Научная статья на тему 'O‘TKIR HOSHIMOVNING “DUNYONING ISHLARI” ASARINING BADIIY-FALSAFIY XUSUSIYATLARI HAMDA “ILTIJO” HIKOYASI HAQIDA'

O‘TKIR HOSHIMOVNING “DUNYONING ISHLARI” ASARINING BADIIY-FALSAFIY XUSUSIYATLARI HAMDA “ILTIJO” HIKOYASI HAQIDA Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
35606
1109
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Alla / ona / qarz / paypoq / qor / kalish / ko‘ylak / qiyomat / tabib / do‘st / Alla / mother / debt / socks / snow / kalish / shirt / doomsday / doctor / friend

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Hakimov, Bobur Yangiboy O‘G‘Li, Abdullayeva, Ozoda Odiljon Qizi

Dunyoda yashar ekanmiz avvalo bir narsani to‘laqonli ravishda anglashimiz zarur deb o‘ylayman. Bizni yo‘qdan bor qilgan dunyoga kelishimizga sababchi va hozirda shu darajaga yetishimizga qadar o‘zlari yemay, ichmay, kiymay, issiqni-issiq demasdan, sovuqni sovuq demasdan, bizni maanfatimiz uchun o‘zlarini o‘zliklaridan kecha olgan bu bizning ota-onamizdir. Ushbu maqolada yozuvchi O‘tkir Hoshimov qalamiga mansub “Dunyoning ishlari” qissasi haqida atroflicha fikr yuritiladi. Bu asarni yaqqol onalar haqida deb baralla aytishimiz mumkin, chunki adib bu asarida onalar haqida juda ko‘plab kichik-kichik hikoyalarni keltirib o’tadi. Bu asarni o‘qir ekansiz voqealar sizning o‘tmishingizda bo‘lib o‘tayotganday seziladi va kitobni tutilmasdan o‘qiysiz. Bu kitobda “Butun dunyo onalari bu asarni o‘qishini xohlardim” degan jumla bor. Bu jumla orqali asar butun dunyo onalari haqida ekanligi yoqqol aks etgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

UTKIR HASHIMOV'S WORK OF THE WORLD ABOUT ARTISTIC AND PHILOSOPHICAL FEATURES AND THE STORY OF "PRAYER"

I think that in this world, we have to understand one thing. It is our parents who brought us into the world that made us out of nothing, and until we have reached this point, we have eaten, drank, and clothed ourselves, without saying hot or cold, without saying cold, for our own benefit. This article is based on the story "World Affairs" by Utkir Hoshimov. We can say that this work is about mothers, because the author emphasizes a lot about mothers in this work. As you read this, you feel as if things are happening in your past, and you read the book without being overwhelmed. There is a saying in this book that I want mothers all over the world to read this book. Through this sentence, it is clear that the work is about mothers all over the world.

Текст научной работы на тему «O‘TKIR HOSHIMOVNING “DUNYONING ISHLARI” ASARINING BADIIY-FALSAFIY XUSUSIYATLARI HAMDA “ILTIJO” HIKOYASI HAQIDA»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 5 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

O'TKIR HOSHIMOVNING "DUNYONING ISHLARI" ASARINING BADIIY-FALSAFIY XUSUSIYATLARI HAMDA "ILTIJO" HIKOYASI

HAQIDA

Bobur Yangiboy o'g'li Hakimov

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti

Ozoda Odiljon qizi Abdullayeva

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti

Dunyoda yashar ekanmiz avvalo bir narsani to 'laqonli ravishda anglashimiz zarur deb o 'ylayman. Bizni yo 'qdan bor qilgan dunyoga kelishimizga sababchi va hozirda shu darajaga yetishimizga qadar o'zlari yemay, ichmay, kiymay, issiqni-issiq demasdan, sovuqni sovuq demasdan, bizni maanfatimiz uchun o'zlarini o 'zliklaridan kecha olgan bu bizning ota-onamizdir. Ushbu maqolada yozuvchi O 'tkir Hoshimov qalamiga mansub "Dunyoning ishlari" qissasi haqida atroflicha fikr yuritiladi. Bu asarni yaqqol onalar haqida deb baralla aytishimiz mumkin, chunki adib bu asarida onalar haqida juda ko 'plab kichik-kichik hikoyalarni keltirib o 'tadi. Bu asarni o 'qir ekansiz voqealar sizning o'tmishingizda bo'lib o'tayotganday seziladi va kitobni tutilmasdan o 'qiysiz. Bu kitobda "Butun dunyo onalari bu asarni o 'qishini xohlardim" degan jumla bor. Bu jumla orqali asar butun dunyo onalari haqida ekanligi yoqqol aks etgan.

Kalit so'zlar: Alla, ona, qarz, paypoq, qor, kalish, ko'ylak, qiyomat, tabib, do'st

УТКИР ХАШИМОВ ДЕЛА МИРА О ХУДОЖЕСТВЕННО-ФИЛОСОФСКИХ ОСОБЕННОСТЯХ И ИСТОРИИ «МОЛИТВЫ»

Чирчикский государственный педагогический институт Ташкентской области

Чирчикский государственный педагогический институт Ташкентской области

Я думаю, что в этом мире мы должны понять одну вещь. Это наши родители, которые привели нас в мир, сделали нас из ничего, и пока мы не достигли этого момента, мы ели, пили и одевались, не говоря ни жарко, ни холодно, не говоря холодно, для собственной пользы. Статья написана по рассказу Уткира Хошимова «Мировые дела». Можно сказать, что это

ANNOTATSIYA

Бобур Янгибой угли Хакимов

Озода Одилжон кизи Абдуллаева

АННОТАЦИЯ

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 5 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

произведение о матерях, потому что автор очень много внимания уделяет матерям в этом произведении. Когда вы читаете это, вы чувствуете, как будто что-то происходит в вашем прошлом, и вы читаете книгу, не ошеломляясь. В этой книге есть высказывание, что я хочу, чтобы матери во всем мире прочитали эту книгу. Из этого предложения становится ясно, что работа посвящена матерям всего мира.

Ключевые слова: Алла, мать, долг, носки, снег, калиш, рубашка, конец света, врач, друг

UTKIR HASHIMOV'S WORK OF THE WORLD ABOUT ARTISTIC AND PHILOSOPHICAL FEATURES AND THE STORY

OF "PRAYER"

I think that in this world, we have to understand one thing. It is our parents who brought us into the world that made us out of nothing, and until we have reached this point, we have eaten, drank, and clothed ourselves, without saying hot or cold, without saying cold, for our own benefit. This article is based on the story "World Affairs" by Utkir Hoshimov. We can say that this work is about mothers, because the author emphasizes a lot about mothers in this work. As you read this, you feel as if things are happening in your past, and you read the book without being overwhelmed. There is a saying in this book that I want mothers all over the world to read this book. Through this sentence, it is clear that the work is about mothers all over the world.

Keywords: Alla, mother, debt, socks, snow, kalish, shirt, doomsday, doctor, friend

So'zlar badiiy matnning yuzaga kelishiga omil bo'ladi, ammo qanday matn va so'zlar badiiy adabiyotga daxldor bo'lavermaydi. Buning uchun so'z muayyan badiiy estetik vazifani bajarishi lozim. Shunga ko'ra ham badiiy adabiyot voqea-hodisalarni yoki insoniy kechinmalar, his-tuyg'ularni bayon qilmaydi, balki ularni tasvirlavdi. Tasvir so'zga tayanadi. So'z sehr, mo'jiza bilan o'ziga mahliyo qiladi, rom etadi. Shuning uchun go'dak allaga, kichik yoshdagi bola ertakka, kattalar badiiy ijodning

Bobur Yangiboy ugli Hakimov

Chirchik State Pedagogical Institute of Tashkent region Ozoda Odiljon kizi Abdullayeva

Chirchik State Pedagogical Institute of Tashkent region

ABSTRACT

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 5 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

turli ko'rinishlariga nihoyatda qiziqib qaraydilar, ularning olamiga kirib qolgach, o'zlarini ham shu olamga mansub hisoblaydilar. Adabiyotning ta'sir kuchi nimada? U nimalarga bog'liq? Buning uchun yirik so'z san'atkorlari yaratgan ko'plab durdona asarlarning xalq orasida alohida hurmat va e'tibor qozonganligini ko'rishimiz mumkin. Badiiy kitob o'qir ekansiz qalbingiz yumshab qalb kirlari yuvilib boraveradi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

O'zbekiston xalq yozuvchisi O'tkir Hoshimov qalamiga mansub bu qissa katta-kichik hikoyalardan iborat, uzoq yillar davomida yozilgan va to'liq tarzda 2005-yilda Sharq nashriyoti"tomonidan nashr etilgan. Bu asar onalar haqida bo'lib asar haqida xalqimiz orasida juda illiq fikrlar eshitishimiz mumkin. O'zbekiston xalq yozuvchisi Said Ahmad qissani shunday ta'riflagan : "„Dunyoning ishlari" asarini qissa emas, doston deb atashni istardim. U qo'shiqday o'qiladi. Uni o'qib turib, o'z onalarimizni o'ylab ketamiz. Shu mushfiq, shu jafokash onalarimiz oldidagi bir umr uzib bo'lmas qarzlarimizning aqalli bittasini uza oldikmi, degan bir andisha, bir savol ko'z oldimizda ko'ndalang turib oladi. Qissa bizni insofga, insonni qadrlashga, hurmat qilishga chaqiradi". Asar boshlanar ekan muallifning ushbu jumlasiga dastlab ko'zimiz tushadi va o'qimasdan be'etibor o'tib keta olmaymiz: Bu qissa katta-kichik novellalardan iborat. Biroq ulaming barchasida men uchun eng aziz odam - onam siymosi bor. Bundagi odamlaming hammasini o'z ko'zim bilan ko'rganman. Faqat ismi o'zgardi, xolos. Bu odamlarning qismati ham qaysidir jihati bilan onamga o'xshaydi. Dunyodagi hamma onalar farzandiga munosabat bobida bir-biriga juda o'xshaydi.

NATIJALAR

Bas, shunday ekan, bu asar sizlarga bag'ishlanadi, aziz Onajonlar! Bu jumlarni o'qir ekansiz asarda adibning o'z boshidan kechirgan voqealari ekanligi va ismlari o'zgarganligiga amin bo'lasiz. Asar boshida "Oq, oydin kechalar" hikoyasi berilgan va bu hikoyada ona va bola tunda osmonga qarab yotishganda oddiy yulduz orqali onani farzandi uchun kattaroq yulduz senga, menga mittisi ham bo'laveradi degan gapi taqsinga sazovor. Chunki ona yeb turgan ovqatini ham bolasidan ayamaydi. U kichkina yulduz yetimlarga o'xshaydi, yetimlarga rahm qilish kerak deb qo'yadi oddiygina qilib. Menimcha hammamiz osmonda yulduz uchsa niyat qilamiz, lekin asarda yana bir insonni joni uzildi... deyiladi e'tibor bersangiz. Tush hikoyasiga to'xtalib o'tsak: onamiz bizga ish buyursa uf deymiz-u keyin qilamiz oddiy yumushlarga ham og'rinamiz xuddi ota-onani bizga bog'lab berganday, mehrimizni

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 5 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

yashiramiz turli yumushlar bilan band bo'lib bitta telefon qilishga ham ba'zida vaqt topaolmaymiz. Yozuvchimiz ham ishdan kech kelganlarida ikki kun ham onasi qarshi oladi nimaga uxlamadingiz deb jaxl qiladi shunda onasi uyqu qayerda bolam deb qo'yadi. Vaqt kelib, ona olamdan o'tadi, ishdan yana kech kelganida hamma uxlagan ona uyining chiroqlari o'chiq edi.ota onani borida qadrlashni o'rgatadi bizga bu hikoya.O'sha paytlari yosh edik, oltita farzand,ota-onam bilan sakkiz kishimiz oilada. Ovqat yetar yetmas kun kechirar edik hammamiz yeymiz kiyamiz degan yoshdamiz bir dalaga o'ynab kelamizu qo'limizga noni olib yana o'yinga yuguramiz.dadamni oyligi kechikib ketdi uyda non yopishga un ham deyarli qolmagan, onam non yopib bizga nonni bo'lib beradigan bo'ldi, bir o'tirganimizda ikkita non sakkiz kishiga chorakdan tushardi. Biz chorak nonga to'ymasdik ... yeb bo'lib onamga qarardik onam va dadam o'zlariga ozgina qoldirib bizga bo'lib berishardi. Bir kuni osha og'ir paytlarda uyga tog'am mehmonga kelib qoldi. Qarz-qurs qilib osh qildik onam uyning ahvolini tog'amga bildirmaslik uchun bizga nondan yemay turishimizni buyurdi. Osh ham pishdi va biz hammamiz onam o'rgatgandek odob bilan osh yedik. Shu voqeani eslasam onam sabriga matonatiga qoyil qolaman oilani saqlab qolish uchun sabr va matonat qanchalik kerak ekanligini anglab yetaman.Asardagi har bir novella,hikoyalar onalarga bog'langan tahsinga sazovardir. Asarni o'qir ekansiz ba'zi joylarida yig'laysiz, ba'zi joylarida kulasiz. Shukronalar keltirasiz va onangizga bo'lgan munosabatingiz ijobiy tarafga o'zgarib boradi albatta. Kitobning oxirida berilgan "Iltijo" hikoyasini o'qir ekansiz adibning onasini qabriga borganligi, va onasi nimlarni yaxshi ko'rishlari va bu kitob onasiga bag'ishlanganligiga amin bo'lasiz. Iltijoda juda ham samimiy so'zlardan foydalanilganki, uni o'qib yig'lamaslikning iloji yo'q yig'lasangiz ham yig'i sizga shunaqangi yengillik beradiki o'zingizni ruhan poklanganday sezasiz go'yo. "Iltijo" shunday boshlandi: Oyi, men keldim... Eshityapsizmi, oyi men yana keldim...Qarang, oyi, tag'in koldam kirdi. Esingizdami,har yili bahor kirishi bilan sizni dalaga olib chiqardim. Siz charaqlagan oftobni, tiniq osmon-ni, ko'm-ko'k; maysalarni ko'rib quvonardingiz. Esingizdami, nevaralaringiz terib kelgan boy-chechaklarni ko'zingizga surtib, „omonliq-somonliq" qilardingiz... ,Bugun... o'zingizning ustingizdan boychechak o'sib chiqibdi... Yo'q, yo'q, oyijon... Yiglayotgamm yo'q. Bilaman, men yiglasam, siz bezovta bo la-siz. Hozir... hozir o'tib ketadi. Mana, bo'ldi... Ertalab-chi,oyi, yomg'ir yog'di. Qattiq yomg'ir yog'di. Yodimda boricha yozdim men bu hikoyani yod olganman va har safar o'qiganimda yig'lab o'qiyman. O'tkir Hoshimov ham bu hikoyani yozayotganda yig'lab yozgan bo'lsa ajab emas.

XULOSA

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

о

R

VOLUME 2 | ISSUE 5 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Xulosa qilib shuni aytishim mumkinki nimaiki ish qilmaylik ota-onani norizo qilgan odam hech qachon biron bir narsaga erisha olmaydi. Buni hayotda ham kitoblarda ham ko'p uchratamiz. Bu asarda ham ota-onani qadriga yetish haqida ko'pgina xulosalar chiqarsak bo'ladi.

REFERENCES

1. Hoshimov, O'. (2018). Dunyoning ishlari. Qissa. -T.: O'qituvchi

2. Hoshimov, O'. (2014). Yarim asr daftari. - Toshkent.

3. Karimov, N. (2008). XX asr adabiyoti manzaralari. - T.: O'zbekiston.

4. Abdullayeva, O. O. (2021). Abay ijodini o'rganishda savol va topshiriqlar ustida ishlash. Academic research in educational sciences, 2(3), 4-9.

5. Abdullayeva, O. O. (2021). Ibroyim Yusupov ijodi asosida o'quvchilarnmg vatanparvarlik tuyg'ularini o'stirish. Academic research in educational sciences, 2(3), 176-180.

6. Botirboyev, F. P., Abdullayeva, O. O., & Shermatova, U. S. (2021). O'ljas Sulaymonov ijodini o'rganishda savol va topshiriqlar ustida ishlash. Academic research in educational sciences, 2(4), 2013-2018. https://doi.org/10.24411/2181-1385-2021-00834

7. Abdullayeva, O. (2021) Badiiy asarlarning inson ruhivatiga ta'siri. Scientific progress, 1(5), (pp. 272-275)

8. Abdullayeva, O. O. Q, (2021). O'zbek tilini o'qitishda zamonaviy texnoloyiyaiaming o'rni. Scientific progress, 1(5)

9. Abdullayeva, O. O. Q. (2021). ADABIYOT DARSLARINI TASHKIL ETISHDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISH. Студенческий вестник, 16(161)

10. Abdullayeva, O. O. Q. (2021). OTLARNING BIRLIK VA KO'PLIKDA QO'LLANILISHINI O'RGATISH. Scientific progress,.2(1)

11. Abdullayeva, O. O. Q. (2021). XALQARO TADQIQOTLAR VA ULARNING ADABIYOT FANIDA TUTGAN O'RNI. Scientific progress,2(1)

12. Ozoda Odiljon qizi Abdullayeva. (2021) O'lmas Umarbekov hayoti va ijodini o'rganishda interfaol metodlar bilan ishlash. Science and education,2(5)

13. Ozoda Odiljon qizi Abdullayeva. (2021) Saida Zunnunova hayoti va ijodini o'rgatishning samarali usullari. Science and education, 2(5)

14. Ozoda Odiljon qizi Abdullayeva. (2021) Said Ahmad hikoyalarini o'rganishda interaktiv metodlar. Science and education, 2(6)

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 5

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

15. Ozoda Odiljon qizi Abdullayeva. (2021) Umumiy o'rta ta'limda ertak o'qitish metodikasi. Scientific progress, 2(2)

16. Ozoda Odiljon qizi Abdullayeva. (2021) Chingiz Aytmatovning "Oq kema" asarini o'qitishda interaktiv usullar. Scientific progress, 2(2)

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.