Научная статья на тему 'ISTIQLOL YILLARIDA HIKOYACHILIK TARAQQIYOTI (Nazar Eshonqul ijodi misolida)'

ISTIQLOL YILLARIDA HIKOYACHILIK TARAQQIYOTI (Nazar Eshonqul ijodi misolida) Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
951
100
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Tersotaliklar / Bayna momo / Munaqqid / Hikoya / Lirik qahramon / poetika / Yozuvchi. / жители Терсоты / Байна момо / Рассказчик / Рассказ / Лирический герой / поэтика / Писатель.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Qosimov, Mirjalol Haydar O‘G‘Li

Ijodkor uchun eng avvalo muhim fazilatlardan biri samimiyatdir. U bor joyda to’qima gaplar, aldamchi kayfiyatlar bo’lmaydi. Ijod keng bir maydon, har kim qo’lidan kelganicha chin yurakdan yozgani kabi. Nazar Eshonqulning o’zbek hikoyachiligidagi mashaqadli ijodi, yosh avlod uchun ham samarali foydasi-yu, nasrdagi faoliyati bugungi kundagi mohiyati va mulohazalari taqdim etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

РАЗВИТИЕ СТОРИТЕЛЛИНГА В ГОДЫ НЕЗАВИСИМОСТИ (На примере творчества Назара Эшанкуля)

Одним из важнейших качеств художника является искренность. Там, где он, не будет фальшивых слов и обманчивых настроений. Творчество – широкое поле, ведь каждый пишет от души как можно больше. Представлены кропотливое творчество Назара Эшонкула в узбекском сказительстве, его эффективная польза для молодого поколения, а также суть и соображения его творчества в прозе сегодня.

Текст научной работы на тему «ISTIQLOL YILLARIDA HIKOYACHILIK TARAQQIYOTI (Nazar Eshonqul ijodi misolida)»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

ISTIQLOL YILLARIDA HIKOYACHILIK TARAQQIYOTI (Nazar Eshonqul ijodi misolida)

Qosimov Mirjalol Haydar o'g'li

Sharof Rashidov nomidagi SamDU 2-kurs magistranti qosimovm438@gmail.com

Ijodkor uchun eng avvalo muhim fazilatlardan biri samimiyatdir. U bor joyda to'qima gaplar, aldamchi kayfiyatlar bo'lmaydi. Ijod keng bir maydon, har kim qo'lidan kelganicha chin yurakdan yozgani kabi. Nazar Eshonqulning o'zbek hikoyachiligidagi mashaqadli ijodi, yosh avlod uchun ham samarali foydasi-yu, nasrdagi faoliyati bugungi kundagi mohiyati va mulohazalari taqdim etilgan.

Kalit so'zlar: Tersotaliklar, Bayna momo, Munaqqid, Hikoya, Lirik qahramon, poetika, Yozuvchi.

Одним из важнейших качеств художника является искренность. Там, где он, не будет фальшивых слов и обманчивых настроений. Творчество - широкое поле, ведь каждый пишет от души как можно больше. Представлены кропотливое творчество Назара Эшонкула в узбекском сказительстве, его эффективная польза для молодого поколения, а также суть и соображения его творчества в прозе сегодня.

Ключевые слова: жители Терсоты, Байна момо, Рассказчик, Рассказ, Лирический герой, поэтика, Писатель.

Nasrimizning o'tgan asr 80-90 yillaridagi yangilanish odatiy an'anaviy yo'lida uning ijodi o'zgacharoq kechdi, XIX-XX asr boshlarida G'arbda paydo bo'lgan adabiy oqimga o'xshash sifatlar namoyon bo'ldi. Hozirgi nasrimizdagi mazkur ijodiy izlanishlar darhol adabiy jamoatchilik e'tiborini tortdi. Bu hol o'zbek nasrinig tahlil hududi kengaydi, Xususan, ob'yektiv olam, voqea-hodisalar, inson kichinmalari, ruhiy talqini, ichki tuyg'ularini jamlagan holda kitobxon qahramon bilan emas balki, uning tafakkuri bilan muloqotga kerishadigan, uning tafakkur jarayoni bilan bahslashadigan bo'ldi.

Bugungi o'zbek nasrida Nazar Eshonqulning alohida xizmatlari bor. Jahon adabiyotining eng sara namunalarini puxta o'rgangan, badiiy ijodga qiziqib, hikoyachigimizga juda jiddiy faoliyat turi sifatida qaragan bu adib o'zidan boy va

ANNOTATSIYA

АННОТАЦИЯ

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

ibratli hikoyalari bilan birga nosir, tarjimon, jurnalist hamda jonkuyar tashkilotchi sifatida o'zbek adabiyoti va san'atida yorqin iz qoldirgan siymodir.

Darhaqiqat, ijodkorning qaysi bir asariga nazar solmaylik, barchasida so'zlarning o'rni bilan qo'llanilib, yaxlit bir butunlikni hosil qilganini ko'ramiz, ya'ni unga biror ortiqcha so'zni qo'shib ham, olib tashlab ham bo'lmasligiga guvoh bo'lamiz. Bu holatni agar tabir joiz bo'lsa, tasbeh shodasiga qiyoslasak arziydi, chunki unda ham biror sadaf tushirib qoldirilsa yoki ko'proq qo'shib yuborilsa u o'z mohiyatini, to'g'rirog'i tasbehlik xususiyatini yo'qotib, oddiy marjon shodasiga aylanib qoladi. Yozuvchi ijodida esa "tasbeh"lik xususiyatini yo'qotgan biror asarni, qolaversa, jumlani, matnni topolmaymiz. Nazar Eshonqul shaxsida, tabiatida insonning ichki olamini, ruhiy iztiroblarini, kechinmalarini, insonlar taqdiridagi fojiaviy holatlarni anglay olish va uni kitobxonga yetkazib berish qobiliyati juda ham kuchli. Garchi uning asarlarida personajlar, hayotiy epizodlar ma'lum bir badiiy tugallanma, yechimlar bilan yakun topsa-da, aslida, bu keyingi fojialar uchun muqaddima vazifasini o'taydi xolos. Bir so'z bilan aytganda, adib ijodida fojiaviy ruh bilan sug'orilgan asarlar talaygina bo'lib, bulardan biri "Shamolni tutib bo'lmaydi" hikoyasidir.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Keling, asarning boshlanish qismiga e'tibor qilaylik: "Yuz yildan beri Tersotaliklarni g'ururi Bayna momoning uyini xuddi unitishga va yo'q qilishga mahkum etilgan xoteradek nihoyat buzib tashlashga kirishishdi:..." - ushbu boshlanmada qo'llangan "Tersotaliklar" yoki "Bayna momo " so'zlarini olaylik. Xo'sh, bu yerda "Tersotaliklar" so'zi orqali "Bayna momo" obrazi butun bir Tersotalikga nisbatan qo'llanganmi yoki birgina joy nomigami. Bir oz o'ylantiradi kishini. Menimcha, faqatgina Tersotaliklarga nisbatan qullangan deb uylayman, chunki, ikkisiga nisbatan ham qo'llangan (garchi hikoyaning davomida "nafis adabiyot darsi" deb ta'kidlangan bo'lsa-da!), chunki asarning boshlanishidayoq adib Tersotaliklar so'zini qo'llab, birinchidan, muallimning qo'polligi, madaniyatdan yiroqliligiga ishora qilsa, ikkinchidan, adabiyotning naqadar qimmatbaho yaratiq, ma'naviy obida ekanligini anglatmoqchi bo'ladi. Ammo, "Yig'ilganlar orasida Rayim polvon bilan o'g'lini himoya qilolmay, Bayna momoning bir umrlik nafratiga duchor bo'lgan, o'sha paytda navqiron, endi sharti ketib, parti qolgan chollar ham bor edi. Ular oradan ellik yil o'tgach, bu unut va muztar go'shaga biri nchi bor qadam qo'yishgan va tobut ortidan gunohkorona bo'yin egib borishardi", Bayna momo obrazi orqali haqiqiy ornomus tuyg'usini ochib berish bilan adib o'rtaga tashlayotgan

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

ramziylik ham kitobxonni o'ylantirishi kerak. Agar ushbu epizodni chuqurroq dalillasak, yana hikoyadagi bosh obrazga murojaat qilishimizga to'g'ri keladi. Yozuvchi birgina jumla orqali so'zlar ostida so'zlar yashirib, o'quvchini teran mulohazaga chorlaydi.

Milliy istiqlol davriga kelib jamiyatda axloqiy mezonlarni yangilash zarurati tobora kuchaya boshladi. Hikoyachilikda qisqa vaqt mobaynida inson ma'naviyati tadqiqi birinchi o'ringa ko'tarildi. Chunki bir tomondan, katta ijtimoiy muammolar kun tartibiga ko'tarilgan bo'lsa, ikkinchi tomondan, mavjud siyosiy poetikalar yemirilayotganligi ruhiyat talqiniga zaruratni oshiradi. Tabiiy ravishda, mazkur xususiyat voqelikni tadqiq etishning o'zgacha tamoyillarini yuzaga chiqardi.

Asrlar davomida hikoya janr imkoniyatlari cheksiz ekanligini namoyon etdi. Tadqiqotlar natijalari hikoya nafaqat so'z san'atining eng mukammal namunasi, balki o'zi yaratilgan davr uchun ham muhim ekanligini ko'rsatadi. Shu bilan birga, hikoya boshqa adabiy janrlar ichida insonga xos bo'lgan ong, ruh, vujud, aql tushunchalarini bir-biri bilan garmonik uyg'unligini aks ettira olgan, insonni shaxs sifatida shakllanishi jamiyat bilan bog'liqligini to'laqonli, keng qamrab olgan janrdir. Shuning uchun adabiyotshunos Umarali Normatov bu haqida shunday yozadi: "Badiiyat olamidagi eng asosiy o'zgarish shundan iboratki, san'at, adabiyot, adabiyotshunoslik yakkahokim mafkura iskanjasidan xolos bo'ldi, san'at va adabiyoning erkin, xilma-xil falsafiy-estetik o'zanlar bo'ylab rivojlanishi uchun keng yo'l ochildi" [1,5-bet]. Shu o'rinda romanlardagi barcha janr o'zgarishlar oqimi bugungi hikoyachiligimizda keng miqiyosda asarni yoritib berishga xizmat qilib kelmoqda.

Ta'kidlash joizki, mahoratning qanchalik yuksakligini yozuvchi - uslubi ham belgilab beradi. Ba'zi bir yozuvchilar ijodida chuqur ruhiy tahlilga moyillik ustuvorlik qilsa, ba'zilarida sodda, jo'ngina dialoglarga ma'no yuklashga ustamon bo'ladi, ba'zilar har ikkisini barovar rivojlantirib boradi. Bunday deyishimizga sabab shuki, Nazar Eshonqul badiiy izlanishlarida hayotni oddiy kuzatishdan boshlab to murakkablik tomon harakatlanishi kundalik turmushimizda tez-tez uchrab turadigan insoniy fazilatlar, maishiy muammolarning tomir yoyish sabablarini butun-murakkabligicha ochib berishida qabarib ko'rinadi.

Munaqqid H.Umurov e'tiroficha: «Mahoratni egallash uzluksiz davom etadigan jarayondir. Yozuvchi o'z ijodining ma'lum davrida - usta san'atkor darajasiga ko'tarilishi mumkin. Agar u shu bilan cheklansa, badiiy mahoratini o'stirmasa -hayotdan va san'atdan o'rganishda davom etmasa u orqaga ketaveradi, o'quvchilari

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

soni kamayaveradi. Demak, o'rganish, kashf etish to'xtagan joyda tal'ant kuchi, ta'siri susaya boshlaydi» [3,41-bet].

Darvoqye, munaqqid e'tiborni «kashf etish, o'rganish»ga qaratadi. Biz bu fikr-mulohazadan shuni anglashimiz mumkinki, yillar davomida yig'ilgan ijodiy izlanish va tajriba «kun»i kelib tashqariga chiqsa, ana shundagina yuksak did va mahorat bilan bitilgan badiiy javhar tug'ilishi mumkinligiga iqror bo'lamiz.

Ma'lumki, yozuvchi uslubining tadrijiy shaklanishiga tashqi omillar ham o'z ta'sirini ko'rsatadi, albatta! Masalan, har bir yozuvchi yoki shoir boshqa ijodkor yaratiqlaridan nimalarnidir o'qib o'rganadi, ulardan ijodiy o'zlashtiradi. Bu o'rganish uning hayot hodisalarini akslantirishi, inson obrazini gavdalantirishiga ta'sir qiladi. Uslub - yozuvchi xayolot olamining individual namoyon bo'lish tarzi hamdir. Yozuvchi, shoir voqealarni, qahramonlarni, ular yashaydigan manzil manzaralarini qanday tasavvur qilsa, shunday ifodalaydi. Nazar Eshonqul qahramonlari turgan joyni ham, ularning holati, ahvolini ham ixcham, lo'nda, eng muhim jihatlariga e'tiborni qaratgan holda tasvirlaydi.

Nazar Eshonqul XX asr voqealarini o'z asarlari orqali ochishga harakat qilgan. Hikoyalarida ham zamondoshlarimiz qiyofasini ochib beruvchi ko'pgina yorqin obrazlar yaratdi. Ularda ham xuddi lirikasidagi kabi davrimizning ilg'or odamlariga, ijodkor - yaratuvchi insonlarga muhabbatini baralla kuylaydi. Nazar Eshonqul ijodida salbiy qahramonlarning passiv harakati yozuvchining ularga deyarli e'tibor bermas ekan degan xulosa kelib chiqmaydi. Muallifning asarlarida ijobiy qahramonlarning xarakteri keskin hayotiy to'qnashuvlarda ochiladi, murakkab vaziyatlarda toblanib boradi. Bu to'qnashuvlarda esa hamisha salbiy qahramonlar faol bo'ladi. Adib ularni qalb mahorati bilan tasvirlaydi. Ichki dunyosini ochishga, ularni harakatga keltiruvchi yashirin mexanizmlarini kitobxonga ko'rsatishga alohida e'tibor beradi.

Nazar Eshonqul turli hikoyalardagi obrazlar olami o'ziga xos badiiy talqin etib kelinadi. Albatta, o'z asarlarida obrazlar galeriyasini yaratishga urinish ijod ahlining deyarli barchasi uchun xosdir. Yozuvchining asarlari orasida ixcham hikoya lavhalari ham, yirik asarlar ham mavjud. Muhimi, bu asarlarda yozuvchining sermazmun hayoti hamda serqirra faoliyati butun rang-barangligi bilan namoyon bo'lgan.

Nazar Eshonqul ijodi va faoliyati ulug' bir ummondir. Uning tubiga yetish yoxud bu hikoyachilikni o'rganish, baholash necha-necha avlodlarning ham umriga tatigulikdir. Kitobxon bezagi uchungina emas, balki aniq g'oyaviy, badiiy maqsadlari uchun, kelajak avlod uchun, davr ruhini singdirishga xizmat qildirmoqda. Nazar Eshonqul poetikasidagi betakrorlik ham shunda deb o'ylayman. Nazar

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Eshonqulning "Shamolni tutib bo'lmaydi" hikoyasidagi Bayna momo obraziga ijodiy yondashuvi o'ziga xos: uningcha, adib yaratgan timsol milliy iftixorimiz, g'irur va sharaf-shonimizdir. Bu asar o'ziga qadar yaratilgan o'zbek hikoyalaridan bir necha jihatlari bilan ajralib turadi. Avvalo, hikoyalarining kompozitsion tuzilishi, asar voqea- hodisalarining tartib bilan, mantiq chegarasida joylashuvi boshqa asarlardan keskin farq qiladi. Unda go'yo bir-biri bilan bog'lanmaydigan qator hikoyalar, rivoyatlar, hatto qissalar bo'lsa-da, ular mantiqan bir-birini to'ldiradi.

Chinakam asarning qahramoni o'ziga xos tabiat, kayfiyat, taqdir egasi sifatida namoyon bo'lishi, uning sezim va kechinmalari kitobxonni loqayd qoldirmasligi kerak. Shunday asarlar sirasiga "Shamolni tutib bo'lmaydi" hikoyasini keritsak bo'ladi. Lirik qahramonning ichki quvonchi, g'ami, iztirob-u o'ylari kitobxonlarga ta'sir ko'rsata olsagina, u badiiy qiymatga ega bo'ladi. Asar qahramonni befarq qoldirgan hikoyalar o'quvchining ongiga ham, tuyg'ulari ham ta'sir ko'rsata olmaydi. Shu jihatdan qaraladigan bo'lsa, Nazar Eshonqulning "Shamolni tutib bo'lmaydi" hikoyasidagi Bayna momo kitobxonga kuchli ta'sir qilishini bemalol aytish mumkin.

Bu asar o'ziga qadar yaratilgan o'zbek hikoyalaridan bir necha jihatlari bilan ajralib turadi.

REFERENCES

1. D. Quronov. Adabiyotshunoslikka kirish. -Toshkent, "Fan", 2007. 63-bet.

2. Yo'ldoshev Q. Yoniq so'z. - Toshkent., "Yangi asr avlodi", 2006. 62-bet.

3. Umarali Normatov. Umidbaxsh tamoyollar. - T., "Ma'naviyat", 2000.

4. Nazar Eshonqul "Momoqo'shiq" G'afur G'ulom nomidagi nashriyot - matbaa uyi. - Toshkent, 2019.

5. Umurov H. Badiiy ijod asoslari. -T.: «O'zbekiston», 20-bet.

XULOSA

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.