Научная статья на тему 'TARJIMADA UCHRAYDIGAN ASOSIY XATOLAR'

TARJIMADA UCHRAYDIGAN ASOSIY XATOLAR Текст научной статьи по специальности «Биологические науки»

CC BY
4530
510
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
matn / tarjima / leksika / atama / tarjima muammolari / transformasiya (o’zgarish) / ma’lumot. / text / translation / vocabulary / terminology / translation problems / transformation / information.

Аннотация научной статьи по биологическим наукам, автор научной работы — Sh. D. Razakova

Ushbu maqolada tarjimashunoslikdagi paydo bo’ladigan umumiy muammolar mavzulari yoritilgan. Shuningdek, tarjimashunoslikning hozirgi davrdagi talabi va uning jamiyatdagi o’rni ko’rsatilib ketilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

MAIN ERRORS IN TRANSLATION

This article addresses some of the common problems that arise in translation studies. It also highlights the current demand for translation studies and its place in society.

Текст научной работы на тему «TARJIMADA UCHRAYDIGAN ASOSIY XATOLAR»

TARJIMADA UCHRAYDIGAN ASOSIY XATOLAR

Sh. D. Razakova

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti, o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada tarjimashunoslikdagi paydo bo'ladigan umumiy muammolar mavzulari yoritilgan. Shuningdek, tarjimashunoslikning hozirgi davrdagi talabi va uning jamiyatdagi o'rni ko'rsatilib ketilgan.

Kalit so'zlar: matn, tarjima, leksika, atama, tarjima muammolari, transformasiya (o'zgarish), ma'lumot.

MAIN ERRORS IN TRANSLATION ABSTRACT

This article addresses some of the common problems that arise in translation studies. It also highlights the current demand for translation studies and its place in society.

Keywords: text, translation, vocabulary, terminology, translation problems, transformation, information.

KIRISH

Bugungi kunda zamonaviy globallashuv va madaniyatlararo aloqalarning jadal rivojlanishi, xalqaro aloqalarni kengayib borishi, davlatlar o'rtasidagi savdo-iqtisodiy va moliyaviy aloqalarning rivojlanishi, Yevropa mamlakatlari va butun dunyoning integrallashuv jarayonining kuchayib borishi, fan va texnologiyalarning rivojlanishi, ilmiy va texnikaviy ma'lumotlarning doimiy ravishda uzviy almashib borishining samarali omillari sifatida hozirgi kunda chet tillarining ahamiyati katta e'tiborga sazovordir. Shuningdek, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy taraqqiyot bosqichida chet tili dunyoning turli xalqlar vakillari o'rtasida og'zaki va yozma aloqa vositasi sifatida keng qo'llanilib kelmoqda.

Bilim va texnologiyalar jadal rivojlanishi oqibatida zamonaviy davr bugungi jamiyatda barcha jihatlarni qamrab olgan holda va zamonaviy iqtisodiyot o'zgarib boraytgan sharoit davrida, shuningdek turli xil sohalariga tegishli ilmiy va texnik matnlarni tarjima qilishda amaliy ko'nikmalarga ega bo'lgan tarjimonlar -

mutaxassislar bugungi kunda alohida ehtiyojga munosibdir. Shu sababli keng bilimli tarjimon mutaxassislarga ehtiyoj kun sayin ortib bormoqda.

Zamonaviy texnologiyalarning rivojlanishi sababli, bugungi davrda dunyoning turli mamlakatlaridagi olimlar tezkor ma'lumot almashish va qo'shma tadqiqotlar olib borish imkoniyatlariga ega bo'lib, ushbu aloqa vositalari tufayli zamonaviy ilmfan misli ko'rilmagan natijalarga erishilmoqda. Bunday sharoitda ko'pgina ishlab chiqaruvchi tashkilotlar ilmiy adabiyotlarning yuqori sifatli tarjimasiga ehtiyoji sezilarli darajada oshib bormoqda. Tarjimonlar esa ilmiy adabiyotlar tarjimalarini doimiy ravishda o'zining so'z boyligiga qo'shib borishi, atamalarni tushunish qobliyatini oshirib borish va ularning ma'nosini bilishi shartdir.

Shuning uchun ilmiy-texnik atamalrni tarjima qilishda tarjimon avvalam bor ilmiy-texnik nuqtai nazardan ma'noga katta e'tibor berishi lozim, keyinchalik esa ilmiy-texnik tor atamalari bilan solishtirilish ko'nikmasiga ega bo'lish lozim[1.B.303].

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYASI

Ilmiy va texnik matnlarni tarjima qilish jarayonida quyidagi talablarga amal qilinishi lozim: tarjima ekvivalentiga, tarjima aniqligiga, tarjima ma'lumotlar sifatiga, tarjima mantiqiviyligiga va uning yoritilish sifatiga. Ilmiy-texnik matn sifatli tarjimaga ega bo'lishi uchun, tarjimon quyidagi bilim va ko'nikmalarga ega bo'lishi lozim:

- Chet tili nazariyasi, tilning fonetikasiga, leksikasiga va grammatik tuzilishi haqida bilimga ega bo'lishi lozim;

- Ilmiy va texnik matnlarni tarjima qilish xususiyatlar ko'nikmasi amalyotiga;

- Lingvistik amaliy bilimga (tarjima usullari, transformasiya, so'zlar ekvivalentini almashtirish ko'nikmasi, so'zlar qo'shish ko'nikmasi, atamalr bilan tasvirlash ko'nikmasi va hakozo);

- Matnni tarjima qilish jarayonida gap mazmuni va jumlalarni ishlata olish ekstralingvistik bilim va qobliyatiga ega bo'lish lozim (bunda maxsus ilmiy - texnik matnni tarjima qilishda yetarli ma'lumotlarga ega bo'lish talab qilinidi)[5.B.253-259].

Eng asosiysi tarjimada bilinmas muammolardan biri bu tarjimon "ilmiy tarjima" nima ekanligini to'liq tushunchaga ega bo'lmaslik. Ilmiy tarjimani muvofaqiyatli bajarish uchun, uni boshqa tarjima turlaridan farqi nimada ekanligini tarjimon tasavvurga ega bo'lishi shart. Umuman olganda, ilmiy uslub tarjmasi, tadqiqot mavzusiga oid ko'plab matnlarni o'z ichiga oladi - tezislardan boshlab,

referatlar va maqola taqrizlarini, doplom, dissertatsiya va monografiya qo'l yozmalari o'zida mujassam etadi.

Yuqoridagi ish turlarini tarjima qilishda quyidagi faktorlarga e'tibor berilishi lozim: tarjima maqsadi, tarjima uslubi, tarjimadagi matnni tashkil qilish va uning qismlari o'rtasidagi uzviy bog'liqlik munosabatlar.

Akademik matnlarning tashqi tuzilishidan tashqari (Boblar, bo'limlar, paragraflar), uning ichki tizilishi ham mavjud. Ilmiy matnlarni tarjima qilishda o'ziga xos xususiyatlar mavjud - bu umumiy ma'lumotlardan material muammolarni belgilab olish va ularning yechimini taqdim etish usulidir. Misol uchun Ingliz tilida matn qismlarini bir-biriga bog'lash uchun, shuningdek, bitta ibora ma'nosidan boshqa ibora ma'nosiga o'tish uchun, turli maqsadlarda ishlatiladigan bir qancha so'zlar va iboralar mavjud. Misol uchun:

- shuningdek (in addition, moreover, furthermore...);

- shunga qaramsdan (although, however, despite, in spite of, nevertheless...);

- boshqa so'zlar bilan ifodalaganda (in other words);

- misol uchun (for example, for instance...)[2.B.50-54].

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Tarjimada atamalarga oid muammolar.

Ilmiy tafakkurning yetakchi shakllaridan biridir va u ma'noni anglash va idrok etish tushunchalari bilan bog'liqdir. Ilmiy matndagi deyarli har bir atama leksik bi rlik bo'lib turib, u maxsus leksik birliklar ma'nolaridan birini ifodalaydi. Bu leksik birliklar esa atamalar kategoriyasiga mansubdir.

Umuman olganda atama bu fan va texnologiyalar kesimida ma 'lum bir sohaga xos bo'lgan so'z yoki iboradir. Atama tilshunoslikda aniq semantik chegaralarga ega. Shundan kelib chiqadiki, atamalar bu ma'lum bir fanga tegishli og'zaki iboralar bilan mustahkamlangan tushunchalar tizimidir. Agar umumiy tilda (atamadan tashqari) so'z ko'p manoga ega bo'lsada, u atamalar kategoriyasiga tushib qolsa, ushbu so'z aniq ma'noga ega bo'lib qolib, tarjimada esa uning atamadagi ma'nosi qo'llaniladi.

Shu sababli, tarjimonning ilmiy matnni tarjima qilishda yo'l qo'yadigan asosiy xatolaridan biri bu ilmiy lug'atlardan foydalanish qobliyati yetarlicha ko'nikmalar mavjud emasligi yoki atamaga xos bo'lgan mavzuni aniq ma'lumotga ega emasligidir - bu xolat xatto o'z ona tilida ham kuzatilishi mumkin. Qo'llanilish va miqdoriy jihatdan, ilmiy uslub matnlarida atamalar maxsus lug'atlari boshqa turdagi lug'atlardan kengroq foydalaniladi. Ular quyidagilar: nomenklatura nomlari, professionallik lug'at va atamalar, kasbga oid jargon va boshqalar. Ushbu leksika ilmiy matndagi barcha sohalarida keng qo'llaniladi (yani matn klassifikasiyasida,

matn tuzulishida va uning funksiyasida, matn komponentlarida va faktorlari ham inobatga olinadi). O'rtacha hisobda, atamalarga oid yoki terminologik lug'at ilmiy matnlarning umumiy lug'at boyligidan 20 foizini tashkil qiladi.

Tarjimada grammatikaga oid muammolar.

Ilmiy muloqot uslubida o'ziga xos grammatik xususiyatlar mavjud. Masalan ingliz tilidan o'zbek tiliga ayrim matnlar tarjima qilinganda, bazi hollarda leksik ma'no yo'qolishi va fe'llar mavhum ma'noga ega bo'lish holatlari kuzatiladi. Misol uchun:

- It seems very interesting - Bu juda qiziq ko'rinadi.

- He probably got a cold - Balki u shamollab qolgan.

- Ali feels himself strange - Ali o'zini g'alati his qilayapti.

Bu hollarda ot birikmalarining o'rniga semantik yuklama fe'llarga tushushini ko'rishimiz mumkin. Boshqacha qilib aytganda fe'llar ushbu gaplarda muhim grammatik vazifani bajarib kelmoqda.

Shuningdek, ingliz tilidagi ilmiy uslub matnlarda mavhum fe'llar ham ko'p hollarda ishlatiladi:

- Many houses were built in short term - Ko'pgina uylar qisqa mudatda qurilgan;

- Some new planets were discovered in mid of 2000's - 2000-yillarda bir qancha yangi sayyoralar kashf qilingan (topilgan).

Yuqorida ko'rsatilgan misollarda ko'rinib turibdiki bunda mavhum otlar ingliz tilida ham keng qo'llaniladi va asosiy yuklama fe'llarga qaratilgan yani majhul nisbat fe'llariga.

Tadqiqotni yana qiziqarli tarafi shundaki, bugungi kungi lingvistikasida ingliz tilida hozirgi zamon fe'llarning qo'llanilish foizi o'tgan zamon fe'llari bilan teng, bunda albatta ilmiy matnning kontekstiga bog'liq.

Umuman olganda ilmiy matn aniq mantiq bayoniga ega bo'lishi shart va ushbu mantiqni to'g'ri va sifatli tarjima qilib berish esa tarjimonning eng asosiy vazifalaridan biridir. Ilmiy uslubdagi matnlar ko'p hollarda bir hil ko'rinishga ega bo'lib turib, ushbu matnlar ifodalsh xususiyatlariga ega. Bu kabi matnlarda so'roq gaplar kam ishlatiladi, ishlatilsa ham matn bilan tanishayotgan o'quvchini e'tiborini qaratishga yo'naltirilgan bo'ladi. Ilmiy matnlarning xususiyatlaridan biri, unda his tuyg'u hislatlari qo'llanilmaydi[3.B.203].

Tarjimaning umumiy nazariyasi.

Tarjima umumiy nazariyasi, tarjimaning aniq tajribasidan kelib chiqqan xulosalarni tizimlashtiradi va unga asos yaratadi. Tarjima jarayonida, tarjimaning

natijalari va uning g'oyalar umumlashtiriladi, shu bilan birgalikda tarjima faoliyatida tarjimaga xos bo'lgan shart-sharoitlar va omillar hisobga olinadi.

Tarjimaning umumiy nazariyasi konsepsiyasi rus tilshunosi va lingvisti A.V. Fedorov asarlarida keng va to'liq yoritilgan. Ushbu kontseptsiyaga ko'ra, har qanday sifatli tarjima matni, uning lingvistik asosini filologik tahlil qilinish bilan boshlanib, badiiy ijod yoki ilmiy tahrir bilan yakunlanishi lozim[4.B.335].

Tarjimaning maxsus nazariyasi.

Tarjimaning maxsus nazariyasi (yoki tilshunoslikda bir juftlikka qaratilgan tarjimasi bo'yicha tadqiqotlar) ikki til o'rtasidagi yozishmalarning ekvivalentlari, variantlari, shuningdek, muayyan vaziyatda ularni tanlash omillari va mezonlarini hisobga olinishi lozim. Ushbu nazariya doirasida tarjima hodisalarini o'rganishning asosiy usuli - bu ikki tilni taqqoslashdir. Misol uchun: O'zbek va Rus tilini, yoki Rus va Ingliz tilini, yoki Ingliz va Nemis tilini.

Tarjimaning transformatsion nazariyasi

Tarjimaning transformatsion nazariyasi (modeli), tarjima faoliyati davomida tarjima matniga o'zgartirish kiritish bilan ifodalanadi. Sabab ba'zi hollarda matn ma'nosini to'liqligicha tarjima qilib bo'lmaydi yoki tarjima qilish mushkul.

XULOSA

Misol uchun:

Not long-ago computers were considered an amazing invention. Today they form part of our everyday lives. The latest thing today is Virtual Reality. A Virtual Reality system can transport the user to exotic locations such as a beach in Hawaii or the inside of the human body.

O'zbek tili tarjimasi:

O'tgan davrda kompyuterlar ajoyib ixtiro deb hisoblanar edi. Bugungi kunda ular bizning kundalik hayotimizning bir qismini tashkil qiladi. Oxirgi ixtrolardan biri - bu Virtual haqiqat. Virtual haqiqat tizimi foydalanuvchlarni Gavayidagi plyaj yoki inson tanasining ichki qismi kabi ekzotik joylarga olib borish imkoniyatiga ega.

Misolda ko'rib turganimizdek ingliz tilidan o'zbek tiliga bajarilgan tarjima to'liq tarjima qilinmagan, aksincha transformaiyaga duch kelgan. Yani original matn o'zbek tilida boshqa so'zlar bilan ma'nosi yoritilgan.

Tarjimaning transformatsion modeli amerikalik tilshunos N. Xomskiyning "transformatsion yoki generativ grammatika" g'oyalari bilan bog'liq. Ushbu nazariya doirasida tarjima matni yaratish jarayoni boshlang'ich tilning birliklari va tuzilmalarini tarjima tilining birliklari va tuzilmalariga sintaktik ravishda aylantirish sifatida ko'rib chiqiladi, bunda tarjima jarayonining bosqichlari va usullariga katta

e'tibor beriladi. Shuningdek, ushbu nazariya amerikalik tarjimashunoslari K. Nayde, B.O. Kads va V. Koller asarlarida ham eslatilib o'tilga. Umuman olganda, transformatsion nazariya g'oyalari tarjima bilan bir -biri bilan bog'liq bo'lgan va tillar juftligini tarjima qilish jarayonida o'zaro bog'liq bo'lgan tuzilmalar va birliklarni aniqlashda tarjimashunosikdagi imkon beruvchi muhum usullaridan biri.

REFERENCES

l.Ogli, Kuvonov Zarifjon Maxsiddin. "Die vorteile und nachteile der online-bildung." Academic research in educational sciences 2.CSPI conference 2 (2021): 478-481. 2.Зариф, Кувонов (2020). Немис тилига франсуз тилидан узлашган сузларнинг структурал-семантик таджики, XXI аср тилшунослиги ва таржимашунослигининг долзарб муаммолари: назария, амалиёт, инновация

3.Кувонов, Зарифжон (2020). Немис тилига узлашган сузларнинг келиб чикдш тарихи. Проблемы и перспективы развития современной науки в странах Европы и Азии - XXIV Международной научно-практической интернет-конференции.

4.Муродкосимов, А., Рахманова, Д., Санакулов, З., & Зарипова, Г. (2020). Немис ва узбек тилларида суз ясаш усуллари (композицион усул мисолида). Academic research in educational sciences, (2).

5.Муродкосимов, A., Рахмaнова, Д., Санакулов, З., & Зарипова, Г. НЕМИС ВА УЗБЕК ТИЛЛАРИДА СУЗ ЯСАШ УСУЛЛАРИ (КОМПОЗИЦИОН УСУЛ МИСОЛИДА).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.