Научная статья на тему 'XORAZM VILOYATI HUDUDIDA ELEKTR ENERGIYA TANQISLIGINI OLDINI OLISH'

XORAZM VILOYATI HUDUDIDA ELEKTR ENERGIYA TANQISLIGINI OLDINI OLISH Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
111
19
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ENERGETIK SISTEMA / ELEKTR STANSIYA / NIMSTANSIYA / ELEKTR UZATISH LINIYASI / TRANSFORMATOR

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Sapayev N.A., Djumatov M.S., Baltabayev B.Z.

Ushbu maqolada Xorazm viloyati hududlarida elektr energiya tanqisligini oldini olish usullari haqida batafsil ma’lumotlar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «XORAZM VILOYATI HUDUDIDA ELEKTR ENERGIYA TANQISLIGINI OLDINI OLISH»

N.A. Sapayev, M.S. Djumatov, B.Z. Baltabayev

XORAZM VILOYATI HUDUDIDA ELEKTR ENERGIYA TANQISLIG-

INI OLDINI OLISH

Ushbu maqolada Xorazm viloyati hududlarida elektr energiya tanqisligini oldini olish usullari haqida batafsil ma 'lumotlar keltirilgan.

Kalif so'zlar: Energetik sistema, elektr stansiya, nimstansiya, elektr uzatish liniyasi, transformator.

Kirish. Elektr energetikasini rivojlanganligi mamlakat xalq xo'jaligini yuqori darajada rivojlanganligini belgilaydi. Shunday ekan, elektr energiyasini ishlab chiqarish jarayonini uzluksiz hamda sifatli qilish masalalari paydo bo'ladi. Bu ham bugungi kundagi eng muhim masalalardan biri hisoblanadi. Energiyaga bo'lgan talabning uzluksiz ravishda ortib borishi yangi energiya resurslarini qidirib topish, energiyani bir turdan boshqa turga o'zgar-tirishning yangi usullarini ishlab chiqish zaruratini yaratdi. Bugungi kunda erishilgan yutuqlarni sifat jihatidan yangi turdagi energiyadan, xususan elektr energiyasidan foydalanmasdan turib ta'minlab bo'lmas edi. Elektr ener-giyasi xozirgi davrda insoniyat taraqqiyotida keng foydalanilmoqda. U sanoatda va qishloq xo'jaligida turli mexanizmlarni harakatga keltirishda, bevosita texnologik jarayonlarda, transportda va madaniy-maishiy hayotda keng qo'llaniladi. Zamonaviy a'loqa vositalari - telefon, telegraf, radio, televedine kabilarning ishlashi ham elektr energiyasidan foydalanishga asoslangan. Elektr energiiyasisiz kibernetika, hisoblash texnikasi, kosmik texnikasi kabilarni rivojlantirish mumkin bo'lmas edi. Elektr energiyaning asosiy samarali xususiyati shundan iboratki, u uzoq masofaga oson uzatilishi bilan bir qatorda, kam isrof bilan boshqa turdagi nergiyalarga o'zgartirilishi mum-kin. Elektr energiyasi hozirgi davrda insonlar tomonidan eng ko'p foydalaniladigan energiya turidir.

Elektr energetika tizimining asosini Sirdaryo (3.0 mln. kVt), Toshkent (1.86 mln. kVt), Yangi-Angren (1,8 mln. kVt) va Navoiy (1,25 mln. kVt) singari yirik issiqlik elektr stansiyalari tashkil etadi. Ushbu elektr stan-siyalarda birlik quvvati 150 - 300 ming kVt bo'lgan 30 dan ortiq energetika agregatlari faoliyat ko'rsatib kel-moqda. Hozirgi davrda Navoi issiqlik elektr stansiyasi (IES)da 2 ta yuqori darajadagi energetik samaradorlikka ega bo'lgan bug'-gaz qurilmasi ishga tushilib, foydalanib kelinmoqda. Yaqin kelajakda Tollimarjon IES va Toshkent IES kabi bir qator stansiyalarda ham bunday qurilmalarni o'rnatish rejalashtirilgan.

O'zbekiston energetikasining taraqqiyoti uzoq va mashaqqatli yo'lni bosib o 'tgan. 1917 yilga kelib Respub-lika xududidagi elektr stansiyalarning umumiy quvvati 3 ming kVt ni tashkil qilib, ularda bir yilda 3,3 mln. kVt.soat elektr energiyasi ishlab chiqarilgan. 2016-yilga kelib bu ko'rsatkich 59 mlrd kVt/soat elektr energiya ishlab chiqargan bo'lsa, 2021-yilda ushbu ko'rsatkich 71,3mlrd kVt/soatni tashkil etgan. Shuningdek:

•2017-yilda 60.7 mlrd kVt/soat;

•2018-yilda 62.8 mlrd kVt/soat;

•2019-yilda 63.6 mlrd kVt/soat;

•2020-yilda 66.4 mlrd kVt/soat elekrt energiyasi ishlab chiqarilgan.

O'zbekistonda 2022-yilda umumiy quvvati 1474 megavatt bo'lgan issiqlik va quyosh fotoelektr stansiyalari ishga tushiriladi.Qayd etilishicha, yil yakuniga qadar mamlakatda 6 ta issiqlik (IES) va 1 ta quyosh fotoelektr stansiyalari (FES) yo'lga qo'yiladi.Xususan, yanvar oyida Buxoro viloyatida 270 MVt va Toshkent viloyatida 240 MVt bo'lgan 2 ta yangi issiqlik elektr stansiyalari ishga tushirildi. Shuningdek, aprel oyiga qadar Samarqand viloyatida 100 MVt quvvatli quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirilishi rejalashtirilgan.

Toshkent viloyatida 230 va 240 MVt quvvatli 2 ta va Xorazm viloyatida 174 MV quvvatli 1 ta issiqlik elektr stansiyalari mart oyida, Sirdaryo viloyatida 220 MVt quvvatli issiqlik elektr stansiyasi yil yakuniga qadar ishga tushiriladi. Buning natijasida O'zbekiston energetika tizimining amaldagi umumiy quvvati 16 ming MVtdan oshadi.

Ko'p miqdorda ishlab chiqariluvchi elektr energiyani masofaga samarali uzatish va iste'molchilarga taqsimlash turli kuchlanishdagi elektr uzatish liniyalaridan foydalanishni taqazo etadi. Hozirgi davrda O'zbekiston Respublikasidagi barcha nominal kuchlanishli elektr uzatish liniyalarining umumiy uzunligi taxminan 220 ming km bo'lib, 500 kV kuchlanishli liniyalar 1,8 ming km, 220 kV kuchlanishli liniyalar 4,6 ming km va 0,4-10 kV kuchlanishli liniyalar 170 ming km ni tashkil etadi. Elektr va issiqlik energiyani ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash va ularni iste'mol qilishni samarali tashkil etish uchun barcha elektr stansiyalari, podstansiyalari va elektr uzatish liniyalarini o'z ichiga olgan ya'gona elektr energetika tizimi tashkil etilgan. Bunday ulkan tizimning zamonaviy talablarga javob beruvchi samarali taraqqiyoti va faoliyatini ta'minlash mos loyihalash, montaj qilish,

© N.A. Sapayev, M.S. Djumatov, B.Z. Baltabayev, 2022.

ishga tushirish, sozlash va ishlatish faoliyati bilan shug'ullanuvchi yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlab bor-ishni taqazo etadi. Hozirgi zamon mashinalarida iste'mol qilinuvchi energiya juda ko'p miqdorni tashkil etadi. Buni qo'yidagi taqqoslash asosida ifodalash mumkin. Jahonning barcha ishga yaroqli aholisi bir yil davomida har sutkada 8 soat to'liq fizik kuch bilan ishlagan taqdirda ham hozirgi zamon issiqlik va gidroelektr stansiyalarida ishlab chiqariluvchi energiyaning yuzdan biri miqdoridagi energiyani ishlab chiqara olmaydi. Energiyani iste'mol qilish bundan keyin ham ishlab chiqarish darajasini o'sishini ta'minlagani holda oshib boradi. Iqtisodiy tara-qqiyotni fizik va aqliy bo'lmagan ishlarni bajaruvchi mukammal avtomatik boshqariluvchi mashinalar asosida faqat iste'mol qilinuchi energiyani va ishlab chiqarish darajasini oshirish orqaligina tezlashtirish mumkin. Bugungi kunda Xorazm viloyati hududidagi barcha iste'molchilar 220/110/10 kV kuchlanishli "Xorazm" podstantsiyasi va "Tuyamuyun GES" orqali 110 kV tarmoqlardan elektr energiya bilan ta'minlanadi. "Tuyamuyun GES" asosan qishloq xo'jaligi yerlarini sug'orish mavsumida ishlaydi hamda ishlab chiqarish quvvati suv omboridagi suv hajmiga bog'liq. Shu sababli viloyat iste'molchilarini elektr energiya bilan ta'minlashdagi asosiy yuk viloyat elektr tarmoqlarini energosistema bilan bog'lovchi yagona 220 kV kuchlanishli "Xorazm" podstantsiyasi zimmasiga tushadi. "Xorazm" podstantsiyasida 2 ta 200 MVA, jami 400 MVA quvvatga ega avtotransformatorlar o'rnatilgan.

Viloyat iste'molchilarini talab darajasida elektr energiyasi bilan ta'minlash maqsadida "Taxiatash IES - PS Xorazm - PS Sarimay" 220 kV havo liniyalari qurilishi loyihasi doirasida "Xorazm" podstantsiyasida 2 ta 200 MVA quvvatga ega avtotransformator o'rnatilgandan keyin Xorazm podstantsiyasining o'tkazish imkoniyati 2*200=400 MVA.ga yetdi. Viloyat iste'molchilarining hozirgi kundagi quvvat talabi maksimum davrida 400 MVA.ni tashkil qilishini va keyingi 4-5 yil ichida 1.5ga yetishi kutilayotganligini inobatga olsak, yaqin kelajakda viloyat tarmoqlarida quvvat tanqisligi yuzaga kelishi kutiladi.

Hozirda rivojlanish jarayoni bevosita elektr energiyasi bilan bog'liq bo'lib, elektr energiyasini talab darajasida ishlab chiqarish, rivojlanish darajasini belgilab beruvchi asosiy omil hisoblanadi.

Xorazm viloyati hududida bugungi kundagi quvvat iste'molining maksimumi 350-400 MVA quvvatni tashkil etmoqda. 4-5 yil ichida elektr energiyasiga bo'lgan talab 1.5-2 barobar ortishini hisobga oladigan bo'lsak, juda kata quvvat tanqisligi yuz berishi hamda iste'molchilarni elektr energiyasidan uzilish holatlari yuzaga kelishi mumkin.

Bundan tashqari, "Xorazm" podstantsiyasi orqali uzatiladigan 400 MVA quvvatni texnik jihatdan eskirgan 110 kV tarmoqlar orqali iste'molchilarga yetkazib berish katta muammolarni yuzaga keltiradi. (ortiqcha texnologik sarf va uzatishdagi uzilishlar kabi).

Eng asosiysi, hozirgi kunda investitsion loyihalar asosida kirib kelayotgan zamonaviy ishlab chiqarish texnologiyalarini sifatli va uzluksiz elektr energiya bilan ta'minlash uchun mavjud tarmoqlar ishonchlik mezoni bo'yicha yuqori talablarga mos kelmaydi, ya'ni, 110 kV shinalar tizimi shikastlansa butun viloyat elektr ta'minotidan uzilib qolishi mumkin.

Iste'molchilarni ishonchli, sifatli va uzluksiz elektr energiya bilan ta'minlash hamda tarmoqlarda elektr energiya uzatishdagi texnologik sarfni kamaytirish orqali yuqori iqtisodiy samaradorlikka erishish maqsadida viloyatimiz hududidagi elektr tarmoqlarini quyidagi takliflarni inobatga olgan holda tubdan o'zgartirish zarur. Xususan, katta quvvatlarni 110 kV tarmoqlar orqali uzatish ortiqcha isroflarga (texnologik sarf) olib kelishini inobatga olib, viloyat hududida 220 kV kuchlanishli tarmoqlarni rivojlantirish zarur.

Xazarasp tumanida 200 MVA, 220/110/10 kV podstantsiya qurish va ushbu hududdan o'tgan (Turkmaniston hududidan) L-V-1-X 220 kV havo liniyasiga yoki yangi qurilayotgan Xorazm-Sarimay 220 kV havo liniyasiga ulanish.

Viloyatning sharqiy qismi (Xonqa, Bog'ot,Xazarasp tumanlari) 110 kV kuchlanishli L Xazarasp-1 va L Xazarasp-2 havo liniyalari orqali elektr energiya bilan ta'minlanadi va hozirgi kundagi iste'moli 80-100 MVt.gacha yetadi. Keyingi yillarda ishlab chiqarishning rivojlanishi munosabati bilan bu hududlarda quvvat iste'moliga bo'lgan talabning yana 200 MVt.ga yaqin ortishini inobatga olsak, viloyatning sharqiy qismida quvvat iste'moliga bo'lgan talab 280 MVt.gacha yetadi. Eng katta quvvat iste'moli yangi qurilayotgan Xazarasp tumanidagi yangi tashkil qilinayotgan EIZ va elektrlashtirilgan temir yo'l zimmasiga to'g'ri keladi. Bunday quvvatni 110 kV tarmoqlar orqali yetkazish imkoni yo'q. Aynan shu sababli, viloyat iste'molchilarini uzluksiz va ishonchli elektr energiya bilan ta'minlash hamda texnologik sarflarni kamaytirish maqsadida Xazarasp tumani hududida 220 kV kuchlanishli podstantsiya qurishni zudlik bilan amalga oshirish zarur.

Xazarasp tumanida joylashgan 110/10 kV "Xazarasp" podstantsiyasi 220 kV kuchlanishli transformator o'rnatish uchun qulay hudud hisoblanadi.

Xlosa: Elektr tarmoqlari va podstantsiyalarni loyihalashtirish, qurish va moliyaviy masalalarni hal qilish bir necha yil davom etishini hisobga olib, keyingi yillarda viloyat hududini iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan davlat dasturlarini rejalashtirishda ushbu takliflarni inobatga olish maqsadga muvofiq bo'lar edi. Hozirgi vaqtda O'zbekiston energetika tizimida turli bo'limlar tomonidan ushbu yo'nalishdagi ishlarni amalga oshirish tartibini

belgilovchi ko'rsatmalar ishlab chiqilgan va joriy qilingan. Kompyuterda tegishli hisob-kitoblar uchun dasturlar ishlab chiqilgan.

Elektr energetikasining hozirgi taraqqiyoti ularning samarali ishlashini ta'minlovchi boshqarish usullarini ishlab chiqishi talab o'tadi.Xalq xo'jaligining ko'pgina boshqa tarmoqlaridagi singari energetikada ham samaradorlik ikkita yo'l bilan amalga oshirilishi mumkin. Ulardan birinchisi yangidan ishga tushiriluvchi jihozlarni takomillashtirish, energetika tizimi parametrlari va tuzilmasini takomillashtirishga asoslangan. Bunday tadbirlar katta miqdordagi xarajatlarni talab qilib, faqat yangidan ishga tushirilayotgan qurilma va ob'ektlarning holatlariga ta'sir o'tadi. Ikkinchi yo'l uzatiluvchi elektr energiyaning sifati va miqdorini ta'minlagan holda, energetika tizimining holatini optimallash orqali maksimal darajada xalq-xo'jalik samaramini olishdan iborat.

Qisqa muddatli davr uchun ikkinchi yo'l bo'yicha hal o'tiluvchi masalalarning bir qismi bo'lib: keyingi optimallash uchun zarur bo'lgan ayrim agregat va stanciyalarning bir qator texnik-iqtisodiy ko'rsatkichlarning aniqlash; elektr energetika tizimining aktiv va reaktiv yuklamalarini elektr stanciyalari (ularning agregatlari) orasidagi optimal taqsimlash va elektr tarmoqning holatini optimallash masalalari hisoblanadi.

YUqorida qayd o'tib o'tilgan optimallash masalasi umuman bir vaqtda kompleks tartibda echilishi lozim. SHu bilan bir vaqtda komplesk optimallash masalalasining o'lchami (ya'ni ularda topilishi lozim bo'lgan noma'lumlar soni) juda kata bo'lganiligi sababli ularni yagona algoritm asosida echish murakkab masala hisoblanadi. SHu sababli bu qiyinchiliklarni engib o'tishning asosiy yo'li masalalarni maqsadga muvofiq tarzda dekompoziciyalash, ya'ni alohida masalalarga ajratib echishdan iboratdir. Bu kompleks masala odatda quyidagi masalalarga ajratladi: elektr energetika tizimi holatini aktiv quvvat bo'yicha optimallash; energetika tizimi holatini reaktiv quvvat bo'yicha optimallash; katta energetik birlashmasining holatini alohida tizimlar orasidagi quvvat oqimlarini hisobga olib optimallash.

Shu bilan birga, energetika tizimining barcha qismlarida elektr energiya yetishmovchiligini tahlil qilish va oldini olish bo'yicha amaliy ishlar unchalik faol emas. Bu, ayniqsa, energiya tizimlarining quyi bo'linmalarida -elektr tarmoqlari korxonalarida (EES) va magistral elektr tarmoqlari korxonalarida (MES) sezilarli.

Bu masalalarni hal qilish bilan, elektr energiyasiga bo'lgan talabni butunlay qoplash hamda elektr energiyasini uzluksiz va sifatli yetkazib berish imkoniyati yaratiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro 'yxati:

1. Elektr energiya ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlash. O'quv qo'llanma. L.A.Nematov, I.U.Raxmonov -Buxoro:2020.

2. Elektr energiya ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlash. Gayibov T.Sh., Shamsutdinov H.F., Pulatov B.M. Toshkent-2015.

3. Idelchik V.I. Elektricheskie sistemi i seti: Uchebnik dlya vuzov.-M: Energoatomizdat, 1989.

4. Rojkova L.D, Kazulin V.S. Elektrooborudovaniye stantsiy i podstantsiy: Uchebnik dlya texnikumov. - 3-e izd. M.:Energoatomizdat, 1987. - 648

5. Likin A.V. Elektricheskie sistemi i seti: Konspekt lektsiy. Ch. 2. Dlya studentov FEN, obuchayushixsya po napra-vleniyu 551700 «Elektroenergetika». Izd. Novosib. gos. texn. un-ta, Novosibirsk, 2001. - 92 c.

N.A. SAPAYEV- Urganch davlat universiteti magistratura talabasi.

M.S. DJUMATOV- Urganch davlat universiteti (PhD).

B.Z. BALTABAYEV- Urganch davlat universiteti magistratura talabasi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.