Научная статья на тему 'O’ZBEKISTON AHOLISINI ELEKTR ENERGIYA BILAN TA’MINLANISHIDA GIDROELEKTR STANSIYALARNING TUTGAN O’RNI'

O’ZBEKISTON AHOLISINI ELEKTR ENERGIYA BILAN TA’MINLANISHIDA GIDROELEKTR STANSIYALARNING TUTGAN O’RNI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
370
37
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
katta / kichik / GES / aholi / elektr energiya.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Sherzod Begimqul Ogli Panjiyev, Toshev Sherzod Ergashevich

Ushbu maqolada GES ning O‟zbekistonda tutgan o‟rni va rivojlanish bosqichlari, ehtiyojining yuqori suratlarda o‟sib borgani keltirildi. Elektr energiyasiga bo‟lgan talabning oshishi, katta va kichik, mikro GES larning, rivojlanishiga olib keladi. Buni yaqqol isbotini ko‟rish uchun 1 bosqich 1923 yildan 5 bosqich hozirgi kunga qadar bo‟lgan davrda O‟zbekistondagi GESlarning rivojlanish tarixini hamda mavjud elektr stansiyalarni modernizatsiya va rekonstruksiya qilinishi, elektr energiya ishlab chiqarish bo„yicha energiya samarador texnologiyalardan foydalangan holda, yangi elektr stansiyalarini qurish bo‟yicha qilingan loyihalar bilan taqqoslashimiz mumkin. GES larda gidravlik turbinalarning suv oqimining bosimga bog‟liqligi, suv sathini va sarfini tartibga solib turadigan, ortiqcha suvni chiqarib tashlaydigan va boshqa avtomatik qurilmalardan iborat inshootlar ko‟rsatib o‟tilgan. Asosiy maqsadimiz suvning (tezligi, potensiali, ya‟ni erkin harakatdagi) energiyasidan unumli foydalanishimizdir.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O’ZBEKISTON AHOLISINI ELEKTR ENERGIYA BILAN TA’MINLANISHIDA GIDROELEKTR STANSIYALARNING TUTGAN O’RNI»

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 5 | May, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-5-168-174

O'ZBEKISTON AHOLISINI ELEKTR ENERGIYA BILAN TA'MINLANISHIDA GIDROELEKTR STANSIYALARNING TUTGAN

O'RNI

Sherzod Begimqul o'g'li Panjiyev

TDTU EM kafedrasi 2- bosqich talabasi.

Toshev Sherzod Ergashevich

Ilmiy rahbar: PhD, dotsent.

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada GES ning O'zbekistonda tutgan o'rni va rivojlanish bosqichlari, ehtiyojining yuqori suratlarda o'sib borgani keltirildi. Elektr energiyasiga bo'lgan talabning oshishi, katta va kichik, mikro GES larning, rivojlanishiga olib keladi. Buni yaqqol isbotini ko'rish uchun 1 bosqich 1923 yildan 5 bosqich hozirgi kunga qadar bo'lgan davrda O'zbekistondagi GESlarning rivojlanish tarixini hamda mavjud elektr stansiyalarni modernizatsiya va rekonstruksiya qilinishi, elektr energiya ishlab chiqarish bo'yicha energiya samarador texnologiyalardan foydalangan holda, yangi elektr stansiyalarini qurish bo'yicha qilingan loyihalar bilan taqqoslashimiz mumkin.

GES larda gidravlik turbinalarning suv oqimining bosimga bog'liqligi, suv sathini va sarfini tartibga solib turadigan, ortiqcha suvni chiqarib tashlaydigan va boshqa avtomatik qurilmalardan iborat inshootlar ko'rsatib o'tilgan. Asosiy maqsadimiz suvning (tezligi, potensiali, ya'ni erkin harakatdagi) energiyasidan unumli foydalanishimizdir.

Kalit so'zlar: katta, kichik, GES, aholi,elektr energiya.

KIRISH

O'zbekiston mustaqilligining dastlabki yillaridanoq davlatimiz 1-rahbarining energetika siyosati, mamlakat energetika xavfsizligini ta'minlash hamda milliy energetika imkoniyatlaridan jamiyatning ijtimoiy va iqtisodiy muammolarini hal etish uchun foydalanishga qaratilgan farmon va nizomlari ishlab chiqildi.

O'zbekistonda elektr uzatish liniyalari yetib bormagan aholi punktlari yo'q deb aytilsa ham, biroq elektr energiya ishlab chiqaruvchi stantsiyalar va elektr tarmoqlari jihozlari eskirib ketganligi sababli, uzoq chekkalardagi aholi punktlarida elektr

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 5 | May, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-5-168-174

energiya tanqisligi seziladi. Ayniqsa, tog'li zonalarda joylashgan, gidro energiya potensiali mavjud bo'lgan, aholi punktlarini elektr energiya bilan ta'minlashda, kichik daryo va irmoqlarga o'rnatilishi mumkin bo'lgan kichik energetikadan katta umid qilish mumkin.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Gidro elektro stansiya (GES) -suv oqimining energiyasini gidravlik turbinalar yordamida elektr energiyasiga aylantirib beradigan gidrotexnika inshootlari va energetika jihozlari majmui. Gidrotexnika inshootlari to'g'on yonidagi, derivatsion va aralash turlarga bo'linadi. To'g'on yonidagi GESlarda to'g'on yordamida suv sathi ko'tarilib, kerakli bosim hosil qilinadi.

GES binosi 3 xil joylashtiriladi:

1) to'g'on yonida;

2) to'g'ondan chetrokda;

3) to'g'ondan pastda, daryo o'zanida.

Bugungi kunda O'zbekiston gidroenergetika sohasi 36 ta gidroelektrostansiyalarni o'z ichiga oladi, ulardan 25 tasi qirq-sakson yil muqaddam ishga tushirilgan va o'zining texnik resurslarini deyarli o'tab bo'lgan, asbob-uskunalar va inshootlar modernizatsiya va rekonstruksiyaga muhtojdir. [2]

20-yillar boshlarida "Toshgostram" tresti tashkil etiladi, Bo'zsuv GESi ishga tushrilganidan so'ng esa uning nomi "ToshGES-tram"ga aylantiriladi. Trest boshqarmasi Dizel stansiyasi hududida joylashgan edi. Keyingi yillarda Shahar elektr tarmoqlari boshqarmasi shu yerda joylashadi. Demak, Birinchi may ko'chasi, (sobiq Kuropatkinskaya) manzili bo'yicha joylashgan Boshqarma binosini Toshkent shahri elektr ta'minotining beshigi deyish mumkin.Toshkent iqtisodiy hududida Chirchiq va Bo'zsuv daryolarida GES qurilishi ko'zda tutiladi.

GOELRO rejasining ilk loyihasi №1 Bo'zsuv GESi 1926 yil 1 mayda foydalanishga topshiriladi. Elektr energiyasini iste'molchigacha yetkazib berish maqsadida taqsimlovchi elektr tarmoqlari, kichik stansiyalar, transkiosklarni tezkor sur'atda qurish ishlari boshlanadi. [1.]

1-bosqich 1923-1941 yillar. 1923-yilgacha O'zbekistonda quvvati P=1350 kVt.li yagona Murg'ob GESi mavjud edi. 1923-yildan boshlab O'zbekistonda gidroenergetika rivojlana boshladi va 1930 yilda Gidroproekt tashkil etildi, 1926 yili quvvati P=4 MVt.li Bo'zsuv GESi, 1933-yili quvvati P=13 MVt.li Qodirya GESi, 1936-yili P=6,4 MVt.li Bo'rijar GESi, 1938-1941 yillari P=73,6 MVt.li Tavoqsoy va

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 5 | May, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-5-168-174

P=86,4 MVt.li Komsomol GESlari qurilishi boshlandi;

2-bosqich 1941-1960 yillar gidroqurilish bo'yicha tajriba ortirish bilan harakterlanadi. Bu davrda gidrotehnik qurilishining yangi tehnik usullari ishlab chiqildi, kichik va o'rta GESlar qurilishidan yirik GESlar qurilishiga o'tildi. Bu davr ichida Chirchiq - Bo'zsuv trakti GESlari, quvvati P=126 MVt.li Farhod GESi, 1,2,3,4 Namangan GESlari, Oqsuv GESi, Okkavok GESi, 6, 7 Shahrihon GESi, Hishrav GESi, Qumqurg'on GESi va boshqa GESlar qurildi;

3-bosqich 1961-1984 yillar gidrotehnika qurilishi yuqori jahon amaliyoti darajasiga yetdi. Baland to'g'onlar qurildi, yirik GESlar: Chorvoq GESi, Ho'jakent GESi, G'azalkent GESi, quvvati P=150 MVt.li Tuyamo'yin GESi, quvvati P=140 MVt.li Andijon GESi loyihalandi va qurila boshlandi;

4-bosqich 1984-1990 yillar, bu davrda noyob Chorvoq GESining birinchi agregatlari ishga tushirildi; quvvati P=120 MVt.li G'azalkent GESi, quvvati P=180 MVt.li Uchqo'rgon GESi qurildi. Gidroenergetik ob'ektlarni loyihalash va qurish eng yuqori jahon darajasiga ko'tarildi. O'zbekiston daryolari gidroenergetik potensialidan foydalanishda, ko'pgina xalq ho'jaligi sohalari, ayniqsa irrigatsiya sohasi talablari inobatga olindi, hamda umumiy gidrotehnika qurilishi bilan hamohang bajarildi;

5-bosqich 1990 yildan hozirgi davrgacha. qishloq ho'jaligi energiya iste'moli 2005 yili tahminan 11,7 mlrd. KVt soatga yetdi, 2010-yilga kelib bu ko'rsatkich tahminan 8-20 mlrd. KVt soatga yetishi va elektroenergiya tanqisligini keltirib chiqarishi mumkin bo'lgan. [3]

O'zbekiston gidroenergetika resurslariga boy mamlakat hisoblanadi. Bu borada respublikamizda o'zlashtirilishi mumkin bo'lgan gidroenergetika resurslari yiliga 27,4 milliard kilovatt/soat elektroenergiya ishlab chiqarish hajmiga tengligini aytishning o'zi kifoya. Shu bilan birga, hozirda mamlakatimiz gidroenergetika salohiyatining atigi 6,5 milliard kilovatt/soati yoki 23,7 foizi o'zlashtirilgan xolos.

Hozirgi kunda "O'zbekenergo" davlat aksiyadorlik kompaniyasi tizimida 26 GES ni birlashtirgan 7 ta GES kaskadlari hamda Farhod GES bor. Eng yirik GES lar: Chorvoq GES (quvvati 620,5 MVt), Xo'jakent GES (165 MVt), Farhod GES (126 MVt), G'azalkent GES (120 MVt). O'zbekiston energetika tizimidagi barcha GES larning umumiy belgilangan quvvati 1419 MVt. Mamlakat gidroenergetikasining istiqboldagi taraqqiyoti, asosan. kichik suv havzalari gidroresurslaridan foydalanish bilan bog'liq. [4]

O'zbekiston respublikasi prezidentining "2017-2021 yillarda gidroenergetikani yanada rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi to'g'risida" gi 2017-yil 2-maydagi PQ-

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 5 | May, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-5-168-174

2947-son imzonlandi. [1] Bu qarorga ko'ra "O'zbekgidroenergo" AJ o'zining yangi loyihalari bilan ishlamoqda. Bulardan "Samarqand Kaskad GESlari" korxonasi ham viloyat suv resurslaridan unumli foydalangan holda yangi loyihalar ustida ish olib bordi. Viloyatda endilikda yangi GES va Kichik GES lar qurilishi rejalashtirilgan. Bulardan:

1. SHaudar GES 7.2 MVt

2. Kichik GES PK 135+50 7.4 MVt

3. Kichik GES PK 102+00 6.0 MVt

4. Bog'ishamol kichik GES N1 6.0 MVt

5. Bog'ishamol kichik GES N2 6.0 MVt

6. Bog'ishamol kichik GES N3 6.0 MVt

Samarqand viloyatida kichik GESlar tomonidan yillik elektr energiyani ishlab chiqarish hajmi 51 mln kVt soatdan 336.9 mln kVt soatga yetkaziladi va yillik kichik GES lar tomonidan ishlab chiqarilayotgan elektr energiya hajmi 6 barobar oshishiga erishilgan. [5] 2016-yil holatiga ko'ra respublikamiz GES larida ishlab chiqaradigan elektr energiya, mamlakatdagi umumiy ishlab chiqariladigan elektr energiyaning 14,5 % qismiga to'g'ri kelib, elektrostansiyalarda 1 yilda 44.9 milliard kVt/soat elektr energiya ishlab chiqarilib 6.5 milliard kVt/soati gidroelektr stansiyalari hissasiga to'gri kelgan. Bu ko'rsatgich yil sayin o'sib bormoqda buni 2017-2021 yillarda istemolchilar soniga nisbatan yetkazib berilgan elektr energiya sining hajmini 1va 2-jadvallarda ko'rishimiz mumkun.

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 5 | May, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-5-168-174

>

¿í ■55

70

60

50 46,7

40

30

20

10

2017 2018 2019 2020

■ Jami 46,7 50 52,1 54,1

■ Aholi 11,1 12,4 13,2 15,3

■ Yetkazib berilgan energiya o'sishi % 107% 104% 103%

■ Aholi istemoli o'sishi % 112% 106% 116%

2021 (yanv-okt) 57,8 16,2

107%

106%

1-Jadval. 2017-2021 yillarda yetkazib berilgan elektr energiya hajmi va aholi istemoli o'sishi.

0

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 5 | May, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-5-168-174

2021-yil 361,9

a 2020-yil 337,6

iim si

<u r la 317,6

iy 2019-yil 6

_ 300,9

2018-yil 2017-yil

7211,9 7573,9

7289,1

Ulgurji

Aholi

Jami

0 1000

2017-yil

287 6408,5 6695,5

2000

2018-yil

300,9 6624,1 6924,9

3000

4000

2019-yil 317,6 6790,2 7107,8

5000 6000

2020-yil 337,6 6951,5 7289,1

7000 8000

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

2021-yil 361,9 7211,9 7573,9

Aholi soni ming nafar

2-Jadval. 2017-2021 yillar kesimida istemolchilar umumiy soni (ming nafar).

[7]

Yuqoridagi jadvallardan ko'rinib turibdiki, yurtimizda aholini elektr energiyaga bo'lgan ta'labi kun sayin ortib bormoqda, bu esa pik vaqtlarda quvvat tushuviga olib kelmoqda bunga yechim sifatida GES lar orasida alohida o'rin egallaydigan nasosli saqlash elektr stantsiyalarini (NSES) ko'rish mumkin. Bu energiya tizimlarida yuqori quvvatga bo'lgan talabning ortib borishi bilan bog'liq vaziyatda, eng yuqori yuklarni qoplash uchun zarur bo'lgan ishlab chiqarish quvvatini belgilaydi. (NSES) ning energiya to'plash qobiliyati shundan iboratki, ma'lum vaqt davomida energiya tizimida mavjud bo'lgan elektr energiyasidan (NSES) agregatlari foydalanadi, ular nasos rejimida ishlaydigan suv omboridan suvni yuqori saqlash havzasiga quyishadi. Eng yuqori yuklanish davrida to'plangan energiya energiya tizimiga qaytariladi (yuqori havzadan suv bosimli quvur liniyasiga kiradi va oqim generatori rejimida ishlaydigan gidravlik bloklarni aylantiradi). Va shu tartibda pik vaqtlardagi energiyaga bo'lgan ta'lab qondiriladi.

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 5 | May, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-5-168-174

XULOSA

Yurtimizda energiyaga bo'lgan ta'lab ortib borgan sayin oldimizga noananaviy, qayta tiklanuvchi va ekalogik toza energiya olish maqsad qilib qo'yilgan, buning eng afzal yechimi sifatida GES larni ko'rishimiz mumkin. GES lar so'ngi 15 yillikda dunyoning ko'plab mamlakatlarida barqaror pozitsiya egalladi. Bunga sabab ishlab chiqarilgan elektr energiyaning boshqa ishlab chiqaruvchi stansiyalarga nisbatan tan narxining 5-6 barobar arzonligi, agregatlari tezda yoqilishi, yuklanishi, toxtashi va yukni tartibga solish energiya tizimida elektr tokining chastotasi o'zgarganda avtomatik ravishda sodir bo'lishi mumkun. To'xtatilganda qurulmani yoqish va to'liq yuklash uchun atigi 1-2 daqiqa vaqt ketishi eng muhum omillaridan biri hisoblanadi.

REFERENCES

1. O'zbekiston respublikasi prezidentining "2017-2021 yillarda gidroenergetikani yanada rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi to'g'risida" gi 2017-yil 2-maydagi PQ-2947-sonli qarori.

2. Ataullayev.N.O. Navoiy davlat konchilik institute Yo'nalishga kirish; o'quv uslubiy qo'llanma. Navoiy - 2020 y.

3. Gidroelektrostansiyalar. O'quv ko'llanma Badalov A.S., Uralov B.R., Zenkova V.A., Shaazizov F.Sh., Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti Toshkent. 2007 y.

4. Karimov R.Ch., Rafikova G.R., E.G.Usmonov, M.R.Ro'zinazarov. Yo'nalishga kirish. Ma'ruzalar matni, -T.: ToshDTU nashriyoti, 2018.

5 "Ta'lim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasida innovatsion texnologiyalarni qo'llash mamlakat taraqqiyotining muhim omili" mavzusidagi XV respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari V qism (2018 yil, 2-3 iyun) samarqand-2018.Tolliboev . M. A. Samarkan GES lar kaskadi.uk.

6. Toirov O.Z., Alimxodjayev K.T., Alimxodjayev SH.K. Qayta tiklanuvchi energiya manbalari. -Toshkent.: «Fan va texnologiya» nashriyoti, 2019

7. Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasi AJ matboat xizmati.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.