Научная статья на тему 'ELЕKTR TARMOQLARI HAMDA SISTЕMALARINING TUZILISHI VA SXЕMASI'

ELЕKTR TARMOQLARI HAMDA SISTЕMALARINING TUZILISHI VA SXЕMASI Текст научной статьи по специальности «Сельскохозяйственные науки»

1322
231
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Enеrgеtika sistеmasi / elektr tarmogʻi / oʻzgarmas tok / oʻzgaruvchan tok / Enеrgеtika sistеmasi / elektr tarmogʻi / oʻzgarmas tok / oʻzgaruvchan tok

Аннотация научной статьи по Сельскохозяйственные науки, автор научной работы — Jahongir Alisher Oʻgʻli Abduxalimov

Elеktr tarmoqlari elеktr enеrgiyani ishlab chiqaradigan joydan elеktr istе’molchilari joylashgan joyga uzatib va elеktr istе’molchilari o‘rtasidagi taqsimlanishiga xizmat qiladi. Bunda elеktr tarmoqlariga quyidagi bеshta asosiy talab: ishdagi ishonchligiga, sifatiga, tеjamkorlikka, xavfsizlik va ishlatish qulayligiga, kеyinchalik kеngaytirish mumkinligiga tеgishli bo‘ladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Electric networks serve to transmit electricity from the place of production to the place of electricity consumers and distribute it among electricity consumers. In this case, the following five basic requirements apply to electric networks: operational reliability, quality, economy, safety and ease of use, and the possibility of further expansion.

Текст научной работы на тему «ELЕKTR TARMOQLARI HAMDA SISTЕMALARINING TUZILISHI VA SXЕMASI»

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

ELEKTR TARMOQLARI HAMDA SISTEMALARINING TUZILISHI VA

SXEMASI

Jahongir Alisher o'g'li Abduxalimov

Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti talabasi

ANNOTATSIYA

Elektr tarmoqlari elektr energiyani ishlab chiqaradigan joydan elektr iste'molchilari joylashgan joyga uzatib va elektr iste'molchilari o'rtasidagi taqsimlanishiga xizmat qiladi. Bunda elektr tarmoqlariga quyidagi beshta asosiy talab: ishdagi ishonchligiga, sifatiga, tejamkorlikka, xavfsizlik va ishlatish qulayligiga, keyinchalik kengaytirish mumkinligiga tegishli bo'ladi.

Kalit so'zlar: Energetika sistemasi, elektr tarmog'i, o'zgarmas tok, o'zgaruvchan tok

ABSTRACT

Electric networks serve to transmit electricity from the place of production to the place of electricity consumers and distribute it among electricity consumers. In this case, the following five basic requirements apply to electric networks: operational reliability, quality, economy, safety and ease of use, and the possibility of further expansion.

Keywords: Power system, electric network, direct current, alternating current

Elektr tarmog'i — elektr energiyasini uzatilishi yoki taqsimlanishi maqsadida bir-biriga ulangan asbob-uskunalar va qurilmalar hisoblanadi. Umumiy maqsadlarga mo'ljallangan elektr tarmog'i elektr stansiyalar bilan iste'molchilami havo liniyalari va kabelli elektr uzatish liniyalari orqali bog'laydi, hududiy jihatdan tarqoq iste'molchilarni elektr energiyasi bilan markazlashgan usulda ta'minlaydi. Elektr uzatish liniyalari bilan bog'lanmaydigan elektr tarmoqlari ham bo'ladi. Qanday maqsadlarga mo'ljallanganligiga qarab, ular ta'minlovchi va taqsimlovchi tarmoqlarga, ya'ni elektr energiyasini kichik elektr stansiyalardan shahar, sanoat, qishloq xo'jaligi va boshqalar iste'molchilarga uzatuvchi va taqsimlovchi tarmoqlarga; kuchlanishi bo'yicha ikki guruhga, ya'ni kuchlanishi 1 kV gacha va undan yuqori bo'lgan tarmoqlarga bo'linishi mumkin. Bundan tashqari, tok turiga qarab, o'zgaruvchan va o'zgarmas tok elektr tarmog'iga, foydalanilishiga ko'ra, havo liniyali va kabelli; tuzilishi bo'yicha halqali va radial; ishlash rejimi bo'yicha ochiq va berk turlarga bo'linadi. Elektr tarmog'i tarkibiga YEOr tokni o'zgartiruvchi, elektr energiyasini taqsimlovchi va tarmoq ish rejimini boshqaruvchi elektr

May 12-13

97

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introduci^g^mmt^griculture in Uzbekistan

Volume 4 | SamTSAU Conference | 2023

O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy etishningnazariyva amaliy asoslari

jy

stansiyalari kiradi. O'zgaruvchan tok elektr tarmoqlari keng tarqalgan. O'zbekistonda bunday elektr tarmoqlari uchun 12, 24, 36, 48, 60, 127, 220, 380, 660 V li; 3, 6, 10, 20, 35, 110, 150, 220, 330, 500, 750, 800, 1000 kV li nominal kuchlanishlar qabul qilingan. O'zgarmas tok elektr tarmoqlari, asosan, shaharlar, qisman temir yo'l elektr transporti va ba'zi elektrkimyoviy korxonalarni elektr bilan ta'minlashda qo'llanadi. Elektr tarmoqlar kichik quvvatli iste'molchilar (uy-ro'zg'or yoritish asboblari, elektr apparatlar va boshqalar) ni, 380 V dan 10 kV gacha bo'lgan elektr tarmoqlar yuqori quvvatli elektr dvigatellar ishlatiladigan iste'molchilarni energiya bilan ta'minlashda qo'llanadi. Kuchlanish 6 kV dan yuqori bo'lgan elektr tarmoqlardan elektr energiyani qabul qilib, keyin kuchlanishni pasaytirib tarqatishda foydalaniladi.

Elektr energiyasini elektr stansiyalardan umumiy yuklamagacha uzatilishi har xil kuchlanishli elektr liniyalari yordamida amalga oshriladi. Energetika sistemasi ikki xil turdagi elementlardan iborat: o'zgartiruvchi, ya'ni bu elementlar yordamida energiya bir turdan ikkinchi turga o'zgartiriladi, uzatuvchi ya'ni bular (havo va kabel liniyalari) energiyani kerakli masofalarga uzatishga xizmat qiladi. Elektr energetika sistemasining elektr energiya ishlab chiqaruvchi, taqsimlovchi va o'zgartiruvchi qismi elektr sistemasi deb ataladi. Elektr sistemasiga generatorlar, taqsimlovchi uskunalar , elektr tarmoqlari va elektr energiyasini qabul qiluvchi uskunalar kiradi. Elektr tarmoqlari elektr sistemasining bir qismi bo'lib, elektr energiyasini manbadan iste'molchilarga uzatish hamda ular orasida taqsimlash vazifasini bajaradi. Elektr tarmoqlari elektr uzatish liniyalari, podstansiyalar, taqsimlash punktlaridan tashkil topgandir. Ko'p miqdordagi elektr energiyasini nisbatan uzoq

May 12-13

98

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

masofalarga faqat yuqori kuchlanishli liniyalar orqali uzatish iqtisodiy jihatdan foydali hisoblanadi. Bu maqsad uchun generatorlar ishlab chiqargan energiyani yuqori kuchlanishli energiyaga o'zgartirib beruvchi transformatorlar xizmat qiladi. Podstansiya (PS)-elektr energiyasini o'zgartirish va taqsimlashga mo'ljallangan elektr uskunasi bo'lib, u transformatorlar, taqsimlovchi uskunalar, boshqarish uskunalari va yordamchi qurilmalardan iboratdir. PS lar kuchaytiruvchi va pasaytiruvchi bo'lishi mumkin. Kuchaytiruvchi PSda energiya past kuchlanishdan yuqori kuchlanishga o'zgartiriladi, pasaytiruvchi PS da esa yuqori kuchlanishdan past kuchlanishga o'zgartiriladi. Elektr energiyasini bir xil kuchlanishda, o'zgarishsiz qabul qilishga va taqsimlashga mo'ljallangan podstansiyalar taqsimlovchi punktlar deb ataladi. O'z vazifalari bo'yicha elektr tarmoqlarini shartli uch guruhga bo'lish mumkin:

Nisbatan katta bo'lmagan, radiusi o'rtacha 30 kilometrgacha bo'lgan hududlarni ta'minlashga xizmat qiladigan 35 kV gacha bo'lgan taqsimlovchi elektr tarmoqlari. Bunga shahar, qishloq, sanoat va boshqa shunga o'xshash elektr tarmoqlarini kiritish mumkin.

Uzoq masofalarga xizmat qiluvchi 110 kV va undan yuqori kuchlanishli ta'minlovchi elektr tarmoqlari.

Ayrim sistemalarni bir-biri bilan bog'laydigan sistemalararo elektr tarmoqlari. Ulanishning shartli sxemasi bo'yicha elektr tarmoqlari sho'lasimon va berk zanjirli bo'lishi mumkin. Agar elektr tarmog'i orqali elektr energiyasi bir manbadan olinib, faqat

bir tomonga uzatilsa, bunday tarmoq sho'lasimon elektr tarmog'i deb aytiladi. Ikki va undan ortiq manbadan ta'minlanadigan elektr tarmog'i berk zanjirli deb aytiladi.

Energetika sistemasi elektr tarmog'ining shartli sxemasi.

Elektr energiyasi elektr stansiyalaridan (ES) yuklanish markazlariga bevosita ta'minlovchi elektr tarmoqlarini tashkil

May 12-13

99

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

etuvchi elektr uzatuv Hniyalari bilan yoki ta'minlovchi, qabul qiluvchi transformator podstansiyalari va ularni bog'lovchi elektr uzatuv liniyalari (EUL) orqali uzatiladi. Elektr energiya bilan ta'minlashda ishonchlilikni oshirish uchun ko'pincha ta'minlovchi elektr tarmoqlari berk zanjirli bo'ladi. Qabul qiluvchi podstansiyalar asosan yuklangan holda rostlanuvchi transformatorlardan tashkil topgan bo'lib, ular taqsimlovchi tarmoqning ta'minlash markazi (TM) sifatida xizmat qiladi. Ta'minlash markazidan elektr energiyasi taqsimlash punktlariga uzatiladi va keyin shu kuchlanishda elektr uskunalari orasida taqsimlanadi yoki transformator podstansiyalariga uzatiladi. Bu yerda esa past kuchlanishga o'zgartirilib, ayrim iste'molchilar o'rtasida taqsimlanadi. Uzunligi bo'yicha elektr energiyani, TM dan TP ga yoki to'g'ridan to'g'ri podstansiyaga uzatadigan EUL ta'minlovchi deb aytiladi. Uzunligi bo'yicha bir necha transformator podstansiyalari, yoki iste'molchi uskunalar ulangan EUL taqsimlovchi deb aytiladi. Iste'molchilarni ta'minlash sxemasi energiya manbaining uzoqligiga, berilgan hududning elektr bilan ta'minlash sxemasiga, iste'molchilar joylashgan hududiga, ularning quvvatiga, ishonchliligi va boshqa bir nechta qo'yilgan talablarga bog'liqdir. Tarmoqning shaklini va sxemasini qabul qilish juda murakkab ish bo'lib, u ishonchlilik, tejamkorlik, ishlatishdagi qulaylik, xavfsizlik va keyinchalik rivojlantirish imkoniyati talablariga javob berishi kerak. Tarmoqning shakli elementlarining (ES, PS, TU, liniyalar) o'zaro joylashuvi, tarmoqning asosiy qurish rejasi, iste'molchilarning kategoriya va ishonchlilik darajasi bilan aniqlanadi.

REFERENCES

1. Steven W.Blume. Electric Power System Basics. USA.: Wiley - Intersciense AJohn Wiley&Sous, INC Publication, 2007, 260 p.

2. Лыпкин А.В. Элeктричeскиe системы и cera (Элeктронный pecypc): (y4e6. пособ.)- Новосибирск: Изд-во НГТУ, 2002.-248 с.

3. Элeктpичecкиe системы и ceти в пpимepах и иллюстрациях (Элeктpонный pecуpc): y4e6. пособ. для вузов по на^авл. «Элeктpоэнepгeтика» и сжц. «Элeктpоэнepгeтичecкиe cиcтeмы и ceти» / В.В. Ежков, Г.К. Заpудcкий, Э.Н. Зуeв; peд. В.А. Стpоeв.- (1файл: 11 МБ). - Москва: Высшая школа, 1999.- 352 с.

4. Elektr tarmoqlari va sistemalari: uslubiy qo'llanma/ O'zR OO'MTV; Rasulov.A.N., Taslimov A.D., Mamarasulova F.S., Raxmonov I.U.- Toshkent: TDTU, 2014.- 90 b

May 12-13

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.