Научная статья на тему 'BIR ASARNING TURLI XIL TARJIMAVIY TALQINLARI ("FAUST"TRAGEDIYASI MISOLIDA)'

BIR ASARNING TURLI XIL TARJIMAVIY TALQINLARI ("FAUST"TRAGEDIYASI MISOLIDA) Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

608
108
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Badiiy tarjima / tarjima san'ati / original tili / obraz / she'riy tarjima / "Faust"tragediyasi / olmonshunos mutaxassislar / tarjimashunoslik.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Zulhayo Polat Qizi Matrasulova, Xurram Rahimov

Ushbu maqolada nemis adabiyoti durdonalaridan, shoh asarlaridan biri bo'lmish – Yohann Volfgang Gyote «Faust» fojianomasining o‗zbekcha tarjimaviy talqinlariga munosabat bildirilgan va shu bilan birgalikda ular bilan yaqindan tanishish orqali tarjima ilmi va san‘ati badiiy adabiyotimizda naqadar muhim o'rin tutgani ya'na bir bor ta'kidlab o'tilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BIR ASARNING TURLI XIL TARJIMAVIY TALQINLARI ("FAUST"TRAGEDIYASI MISOLIDA)»

BIR ASARNING TURLI XIL TARJIMAVIY TALQINLARI ("FAUST"-

TRAGEDIYASI MISOLIDA)

Zulhayo Po'lat qizi Matrasulova

O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti, xorijiy filologiya fakulteti

Xurram Rahimov

Ilmiy rahbar, O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti professori

zulkhayom@gmail.com

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada nemis adabiyoti durdonalaridan, shoh asarlaridan biri bo'lmish - Yohann Volfgang Gyote «Faust» fojianomasining o'zbekcha tarjimaviy talqinlariga munosabat bildirilgan va shu bilan birgalikda ular bilan yaqindan tanishish orqali tarjima ilmi va san'ati badiiy adabiyotimizda naqadar muhim o'rin tutgani ya'na bir bor ta'kidlab o'tilgan.

Kalit so'zlar: Badiiy tarjima, tarjima san'ati, original tili, obraz, she'riy tarjima, "Faust"- tragediyasi, olmonshunos mutaxassislar, tarjimashunoslik.

KIRISH

Badiiy tarjimaning hayotimizdagi tarbiyaviy, siyosiy, g'oyaviy va estetik ahamiyati, ma'rifatparvarlik roli yil sayin tobora oshib bormoqda. Buning natijasida muqarrar badiiy tarjimaga katta va jiddiy ijodiy ish deb qarashga va bu sohada ba 'zan yuz berayotgan o'zibo'larchilik tendensiyasiga uzil-kesil zarba berishga, ijodiy mahsulotning badiiy sifati va ilmiy saviyasini ko'tarish yo'lida ulkan amaliy tadbirlarni amalga oshirishga to'g'ri keladi.

Filologiya fanlari doktori, keksa yozuvchi va mohir tarjimon Korney Chukovskiy o'zining «Tarjima san'ati» («Iskusstvo perevoda») nomli mashhur asariga quyidagi rus xalq maqolini epigraf qilib olgan edi: "Tarjima xuddi xotinga o'xshaydi: to'g'ri bo'lsa - chiroyli emas, chiroyli bo'lsa to'g'ri emas". Bu maqol tarjima san'atining asosiy xususiyatini, uning zamiridagi mavjud ziddiyatni juda to'g'ri aks ettirgan. Zero, to'g'ri tarjima etishni maqsad qilib qo'ygan kishi, ko'proq, hijjalab tarjima qilishga, muddaosi chiroyli tarjima qilishdan iborat bo'lgan kishi esa... ko'proq, o'zini avtorlashtirishga moyil bo'ladi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Bizningcha, ham to'g'ri va ham chiroyli tarjimagina mukammal va ideal san'at asari bo'la oladi, bunday tarjima

April, 2023

381

ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 | Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,9 | ASI: 1,3 | SJIF: 5,771 | UIF: 6,1

yaratishning o'zi esa chinakam san'atdir. Bunday san'at tarjimondan to'g'ri tarjima qilish doirasida chiroyli tarjima qilishni, va chiroyli tarjima qilish doirasida to'g'ri tarjima qilish mahoratini egallashni talab etadi .

Shuni aytib o'tish kerakki, o'zbek o'quvchilari jahon adabiyotining durdona asarlari bilan rus tili orqali o'girilgan tarjimalar tufayli tanishmoqdalar. G'arbiy Evropa adiblarining rus tili orqali o'zbek tiliga o'girilgan asarlarini tahlil qilgan tadqiqotchilar, aksariyat, original tilini bilish zarur ekanligini, tarjimadan qilingan tarjima kutilgan natijani bermasligini, tarjimada qusurlar soni oshib ketishini qayd etadilar. Masalan, S. Saidov nemis adibasi Anna Zegersning «Barxayot o'liklar» romanining 1962 - yili rus tilidan A. Abdullaev va H. Ro'zimatov tomonidan qilingan tarjimasini asl nusxa bilan solishtirib, 308 ta xato mavjud ekanligini aniqlaydi. Bu xatolarning 109 tasi yoki uchdan bir qismi, rus tarjimoni yo 'l qo'ygan nuqson, bularni o'zbek tarjimonlari aynan takrorlash bilan birga o'zlari ham 199 ta xato qo'shganlar. S. Saidov bilvosita emas, balki bevosita original tili - nemis tilidan tarjima qilish lozim, bu davr taqozosidir, degan xulosaga keladi. Bu g'oyatda to'g'ri, o'rinli talab. Biroq shuni ham esda tutish kerakki, faqat original tilidan o'girish vojib deyilganda edi, balki biz jahon adabiyotida vujudga kelayotgan bebaho asarlar bilan ona tilimizda juda-juda kechikib tanishgan bo'lar edik. Rus adabiyoti tarjimachilik borasida ham jahonda eng yuqori pog'onada turuvchi adabiyotlardan biridir. Rus tarjimachiligi juda ko'p xalqlar uchun maktab bo'la oladigan tarixga ega. Demak, xorijiy adiblarning asarlarini bevosita original tilidan tarjima qilishga o'tish masalasini tezroq ijobiy hal etish uchun jiddiy kurashish bilan bir qatorda, rus tili orqali tarjima qilish ishini yanada yaxshilash, bunday tarjimalar sifatini oshirish, ularni asl nusxaga tenglashtirishning samarali yo'llarini ham qidirib topish lozim.

Ma'lumki, Y.Gyote, F.Shiller, H.Hayne, H.Mann, A.Zegers, aka-uka Grimmlar, F.Volf, Y.R.Bexer kabi qator nemis shoir va yozuvchilarining asarlari ham ruscha tarjimalar tufayli o'zbek kitobxonlariga yetib kelgan.

Biz amaliy tarjimachilikda uchrab turadigan illatlardan qutulib bormog'imiz, ko'rsatilgan kamchiliklar va bildirilgan e'tirozlardan xafa bo'lish o'rniga, konstruktiv munozara qilish va bepul tahrir uchun minnatdorchilik bildirishni o'rgansak, tarjimalarimiz ham shuncha tez sayqallashib borardi, yo'l-yo'lakay uchraydigan ijodiy muammolar o'z yechimini tezroq topar edi. Vaholanki, ayni paytda o'zbek tarjimachiligi shunday boschqichga ko'tarilayaptiki, hatto katta tarjimonlar va ijodkorlar o'girgan asarlar ham qayta tarjima qilinayapti. Bunga ustoz Erkin Vohidov o'girgan Y.V.Gyotening Faust fojianomasining Poshali Usmon qilgan yangi tarjimasi yaqqol misol bo'la

oladi.

April, 2023

Shuni aytib o'tish joizki, aynan bir asarning turli xil tarjimalari bo'lishi, nafaqat o'sha asarning balki adibning ham jahon miqyosida tutgan katta o'rnini ko'rsatib beradi.

„Faust: Tragediya" — nemis shoiri Johann Volfgang Gyote qalamiga mansub va u shu kungacha 80 dan ortiq tillarga tarjima qilinib kelmoqda. „Faust" tragik pyesasini ilk bor Erkin Vohidov o'zbekchaga tarjima qilgan, ammo lekin asliyat tilini bilmagan tarjimon tarjima uchun fojianomaning ruscha tarjimalarini asos qilib olgan. I qismi ilk bor 1972-yil Toshkent shahrida G'afur G'ulom nomidagi "Adabiyot va san'at" nashriyotida chop etilgan. II qismi ayni nashriyotda 1974-yil chop etilgan. I va II qismlar 2015-yilda „Yangi asr avlodi" nashriyotida bir jildli kitob o'laroq nashr etilgan.

Pyesani Erkin Vohidovdan oldin Cho'lpon, Oybek, Maqsud Shayxzoda va boshqa adiblar o'zbek tiliga qisman o'girgan. Ammo Vohidov tarjimasi ilk to'liq o'zbekcha tarjima bo'lib, adabiyotshunos olimlar, jumladan, Ibrohim G'afurov tomonidan yuqori baholangan.

Tabiiyki, tarjima paydo bo'lgach, unga asliyat tilini bilguvchi chet til mutaxassislari ham e'tibor qila boshlaydi. Shunday holda Faustning o'zbekcha tarjimasini olmonshunoslar ham o'rgana va unga munosabat bildira boshladi. Bu yo'nalishda tarjimashunoslarning sardori G'aybulla Salom va uning o'zbek olmonshunos shogirdlari Sano Saidov, Poshali Usmon, Salim Jabborov, Shavkat Karimov va boshqalarning maqolalar paydo bo'lishi, qolaversa bu asar tarjimasini dissertatsion tadqiqot materiali sifatida o'rganilib borishi tabiiy hol bo'ldi, albatta. Biroq bu borada ajoyib jur'at - asarni qayta tarjima qilish kerakligi haqida ham jiddiy fikr-mulohazalar paydo bo'ldi. Bu masalada ustoz G'.Salomov da'vati bilan Samarqand Chet tillar institutining tajribali olmonshunosi Poshali Usmon dadil harakat boshladi va asarning 1-qismi tarjimasini 2000 - yillardan oldin boshlagan bo'lsada, o'z tarjimasini 2007 - yilda A.Navoiy kutubxonasi nashriyotida chop ettirdi.

Quyida ayrim fikr-mulohazalarimni sizlar bilan bo'lishishlikni niyyat qildim. Bir maqola doirasida bir asar tarjimasining barcha masalalariga to'xtalishning iloji yo'q albatta. Bunda biz asarning birinchi qismi boshida uchragan bir-ikki e'tibor talab jihatlariga murojaat qilmoqchimiz. Tarjima asariga baho berishning jiddiy talab va tamoyillari mavjudki, ularga amal qilmaslikning iloji yo'q, shubhasiz. Bunda asar asliyatda qaysi janr va uslubda yaratilganligini inobatga olish muhimdir. Badiiy asar tarjimasida yetakchi talab ana shu badiiylikni qayta yaratilishi asosiy mezondir. Badiiylikning o'zagini obrazlilik tashkil etadi. Obrazlilikning turlari ko'p: asar qahramonlari obrazi, asar yaratilgan badiiy davr, ya'ni zamon va makon obrazlari va h.k. She'riy asar tarjimasida

April, 2023

383

esa asarning metrikasi va obrazlari saqlanishi kuzatilsa, nasriy tarjimada asosan badiiy obraz va albatta muallif individual badiiy uslubi qayta yaratilganligiga e'tibor qaratilishi lozim.

Endi esa Yohann Volfgang Gyotening "Faust" asari qahramoni bilan tanishibgina qolmay, uning tarjimonlar talqinida qanday gavdalanganinga bir nazar solsak va biroz mulohozalardan so'ng tarjima san'atiga baho bersak.

Faust - Yohann Georg Faust (taxminan 1480-1540) hayotiga asoslangan klassik nemis afsonasining bosh qahramoni. Iste'dodli olim Faust shayton bilan bitim tuzib, ruhini cheksiz bilim va dunyoviy lazzatlarga almashtiradi. Faust afsonasi adabiyotda, sahnada, kinoda va musiqada ko'plab san'at asarlarining asosi bo'lib, asrlar davomida asl manbani qayta talqin qiladi.

Shakli bo'yicha Faust - bu o'yin va she'rning gibrididir, o'qish uchun epik ikki qismli drama. U nasroniy, o'rta asrlar, qadimgi Rim, Sharq va qadimgi yunon she'riy, falsafiy va adabiy an'analariga asoslanadi.

Alisher Navoiy o'z Xamsasidagi Farhod obrazida o'z idealini ko'rsatmoqchi bo'lganiday olmon adabiyotida Gyote ana shunday murakkab Faust obrazini yaratgan. Shu sabadan Gyotening fausti nodon, ahmoq, go'l, johil, tentak shaxs emas, u aqldan ozgan ham emas, u telbasimon, o'zini tom ma'noda anglayolmay qiynalib jinni bo'layozib komillikka intilayotgan INSON obrazidir.

Faustning ikki o 'zbekchasi tarjimasiga kelsak, unda ko „zga yarq etib tashlandigan holat Ekrin Vohidovning go zal she'riy tarjimasi albatta.

Asarning 1-qismidagi Tun (Nacht) epizodi asliyatda shunday boshlanadi. "Habe nun ach, Philosophie Juristerei und Medizin, Leider auch Theologie Durchaus studiert mit heißem Bemühen. Da steh ich nun Ich armer Tor, bin so klug als wie zuvor "

Shuni nazarda tutmoq kerakki, Erkin Vohidov nemis asarini ruscha B.Pasternak tarjimasidan o'girgan. Ruschada bu parcha quyidagicha jaranglagan:

"Я богословием овладел, Над философией корпел, Юриспруденцию долбил, И медицину изучил.

384

Однако я при этом всем Был и остался дураком".

Mana shu matnning E.Vohidov qayta yaratgan o'zbekchasi:

„Ilohiyot ila band bo 'ldim,

Faylasufi xiradmand bo 'ldim,

Ilmi huquq, ilmi tabobat -

Barchasini o 'rgandim, faqat,

Faqat menga bir narsa ayon:

Nodon edim, nodonman hamon ".

Muallif eng avval falsafani tilga olgan, chunki G'arbda ham, Sharqda ham ilmu avval falsafa bo'lgan va bugun ham barcha gumanitar fanlar bo'yicha beriladigan ilmiy daraja "falsafa doktori"ligidir. Eгkin Vohidovda esa bu parcha taTjimasi Ilohiyot bilan boshlangan. Ilohiyotni esa avtoг hatto "afsus" - (leideг) so'zi bilan matnga kiritgan. Satгlaгning bu xil o'rin almashinuvi qanday sodiг bo'lgan ekan deb Eгkin Vohidov uchun asosiy asliyat vazifasini o'tagan Boris Pastemakning rnscha tarjimasiga qarasak, masala oydinlashdi-qoldi. Rus tarjimoni shunday satr almashuvini muvofik deb topgan ekan, uning bu xatosini o'zbek tarjimoni ham takrorlagan. Lekin satг boshida muallifning o'zi ham ilohiyotni birinchi o'ringa qo'yishi mumkin ediku, 60 yil yozgan asarining so'ngi tahгiг variantida! Nega biz Gyotega so'z qo'llashni o'rgatamiz?! Bunga haddimiz ham, haqqimiz ham yo'q. Ayniqsa tarjimonga bunday erkinlik qilish nojoiz.

Biroq shuncha fanlami qaynoq ishtiyoq bilan o'rgangan Faustning xulosasi o'zini o'z tilida « Ich armer Tor», ya'ni "men telba bechora» degan. Erkin Vohidovda esa bu iboгa "nodon edim, nodonman hamon" tarzida talqin etilgan. Shuncha fanlarni ehtiгos va ishtiyoq bilan o'rgangan, shu fanlar tadqiqotiga o'zini baxshida qilgan olim qanday qilib nodon bo'ladi? Ushbu holatni Poshali Usmon asliyatdagi "Ich armer Tor, bin so klug als wie zuvor"ni "Men o'sha g'o'r, telba bechora" tarzida o'zbekchalashtirib to'g'ri yechim topgan. Bu asliyat ruhi va ma'nosiga to'la yaqin talqin. (Dostoyevskiyning Telbasini eslang...). Poshali Usmon tarjimasi: Dilga jo bo 'Imish falsafadek hikmat, Huquqshunoslik va ilmi tabobat. Ko 'rastib sabot, o 'zni ayamayin, O 'rgandim hatto ilohiyot ilmin. Aqlim eskicha, bo 'lmadi dubora,

Men hamon o'sha g 'o 'r, telba bechora!

April, 2023

Bu matndagi olmoncha der Tor so'zi ruschada durak (Pasternak), glupets (Xolodkovskiy), nodon (Vohidov), g'o'r telba(P.Usmon), axmaq(ozarcha va qozoqchada) kabi tarjima va talqinlari mavjudligi tarjimonlar oldida tanlash imkoniyatini yaratadi.

Agar biz yuqoridagi tarjima parchalaridangina kelib chiqib, aynan bir tarjima ishini to'g'ri deb topadigan bo'lsakadashgan bo'lamiz, chunki, qaysidir tarjima nazm jihatidan sayqallangan, quloqqa xush keladigan bo'lsa, boshqa bir tarjima so'z san'ati va o'z o'rnida ma'no jihatidan ustun keladi. Xulosa o'rnida shuni aytib o'tish lozimki, har tokisda bir ayb deganlaridek, yuqoridagi tarjimalarda ayrim juziy kamchiliklar bor, biroq ular tarjima matniga kolanka tashlay olmaydi. Bundan tashqari o'z ustida ishlab charmaydigan tarjimashunoslarimiz, olmonshunoslarimiz va shu bilan birgalikda endi yetishib chiqayotgan faustxonlar bor ekan, tarjima ilmi va san'ati oqsab qolmaydi, balki yanada sayqal topib rivojlanaveradi.

REFERENCES

1. Gyote Y.V. Faust.1972.E.Vohidov tarjimasi;

2. Gyote Y.V. Faust. 2007. P.Usmon tarjimasi;

3. Saidov A. Qiyosiy adabiyotshunoslikka kirish. -Toshkent, G'.G'ulom nashriyoti, 2020;

2. Salomov G'. Tarjima nazariyasiga kirish. - T, O'qituvchi,1978;

5. Gyote I.V. Faust. M., 1980. B.Pasternak tarjimasi;

6. Gyote I.V. Faust. M., 1980. N.Xolodkovskiy tarjimasi;

7. Yusupova, S. „So'z durlarin termoqdir ishi: O'zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov tavalludining 80 yilligiga bibliografik sharh";

8. Rahimov X. "Gyotening "Faust" fojianomasi o'zbek tilida".

XULOSA

April, 2023

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.