International scientific-practical conference on the topic of "Problems and perspectives of modern technology in teaching foreign languages"
YOVUZ BAHODIRO'G'LINING "BUHARA YANIYOR" (XORAZM O'T ICHIDA) ROMANINING TARJIMASIDA ASLIYAT USLUBINING
BERILISHI
(The translation of the original style in the translation of Yovuz Bahodirogli's novel "Bukhara Yaniyor" (in the fire of Khorezm))
d https://doi.org/10.24412/2181-1784-2022-20-388-392
Zuhriddinov Biloliddin Xiloliddin o'g'li,
O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, o'qituvchi e-mail: Bilol9394@icloud.com tel: +998974778979
Tarixiy mavzudagi asarlarni tarjima qilishda tarixiy taraqqiyot jarayonida ko 'pgina so 'z va iboralarning semantik vazifalari o 'zgarib, keyinchalik ular butunlay boshqa tushunchalarni ifodalashga xizmat qila boshlashiga alohida e'tibor qaratish lozim. Badiiy asardagi obrazni xarakterlashning asosiy vositalaridan biri portret obrazidir. Portret tasviriy san 'at va badiiy adabiyotda hayot haqiqatini bevosita aks ettiruvchi muhim omillardan biridir.
Kalit so'zlar: tarixiy, asliyat, portret, ijodkor, tarjimon.
When translating works on historical themes, special attention should be paid to the fact that in the course of historical development, the semantic functions of many words and phrases change, and they later begin to serve to express completely different concepts. One of the main means of characterizing an image in a work of art is the portrait image. Portraiture is one of the most important factors in the visual arts and fiction to directly reflect the realities of life.
Keywords: historical, original, portrait, creative, translator.
Jahon adabiyoti taraqqiyotida tarixiy roman alohida o'rin tutadi. Chunki, tarixiy voqea-hodisalarni haqqoniy, izchil hujjat va manbalar asosida tasvirlash yozuvchidan katta mahorat talab etadi. Shu bois ham, tarixchilar bilan ijodkorlarning tarixiy fakt va materiallarga munosabatlari turlicha bo'ladi. To'g'ri, tarixiy makon va
ANNOTATSIYA
ABSTRACT
KIRISH
International scientific-practical conference on the topic of "Problems and perspectives of modern technology in teaching foreign languages"
zamondagi voqea-hodisalarni fakt hamda materiallar asosida sinchiklab, batafsil o'rganish borasida tarixchi ham birday mashaqqat chekadi, ko'p mehnat sarflaydi. Ammo, ijodkor mehnati tarixchinikiga nisbatan og'irroq va mas'uliyatliroqdir. Chunki, agar tarixchini, asosan, muhim tarixiy voqeaning mohiyati, mazmuni qiziqtirsa, ijodkor har bir kichik detalning haqqoniyligi borasida ham ko'p tashvish chekadi. Tarixchi ko'rganlarini, bilganlarini xolis, haqqoniylik bilan aks ettiradi. Ijodkor esa tarixiy faktlarga tayansa ham, baribir, asarda yangi bir olam yaratadi, bu olam ijodkor badiiy tafakkuri mahsuli bo'lib, unga o'z bahosini beradi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Ijodkorning o'tmishga munosabati o'z-o'zidan paydo bo'lmaydi. Uning tarixiy manbalarni o'qishi, o'rganishi, o'tmishning makon va zamon manzaralarini chuqur his qilishi, anglashi, idrok etishi tufayli yuzaga keladi. Tarix haqiqati badiiy asarga shundayligicha kirib kelmaydi. U yozuvchi fantaziyasi bilan to'ldiriladi, muayyan g'oyaviy maqsadga bo'ysundirilishi barobarida, avvalo, ko'z o'ngimizda tirik odamday gavdalanishi kerak. Tarixiy hamda tarixiy mavzularga bag'ishlangan asarlarni tarjima qilganda shunga alohida e'tibor berish lozimki, tarixiy taraqqiyot jarayonida ko'pchilik so'z va iboralarning ma'nova vazifalari o'zgarib, ular keyingi paytlarda mutlaqo o'zgacha tushunchalarni ifoda etish uchun xizmat qila boshlaydilar.
Tarixiy asarlardan biri taniqli turk tarixchi olimi va yozuvchi Yavuz Bahodiro'g'lining "Xorazm o't ichida" (Buhara yaniyor) romani bo'lib, uni o'zbek tiliga Boboxon Muhammad Sharif tarjima qilgan. "Xorazm o't ichida" (Buhara yaniyor) romani Buyuk Xorazmshohlar davlatining Chingizxon tarafidan qulatilishini kelajak avlodga katta saboq shaklida yetkazadi. Qudratli bir davlatning sultoni bo'lgan Olovuddin Muhammad o'z askarlarini to'plagancha, Chingizxon bilan qarshilashmasdan qochib qolib, mamlakatni tanazzulga yuz tutishiga sababchi bo'ladi. O'g'li Jaloliddin, shu bilan birga roman bosh qahramoni hisoblangan qo'mondon Temur Malikning harakatlari, Chingizxonning shavqatsizlig-u, zulmlari, buyuk davlatni uzoqni ko'ra olmaslik sababli parchalanib ketishi romanda ochib beriladi. Ushbu roman turk xalqi orasida juda iliq kutib olinadi. Muallifning bundan tashqari ko'plab romanlari, jumladan, "Elveda Buhara" (Alvido Xorazm), "Malazgirt'te Bir Cuma Sabahi" (Malazgirtda bir juma tonggi), "Selaheddin Eyübi" (Salohiddin Ayyubiy) nomli asarlari mavjud va bu asarlarning barchasi tarjimon Boboxon Sharipov tomonidan o'zbek tiliga o'girilgan.
International scientific-practical conference on the topic of "Problems and perspectives of modern technology in teaching foreign languages"
Ba'zan asar tarjimasi asliyat asardan ko'ra kitobxonga ko'proq ta'sir ko'rsatishi mumkin. Obrazlilikni saqlab qolish, ta'sirchanlikni kuchaytirib, asliyat ruhini kitobxonga yetkazish tarjimonga ulkan vazifa yuklaydi. O'rnak sifatida asardagi Turkon xonim portretiga e'tiborimizni qaratamiz:
"ílerlemi§ ya§ina ragmen hayli ding kalmi§ti. Yüzü bir geng kizinki kadar düzgün, ellerinin derisi gergindi. Her haliyle rahat gegmi§ bir ömrün sefasini sürdügü belli idi. Ba§ini, gümü§ simlerle i§lenmi§ kar gibi beyaz bir e§arp gevreliyordu. Bir ucuqii zarafetini simgelemek istercesine sag omuzundan beline dogru sarkitmi§ti. Ba§inin tepesinde ise, kügük fakat gok kiymetli tallarla bezeli altin bir tag bulunuyordu" [Bahadiroglu Y., 1998: 17]. Asliyatda muallif Turkon Xotunni go'zal, salobatli, tetik qilib tasvirlagan. Asarni o'qish jarayonida kitobxonning ko'z oldiga viqorli, ko'rkam ayol keladi. Tarjimonning vazifasi aynan mana shu obrazni o'zi tarjima qilayotgan tiliga mukammal yetkazib berish. Asar tarjimasiga e'tiborimizni qaratamiz: "Ancha yoshni qoralab qo'yganiga qaramay, Turkon Xotun hali tetik. Yuzi yosh qizlarnikiday tarang, qo 'llarining terisi yumshoq, silliq. Uning butun turish-turmushi rohatda o'tgan safoli umridan dalolat beradi. Turkon Xotunnig bo 'ynida kumush bezakli qorday oppoq harir ro 'mol. Ayol o 'z zarofatini ko 'z-koz etib, ro'molining bir uchini o'ng yelkasidan oshirib orqaga tashlagan. Turkon Xotunnig boshi ustida mo'jazgina, ammo nihoyada nodir javohirlar bilan bezatilgan oltin toj. Ustidaki qirmizi ko 'ylagining uzun etagini orqada kelayotgan ikki xodima ko'tarib boradi"[Sharif B.M., 2003: 14]. Guvohi bo'lganimizdek, tarjimon Turkon Xotun portretini asarga monand bera olgan. Turkon Xotunga xos detallarni o'zbek tilida berish uchun kerakli ifodalarni topgan. Masalan,"ding kalmak"ni"tetik", "geng kizinki kadar düzgün"so'zini berishda"yosh qizlarnikiday tarang" jumlasini qo'llagan. Tarixiy asarlardagi so'zlar albatta o'sha davrga to'g'ri kelishi zarur. Tarixiy asarlarning boshqa turdagi asarlardan ajratib turadigan jihatlaridan biri ham aynan shu so'zlar hisoblanadi. Tarjimon o'z ishiga mohirona yondashgan bo'lishiga qaramay, so'zlarda ba'zi kamchiliklarni kuzatiladi. Turk tilidagi "nedime" so'zi xonlik, beklik davrdagi xotunlar, malikalarga yordamchi sifatida nasl-nasabli ayollar orasidan tanlab olinadigan xizmatkorlar ma'nosini anglatadi. Asarning tarixiyligidan kelib chiqadigan bo'lsak, ushbu so'zni tarjimon asar davriga mos ravishda "xodima" emas, "xizmatkor" shaklida o'girganda, nazarimizda, maqsadga muvofiq bo'lar edi. Navbatdagi misol: "Temür Melik sanki ta§ kesilmi§ti. Bacaklarini germi§, baki§larini Kipgak süvarilerine mihlami§ti."[Bahadiroglu Y., 1998: 25]. Jumla o'zbek tiliga "Temur Malik go'yo mixlangandek qotib qolgan. Oyoqlarini kerganicha qipchoq
International scientific-practical conference on the topic of "Problems and perspectives of modern technology in teaching foreign languages"
suvoriylariga termulib turibdi." [Sharif B.M., 2003: 27] tarzida o'girilgan. Turk tilidagi "ta§ kesilmek"iborasini mutarjim o'zbek tilga "mixlanib qolmoq" tarzida o'girib, obrazlilikni saqlab qolgan. Bu bilan oldida qo'yilgan maqsadga to'laqonli erishgan.
Mohir tarjimon X.Hamidov o'zining "O'zbekchadan turkchaga nasriy tarjima muammolari" nomli monografiyasida mazkur romandan olingan aynan shu parchani o'zbekcha tarjimasini tahlil qilgan: "Agar tarjimon asliyat muallifining so'zni qanchalik mahorat bulan tanlaganini his eta olsa, tarjimada ham so'zni shunchalik ishonchli bera oladi.
"Temür Melik Türkän Hatunun sarayindaki hali görüp Celaleddin'in azlettigini duyunca bir an bocalami§, §a§irmi§ ne yapacagini, ne söyleyecegini bilememi§ti. Sonra aci aci gülmü§tü. Kuruyan dudaklarini diliyle islatmi§, etrafina bir göz daha atmi§" [Bahadiroglu Y., 1998: 28]. Tarjima nusxasi quyidagicha: "Jaloliddinning valiahdlikdan tushirilganini bilgach, bir necha daqiqa o'zini yo 'qotdi, sarosimaga tushdi, ne deyarini bilmadi. So 'ng achchiq kuldi. Qurigan lablarini yaladi, afrofdagilarga bir nazar tashladi:" [Sharif B.M., 2003: 25]. Guvohi bo'lganimizdek, mutarjim asliyatdagi vaziyat, xolatnito'laqonli o'zbek tilida bera olgan. Asarning o'zbekcha tarjimasini o'qigan kitobxon Temur Malikning qiyin va sarosimali vaziyatini bemalol ko'z oldiga keltira oladi. Navbatdagi misolda Chingizxon portretini ko'rib chiqamiz:
"Atilgandi, cesurdu, kurnazdi. Yer yataginda yatar, yamali hirka giyerdi. Askerinin yedigini yerdi. Herhangi bir teb'asindan farksizdi. Bu davrani§lari sayesinde kendini sevdirdi. Kendi inanglarina göre dindar da sayilabilir. Sik sik yüksek bir tepeyegikip Gök Tanrisina yalvardigi anlatilir. Dirayetlidir"[Bahadiroglu Y., 1998: 74].
"Chingiz botir, jasur, ayyor edi. U yerga to 'shalgan po 'stakda uxlar, yirtiq -yamoq cho 'pon kiyardi. Askari ne yesa u ham o 'shani yerdi. Tabaasidan farqi yo 'q edi. Bu fe'l - huyi tufayli u muhabbat qozondi. O 'z diniga e'tiqodli. Tez-tez baland tepalikka chiqib, Ko 'ktangriga iltijo etishi haqida gapirishadi. Zehni o 'tkir.. ."[Sharif B.M., 2003: 54]. Asliyatni o'qiganimizda ko'z oldimizga kelgan Chingizxon portretini tarjimon juda chiroyli va barchaga tushunarli tarzda o'girgan. Masalan, "yer yatagi"o'zbek tiliga "yerga to'shalgan po'stak", "yamali hirka"esa "yirtiq -yamoq chopon"tarzida berilgan. Bundan tashqari "dirayetli" so'zi "zehni o'tkir" tarzida berilgan. "Dirayetli" so'zi o'zbek tilida aslida qobiliyatli, uddabiron degan ma'nolarni anglatadi. Bu o'rinda mutarjim ushbu so'zni "zehni o'tkir" deb emas,
International scientific-practical conference on the topic of "Problems and perspectives of modern technology in teaching foreign languages"
balki, aynan tarjimasi hisoblangan "uddabron" yoki "qobiliyatli", "abjir" tarzida o'girganda ma'no to'liq qoplangan bo'lar edi. Yana bir misol:
"— Uzun, ama gok uzun boylu... Zaten Mogolistan'da hemen herkes uzun. O, herkesten daha da uzun. Askerleri biraz da bunun igin saygi duyar. Ye§il gozlü, ama ne gozler... Piril piril... íginde Cehennem ate§i yaniyor sandim. Birkag killik bir sakali var. Uzun. Bazan ucunu kulaginin ardina atar. Hele dü§ünceli oldugu zamanlar!.. " [Bahadiroglu Y., 1998: 74]. Tarjimasi quyidagicha: "Uzun bo'yli, daroz odam. Zotan mo 'g'ullarning ko 'pi novcha. Biroq Chingiz hammasidan novcha. Balki, shuning uchun ham askarlari ham uni hurmat qilishadi. Ko'zlari ko'm-ko'k. Yana qanday ko 'z de, naq do'zax olovi sochadi. Bir necha tukdan iborat uzun soqoli ham bor. Ba'zan, o'yga tolgan kezlari soqolini qulog'inin orqasiga tashlaydi" [Sharif B.M., 2003: 55]. O'zbek xalqida yashil rangini ko'k rangga almashtirilishini uchratishimiz mumkin. Masalan, oddiy ko'k choy deb ichadigan choyimiz aslida yashil rangda. Mutarjim ham o'z tarjimasini o'zbek tushunchalaridan kelib chiqqan holda jumladagi "ye§il gozlü"so'zini o'zbek tiliga "ko'zlari ko'm-ko'k" shaklida o'girgan. Bundan tashqari obrazlilikni saqlash niyatida "uzun boylu" ni "novcha, daroz " deb tarjima qilgan. XULOSA
Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, yuqorida ko'rib chiqqanimizdek, asar yuqori saviyada tarjima qilingan. Tarjimonning so'z tanlashdagi mahorati romanning badiiy ta'sirchanligini yo'qotmasligiga, balki yana-da samarador bo'lishiga zamin yaratgan.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)
1. Bahadiroglu Yavuz, Buhara Yaniyor, Roman. - Istanbul, 1998: (Баходиругли Ё. Хоразм ут ичида, роман, туркчадан Б. М. Шариф таржимаси. -Тошкент: Жахон адабиёти, 2-(3-) сон. - 2003.
2. Мусаев Таржима назарияси асослари. Дарслик - Тошкент: Фан, 2005.
3. Hamidov X. O'zbekchadan turkchaga nasriy tarjima muammolari. Monografiya - Toshkent: 2014.
4. Ibrohimova Sh. Badiiy asarlar tarjimasida qahramon portretining berilishi. Tarjima masalalari Ilmiy maqolalar to'plami, №9. - Toshkent, 2012.
5. Бахрдиругли Ё. Хоразм ут ичида, роман, туркчадан Б. М. Шариф таржимаси. -Тошкент: Жахон адабиёти, 2-(3-) сон. - 2003.