Научная статья на тему 'О‘QUVCHILАRDА INTIZОMIY KО‘NIKMАLАRNI RIVОJLАNTIRISH DОLZАRB PEDАGОGIK MUАMMО SIFАTIDА'

О‘QUVCHILАRDА INTIZОMIY KО‘NIKMАLАRNI RIVОJLАNTIRISH DОLZАRB PEDАGОGIK MUАMMО SIFАTIDА Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

372
18
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
intizоm / о‘quvchi / bilim / kо‘nikmа / mаlаkа / intizоmiy kо‘nikmа. / discipline / reаder / knоwledge / skills / quаlificаtiоns / disciplinаry skills

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Аshurаli Ibrаgimоvich Tuychiyev

Mаzkur mаqоlаdа intizоm, kо‘nikmа tushunchаlаrining mаzmuni vа mоhiyаti, shuningdek, о‘quvchilаrdа оngli intizоmiy kо‘nikmаlаrni rivоjlаntirish dоlzаrb pedаgоgik muаmmо ekаnligi аsоslаngаn

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

This аrticle is bаsed оn the cоntent аnd essence оf the cоncepts оf discipline, skills, аs well аs the fаct thаt the develоpment оf cоnsciоus disciplinаry skills in students is аn аctuаl pedаgоgicаl prоblem

Текст научной работы на тему «О‘QUVCHILАRDА INTIZОMIY KО‘NIKMАLАRNI RIVОJLАNTIRISH DОLZАRB PEDАGОGIK MUАMMО SIFАTIDА»

O'QUVCHILARDA INTIZOMIY KO'NIKMALARNI RIVOJLANTIRISH DOLZARB PEDAGOGIK MUAMMO SIFATIDA

Mazkur maqolada intizom, ko'nikma tushunchalarining mazmuni va mohiyati, shuningdek, o'quvchilarda ongli intizomiy ko'nikmalarni rivojlantirish dolzarb pedagogik muammo ekanligi asoslangan.

Kalit so'zlar: intizom, o'quvchi, bilim, ko'nikma, malaka, intizomiy ko'nikma.

This article is based on the content and essence of the concepts of discipline, skills, as well as the fact that the development of conscious disciplinary skills in students is an actual pedagogical problem.

Keywords: discipline, reader, knowledge, skills, qualifications, disciplinary

skills

Butun dunyoda, jamiyatda axloqiy tarbiyaning ahamiyati ortib borayotganini, lekin shu bilan birga ommaviy axborot vositalari, keng jamoatchilik, turli soha mutaxassislari hayotning turli sohalarida axloqiy normalarni pasayishi kuzatilayotganligi haqida fikr bildirilayotganini kuzatishimiz mumkin. Ijtimoiy jamiyat hayotining tartibli kechishini ta'minlash maqsadida axloqiy hamda huquqiy me'yorlar qabul qilingan. Jamiyat ijtimoiy hayotida muhim o'rin tutuvchi ijtimoiy-huquqiy me'yorlar esa davlat tomonidan qabul qilinib, tegishli qonunlar asosida tartibga solinadi[22].

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA Intizom — kishilar, jumladan, mehnat jamoasi a'zolarining jamiyatda tarkib topgan huquq va axloq me'yorlariga, shuningdek, biron-bir tashkilot talablariga javob beradigan muayyan xulq-atvor va o'zini tutishga oid tartibqoidalar. I. odamlarning birgaliqsa yashashi va faoliyat

Ashurali Ibragimovich Tuychiyev

Farg'ona davlat universiteti o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

KIRISH

yuriti-shini ma'lum bir tartibga solib turadi. Bunga esa mazkur

February, 2022

ijtimoiy me'yorlar va qonunqoidalarni o'zlashtirish, shu bilan birga zarnr bo'lganda axloqiy, huquqiy va ma'muriy javobgarlik va jazo choralarini qo'llanish yo'li bilan ham erishiladi. I.ning quy-idagi turlari mavjud: ichki I. (shaxsning o'zini-o'zi I.lilik ruhida tar-biyalashi); hamma uchun umumiy I. (xu-susan, davlat I.i); maxsus I. — muayyan tashkilot a'zolari yoki ma'lum toifadagi kishilar uchungina belgilangan I. (mas, mehnat I. i, harbiy I. kabi)[19].

Ko'nikma — insonning ilgarigi tajribalari asosida muayyan faoliyat yoki harakatni amalga oshirish qobiliyati. Ko'nikmalar amaliy faoliyatga, bilimlarni amalda qo'llay bilishga oid faoliyatning tarkibiy qismidir. Ko'nikma faoliyatning maqsadi va sharoitlariga mutanosib ravishda harakatni muvaffaqiyatli bajarish usullaridir. U hamisha bilimlarga asoslanadi, mahorat (malaka)ning negizi hisoblanadi. Ko'nikma mazmunan amaliy (jismoniy) va aqliy, shaklan oddiy va murakkab turlarga ajratiladi. Amaliy ko'nikmalar mehnat faoliyatini amalga oshirishga, aqliy ko'nikmalar bilim olishga, uni o'zlashtirishga yo'naltirilgan bo'ladi. Ko'nikmalarni bilim bilan adashtirmaslik lozim, chunki bilimlar voqelik to'g'ri aks ettirilgan hukm (mulohaza)larda ifodalanadi. Ko'nikmalar esa ko'proq aqliy va jismoniy harakatlarda mujassamlashadi)[20].

Ko'nikma - mashq qilish natijasida yuzaga kelgan xatti - harkatlarning avtomatlashgan usuli. Fiziologik jihatdan ko'nikma bosh miyaning katta yarim sharlari po'stlog'ida hosil bo'lib, vaqtinchalik nerv bog'lanishlarning barqaror tizimining funksiyasini ta'minlaydi. Dinamik-streotiplarni yaratish sharoitlari bir vaqtning o'zida avtomatlashgan akt bilan murakkab analitik - sintetik faoliyatni yuzaga keltiradi. Buning natijasida nafaqat ko'nikmalar, balki malakalar ham yuzaga keladi)[21].

Intizom ijtimoiy-axloqiy va huquqiy me'yorlarga nisbatan ongli yondashuv, ularga to'la amal qilish demakdir. Ongli intizom tushunchasi shaxs faoliyatining ijtimoiy-axloqiy hamda ijtimoiy-huquqiy me'yorlar talablari asosida aqliy quvvatga tayangan holda tashkil etilish ko'rsatkichidir. Ongli intizom tarbiyasi o'quvchilar tomonidan intizomning mohiyati, uning ijtimoiy jamiyat hamda shaxs hayotida tutgan o'rnini to'g'ri baholash, shuningdek, ijtimoiy-axloqiy va ijtimoiy-huquqiy me'yorlar talablariga ongli munosabatni shakllantirishga yo'naltirilgan pedagogik jarayondir.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

O'quvchilar o'rtasida ongli intizom tarbiyasini tashkil etish

jarayonïda quyidаgi vаzifаlаr аmаlgа оshirilаdi:

February, 2022

1. Ijtimoiy-axloqiy va ijtimoiy-huquqiy me'yorlar mohiyatini o'quvchilar ongiga singdirish, ongli intizom tushunchasini qaror toptirish.

2. O'quvchilar tomonidan ijtimoiy burch mohiyatining o'zlashtirilishiga erishish.

3. O'quvchilarda ijtimoiy burchni ado etish jarayonida ongli va ixtiyoriy faoliyatini tashkil etish borasidagi ko'nikma va malakalarni shakllantirish.

4. O'quvchilarda kundalik hayotiy rejim asosida faoliyatni tashkil etish ko'nikmasini hosil qilish.

5. O'quvchilarda mehnatni ilmiy asosda tashkil etish (mehnat va dam olish faoliyati, aqliy va jismoniy mehnat faoliyati o'rtasida o'zaro mutanosiblikning qaror topishiga erishish) ko'nikma va malakalarini hosil qilishga erishish.

6. O'quvchilarda ta'lim muassasasi ichki tartibi qoidalariga bo'ysunish hissini shakllantirish.

7. Intizomsizlikning oldini olgan holda intizomsizlikka qarshi kurashishga yo'naltirilgan faoliyatini yo'lga qo'yish va boshqalar.

Ta'lim muassasalarining muhim vazifalaridan biri yosh avlodni ongli intizom ruhida tarbiyalashdir.

Ta'lim muassasalarida o'rnatilgan intizom ta'lim muassasalari jamoasini jipslashtirish, ta'lim muassasasi ichki hayoti va faoliyatining mo'tadil kechishini ta'minlaydi. Intizom o'quvchilardan hamjihatlik asosida faoliyat olib borish, o'quv yurti manfaati uchun birgalikda kurashish, rahbariyat hamda vakolatli o'quvchilar organlari, uning a'zolari talablarini to'g'ri talqin etish va ularning bajarilishini talab etadi.

Ongli intizom o'quvchilarning o'qish va mehnat faoliyatiga ongli munosabatda bo'lish, o'quv yurti ichki tartib intizomiga bo'ysunish, jamoa tomonidan topshirilgan topshiriqni bajarishga vijdonan yondashgan holda xulq-atvor me'yorlariga qat'iy rioya etish zarurligini tushunib olishlari va ularga o'z ixtiyorlari bilan itoat etish ko'nikmalarining hosil bo'lishiga sharoit yaratadi.

Ta'lim muassasalari o'quvchilarida intizomlilik xislatining hosil bo'lishi uchun ta'lim-tarbiya ishlarining sifatini yaxshilash, ularning samaradorligini oshirishga imkon beradi.

Ongli intizom jamoa yordamida olib borilgan tarbiyaviy ishlarning natijasigina bo'lib qolmay, ayni vaqtda, tarbiya vositasi sifatida xizmat qiladi. Intizom ko'rsatkichi qanchalik yuksak darajaga ko'tarilsa, uning tarbiya vositasi sifatidagi ta'siri shuncha ortib boradi. Intizomli jamoa o'z a'zolarini ichki tartibga rioya qilishga, muayyan xulq

February, 2022

https://t.me/ares uz Multidisciplinary Scientific Journal

me'yorlariga amal qilishga, o'qituvchilar topshiriqlarini bajarishga, o'z tengdoshlariga namuna ko'rsatishga, ijtimoiy burchni anglashga o'rgatadi. Bunday jamoa o'quvchi noto'g'ri harakat qilsa, uning xatosi ko'rsatiladi, natijada o'quvchi tomonidan o'z xatosini anglashi, to'g'rilashga bo'lgan urinish yuzaga keladi. O'quvchi va jamoa o'rtasida ongli intizomni qaror toptirish ikki tomonlama ta'sir kuchiga egadir. O'quvchi jamoa doirasida jamoaning salbiy xususiyatlarini yo'qotish uchun kurashadi, jamoa esa o'quvchidagi mavjud nuqsonlarni bartaraf etishga o'z ulushini qo'shadi.

Intizom o'quv ishlariga g'oyat katta ta'sir ko'rsatadi. O'qituvchilarning topshiriqlarini, jamoa qarorlarini bajarish, masho'ulotlarga kechikmasdan yetib kelish hamda sababsiz bironta ham darsni qoldirmaslik, darsda tartibsaqlash, uy vazifalarini o'z vaqtida bajarish kabi holatlar ta'lim jarayonining muvaffaqiyatini, shuningdek, o'quvchilarning chuqur bilim olishlari uchun imkon yaratadi. Shunday ekan, qaysiki o'quv yurtida o'qituvchi va o'quvchilar jamoasi intizom qoidalariga qattiq rioya qilsa, o'sha o'quv yurtida o'zlashtirish yuqori darajada bo'ladi, tarbiyaviy ishlarni tashkil etishda yuksak natijalar qo'lga kiritiladi.

O'quvchilarning ongli intizomini qaror toptirishda kundalik hayotiy rejim hamda unga qat'iy amal qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Qat'iy dars jadvali, sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy tadbirlarni uyushtirish va ularni o'tkazish, kundalik faoliyatni aniq rejalashtirish o'quvchining shaxsiy hayotini muayyan tartibga solishga xizmat qiladi.

Ongli intizom tuyg'usini o'quvchilarda shakllantirish quyidagi mazmundagi faoliyatni tashkil etish asosida kechadi:

a) maqsadga muvofiq talablarning qo'yilishi hamda ularning o'quvchilar tomonidan bajarilishini uzluksiz, doimiy nazorat qilib borish;

b) ijtimoiy-axloqiy va ijtimoiy-huquqiy me'yorlar mohiyatini tushuntirish;

v) ongli intizom mezonlaridan biri bo'lgan intizomli xulq, xarakter va iroda sifatlarini hosil qilish maqsadida mashq qildirish va o'rgatish;

g) rag'batlantirish va jazolash. Rag'batlantirish - o'quvchining namunali xulqi uchun boshqalarga ibrat qilib ko'rsatish, faxriy yorliqlar bilan taqdimlash, devoriy gazetada ushbu o'quvchi to'o'risida kichik ma'lumotnoma berish, uning suratini maxsus doskaga qo'yish, ota-onasining nomiga tashakkurnoma yuborish va boshqalar. Jazolash - o'quvchining xatti-harakati va

XULOSA

February, 2022

faoliyatini jamoa muhokamasiga qo'yish kabi holat asosida tashkil etiladi[22]. REFERENCES

1. Maksudov, U. K. (2020). ISSUES OF NATIONAL VALUES AND SOCIAL ACTIVITY OF STUDENTS IN THE DEVELOPMENT OF POSITIVE PSYCHOLOGY. In Психологическое здоровье населения как важный фактор обеспечения процветания общества (pp. 394-396).

2. Orinova, N. M. (2021). BO 'LAJAK O 'QITUVCHILARNI KREATIVLIK KOMPETENTLIGINI RIVO JL ANTIRISHNING PEDAGOGIK SHART-SHAROITLARI. Аcаdemic reseаrch in educаtiоnаl sciences, 2(9), 394-399.

3. SAIDKULOVICH, S. B., & UGLI, T. J. U. The Social Pedagogical Necessity of Developing Students' Aesthetic Culture in the Process of Globalization. Internаtiоnаl Jоurnаl оf Innоvаtiоns in Engineering Reseаrch аnd Technоlоgy, 8(1), 75-77.

4. Siddikov, B. S. (2020). THE IMPORTANCE OF SPORTS AND RECREATION ACTIVITIES FOR A HARMONIOUSLY DEVELOPED GENERATION. In Психологическое здоровье населения как важный фактор обеспечения процветания общества (pp. 107-111).

5. Siddikov, B., & Djalalov, B. (2020, December). MODERNIZATION OF EDUCATION-THE FUTURE INNOVATIVE COMPETENCE OF TEACHERS AS A MAIN FACTOR OF FORMATION. In Конференции.

6. Tuychieva, I., Aripov, S., Madaminova, D., & Mustaev, R. (2021). THE PEDAGOGICAL SYSTEM OF PREPARING BOYS FOR FAMILY RELATIONSHIPS IN GENERAL SECONDARY SCHOOLS.

48(8).

7. Urinova, N. M., & Abdullaeva, N. (2021). Opportunities to use project-based teaching technology in the development of students' research competence. АСА0ЕШС1А: Ап Internаtiоnаl Multidisciplinаry Reseаrch Jоurnаl, 11(3), 2344-2348.

8. Aхмедoв, Б. A. (2020). Сиддигав Бaхтиёр Сaидкулoвич, Джaлaлoв Бaхрoмжoн Бегмурзaевич МOДЕРНИЗAЦИЯ OБРAЗOВAНИЯ-OСНOВНOЙ ФAКТOР В ФOРМИРOВAНИИ ИННOВAЦИOННOЙ ШМПЕТЕНЦИИ БУДУЩИХ УЧИТЕЛЕЙ. Аcаdemy, 9, 60.

9. Джaлaлoв, Б. Б. (2016). Место и рoль вoздействия BocnnraH^ в швышении oбщественнoй aKrnBHocra учaщихся. Ученый XXI века, (5-1),

38-41.

Multidisciplinary Scientific Journal

February, 2022

10. Джалалов, Б. Б. (2018). РАЗВИТИЕ ПРОФЕССИОНАЛЬНОЙ КОМПЕТЕНТНОСТИ ПЕДАГОГИЧЕСКИХ КАДРОВ В УСЛОВИЯХ ГЛОБАЛИЗАЦИИ КАК ПЕДАГОГИЧЕСКАЯ ПРОБЛЕМА.

In INTERN А TЮNАL SCIENTIFIC REVIEW ОF THE PRОBLEMS АND PRОSPECTS ОFMОDERNSCIENCE АND EDUCАTIОN (pp. 53-55).

11. Джалалов, Б. Б. (2019). ВАЖНЫЕ АСПЕКТЫ ФОРМИРОВАНИЯ ИННОВАЦИОННЫХ КОМПЕТЕНЦИЙ У БУДУЩИХ УЧИТЕЛЕЙ.

In EURОPEАN RESEАRCH: INNОVАTIОN IN SCIENCE, EDUCАTЮN АND TECHNОLОGY (pp. 43-44).

12. Джалалов, Б. Б. (2020). ЁШЛАР ИЖТИМОИЙ ФАОЛЛИГИНИ ОШИРИШНИНГ НАЗАРИЙ МЕТОДОЛОГИК АСОСЛАРИ. Педагогика ва психологияда инновациялар, 10(3).

13. Джалалов, Б. Б., Хатамов, Х. А., & Насайдинова, Ф. У. (2016). Преимущества коллективного обучения. Ученый XXI века, 40.

14. Максудов, У. К. (2015). Социально-педагогические и экономические проблемы повышения качества непрерывного образования на основе внедрения национальных ценностей. Молодой ученый, (12), 776-777.

15. Сиддиков, Б. С., & Джалалов, Б. Б. (2016). ЗАДАЧИ РАЗВИТИЯ АКТИВНОСТИ МОЛОДЁЖИ С ПОМОЩЬЮ ПЕДАГОГИЧЕСКИХ ТРЕНИНГОВ. Ученый XXI века, (6-2).

16. Туйчиева, И. И., & Ганиева, Г. В. (2016). ХАРАКТЕРИСТИКА ПРИНЦИПОВ ПЛАНИРОВАНИЯ РАБОТЫ ПО РАЗВИТИЮ РЕЧИ. Ученый XXI века, 48.

17. Уринова, Н. М., & Хусеинова, С. Б. (2021). Теоретико-практическая подготовка будущих учителей гуманитарного профиля к социально ориентированной воспитательной работе. Бюллетень науки и практики, 7(5), 434-440.

18. Уринова, Н. М., & Хусенова, С. Б. (2021). БУЛАЖАК У^ИТУВЧИЛАРНИ ТАРБИЯВИЙ ИШЛАРГА ТАЙЁРЛАШНИНГ ТЕХНОЛОГИК МОДЕЛИ. ИННОВАЦИИ В ПЕДАГОГИКЕ И ПСИХОЛОГИИ, 4(7).

• О

February, 2022 Multidisciplinary Scientific Journal

©

О

©

901

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.