Научная статья на тему 'JON RONALD REUEL TOLKIYEN IJODIDA INSON MATONATINING NAMOYON BO’LISHI'

JON RONALD REUEL TOLKIYEN IJODIDA INSON MATONATINING NAMOYON BO’LISHI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
44
14
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
Jasorat / matonat / mehnat / vafo / yaxshilik / xiyonat / mashaqqat

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Sarvinozxon Xabibjonova

Ushbu maqolada inson matonatining har qanday qiyinchiliklar oldida ham sinmasligi, o’z maqsadi yo’lida tinimsiz ter to’kish zarurligi Tolkiyen asarlari misolida yoritib o’tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «JON RONALD REUEL TOLKIYEN IJODIDA INSON MATONATINING NAMOYON BO’LISHI»

JON RONALD REUEL TOLKIYEN IJODIDA INSON MATONATINING

NAMOYON BO'LISHI

Sarvinozxon Xabibjonova University of Business and Science

Annotatsiya: Ushbu maqolada inson matonatining har qanday qiyinchiliklar oldida ham sinmasligi, o'z maqsadi yo'lida tinimsiz ter to'kish zarurligi Tolkiyen asarlari misolida yoritib o'tilgan.

Kalit so'zlar: Jasorat, matonat, mehnat, vafo, yaxshilik, xiyonat, mashaqqat.

MANIFESTATION OF HUMAN COURAGE IN JOHN RONALD REUEL

TOLKIEN'S CREATION

Sarvinozkhan Khabibjonova University of Business and Science

Abstract: In this article, the fact that human fortitude does not break even in the face of any difficulties, and the need to constantly sweat towards one's goal, is illustrated by the example of Tolkien's works.

Keywords: courage, perseverance, hard work, loyalty, kindness, betrayal, hard work

Tolkiyen 1972-yil 28-martda qirolicha Yelizaveta II tomonidan Britaniya imperiyasi ordeni qo'mondoni etib tayinlangan.

Tolkiyen vafotidan keyin uning o'g'li Kristofer otasining keng ko'lamli eslatmalari va nashr etilmagan qo'lyozmalari asosida bir qator asarlar, jumladan "Silmarillion"ni nashr ettirdi. Bular "Hobbit" va "Uzuklar hukmdori" bilan birgalikda Arda deb nomlangan xayolot olami va uning ichida O'rta Yer haqidagi ertaklar, she'rlar, badiiy tarixlar, ixtiro qilingan tillar va adabiy insholarning bir-biriga bog'langan majmuasini tashkil qiladi.

Ko'pgina boshqa mualliflar Tolkiyendan oldin fantaziya asarlarini nashr etgan bo'lsa-da, "Hobbit" va "Uzuklar hukmdori"ning katta muvaffaqiyati bevosita janrning mashhur qayta tiklanishiga olib keldi. Bu Tolkiyenni xalq orasida zamonaviy fantaziya adabiyotining, aniqrog'i, yuqori fantaziyaning "otasi" sifatida tanilishiga sabab bo'ldi.

1937-yilda ilk bor "Hobbit" nashr etilgandan so'ng, tanqidiy o'quvchilar bu kitob fantaziyami, ertakmi, romanmi yoki dostonmi deb bahslashdilar. Kitobni tasniflash uning kuchli va zaif tomonlarini tushuntirish va o'nlab yillar davomida

saqlanib qolgan ulkan jozibadorligini tushunishning bir usuli hisoblanadi. Hobbit oddiy hikoyadan ko'ra ko'proq ishonchliroqdek tuyuladi, lekin Tolkiyen bu allegoriya emasligini va u allegoriyadan ko'ra haqiqiy yoki xayoliy tarixni afzal ko'rishini qat'iy ta'kidladi. Kitob XVIII-XIX asrlarning buyuk realistik romanlari an'anasidagi roman emas; u aql bovar qilmaydigan va hatto g'ayritabiiy narsalarni o'z ichiga olgan romantik janr g'oyasiga ancha yaqinroq. Buni xayoliy deb atash va uni tushuntirib bo'lmaydigan narsalarni o'z ichiga olgan fantastik hikoya deb o'ylash ham mumkin.

Kitob ko'p jihatdan soddalashtirilgan, ammo u inson tajribasining murakkabligini aks ettiradi. Uning soddaligi chekka o'rmon tabiatining mohiyatida namoyon bo'ladi. Leyk shahri va Deyl xarobalaridan tashqari u tasvirlangan joyda shaharlar va haqiqiy sanoat maskanlari mavjud emas. Hikoya sodir bo'lgan yil Julian taqvimi bo'yicha oylar bilan belgilangan va Rojdestvo bayrami arafasida sodir bo'lgan. Bilbo trubka chekib, qahva va choy, shuningdek, pirog, bulochka va qiyma pirog kabi ingliz taomlarini tortadi, shu bilan birga u yerdagi kichkinagina inda yashaydigan hobbit, mitti gnomlarga hamroh bo'lib, goblinlar bilan uchrashadi, elflar va ajdaho - umuman tanib bo'lmaydigan joy bo'ylab sayohat qilishadi. Bilboga uning fe'l-atvoridagi ziddiyatlarni tushuntiruvchi vakolat berilgan bo'lsa-da va uning vafot etgan ota-onasiga ishoralar mavjud.

Aslida, "Hobbit" asarida ayol hobbitlar yo'q. Romantik sevgi mavjud emas, do'stlik, mehr va hurmat erkak qahramonlar orasida o'rnatilgan muhim qadriyatlardir. Shu ma'noda, hikoya Mark Tvenning "Geklberri Fin" kabi an'anaviy bolalar sarguzasht hikoyalariga juda o'xshaydi va baxtli nikoh bilan yakunlanadigan an'anaviy ingliz romanlaridan sezilarli darajada farq qiladi. Hobbit sehrli kuchga ega, ammo ilohiy kuchga ega emas. Tolkiyen ushbu kitobda va "Uzuklar Hukmdori" trilogiyasida dunyoning juda to'liq, birlashtirilgan tasavvurini taqdim etadi, ammo yahudiy-xristian xudosi yoki boshqa xudo uni boshqaradi degan ma'no yo'q. Hech qanday diniy ibodat romanda tasvirlanmagan va Tolkiyenning katolikligi u uchun juda qulay bo'lgan. Bundan tashqari, "Hobbit"ning asosi bo'lgan kvest mavzusi an'anaviy ravishda hech bo'lmaganda ma'naviy tarkibiy qismga ega. Nima bo'lishidan qat'i nazar, "Hobbit" yaxlit axloqiy tizimni tasvirlaydi, unda yaxshilik va yomonlik, insoniy fazilatlar va gunohlar, iroda erkinligini namoyon qiluvchi belgilar va oxirida yaxshi g'alabalar bilan tugallanishi insonni qoyil qoldiradi.

Tolkiyen ikkita adabiy qiziqishni: Angliya mifologiyasi va bolalari uchun hikoyalarni birlashtirishga harakat qilib, "Hobbit''ni yozgan. Qadimgi adabiyot va tillardagi akademik bilimlari uni qadimgi shimoliy afsona va dostonlar, jumladan Beovulf va Islandiya dostonlari bilan yaxshi tanishtirdi. U 1920-yillarda Angliya mifologiyasini yozishni boshlagan; uni nashr etishni tavsiya qilmagan va u butun

umri davomida bu borada ishlashda davom etgan bo'lsa-da, uning o'limidan keyingina o'g'li tomonidan tahrirlangan "Silmarillion" (1977) nashr etilgan.

U yosh bolalariga oddiy o'yin-kulgi uchun aytib bera boshlagan hikoyalari vaqt o'tishi bilan tabiiy ravishda rivojlanib, o'zi yaxshi bilgan eski adabiyotning tafsilotlari va naqshlari bilan to'ldiriladi. Bu hikoyalar qayta ishlangan va "Hobbit" nomi bilan nashr etilgan. Tolkiyenning tillarga umrbod qiziqishi "Hobbit"da yaqqol ko'rinadi. Kitob qadimgi shimoliy yozuv tizimi bo'lgan runlarni tasvirlash bilan boshlanadi. Bundan tashqari, joy va belgilar nomlari butunlay xayoliy bo'lib, haqiqiy qadimgi shimoliy lahjalarga o'xshaydi.

Tolkiyen talabalik davridan beri tillarni ixtiro qilgan va hatto ba'zilari uchun she'r yozgan, uning ixtiro qilgan tillari izchil grammatika va lingvistik tuzilishga ega, bu ularni juda ishonarli qiladi. Uning lingvistik qobiliyatlari "Hobbit" va "Uzuklar hukmdori" trilogiyasida namoyon bo'lib, u ixtiro qilingan tillardan ancha kengroq foydalanadi. Tolkiyen ko'pincha fantaziya janrini qayta jonlantirish va ommalashtirish bilan shug'ullanadi. Uning Oksforddagi eski do'sti C.S.Lyuis, uning ilmiy-fantastik romanlari va bolalar uchun "Narniya Saltanati" fantastik asarini yozishda unga ta'sir qilgan.

Hobbit hajman mittigina odam bo'lsa-da, uning ulkan qalbi, buyuk jasorati tahsinga sazovordir. Asarning bosh qahramoni Bilbo Baggins ismli hobbit uyidan va mulkidan ajralgan hamda quvg'inga uchragan gnomlarning o'z maqsadlariga yetishlarida - Ona-Vatanlarini yovuz kuchlardan tortib olishlarida katta hissa qo'shadi.

Tog' qa'rida saltanat qurgan va oltinlarni yig'ayotgan gnomlarning qalbini mol-mulkka bo'lgan ochko'zlik hissi egallab olar, bu esa bora-bora ularning falokatiga sababchi bo'lardi. Ulkan ajdar Smaug hujum qildi va bir lahzada gnomlar ko'chada qolishdi. Endi ular nima qilib bo'lsa ham ajdardan o'ch olishga bel bog'lashgan edi. Afsungar Gendalfning maslahati bilan tirik qolgan 13 nafar gnom Bilbo Bagginsni o'zlariga hamroh - sherik qilib olishadi. Ularning hukmdori Torin Eman qalqon esa bu yurushga boshchilik qilar edi.

Yovuz kuchlar hukmdori Nekraman va uning sarkardasi Murdor Azok ularni tinimsiz ta'qib qilar edi. Azok boshchiligidagi Orklar bir gal gnomlarning zarbasiga uchragan va yaxshigina ta'zirlarini yeyishgan edi. Ana shu alamning achchiq yodi uni tinch qo'ymas, tun-u kun Torin va uning tirik qolgan hamrohlarini yo'q qilish payida edi. Uzoq, mashaqqatli va xatarli yo'llarni bosib o'tishgandan so'ng, gnomlar o'z uylariga yetib kelishdi va ajdar mahv etildi. Ularning bu yerga yetib kelishganini yovuz kuchlar ham bilar va so'nggi jangga tayyorgarlik ko'rayotgan edi. Son va kuch jihatdan ancha ustun bo'lgan Orklarga qarshi gnomlar tarafida Elflar va odamlarning birlashgan qo'shini birgalikda kurash olib bordilar. Chunki bu urush faqatgina gnomlarning urushi emas edi. Bu urush tom ma'noda ezgulik va yovuzlikning

murasasiz kurashi edi. Ona tabiatning ezgulikni o'zida mujassam etgan kuchlari yordamga kelishi bilan urush sur'ati ezgulik foydasiga o'zgardi. Lekin jangda gnomlar hukmdori Torin Eman qalqon halok bo'ldi. Shundan so'ng Bilbo ham uyiga qaytib ketish vaqti bo'lganini payqadi. Uni Gendalf kuzatib qo'ydi. Xayrlashar ekan Gendalf Bilboga g'ordan topib olgan sehrli uzugini ehtiyot qilishi zarurligini uqtirdi.

"Uzuklar hukmdori"

Asar uch qism - "Uzuklar birligi", "Ikki minora" va "Qirolning qaytishi"dan iborat bo'lgan. Birinchi marta 1954-yilda nashr etilganidan beri "Uzuklar hukmdori" odamlar uchun qadrli kitob bo'lib kelgan.

U do'stlik, sevgi va qahramonlik haqidagi epik ertak, kelajakdagi barcha fantastik romanlar uchun mezon bo'lgan kitobdir.

Uzuklar birligi. Hammasi muazzam uzuklar yasalgan davrdan boshlandi. Ilohiy kuchga ega bo'lgan uzuklar. Ularning uchtasi donishmand elflarga berildi, yettitasi xazina qidirish va bunyodkorlikda betakror xalq - gnomlarga berildi, to'qqizta uzuk insoniyatga taqdim etildi. Hukmronlik ishtiyoqi aynan ularda ko'proq edi. Ushbu uzuklarga har bir xalq ustidan hukmronlik qudrati muhrlangan edi.

Lekin Mordor mamlakatida Ayanch tog'i otashida yovuz hukmdor Sauron boshqa uzuklarni o'ziga itoat qildiruvchi asosiy uzukni yasatdi. Bu uzukda jamiki tirik mavjudot ustidan hukmronlik ishtiyoqi shafqatsizlik va yovuzlik qudratini joyladi. Sauron butun borliqqa tinimsiz jabr qila boshladi.

Elflar va insonlarning birlashgan qo'shini Sauron qo'shiniga qarshi jang olib borardi. Jang payti qirolning o'g'li Isildor uning barmoqlarini chopib tashladi va uzukka ega chiqdi. Sauron mag'lub etildi. Bu - yovuzlikni butunlay tor-mor etish imkoniyati edi. Uzuk Ayanch tog'i otashiga tashlansa, yo'q bo'lar edi. Biroq inson qalbi nafs komiga osongina taslim bo'ladi. U uzukni yo'q qilmadi. Ammo uzuk unda ham ko'p qolmadi. Jang payti suv tubiga g'arq bo'ldi.

Qariyb ming yildan so'ng uzuk Gorlom ismli mavjudot qo'liga tushdi. Uzuk uning umrini uzoq qildi. Uzuk 500 yil mobaynida Gorlomning qalbini zaharlab keldi. Bir kuni u ham uzukni yo'qotib qo'yadi. Bu gal esa uzukni mitti odamcha - hobbit Bilbo Baggins topib oladi. Butun olam O'rta Yerning Shir shaharchasida yashovchi hobbitlarga bog'liq bo'lib qoladi.

Bilbo Bagginsning 111 yoshini qutlash va tug'ilgan kuni bilan tabriklash uchun afsungar do'sti Gendalf tashrif buyuradi. U Gendalfga uzukni 60 yil saqlaganini, endi esa chrchaganini aytadi va bu yerlardan bosh olib ketishini ma'lum qiladi.

Sauronning ruhi hali ham o'z malaylarini boshqarar, ular esa Gorlomni qiynoqqa solib Shir haqida xabar topgan edilar. Afsungar Gendalf uzukni yo'q qilish, buning uchun esa Mordor mamlakatiga borish zimmasi Bilbo Bagginsning boqib olgan jiyani Frodoga yuklanganini aytadi. U Frodoga Bri shahriga borishini aytadi. Unga Sem ismli do'sti va yana ikki hobbit hamrohlik qiladi. Gendalf esa jamiyatning

rahbari, ko'p yillik do'sti Sarumandan yordam so'rash uchun jo'nab ketadi. Lekin Saruman yovuz hukmdor - Sauronga hech kim bas kelolmasligini aytib, unga qo'shilishini ma'lum qiladi va unga ham shuni taklif etadi. Gendalf buni rad etadi. Natijada ikki do'st dushmanlarga aylanadi.

Sauron ayg'oqchilari Frodo va uning hamrohlarini qadam-baqadam ta'qib qiladi. Bir mehmonxonada notanish odam Frodo va uning hamrohlarini ta'qibchilardan qutqarib, elflar yurtiga olib ketadi. Bu jarayonda yaralangan Frodo Revindolga yetib oldi va uni elflar hukmdori davoladi. U Gendalf bilan shu yerda topishdi. Notanish odam Isildorning avlodi Aragorn edi. Gondor taxti merosxo'ri -Aragorn uzuk Saurondan boshqalarga bo'ysunmasligini, uni darhol yo'q qilish zarurligini aytadi. Kengashdan so'ng Frodo va boshqa hobbitlar, afsungar Gendalf, Aragorn, bir yordamchi, bir elf va gnomdan iborat 9 nafar qo'riqchi uzoq va xavf-xatarga to'la yo'lni bosib o'tishga bel bog'lashadi. Ular 40 kunlik azobli yo'lni bosib o'tadi. Bu jarayonda bir yordamchi halok bo'ladi. Saruman yuborgan vahshiy maxluqlar va boshqa to'siqlardan o'tgan Frodo Mordor mamlakatiga yetib boradi.

Ikki minora. Qalban uzukning quliga aylangan Gorlom ularni qadam-baqadam ta'qib qilib borardi. Mordor va Izingardda ikki yovuz kuchlar dunyoni egallashga urinmoqda edi. Bu yo'lda Rohan davlati ham yo'lga to'siq bo'lib turardi. Rohan qiroli Teoden odamlarini Helm qal'asiga yashirinishini buyurdi. 10 ming maxluq hujumiga faqat 300 himoyachi qoldilar. Ularga yordam berish uchun elflar ham yordamga kelishdi. Izingarddan chiqqan Sarumanning malaylari bu qal'ani uzoq qamal qildi. Isildor bir vaqtlar va'dasini bajarmagan odamlarni la'natlagan edi, bu odamlarnng ruhlari taskin topa olmas, ularni faqat Isildor avlodigina tinchlantirar edi. U Aragorn edi. Helm qal'asi qutqaruvida yordam berganlaridan so'ng Aragorn ularning va'dasi bajarilgan deb hisobladi va ular mangu orom oldilar. Qadimiy o'rmon daraxtlari ham Sarumandan o'ch olish maqsadida Izingardga hujum qildilar va Saruman qirolligini barbod qildilar. Endi hammaning umidi mittigina hobbitlarda edi. Chunki butun yovuzliklarni o'zi bilan yo'q qilishi mumkin bo'lgan uzuk hali ham ularda edi.

Qirolning qaytishi. Aragorn bu ishni Frodo uddalay olishiga ishonar, ularga esa ko'maklashib turish zarurligini sezar edi. Mordor qirolligida malaylar ko'p bo'lib, bu Frodoning Ayanch tog'i otashiga yetib olishi uchun katta to'siq bo'lar edi. Aragorn tashabbusi bilan birlashgan qo'shin Mordorga hujum qiladi. Malaylar ularga qarshi hujumga o'tganlarida Frodo uzukni Ayanch tog'i otashiga tashlab yo'q qiladi va butun yovuzlik uzuk bilan birga yo'q bo'lib ketadi. Aragorn Gondor taxtini egallagach, Frodo va uning 3 hamrohiga ta'zim bajo aylab uylariga kuzatib qo'yadi.

Xulosa shuki, hajman kichik, arzimas ko'ringan, lekin ulkan qalb, buyuk jasorat sohibi bo'lgan mitti hobbitlar olamni yovuzlikdan asrab qolishadi. Chunki ularga qandaydir buyuk kuch doimo yordam berib turadi.

Jyul Gabriel Vern (1828-yil 8-fevral - 1905-yil 24-mart) fransuz yozuvchisi, shoiri va dramaturgi. Uning nashriyotchi Pier-Jules Hetzel bilan hamkorligi "Yer markaziga sayohat" (1864), "Dengizlar ostidagi yigirma ming liga" (1870), "Sakson kunda dunyo bo'ylab" (1872) kabi eng ko'p sotilgan sarguzasht romanlarini yaratishga olib keldi.

U romanlaridan tashqari ko'plab dramatik asarlar, qissalar, avtobiografik hikoyalar, she'rlar, qo'shiqlar, ilmiy, badiiy va adabiy tadqiqotlar yozgan. Uning ishlari kino va televideniye, shuningdek, komikslar, teatr, opera, musiqa va video o'yinlar uchun moslashtirilgan.

Vern Fransiyada va Yevropaning aksariyat qismida adabiy avangard va syurrealizmga keng ta'sir ko'rsatgan muhim muallif hisoblanadi.

Jyul Vern 1979-yildan buyon dunyoda ikkinchi eng ko'p tarjima qilingan muallif bo'lib, Agata Kristi va Uilyam Shekspirlar qatorida edi. Uni ba'zan "Ilmiy fantastika otasi" deb atashgan. 2010-yillarda u dunyodagi eng ko'p tarjima qilingan fransuz yozuvchisi bo'lgan. Fransiyada 2005-yil yozuvchi vafotining 100 yilligi munosabati bilan "Jyul Vern yili" deb e'lon qilindi.

O'n besh yoshli kapitan.

"Pilgrim" kemasi San-Frantsisko tomon harakatlanmoqda edi. Kemada juda ko'p odamlar bor, ular orasida kapitan Gul, beshta tajribali dengizchi, o'n besh yoshli kichik dengizchi - yetim Dik Send, ushbu kemaning egasi Jeyms Ueldonning rafiqasi - missis Jeyms Ueldon bor. Ueldon, besh yoshli o'g'li Jek, uning qarindoshi Benedikt amakivachchasi bilan. Yo'lda ular faolkatga uchragan kemadan beshta qora tanli yo'lovchilarni qutqarib olib ketishadi.

Biroz vaqt o'tgach, kapitan Gal va yana besh dengizchi kit ovida halok bo'ladi. Pilgrim kapitanining vakolatini o'n besh yoshli yigit Dik Send olishga majbur bo'ldi. Lekin u tajribasiz bo'lgani uchun navigatsiyadan foydalanadi. Navigatsiyani Negoro buzib qo'ygan edi, natijada kema Amerikaga emas, balki Afrikaga borib qoladi. Kema qirg'oqqa to'xtaganda Kok Negoro ehtiyotkorlik bilan g'oyib bo'ladi. Keyinchalik ma'lum bo'lishicha, u eski tanishi Garris bilan til biriktirgan. U esa kelgan dengizchilarga Afrikada bo'lishlariga qaramay, Boliviya qirg'oqlarida ekanliklarini aytishidan iborat edi.

Ma'lum bo'lishicha, Negoro va Garris uzoq vaqtdan beri, ya'ni Negoro qul savdosi bilan shug'ullanganida tanishgan. Koka umrbod qamoq jazosiga hukm qilinib, qochishga muvaffaq bo'ladi va "Pilgrim" brigadasiga joylashadi. Garris dengizchilarni tropik o'rmonga olib bordi, lekin aldanib, ular Amerikadan uzoqda ekanliklarini taxmin qila boshladilar, ular Afrika ularning atrofida ekanligini tushunishdi. Ular Garrisning niyati yaxshi emasligini sezishdi.

Negrlar, Dik va Nunlar Garrining tanishi bo'lgan qullar karvonining rahbari tomonidan asirga olindi. Missis Ueldon, uning o'g'li va amakivachchasi Beniktni

Negoro garovga olib, ular uchun janob Ueldondan katta to'lov olishni xohlaydi. Ammo bu niyat amalga oshmaydi.

Negoro San-Frantsiskoga boradi va garovga olinganlarni Alvecning qaramog'ida qoldirib ketadi. Amakivachcha Benidikt hasharotlarni juda yaxshi ko'rar edi va u ishtiyoq bilan uchib yurgan namunalardan biriga yugurganida, u to'satdan ozodlikka chiqdi. U yerda u akalari qo'lga olinishidan oldin qochishga muvaffaq bo'lgan Gerkules bilan uchrashadi. Gerkules do'stlari va birodarlariga qanday yordam berishni o'ylaydi. Qishloq yomg'irga to'lganida, marhumning rafiqasi Muani-Lunga - qirolicha Muan o'zini Gerkules deb ko'rsatadigan sehrgarni chaqiradi. Yigit go'yoki soqov sehrgar bo'lib, alomatlar yomg'irning aybdorlari mahbuslar ekanligini ko'rsatadi. Umuman olganda, u Dik Sendni, missis Ueldonni, uning o'g'li, amakivachchasi Benidiktni o'limdan qutqardi. Keyin omon qolgan barcha mahbuslar suzuvchi orol qiyofasida qayiqqa o'tirib, daryo bo'ylab pastga tushishadi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. XX asr o'zbek adabiyoti Toshkent "O'qituvchi" 2002.

2. Lutfullayeva D., Xudoyberganova D. Tilshunoslikda lisoniy shaxs muammosi // O'TA jurnali №6, 2017, 35-41.

3. Xudoyberganova D. O'zbek tilidagi matnlarning antroposentrik tadqiqi. Toshkent, 2013.

4. Ochilov E. Bir hovuch dur. Toshkent, "O'zbekiston" 2011.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.