Научная статья на тему '“QUTADG`U BILIG” ASARIDA QANOAT TUSHUNCHASI TALQINI'

“QUTADG`U BILIG” ASARIDA QANOAT TUSHUNCHASI TALQINI Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

CC BY
319
24
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
qanoat / Oyto`ldi / O`zg`urmish / tarkidunyochilik / zuhd / zohidlik / shukr. / satisfaction / Aytoldi / Ozgurmish / secularism / asceticism / asceticism / gratitude.

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Ahmadova, Shohsanam Sodiq Qizi, Mustafoyeva, Oysuluv Sohibjon Qizi

Qanoat komil inson o`zida mujassam etmog`i lozim bo`lgan maqomotlardan biri hisoblanadi. Ushbu maqolada Yusuf Xos Hojibning qanoat borasidagi qarashlari, unga erishish shartlari hamda inson kamolotidagi o`rni haqidagi fikrlari tahlil etiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

INTERPRETATION OF THE CONCEPT OF SATISFACTION IN THE WORK "KUTADG`U BILIG".

A satisfied person is one of the authorities that must be embodied in himself. This article analyzes the views of Yusuf Khos Khajib on satisfaction, the conditions for its achievement, as well as his opinion about the place of human development.

Текст научной работы на тему «“QUTADG`U BILIG” ASARIDA QANOAT TUSHUNCHASI TALQINI»

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

"QUTADGU BILIG" ASARIDA QANOAT TUSHUNCHASI TALQINI

Qanoat komil inson o^zida mujassam etmog^i lozim bolgan maqomotlardan biri hisoblanadi. Ushbu maqolada Yusuf Xos Hojibning qanoat borasidagi qarashlari, unga erishish shartlari hamda inson kamolotidagi o^rni haqidagifikrlari tahlil etiladi. Kalit so\lar: qanoat, Oytoldi, O^zg^urmish, tarkidunyochilik, zuhd, zohidlik,

shukr.

A satisfied person is one of the authorities that must be embodied in himself. This article analyzes the views of Yusuf Khos Khajib on satisfaction, the conditions for its achievement, as well as his opinion about the place of human development.

Key words: satisfaction, Aytoldi, Ozgurmish, secularism, asceticism, asceticism, gratitude.

Qanoat hamda sabr bir-biri bilan chambarchas bog'liq tushunchalardir. Komil inson egallashi lozim bo'lgan maqomotlardan biri ham aynan sabr-u qanoat hisoblanadi. XI asrda faoliyat olib borgan Yusuf Xos Hojib "Qutadg'u bilig" asarida qanoat timsoli sifatida O'zg'urmish obrazini tanlaydi. Ushbu qahramon hayotda har qanday sharoitga shukrona keltirib yashaydi. Toki bir kuni ular bergan narsasini ta'ma qilmasliklari uchun birovdan hech narsa olmaydi. Bir qornini to'ygizsa, ikki kunga shu yetarli deya qanoat hosil qiladi. U shunchalar taqdirdan qone'ki, bir juftgina kiyimi, bugunga yetar-yetmas non-suvi bo'lsa-da, tinmay toat qilib, Allohga hamd aytib umr kechiradi:

Bo'g'uz bir to'dusa eki kun barir, Egin kedse bir to'n eki yil qalir.1 Ya'ni: Qorin bir to'ysa, ikki kun o'tar, Kiyim-kechak ham bir juft -yilga yetar.2

1 Yusuf Xos Hojib. Qutadg'u bilig. Toshkent: "Fan", 1971. B.965 710-bet

2 Yusuf Xos Hojib .Qutadg'u bilig. Toshkent: G'afur G'ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2018. B.556 405-bet

Ahmadova Shohsanam Sodiq qizi

JDPU o'qituvchisi Mustafoyeva Oysuluv Sohibjon qizi

JDPU talabasi

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

Ey ne'mat egasi, shukr qil, egil, Ey mehnat egasi, sabr qil, egil.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

Shoir shukrona keltirib yashashlik har bir mo'minning vazifasi ekanligini uqtirar ekan, bu foniy dunyoning aldamchi go'zalliklariga mahliyo bo'lib, asosiy maqsaddan chalg'imaslik lozimligini ta'kidlaydi. Bu o'rinda alloma baxt-davlat ramzi bo'lgan Oyto'ldi obrazi orqali boylik va shodlikning haqiqiy in'ikosini yaratishga erishadi.

Oyto'ldi obrazi asarda vazir mansabida bo'lib, davlat, baxt ramzidir. Xo'sh, nima uchun "to'lgan oy" ma'nosini bildiruvchi ushbu nom boylik timsoliga aylandi? Buning sababini aniqlash uchun yana asar matniga murojaat qilamiz. Chunonchi, Oyto'ldi o'z ismining ma'nosi haqida shunday deydi: Oyto'ldi dedi: Bu - ismimga ma'no, Fe'lim oyga qiyos qilib der, dono. Dastlab ko'ringan oy ko'p kichik bo'lar, So'ng kunda ulg'ayar, o'sar ham to'lar. To'lishsa olamni tutar ajib nur, Jahon xalqi undan topadi huzur. Mening sifatimga shu oydir misol, Goh borman, gohida yo'qolgum, shu hol. Qaysi nochorga yuz bursam bir bora, So'zim so'z, mol-mulki ortar tobora. U boyir, ulg'ayar, shuhratga yetar, Men ketgach, uning ham obrusi bitar. Men ketgach, yiqqani to'zir, nachora, Ilk qiliq, raftorga qaytar, bechora. Davlat bevafo, ey nodon, berma dil, Uni yemirilar to'lin oy deb bil.3

Yusuf Xos Hojib Oyto'ldi obrazida ham davlat, ham baxt xususiyatlarini birlashtiradi. Ularni bir-biri bilan chambarchas bog'liq xususiyatlar sifatida tasvirlaydi. Chindan ham, na boylik, na baxt mangu emas, ular birda bor, birda esa yo'q. Oy qorong'i tunni yoritish uchun xizmat qilsa, davlat va baxt inson hayotini yorituvchi omildir. Albatta, boylikka hirs qo'yish, baxtdan mast bo'lish yaxshilikka olib kelmaydi. Zero, boylik shunday asov ot, baxt shunday ayyor nozaninki, ularni aql-zakovat bilan jilovlamasa, egasini xorlikning tubsiz jarliklariga yiqitishi mumkin. Tutgan kishi menga solmasa jilov, Kiyikdek qochib so'ng bo'lmam qayta ov Baxt kelsa, mahkam tut, yo'qsa to'zadi, Bergani rizqing, ol, yo'qsa uzadi.

3 "Qutadg'u bilig" Fazliddin Ravshanov tarjimasi. Toshkent:"Akademnashr",2015. B.698 84-bet

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

Baxt beqaror, topsang uni qil e'zoz, Yaxshi band qilmasang qaytib ketar boz. Qay uyga kirsa, tez chiqib ketadi, Chiqsa, kirgan uyin yiqib ketadi.4

Davlat va baxtning xususiyatlari to'g'risida so'z borar ekan, asarda bir voqea keltiriladi. Unga ko'ra, Oyto'ldi elig huzuriga kelib, bir koptokka o'tiradi va ko'zlarini yumib oladi. Buning sababini so'ragan Kuntug'diga boylik koptok kabi bo'lib, bir joyda tura olmasligini, davlatning ko'zi yo'qligi uchun uning qo'lidan tutgan odam halokatga yuz tutishi mumkinligini aytadi. Mana shunday xususiyatlarga ega bo'lgan dunyo moliga muhabbat qo'yishlik oqillar ishi emasligi tabiiy holatdir. Asar syujetiga e'tibor bersak, O'gdulmish Oyto'ldining o'g'li. Bu esa ramzan moddiy va ma'naviy olamning chambarchas bog'liq tarzda mavjud bo'lishligining belgisidir. Bu haqida asarning O'gdulmish va O'zg'urmishning o'zaro munozarasiga bag'ishlangan o'rinlarida shunday deyiladi: Aql topar kimlar mol-mulk bilan mo'l, Barcha ezgulikka ham uzatar qo'l. Davlat bilan tilak tilasa banda, Samoga yuksalar aziz chamanda. Tilaging haj bo'lsa, kerak mulk-tovar, Azizlik istasang ham shular berar. Moli bo'lmasa er olib-berishga, Qo'li qisqa bo'lar har ezgu ishga.5

Shunday ta'riflar bilan mol-mulknining qay jihatdan ahamiyatli ekanligini anglatadi shoir. Unga hirs qo'yishni esa asarda rad etib bo'lmas dalillar keltirish orqali qoralaydi. Jumladan, har kimning zug'umidan himoya qila oladi deb, o'ziga temirdan oshiyon qurdirgan Shaddod, butun Sharq-u G'arbni zabt etgan Iskandar, hayvonot va nabotod olami tilini bilguvchi Sulaymon alayhissalom, hiyla yo'li bilan qushlar orqali ko'kni zabt etgan Namrud, hassalari ilonga aylanuvchi Muso alayhissalom, marhumga jon baxshida eta oluvchi Iso masihlar ham bu foniy dunyoni tark etdi, hatto ularga ham dunyo vafo qilmaganda, biz nima umid qilishimiz mumkin, deya quyidagi misralarni keltiradi:

Qayonda bu ayyom, ayt o'sha Shaddod, O'ziga temir kent aylagan bunyod. Qani davlatiga ortiq inonib,

4 "Qutadg'u bilig" Fazliddin Ravshanov tarjimasi. Toshkent:"Akademnashr",2015. B.698 96-bet

5Yusuf Xos Hojib .Qutadg'u bilig. Toshkent: G'afur G'ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2018. B.556 339-bet

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

Yashil ko'k tilagan qora qush minib. Qani u Mashriqdan Mag'ribga qadar, Olamni zabt etgan kezib darbadar. Qani u hassasi ilon bo'lguvchi, Cheksiz dengiz ichra omon kechguvchi. Qani marhumga jon baxsh etar kishi, O'limga yuzlandi oqibat ishi. O'lim tutdi -eltdi ular barchasin, Ochar sen uchun ham zavol darchasin.6

Yana bir narsaga e'tiborimizni qaratishimiz lozimki, Oyto'ldi asar syujeti davomida vafot etadi hamda uning o'rniga o'g'li O'gdulmish keladi. Bundan anglashimiz mumkinki, davlat-u baxt bizni tark etgan damda faqat aql-u zakovatgina jonimizga ora kiradi.

Oyto'ldining ahvoli og'irlashgach, O'gdulmish otasiga shuncha umrini zoye qilib, dunyoga berilib yashaganligini aytib, malomat qiladi: Nechun umring xazon g'aflatda qolib, Nechun ayblaysan o'zing dod solib? Nechun terding axir ziyoda bisot, Nechun ulashmading ortiqchasin bot? Afsus-nadomatdan ne naf, otajon, Boshing erga urib, bag'ring qilma qon.7

Bunday malomatdan ta'sirlangan Oyto'ldi o'g'lining donoligidan quvonib, unga shunday nasihat qiladi:

Yashadim bir nafas, bolam, quloq sol, Nelar qildi dunyo menga, ibrat ol. Tera bilgan bu jon yeya bilmadi, Kunim kechdi afsus foyda qilmadi. Molim senga qoldi, men uchun malol, Rohat-farog'atda kun ko'rgin halol. Tuta bilsang mol-u mulkim tutgaysan, Nadomat neligin ham unutgaysan. Tuta bilmasang gar topgan-tutganim, O'zing uchun o'zing bo'larsan g'anim.8

6 Yusuf Xos Hojib .Qutadg'u bilig. Toshkent: G'afur G'ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2018. B.556 400-bet

7 Yusuf Xos Hojib .Qutadg'u bilig. Toshkent: G'afur G'ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2018. B.556 124-bet

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

Bu nasihatda barchamiz uchun ibrat bo'luvchi, makon va zamon tanlamaydigan g'oyalar ilgari surilmoqda. Bulardan birinchisi, mol-dunyo yig'gandan so'ng, uni yaxshilik yo'lida sarf etish lozimligi. Xos Hojib Alloh boylikni ham, ilmni ham o'zgalarga ulashmoq uchun hamda bandasini shu yo'l bilan sinamoq uchun beradi deb hisoblaydi. Xasislik qilib, mol-dunyoni saqlab turgan inson esa bu sinovdan o'ta olmasligi tabiiy. Zero Alloh taolo: "ularning mol-dunyolarida tilamchi va mahrumlarning (muhtojlarning) ham haqlari bordir!",-deydir.9

Hadisi sharifda bu haqida shunday deyiladi: "Abu Sa'id Xudriy raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: "Nabiy sallallohu alayhi va sallam bir kuni minbarga chiqib o'tirdilar, biz ham tegralarida o'tirdik. Janob Rasululloh bizga: "Men vafot etganimdan keyin bu dunyo sizlarga o'zining go'zalligi-yu, ziynatlarini namoyon qilmasa, deb qo'rqg'aymen",- dedilar (ya'ni, "Sizlar aysh-u ishratga berilib ketmasanglar, deb qo'rqg'aymen»,- dedilar). Shunda bir kishi: "Yo Rasululloh, yaxshilik (ya'ni, dunyoning go'zalligi-yu, ziynatlari) ham yomonlik keltirgaydirmi?" - deb so'radi. Nabiy sallallohu alayhi va sallam jim qoldilar. Odamlar boyagi kishini "Rasulullohga gapirmoqqa ne hadding bor, ul kishi senga so'zlamadilar-ku!"- deb koyishdi. Janob Rasululloh jim qolganlarida biz vahiy kelyapti, deb o'yladik. Bir ozdan keyin, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam yuzlaridagi terni artdilar-da, boyagi kishidan mamnun bo'lgandek chehralari ochilib: "Qani savol bergan kishi?" -dedilar, so'ng unga qarab: "Yaxshilik yomonlik keltirmag'aydir. Bahorda unadirgan o'tlar ichida, okilat ul-xadro'dan bo'lak, (hayvon) esa o'ldiradirgan yokim kasal qiladirgan o'tlar bordir. Ularni egan (hayvon) qorni shishib, ichi o'tib, bavl qilib, oftobda cho'zilib yotg'aydir. Keyin, ko'zi ochlik qilib, yana o'sha o'tdan egaydir. Mol-dunyo ham o'sha yashil o't-o'langa o'xshaydir. Mol-dunyosini miskin, etim va musofirlarga sadaqa qilib, so'ng u dunyoga rixlat aylaydirgan musulmon qandog' ham yaxshidir!" Nabiy sallallohu alayhi va sallam Yana bunday dedilar: "Birovning molini egri, nohaq yo'l birlan oladirgan odam qancha esa ham, to'ymaydirgan mechkayga o'xshaydir, o'sha egri yo'l birlan olingan mol qiyomat kuni uning qallobligiga guvoh bo'lg'aydir!"10

Shunday buyuk haqiqatni anglagani bois alloma Ogushug qodib er azig' taplasa, Bu er o'tru zahid bolur qur basa. Etursa, ichursa chig'ayqa uleb, Bayatg'a tapug' qilsa, ko'nlin uleb.11

8 O'sha asar 137-bet

9 O'sha asar 297-bet

10 Tafakkur.net sayti

11 Yusuf Xos Hojib. Qutadg u bilig. Toshkent: "Fan", 1971. B.965 534-bet

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

Qanoatli ko'pdan kechib oziga, Zohidlik qilolsa, yaxshi o'ziga. Yedirsa, ichirsa, g'aribni qo'llab, Xudoga topinsa, munojot yo'llab,12 -deya ta'kidlamoqda. Boriga qanoat qilib yashashni odat qilgan O'zg'urmish asarda Kuntug'dining saroyda ishlash haqidagi taklifini rad etishi ham to'rt shartga asoslangan holatda tasvirlanadi.

Tiriglik qilur -men o'zum igsizin, Yigitlik qilur -men qariliqsizin. Esen tut meni sen tushi igsizin Bayutg'ul chig'ay qilma hargez o'nin.13 In'om ayla davron shod, dorilomon, Yigitlik so'rayman mangu navqiron. Alam xastaliksiz hayot qil tortiq, Boyitgil, g'arib ham qilma hech ortiq.14

Bunday shart qo'yish Navoiyning "Saddi Iskandariy" dostonida ham mavjud. Unda Iskandarning mag'riblik aslzoda darveshga toju taxtni taklif qilgandagi bergan javobi tarzida namoyon bo'ladi. Bu shartlarni hech bir banda bajara olmasligi tabiiy, albatta. Kuntug'di ham ular oldida ojiz qoladi hamda o'tgan umridan afsus chekadi. Hatto shohlikdan kechib, qolgan umrini qanoatda, ibodatda o'tkazishga qaror qilganini O'gdulmishga aytadi. Aynan shu o'rinda shoirning o'ziga xos dunyoqarashi namoyon bo'ladi. Ya'ni u O'gdulmish tilidan shohlik ham Allohning bir bergan ne'mati ekanligini, bu baxt har kimga ham berilavermasligini haqida shunday deydi: Bu beklik kuchun almadin sen tileb, Bayat berdi fazli bile belgulab. Ag'irladi berdi bu beglik sene, Munun shukri qilg'il e bilgi ken-e.15 Olmading beklikni ming bora tilab, Xudo berdi fazli bilan belgilab. E'zozlab boz, beklik ayladi ato, Teran ilming, shukr ayla bexato.16

12Yusuf Xos Hojib .Qutadg'u bilig. Toshkent: G'afur G'ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2018. B.556 298-bet

13 Yusuf Xos Hojib. Qutadg'u bilig. Toshkent: "Fan", 1971. B.965 574-bet

14 Yusuf Xos Hojib .Qutadg'u bilig. Toshkent: G'afur G'ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2018. B.556 322-bet

15 Yusuf Xos Hojib. Qutadg'u bilig. Toshkent: "Fan", 1971. B.965 806-bet

16 Yusuf Xos Hojib .Qutadg'u bilig. Toshkent: G'afur G'ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2018. B.556 462-bet

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

Anglashimiz mumkinki, qanoat qilib yashash barcha faoliyatdan chekinib, darveshona hayot kechirmoqni anglatmaydi. Balki, hamisha o'zini isloh qilib, ilmini ziyoda qilib, nafs qutqusidan xalos bo'lmoq lozimligini anglatadi. Nafs hamisha insonni u dunyoni unutib, gunoh amallar qilmoqqa undaganligi bois Rabg'uziy "Bir nafsning ishini yetmish shayton qilolmaydi",- desa, Navoiy: "nafs itin qilsang zabun, olamda yo'q sendek shujo",-deya nafsni yengmoq mashaqqatli jarayon ekanligini ta'kidlaydi. Yassaviy esa nafsni din uyini g'orat qiluvchi deb biladi: Nafsing seni oxir damda gado qilg'ay, Din uyini g'orat qilib ado qilg'ay. O'lar vaqtda imoningdan judo qilg'ay, Oqil ersang nafsi baddin bo'lgin bezor.17

Shunday ekan, nafsni hamisha jilovlab yashamoq lozim. Nafsni faqat va faqat ilm orqali engmoq mumkin, deb hisoblaydi Yusuf Xos Hojib:

Bu nafsin ujuzla ag'ir bolg 'a jan, Bilig beg bo 'lub ko'r uqush bolg 'a xan18 Nafsingga yo'l berma, aziz bo'lgan jon, Bilim bek bo'lsin-u, aql bo'lgay xon.19

O'z nafsini enga olgan, sog'lom jism-u tanga ega ekanligiga-da shukrona keltirib yashay olgan inson haqiqiy baxtli insondir. Payg'ambarlar,buyuk so'fiylar hayotiga nazar solsak, ularning hatto boshiga kulfat kelgan damda ham shukrdan, qanoatdan yiroqlashmaganiga guvoh bo'lamiz. Beqiyos sabr-u qanoat timsoliga aylangan Ayub alayhissalomning boshidan kechirganlari fikrimizning asosidir. Buni teran anglagan Xos Hojib o'z zamondoshlari hamda kelajak avlodga qarata: E ne'mat idisi, shukr qil, egil, E mehnat idisi, sabur qil, egil.20

Ey ne'mat egasi, shukr qil, egil, Ey mehnat egasi, sabr qil, egil. 21

deya xitob qilmoqda. Agar shu chaqiriqqa amal qilib yashagina edi, Firavn, Qorunlar taqdiri o'zgacha bo'lgan bo'lardi. Ulardek shayton so'zin mahkam tutguvchilar har bir jamiyatning og'riqli nuqtasi, "og'riq tishlari" hisoblanadi.

Asarda O'zg'urmish vafoti tasviri juda ta'sirli aks ettirilgan. Qahramonning o'lim oldidan qilgan nasihatlari, ayniqsa, diqqatga sazovordir. Jumladan,

17 Adabiyot. Akademik litsey o'quvchilari uchun darslik. Toshkent: bayoz, 2018. B.224 105-bet

18 Yusuf Xos Hojib. Qutadg'u bilig. Toshkent: "Fan", 1971. B.965 786-bet

19 Yusuf Xos Hojib .Qutadg'u bilig. Toshkent: G'afur G'ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2018. B.556 450-bet

20 Yusuf Xos Hojib. Qutadg'u bilig. Toshkent: "Fan", 1971. B.965 924-bet

21 Yusuf Xos Hojib .Qutadg'u bilig. Toshkent: G'afur G'ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2018. B.556 534-bet

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

O'zg'urmish O'gdulmishga hatto o'limga ham sabr-qanoatda bo'lish lozimligini, Alloh bitgan taqdirdan norizo bo'lmaslik joizligini uqtiradi:

Sig'it qilma artiq sabr qil o 'zung, Bu ishni bayat idti kechkil so'zung 22 Yig'i-sig'i qilma sabr qil o'zing, Qat'iy taqdir hukmi, noravo so'zing 23

Yuqoridagi tahlillardan shuni xulosa qilib aytishimiz mumkinki, Yusuf Xos Hojib qanoat istilohini bu dunyodan qo'l yuvib, tarkidunyochilikni dasturilamal qilib olish, darveshlik maqomini egallash yoxud bir g'orda go'shanishinlik qilish deb talqin qilmaydi, balki Alloh bergan barcha narsaga shukur qilib, hamd aytib, borida-yu yo'g'ida sabrdan yiroqlashmaslik fazilati sifatida tasvirlaydi. Bu esa ijodkorning naqshbandiylik tariqati g'oyalarini qo'llab quvvatlaganini anglatadi. Qanoat fazilatini o'zida mujassam etish komil inson bo'lish sari odimlayotgan mo'min uchun bir pillapoyadir. Uni zabt etmay turib keyingi yuqori maqomotlarni egallash mumkin emas. Qanoatda bo'lgan, nafs hiylasiga aldanmagan inson hech qachon to'g'ri yo'ldan adashmaydi, bu dunyo baxtiga, u dunyo saodatiga muyassar bo'ladi.

REFERENCES

1. Adabiyot. Akademik litsey o'quvchilari uchun darslik. Toshkent: bayoz, 2018.

2. Alisher Navoiyning asarlari tilining izohli lug'ati, to'rt tomlik, O'zbekiston SSR. Toshkent. "Fan" 1983

3. Najmiddin Komilov. Tasavvuf. "Movarounnahr" nashriyoti. Toshkent-2009. 448 b

4. Yusuf Xos Hojib .Qutadg'u bilig. Toshkent: G'afur G'ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2018. B.556

5. Yusuf Xos Hojib "Qutadg'u bilig" Fazliddin Ravshanov tarjimasi. Toshkent: "Akademnashr",2015. B.698

6. Yusuf Xos Hojib. Qutadg'u bilig. Toshkent: "Fan", 1971. B.965

22 Yusuf Xos Hojib. Qutadg'u bilig. Toshkent: "Fan", 1971. B.965 902-bet

23Yusuf Xos Hojib .Qutadg'u bilig. Toshkent: G'afur G'ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2018. B.556 521-bet

B.224

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.