Научная статья на тему '“PASHSHALAR HUKMDORI” ROMANI ROBINZONADA JANRI NAMUNASI SIFATIDA'

“PASHSHALAR HUKMDORI” ROMANI ROBINZONADA JANRI NAMUNASI SIFATIDA Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
robinzonada / allegoriya / Uilyam Golding / “Pashshalar hukmdori”. / robinsonada / allegory / William Golding / “The Lord of the flies”.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Sarvara Toshaliyeva

Mazkur maqolada ingliz yozuvchisi Uilyam Goldingning “Uzuklar hukmdori” romani tahlil qilinadi. Bu asarga robinzonada janridagi asar sifatida baho beriladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

This article analyzes the novel “The Lord of the Rings” by the English writer William Golding. This work is evaluated as a work of the robinsonada genre.

Текст научной работы на тему «“PASHSHALAR HUKMDORI” ROMANI ROBINZONADA JANRI NAMUNASI SIFATIDA»

"PASHSHALAR HUKMDORI" ROMANI ROBINZONADA JANRI

NAMUNASI SIFATIDA Sarvara TOSHALIYEVA

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti katta o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.11098925

Annotatsiya. Mazkur maqolada ingliz yozuvchisi Uilyam Goldingning "Uzuklar hukmdori" romani tahlil qilinadi. Bu asarga robinzonadajanridagi asar sifatida baho beriladi.

Kalit so'zlar: robinzonada, allegoriya, Uilyam Golding, "Pashshalar hukmdori ".

Abstract: This article analyzes the novel "The Lord of the Rings" by the English writer William Golding. This work is evaluated as a work of the robinsonada genre.

Key words: robinsonada, allegory, William Golding, "The Lord of the flies ".

Kirish. XXI asrga kelib jahon adabiyotida sarguzasht adabiyotining bir ko'rinishi sifatida "robinzonada" janri yuzaga kelishi ham XVIII asrga borib taqaladi va aynan Daniyel Defoning "Robinzon Kruzoning sarguzashtlari" romanidan boshlanadi.Bu janrdagi asarlarda bir yoki bir qancha kishining kimsasiz orolda hayot kechirish mashaqqatlari tasvirlanadi. Aynan Daniyel Defo romanidan so'ng bu janrdagi asarlar ko'plab yaratila boshlandi. Bularga misol qilib, pastor Vissaning "Shveysar Robinzoni" (1812), R.Ballantaynning "Korall oroli", Jyul Vernning "Sirli orol", Gerbert Uellsning "Doktor Moro oroli", Umberto Ekoning "Arafadagi orol" asarlarini keltirish mumkin.

Adabiyotshunoslikda, shu bilan birga kino san'atida ham bugungi kunda "robinzonada" atamasi ostida jamiyatdan ajralib qolgan kishilarning hayoti va sarguzashtlarini tasvirlagan asarlarni tushunilmoqda.Atamaga bunday yondoshilganda esa Redyard Kiplingning "Jungli bolalari" haqidagi hikoyalari, Maugli yoki Tarzan haqidagi asarlar yoki Aleksis Kivi qalamiga mansub "Yetti aka-uka" va Knut Gamsunning "Pan" romanlarini ham bular qatoriga qo'shish mumkin

Asosiy qism. Mashhur ingliz yozuvchisi Uilyam Jerald Goldingga (1911-1993) muvaffaqiyat keltirgan asarlaridan birinchisi "Pashshalar hukmdori" romani XX asr jahon adabiyotining robinzonada janrida yozilgan eng sara namunalaridan sanaladi. Yozuvchi 1952 yilda o'zining "Pashshalar hukmdori" romanini yozadi. Asarda ikkinchi jahon urushi davrida insonning yaratuvchi rolidan ijtimoiy tuzumning bir murvatchasi darajasiga tushib qolishi, butun boshli xalqlarning yo'q qilinishi, totalitar tuzumlarning salbiy oqibatlari haqida fikr yuritiladi.Yozuvchi qayerdagi millatning manmanligi kuchaysa, o'zini boshqa xalqlardan yuqori qo'ya boshlasa, o'sha yerda falokat yuz berishi muqarrar deydi."Inson o'z tabiatini bilmasligi, anglamasligidan iztirob chekadi. Bunga men shubha qilmayman. Men o'z ijodimni inson deb atalgan mavjudotning mohiyatini o'rganish muammosiga bag'ishladim", - deydi yozuvchi 1957 yilda.

Tadqiqotchilar Golding asarlarining janrini rivoyat, parabola, falsafiy-allegorik roman deb ham ataydilar"Pashshalar hukmdori" romanining voqealari kimsasiz orolda yuz beradi.Bu orolga talofat ko'rgan, halokati muqarrar bo'lgan samolyot qo'nib, yadro quroli bilan bombardimon etilgan mamlakatdan evakuatsiya qilinayotgan bolalarni tushiradi. Asarning bosh qahramonlari: Jek va Ralf. Ularning ikkisi ham yetakchilik qilish qobiliyatiga ega bolalar bo'lsa-da, ikkisi bir-

biriga sira o'xshamaydi. Jek - sovuqqon, qahrli, o'ziga foydasi tegmaydigan ishni qilmaydigan bola. Ralf esa unga nisbatan ko'ngilchan va yumshoqko'ngil. Kattalarsiz oroda hayot kechirayotgan bolalar, o'zlarining qonun-qoidalari asosidagi jamiyatni yaratmoqchi bo'ladilar. Oroldan katta, chiroyli chig'anoq topib olgan Ralf uni hokimiyat ramzi deb e'lon qiladi. Jek esa Ralfning "dohiy" yoki yetakchi bo'lib olganidan norozi bo'ladi, chunki uning o'zi yetakchilik qilish istagida. Buning ustiga uning o'z tarafdorlari - bolalar xori bor. Aynan shu xor jamoasi a'zolaridan u ovchilar komandasini tashkil qiladi. Faqat ho'l mevalar bilan oziqlanish joniga tekkan bolalar alanga yoqib signal berishga, alanganing o'chib qolmasligiga harakat qiladilar.Jek epchil va qahri qattiq ovchiga aylanadi, u va komandasi yovvoyi cho'chqalarni o'ldiradi. Bolalar hatto bolasi bor hayvonlarga ham shafqat qilmaydilar. Endi ularni ov qilishga faqat ochlik emas, balki qon to'kish istagi, shafqatsizlikning ortishi undaydi.

Bir kun Jek ovga ketadi va unga ishonib topshirilgan alanga o'chib qoladi. Yaqindan suzib o'tgan kema esa bolalarning oroldaligidan xabar topmaydi. Ralf bundan voqif bo'lgach, Jek bilan urushadi, lekin Jek uning yetakchiligini inkor etib, tan olmaydi. Jekning beshafqatligi shu darajaga yetadiki, u ovchilar guruhiga qo'shilmagan bolalarni o'ldira boshlaydi. Quturgan, qon to'kish istagidagi bolalar o'zlarini qurshagan atrof-muhitni ag'dar-to'ntar qila boshlaydilar.Ralf yolg'iz o'zi qoladi, uning barcha do'stlari o'ldiriladi, lekin u umidsizlanmaydi. U Jekning avvalgi holiga qaytishiga umid qilmaydi, lekin o'zi tirik qolishiga ishonadi. Jek va uning safdoshlari Ralfni topish maqsadida orolga o't qo'yadilar. Undan qutulishni istaydilar. Ralfning baxtiga yonayotgan orolni harbiy dengizchilar ko'rib qolib, bolalarni qutqaradilar.

Romanning asosiy mavzusi jamiyatning illatlarini, insondagi noqislik -"defekt"largacha tahlil qilishga urinishdir. Asarning g'oyasi shuki, jamiyatning mavjudlik shakli u qanchalik mantiqiy va aqlga monand bo'lmasin siyosiy tuzumdan emas, balki shaxsning ahloqiy mavjudligiga asoslanishi kerak.Bir qarashda asarning yakuni ijobiy, bolalar qutqariladi, ular yana ota-onalari qaramog'ida avvalgidek hayot kechira boshlaydilar. Ammo ziyrak kitobxon yozuvchi nima demoqchiligini anglaydi, chunki bu xalos etishda ikkiyoqlama mazmun va achchiq kinoya mavjud.Bolalarni qutqargan dengizchilarning o'zi ham jamiyatga o'lim va vayronagarchilik keltiradilar, ularning kemasi harbiy kemaligiga ishora bor. Yozuvchi kreyserdagi dengizchilarni kim qutqaradi, deb savol beradi.

Roman boshidan oxirigacha chuqur mazmun va tagma'noga boy bo'lib, ularni anglash qiyin emas. Bolalar haqida hikoya qila turib, roman umuman kishilik jamiyati, uning asosiy va dahshatli muammolari haqida kitobxonni mulohazaga chorlaydi. Ralf va Jekning o'zaro kurashi hokimiyat uchun kurashayotgan bolalarning kurashigina bo'lib qolmay, bu yaxshilik va yomonlik, anarxiya va tartib o'rtasidagi kurashdir. U.Golding kundalik hayotda yaxshilik hamma vaqt ham g'olib bo'lmasligini va ko'pincha u katta qiyinchilik bilan, hatto urush va talofatlar bilan amalga oshishini ta'kidlaydi.

Asarni diqqat bilan o'qisak, asarning markaziy qahramoni kimligi va yozuvchini bunday g'alati asarni yozishga kim ilhomlantirganini bilib olamiz.Javob nafaqat romannning umumiy konsepsiyasidan, balki uning nomidan ham anglashiladi."Pashshalar hukmdori" nimani anglatadi? Qadimgi yahudiy tilidan Vaalzebub so'zi "pashshalar hukmdori" deb tarjima qilinadi.Bu filistimliklar xudosining ismi bo'lib, nasroniy diniy adabiyotida bu xudo Velzevula - jahannam hukmdorini anglatadi. Aynan mana shu mavjudot dunyodagi jami yomonliklarga sababchi bo'lib, romanning bosh qahramoni sifatida gavdalanadi.Uning faqat yovuzlik keltirishi asarga singdirilgan.Bolalarning qilmishlarini ham tabiat azaldan insonga ato etgan agressiv instinktlar

boshqaradi.Hayvoniy instinktlarga bo'ysungan bolalar hali yovvoyi, ongsiz bo'lgan, faqat o'ldirishga qodir - tafakkur qilishdan uzoq bo'lgan ibtidoiy inson darajasiga tushib qoladilar.

Xulosa. Uilyam Golding bunday yovuzlikning urug'i har birimizning yuragimizda mavjudligini, uning unib chiqishi yoki chiqmasligi insonning yolg'iz o'ziga bog'liqligini ta'kidlaydi. "Pashshalar hukmdori" romani bizga rivoyatni eslatadi.Unda yozuvchi hayotimizning, inson borlig'ining asosini tashkil etuvchi ezgulik va yovuzlik haqida hikoya qiladi. U inson har qanday vaziyatda ham inson bo'lib qolishi muhimligini ta'kidlaydi.Haqiqatan ham, bu har birimiz o'zlashtirishimiz lozim bo'lgan yagona saboq bo'lib, bu insoniylik sabog'idir. Uni o'rganish o'zining aqli yoki to'g'riligi bilan maqtanish, mag'rurlanish uchun emas, balki insondek umr kechirishi uchun lozimdir.Ushbu roman mavzusi sivilizatsiya ta'sirida kishilik jamiyatining inqirozga yuz tutishi mumkinligi haqidadir.

Golding ijodi qarama-qarshi fikrlarga sabab bo'lgan. Masalan, AQShlik tanqidchi Stenli. E.Xaymen uni eng mashhur zamonaviy ingliz yozuvchisi hisoblasa, Dj. Raban esa uni romannavis emas, balki adabiyotdagi nasihatgo'y deb atab, uni faqat borliqning global muammolarini hal qilishda ayblagan.Nima bo'lganda ham Uilyam Golding ingliz adabiyoti tarixidagi eng ziddiyatlarga boy yozuvchi bo'lib qolmoqda.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. Зарубежная литература ХХ века. - М.: «Высшая шшла», 2000.

2. Do'stmuhamedov Q. «Nobel mukofotini olgan adiblar», - T.: «Ma'naviyat», 2002.

3. Все шедевры мирoвoй литературы.В кратшм излoжении. Сюжеты и характеры. Зарубежная литература ХХ века в 2 книгах. "Олимп", АСТ.- М.: 1997, 832 с

4. ^лдинг У. ^велитель мух. Перевoд Е.Суриц. AST Publishers, 2014

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.