Научная статья на тему 'O‘TKIR HOSHIMOVNING ADABIY-ESTETIK QARASHLARI'

O‘TKIR HOSHIMOVNING ADABIY-ESTETIK QARASHLARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
1254
119
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
badiiy asar / tahlil / mavzu / ijodkor / g’oya. / artwork / analysis / theme / creator / idea.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Solijonov, Yo’Ldoshxo’Ja, Ro’Ziyev, Temur Erkinjon O’G’Li

Mazkur maqolani yoritish jarayonida adabiy-estetik qarashlar va uning bugungi kundagi mohiyati tahlil qilindi. Shu bilan birga yozuvchining adabiy-estetik qarashlari shakllanish masalalari yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

LITERARY AND AESTHETIC VIEWS OF OTKIR HASHIMOV

In the process of covering this article, literary-aesthetic views and its meaning today were analyzed. At the same time, the writer's literary and aesthetic views are highlighted.

Текст научной работы на тему «O‘TKIR HOSHIMOVNING ADABIY-ESTETIK QARASHLARI»

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(5), May, 2023

O'TKIR HOSHIMOVNING ADABIY-ESTETIK QARASHLARI

Yo'ldoshxo'ja Solijonov

FarDU, Adabiyotshunoslik kafedrasi professori, Ro'ziyev Temur Erkinjon o'g'li

FarDU 2-kurs magistranti

Mazkur maqolani yoritish jarayonida adabiy-estetik qarashlar va uning bugungi kundagi mohiyati tahlil qilindi. Shu bilan birga yozuvchining adabiy-estetik qarashlari shakllanish masalalari yoritib berilgan.

Kalit so'zlar: badiiy asar, tahlil, mavzu, ijodkor, g'oya.

In the process of covering this article, literary-aesthetic views and its meaning today were analyzed. At the same time, the writer's literary and aesthetic views are highlighted.

Keywords: artwork, analysis, theme, creator, idea.

В процессе освещения данной статьи были проанализированы литературно-эстетические воззрения и их значение на сегодняшний день. При этом выделяются литературно-эстетические взгляды писателя.

Ключевые слова: Художественное произведение, анализ, тема, создатель, идея.

Elimiz suygan adib, O'zbekiston xalq yozuvchisi O'tkir Hoshimov o'zining betakror qalami bilan o'zbek adabiyotiga iz qoldirib ketdi. El dardini o'z dardi deb bilgan ijodkorning ijodiy faoliyati uning nafaqat badiiy adabiyotda, balki publitsistikada ham betakror va sermahsul, shu o'rinda "dardli"ligi bilan ajralib turadi. Badiiy ijodda hikoya, qissa va roman janrining takomiliga samarali hissa qo'sha olgan O'tkir Hoshimov badiiy publitsistiqaning maqola, adabiy-qaydlar, adabiy portret, suhbat janrida barakali ijod qiloldi. Ko'rinadiki, adibning adabiy tanqidiy qarashlari va estetik dunyoqarashi badiiy ijod qatori publissistikada ham yorqin ko'zga tashlanadi.

O'zbekiston xalq yozuvchisi O'tkir Hoshimovning qirqdan ortiq asarlari ming-minglab kitobxonlarning ma'naviy mulkiga aylanishga ulgurgan. Ushbu asarlar joy olgan kitoblarning umumiy tiraji esa 2 million nusxadan oshgan. YOzuvchi asarlari

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

АННОТАЦИЯ

KIRISH

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(5), May, 2023

ko'pgina xorijiy tillarga tarjima qilingan. Bu natijalar har qanday ijodkor orzu qiladigan, intiladigan marradir.

Biz qachon kitobni sevib o'qiymiz? Unda tanish qismatlar aks etgan bo'lsa, qahramonlar bilan darddosh, baxtdosh bo'la olsakkina.

Agar kitobni unda tasvirlangan qahramonlar va ularning qismatlari darddosh bo'lsagina kitobxon o'qiydi.

SHu nuqtai nazarda O'tkir Hoshimovning "Dunyoning ishlari" qissasi o'quvchilar qalbidan chuqur o'rin egallagan asar sifatida qadrli. Qissa haqida O'zbekiston xalq yozuvchisi Said Ahmad shunday degandi: "Dunyoning ishlari" asarini qissa emas, doston deb atashni istardim. U qo'shiqday o'qiladi. Uni o'qib turib, o'z onalarimizni o'ylab ketamiz. SHu mushfiq, shu jafokash onalarimiz oldidagi bir umr uzib bo'lmas qarzlarimizning aqalli bittasini uza oldikmi, degan bir andisha, bir savol ko'z oldimizda ko'ndalang turib oladi. Qissa bizni insofga, insonni qadrlashga, hurmat qilishga chaqiradi"

MUHOKAMA VA NATIJALAR

O'tkir Hoshimov o'zbek adabiyotida o'zigagina xos bo'lgan nasriy asarlari, ma'rifiy badialari, adabiy-tanqidiy maqolalari, publitsistik asarlari bilan o'ziga xos o'rin egallagan ijodkorlardan biridir.

O'tkir Hoshimovning adabiy-estetik qarashlarini o'zida jam etgan adabiy-tanqidiy, ilmiy, publitsistik ishlarini quyidagi uch guruhga ajratib o'rganish mumkin.

1. Badiiy asarlardagi estetik qarashlari.

2. Adabiy-tanqidiy maqolalar, suhbatlaridagi estetik qarashlari.

3. Publitsistik lavhalar, maqolalardagi estetik qarashlari.

Bu asarlarni adibning moziy qatlarida yashiringan sirli xayolot olami va badiiyat uyg'unligi, shunga mos o'ziga xos qarashlari, eng muhimi, Vatanga, uning tarixiga muhabbat tuyg'ulari birlashtirib turadi.

XX asr ikkinchi yarmi o'zbek adabiyoti, aniqrog'i, nasri rivojida O'tkir Hoshimovning munosib o'rni bor. Mustabid tuzum sharoitida u o'zining estetik qarashlarini ochiq va ro'yi-rost bayon qila obganligi bilan ham ajralib turadi. YOzuvchi o'z asarlarida hamisha haq gapni aytish uning ijodiy konsepsiyasi sifatida aks etdi. Garchi ba'zi asarlarida zamonasoz yuzaki o'rinlar uchrashi mumkin bo'lsa -da, mohiyatan adib hech qachon o'zining ijodiy ahdiga qarshi ish ko'rmagan, estetik qarashlariga qarshi borib murosasozlik yo'liga kirmagan. U o'tkinchi mayllarga berilmay, so'z san'atining azaliy muammosi - shaxs jumbog'i, ijtimoiy adolat tuyg'usi ifodasi bilan qiziqdi.

60-yillar o'zbek adabiyotiga kirib kelgan O'tkir Hoshimovning dastlabki "CHo'l havosi" qissasidanoq o'ziga xos badiiy-estetik qarashlari shakllana boshlaganini

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(5), May, 2023

ilg'ash mumkin. Dastlabki "To'rt maktub" tarzida matbuot yuzini ko'rgan ushbu asar bejizga Abdulla Qahhor e'tiboriga tushmagan edi. O'tkir nazarli munaqqid yosh yozuvchining o'z qarashlari borligini ko'ra oladi.

Darhaqiqat yozuvchi oddiy maishiy kechinmalardan tortib ulkan ijtimoiy mushohadalar, keskin ruhiy dramalar, fojealar, qabohatlar haqida qalam tebratganda ham adib o'zining adabiy-estetik qarashlaridan sira chekinmadi. So'ng u birin-ketin "Odamlar nima derkin", "SHamol esaveradi" qissalarini yaratdi. Xususan, "Bahor qaytmaydi", "Qalbingga quloq sol" qissalari adabiy tanqidchilikda qizg'in bahs-munozara qo'zg'atdi. Bu qissalari uchun u 1976 yili yoshlar mukofotiga sazovor

O'tkir Hoshimov qissalari 60-70-yillar milliy adabiyotimizdagi o'tkir ma'naviy -axloqiy muammolarni o'z adabiy-estetik qarashlarini markazida tutganligi bilan ajralib turadi.

Garchi O'tkir Hoshimov qalam tebrata boshlagan davrda xalqlarni dunyodan ajratib turadigan yuksak devorlari darz keta boshlagan, jamiyatni demokratlashtirish boshlangan, erkin fikrlar asta sekin bo'y cho'za boshlagan pallalarga to'g'ri keladi. Ammo ilm-fan, radio, televidenie, matbuotda senzura hali ham o'z o'rnini sira bo'shatgisi kelmasdi. SHunday bo'lishga qaramasdan millat dardini qalami o'tkir ijodkorlar qog'oz yuziga olib chiqishga hoziru nozir bo'ldi. Bu davrda O.YOqubov, P.Qodirov, ular izidan borgan E.Vohidov, A.Oripov, SH.Xolmirzaevlar tomonidan asrning eng sara asarlari yaratildi. Ular tarix, falsafa, sotsiologiya, siyosat, adabiyotshunoslik va publitsistika kabi ijtimoiy tafakkur sohalariga xos bo'lgan katta vazifalarni uddalay oldi. Badiiy asarlar endi sho'rolar mafkurasining dastyori vazifasidan, uning mohiyatini doston qilish majburiyatidan holiroq bo'lgan - el dardini aytish, ma'naviy hayotda sodir bo'layotgan voqealarga nisbatan "muhim gap" ayta olishdek ijodkorning o'z adabiy-estetik qarashlarini ifoda etish maydoniga aylandi.

"To'rt maktub" hikoyalaridan boshlangan O'tkir Hoshimovning professional ijoddagi qadamlari aynan shu yo'ldan bordi: qator publitsistik hikoya, qissalar yaratdi. Uning "Teraklar yaproq yozdi", "Dehqonning bir kuni", "Nur borki, soya bor", "Kvazarlar" kabi roman, qissa, hikoyalari asarlarda ungagina xos bo'lgan adabiy-estetik qarashlar o'zbek kitobxonlarini tafakkurining shaklanishida ma'naviy ozuqa bera oldi. Qishloq odamlarining daladan chiqmay o'tayotgan xazon umrlari, qurilish inshoatlaridagi ko'zbo'yamachiliklar, jamiyatning turli idoralaridagi adolatsizliklarning ro'y-rost qog'ozga chiqarib qo'yilishi va bunda yozuvchining adolat, er dardi va milliy qadriyat bosh omil bo'lgan adabiy-estetik qarashlari qalqib turishi bilan xarakterlanadi.

bo'ldi.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(5), May, 2023

Muhim jihat shundaki O'tkir Hoshimovning barcha ijodida adabiyotning birlamchi bosh muammosi - inson va uning ruhiyatining tahlili turadi. Har qanday muhim ijtimoiy masala va muammolar badiiy talqinga tortilmasin ularning barchasi qahramonlarning ruhiyati yozuvchining adabiy-estetik qarashlarining shul'asi tushgan holda tasvirlanadi. YOzuvchi shu holatda ma'naviyat, ruhiyat haqiqatini taftish qiluvchi tadqiqotchi sifatida gavdalanadi.

Uning katta ijod safarini boshlab bergan "CHo'l havosi", "Muhabbat", "Odamlar nima derkin", "SHamol esaveradi" nomli hikoya va qissalaridan bunday xususiyat takomillasha bordi. Dastlab ushbu asarlarida ma'naviy hayot muammolari qalamga olingan, jamiyatdagi oddiy kishilarning kundalik muammolari va undan ta'sirlangan qahramonlarning ruhiyatlari yoritib berildi.

Keyinchalik uning qalam betratish doirasi jamiyatning ijtimoiy mammolari tomon kengayib bordi. Albatta muammo qo'yilishi badiiy asar tarxining lozim bo'lgan talabiga aylandi. Bunday asardarda yozuvchininig adabiy-estetik qarashlari inson obrazi, ma'naviyati, ruhiyati tahlilini yoritishda aosiy tayanch bo'lib xizmat qildi. Bu jihatlar "Qalbingga quloq sol", xususan, "Bahor qaytmaydi", "Dunyoning ishlari" qissalarida yorqin gavdalandi.

XULOSA

O'tkir Hoshimov estetik qarashlari adolat va haqiqat tamoyili asosida shakllanganligi asarlarida darhol seziladi. Uning qahramonlari hayotning turli bo'hronlari uchrashlariga qaramasdan o'zining insoniy tuyg'ularini saqlab qoladi. YA'ni o'z insoniyligini yo'qotmaydi. Bu O'tkir Hoshimovning estetik qarashlari -inson hamisha insoniyligini saqlab qolishi kerak degan aqidasiga xos jihatdir. Uning qahramonlari ham inqiroz, fojea, halokat yoqasida ham shu tuyg'ularini tark etmaydi. Ayniqsa, u olijanob, ma'naviy barkamol shaxslar qalbi, tabiati tasvirida uning o'zligi erkin gavdalanadi.

Milliy kolorit bilan tasvirlangan asarga umuminsoniy tuyg'ular singdirilib ketilgan. Bu nuqtalarda yozuvchi o'zininig adabiy-estetik qarashlarini oshkor qila ketadi:

"Ehtimol, dunyoning bu chetida turib bir odam o'z sevgilisiga aytgan dil rozini dunyoning narigi chekkasidagi boshqa bir odam tushunmas. Ehtimol, dunyoning bu chetida turib bir odam aytgan qo'shiqni dunyoning narigi chekkasidagi boshqa bir odam tushunmas. Ehtimol, dunyoning bu chekkasida turib bir odam aytgan oqilona fikrni dunyoning narigi chekkasidagi boshqa bir odam tushunmas. Biroq dunyoning bu chekkasida turib ona aytgan allaga dunyoning narigi chekkasidagi go'dak bemalol orom oladi"

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(5), May, 2023

O'tkir Hoshimovning adabiy-estetik qarashlariing asosini tashkil etuvchi insoniy munosabatlarni o'zida aks ettirgan "Dunyoning ishlari" qissasi betakrorligi bilan ajralib turadi. Ona qalbi va uning hadsiz saxovati haqidagi bu asarda O'tkir Hoshimovning o'z adabiy-estetik qarashlarini turli nuqtadan turib chizgilab berganligining guvohi bo'lamiz.

REFERENCES

1. Gafurovich, S. A. (2021). Analysis Of The Poem" Autumn Dreams" By Abdulla Oripov. The American Journal of Social Science and Education Innovations, 3(01),

2. Sabirdinov, A. (2021). ASKAR KASIMOV IN THE UZBEK POETRY OF THE XX CENTURY THE ROLE AND IMPORTANCE OF CREATION. Конференции, 7(2).

3. JURAYEV, H., & ABDURAHIMOVA, J. (2018). Semantic layers of the expression in the Babur lyric. Scientific journal of the Fergana State University, 1(3),

4. Kasimov, A. A. (2020). PECULIARITIES AND SIMILARITIES OF SYMBOLIC EXPRESSION IN THE NOVELS "THE PICTURE OF DORIAN GRAY" AND "THE MAN AT THE MIRROR". Theoretical & Applied Science, (5), 590-592.

5. Shoxruxbek, M., Qosimov, A., Abdurashidovich, Q. A., Murodilovna, O. G., & Umurzakov, R. (2022). THE INWARD WORLD OF AN ARTISTIC DEPICTION OF THE CONTRADICTIONS.

6. Qosimov, A., Hamroqulov, A., & Xo'jayev, S. (2019). Qiyosiy adabiyotshunoslik. Toshkent: Akademnashr.

7. Yulchiyev, Q. (2019). The development of lyric chronotop in Uzbek poetry. Scientific journal of the Fergana State University, 2(2), 77-81.

8. Юлчиев, К. В. (2020). ЛИРИК ШЕЪРДА БАДИИЙ МАКОН МУАММОСИ. МЕЖДУНАРОДНЫЙ ЖУРНАЛ ИСКУССТВО СЛОВА, 3(5).

9. Azimovich, R. Z. Chronotope Image in the Novel" Ulugbek Treasure" by Odil Yakubov. International Journal on Integrated Education, 3(11), 183-186.

10. Rahimov, Z., & Gulomov, D. (2020, December). RETROSPECTIVE STRUCTURE IN FICTION. In Конференции.

11. Mukhammadjonova Guzalkhan. The image of a creative person in the poetry of Erkin Vohidov. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal. Volume : 10, Issue : 11, November. - India, 2020.

12. Mukhammadjonova, G. (2020, December). ARTISTIC INTERPRETATION OF THE CREATIVE CONCEPT IN WORLD LITERATURE. In Конференции.

556-559.

111-112.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(5), May, 2023

13. Qayumov A. CREATING OF A NATIONAL CHARACTER THROUGH MEANS OF LITERATURE //Theoretical & Applied Science. - 2018. - №. 1. - С. 235-240.

14. Джураева, М. А. (2020). THE CONCEPT OF A NEW HUMAN-BEING IN MODERN UZBEK STORIES. Ученые записки Худжандского государственного университета им. академика Б. Гафурова. Серия гуманитарно-общественных наук, (2), 85-89.

15. Oripova, G. (2019). UZBEK POETRY AND THE WORLD LITERATURE IN THE YEARS OF INDEPENDENCE. Scientific Journal of Polonia University, 32(1), 116-120.

16. Oripova Gulnoza Murodilovna. (2019). THE PECULIARITIES OF VAZN METER IN UZBEK POETRY OF THE INDEPENDENCE PERIOD. International Journal of Anglisticum. Literature, Linguisitcs and Interdisciplinary Studies. Volume: 8 /Issue:2/. - Macedonia, 2019. -P.33-39.

17. Akhmadjonova O. A. Symbolic And Figurative Images Used In The Novel "Chinar" //The American Journal of Social Science and Education Innovations. -2021. - Т. 3. - №. 03. - С. 389-392.

18. Ahmadjonova, O. (2020, December). THE ARTISTIC SKILL OF THE CREATOR. In Конференции.6. Oripova G. M., Tolibova M. T. Q. Composition Of Modern Uzbek Stories //The American Journal of Social Science and Education Innovations. - 2021. - Т. 3. - №. 03. - С. 245-249.

19. Xasanova, X. (2020, December). THE MISSION AND LITERATURE OF LETTERS IN STORIES AESTHETIC FUNCTION. In Конференции.

20. Makhmidjonov, S. (2021). ARTISTIC INTERPRETATIONS OF THE EDGES OF THE HUMAN PSYCHE. Интернаука, (15-3), 75-76.

21. Dehkonova, M. S. (2020). OYBEK'S POETRY THROUGH ANALYSES OF REPRESENTATIVES OF OYBEK STUDIES SCHOOL. Theoretical & Applied Science, (2), 13-17.

22. Hamidov, M. (2020, December). ARTISTIC FEATURES OF SHUKHRAT'S NOVEL" MASHRAB". In Конференции.

23. UMURZAKOV, R. (2018). Social environment and spiritual world of teenager in narrative "Saraton" by N. Fozilov. Scientific journal of the Fergana State University, 7(4), 104-105.

24. Umurzakov, R. (2021). ERA AND SPIRIT IN THE STORY "TWICE TWO IS FIVE". Journal of Central Asian Social Studies, 2(02), 26-35.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(5), May, 2023

25. Rahimov Z., Gulomov D. Retrospective plot features. EPRA International Journal of MULTIDISCIPLINARY RESEARCH(IJMR), 2020, november, No6, page510-513.

26. Oripova, Gulnoza Murodilovna, Akhmadjonova, Okila Abdumalikovna, Kholmatov, Oybek Umarjon Ugli, & Muminova, Tabassum Siddigovna (2022). INTERPRETATION OF MOTHER IMAGE IN LITERATURE. International scientific journal of Biruni, 1 (2), 304-309.

27. Xo'jayev, S., & qizi Tuychiboyeva, N. K. (2022). BOLA RUHIYATI TASVIRI (CH. AYTMATOV VA O '. HOSHIMOV ASARLARI MISOLIDA). RESEARCH AND EDUCATION,, 7(3), 125-129.

28. Xo'Jayev, S., & Abdumalikova, D. R. Q. (2022). BADIIY ADABIYOTDA OPA-SINGILLAR OBRAZI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 734-740.

29. Mo'Minova, T. S. (2022). BADIIY ASARDA NUQTAI NAZAR VA XARAKTER IFODASI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(2), 768-774.

30. Rustamova, I. I. (2021). Rhythm Views on the Plot of the Work. Badiy asar syujetida ritm ko'rinishlari.//International Journal of Innovative Research.-India, 8355-8357.

31. Rustamova, I., & Mamayusupov, S. (2022). AUTHOR'S POSITION AND STORY FUNCTION IN ABDULLAH QAHHOR'S STORY" HEADLESS MAN". Oriental Journal of Social Sciences, 2(03), 120-127.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.