Научная статья на тему 'UMAR SAYFIDDINNING “FARMON” HIKOYASI TARJIMASIDA TARJIMON MAHORATINING IFODALANISHI'

UMAR SAYFIDDINNING “FARMON” HIKOYASI TARJIMASIDA TARJIMON MAHORATINING IFODALANISHI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
76
22
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
tarjimon mahorati / hikoya / madaniyat / tahlil / obrazlilik. / interpreter skills / story / culture / analysis / imagery.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Zuhriddinov, Biloliddin Xiloliddin O‘g‘li

Shaxsiy ijod fikr, izlanish bilan paydo bo‘lsa, tarjima asarlari mos so‘zlar bilan vujudga keladi. Chunki tarjima qilinadigan asarda tayyor fikr, tayyor g‘oya mavjud. Tarjimon unga shakl va chiroyli ifodalanadigan mantiqan teran so‘z topishi kerak. Bu so‘z tanlashning o‘zi ham ijodkorning lug‘at boyligi, o‘tkir didi, nozik ta’biga bog‘liq ijodiy jarayondir.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

EXPRESSING TRANSLATION SKILLS IN TRANSLATING THE STORY OF UMAR SAIFIDDIN "FARMON"

When personal creativity emerges through thought and research, translated works come into being with appropriate words. Because the work to be translated has a ready idea. The interpreter must find a logical word that is formally and beautifully expressed. The choice of the word itself is a creative process that depends on the vocabulary, sharp taste and delicate nature of the creator.

Текст научной работы на тему «UMAR SAYFIDDINNING “FARMON” HIKOYASI TARJIMASIDA TARJIMON MAHORATINING IFODALANISHI»

International scientific-practical conference on the topic of "Problems and perspectives of modern technology in teaching foreign languages"

UMAR SAYFIDDINNING "FARMON" HIKOYASI TARJIMASIDA

TARJIMON MAHORATINING IFODALANISHI (Expressing translation skills in translating the story of Umar Saifiddin

"Farmon")

d https://doi.org/10.24412/2181-1784-2022-20-393-398

Zuhriddinov Biloliddin Xiloliddin o'g'li,

O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, o'qituvchi e-mail: [email protected] tel: +998974778979

Shaxsiy ijodfikr, izlanish bilan paydo bo 'lsa, tarjima asarlari mos so 'zlar bilan vujudga keladi. Chunki tarjima qilinadigan asarda tayyor fikr, tayyor g'oya mavjud. Tarjimon unga shakl va chiroyli ifodalanadigan mantiqan teran so 'z topishi kerak. Bu so'z tanlashning o'zi ham ijodkorning lug'at boyligi, o'tkir didi, nozik ta'biga bog 'liq ijodiy jarayondir.

Kalit so'zlar: tarjimon mahorati, hikoya, madaniyat, tahlil, obrazlilik.

When personal creativity emerges through thought and research, translated works come into being with appropriate words. Because the work to be translated has a ready idea. The interpreter must find a logical word that is formally and beautifully expressed. The choice of the word itself is a creative process that depends on the vocabulary, sharp taste and delicate nature of the creator.

Keywords: interpreter skills, story, culture, analysis, imagery.

Turk hikoyachiligining mumtoz vakili, jumalist Umar Sayfiddin 1884 yili Turkiyaning Belikesir shahrida dunyoga keldi. Avval Usmoniya maktabida, so'ngra harbiy bilim yurtlarida o'qigan Umarning ilk ijod mahsuli 1900 yili "Majmuai adabiyya"da chop etildi. 1906 yili Izmirdagi jandarm maktabiga o'qituvchi bo'lib ishga kirdi. Shu yillarda Izmirda chop etiladigan "Sebat", "Xizmat", "Sarbast" kabi gazetalarga maqolalar yozdi.

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

KIRISH

International scientific-practical conference on the topic of "Problems and perspectives of modern technology in teaching foreign languages"

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Umar Sayfiddin harbiy harakatlarda ishtirok etarkan, ijodni ham tark etmadi. 1911 yili "Yosh qalamkashlar" jurnalida uning "Yangi lison" nomli maqolasi chop etildi. Maqolada milliy tilni asrab qolish, boshqa tillardan so'z olgandan ko'ra, uning milliy muqobillarini topish, adabiyotni xalq tiliga yaqinlashtirish kabi jiddiy masalalar ko'tarilgan edi. Uning "Bahor va qaldirg'ochlar", "Qo'zg'olish xabari", "Primo Turk bolasi", "Ont" va "Ishq to'lqini" kabi hikoyalari ham ayni shu jurnalda bosildi. Xususan, muallining "Farmon" hikoyasi mohir tarjimon Xayrulla Hamidov va Gulnoza Mirsaidova tomonidan tarjima qilingan. Umar Sayfiddin o'z mamlakati va millatini qattiq sevgan va uning kelajagi uchun qayg'urgan vatanparvar yozuvchi edi. XX asr boshida turk jamiyatida katta siyosiy kuchga ega bo'lgan ayrim guruhlar tomonidan mamlakatni tarqoqlikka, xalqni mahdudlikka yetaklaydigan qarashlar targ'ib etilayotgan, millat va din tushunchalari inkor etilayotgan bir sharoitda milliy birlik g'oyasi, o'zlikni anglash, xalqni yagona milliy g'oya atrofida jipslashtirish ehtiyoji tug'igan edi. Umar Sayfiddin bu tarixiy zaruratni teran ilg'ab, o'z asarlarida millat rivojiga to'siq bo'layotgan illatlarning ildizlarini, vatanparvarlik, millatparvarlik tuyg'usini xiralashtirayotgan salbiy jihatlarni haqqoniy ko'rsatdi, zamondoshi ahloqiy-ma'naviy fazilatlarni tarbiyalashni eng muhim vazifa deb bildi.

Umar Sayfiddin asarlari bugungi kunda boshqa ko'plab davlatlar qatori o'zbek kitobxonlari uchun ham juda sevimlidir. Uning ko'plab asarlari allaqachon o'z o'quvchilarini topgan va ularning yuragidan joy olgan desak mubolag'a bo'lmaydi.

Umar Sayfiddinning tarixiy harakterga oid asarlaridan biri "Farmon" hikoyasi bo'lib, u, o'lim jazosiga hukm qilingan odamning o'z farmonini bir bekka yetkazib berish vazifasi yuklatilgan Tosun bey haqida. Podishohiga sadoqat bilan xizmat qilgan, xiyonat neligini bilmagan holda, tuxmat girdobiga tushib qolgan shijoati-yu, jasurligi bilan tillarga doston bo'lgan Tosun bey haqida hikoya qilinadi.

Ma'lumki, bir tildan ikkinchi tilga ag'darish tarjimondan ulkan mahorat va ijodkorlik talab etadi. Prof. Safarboy Ro'zimboev aytganiday, "Shaxsiy ijod fikr, izlanish bilan paydo bo'lsa, tarjima asarlari mos so'zlar bilan vujudga keladi. Chunki tarjima qilinadigan asarda tayyor fikr, tayyor g'oya mavjud. Tarjimon unga shakl va chiroyli ifodalanadigan mantiqan teran so'z topishi kerak. Bu so'z tanlashning o'zi ham ijodkorning lug'at boyligi, o'tkir didi, nozik ta'biga bog'liq ijodiy jarayondir" [Ro'zimboyev S., 2015: 34].

Tarjimonning mahorati asardagi har bir detalni tarjima qilish jarayonida namoyon bo'ladi. Eng muhimi esa asar qahramonini tasvirlash jarayonidir.

International scientific-practical conference on the topic of "Problems and perspectives of modern technology in teaching foreign languages"

"Tarjimon asar muallifining potret tasvirlarida qo'llagan chizgilardan hech birnini e'tibordan chetda qoldirmasligi kerak. Chunki portret xahakteristikasidagi har bir shtrix qahramon hayotida ro'y bergan o'zgarish, kesin burilish yoki ruhiy kechinmalarning izlarini aks ettirayotgan bo'lishi mumkin" [Hamidov X., 2014: 69]. Asarda muallif bosh qahramonni quyidagicha tasvirlaydi:

"Dört yil önce padi§ah, onu sipahiler arasinda görmü§, güzelligini, yürekli tavirlarini begenerek yanina almi§, ona birgok görev vermi§, hatta bir yil iginde gavu§ba§liga kadar gikarmi§ti. Daha yirmi be§ ya§indaydi. Gür siyah biyiklari, §ahin baki§li iri ela gözleri, geni§ ve kalin omuzlari; gösteri§li yürüyü§ü, her göreni hayran birakirdi. Sava§larda, ayri ayri yerlerinden §imdiye kadar otuzyara almi§ ve pek gok general kafasini mizragina takarakparalara armagan getirmi§ti... O, bütün ordu iginde rakipsiz bir yüreklilik, kahramanlik ve gabukluk örnegiydi. Ya§li Zal Mahmut'tan daha güglü oldugunu herkes biliyordu. Ku§ gibi ugar, yildirim gibi segirtir, arslan gibi atilir, kaplan gibipargalardi" [Ömer Seyfettin, 2014: 2]. Adib o'z qahramonining portretini tasvirlar ekan, uning boshqalardan ajralib turuvchi jihatlariga urg'u beradi. Hikoyaning ilk sahifalaridanoq, hatti-harakati, tashqi qiyofasi bilan kitobxoni o'ziga jalb qiluvchi askar obrazi gavdalanadi. Ushbu jumla tarjimon tomonidan quyidagicha o'girilgan:

"To 'rt yil oldin podshohning o'zi uni sipohiylar orasida ko 'rib qolib, kelishgan qaddu basti, mardonavor yurish-turishiyu, o'zini tutishi yoqib qolib yoniga chaqirib olgan, bir necha vazifa topshirib sinab ko 'rgach, bir yil ichida navkarboshi etib tayinlagan edi. To 'sin bey hali o 'shanda yigirma besh yoshlarda edi. Qalin qora mo'ylovi, lochin nigohiyu, katta qora ko'zlari, keng yelkalari, qaddini g'oz tutib qadam bosishini ko 'rgan odamni o 'ziga jalb qilmay qo 'ymasdi. Janglarda tanasining turli yerlaridan o'tti zmartta yaralangan, dushman generallarining kallalarini nayzasiga sanchib qo'mondonlarga shaxsan topshirgan edi... U butun qo'shin ichida jasoratta tenggi yo'q, epchil, ibratli qahramon edi. Keksa Zal Mahmuddan ham kuchliroq ekanligini barcha tan olgandi.Qush kabi uchqur, chaqmoq kabi tezkor harakat qilar, arslon kabi epchil, qoplon kabi yirtqich edi. "[Umar Sayfiddin, 2018: 82].

Asar tarjimasini tahlil qiladigan bo'lsak, tarjimon qahramon portretini qoyilmaqom tarzda o'zbek tiliga tarjima qilgan deya olamiz. Xususan, asliyatni o'qigan kitobxon asarni o'qiyotib ko'z oldiga jasur, kuchli, qo'rqmas, kelishgan, epchil bir askarni keltirsa, tarjima qilingan asarni o'qigan kitobxonning ko'z oldida ham aynan o'sha qahramon gavdalanadi. Bunda tarjimonning mehnati-yu, mahorati

International scientific-practical conference on the topic of "Problems and perspectives of modern technology in teaching foreign languages"

katta. Asliyatdagi tarixiy so'z hisoblangan gavu§ba§i tarjimada navkarboshi shaklida berilgan va ma'no qoplangan.

"Tosun Bey fena halde ofkelendi. Di§lerini sikti. Padi§ahin otagi nasil kaybolurdu. Bunu akli almiyordu. Padi§ah, onca pek kutsaldi. Otag, gozunde yeri degi§tirilen bir Kabe'ydi. Kabe'si yikilan bir inanglinin aceleciligiyle agir ve keskin mahmuzlarini atinin karnina vurdu. Islak tuglariyla bayrak direkleri gorunen sadrazam gadirina dogru saldirdi. Ama pek ileri gitmedi. Segirdim ustalari yagmur iginde dola§iyordu. Onu pek seven Kazasker Perviz Efendi'nin gadirini gordu. Yere atladi. Atini, ko§an bir hizmetkara verdi. Kahramanlik §iirlerini okudugu Perviz Efendi, gadirin iginde ayaktaydi"[ Omer Seyfettin, 2014: 4].

Tarjima nusxada ushbu jumla: "To'sin bey g'azablandi. Lekin bir so 'z demadi, tishini tishiga qo'ydi. Podshohdek shaxsning o'tovi o'z-o'zidan g'oyib bo'lishi mumkinligi uning aqliga sig 'masdi. Podshoh uning nazarida shunchalik muqaddas zot edi-ki, uning o 'tovi To 'sin bey uchun bamisoli Ka 'ba edi. Ka 'basi buzilgan bir iymonli musulmon singari To'sin bey shahdga minib og'ir uzangisi bilan otning qorniga niqtadi. Yomg 'ir ostida jiqqa xo 'l bo 'lgan bayroq yaqqol ko 'rinib turgan bosh vazir chodir sari ot soldi. Ammo, uncha yaqinlashmadi. Xizmatkor ustalar yomg'irda uyoqdan-buyoqqa yurishardi. Uni ko'rganda samimiy ehtirom ko 'rsatadigan Qoziaskar Parvez afandining chodiriga qaradi. Keyin otdan sakrab tushib jilovini yugurib kelib ta'zim qilgan xizmatkorning qo'liga tutqazdi. Qahramonlik haqidagi she'rlar o'qib yuradigan Parver afandi chodir ichida edi"[Umar Sayfiddin, 2018: 83] shaklida o'zbek tiliga o'girilgan. "Asar qaysi tilga tarjima qilinayotgan bo 'lsa, o 'sha tilda ravon yangrashi, o 'sha tilga xos bo 'lgan vositalaryordamidayoritilishi kerak"[Isoqova Sh.I., 2004:14].

Obrazlilikni kuchaytirish maqsadida xizmatkorga nisbatan oddiygina "yugurib kelgan" so'zini qo'llamasdan, "yugurib kelib ta'zim qilgan"so'zidan foydalangan. Haqiqatdan ham xizmatkorlar o'z boshliqlarini oldiga kelib ta'zim qilib, ularga beriladigan vazifani kutib turishadi. Yoki bo'lmasa, "Onu pek seven Kazasker Perviz Efendi "(uni juda sevadigan Qoziaskar Perviz afandi) jumlasining o'rniga "Uni ko 'rganda samimiy ehtirom ko 'rsatadigan Qoziaskar Parvez afandi'"jumlasini qo'llab tarjima mukammalligiga erishgan. Turk ilidagi otag so'zi o'zbek tiliga ham o 'tov shaklida gadir esa chodir shaklida tarjima qilingan.

"Ya§li Bey, butun memlekette kahramanligi dillere destan olan bu al yanakli, gur biyikli, dag pargasi, gdrunugu saygi uyandiran, yigit guzel bahadira islak gozleriyle uzun uzun bakti. Acaba nigin bu ofkeye ugrami§ti? Boyle bir arslani,

International scientific-practical conference on the topic of "Problems and perspectives of modern technology in teaching foreign languages"

celladin eline vermek ne büyük bir insafsizlikti. Hangi vicdan buna razi olurdu?"[ Ömer Seyfettin, 2014: 2]. Jumlaning tarjima nusxasi quyidagicha:

"Keksa bey mamlakatta qahramonligi tillarga doston bo 'lgan bu ol yonoqli, baroq mo'ylovli, tog'day gavdasiyu salobati har kimda ehtirom uyg'otadigan, istarasi issiq bahodirga yoshli ko 'zlari bilan termulib turib o 'ylanib qoldi. Qiziq nima uchun podshohning g'azabiga uchradi bu o'g'lon? .. Bunday arslonni jallodning qo'llariga berish insofsizliktan boshqa narsa emasdi. Qaysi vijdon bunday qabih ishgayo 'l qo 'yishi mumkin? "[Umar Sayfiddin, 2018: 91]

Tarjimadan ko'rinadiki, asardagi har bir so'zni mutarjim asl nusxaga monand bera olgan. Xususan, jumladagi qahramon portretini o'ziga xosligini o'zbek tilida berish uchun kerakli ifodalarni topgan. Masalan, al yanakli uchun ol yonoqli, gür biyikli ni ifodalash uchun baroq mo 'ylovli, dagpargasi uchun tog'day gavdasi, yigit güzel bahadir ni berish uchun esa istarasi issiq bahodir birikmalarini qo'llagan vama'no asliyatdan uzoqlashmagan.

Keyingi misolga e'tibor qaratamiz:

"Silahtar Cafer Aga'nin da olabilirdi, padi§ahla onun yazisi, farksiz derecede birbirine benzerdi... Fermani katladi. Yine keseye soktu. Balmumunu hohladi. Mührü eski yerinden hafifge yapi§tirdi. Azrailin kanadindan kopma kanli bir tüy kadar hafif olan bu müthi§ bez iginde, i§te hayati duruyordu. Evirdi gevirdi. Böyle... Bu müthi§ §eye bakarken, kafasindan hep eremedigi dilekleri agiklayamadigi istekleri gegti. Bu dakikaya kadar ne mutluydu. Padi§ahin en sevgili gözdesiydi. Gördügü iyilikleri dü§ündü. Süvarilik zamanlarini hatirladi. Daha on be§ ya§indayken bile gücü, yigitligi, görenleri §a§irtiyordu. Cirit oyunlarinda, güre§lerde, vuru§malarda hep birinci geliyordu" [Ömer Seyfettin, 2014: 7]. Tarjima nusxasi:

"Alahador Jafar og'aning husnixatimi? .. Podshoh bilan uning husnixatini farqlash qiyin edi... Farmonni buklab g'ilofga soldi. Ustidagi mumni "kuh-kuh"lab, muhrni yana eski joyiga sekin yopishtirdi. Azroil qanotidan yulingan qonli patdek yengil va daxshatli mato ichida uning hayot-mamoti masalasi turar edi. Nomani olib u yoq bu yog'iga qaradi. Bu daxshatli nomaga qarar ekan, hayolidan erisha olmagan orzulari, hali hech kimga ayta olmagan istaklari o 'tdi. Shu ongga qadar qanchalar baxtiyor edi u. Podshohning eng suyukli askari edi u. Undan ko 'rgan yaxshiliklarini o 'yladi. Suvoriy bo 'lgan vaqtlarini esladi. O 'n besh yoshida uning kuchini, yigitligini ko'rganlar xayron qolishar edi. Ot choptirishda, kurashlarda doim birinchi kelar edi"[Umar Sayfiddin, 2018: 89].

International scientific-practical conference on the topic of "Problems and perspectives of modern technology in teaching foreign languages"

XULOSA

Asliyatdagi ma'no o'z ifodasini topgan deya olamiz. Turk tilidagi har bir so'z tarjimon e'tiboridan chetda qolmay, o'zbek tiliga o'girilgan. Xususan, o'yin nomlari cirit oyunlari, ot choptirish, gure§ esa kurash tarzida o'girilgan. Asliyatdagi vurusma so'zini esa o'zbek tilidagi kurash so'zi o'z ma'nosiga qamrab oladi. Shu boisdan tarjimon uni yana alohida berib o'tirmagan.

Guvohi bo'lganimizdek, asliyatdagi biron-bir detal tarjimon e'tiboridan chetda qolmay, mohirona shaklda tarjima qilingan. Personaj tasviriyu, oddiy so'zlarni ta'sirchanqilib o'girish, tarixiy leksikani aks ettirish borasida tarjimonning mahorati katta.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)

1. Py3HM6oeB C. Tap^HMa эрмак эмас, xaKHKHH H^oggup. - TomKeHT, 2015

2. HamidovX. O'zbekchadan turkchaga nasriy tarjima muammolari. Monografiya. - Toshkent: 2014.

3. Omer Seyfettin, Ferman, Hikaye. - www.liseedebiyat.com. 2014. (Turk adabiyotining sara asarlari Umar Sayfiddin (hikoyalar). - Toshkent: ToshDSHI, 2018.)

4. Isoqova Sh.I. Badiiy tarjimada milliylik va tarixiylikning aks ettirilishi. Filol.fan.nom.diss. - Toshkent: 2004.

5. Salomov G'. Badiiy tarjimaning aktual masalalari. - Toshkent: Fan, 1977.

6. Nasirova, S. A., Hashimova, S. A., & Rikhsieva, G. S. (2021). THE INFLUENCE OF THE POLITICAL SYSTEM OF CHINA ON THE FORMATION OF SOCIAL AND POLITICAL TERMINOLOGY. Journal of Central Asian Social Studies, 2(04), 10-17.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.