Научная статья на тему 'JAHON ADABIYOTI NAMUNALARI NAZAR ESHONQUL NIGOHIDA'

JAHON ADABIYOTI NAMUNALARI NAZAR ESHONQUL NIGOHIDA Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
169
21
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Adabiy-estetik tafakkur / Nazar Eshonqul / “Mendan “men”gacha” / “Ijod falsafasi” / “Kitob bandasi” / jahon adiblari / muallif / etyud. / Literary-aesthetic thinking / Nazar Eshanqul / "From Me to "I" / "Philosophy of Creativity" / "Servant of the Book" / world writers / author / etude.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Burxanova, Feruza

Mazkur maqolada iste’dodli ijodkor Nazar Eshonqulning adabiy-estetik qarashlari, jahon adiblari ijodiga bahishlangan etyudlari talqin etilgan. Kitobda san’at, adabiyot uning inson hayotidagi o‘rni, ijod, uning bosqichlari, ilhom, ijodkor shaxsi kabi badiiy ijod psixologiyasiga oid qarashlar, jahon va o‘zbek adabiyoti va san’ati namoyandalarining asarlari va shaxsiyatidagi mushtarakliklar, tahlillar, adabiy etyudlar muallifning teran falsafiy mushohadalari, chuqur ilmiy-nazariy tahlillari vositasida ochib berilgani yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

EXAMPLES OF WORLD LITERATURE FROM NAZAR ESHONQUL'S POINT OF VIEW

In this article, the literary-aesthetic views of the talented artist Nazar Eshanqul, his etudes devoted to the works of world writers are interpreted. In the book, art, literature and its place in human life, creativity, its stages, views on the psychology of artistic creation such as inspiration, creative personality, commonalities in the works and personalities of representatives of world and Uzbek literature and art, analyzes, literary studies of the author It is explained that it was revealed through deep philosophical observations and deep scientific-theoretical analyses.

Текст научной работы на тему «JAHON ADABIYOTI NAMUNALARI NAZAR ESHONQUL NIGOHIDA»

www.onens.uz

JAHON ADABIYOTI NAMUNALARI NAZAR ESHONQUL NIGOHIDA

Burxanova Feruza,

TDPU dotsenti, PhD

Annotatsiya Mazkur maqolada iste 'dodli ijodkor Nazar Eshonqulning adabiy-estetik qarashlari, jahon adiblari ijodiga bahishlangan etyudlari talqin etilgan. Kitobda san 'at, adabiyot uning inson hayotidagi o'rni, ijod, uning bosqichlari, ilhom, ijodkor shaxsi kabi badiiy ijod psixologiyasiga oid qarashlar, jahon va o'zbek adabiyoti va san'ati namoyandalarining asarlari va shaxsiyatidagi mushtarakliklar, tahlillar, adabiy etyudlar muallifning teran falsafiy mushohadalari, chuqur ilmiy -nazariy tahlillari vositasida ochib berilgani yoritilgan.

Kalit so'zlar: Adabiy-estetik tafakkur, Nazar Eshonqul, "Mendan "men"gacha", "Ijodfalsafasi" , "Kitob bandasi", jahon adiblari, muallif, etyud.

Аннотaция В данной статье интерпретируются литературно-эстетические взгляды талантливого художника Назара Эшангула, его этюды, посвященные творчеству мировых писателей. В книге анализируются искусство, литература и ее место в жизни человека, творчество, его этапы, взгляды на психологию художественного творчества, такие как вдохновение, творческая личность, сходство в творчестве и личностях представителей мировой и узбекской литературы и искусства. Литературоведение автора поясняется, что оно было выявлено посредством глубоких философских наблюдений и глубокого научно-теоретического анализа

Ключевые слова: Литературно-эстетическое мышление, Назар Эшанкул, «От меня к «Я», «Философия творчества», «Слуга книги», мировые писатели, автор, этюд.

Annotation In this article, the literary-aesthetic views of the talented artist Nazar Eshanqul, his etudes devoted to the works of world writers are interpreted. In the book, art, literature and its place in human life, creativity, its stages, views on the psychology of artistic creation such as inspiration, creative personality, commonalities in the works and personalities of representatives of world and Uzbek literature and art, analyzes, literary studies of the author It is explained that it was revealed through deep philosophical observations and deep scientific-theoretical analyses.

Keywords: Literary-aesthetic thinking, Nazar Eshanqul, "From Me to "I", "Philosophy of Creativity", "Servant of the Book", world writers, author, etude.

www.onens.uz

Adabiy jamoatchilikka iste'dodli ijodkor Nazar Eshonqulning nafaqat nasriy asarlari balki adabiy-estetik qarashlari jamlangan "Mendan "men"gacha", "Ijod falsafasi" nomli adabiy-tanqidiy kitoblari ham ma'lum. Muallifning "Kitob bandasi" nomli asarini ham shunday adabiy-estetik qarashlari sirasiga kiritish mumkin. Kitobda san'at, adabiyot uning inson hayotidagi o'rni, ijod, uning bosqichlari, ilhom, ijodkor shaxsi kabi badiiy ijod psixologiyasiga oid qarashlar, jahon va o'zbek adabiyoti va san'ati namoyandalarining asarlari va shaxsiyatidagi mushtarakliklar, tahlillar, adabiy etyudlar jamlangan. Muallifning teran falsafiy mushohadalari, chuqur ilmiy-nazariy tahlillari, ijtimoiy hayot, davr, inson ruhiyati va adabiyotdagi o'zgarishlarni anglab, uning taraqqiyoti va zavoli haqidagi xulosalari dolzarb ahamiyat kasb etadi.Kitob kompozitsiyasi "Kitobdan kitobgacha", "Botin bilan yuzma-yuz", "Kitob bandalari", "Sahifadan tushib qolgan fikrlar" kabi boblardan tashkil topgan. Asarning kirish qismiga muallif ramziy ma'noda "Ostona so'z" deb nom bergan. Ayni shu qismda muallif mazkur kitobni yozishdan maqsadi ko'ngli va dunyoqarashi beg'ubor yosh-avlodni kitobsevarlikka undash va shu orqali inson va uning ko'ngil olamini pok saqlash, ma'naviy tahdidlarga qarshi kurashishga chorlash ekanini bayon qiladi. Muallif insoniyatning hamma davrlar uchun dolzarb ahamiyat kasb etib kelayotgan.Inson mohiyatini va uning ko'ngilini qutqarish kerakligini o'qtiradi. Darhaqiqat, insonning ko'ngil olamidan uzoqlashtirish, his-tuyg'u, zavqdan mahrum etish, texnokratlashtirish, "robotga"aylantirish, qalb o'limiga, o'zligidan ayrishga olib keladi. N.Eshonqul XXI asrning ko'ngilni o'ldirishga qaratilgan xuruj va tahdidlaridan, nafsning oqibatlaridan kitobxonni ogoh etadi. Bu fojiani asosiy sababi sifatida insoniyatni kitobdan, adabiyotdan, mutola zavqidan uzoqlashganida deb biladi.

Asarning "Kitobdan kitobgacha" deb nomlangan qismida Avstro-Vengriyalik adib Frans Kafkaning "Jarayon", amerikalik yozuvchi Uilyam Folknerning "Shovqin va g'alayon", irlandiyalik ijodkor Jeyms Joysning "Uliss", fransuz nosiri Marsel Prustning "Zavol topgan vaqt izidan", nemis adabiyotining ulug' namoyandasi Herman Hessening "Cho'l bo'risi", "Biser o'yini" romanlari, amerikalik adib Ernest Xemingueyning "Chol va dengiz", qissasi, nemis adabiyoti vakili Tomas Manning "Sehrli tog'", "Doktor Faustus"romanlari, fransuz yozuvchisi Alber Kamyuning "Sizif haqida afsona"essesi, "Begona" qissasi, "O'lat" romanlarini, ispan yozuvchisi Migel de Servantes Saavedraning "Don Kixot" romanini, argentinalik ijodkor Xorse Luis Borxesning ijodiy-biografik olami, hikoyalari, fransuz faylasufi, ekzisteansialisti va yozuvchisi Jan Pol Sharl Emar Sartning "Behuzurlik" romani, avstriyalik adib, essenavis va dramaturg Robert Muzilning "Qiyofasiz odam" romani, Fransiyada yashab ijod etgan argentinalik adib

www.oriens.uz

va shoir Xulio Kortasarning "Zabt etilgan uy", "Tutash xiyobonlar", "Aksolotl", "Shayton tupugi" hikoyalari va "Kataklar o'yini" romani, kolumbiyalik ijodkor Gabriel Garsia .Markesning "Yolg'izlikning yuz yili" romani, Oruellning "Molxona" qissasi, "1984" romani, yapon yozuvchisi Yusunari Kavabataning "Mingta turna" qissasi, "Shaftoli guli", "Bambuk sadosi", "Ko'zgudagi oy aksi" hiqoyalari, fransuz shoiri Sharl Per Bodlerning "Yovuzlik guli" she'riy tuplami, meksikalik yozuvchi Karlos Fuentesning "Niqobli kunlar" , "Chak Maol" hikoyalari, "Aura" qissasi, "Artemio Krusning o'limi" romanini, qadimgi afinalik dramaturg Sofokolning "Shoh Edip" tragediyasi, amerikalik adib Devid Zelserning "Alomat" qissasi, Farididdin Attorning "Tazkirat ul-avliyo", avstriyalik psixolog Zigmund Freydning psixonalizmga olib kirgan yangiliklari "Tush ta'biri", "Psixoanalizm asoslari" kabi asarlari, amerikalik nosir Xuan Karlos Onetting "O'pqon" qissasi, "Qisqa hayot" romani, Amerika va britaniyalik shoir, dramaturg va tanqidchi Tomas Sternz Eliotning amerikalik ijodkor Uolt Uitmenning "Maysalar qo'shig'i", irlandiyalik dramaturg, shoir va yozuvchi Semyuel Barkli Bekketning "Gadoni kutishayapti", rumbiniyalik fransuz dramaturgi Ejen Ioneskoning "Taqirbosh qo'shiqchi ayol", "Kursilar", "Karkidon", "Burch qurbonlari" " pesalari, "Uzlatdagi odam" romani, nemis mutafakkiri, shoir, dramaturg, teatr rejessyori, faysasuf Iogann Volfgang fon Gyotening "Yosh Verterning iztiroblari" romani, "Faust"dramasi, amerikalik essenavist, yozuvchi va dramaturg Tomas Kleyton Vulfning "Uyga qaytib bo'lmaydi"romani, amerikalik adib Rey Bredberining "Mars xronikasi", "Farengeyt bo'yicha 451 daraja" romanlari, fransuz ijodkori Antuan de Sent-Ekzyuperining "Kichkina shahzoda" qissasi, norveg yozuvchisi Knut Hamsunning "Ochlik" romani, shvesariyalik Fridrix Dyurrenmatt "Avtohalokat" qissa va dramasi, "Shahar", "Fiziklar", "Keksa xonimning tashrifi", "So'qir", "It", "Tunel" kabi asarlari, shved bolar yozuvchisi Astrid Anna Emiliya Lindgrenning "Uzunpaypoq Peppi" ertagi, yapon yozuvchisi Ryunoske Akutagavaning hikoyalari, anglo-irlandiyalik nosir Djonatan Sviftning "Doktor Gulliverning sayohatlari" ertak-romani, va boshqa ijodkorlar asarlarini tahlilga tortib, g'oyaviy-badiiy xususiyati, jahon adabiyoti tutgan o'rni xususida o'z mulohazalarini bayon etadi.Ta'kidlash lozimki, N.Eshonqul bu kabi jahon adabiyotining durdona asarlarini tahlilga tortar ekan, yozuvchilarning ijodiy biografiyasi, uslubiy o'ziga xosligi, asarning yozishga to'rtki bo'lgan omillar, ijtimoiy muhit, ijod psixologiyasi bilan mushtarak holda qiyosiy tahlillar asosida xulosalar chiqaradi.

Nazar Eshonqul F.Kafkaning "Jarayon" romani haqidagi qarashlarini bayon etishdan avval yozuvchining uslubiy o'ziga xosligi va adabiyotda inson ruhidagi qo'rquv va xavotirni tipiklashtirish darajasiga olib chiqqaniga urg'u qaratadi. F.Kafka asarlarida voqelik va muhit qarshisida qurquvga tushgan qahramonlar iztirobi,

www.onens.uz

kechinmalari tasviri berilishi, adolatsiz jamiyatdan, insonnni mute qilishga qaratilgan siyosatdan xavotir va qo'rquvga tushgan va bu muhitdan begonalashgan insonning tasviri adib asarlarining markaziy qahramonlari hisoblanishi tahlillar bilan bayon etiladi. F.Kafkaning "Jazo kaloniyasi" hikoyasida insonni qul va qurbon qilishga asoslangan mashina va zobit obrazining ramziy-majoziy ifodasini beradi. Zobit o'zi yaratgan mashinaga mubtalo bo'lib, uning qurboniga aylangani, jazo mashinasi esa -qahramonni qurshab turgan muhitningn ramzi ekanini asoslaydi. Adibni XX asr boshidagi insoniyatni xo'rlash va jazo berishga asoslangan mafkura va siyosatdan, hali dunyoga noma'lum bo'lgan fashistlarning konslageridagi jazolash usullari, jazo qo'rboniga aylanganlar fojiasidan ogoh etuvchi ruhda yozilganini bayon etadi. Shuningdek, Kafkaning "Evrilish" hikoyasidan ham N.Eshonqul o'zining "Evolyusiya" hikoyasini yozishda ijodiy ozuqlangan. "Evrilish" hikoyasida Grigori Zamza ertalab uyg'onganida hashoratga aylanib qolib shu holatida vafot etsa, "Evolyusiya" hikoyasi bosh qahramoni qo'zichoqqa aylanib ta'qibchilar changaliga tushadi. Hikoyalarda Inson bo'lib yashashga imkon, ehtiyoj yo'qligi, shaxs erki, qadri toptalishi, jamiyatdagi adolatsizliklarni yoritishda har ikkala yozuvchi ramziylik orqali reankarnatsiya hodisasidan unumli foydalangan. Shuningdek, N.Eshonqulning "Bahouddinning iti" hikoyasi bosh qahramoni voqea davomida ruhan itga yaqinlashib, so'ng g'ayritabiy holatda itga aylanib ketishi majoziylashtirilgan. Mazkur hikoyada ham avvalgi hikoyalarning g'oyaviy-konsepsiyasi, ifoda yo'nalishiga ko'ra uyg'unliklar uchraydi. "Umumlashtirib qaralganda hikoyada inkor va begonalashuv jarayoni badiiy voqelanadi. Odam jamiyatdan qaytib uzlatga chekinadi. Mavjud voqelikdagi qonuniyatlar, mezonlar va taqiqlardan yuz o'giradi", degan fikrlarni ilgari suradi bu haqda olim"1. Demak, hikoyalardagi g'oyaviy-konsepsiya, syujet yaratish, ramziy-majoziylik va reinkarnatsiya hodisalarini qullashda N.Eshonqul va F.Kafka asarlarida mushtaraklik bor. "Jarayon" romanidagi absur holat tasviri ham N. Eshonqulning "Go'r o'g'li yohud hayot suvi" romanidagi o'z mavjudligini isbotlolmay tanazzulga yuz tutgan inson qismati bilan uyg'un. G'oyaviy-konsepsiya, syujet, obrazlar va ularning nomlanishlaridagi o'xshashliklar N.Eshonqulning avstralyalik adib F.Kafkadan ijodiy ta'sirlanganini ko'rsatadi. "Jarayon" romani syujetida ham noma'lumlik, mavhumlik sababli K. o'ziga qo'yilgan aybni nima ekanligini bilmay idorama-idora sarson-sargardon kezishi tasvirlansa, N.Eshonqulning "Go'r o'g'li yohud hayot suvi" nomli romanida ham inson va uning o'zligini namoyon etish, mavjudligini isbotlashdagi kurash va tanazzuli badiiy tadqiq etiladi. Har ikkala roman qahramonlarini nomlanishida ham o'xshashliklar bor. "Jarayon"da K "Go'r o'g'li yohud hayot suvi" romanida N. .(Muallifning o'z ismlari

1 ^ypaKynoB y. Ha3apnn поэтнка Macananapn. - TomKeHT: F.FynoM, 2015. - E. 223-224.

www.oriens.uz

K.Kafka ismiga ishora bo'lsa, N.Nazar Eshonqul isiga monannd tanlangan bo'lishi ham mumkin - F.B) Yozuvchilarning g'oyaviy-konsepsiyasida ham uyg'unlik mavjud. Har ikkala asarda ham qadrsiz insonning fojiaviy qismati qalamga olinadi. Biroq har ikkala yozuvchining uslubi turfa xil. Kafka uslubiy o'ziga xosliga haqida to'xtalgan N.Eshonqul : "Kafkaning tilida hech qanday obrazlar, o'xshatishlar, mengzashlar, bezashlar, ohangga urg'u berishlar, metofora, metonimiyalar, hissiy kechinmalar, ehtiroslar tasviri uchramaydi. Uning tili sovuq, axborot va holatni aks ettiradi, xolos"2 deya to'xtalar ekan, u inson qarshisida turgan yovuzlikni yengib o'tishiga ishonmasligini, insonni tahlikaga solayotgan hikmat-majozlarni yaratganini ta'kidlaydi. Shu jihatdan F.Kafka asarlaridagi tushkun ruh, absurd hayot tasviri ifodalanadi. N.Eshonqul asarlari ifoda yo'nalishi, ramziy-majoziylik kasb etishida K.Kafka asarlariga o'xshashlik uchrasa-da mohiyatida hayotbaxsh g'oyalar yetakchilik qiladi. Umuman olganda, yozuvchining bir turkum asarlarida G'arb adabiyotiga xos g'oyaviy motivlar uchraydi. Biroq, adib asarlarida G'arb modernizmiga xos bo'lgan yetakchi xususiyatlar, falsafiy, ijtimoiy g'oyalar, jumladan, absurd, ayniqsa, tushkunlik psixologiyasi yetakchilik qilmaydi. Yozuvchining G'arb modernistlari ta'sirida yozgan asarlarda ham hayotbaxsh g'oyalar yetakchilik qiladi. N.Eshonqul ijodining muhim xususiyatlaridan biri ham shundadir. N.Eshonqul asarlarida manzaralar, detallar, ranglar, tovushlar, hidlar, vayronalar tasviri, suratlar va boshqa poetik unsurlarning metaforiklik kasb etib, katta badiiy mazmunni ifoda etadi. Yozuvchi asarlarida tasvir ifodasidagi tiniqlik, so'z vositasida chizilgan manzaralarning rang va hidlarigacha sezilib turishi, ortiqcha hashamdorlikning yo'qligi, ko'pso'zlikdan qochish, ba'zan butun boshli jumlaning metaforaga aylantirilgani aynan unga xos tipik holat hisoblanadi.

N.Eshonqul modern yo'nalishda yozilgan, o'z vaqtida ta'qiqlangan irland yozuvchisi Jeyms Joysning "Uliss" romani poetikasi tahliliga ham o'ziga xos yondoshadi. Dastaval asarning 1922 yil Fransiyada bosilib chiqmasidanoq ta'qibga duchor bo'lgani, asar dunyo adabiyotida inqilobiy o'zgarishlar yasagani haqida to'xtalib, Blum obrazining yozuvchi istehzoli kinoyasi asosida yaratilganiga urg'u beradi. Joys jahon adabiyotida birinchilardan bo'lib, oddiy meshchanni ham xuddi Odessey kabi asarga qahramon bo'la olishini isbotladi. Bu orqali klassitsizm tamoyillari zid tarzda dunyo adabiyotiga yangi tamoyillarni olib kirdi. N.Eshonqulning fikricha F.Kafka Blum obrazi misolida insoniyatning barcha nuqson-u fazilatlarini, mag'lubiyati-yu, yutuqlarini ifodalay oldi, roman olam va odamga munosabatni, mavjud qarash va tushunchalarni, dunyoni o'zgartirish qudratiga ega, dunyo adabiyotida inqilobiy o'zgarishlar yasagan asar sifatida yuksak baholanadi.

2 Eshonqul N. Kitob bandasi .- Toshkent: Akademnashr, 2022. - B. 44.

www.onens.uz

N.Eshonqul Blumni zamonaviy Odessiy deya ta'riflab, Blum va Oddessey obrazlarini qiyosiy tahlil qiladi. Odesseyning Troyadan qaytishdagi qahramonligi va sarguzashtlaridan Blumning uyga qaytishdagi sarguzashtlari kam emasligini yozar ekan, mazkur obrazning qahramonligini XX asrning tafakkur va yashash tarziga, qahramonlik tushunchasiga xos sarguzashtlarni boshidan kechirganida deb biladi. Roman ko'plab badiiy janr va yo'shnalishlarning sintezlashuvidan hosil bo'lgani, inson ong-u shuurini xuddi mikroskob orqali ko'rayotgandek tasvirlangani, romanda ichki monolog eng yuqori maqomga olib chiqilgani, adib xronologik vaqtni o'z g'oya va konsepsiyalarini amalga oshirmaguncha to'xtatib qo'yganini, zamon tushunchasining chegarisini buzganini o'rinli e'tirof etadi. Ma'lumki, Joysning mazkur romani syujeti voqealari bir kunda, ya'ni 1904-yilning 16-iyun sanasida sodir bo'ladi. Nega aynan mazkur sana tanlanganiga ham munosabat bildirib, yozuvchining biografiyasi bilan bog'lab javob berishga, o'z farazini ilgari surishga urinadi. Unga ko'ra aynan shu sanada Joys bo'lajak rafiqasi Nora bilan tanishib o'z vatani Irlandiyani tashlab ketishga qaror qiladi va shu kunni hayotining eng mash'um kuni beb bilgani bois ayni shu sana tanlangan bo'lishi ehtimoli bor. Mazkur qarashda mantiqiy asos bor. Zero, yozuvchi romanda o'z davri ijtimoiy-ma'naviy muammolarini Irlandiyaning poytaxti hisoblangan Dublin shahrida Blumning bir kunlik sarguzashtlari, ong osti kechinmalari, xotiralari misolida ramziy tasvirlab bera olgan. Ma'lumki, neomifologizm XX asr san'at va adabiyotida badiiy tafakkurning eng xarakterli shakli deb hisoblaydigan tushuncha bo'lib, adabiyot va san'atda neomilogizm mifologizmni (mif bilan korrelyatsiyani) ifodalaydi3. Neomifologizm badiiy tafakkurning 20-asrga xos shakli, mifologik syujetlar, obrazlar va ramzlarga alohida munosabatni nazarda tutadi ular ko'paytirilmaydi, ijro etilmaydi yoki qayta yaratilmaydi va shu bilan zamonaviylik bilan bog'liq yangi afsonalarni keltirib chiqaradi 4 .Demak, neomifologizmning konsepsiyasiga ko'ra, qadimdan mavjud bo'lgan mif va afsonalarning syujeti, obrazlari, ramz va majozlarning yangi yaratilgan asarda sintezlashuvi va buning natijasida ijodkor qadim inson tasavvuri va muammolari bilan bugungi insonning itntelekti, dardu tashvishini muqoyasa qilib, hayot ma'nisini anglatishga urinadi. Ayni shu hol tahlilimizdagi "Uliss" asarida ham uchraydi va mif-roman deb ta'riflanadi. N.Eshonqul ham mazkur jihatlarni e'tibordan chetda qoldirmaydi. "Roman tuzilishi va syujet yo'nalishiga ko'ra Gomerning "Odissey" dostoni bilan o'xshash. Aslida, Joys bu asarida XX asrning o'ziga xos "Odisseya"sini -mifini yaratishni maqsad qilgan va asar ichidagi voqealar antik mifning syujet yo'nalishiga to'liq bo'ysundirilgan"5. N.Eshonqul romanni "Odissey"

3Ey ^a^ga K;apaHr:https://dic.academic.ru/dic.nsf/rus_orthography/

4 https://rus-literary-criticism.slovaronline.com/208

5 Eshonqul N. Kitob bandasi .- Toshkent: Akademnashr, 2022. - B. 51.

www.oriens.uz

dostoni bilan qiyoslash asnosida, asarning uch qismdan iborat 18 bobidagi har bir voqeasining har bir antik doston boblariga qoliplashtirilgani, buning natijasida Joys antik odamning orzu-umidi va yashash tarzi, hayotdan maqsadi bilan XX asar avlodining hayot tarzi, ma'naviy olamini qiyoslab, insoniyat o'tgan mingyillikda nimalarga erishgani-yu nimalarni yo'qotgani, insoniylikni mohiyatini qay tarzda ilg'ayotgani, miflar davridan buyon insonning ong-u shuuri o'sdimi, insonni qiynagan muammolar bugun barham topdimi yohud xali ham muammolar qo'rshovidami kabi savollarga istehzoli javob berishi bayon qilinadi. Dunyo adabiyotida Joyis insonning murakkab ruhiyatini chuqur tahlil qilib, ifodalay olgan ruhiyat musavviri sifatida e'tirof etiladi. Joysning inson ruhiyatini aks ettirish mahorati xususida to'xtalgan N.Eshonqul inson tuyg'ulari va mayllarini xuddi ko'zgudagidek aniq aks ettirish usuli kitobxonni hayratga solishini yozadi. E'tiborlisi shundaki, N.Eshonqul asarning nuqsonlari haqidagi qarashlarga ham munosabat bildirib, asarda hayotni faqat qora tomonlarigina emas, balki yosh ijodkorlar Joysning yuksak poetik mahoratni namoyon etuvchi jihatlardan, jumladan, ichki kechinmalarni aks ettirish usuli, so'z qo'llash va voqelikka yondashuv, qahramonlar ichki dunyosiga kirish va tadqiq etish, asarga mifologik qoliplar yasash, mifologik talqinlarni singdirish kabilarda o'rganish mumkinligini qayid etadi.Ma'lumki, ijodkorning uslubiy individualligini namoyon qiluvchi omillarning orasida eng asosiylaridan bir so'z qo'llash mahorati va poetik tili hisoblanadi. Shu ma'noda Joys tili ham betakror. N.Eshonqul Joys tilini shoirona, stixiyali tildir deb ta'riflaydi. Mazkur asarda ham adib 30 mingdan oshiq so'zni ishlatgan bo'lsa, shulardan teng yarmini bir marta qo'llagani tadqiqotlardan ma'lum. Ingliz yozuvchilari G.Uells, Virjiniya Vulflarning yozuvchi poetik mahorati va romanning o'ziga xos yutuqlari haqidagi tanqidiy qarashlariga ham munosabat bildiradi. Xulosa qilib, asar hayotni faqat qora tomonlarinigina aks ettirmay, insonni azal va abad , ibtido va intiho oralig'idagi ong osti kechinmalarini yozuvchi o'zi kashf etgan murakkab, yasama tili vositasida ifodalanishini yozadi. Asarning estetik qiymati va kitobxon badiiy tafakkuri yuksalishiga xizmat qilishini faqat vaqt nomli oliy hakam belgilashi isbot talab qilinmaydigan haqiqatdir. Shu nuqtai nazardan yondoshsak "Uliss" romani 100 yillik vaqt sinovidan o'tgan, inson ruhiyatini chuqur tahlil eta olgan, polefonik talqinlarga sabab bo'lgan murakkab asar sanaladi. Ta'kidlash kerakki, asarda kitobxonni badiiy didini sundiruvchi va mentalitetimizga yot bo'lgan ayrim ochiq tasvirlar qo'llanilgan o'rinlar bor. Bunday tasvirlar orqali adib ma'naviy tanazzulni fosh qilishga urinadi.

Kitobda XX asr jahon adabiyotining katta yutug'i sifatida baholangan fransuz yozuvchisi Valenten Lui Jorj Ejen Marsel Prust qalamiga mansub bo'lgan "Zavol topgan vaqt izidan" romani ham tahlilga tortilgan. Ma'lumki, mazkur roman-epopeya

www.oriens.uz

ong oqimi rivoya texnikasi vositasida assotsiativ syujet tipiga (voqelik xotira, his-tuyg'u, kesinmalar orqali ifodalanadi) asoslangani, til, tasvir imkoniyatlari betakrorligi bilan jahon adabiyotida nufuzli mavqeni egallagan. N.Eshonqul ushbu asarni tahlilga tortar ekan, asarni yozilish jarayoni, yozuvchi shaxsiga xos xususiyatlar, romanning kompozitsiya va syujeti, uslubi, badiiy tilidagi novatorlikni Prustning o'z adabiy-estetik qarashlari bilan bir butunlikda ochib berishga xarakat qiladi. 1913 yilda yetti kitobdan ("Svana bo'ylab", "Hermantlar xonadonida", "Sodon va Gomorra", "Qochoq qiz", "Asira", "Qiz chexrasiga yashiringan gullar", "Vaqt mahkumligi") iborat epopeyani birinchi qismini o'z hisobidan chop ettirgan Prust adabiy jamoatchilikning mazkur asarga bee'tiborligiga, sog'ligi yomonligiga qaramasdan tashqi olamdan uzulib deraza va devorlarini qalin mato bilan o'rab ichki olami manzaralarini tasvir etishga kirishadi. Romanning asosiy xususiyati ham inson qalbi, hissiyot xotiralari, ong osti kechinmalarini batafsil tasvir etilgani bilan belgilanadi. N.Eshonqul bu haqda to'xtalar ekan, Prust epopeyasiga asos bo'lgan omillar haqida quidagilarni bayon etadi: "Romanda yozuvchi idrokning eng chuqur va mantiq yetib bormaydigan qatlamlarini ochib olib, u yerdagi shuur o'zgarishini-tuyg'u, zavq, mayl, kechinmalarga aylanish jarayonini birma-bir tasvirlab berayotgan suratchiday taassurot qoldiradi"6. Romanning o'ziga xosligi ham shunda. Ya'ni adib botiniy olami tasviriga asoslanadi. N.Eshonqul romanda Prustning har qanday fikr inson kechinmalari mahsuli, inson tafakkuri ana shu kechinmalar mujassami, hosilasi, tafakkurni bilish uchun uning ichki kechinmalarini o'rganish zarur 7 degan irratsionallikka asoslangan qarashini sharqqa xos falsafa bilan bog'lab, inson qalbidagi o'zgarishlar uning tafakkurini belgilashi, qalb go'zalligi haqiqiy go'zallik degan sharqona xulosani romanga singdirilganini ochib beradi. Prustning ijod va ijodkorlikning inson hayotini mazmuni ekani haqidagi qarashlarini tahlilga tortgan N.Eshonqul romanning oxirgi kitobi "Vaqt mahkumligi"da asar qahramoni tilidan bayon etilgan hayotning ma'nosi ijoddir, ijodsiz, ijodkorsiz insonda va uning hayotida, intilish va maqsadlarida hech qanday mohiyat va ma'no qolmaydi, ijodgina inson va hayotga ma'no bag'ishlaydi, inson faqat ijod va ijodiy zavq bilangina vaqt, umr zavolidan xalos bo'la oladi degan fikrini yozuvchining dunyoga va insoniyatga qoldirgan hayot, mavjudlikning mohiyati haqidagi xulosalaridir deb bayon etadi. Aslida, ijod-yangilik, yaratuvchilik, bunyodkorlik, ilohiy in'om sanaladi. Prustning ijod-hayotning mohiyatidir degan qarashi insoniyatni yaratuvchilikka chorlovi bilan ham muhim ma'rifiy ahamiyat kasb etadi. Prustning inson faqat ijod va ijodiy zavq bilangina vaqt, umr zavolidan xalos bo'la oladi degan fikri romanni "Zavol topgan

6 Eshonqul N. Kitob bandasi .- Toshkent: Akademnashr, 2022. - B. 57.

7 Ey ^a^ga K;apaHr: Eshonqul N. Kitob bandasi .- Toshkent: Akademnashr, 2022. - B. 58.

www.oriens.uz

vaqt izidan" deya nomlanishiga ham asos bo'lgandir, ehtimol. Zero, inson o'z umrini faqat yaratuvchiligi, qilgan ezgu amallari bilan boqiylikka daxldor etadi.

Nazar Eshonqul asar bosh qahramon Marsel obrazini tahlilga tortar ekan, yozuvchi Marsel obraziga nafaqat o'z ismini bergani, balki butun biografiyasini, tuyg'u-kechinmalarini singdirganini, roman Marsel Prustning shaxsiy kechinmalari stenogrammalari, fotosuratlariga o'xshashini tahlillar bilan asoslaydi. Aslida ham har bir asar yozuvchi tuyg'ulari-kechinmalari mahsuli sanaladi. Biografik tahlil tamoyillari asosida asarni tahlilga tortish asarni yozuvchi shaxsi bilan bir butunlikda qayta kashf etish, haqqoniy-qiziqarli xulosalar chiqarish imkonini beradi. Muallif shaxsiyatini chuqurroq o'rganish, uning dunyoqarashi, orzu-armonlari, istak-intilishlari, tuyg'u-kechinmalarini qay tarzda badiiy asarda voqealanishi tadqiq etish, badiiy asarni yozilish jarayoni, g'oyani tug'ilishiga asos bo'lgan omillar, ijodkorning ijodiy konsepsiyasini anglash bilan uzviy bog'liq jarayon hisoblanadi. Biorgafik yondashuv nafaqat yozuvchi shaxsi va badiiy asarni bir butunlikda o'rganishga balki muhim haqqaniy xulosalar chiqarishga ham zamin yaratadi. Shu jihatdan N.Eshonqulning epopeya tahlilidagi yondashuvlari muhim va asosli. Prustning yirik jumla tuzishdagi novatorligi sababi haqida to'xtalgan muallif, Tolstoy, Zoliya, Folkner, Gofman kabi yozuvchilar ijodida ham bunday holat uchrashini ta'kidlaydi, hamda qiyosiy tahlillar vositasida Prust mahoratini ko'rsatadi. Tolstoy va boshqa adiblar yirik jumlani tashqi detallar, naturalistik tasvirlar hisobiga boyitgani, Prust esa ichki kechinmalar hisobiga boyitganini asoslaydi. Prustning badiiy mahorati ham, yirik jumla tuzishdagi novatorligi ham inson ichki kechinmalarini har xil tasvirda aks ettira olganida, qahramon qalbida yuz beradigan dialektik holatlarning barcha qirrasini qanday yuz bersa shundayligicha tasvirlay olishida deb biladi. N.Eshonqul "Zavol topgan vaqt izidan" romani faqat kechinma va hislar, kayfiyat, mayllar va xotiralarga qurilganiga urg'u qaratib, bu asar jahon adabiyotini yana bir pog'onaga kutargani, uning tasvir imkoniyatlarini kengaytirganiga to'xtalib: "Prust adabiyotni inson hayoti va faoliyati in'ikosi degan qarashni adabiyot - inson mayllarini, kechinmalarini o'rganuvchi fan va bu fan inson haqida eng to'g'ri xulosa bera oladi degan tushuncha bilan boyitganini"8 bayon etadi. Prustning adabiyotning mohiyati haqidagi qarashlari psixoanalizmga asoslangan bo'lib, adabiyotni insonshunoslik ilmi ekanini tasdiqlaydi. Nazar Eshonqul ham buni o'rinli ta'kidlab Prust ushbu asar orqali psixologik roman janrini boshlab bergani, ong oqimi uslubini adabiyotga dadil olib kirganini, uning psixoanalitik uslubini keyinchalik Joys davom ettirgani haqidagi mulohazalarini bayon etadi. "Zavol topgan vaqt izidan" romanini jahon adabiyotining durdona asarlaridan biri sifatida baholaydi. Asarning "Kitob bandalari" qismida

8 Eshonqul N. Kitob bandasi .- Toshkent: Akademnashr, 2022. - B. 61.

www.oriens.uz

o'zbek ijodkorlari va munaqqidlarining badiiy va ilmiy merosi tahlilga tortilgan. "Sahifadan tushib qolgan fikrlar" bo'limida esa N.Eshonqulning adabiy-estetik qarashlari falamga olingan.Umuman, mazkur kitob Nazar Eshonqulning jahon va o'zbek adabiyotining bilimdoni, chuqur ilmiy-tanqidiy tafakkur sohibi ekanidan dalolat beradi.

FOYDALANGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES):

1. BURKHANOVA, F. The Use Of Myths And Legends In Creation Of Story In Modern Uzbek Prose. Int. J. of Aquatic Science, 12(2), 2795-2800.

2. The methods of studying and analyzing classical poetic arts in literature lessons //Journal of critical reviews, 2020. - №5. - Б. 1631-1641

3. Журакулов У. Назарий поэтика масалалари. - Тошкент: Гафур Гулом, 2015. -Б.354.

4. Навоий А. Хдйрат ул-аброр. - Тошкент: Г.Гулом, 1989. - Б. 262.

5. Куронов Д, Мамажонов З, Шералиева М. Адабиётшунослик луFати. -Т.: Akademnashr, 2010. -Б. 400.

6. Quronov D. Adabiyot nazariyasi asoslari. - Тошкент: Navoiy universiteti, 2018. - B. 480 b.

7. Эшонкул Н. Сайланма II.- Тошкент: Akademnashr, 2022. - Б. 576.

8. Eshonqul N. Kitob bandasi .- Toshkent: Akademnashr, 2022. - B. 416.

Интернет сайтлари:

9. https://scholar.google.com/citations7view op=view citation&hl=ru&user=v47k HwYAAAAJ&citation for view=v47kHwYAAAAJ:IjCSPb-OGe4C

10. https://rus-literary-criticism.slovaronline.com/208

11. Atabayeva G.F. The sign content of "Ffu" novel // Asian Journal of Research in Social Sciences and Humanities, USA. 2022. - P.139-142. (Impact Factor - 8.0).

12. Atabayeva.G.F. "Humanizm in the novel of A. Yakubov" aктуальные проблемы тюркологии: россия и тюрко-мусульманский 2021 МИР

13. Pardaeva Nigora BILINGUALPOET - ANBAR OTIN. Актуальное в филологии. № 3 2021/6/11

14. Omanova M.A. Updating views on literary heroes and glory in the novels of the period of independence //Novateur publications JournalNX-A Multidisciplinary Peer Reviewed Journal. Volume 6, ISSUE 10, Oct. 2020 - P 415-419. (Impact Factor -7.223).

15. Omanova М.А., Якубов И. А. The place of traditional motives and symbols in the plot and composition of national novels // Journal of critical reviews. Malaysiya. 2020. - P. 2903-2910.

www.oriens.uz

16. Kalandarova D. "Attitude to uzbek folklore in the research of karl reichl". ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal 11.5 (2021): 500-503.

17. Kalandarova D. "Issues of Uzbek Folklore and its Research in Germany". Journal of Positive School Psychology 6.9 (2022): 4395-4398.

18. M.N.Kadirova. The Need For Improving The Methodology Of Teaching Folklore. International Scientific-Online Conference: Intellectual Educationtechnological Solutions And Innovative Digital Tools. Netherlands.

19. Mashkhura Kadirova. "The Need For Improving The Methodology Of Teaching Folklore In Distance Learning" Lecturer, Department of Uzbek language and literature of Tashkent State Pedagogical University named after Nizami, Uzbekistan,

20. Ypa36aeBa M. Ae^ xapaKTepHHH onnrnga SagHHH HyT^HHHr ypHH. GOLDEN BRAIN. 2023, 193-199 b.

21. O'razbayeva M. XX asr ozarbayjon adabiyotida Ganjaviy obrazi tasviri. Nizomiy Ganjaviy va xamsachilik an'anasi nomli ilmiy konferensiya materiallari to'plami. - Toshkent. 2024 -yil.

22. Kahramanov K. Naim Karimov Is a literary scholar, Scholar and critic. Rivista Italiana di Filosofia Analitica Junior. 2023, Vol 14. ISSN: 2037-4445.

23. Makhbuba Urazbayeva, Burkhanova Feruza, Pardayeva Nigora, Atabayeva Gozal, Qodirova Mashhura. Issues of Distribution of Bear Image in Uzbek Novels. Journal of Advanced Zoology. 2023. 2184-2192 p.

24. NK Achilov The image of a historical person and its epical interpretation

JournalNX-_A_Multidisciplinary_Peer_Reviewed_Journal

ISSN No: 2581 - 4230 VOLUME 8, ISSUE 5, May -2022 https://scholar.google.com/citations7view op=view citation&hl=ru&user=fs53FlgA AAAJ&citation for view=fs53FlgAAAAJ:d1gkVwhDpl0C

25. Nasim Achilov Epic knowledge decline and factors of the emergence of fake epos. Vol. 1 No. 2 (2022): Journal of Integrated Education and Research https://ois.rmasav.com/index.php/ois/article/view/163

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.