Научная статья на тему 'ʻʻFAUSTʼʼ TRAGEDIYASINING BEVOSITA VA BILVOSITA TARJIMASI ASARNING ASLIYATI, TIL QOIDALARI HAMDA ASAR LEKSIKASIGA TAʼSIRI'

ʻʻFAUSTʼʼ TRAGEDIYASINING BEVOSITA VA BILVOSITA TARJIMASI ASARNING ASLIYATI, TIL QOIDALARI HAMDA ASAR LEKSIKASIGA TAʼSIRI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
239
9
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
BEVOSITA TARJIMA BILVOSITA TARJIMA / ADEKVATLIK / TARJIMON / TARJIMASHUNOSLIK / TRANSFORMATSIYA

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Xudoyberdieva Z.

Ushbu ilmiy ish tilshunoslikda bevosita va bilvosita tarjia muammolarini yoritib berishga asoslangan boʻlib Y.V.Gyotening ʻʻFaustʼʼ tragediyasi hamda uning Erkin Vohidov (bevosita) va olim Posho Ali Usmonning (bilvosita) tarjimalari misol qilib olindi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

DIRECT AND INDIVIDUAL TRANSLATION OF THE TRAGEDY "FAUST"

This scientific work is based on the problems of direct and indirect translation in linguistics, with the example of YV Goethe's tragedy "Faust" and his translations of Erkin Vahidov (direct) and scholar Pasha Ali Usman (indirect).

Текст научной работы на тему «ʻʻFAUSTʼʼ TRAGEDIYASINING BEVOSITA VA BILVOSITA TARJIMASI ASARNING ASLIYATI, TIL QOIDALARI HAMDA ASAR LEKSIKASIGA TAʼSIRI»

Xudoyberdieva Z.

Nizomiy nomidagi Toshkent davlatpedagogika universiteti

"FAUST" TRAGEDIYASINING BEVOSITA VA BILVOSITA TARJIMASI ASARNING ASLIYATI, TIL QOIDALARI HAMDA ASAR

LEKSIKASIGA TA'SIRI

Annotatsiya: Ushbu ilmiy ish tilshunoslikda bevosita va bilvosita tarjia muammolarini yoritib berishga asoslangan bo'lib Y.V.Gyotening "Faust" tragediyasi hamda uning Erkin Vohidov (bevosita) va olim Posho Ali Usmonning (bilvosita) tarjimalari misol qilib olindi.

Kalit so^zlar: bevosita tarjima bilvosita tarjima, adekvatlik, tarjimon, tarjimashunoslik, transformatsiya.

Xudoyberdieva Z.

Nizami State Pedagogy University

Tashkent

DIRECT AND INDIVIDUAL TRANSLATION OF THE TRAGEDY

"FAUST"

Abstract: This scientific work is based on the problems of direct and indirect translation in linguistics, with the example of YV Goethe's tragedy "Faust" and his translations of Erkin Vahidov (direct) and scholar Pasha Ali Usman (indirect).

Keywords: direct translation, indirect translation, adequacy, translator, translation studies, transformation.

"Faust" dramasi olmon adabiyoti va tilshunosligining asl durdonasi hisoblanadi. Buday buyuk jahon adabiyoti durdonasini o'zbek tiliga o'girgan mutarjimalar mehnati va sabri, til bilimiga tasanno aytish joiz. Tarjimonlarning mana shunday jasorati bois o'zbek kitobxonlari dunyoning bunday buyuk asarlari mutolaasidan bahramand bo'ldi. Biroq yuqorida ko'rib chiqqan misollarimiz yordamida shuni aytish joizki, har ikki tarjimon ishlari qanchalik betakror bo'lishiga qaramay, qilingan tarjimalar mukammal emasligi, ba'zan til qoidalariga, qayerdadir tarjima an analari, yana qayerda mintalitet, mahalliy, milliy koloridga amal qilib, asarning qaysidir qismlari tushirilib, qo'shib berilgan.

Ko'plab olimlar tarjima alohida tarjimashunoslik fan deya atasa, boshqa tilshunos olimlar tarjima ham tilshunoslikning bir qismi ekanini takidlashadi. Tilshunoslikda bevosita va bilvosita tarjimadagi asosiy muammolar deb ekvivalentlik va adekvatlik tanlash, transformatsiya jarayonlari olindi va ular

haqida ma'lumotlar, jahon hamda o'zbek lingvist olimlarining nazariyalari turli misollar yordamida berildi.

Nega endi aynan transformatsiya jarayoni tilshunoslik va tarjimashunoslik uchun muhim hodisa? Boisi har qanday asar tarjima qilinayotganida iloji boricha asliga yaqin qilib tarjima qilishga harakat qilinadi. Bunda muallifning o'ziga xos asar yozish uslubi va texnikasi hisobga olinishi kerak. Mohir tarjimon asar tarjima qilayotganida uni asliyatga yaqinroq chiqishini ta'minlaydigan tarjima usullaridan xabardor bo'lishi kerak. Bu o'rinda transformatsiya tarjimonga ko'makka keladi.

Transformatsiya asosiy modellarni ma'lum qonuniyatla rga tayangan holda o'zgartirib, ikkilamchi til strukturalarini yaratish usullaridan biri; berilgan til sathidagi o'xshash gap va frazalar morfo-sintaktik mosligining ramziy ifodalanishi[1 ;146] sodda sintaktik qurilmalarning murakkablashuvi demak. [2 ;112]

Lingvist olimlar Xomskiyning fikricha transformatsiyalar yordamida belgilar ustida to'rt xil ishni amalga oshirish mumkin. Bular, qo'shish, tushirib qoldirish, o'rin almashtirish va belgilarning almashinuvi.

L.S.Barxudarov transformatsiyaga biri ikkinchisining asosida kelib chiqqan til yoki nutq birliklarning o'zaro munosabati, tarjimadagi transformatsiyani esa ekvivalentlik va adekvatlikni ta'minlash uchun ishlatiladigan tillararo turli xil almashinishlar deya ta'rif beradi va ularni quyidagi turlarini keltirib o'tgan:

1) o'rin almashtirish (gap tarkibidagi so'z va so'z birikmalar yoki ergash gap komponentlarining o'rin almashishi);

2) almashtirish (so'z shakllari, gap bo'laklarini almashtirish, qo'shma gaplardagi sintaktik almashinishlar, gaplarning qo'shilib ketishi, konkretlashtirish, umumlashtirish, sababni natijasi bilan va aksincha almashtirish, antonim tarjima, kompensatsiya);

3) qo'shish;

4) tushirib qoldirish.[3 ;89]

V.N.Komissarov esa transformatsiyalarni quyidagi turlarga ajratadi:

1) leksik transformatsiyalar (transkribsiya, transliteratsiya, kalka usuli, leksik-semantik almashtirishlar: konkretlashtirish va modulyatsiya);

2) grammatik transformatsiyalar (so'zma-so'z tarjima, gaplarning qo'shilib ketishi, grammatik almashtirishlar: so'z turkumlari, gap bo'laklari);

3) kompleks (leksik-grammatik transformatsiyalar: antonym tarjima, eksplikatsiya (tasviriy tarjima), kompensatsiya).

Y.I.Retskerning transformatsiyalarni quyidagicha ikki guruhga ajratadi:

1) leksik transformatsiyalar (konkretlashtirish, umumlashtirish, antonym tarjima, kompensatsiya);

2) Grammatik transformatsiyalar (gap bo'laklarining almashinuvi va so'z turkumlarining almashinuvi).

L.K.Latishev, ''Matn tarjima qilinayotganida sintaktik transformatsiya uning mazmuni, stilistikasiga putur yetmasligi uchun ishlatiladi. Matn bir tildan umuman boshqa til sistemasiga kiruvchi boshqa bir tilga tarjima qilinayotganda transformatsiyalarsiz tarjimani amalga oshirib bo'lmaydi", deydi.

Tarjima ilmi amaliyotda qo'llanilgandagina tarjimaning muvaffaqiyatli chiqishi va uning sifatiga nafi tegishi mumkin.

Eng mos muqobilni topish tarjimada juda muhim sanaladi. Bu sohada tilshunoslik nazariyasining hissasi beqiyosdir. Tarjimon odatda asliyat tilidagi eng yaqin muqobilni tarjima qilinayotgan tilga moslashga harakat qiladi. Tarjima ilmiy-nazariy o'rganish ob yekti bo'lishi zarur. Unda tahlil va uyg'unlashtirish jarayoni, matnda nimaga ahamiyat berish lozimligi, qanday axborot zarurligi va maqsadga erishish uchun nimalarga e'tibor qilish kerakligi ahamiyatlidir.

Muqobillar ma'nosi ko'p hollarda kontekstga bog'liq bo'lsada, tarjimon lug'at bilan ishlay olishi va eng muhimi tarjima qilinayotgan so'zning ma'nosini yaxshi bilishi shart. Tarjimada so'zni taxminiy o'girish mumkin emas. I.G'ofurov, O.Mo'minov va N.Qambarovning "Tarjima nazariyasi" kitobida ta'kidlanganidek, asliyatdagi so'zga qisman to'g'ri keladigan ekvivalentni topish ko'pincha tarjima qilishda muammo yaratadi. Bunday so'zlar odatda polisemantik, ya'ni ko'p ma'noli hisoblanadi. So'z ma'nosining qaysi biri qo'llanganini aniqlash tarjimonning birinchi galdagi vazifasi hisoblanadi. Tarjimada adashishdan, noto'g'ri so'z tanlashdan saqlaydigan til hodisasi bu -kontekstdir. Tilshunoslikda kontekstning ikki turi mavjud: lingvistik va ekstralingvistik.

Kontekstda so'zlar ko'chma ma'noda qo'llanganda tarjima muammosi paydo bo'ladi. Tarjimada bitta tushunchaga mos keladigan boshqa bir tushunchani topish ancha mushkul. Shu boisdan ham ba'zida so'zga so'z, so'zga so'z birikmasi, so'zga gap to'g'ri kelishi mumkin. Bunda ikki va undan ortiq so'zdan iborat bo'lgan frazeologik birlik bitta so'z ma'nosiga to'g'ri keladi. Har ikki tilda bir so'zning barcha ma'noviy farqlarini qamrab olishning imkoni yo'q. Asliyatdagi so'z ma'nosi tarjima tilida to'liq va qisman, ba'zida esa hech qanday ekvivalentga ega bo'lmasligi mumkin. Agar asliyatdagi so'zga tarjima tilida bitta so'z to'g'ri kelsa, u holda ikki tildagi so'z ma'nolari to'liq ekvivalentga ega bo'lgan hisoblanadi. Bunday so'zlar sirasiga, odatda, atoqli otlar, geog rafik va joy nomlari, korxona, tashkilot, muassasa, kema va mehmonxona nomlari kiradi.

Ekvivalentlar aksariyat hollarda monosemantik, ya'ni bitta ma'noga ega bo'lgan so'zlardir. Odatda lug'atlarda so'z ma'nosining muqobillari beriladi. Tarjima jarayonida tarjimon ko'p ma'noli so'zning qaysi ma'nosi qo'llanganligini kontekst asosida o'zi aniqlaydi. Biroq tarjimonlarning ba'zi xatoliklari kishida shubha uyg'otadi. Masalan, J.V.Gyotening ''Faust'' tragediyasi ''Hexenküche'' (Alvastining oshxonasi) qismida der Kater so'zi Erkin Vohidov talqinida negadir maymun deya berilgan. Alsida der Kater so'zi 1) erkak (nar) mushuk; 2) tun oshiftasi, degan ma'noni (o'zga ma'nosi mavjud

emas) beradi. Agar tarjimonni ushbu xatosini bilvosita, ya'ni rus tilidan qilinganini e'tiborga oladigan bo'lsak, ikkinchi tarjimon, bevosita, to'g'ridan-to'g'ri nemis tilidan o'zbek tiliga o'girgan mutarjim Posho Ali Usmonning huddi shu xatoni, mushuk deb tarjima qilishini qanday tushunish mumkin? Vaholangki mushuk maynundan tubdan farq qiladi va ushbu almashtirilish, transformatsiya nojoiz hisoblanadi.

Xulosa qilib aytganda mutarjimlar tutgan yo'l asl matn sintaksisi, grammatikasiga ta'sir o'tkazgan, ya'ni so'z birikmalarini idiomalar, iboralarga almashtirish grammatik translatsiyaga sabab bo'lgan.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. О.С.Ахманова. Словарь лингвистических терминов. издательство «Советская энциклопедия» M. 1966.

2. В.Н.Ярцева. Лингвистический энциклопедический словарь. Большая Российская Энциклопедия. 1990.

3. Бархударов Л.С. Язык и перевод. М.: Международные отношения, 1975. 190 с.

4. Худайбердиева, З. (2021). Х,озирги замон немис тилидаги эргашган кушма гапларнинг синтаксисда тутган урни. Science and Education, 2(3), 403-414.

5. Зумрат Худайбердиева (2021). Немис тилида эргашган кушма гапларнинг кушма гаплар доирасида тутган урни. Science and Education, 2 (4), 450-457.

6. Худайбердиева, З. Немис тили эргашган кушма гаплар турлари ва уларнинг узига хос лисоний хусусиятлари. SCIENTIFIC PROGRESS, 2 (1), 1114-1121

7. Худойвердиева З, Абдухалилова Д, Рахматов F. Frazeologiyada gender muammosi ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 6 | ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor(SJIF) 2021: 5.723 DOI: 10.24412/2181-1385-2021-6-1339-1345

8. Худойвердиева З, Абдухалилова Д, Рахматов F. Немис ва узбек тилларида жуфт сузлар ва уларнинг узбек тилида ифода этилиши. ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 6 | 2021 ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.