchi, 1993, 464 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.