Научная статья на тему 'PAST KUCHLANISHLI HEUL LARINING TUZILISHI'

PAST KUCHLANISHLI HEUL LARINING TUZILISHI Текст научной статьи по специальности «Естественные и точные науки»

69
9
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
kuch transformatorlari / pasaytiruvchi podstansiya / tarqatuvchi va ta‟minlovchi elektr tarmoqlari. / kuch transformatorlari / pasaytiruvchi podstansiya / tarqatuvchi va ta‟minlovchi elektr tarmoqlari.

Аннотация научной статьи по естественным и точным наукам, автор научной работы — Jahongir Alisher Oʻgʻli Abduxalimov

Past kuchlanishli elektr tarmoqlari tarqatuvchi va ta‟minlovchi elektr tarmoqlariga bo„linadi. Tarqatuvchi qismi pasaytiruvchi podstansiyalardagi kuch transformatorlari bilan bog„lanuvchi 6-10 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlaridir. 35-110/6-10 kV kuchlanishli podstansiyalar va tarqatish tarmoqlari past kuchlanishli tarmoqlarning quvvat manbai bo„lib xizmat qiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Low-voltage power networks are divided into distribution and supply power networks. The distribution part is 6-10 kV power transmission networks connected to power transformers in step-down substations. 35-110/6-10 kV substations and distribution networks serve as the power source of low-voltage networks.

Текст научной работы на тему «PAST KUCHLANISHLI HEUL LARINING TUZILISHI»

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

PAST KUCHLANISHLI HEUL LARINING TUZILISHI

Jahongir Alisher o'g'li Abduxalimov

Qarshi Muhandislik-iqtisodiyot instituti talabasi

ANNOTATSIYA

Past kuchlanishli elektr tarmoqlari tarqatuvchi va ta'minlovchi elektr tarmoqlariga bo'linadi. Tarqatuvchi qismi pasaytiruvchi podstansiyalardagi kuch transformatorlari bilan bog'lanuvchi 6-10 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlaridir. 35-110/6-10 kV kuchlanishli podstansiyalar va tarqatish tarmoqlari past kuchlanishli tarmoqlarning quvvat manbai bo'lib xizmat qiladi.

Kalit so'zlar: kuch transformatorlari, pasaytiruvchi podstansiya, tarqatuvchi va ta'minlovchi elektr tarmoqlari.

ABSTRACT

Low-voltage power networks are divided into distribution and supply power networks. The distribution part is 6-10 kV power transmission networks connected to power transformers in step-down substations. 35-110/6-10 kV substations and distribution networks serve as the power source of low-voltage networks.

Keywords: power transformers, step-down substation, distribution and supply networks.

Hozirda past kuchlanishli elektr tarmoqlarida asosan katta quvvatdagi pasaytiruvchi transformatorlar qo'llaniladi. Har bir transformator 50-100 nafar iste'molchini elektr energiya bilan ta'minlaydi. Bunda, past kuchlanishli (0,4 kV) elektr tarmog'i uzunligi bir necha yuz metrga, ayrim hollarda bir necha kilometrga cho'zilib, texnik yo'qotishlar kamayishiga mos keladi. Transformatordan uzoqroqda bo'lgan iste'molchilarda kuchlanish pasayib ketadi.

May 12-13

101

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

1.1-rasm. Past kuchlanishli elektr tarmoqlarini qurish variantlari: a) magistral b) radial c) aralash

6-10 kV kuchlanishli tarqatish tarmog'i yer bilan o'zazaro izolyatsiyalangan uch simli uzunligi yuzlab metrdan o'nlab kilometrgacha bo'lgan o'tkazgichlardan tashkil topadi. Ular 110-35/10-6 kV podstansiyalardan ta'minlanadi. Ushbu tarmoqlar 6-10/0,4 kV kuchlanishli transformator punktlarini ta'minlaydi [1, 2].

Transformator punktlarida elektr ta'minoti ishonchliligi toifasiga qarab quvvati 25-1000 kVA bo'lgan bir yoki ikkita transformatorlar qo'llaniladi. Yuqori va past kuchlanishli tomonlari "yulduzga - yulduz nol" (Y/Y-0) va "uchburchakka - yulduz nol" (A/Y-0) ulanish guruhiga ega.

, U=0,4

a)

Pi+jQ P2+jQ P3+jQ P4+jQ

May 12-13

102

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

U=0,4

P5+jQ

P3+jQ

P4+jQ

P6+jQ

Pi+jQ P2+jQ

0,4 kV kuchlanishli tarmoqlar neytrali yerga to'g'ridan-to'g'ri ulangan bo'lib, magistral, radial yoki aralash sxemasiga muvofiq temir-beton, beton, yog'och tayanchlarda SIP, ochiq simi o'tkazgichlar bilan amalga oshiriladi (1.1 -rasm). U to'rt yoki beshta simli bo'lishi mumkin, bu yerda uchta faza, bitta nol va ko'cha chiroqlari uchun sim. Neytral sim elektr tarmog'ining uchastkalarida 200-300 metrdan keyin yerga ulanadi. Past kuchlanishli elektr tarmoqlaridagi neytral simning ko'ndalang kesim yuzasi faza simlarinikidan katta bo'lishi kerak.

Past kuchlanishli elektr tarmoqlarining o'ziga xos xususiyatlari iste'molning doimiy o'sishi, maishiy elektr qabul qiluvchilarning xilma-xilligi va yangi uskunalarning paydo bo'lishi, shuningdek, elektr energiyasin sifat ko'rsatkichlari va ishonchliligiga talablarning oshishi tufayli ularning uzluksiz rivojlanishi hisoblanadi. Hozirgi vaqtda xonadonlar tomonidan o'rnatilgan quvvat texnik shartga ko'ra gazlashtirilgan hududlarda 3 kVt, gazlashtirilmagan hududlarda 4,1 kVt belgilanadi, ist'emolchining xoxishiga qarab, belgilangan tartibda maksimal quvvat sarfi P = 15 kVt gacha belgilanishi mumkin.

Past kuchlanishli elektr tarmoqlarining yana bir xususiyati shundaki, kunlik yuklamalar grafigi o'zgaruvchan bo'lib, ko'plab

May 12-13

103

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

omillarga, yashash sharoitlariga, oilaviy ish tartibiga, elektr qabul qiluvchilar bilan to'yinganlik darajasiga bog'liq, bundan tashqari, u haftaning kuniga, mavsumga ham bog'liq (2-rasm).

2-rasm. Sutkalik yuklamalar grafigi.

Past kuchlanishli elektr tarmoqlarining o'ziga xos xususiyatlari katta maydonga tarqalgan katta miqdordagi bir fazali iste'molchilarni elektr energiyasi bilan ta'minlash zarurligini o„z ichiga oladi. Natijada, past kuchlanishli elektr tarmoqlari katta uzunlik va kichik yuklama zichligi bilan tavsiflanadi (3-rasm).

3-rasm. Past kuchlanishli elektr tarmoqlarining tayanchlar joylashuv sxemasi

JiHKKX)

o

TP 10/0,4 kv

1-fider havo liniyasi

2-fider havo liniyasi

Betonli tayanch Yog'ochli tayanch

May 12-13

104

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

Xulosa qilib aytganda past kuchlanishli tarmoqlarini loyixaloyotkanda u yerdagi iste'molchilaming joylashuvini, rivojlanishini, yangi o'zlashtirilishi mumkin bo'lgan ob'ektlarni hisobga olib transformator punktini yuklamalar markaziga o'rnatish kerak. Tadqiqot davomida juda ko„p hollarda transformator punktining joylashuvi yuklamalar mazkaziga o'rnatilmagan (3-rasm). Iste'molchilarga sifatli elektr energiyasini yetkazib berishda iste'molchilarning harakterlarini va quvvatlarini hisobga olib fazalar kesimida teng taqsimlash muhim hisoblanadi.

REFERENCES

1.Козлов, В. А. Электроснабжение городов: учебное пособие / ВА Козлов - Л.: Энергоатомиздат, 1988. - 264 с.

2.КозловВ.А., Справочник по проектированию электроснабжения городов / В.А. Козлов, Н.И. Билик, Д.Л. Файбисович-Л.: Энергия, 1986-256 с.

3.Корнилов Г.П. Перспективы и средства повышения эффективности дуговых сталеплавильных печей за счет силового оборудования / Г.П. Корнилов, А.А. Николаев, И.А. Якимов // Вестник ЮУрГУ. Серия: Энергетика. - 2009. - Вып. 11, №15. - С. 32-38.

5.WWW.ZIYONET.UZ Internet saytlari.

May 12-13

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.