SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(4/2), April, 2023
ABDULLA ORIPOV LIRIKASIDA SHOIR ESTETIK KONSEPSIYASINING
AKS ETISHI
Maqolada Abdulla Oripov lirik asarlarida shoir estetik konsepsiyasining aks etishi va tuyg 'ularining kamol topib borishi haqida to 'xtalilgan. Ijodkorning ushbu maqsadini amalga oshirishi uchun shoir estetik konsepsiyasidan unumli foydalanganligi o 'rganilgan.
Kalit so'zlar: she'riyat, o'zbek lirikasi, soxtakorlik, quruq shiorbozlik, inja tuyg'u, inson qalbi, individual qobiliyat, intellekt, simfoniya, vatan, ona tabiat, til sofligi, millat manfaati, samimiyat, haqiqat.
В статье рассматривается отражение эстетической концепции Абдуллы Орипова и развитие его чувств в лирических произведениях поэта. Исследовано, как художник эффективно использовал эстетическую концепцию поэта для реализации этой цели.
Ключевые слова: поэзия, узбекская лирика, фальшь, пустой лозунг, капризное чувство, человеческое сердце, индивидуальная способность, интеллект, симфония, родина, чистота языка, интерес нации, искренность, правда.
The article focuses on the reflection of the poet's aesthetic concept and the maturation of his feelings in the lyrical works of Abdulla Oripov. The artist's effective control of the poet's aesthetic concept in order to realize this goal has been studied.
Key words: poetry, Uzbek lyrics, falsehood, hollow sloganeering, delicate feeling, human conscience, individual ability, intellect, symphony, motherland, mother nature, purity of language, interest of the nation, sincerity, truth.
XX asrning o'rtalari o'zbek lirikasi davr she'riyatida alohida ahamiyatga ega. Negaki, soxtakorlik, quruq shiorbozlik davom etayotgan tarixiy bir sharoitda inson ko'ngli, qalbida kechayotgan tuyg'ularni ayta olish ulkan hodisa edi.
Xolliyeva Madina Bahodir qizi
Qarshi davlat universiteti Filologiya tillarni o'qitish, o'zbek tili, 3-kurs talabasi Ilmiy rahbar: f.f.f.d. Sherzod Akramov
ANNOTATSIYA
АННОТАЦИЯ
ABSTRACT
KIRISH
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(4/2), April, 2023
Milliy adabiyotimizning fidoyilaridan bo'lgan Abdulhamid Cho'lpon va Fitratlar boshlab bergan yangi tizim, samimiy misralar, inson qalbi manzarasi inkishofini maqsad qilgan satrlarga ega vazn keyingi she'riyat tabiatini belgilashda muhim omil bo'lib xizmat qildi. XX asr o'zbek adabiyoti ijod olamiga o'z so'zi, ovozi bilan betakror, favqulodda iste'dodga ega bo'lgan bir guruh shoir va adiblarni ma'naviyatimiz rivoji uchun eng zarur vaqtda taqdim etdi.
Abdulla Oripov mana shunday shoirlar sirasiga kiradi. U she'riyat bilan birga o'sdi, ulg'aydi. Xuddi tuyg'ulari kamol topib, o'sib borgani kabi adabiyotga qarashi, uning masalalariga muayyan munosabati ham shakllanib bordi. Har bir odam o'ziga xos individual qobiliyat va intellekt sohibi. Lekin buning o'zi yetarli emas. Odam ma'lum sohada muayyan natijaga erishishi uchun, albatta, ilmiy va amaliy maktablarni o'tamog'i lozim. Abdulla Oripov mana shu maktabni ulug' ustozlarga ma'naviy shogirdlikka tushish, qolaversa, hayot tajribasi yordamida o'tadi. Respublikamizning Birinchi Prezidenti I.A.Karimov O'zbekiston Davlat madhiyasining muhokamasiga bag'ishlangan majlisda: "Abdulla Oripovdek shoirlar yuz yilda bir marta dunyoga keladi" [1], deb aytgan edi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Shoir ijod olamiga kirib kelgan ilk davrlardanoq so'zga, badiiy ijodga yuksak hurmat va o'ta ehtiyotkorlik bilan yondashgan. "Abdulla Oripov ijodida har bir so'z uzukka qo'yilgan ko'zdek nurlanib, mazmun bilan uyg'unlik hosil qiladi. Har bir she'r simfoniya, uning o'z notasi bor. Bu she'rlarning yana bir xususiyati shuki, chaqmoqqanddek til ostida olib yursangiz, ta'mi chiqaveradi. Oqibatda bu she'rlar ixtiyorsiz yodda qoladi [2]."
Abdulla Oripov lirikasini o'rganish, she'rlarining biografik asosi va ijodkor shaxsiy kechinmalarining o'zaro aloqalari chegarasini aniqlab olish, undagi ma'naviy-ruhiy quvvatlarni o'qish va uqish, hayotiy, falsafiy xulosalardan ibrat olish bugungi avlod tarbiyasida muhim ahamiyatga ega.
Shoir badiiy adabiyotga kirib kelgan ilk kunlardan boshlab, Vatan, ona tabiat, til sofligini saqlab qolishga doir mavzularni qalamga oldi. Dastlabki she'rlaridan tortib, to umrining so'nggi damlarida yozilgan asarlarining barchasida ifodalangan millat manfaati, samimiyat, haqiqatga xizmat qilish kabi tushunchalar shoir hayotining bosh a'moli ekanligini ko'rsatib turibdi. Shoir umrining so'nggi yillarida xastalik tufayli xorij shifoxonalarida davolandi. Lekin o'sha og'ir damlarida ham bir lahza bo'lsa-da she'riyatdan uzoqlashmadi. Masalan, "Ummon bo'yidagi o'ylar" she'ri yirik hajmda ya'ni 80 misradan iborat. Bu she'r 2015-yil 1-sentabrda yozilgan bo'lib, vatanimiz mustaqillik bayramiga bag'ishlovdir. Shoir garchi jisman og'riqlar
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(4/2), April, 2023
iskanjasida bo'lsa ham, qalban yurtidan bir lahza ham ayro tushmaganini guvohi bo'lamiz.
Mening ko'z o 'ngimdan har lahza, har dam Aslo ketgan emas yurtim jamoli.
Uzoq bu ummonda suzib yursam ham,yuzimga urildi go 'yo shamoli...
Goho tig' tagida turib ham Vatan kelajagi va ravnaqi borasida o'y surish ulkan jasoratdir. Yaratgandan umid qilganda ham o'z salomatligi emas, balki Vatani kelajagi borasida o'tindi.
Bir umr kurashdik orzular uchun, Havoyi so'z aytib, o'rtama jonni. Dunyo karvonining boshida bir kun Ko 'rsam yetarlidir O 'zbekistonni[3].
Shoir har jabhada mukammallikni ko'rishni orzu qiladi, dunyoda insof, mehr, diyonat, adolat, vijdon kabi matlablar tobora noyoblashib borayotganligidan tashvishga tushadi. Insonni badiiy-falsafiy talqin qilish shoir ijodida inson talqinining xarakterli xususiyatini tashkil etadi.
"She'r - ruhiy holat mahsuli. Ruh va tafakkur birlashgan joyda she'r paydo bo'ladi. She'rning tug'ilishi aks-sadoga bog'liqdir. Miyada muvozanat buzildimi, uning aksi yo ijobiy, yo salbiy she'rni yaratadi. Fizika fanidagi musbat va manfiy zaryadlarga o'xshash bo'ladi. Adibda taassurot, qarama qarshilik kuchli bo'lganda ajoyib she'rlar tug'iladi"[4]. Ijodkor hayot yo'lidagi dinamikasini, tarixiy va shu bilan birga ginetik tomondan kuzatishga yordam beruvchi usullardan biri biografik metod hisoblanadi.
Darhaqiqat, shoir hayotida ro'y bergan yaxshi hodisalar yoxud dramatizmga boy voqeliklar ana shu kayfiyatni ifoda etuvchi she'rlar yaralishiga zamin tayyorlaydi. Biografik metodning maqsad va vazifasiga ijodkor tarixi va uning ish faoliyati bilan bog'liq bo'lgan hodisalarni o'rganish kiradi. Biografik metod asosida, o'rganilayotgan shaxs va uni o'rab turgan atrof-muhit ta'siri yotadiki, asarni tahlil yoki talqin etish jarayonida unda aks etgan voqea hodisalar, yo bo'lmasa qahramonlar xarakteri aslida o'z hayotida uchratgan kimsalar xarakteri bilan uzviy bog'liq bo'lishi mumkin.
Mening bitta armonim bor, Kimliging bilmay,
Sen haqingda chiqarmasin birov xulosa.
Lekin yuzsiz raqiblaring andisha qilmay,
Titkilaydi tarjimai holingni rosa [5].
Bu misralar ham lirik qahramon shaxsiy hayotiga aloqador deya ayta olamiz. Negaki atrofidagi ayrim kimsalarning lirik qahramonga bergan ozori, ba'zi paytlarda tirnoq ostidan kir qidirishlar bu kabi misralarning tug'ilishiga zamin hozirlagandir balki. "Adolat" deb nomlangan yuqoridagi she'rda hasadgo'ylik qoralanadi. XXI asr o'zbek odami nega bu holatga tushib qolganidan hayratga tushadi. Bilib-bilmay
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(4/2), April, 2023
boshqa bir insonga tosh otish, nafs va mansab ilinjida begunoh odamni badnom qilish odati muazzam ajdodlarimizdan qolmagan edi-ku? Ruh va jism ehtiyoji orasidagi mezonning posangisini nega boshqara olmayapmiz? Nega har bir odam bugunga kelib o'z qilmishiga javob bera olmay qolmoqda? Shoir bu kabi o'ylar qarshisida ruhan ezilsa-da, lekin hasad va badbin kimsalar qilmishidan ancha baland ekanini, bu holatni taqdirdan deb qabul qilish ancha yashash uchun osonroq kechishini mana bu satrlar orqali ko'rsatib beradi:
Tashna chog 'ing namakobni uzatsa taqdir, deysan, ushbu ishorada ma 'no bor, katta. Balki suvni icholmassan, lekin baribir,
Shukronalar aytmog 'ing shart dildan, albatta...
"Inson bolalari bir sayyorada istiqomat qilar ekanlar bir-birlaridan nimanidir o'rganishlari shart. Bir-biriga hasad bilan emas, havas bilan qarashlari lozim.
Shoir lirikasining deyarli barchasi psixobiografik asosga ega deb ayta olamiz. Lekin o'z navbatida ularni shunchaki shaxsiy kechinma deb qabul qilmaslik kerak. Chunki u odamzotning bir yutug'idan quvonsa, boshqasidan ranjiydi. Biz avlodlar esa buyuk ijodkorlar falsafiy xulosalaridan ibrat olishimiz, adabiy merosini anglashimiz va amal qilishimiz kerak.
ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)
1. A.Oripov. Adolat ko'zgusi.-T.: "Adolat"2005 yil.
2. Ozod ruh falsafasi. I.G'aniev, N.Afoqova. T., "Fan" nashriyoti.
3. Oripov A. Tanlangan asarlar. G'afur G'ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi. - T., 2016, 221-bet
4. "Go'zallik qasri"// "Sovet O'zbekistoni", 1989 y. 20- sentabr.
5. Oripov A. Tanlangan asarlar. G'afur G'ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi. - T., 2016, 278-bet.
6. Uzoq Juraqulov. Hududsiz jilva. T;. "Fan" nashriyoti 2006 y. 22-bet.
7. Abdulla Oripov ijodiy konsepsiyasida milliy ma'naviyat masalasi. O'zMU xabarlari. - Toshkent, 2018, - № 1/3 B. 395-399
8. "She'riyatning mangu qo'shig'i" "Konstitutsiya - inson huquqlari va erkinliklarining kafolati" mavzuidagi ilmiy-amaliy anjuman materiallari. TVChDPI . 2019. 29-31-betlar
9. "Abdulla Oripov lirikasida diniy-ma'rifiy tushunchalar talqini" Til, adabiyot va tarix masalalari. Ilmiy maqolalar to'plami. 2019 y.
10. Abdulla Oripov lirikasining psixobiografik tadqiqi (2009-2016 yillar she'riyati misolida). "Barqaror rivojlanishda uzluksiz ta'lim: muammo va yechimlar" Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman ilmiy ishlar to'plami. Tom 1. Chirchiq, 2019, 71-73 betlar
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(4/2), April, 2023
11. Alisher Navoiy lirikasida qadimgi turkiy so'zlar. "Sharq yulduzi" jurnali. 2020-yil, 8-son.
12. АВАЗНАЗАРОВ, О. (2022). АЛИШЕР НАВОИЙ ДОСТОНЛАРИДАГИ ЙУЛ, ЙУЛОВЧИ, САФАР ВА МАНЗИЛ ТАЛ^ИНЛАРИДА БАДИИЙ ТУШЛАРНИНГ РОЛИ. ALISHER NAVOIY XALQARO JURNALI, 2(3).
13. Avaznazarov, O. R. (2020). THE ROLE OF THE IMAGE OF SAKI IN THE NAVOI'S LITERARY AND HISTORICAL MISSION. ANGLISTICUM. Journal of the Association-Institute for English Language and American Studies, 9(3), 1-17.
14. Авазназаров, О. (2023). ALISHER NAVOIY-ULUG 'YO 'LBOSHCHI. Ижтимоий-гуманитар фанларнинг долзарб муаммолари/Актуальные проблемы социально-гуманитарных наук/Actual Problems of Humanities and Social Sciences., 3(S/1), 76-82.
15. Авазназаров, О. Р. (2019). Сокий образи генезиси. Урганч: Ilm sarchashmalari, 11, 71-75.
16. АВАЗНАЗАРОВ, О. Р. (2019). IMAGE OF WINE IN LYRICS OF NAVOI. Иностранные языки в Узбекистане, (1), 150-162.
17. Авазназаров, О. (2018). Абдулла Орипов ижодида най тимсоли.
18. Avaznazarov, O., & AVAZNAZAROV, O. (2019). "Lison ut-tayr"da tush
19. AVAZNAZAROV, O. (2019). THE ROLE OF THE IMAGE OF SAKI IN THE POEM "HAYRAT UL-ABROR".
20. Нуриддинов, Ш. Б., & Авазназаров, О. Р. (2015). Эпизоды сна в поэме Алишера Навои «Семь планет». Молодой ученый, (12), 942-944.
21. Tog'aymurodovich, T. A. M., & Rahmatulloyevich, A. O. (2023). RAUF PARFI SHE'RIYATIDA RADD BADIIY SAN'ATI. BARQARORLIK VA YETAKCHI TADQIQOTLAR ONLAYN ILMIY JURNALI, 3(2), 217-221.
22. Tog'aymurodovich, T. A. M., & Rahmatulloyevich, A. O. (2023). ALISHER NAVOIY BOLA TARBIYASI XUSUSIDA. Journal of new century innovations, 23(1), 184-187.
23. Inoqova, N., & Avaznazarov, O. (2023). ONA TILI HAQIDAGI SHE'RLARDA TARIXIY XOTIRA TALQINI (ISTIQLOL DAVRI SHE'RIYATI MISOLIDA). Наука и технология в современном мире, 2(9), 58-62.
24. Axadova, H. (2023). ALISHER NAVOIY IJODIDA ODOB KONSEPSIYASI. PROSPECTS OF DEVELOPMENT OF SCIENCE AND EDUCATION, 1(6), 15-18.
25. Shermamatova, S., & Shodmonov, G. (2023). AVAZ O'TAR IJODIDA MA'RIFATPARVARLIK. Talqin va tadqiqotlar, 1(21).
motivi.