Academic Research in Educational Sciences VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022
ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-27-34
O'ZBEKCHA-KOREYSCHA TARJIMALARDA O'XSHATISHLARNI
TARJIMA QILISH USULLARI
Olmosxon Erkaboyevna Niyozova
Jahon iqtisodiyoti va Diplomatiya universiteti olmosniyozova362@gmail.com
ANNOTATSIYA
Mazkur tadqiqot ishida hozirgi o'zbek adabiy tilida o'xshatishlarni tarjima qilish usullarining koreys tilida qanday ishlatilishi bayon etilgan. Bunda asliyat va tarjima matnlarini qiyosiy o'rganish natijasida o'xshatishlarni qanday usullari mavjudligi va bu usullar orqali yasalgan so'zlar tarjimalari chuqur tahlil qilingan.
Kalit so'zlari: o'xshatish, to'la ekvivalent, muqobil o'xshatish, adekvatlik, tasviriy usul, kalka
ABSTRACT
This paper describes how the methods of translating analogies in modern Uzbek are used in Korean. A comparative study of the original and translated texts provides an in-depth analysis of the methods of analogy and the translations of words created by these methods.
Keywords: analogy, full equivalent, alternative analogy, adequacy, pictorial method, kalka
KIRISH
Asliyat va tarjima matnlarini qiyosiy o'rganish natijasida o'xshatishlarni quyidagi yo'llar vositasida tarjima qilinganligini ko'rish mumkin:
1. O'xshatishlarni to'la ekvivalent vositasida tarjima qilish
2. O'xshatishlarni muqobil o'xshatish vositasida tarjima qilish
3. O'xshatishlarni tasviriy usulda tarjima qilish
4. O'xshatishlarni kalka usulida tarjima qilish.
O'xshatishlarni to'la ekvivalent vositasida tarjima qilish
Lingvomadaniyatlarning aksariyatida turg'un o'xshatishlarni obraz va uning
mazmuni jihatidan bir-biriga muqobilligi, muqoyasa obyektlarining o'xshashligiga guvoh bo'lamiz. Xalqlarning ko'pgina xislat-xususiyatlarga nisbatan qarashlarining, munosabatlarining aksariyat hollarda bir-birlarinikiga o'xshashligi ularning tillaridagi
Academic Research in Educational Sciences VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022
ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-27-34
o'xshatish etalonlarining ham bir xil timsoliy mazmun kasb etishiga sabab bo'ladi. Bunday holat, ayniqsa, genetik jihatdan qardosh xalqlar tillari ifoda vositalari o'rtasida ko'proq ko'zga tashlanadi. Bu mazkur xalqlarning tarixiy sharoiti va takomili jarayonidagi umumiy muvofiqliklar bilan belgilanadi.
Turli xalqlar o'xshatish etalonlarining bir-biriga har jihatdan o'xshashligi aksariyat hollarda xalqlar turmush sharoitlari, urf-odatlari va mantiqiy mushohadalaridagi mushtaraklik bilan izohlanadi. Binobarin, koreys va o'zbek tillarining bir oilaga mansubligi, bu tillar sohiblari dunyo qarashlari, mentalitetlari, turmush sharoitlarining mushtarakligi tufayli ularning lafzlarida ko'pgina umumiy o'xshatish etalonlarini kuzatish mumkin.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Jumladan, o'zbek tilidagi guldek qizarmoq o'xshatishi baxtiyorlik, xursandlikni tasvirlashga xizmat qiladi. Ayni ma'no va tasvir uchun koreys tilida
uning**^ ¡t^^l to'liq ekvivalentidan foydalaniladi. Qiyoslang:
Bu voqea shaharga tarqalibdi. Podshoh va Qorabotir, uning singlisi va Tohirning xolasi mozorga kelishibdi. Tohirning go'riga qarabdilar. Zuhraning soch piligi go'rga qisilib qolganini ko'rib, go'rni ochibdilar. Qarasalar, ikki oshiq-ma'shuq qizil guldek qizarib, qosh-ko'zlari suzilib, yonma-yon yotishgan emish. Ularni
ko'rgan kishi shirin uyquda yotibdi deb xayol qilar ekan (Tohir va Zuhra. Ü^^s
flü ^ £§S 0|o^7| 2014. -B. 283).
Tarjimasi:
0 £A|o0| ao| 0^4
MM ü gomM
S Mi aso MM, ¥ ^te AHS fl^i
we Me s*^ t^i ^4 ^ n we ^
H^o^^ (ü^s flü ^^ HMS 2014.
-B. 262).
O'xshatish obyektlarining o'zaro mosligi tillarda muqoyasaviy umumiylikning
mavjudligidan dalolat beradi. Binobarin, badiiy muqoyasa asosida hosil bo'lgan
Google Scholar Scientific Library of Uzbekistan
Academic Research, Uzbekistan 28 www.ares.uz
Academic Research in Educational Sciences VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022
ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-27-34
koreys va o'zbek tillarining o'xshatish etalonlariga nazar tashlar ekanmiz, ularning ko'pchiligida muqoyasa obyektlarining mosligiga guvoh bo'lamiz: O'xshatishlarni muqobil o'xshatish vositasida tarjima qilish Tarjima tilida asliyatda qo'llanilgan o'xshatishga ekvivalent o'xshatish topilmagan taqdirda, adekvatlik ko'p hollarda muqobil variantlar yordamida amalga oshiriladi. Masalan:
Onam og'ir xo'rsindi. O'pkasi to'lib yig'lay boshladi. Xolamni yig'lay-yig'lay ko'rpaga yotqizdi. Xolam ancha vatqgacha xuddi tomog'ida bir siqim balg'am borday uzluksiz yo'taldi. Uyqum ochilib vujudim quloqqa aylangan edi. So'ng bari bir uxlab qolibman (XX asr o'zbek hikoyalaridan).
Bu o'rinda uzluksiz yo'talish holatini bo'rttirib tasvirlash uchun xuddi tomog'ida bir siqim balg'am borday o'xshatishli konstruksiya berilgan. Uning tarkibidagi bir siqim hisob so'zi qiyosni bo'rttirishga, "xuddi" aniqlov yuklamasi esa chog'ishtirish, qiyosni yanada aniqlashtirishga, o'xshatish ma'nosini kuchaytirishga xizmat qilgan.
Mazkur o'xshatishli konstruksiya koreys tiliga тО^?!"
ft - xuddi tomog'iga bir narsa tiqilib qolganday shaklidagi muqobil variant bilan tarjima qilingan. Qiyoslang:
о^итм^ ъмл i7i лщ^да. лвл i&i щв o^u* ^ш. щв o^u^
Ч^ЖМ ft ШЩШЩ 7|Si П йМ. 01^ ^i mow
ft ÎM. &0| (XX asr o'zbek
hikoyalaridanAl|7| ^S. T. -2014. B.181).
Tasvirlanayotgan shaxsning ruhiy holati, orzu-umidlari, o'y-kechinmalarini berishda o'xshatishlar muhim vosita hisoblanadi. Binobarin, G'. G'ulom "Mening o'g'rigina bolam" hikoyasida "qora buvi"ning ruhiy holati, o'y-kechinmalarini, xususan, uning to'rtta yetimning kelajagidan tashvishlanishi, xavotir olishini garangday dovdirab yurmoq va mizg'iganday qush uyqusi qilmoq o'xshatishlari vositasida juda ta'sirchan qilib yoritib bergan:
O'xshatishlarni tasviriy usulda tarjima qilish
Tarjima jarayonida muayyan o'xshatishni ekvivalenti ham, muqobil varianti
ham topilmaganda tarjimon tasviriy usulga murojaat qiladi. Ushbu usul yordamida
Google Scholar Scientific Library of Uzbekistan
Academic Research, Uzbekistan 29 www.ares.uz
Academic Research in Educational Sciences VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022
ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-27-34
o'xshatishning ma'nosi bevosita, ot + sifat, sifat + ot, ravish + fe'l va h.k. ko'rinishidagi so'z birikmalari vositasida tushuntirishga harakat qilinadi. Masalan:
G'orning ichidan boshi xumday, uzunligi xariday bir narsa o'rmalab, bular sari kela boshladi. O'rtancha botir supadan tushib, qo'riqning narigi tomoniga qarab qochdi. Odam borini bilib chiqqan ajdar, o'rtancha botirga qarab yugurdi. Botir chap berdi va ajdar sultonning dumiga qilich bilan urib, uni yaraladi. Ajdar sulton aylanib qoldi. Yana poylab turib, ustalik bilan uning beliga qilich soldi, yarasi og'irlashib, hansirab qoldi, shu choqda yana urib, ishini tugatdi. Terisidan bir tasma olib, ichidan beliga bog'lab oldi. Hech narsa ko'rmaganday bo'lib, supaga borib o'tirdi (Uch og'a-
ini botirlar. Ü^l AÜ ^ 0|0^7| 2014. -
B.191).
Qayd etilgan parchada tasvirni yanada kuchaytirish maqsadida ikkita o'xshatish ketma-ket berilgan: boshi xumday, uzunligi xariday bir narsa. Boshi xumday o'xshatishi, asosan, odamlarning, hayvonlarning boshini juda kattaligini ifodalash uchun ishlatiladi. Xumbosh, xumkalla qo'shma so'zlari ham aynan shu ma'noda qo'llaniladi. Uzunligi xariday o'xshatishi "juda uzun" ma'nosini anglatadi. O'zbek xalqining o'ziga xos moddiy madaniyatida xum - biror suyuqlik, don va sh.k. saqlash uchun ishlatiladigan idish, xari - imorat to'sinlari ostidan ko'ndalanggiga qo'yiladigan uzun, yo'g'on asosiy yo'g'och vazifasini o'taydi. Shuning uchun ham
xum va xari so'zlari bilan yasalgan o'xshatishlar tarjima matnida CHE?!" Hi -
boshi katta, il&^l 2 TT?? - nihoyatda uzun bir narsa, deb tasviriy usul bilan ifodalangan:
^AHS ^i us êê mmm Mi ^o^. w*« mexn ew^i HES
^O^ ê^O| = i UAI ^s Ü Ö ^
W^É ê^l REIKIS EWOHÀH SHEW ^i,
s^i sw M y^s ^ m EWê
m (Ü^l AÜ ^^ ^ £§S 0|0^| 2014. -
B.171.)
Academic Research in Educational Sciences VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022
ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-27-34
Odatda, o'zbek lingvomadaniyatida oy etaloni bilan bog'liq o'xshatishlar chiroyli, go'zal ayollarni tasvirlash uchun qo'llanilsa-da, ba'zan yigit kishining ham mazkur o'xshatishnnig subyekti sifatida kelishi kuzatiladi:
Onam xolamni erkalatgan bo'ldi, boshini siladi, xolam ham erkalangandek jim yotardi. Beshikdagi singlim uxlab bo'lgach, onam xira moychiroq yorug'ida xolamning iyagidan mehribonlik bilan ushladi.
- Mixli qaynimning senda ko'ngli bor, meni ko'rsa taysallab qoladi, - dedi. Xolam cho'chib tushdi.
- Gapirmang, - dedi.
- Nimaga, oyday yigit. Kasbi bor, qo'li gul.
- Men yetmish bir kundan keyin o'laman, - dedi xolam qat'iy ovozda (XX asr o'zbek hikoyalaridan).
Ushbu parchadagi oyday yigit o'xshatishi Mixlining chiroyli yigit ekanligini ta'kidlashga xizmat qilgan. Koreys tilida oyday o'xshatishining yigitlarga nisbatan
qo'llanilishi me'yoriy hol bo'lmahanligi sababli, uni a, ya'ni "chiroyli yigit"
deb sifat + ot ko'rinishida tarjima qilingan:
o^yaw щв owum е^лл швд. o^yaw^ ШВ щв o^u^ ^i o^xlÖAA ша^ш,
^mi ^^ dISEIÉ ы| A^I над ^ofi. y- ä§ № ^яш
|А1|£, ^U!"
"^Ä? aoixii ^^ aaoh"
"^U, t+ ^ ^ ^ ^i SU^H" (XX asr o'zbek hikoyalaridanAl|7|
^S^I^B" ^ ^S. T., 2014. B.180).
"Oyday" o'xshatishining yigitlarga nisbatan qo'llanilishini o'zbek xalq ertaklarida ham uchratish mumkin. Zero, xalq ertaklari o'xshatishlar xazinasi, manbasi hisoblanadi. Ertak qahramonlarining tashqi qiyofasi, ko'rinishi, ularning turli holatlari va xatti-harakatlari o'xshatishlar vositasida xalqona aks ettiriladi. O'xshatishlarni kalka usulida tarjima qilish
Har bir lingvomadaniy jamoaning dunyoni o'ziga xos tarzda aks ettirishi tabiiy
holdir. Shu nuqtayi nazardan muayyan lingvomadaniyatdagi o'xshatish va muqoyasa
Google Scholar Scientific Library of Uzbekistan
Academic Research, Uzbekistan 31 www.ares.uz
Academic Research in Educational Sciences VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022
ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-27-34
birliklari hayotdagi barcha jihatlami to'liq qamrab ololmasliklari, o'zga madaniyatga xos bo'lmasligi, boshqa tilda o'z ekvivalentiga yoki muqobil variantiga ega bo'lmasligi mumkin. Bunday holda ko'proq tarjima amaliyotining kalka, ya'ni so'zma-so'z tarjima usuliga murojaat qilinadi. Xotin:
-Bir ko'zingni o'yib bersang, bir non beraman, - debdi. Qiz hayron bo'libdi. Indamay o'tiribdi. Qizning qorni juda och ekan, u toqatsizlanib yana non desa, xotin avvalgi gapini qaytaribdi. So'ngra qizga shaftoliday non berib, uning ko'zini o'yib
olibdi. Keyin qiz yana non so'rabdi (Kulsa - gul, yig'lasa - dur. —
^SfllH ^ £§S 0|0^7| 2014. -B. 62). Tarjimasi:
aEHAH ^ BU &of- hH^ i&C. aEHAH £hM ^^
S^AH tM &EU ^ y ^ o^ a tt-m
^oM & tM UAH ^M ^o^ch aali UAH
a tM ^sflla HMS
0|0t7| 2014. -B. 53). O'zbek tilidagi shaftoliday non o'xshatishi koreys tiliga so'zma-so'z tarjima qilingan: —^O^ & t . Aslida koreys tilida nonga OO deyiladi. Yuqoridagi
paragrafda non so'zi O , ya'ni "non" deb tarjima qilingan bo'lsa, mazkur
kontekstning tarjimasida aynan o'zbek tilidagiday t "non", deb berilgan.
Kalka usulida o'girilgan o'xshatish tarjima tilida qiyosiy mazmun va shakl kasb etib, tabiiy jaranglasa, nazarda tutilgan o'xshatish obyekti va o'xshatish subyekti o'zaro muvofiq bo'lsa, u holda nafaqat adekvatlik ta'minlanadi, balki tarjima tilining lug'at tarkibi yangi bir o'xshatish bilan boyitiladi.
Misol uchun, "biron narsadan seskanish, cho'chish" holatini qizigan temirga tegib ketishga qiyoslanashi tabiiy hol sanaladi. Ushbu muqoyasani koreys tiliga
Academic Research in Educational Sciences VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022
ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-27-34
so'zma-so'z tarjima qilish matnni tushunishda nomuvofiqlik keltirib chiqarmaydi. Chunki, tasvirlanayotgan qiyos koreys lingvomadaniyati uchun ham xosdir.
XULOSA
O'xshatishlar bir tildan ikkinchi bir tilga turli-tuman usullar vositasida, xususan, to'la ekvilalent, muqobil o'xhsatish, tasviriy va kalka usulida tarjima qilinadi. Mazkur usullar orasida eng ko'p tarqalgani tasviriy usuldir. Chunki, ayrim o'xshatishlarda milliy xos so'zlar ham o'z aksini topib, ular majoziy ma'no kasb etadi. Ularni boshqa milliy xos so'zlar kabi transliteratsiya usulida talqin etishning ham iloji bo'lmaydi. Bunday hollarda ham tasviriy usulga murojaat qilinadi. Ba'zan tarjimada o'xhsatishlar tushirib qoldiriladi. Ayrim holatlarda asliyatdagi turg'un yoki erkin birikmalar tarjima tilida o'xhsatishlar vositasida ifodalanadi.
Turli xalqlar o'xshatish etalonlarining bir-biriga har jihatdan o'xshashligi aksariyat hollarda xalqlar turmush sharoitlari, urf-odatlari va mantiqiy mushohadalaridagi mushtaraklik bilan izohlanadi. Binobarin, koreys va o'zbek tillarining bir oilaga mansubligi, bu tillar sohiblari dunyo qarashlari, mentalitetlari, turmush sharoitlarining mushtarakligi tufayli ularning lafzlarida ko'pgina umumiy o'xshatish etalonlarini kuzatish mumkin. Tarjimada bunday mushtarak, ya'ni to'liq ekvivalentga ega bo'lgan o'xhsatishlar deyarli muammo tug'dirmaydi.
Tarjima tilida asliyatda qo'llanilgan o'xshatishga ekvivalent o'xshatish topilmagan taqdirda, adekvatlik ko'p hollarda muqobil variantlar yordamida amalga oshiriladi. Bunda asliyat tilidagi o'xshatish obyekti tarjima tilidagi muqobil o'xshatish obyekti bilan almashtiriadi.
Tarjima jarayonida muayyan o'xshatishni ekvivalenti ham, muqobil varianti ham topilmaganda tarjimon tasviriy usulga murojaat qiladi. Tasviriy usulda unda o'xshatishning ma'nosi bevosita, ot + sifat, sifat + ot, ravish + fe'l va h.k. ko'rinishidagi so'z birikmalari vositasida tushuntirishga harakat qilinadi.
Har bir lingvomadaniy jamoaning dunyoni o'ziga xos tarzda aks ettirishi tabiiy holdir. Shu nuqtayi nazardan muayyan lingvomadaniyatdagi o'xshatish va muqoyasa birliklari hayotdagi barcha jihatlarni to'liq qamrab ololmasliklari, o'zga madaniyat ga xos bo'lmasligi, boshqa tilda o'z ekvivalentiga yoki muqobil variantiga ega bo'lmasligi mumkin. Bunday holda ko'proq tarjima amaliyotining kalka, ya'ni so'zma-so'z tarjima usuliga murojaat qilinadi.
Academic Research in Educational Sciences VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022
ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-27-34
REFERENCES
1. XX аср узбек хикояларидан намуналар. -Тошкент: ТошДШИ, 2012.
2. Кононов А.Н. Грамматика современного узбекского литературного языка -М.-Л., 1960.
3. Махмудов Н. Тилнинг мукаммал тадкдки йулларини излаб...// Узбек тили ва адабиёти. -Тошкент, 2012. -№ 5. -Б. 3-16.
4. Махмудов Н. Ухшатишлар - образли тафаккур махсули // Узбек тили ва адабиёти. № 3. -Тошкент, 2011.
5. Махмудов Н. Ухшатишлар ва миллий образ // Узбек тили ва адабиёти. № 1. -Тошкент, 2013.
6. Л1|7| ^ T., 2014.
7. Ü^s ^^ £§S 0|0^7|. 2014.