PEDAGOG KADRLARNI INNOVATSION FAOLIYATINI TAHSKIL ETISH
MASALALARI
Feruza Yunusovna Xamalova Farg'ona viloyat PYMO'MM
Annotatsiya: Ushbu maqolada bugungi kun o'qituvchilarining kasbiy mahoratlarini oshirishda innovatsion yondoshuvning ahamiyati, innovatsion faoliyat, o'qituvchini innovatsion faoliyatga tayyorlash masalalariga e'tibor qaratilgan, xulosa va tavsiyalar berilgan.
Kalit so'zlar: innovatsiya, innovatsion faoliyat o'qituvchi, kasbiy mahorat, malaka oshirish
ISSUES OF ORGANIZING INNOVATIVE ACTIVITY OF TEACHERS
Feruza Yunusovna Khamalova Fargona region National Center for Training Teachers on New Methods
Abstract: This article focuses on the importance of an innovative approach to improving the professional skills of teachers today, innovative activities, preparation of teachers for innovative activities, provides conclusions and recommendations.
Keywords: innovation, innovative activity teacher, professional skills, professional development
Bugungi kunda dunyo miqyosida sodir bo'layotgan ijtimoiy, iqtisodiy, texnologik tub o'zgarishlar ta'limga, kadrlar tayyorlash tizimiga, barkamol avlodni tarbiyalash jarayonlariga yangicha yondoshuvlarni talab etmoqda. Haqiqatdan ham, ta'lim, kadrlar tayyorlash, kasbiy mahoratni oshirish, barkamol avlod tarbiyasi muammolarini pedagogika nazariyasi va amaliyotida qo'llanilayotgan an'anaviy yondoshuvlar, g'oyalar, tajribalarga tayangan holda hal etib bo'lmasligini har birimiz anglab yetmoqdamiz.
Innovatsion, ya'ni yangilanish g'oyalari jamiyat taraqqiyotining o'ziga xos ijtimoiy zaruriyati bo'lib, fan va ishlab chiqarishda mutlaqo qo'llanilmagan yondoshuvlar, kontseptsiyalar, texnologiyalar, majmuasi tizimidir. Hozirgi zamon pedagogikasida yangilanish jarayonlariga bir tomonlama yondashuvlarni uchratish kuzatiladi. Jumladan, pedagogik yangilanish g'oyalarini ta'limning tashkiliy shakllariga yoshi, usul, uslublariga aloqador holat deb qarash an'anasi hukm surmoqda.
ITFVE^^HI 135 ISSN 2181-063X/ Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)
Bizga ma'lumki, innovatsion pedagogika - ta'lim-tarbiya jarayoniga yangilik kiritishdir. Innovatsion jarayonning bosqichlari: yangi g'oya yoki kontseptsiyani asoslash, yangilik yaratish, yaratilgan yangilikni amalda qo'llash, yangilikni keng tatbiq etish, muayyan sohada yangilikning xukmronligini ta'minlash, yangi muqobillik asosida almashtirish orqali yangilikni qo'llash.
Pedagogik innovatsiyalar:
a) pedagogikadagi yangilikni ajratish:
b) yangilikni idrok qilish, o'zlashtirish va baholash:
v) yangilikdan foydalanish va uni joriy etish bosqichlarida amalga oshiriladi.
Hozirgi kunda xalq ta'limi tizimiga yangi pedagogik texnologiya va innovatsiyalar tez suratlarda kirib kelmoqda. Yosh o'qituvchilar bu innovatsiyalarni aksariyat hollarda o'z faoliyatida yetarli darajada qo'llay olishmayapti, chunki yosh o'qituvchilarning asosiy qismi ta'limdagi innovatsion jarayonlarga tayyor emas.
Innovatsion faoliyat - o'qituvchining yaratuvchilik va ijodiy faoliyat natijasi, yuksak profisionalizmga, mutaxassisning uzoq ijodiy umr ko'rishiga olib keluvchi sub'ektiv va ob'ektiv omillarga ega bo'lgan jarayon.
O'qituvchining yangi tushuncha yaratish va yangi namunalar hosil qilish qobiliyati quyidagi xislatlarda namoyon bo'ladi:
- fikrning rovonligi:
- fikrni maqsadga muvofiq xolda yo'llay olish:
- o'ziga xoslik:
- qiziquvchanlik:
- farazlar yaratish qobiliyati:
- hayol qila olish (fantaziya)
O'qituvchining innovatsion faoliyatga hozirligi me'yorlari sifatida:
1. Innovatsion faoliyatga bo'lgan zaruriyatni anglash .
2. Ijodiy faoliyatga jalb qilinishiga tayyorgarlik.
3. SHaxsiy maqsadlarni innovatsion faoliyat bilan moslashtirish.
4. Ijodiy muvaffaqiyatsizliklarni yengishga tayyorgarlik.
5. Innovatsion faoliyatni ijro etish uchun texnologik tayyorgarlik darajasi.
6. Innovatsion faoliyatining kasbiy mustaqillikka ta'siri.
7. Kasbiy reflektsiyaga (shubha va ziddiyatlarga to'la fikrlash, o'zining ruxiy holatini tahlil qilish) bo'lgan qobiliyat.
Shuni alohida ta'kidlash lozimki, pedagogik texnologiyalar pedagogik yangilanishning bir qirrasi xolos uni axborot kommunikativ texnologiyalaridan ajralgan holda qo'llab bo'lmasligi bugun hammaga ayon bo'lib qolmoqda.
O'qituvchilarning kasbiy mahoratlarini oshirish, ularga amaliy yordam ko'rsatish, fanlarni o'qitishda dolzarb masalalarni muxokama qilish, ilg'or ish tajribalarini ommalashtirish, ta'lim jarayoniga pedagogik va axborot
136 ISSN 2181-063X/lmpact Factor 4.047 (SJIF 2021)
texnologiyalarini joriy etish orqali ta'lim samaradorligini oshirish masalalari yuzasidan ayniqsa, o'qituvchilarni malakasini oshirish va qayta tayyorlash jarayonida aynan shu masalaga ilmiy yondoshuv zarur.
Umumiy o'rta ta'lim pedagoglari mutaxassislik bo'yicha mavjud bilimlaridan tashqari o'quv jarayoniga qadam qo'yar ekanlar, pedagogik-psixologik bilimlar, texnologiya va o'qitish metodikalariga doir zarur pedagogik bilimlarni egallagan bo'lishlari kerak. Ana shular e'tiborga olingan holda yosh pedagoglarning malakasini oshirishda asosiy masalalar quyidagicha belgilanadi.
- o'qitish jarayonining samaradorligini ta'minlovchi pedagogik malakalarni shakllantirish.
- ijtimoiy -iqtisodiy, siyosiy gumanitar bilimlarni anglash yo'naltirilgan yangi kasbiy tafakkurni shakllantirish.
- o'qituvchi faoliyatining metodologik asosi sifatida pedagogik bilimlar tizimini egallash.
- o'qituvchilarning kasbiy faoliyalariga yaqinlashtirilgan uslublar tizimi sifatidagi o'qitish texnologiyasini egallash.
Hozirgi kunda ta'lim muassaslarida faoliyat ko'rsatayotgan yosh iqtidorli pedagogik va ilmiy kadrlarda yuqorida sanalgan malaka va ko'nikmalarni hosil qilish maqsadida maxsus dasturlar ishlab chiqish lozim.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. X.A. Abdullaev, F.Yu. Xamalova. Yosh ukituvchilar kasbiy bilim va maxoratlarini oshirishning ijtimoiy-pedagogik muammolari. F. 2008
2. Pedagogik ustaxona" yosh o'qituvchilarga metodik yordam. "Ma'rifat" 2007 yil 11 iyul.
3. Ishmuhammedov R., Abduqodirov A., Pardaev A. Ta'limda innovatsion texnologiyalar. Toshkent 2008.
137
ISSN 2181-063X / Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)