Научная статья на тему 'JAHON ADABIYOTIDA IBLIS OBRAZI TALQINI (I.GYOTE VA M.BULGAKOV ASARLARI MISOLIDA)'

JAHON ADABIYOTIDA IBLIS OBRAZI TALQINI (I.GYOTE VA M.BULGAKOV ASARLARI MISOLIDA) Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
3
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
badiiy muhit / qahramon / obraz / mahorat / syujet / badiiyat / uslub / Iblis / tafovut / ezgulik / yovuzlik. / artistic environment / hero / image / skill / plot / artistry / style / Devil / difference / goodness / evil.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Xo‘Jayev, Siddiqjon, Turg‘Unova, Cho‘Lponoy

Ushbu maqola nemis shoiri I.Gyotening “Faust” tragediyasida va rus yozuvchisi Mixail Bulgakovning “Usta va Margarita” romanlarida Iblis obrazida namoyon bo‘lgan, asarning bosh qahramoni darajasiga ko‘tarilgan Voland va Mefistofellarning asarda bajaradigan vazifasi qiyosiy tahliliga bag‘ishlangan. Garchand asarlar ikki davr (XVIII va XX) hamda ikki makon (Germaniya va Rossiya)da yaratilganiga qaramasdan, qahramonlar tasvirida o‘xshashliklar ham borligi ko‘rsatib o‘tilgan. Bundan tashqari, maqolada bu asarlarni qiyoslash orqali davr manzarasi ham ko‘rsatilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

INTERPRETATION OF THE IMAGE OF THE DEVIL IN WORLD LITERATURE (EXAMPLE OF THE WORKS OF I. GOETHE AND M. BULGAKOV)

This article is devoted to the comparative analysis of the role of Woland and Mephistopheles, who are shown as the devil in the tragedy "Faust" by the German poet I. Goethe and in the novels "The Master and Margarita" by the Russian writer Mikhail Bulgakov, who have risen to the level of the main character of the work. Despite the fact that the works were created in two periods (XVIII and XX) and two places (Germany and Russia), it has been shown that there are similarities in the image of the heroes. In addition, the article shows the landscape of the period by comparing these works.

Текст научной работы на тему «JAHON ADABIYOTIDA IBLIS OBRAZI TALQINI (I.GYOTE VA M.BULGAKOV ASARLARI MISOLIDA)»

SJIF 2024 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

JAHON ADABIYOTIDA IBLIS OBRAZI TALQINI (I.GYOTE VA M.BULGAKOV ASARLARI MISOLIDA)

Xo'jayev Siddiqjon

FarDU, filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) Turg'unova Cho'lponoy FarDU 2-kurs talabasi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqola nemis shoiri I.Gyotening "Faust" tragediyasida va rus yozuvchisi Mixail Bulgakovning "Usta va Margarita" romanlarida Iblis obrazida namoyon bo'lgan, asarning bosh qahramoni darajasiga ko'tarilgan Voland va Mefistofellarning asarda bajaradigan vazifasi qiyosiy tahliliga bag'ishlangan. Garchand asarlar ikki davr (XVIII va XX) hamda ikki makon (Germaniya va Rossiya)da yaratilganiga qaramasdan, qahramonlar tasvirida o 'xshashliklar ham borligi ko 'rsatib o 'tilgan. Bundan tashqari, maqolada bu asarlarni qiyoslash orqali davr manzarasi ham ko'rsatilgan.

Kalit so'zlar: badiiy muhit, qahramon, obraz, mahorat, syujet, badiiyat, uslub, Iblis, tafovut, ezgulik, yovuzlik.

This article is devoted to the comparative analysis of the role of Woland and Mephistopheles, who are shown as the devil in the tragedy "Faust" by the German poet I. Goethe and in the novels "The Master and Margarita" by the Russian writer Mikhail Bulgakov, who have risen to the level of the main character of the work. Despite the fact that the works were created in two periods (XVIII and XX) and two places (Germany and Russia), it has been shown that there are similarities in the image of the heroes. In addition, the article shows the landscape of the period by comparing these works.

Keywords: artistic environment, hero, image, skill, plot, artistry, style, Devil, difference, goodness, evil.

Badiiy asarlar ham diniy asar namunalari kabi insonlarga juda kuchli ta'sir ko'rsata oladigan ilohiy bir kuchdir. U inson his-tuyg'ulari va ongini tarbiyalashda dinimizdagi ilohiy obrazlarga ham murojaat qiladi. Mana shu obrazlardan biri Iblis obrazidir. Qur'oni karimda "Iblis" so'zining sinonimi sifatida "Shayton" iborasi ham qo'llanilgan. Shaytonga islom, xristianlik va boshqa dinlarning ta'limotlariga ko'ra, yovuz ruh yoki yovuz ruhlarning boshlig'i, dunyodagi yovuzliklarning aybdori, odamlarni gunohga yetaklovchi kuch sifatida qaraladi. U to'g'risidagi tasavvur

ABSTRACT

KIRISH

SJIF 2024 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

"saltanas" shaklida yunon tilidan xristian adabiyotiga, undan Yevropa tillariga, "satana" shaklida rus tiliga o'tgan. Qur'onda talqin etilishiga qaraganda, Shaytonni Alloh olovdan yaratgan, keyinchalik amriga itoat qilmagani uchun toshbo'ronga sazovor deb la'natlagan: "Eslang, (ey, Muhammad,) Biz farishtalarga: "Odamga sajda qilinglar!" - deb buyurishimiz bilan ular sajda qildilar. Faqat Iblis bosh tortib, kibr qildi va kofirlardan bo'ldi." 1 Lekin Alloh bandalarini Uning vasvasalariga aldanishi yoki aldanmasligini sinab ko'rish uchun Shaytonga muhlat bergan. Shuning uchun U barcha odamni yo'ldan ozdirishga harakat qiladi.

Haqiqatda, Iblis, Yevropa va Sharq xalqlari ayrim miflarida hayotning odatdagi oqimini loyqalashtirib yuboruvchi, hamma narsaga shubha ko'zi bilan qarovchi, mazax qiluvchi va o'zi istamagan holda yovuzlikdan ezgulik keltirib chiqaruvchi kuch hisoblanadi.

Jahon adabiyoti namunalarida ham Iblis obrazi shu ko'rinishda tasvirlanadi. Lekin M.Bulgakovning "Usta va Margarita", I.Gyotening "Faust", P.Koeloning "Iblis va Prim xonim" kabi asarlarida Shayton insonlar oldiga xunuk basharali va ikki shoxli bo'lib emas, ular har doim orzu qilgan eng go'zal, lazzatli narsalar, ular uchun afsonaviy hisoblangan sehrgarlar suratida kelishiga guvoh bo'lamiz.

MUHOKAMA

Nemis yozuvchisi Gyotening "Faust" tragediyasi va ushbu asardan ta'sirlanib yozilgan M.Bulgakovning "Usta va Margarita" romani jahon adabiyotining o'lmas asarlari qatorida tilga olinadi. Garchi bu asarlardan birida bir kishining, dunyoni yaxshi tomonga o'zgartirmoqchi bo'lgan, ammo umidsizlikka uchragan olimning, muammosi tasvirlangan bo'lsa, boshqasida bosh g'oyasi e'tiqod bo'lgan, Yaratganning borligini rad etadigan jamiyat tanazzulga yuz tutishi mahorat bilan hikoya qilingan voqea tasvirlangan. Lekin asarlarni bir-biriga bog'lab turgan jihat Shayton prototipi ostida birlashgan obrazlar - Mefistofel va Voland.

Gyotening "Faust" tragediyasini Erkin Vohidovdan oldin Cho'lpon, Oybek, Maqsud Shayxzoda va boshqa adiblar o'zbek tiliga qisman o'girgan. Ammo Erkin Vohidov tarjimasi ilk to'liq o'zbekcha tarjima bo'lib, adabiyotshunos olimlar, jumladan, Ibrohim G'afurov tomonidan yuqori baholangan.2

M.Bulgakovning "Usta va Margarita" romani Qodir Mirmuhammedov mahorat bilan o'zbek tiliga o'girgan. Mefistofel asarda yorqin tanqidiy fikrga ega faylasuf sifatida tasvirlanadi. Gyote o'zining ko'p fikrlarini uning nomidan aytadi. Shuning uchun ham Iblis xuddi Faust singari ma'rifatparvarlik g'oyalari so'zlovchisiga aylanadi. U bu dunyoga juda muhim bir vazifani bajarish uchun ham, insonlarni yomonliklari uchun jazolashga ham kelmaydi. O'zida izlanish hukmron bo'lgan, ilmga ga'yritabiiy darajada chanqoq, hamisha haqiqatga intiladigan olimni ham

SJIF 2024 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

yo'ldan urish mumkinligini Tangriga isbotlab bermoqchi bo'lib, undan rizolik olib, Faustning oldiga tashrif buyuradi. Va uni yo'ldan adashtirish uchun barcha makr, hiylalarni ishlatib ko'radi.

Bulgakov "Usta va Margarita" ni yozishni boshlagan davrda yer yuzasining katta bir qismida revolyutsion to'ntarish orqali ko'plab millat va elatlarni o'z tasarrufiga olgan yangi ijtimoiy tuzum yangi bir davlat barpo qilingandi. Bulgakov fuqarosi bo'lgan bu davlat va uning hukmdorlari hech qanday e'tiqodga yon bermasdilar.4 Bulgakov mana shu e'tiqodni tanitish uchun asarga Voland obrazini kiritadi. Voland obrazi Iblis, Shayton, "zulmat shahzodasi", "yovuzlik ruhi va soyalar hukmdori" bo'lib, u Allohni borligiga ishonmagan, nasroniy axloq normalarini buzgan insonlarni jazolaydigan va insonlarning asl qiyofalarini ochib beradigan, o'tkinchi hoy-havaslar uchun nimalar qilishlari mumkinligini fosh qiladigan taqdir egasini ifodalab beradi. Voland xarakterining ma'nosi odamlarga o'z gunohlarini ko'rsatishdir. Asarni o'qish davomida yana bir narsa e'tiborimizni tortadi: asardagi barcha personajlar Iblisga ismi bilan murojaat qilishmaydi, uni "messir" deb chaqirishadi. "Messir" so'zining ma'nosi "Mefistofel"ning qisqartmasidir. Mefistofel esa Iblis degani. Mana shu jihatlardan Voland va Mefistofel bir-biriga yaqin obrazlar deyish mumkin. Lekin asarda Voland Mefistofelga nisbatan biroz ijobiy qahramon sifatida gavdalanadi. Bulgakov romanidagi Iblisning xarakteristikasi uning odatiy tasviridan farq qiladi va u qahramonni ba'zi insonlardan ham oliyjanobroq tasvirlaydi. Bu muallifning yangiligidir. U ushbu uslub yordamida yaxshilik va yomonlikning ajralmasligi, ularning umumiy boshlanishi g'oyasini yetkazadi, yomonlik qiladigan Iblis emas, balki insonning o'zi ekanligini tushuntirib bermoqchi bo'ladi.

Ikkala asar qahramonida ham ba'zida insonlarga yomonlik tilab turib, beixtiyoriy ularga yordam bergan holatlar uchraydi. Ushbu holatni "Faust" asarida Mefistofel keltirgan jumladan ham bilsa bo'ladi: "...Kimsan, ayt!

- Men hargiz yomonlik tilab -

Yaxshilik qilguvchi kuchning bir qismi" 5

Ushbu misralarni Bulgakov "Usta va Margarita" asariga epigraf qilib qo'yishidan ham bu ikkala asar bir-biriga bog'liqligini ko'rishimiz mumkin.

Voland va Mefistofel, ikkalasi ham, diniy va dunyoviy ilmlarni egallagan, hattoki mo'jizalar yaratishga qodir, kuch-qudratga ega inson sifatida Yerga tushishadi. "Usta va Margarita"da Voland o'z aql-zakovati, hozirjavobligi bilan Berlioz va shoirni ham hayron qoldiradi. Alloh uni la'natlab, jannatdan haydab yuborgan bo'lishiga qaramay, insonlarni Alloh borligiga ishontirmoqchi bo'ladi va bunga e'tibor bermaganlari uchun hattoki ularni jazolaydi ham. Lekin yuqorida aytib

SJIF 2024 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

o'tilganidek, ularni bu dunyoga tashrif buyurishlaridan maqsadlari o'zgacha ekanligi sababli ularni ilm sohasiga munosabatlari farqlanadi. Mefistofel ba'zi o'rinlarda insonlar bilimga ega bo'lishlarini xohlamagandek, insonlarning soddaliklari va ishonuvchanliklari tufayli ularning e'tiborini vaqtinchalik ko'ngilxushliklarga qaratishga harakat qiladi. Bu holatni Faust ilmdan charchagan paytda dam olishni xohlaganda, Mefistofel uni olimlikdan chetlatish, oxiri nima bo'lishini o'ylamasdan, ko'ngilxushlik qilishi uchun ayollar orasiga olib kirishida va buning natijasi yaxshilik bilan tugamaganida ko'rishimiz mumkin. Voland esa, aksincha, Ustaga boshqacha mehr bilan boqadi, uning insonlar orasida oyoq osti qilingan iste'dodini hurmat qiladi. U yozgan va Margaritadan boshqa hech bir inson qabul qilmagan, Latunskiy, Ariman, Mstislav Lavrovich kabi tanqidchi, adabiyotchilar hattoki gazeta, jurnallarda Ustaning nomiga nomunosib so'zlar aytishlariga sababchi bo'lgan, farzandidek ardoqli bo'lib qolgan Pontiy Pilat haqidagi romanni qattiq tushkunlikka tushib qolgan muallif butun qo'lyozmalari bilan yondirib yuborganda, Voland bu buyuk kashfiyotni saqlab qoladi va asar so'nggida Ustaning o'ziga qaytarib beradi.

Ikkala asarda ham Margarita ismli ayol qahramonlar ishtirok etadi. Bu personajlarni ismlaridan tashqari birlashtirib turgan jihat shundaki, ikkala ayol ham hayotdan umidi so'ngan, o'zini doimo yolg'iz his qiladigan, bu hayotda yashash uchun birgina mazmun topgan, lekin oxiri baribir ayriliq borligini bilsa ham, sevgidan voz kechmaydigan obraz sifatida gavdalanadi. Bu qahramonlar hayotiga ham Iblis aralashib ko'radi. Mefistofel Faustni Margarita (Gretxen) bilan tanishtirgandan so'ng, endigina hayotda yashash uchun o'ziga birgina sabab topgan, muhabbatiga erishmoqchi bo'lib turgan qizning boshiga ofatlar yog'diradi: Faust yordamida qizning onasiga zahar beradi, akasini esa o'ldirtiradi. Va asar so'ngida qizning ham bevaqt hayotdan ko'z yumishiga sababchi bo'ladi. Voland esa, aksincha, ayol hamma narsadan kechib o'z joniga qasd qilmoqchi bo'lgan p aytda, uni hayotini saqlab qoladi, hayoti mazmuniga aylanib ulgirgan Ustasini qaytarib beradi, ular orzu qilgandek hayotda yashashi uchun mo'jizalar ko'rsatib, ularni baxtli bo'lishiga yordam beradi. Mening fikrimcha, Voland Margaritani narigi dunyodagi hayotini saqlab qolgan, Ustani ham Margarita bilan ko'rishtirish uchun narigi dunyoda olib borgan. Barchaga zulmat, qo'rqinchli tuyuladigan narigi dunyodan ular uchun baxt qasri yasab berganidan ham Volandning oliyjanobligini ko'rishimiz mumkin.

"Faust" asarida guvohi bo'lganimizdek, Faust va Mefistofel orasidagi asar boshidan oxirigacha bo'lgan jarayonni, har qanday holda ham inson aql-idroki yuksaklikka intilishini va sabr-bardosh bilan harakat qilib yaratganning ko'rsatmasini qalban his qilib amal qilsa, Shayton hiylasidan ham inson o'z manfaati yo'lida foydalanishi mumkinligini ko'rishimiz mumkin. Voqealar davomida ko'ramizki,

SJIF 2024 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

Faust o'z idrokini ishga solib har safar yo'lini topib olaverdi. Bularga asosiy sabab sifatida Alloh taoloning insonni iblisdan ming marotaba ustun sanab, har on o'z bandasiga yordam jo'natib, uni himoya qilishini keltirishimiz mumkin. Zeroki, Abdulla Oripov aytganidek,

Tavajjuh ayladi Tangri taolo, Muqaddas sanaldi inson degan nom. Insonni e'tirof etmagan asno Iblis ham quvildi arshdan batamom.

Xulosa qilib aytganda, Gyote o'zining 60 yil davomida yaratgan "Faust" tragediyasida Iblisni hamisha insoniyatni yo'ldan ozdirish uchun harakat qiladigan obraz sifatida tasvirlaydi. Agar insonning qalbi toza bo'lsa, yuragida Allohga ishonch, muhabbat, qo'rquv tuyg'ulari bo'lib, iymoni butun bo'lsagina uni Shayton yo'ldan ozdira olmaydi degan g'oyani ilgari surgan.

Bulgakovning XX asrda yozilgan "Usta va Margarita" romanida esa Iblis obrazi adabiyotga ijobiy qahramon sifatida olib kiriladi. Yozuvchi Iblis obrazini asarga bosh qahramon sifatida kiritishidan maqsad shuki, u ushbu personaj orqali Allohni insonlarga tanitish, ular orasidagi mehr-oqibat, oliyjanoblik tuyg'ularini yo'qolib borayotganini ko'rsatish, jamiyatda pul uchun hattoki o'zligidan ham kechadiganlar borligini ochib berish bilan birgalikda har qanday yovuzlikdan ham ezgulik chiqishi, biz yovuz deb o'ylagan narsalar aslida ezgulikning bir ko'rinishi ekanligini isbotlab bermoqchi bo'ladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)

1. I.Gyote "Faust" - T.: "G'afur G'ulom nomidagi adabiyot va san'at nashriyoti".1972-yil.

2. M.Bulgakov "Usta va Margarita" - T.: "Yosh gvardiya" nashriyoti.1987-yil.

3. A.Mansur "Qur'oni karim ma'nolari tarjimasi"

4. Internet manbalari

5. Umid Holliyev "Usta va margarita yoxud tilsimlangan mohiyat" maqolasi

6. Isajon Sulton " "Usta va Margarita" - asrning eng yaxshi asari " maqolasi

7. Matrasulova Zulhayo "Bir asarning turli xil tarjimaviy talqinlari ("Faust" tragediyasi misolida) maqolasi

8. Hakimxojayev Muhriddin "Gyotening "Faust" tragediyasining yaratilish tarixi" maqolasi

9. Akmal Saidov "Dastlab amal bo'lgan"(Gyotening "Faust" idagi bir so'z ma'nosi va uning tarjimasi haqida) maqolasi

10. Samadova Sevar "Gyote ijodida sharqona motivlar" maqolasi

XULOSA

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.