Научная статья на тему '“HALOL LUQMA” ASARIDA YUSUFNING IJOBIY SALBIY XUSUSIYATLARI'

“HALOL LUQMA” ASARIDA YUSUFNING IJOBIY SALBIY XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Психологические науки»

CC BY
2214
136
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Ключевые слова
Din / Yusuf / ustsxona / Matjit / halol / pul / harom luqma / Turkiya / Islom.

Аннотация научной статьи по психологическим наукам, автор научной работы — Bobur Yangiboy O‘G‘Li Hakimov

“Halol luqma” bu sar bo‘lgan voqealarga asaoslanib yozilgan, bo‘lib asarda inson tug‘ilishidan to vafot etganniga qadar pok va halol yashashi kerakligi,halol yashasa olloh o‘zi rizqini berishi haqida ko‘pgina gap ketgan.Bu asarni o‘qir ekansiz Yusufga gohida achinasiz,gohida raxmingiz keladi,ko‘pincha qilgan ishlariga tasonnalar aytasiz.Bu kitib halolik,poklik,birovning haqini yemaslik haqida va odamlarni norizo qilmasdan yolg‘on gapirmasdan yashasa ham bo‘lishini yaqqol ko‘rsatib bergan asardir.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «“HALOL LUQMA” ASARIDA YUSUFNING IJOBIY SALBIY XUSUSIYATLARI»

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

"HALOL LUQMA" ASARIDA YUSUFNING IJOBIY SALBIY

XUSUSIYATLARI

Bobur Yangiboy o'g'li Hakimov

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti

ANNOTATSIYA

"Halol luqma" bu sar bo'lgan voqealarga asaoslanib yozilgan, bo'lib asarda inson tug'ilishidan to vafot etganniga qadar pok va halol yashashi kerakligi,halol yashasa olloh o'zi rizqini berishi haqida ko'pgina gap ketgan.Bu asarni o'qir ekansiz Yusufga gohida achinasiz,gohida raxmingiz keladi,ko'pincha qilgan ishlariga tasonnalar aytasiz.Bu kitib halolik,poklik,birovning haqini yemaslik haqida va odamlarni norizo qilmasdan yolg'on gapirmasdan yashasa ham bo'lishini yaqqol ko'rsatib bergan asardir.

Kalit so'zlar: Din, Yusuf, ustsxona, Matjit, halol, pul, harom luqma, Turkiya, Islom.

KIRISH:

Inson qalbi va ruhidagi nozik tovlanish va ohanglarni ilg'ashga, ularni so'z vositasida aks ettirishga intiladi. Eng oliy daraja, yuksak pog'onalarga chiqa oladigan badiiy adabiyot namunalari insoniyatni to'lqinlantiradigan, hayajonga soladigan o'y-likrlar, kechinmalar, orzu-umidlarni ifodalaydi. Dunyoda insonlar bir-birlariga o'xshamaganlaridek, ularning qalb kechinmalari ham takrorlanmasdir.Adabiyot hozirgi avlod ruhiyatida, qalbida ham hayajon uyg'ota oladi, ularning ma'naviy boyishlariga tegishli hissa qo'sha oladi. Muhimi, ular faqat ma'rifly bilimimizni oshirish bilan cheklanmay, badiiy didimiz takomiliga, ma'naviy kamolotga xizmat qiladi. Adabiyot — so'z. san'ati. Ammo san'at turlari nihoyatda ko'p va xilma-xildir. Tasviriy san'at, haykaltaroshlik, me'morchilik, teatr, kino, musiqa, raqs va badiiy adabiyot san'atning turlarini tashkil qiladi. Ularning barchasida yuksak badiiy ta'sirchan obrazlar yaratish ko'zda tutilgan. Ammo ular ana shu yagona maqsadga turli-tuman yo'llar bilan erishadi. Masalan, raqs harakatlar, tana a'zolarining ifoda imkoniyatlariga tayanadi. Musiqa tovushlar uyg'unligiga, tovushlarning hissiy ifodasiga bog'liq. Tasviriy san'at uchun ranglarning o'zaro mutanosibligi alohida ahamiyat kasb etadi. Rassomga bo'yoq va mo'yqalam yordam beradi. Haykaltarosh esa xom material (tosh, ganch, yog'och, metall) ga ishlov berish orqali go'zallik yaratadi. Adabiyot esa bu san'atlardan so'z va ruhning beqiyos imkoniyatlari bilan farqlanadi.

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

ASOSIY QISM:

"Halol luqma" kitob nomi bilan nima demoqchi ekanligini anglab turibmiz asar muallifi Rauf Jillasun bu asarni yozishda asosan Yusuf obrazida jamiyatda bo'layotgan ikkiyuzlamachiliklarni,yolg'onchilarni,Ustamachilarni, halqni norizo qilib pulini yeyotgan va shundan hazar qilmay farzandiga tutayotganlami nazarda tutib yozilgan asar desak mubolag'a bo'lmaydi.Kitobning boshlanishida oddiy navvoyga shunaqangi tariff beradiki u hamir qoriganida peshonasidagi teri ham hamirga aralshmasligi kerak degan firlarni ko'rishimiz mumkin,hozirda bunaqa mayda detallarga ko'pchiligimiz ahamyat bermay qo'yganmiz.Haydovchilar haqida ham gap ketganda ko'pchiligimiz yuragimizdan nimadir o'tadi. Chunki hozirgi kunda qishloqdan kelgan,yoki boshqa mamlakatlardan kelgan mehmonlarni yaqin yo'lga ham uzoq yo'ldan aylantrib olib borib qimmatroq pul olayotganlarni bazi bazida ko'rib qolamiz.Biz tahlil qiayotgan kitobimiz "Halol luqma" kitobi shunday so'zlar bilan boshlanadi: Istanbul. Ayozli noyabr oqshomi, Fotih bilan Zeyrek orasida - Ot tumanidagi qahvaxonalardan birining derazasidan parishon bir kishi ichkariga mo'ralamoqda. Bu joy yozgatliklarning uchrashib ulfatchilik qiladigan, musofirlikda dardlashadigan qahvaxona edi. Tashqaridagi odam ichkarini yaxshi ko'rolmadi, qahvaxona ichkarisiga kirishi bilan yuziga issiq havo gup etib urildi. O'pkasini to'ldirib chuqur nafas oldi-yu, yo'talib yubordi. Qahvaxona tutun bilan to'la edi. Bunga moslashmagani uchun tutun o'pkasiga tiqilib qoldi.

- Yusuf, bu yoqdamiz, bu yoqqa kel!

Kamtarin va yo'qsil qiyofali bu yigitning ismi - Yusuf. Ovoz kelgan tomonga qaradi. Hamqishloqlari bir stol atrofida to'planishgan edi. Yigit tiqilinchda boshqalarni bezovta qilmaslikka urinib qishloqdoshlari oldiga bordi.Va qishloqdoshlari undan nima ish qilayotganini so'rashganda u ishlamayabman deydi.Hamm qishloqdoshlari uning ustidan kuladi,qishloqqa quruq qo'l bilan borasanmi deb hammai ustidan kuladi.Shundan keyin Yusuf bir savdogarni do'konida sotuvchilik qilishga suhbatga boradi suhbatda boshlig'I unda yolg'on gapirmasligini,materialda biron kamchilik bo'sa aytib sotishi haqida aytadi.Kunlar o'tadi, Yusuf bir kuni arzonga kelgan tavarlar qimmatga sotilyabdi,siz bilan unaqa kelishmagan edik,bu hallolikdan emas deb bu yerdan ketib qoladi.Hatta qo'lidagi pulga ham shubxa bilan qaraydi.shundan bilishimiz mumkinki Yusuf harom puldan hazar qiladi och yursa yuradiki tug'iladigan farzandiga harom yedirmaydi.Yusufning ko'ngli ochiq halol inson ekanligini ko'p bora guvohi bo'lamiz.Yusuf yana ish qidirib qog'oz yig'ib kun kechira boshlaydi.Shu yerda bir do'st ortiradi do'stining onasini mashina urib ketgan paytda bor pulini berib yuboradi.Hatto qishloqdagi oylasi nima yeb ichyabdi hechnarsani o'ylamay yaxshilik qiladi.Bu yaxshiliklari keyinchalik o'ziga ham qaytadi. Bu asarda qasoblar so'yadigan

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

hayvonlari haqida aytib o'tadi: Qassob ham so'yayotgan jonliqni "Bismilloh"ni aytib, halol pokiza so'yishi, jamiyatga halol go'sht taqdim qilishni o'zining burchi deb bilishi hamda bu borada o'zini omonatdor his qilishi zarur.

Jamoat joylarida xizmat qilayotgan oshpazlar, hatto idish-tovoq yuvuvchilar ham pokizalikka katta ahamiyat qaratishlari darkor. Haydovchilar ham belgilangan qonun-qoidalarga rioya qilib, yo'lovchilar xavfsizligini ko'zlab harakat qilishi va o'zgalarga xalaqit bermasdan avtoulovlarni boshqarishi zarur. Yusuf obraziga to'htaladigan bo'lsak uning bir farzandi abdulkarim yoshligida miningit kasaligi bilan olamdan o'tadi.Va Yusuf ishini tashlab qishloqqa qaytayotganda bir bola topib oladi,bolani ko'rishi bilan bu bola kimning bolasi ekanligini biladi va uyiga olib boradi ichkariga kirmay turib fikri o'zgaradi chunki ichkarida ayollar yarim yalong'och erkaklar bilan raqisga tushyotgan, bir tarafda kimdir karta o'yini bilan mashg'ul edi.Bola biolan esa hech kimni ishi ham bo'lmayotgan edi. Yusufni maqsadi bu bolani ota onasiga berib qaytib ketish edi.Ammo bu vaziyatni ko'rib seni o'zim tarbiya qilaman seni kelajakda bunday inson bo'lishingni istamayman deb qishloqqa olib ketadi va bundan bir umir vijdon azobida qoladi.Kitobni o'qib Yusuf hardoim hallolik haqida gapiradi harom narsani yemaydi lekin o'zi bola o'g'irladiku degan fikir keladi.Ammo Yusuf to'g'ri ish qildi deb o'ylayman Yaqqol misol Tayfur bilan Abdulkarimni solishtiradigan bo'lsak ikkalasi ham bir ota onani farzandi lekin ikkalasi ikki hil dunyo va ikki xil inson biri aysh ishrat mol-dunyo desa jonini beradi, yana biri esa aksincha.Yusuf bu qilgan ishi to'g'ri ekanligini o'zi ham anglab yetadi.Chunki bu sirni aytish uchun Abdul karimning haqiqiy otasi Atifbeyning uyiga bir necha bor boradi va aytishga jazim qilolmay qaytib keladi.

XULOSA: Bu sir Yusufning o'limidan keyin ma'lum bo'ladi.Abdulkarim bu sirni bilmasligidan ota onasidan qattiq ranjiydi ammo haqiqiy uyiga borib vaziyatni ko'rganida Yusuf otasidan o'zini shunday halol,pok,birovni haqiga hiyonat qilmaydigan,ollohni taniydigan inson qilib tarbiyalaganidan minaddor bo'ladi.Bu kitobni o'qib o'zingiz Abdulkarimday inson bo'lishni hohlaysiz Tayfurdan Uning onasidan Uning singlisidan nafratlanasiz,ularga raxmingiz keladi.Uning onasi muqaddas Ramozon nimaligini bilmaganida bunday insonlar jamiyatda yashayotganligidan achinasiz.

Foydsalinilgan adabiyotlar

1-Halol luqma Toshkent "Azon kitoblar" nashriyoti,2021

2-WWW.O'zbekiston adabiyoti Tarixining bosqichlari

3-WWW.UZ internet manbalari

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.