O'zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-413-420
Volume 4 | Conference Proceedings 1 | 2023
Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini
JAMOL KAMOL SHE 'RLARIDA NAVOIY E'TIROFI
Munisjon Murodovich Hakimov
tadqiqotchi, O'zR FA O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti (O'zbekiston)
munisj onh@mail .ru
ANNOTATSIYA
Alisher Navoiy ijodi atoqli shoir Jamol Kamolni bolalik davrlaridanoq o'ziga rom etib kelgan. Maqolada buyuk mutafakkir shoir Alisher Navoiy siymosining Jamol Kamol she'rlarida yoritilishi haqida so'z boradi.
Kalit so'zlar: obrazlik, timsol, siymo, ta'sir, an'ana, ustoz, g'azal, muxammas, ruboiy.
АННОТАЦИЯ
Творчество Алишера Навои увлекало известного поэта Джамала Камала с детства. В статье говорится об освещении фигуры великого мыслителя поэта Алишера Навои и стихах Джамала Камала.
Ключевые слова: образность, символ, фигура, эффект, традиция, учитель, газель, мухаммас, рубаи.
ABSTRACT
Alisher Navoi's work has captivated the famous poet Jamal Kamal since his childhood. The article talks about the illumination of the figure of the great thinker poet Alisher Navoi in the poems of Jamal Kamal.
Keywords: imagery, symbol, figure, effect, tradition, teacher, ghazal, mukhammas, rubai.
Shubha yo'qki, o'zbek adabiyotining «oltin davri» bevosita mutafakkir shoir Alisher Navoiy nomi bilan bog'liq. Navoiydan so'nggi nafaqat o'zbek, balki turkiy adabiyotda biror ijodkor yo'qki, Navoiydan ilhomlanmagan, uni o'ziga ustoz sanamagan bo'lsa. Ana shu ehtirom va qiziqishlar xalq og'zaki ijodida ham, yozma adabiyotda ham Navoiy obrazining yaratilishiga sabab bo'ldi. Uning to'g'risida ko'plab asarlar yaratildi. Jumladan, O'zbekiston xalq shoiri Jamol Kamol ijodida ham ulug' mutafakkirning an'ana va ta'siri bilan birga siymosi-da alohida o'rin tutadi. «Navoiy g'azallarini ilk bor o „qiganimda, o П uch yoshda edim. Oradan oltmish yil o „tibdiki, hamon o „qiyman.
8-fevral
413
O'qib, zavqiga to'ymayman» [2,2], - deydi shoir so'z san'atkorining ijodini e'tirof etib. Ana shu cheksiz zavq Jamol Kamol qalamini shakllantirishdan tashqari shoir ijodida Navoiy siymosining yaralishiga vosita bo'ldi. Jamol Kamol adabiyot ummoniga sho'ng'ishda boshqa ijodkorlardan ham ilhomlangan, albatta. «Hamid Olimjon, G'afur G'ulom, Shayxzoda, Mirtemir - bular yosh Jamolning yaxshi ko'rgan shoirlari edi. U Oybekka alohida mehr paydo qilgan va bir umr uning ijodiga bog'lanib qolgandi. Biroq hammadan ham yuksak, hammadan ham yorqin porlagan mash 'ala - Navoiy edi. U boshqa shoirlarni ustoz hisoblagan bo „Isa, Navoiyni pir deb bilgandi» [8,6]. Shu ma'noda aytish mumkinki, Jamol Kamol mumtoz, xususan, Navoiy ijodiga xos she'riy an'analarni munosib tarzda davom ettirib, ularga o'zining keng qamrovli tafakkuri bilan yondashgan shoir bo'libgina qolmay, buyuk shoirning obraziga ham qayta va qayta murojaat qildi.
Alisher Navoiy ijodida g'azalnavislik muhim o'rin tutadi. Jamol Kamol ham buyuk ustozga ergashadi. Navoiyning xoki poyini ko'zga surtib, g'azal yozishga kirishadi:
Mir Alisher xoki poyin
Ko'zga surtarman, Jamol, To yozay deb ko Z nurim birlan
Guli ra 'no g „azal...[4,261] Shogird, ya'ni Jamol Kamol Navoiy ijodidan shu darajada zavq oladiki, nafaqat mutafakkir shaxsiyati, balki ustoz shoir she'riyatidagi har bir so'zning ma'no qatlamlarini izlaydi. Jumladan, Navoiy asarlariga oid lug'atlarni qarar ekan, «suvaydo» so'zi ham Jamol Kamoning diqqatini tortadi. Buyuk Navoiyning bosh lug„atida Ne-ne tushunchalarpinhonu paydo. o „sha olam-jahon so „zlar qatida, Alomat bir so „z ham kelar: suvaydo...[4,137]
Atoqli navoiyshunoslar P. Shamsiyev va S. Ibrohimovlar tomonidan tuzilgan lug'atda «qora nuqta (go'yo bu nuqta yurak o'rtasida bo'lar emish)» [3,573], deya izohlanuvchi «suvaydo» so'zi Jamol Kamolga shu nomdagi falsafiy she'rni yozishga ilhom bag'ishlaydi. «Kimlarda jizg'anak, kimlarda so'xta» bo'lguvchi bu nuqta:
Hijrondan tug „ilsa - qonli bo „larmish, Armondan tug'ilsa - dardli qorachiq. Hamisha ko„z kabi jonli bo „larmish, Hamisha ko„z kabi olamga ochiq.
DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-413-420
O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti
Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini o'rganish masalalari
8-fevral
Ayonlashadiki, lirik qahramon uni armon, hijron, dard deya talqin etadi. Ammo shoir talqin bilangina she'mi tugatib qo'ya qolmaydi, balki undan pillapoya sifatida foydalanib o'quvchini mushohadaga chorlovchi «bahslar qavati»ga olib chiqadi - «Qalbingda joy olmish qaysi suvaydo?» - deya dafatan she'rxonga murojaat qiladi.
Kuygansan sham kabi yo mash 'al misol, Kuyikdir ko „ksingga «dard» deb uyganing, Lekin sen o „rtanib-kuyganda alhol, Yurtim, Vatanim, deb bormi kuyganing?..
Ritorik so'roqli bandlarning ketma-ket keltirilishi orqali lirik qahramon isyoni o'quvchi shuuriga yurt, el, til deb yonib yashashga undovchi da'vat bo'lib ko'chib o'tadi. Ya'ni, shoir ustoz Navoiyni millat fidoyisi deb bilgani uchun uning lisonidagi har bir so'zda millat ma'naviyatining, Vatan tarqqiyotining yuksalishini ko'radi desak, shubhasiz.
Shuningdek, Jamol Kamol Vatan mavzusdagi she'rlarining obrazli ifodalarida ham Navoiy siymosini qo'llaydi. Masalan, «O'zbekiston tuni» she'rida shoir Beruniy, Ulug'bek, Furqat kabi siymolar qatorida Navoiy obrazidan o'rinli foydalangan.
O'quvchi tun va Navoiy siymosining qanday bog'liqligi bor deb o'ylashi mumkin. Shoirning mahorati shundaki, ular orasidagi bog'liqlikni talmeh san'ati orqali topa olgan:
Bu tunlar jamolin bir ko'rgan inson Yurtiga ketolmay qolsa, ne ajab, Muhabbat solarkan boshiga savdo, Hayot solar ekan ruhiga junun, Dardini tunlarga so „ylamish Laylo, Baxtini tunlardan izlamish Majnun...[4,59]
ya'ni O'zbekiston tuni har qanday kishini o'ziga sehrlab oladi. Tunning bunday go'zal tasviri Navoiyning «Layli va Majnun» dostonida ham uchraydi. Doston qahramonining nomi - «Layli» so'zining ma'nosi ham «tun»ni anglatadi. Oshiq Majnun uchun Laylidan-da go'zal qiz yo'q. «O'zbekiston tuni»da aynan shu holatga ishora qilib Laylo (Layli) va Majnun talmehlari qo'llangan. O'zbekiston tunini ko'rgan inson unga Majnun tunlar oh chekib Laylini izlagani kabi oshiq bo'lib qoladi. Lirik qahramon ana shunday kechinmalar og'ushida beixtiyor «Bog' aro epkinning mavjida shu chog' Alisher qalbining shirin
DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-413-420
O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti
Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini o'rganish masalalari
g
8-fevral
javloni...»ga guvoh bo'ladi go'yo. Uning uchun Ona vatanida Navoiy ruhi doimo kezib yuradi.
«Navoiy qo „lga kiritgan ijodiy yutuqlarning bosh sababi uning til san 'atkori o „laroq o „zbek tilining go „zalligi va ifoda imkoniyatlarini ochishda behad ilgarilab ketganidir» [8,5], - deydi navoiyshunos I.Haqqul. Chunki shoirning yuksak ma'naviy va ma'rifiy qarashlari o'zbekona yangradi. Jamol Kamol ham, ayniqsa, ona tili masalasiga kelganda Navoiy dahosini yuksak qadrlaydi. Barcha umidni undan kutadi:
Shamsi anvardir tilim, deb Elga keltirdi imon -Ul Navoiykim, basharga
Nuri iymondir umid [4,284]. Mutafakkir shoir xalqimizga o'zbek tilini keskir nur qilichi yanglig' toblab berdi. Shuning uchun Navoiy bashariyatga iymon nuri bo'ldi demoqchi shoir. Chunki «Alisher Navoiy turkiy tilning buyuk qudratini avval amaliy isbotlab, keyin ilmiy asoslagan edi» [6,242-243].
Jamol Kamol she'riyatida Navoiy millatlarni birdamlikka chorlov siymo sifatida namoyon bo'ladi. Jumladan, shoir muxammaslaridan birida o'zbek va turk millatlari nizo va ixtilofdan qochishga, aksincha, birlashib, hamkoru hammaslak bo'lib ish ko'rishga chorlar ekan:
Sen agar ohi alam cheksang, Navoiy yig „lagay, Ey aziz qondosh-qarindosh o „zligim, turkim mening...[5,249] -deya Navoiyning gumanistik qarashlariga ishora qiladi. Ijodkorning boshqa asarlarida bo'lgani kabi she'riyatida ham Navoiy ma'rifatga chorlovchi, insoniyatni taraqqiyotga yetaklovchi bosh siymo bo'lib qolavergan.
Eshit, xalqim, senga o „lmas Navoiydan nido bo „lgay, Kitobsizlik hama kulfatlaringga ibtido bo „lgay, Asrlaryiqqan ul gavharlaring bir-bir ado bo „lgay...[5,251] Ya'ni shoir o'zining falsafiy mushohadalarini Navoiy tilidan so'zlatib, fikrning ta'sirchan va ishonchli chiqishiga erishgan. Ruboiy janridagi boshqa she'rida esa u to'g'ridan-to'g'ri maqsadga ko'chib Navoiy asarlarini o'qishga da'vat qiladi: Ishqing, yuraging ersa, Navoiyni o „qi, Iymon tiraging ersa, Navoiyni o„qi. Ixlos keraging ersa, Navoiyni o„qi,
DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-413-420
O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti
Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini o'rganish masalalari
g
Har ne tilaging ersa, Navoiyni o„qi...[5,259]
8-fevral
O'zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi Volume 4 | Conference Proceedings 1 | 2023 O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini
DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-413-420 o'rganish masalalari
Navoiy asarlari o'qigan kitobxon Haq va haqiqatni taniydi, qalbni olovlantiruvchi ishqdan boxabar, iymon va e'tiqodda sobit bo'ladi. Demak, lirik qahramon uchun Navoiy ezguliklarga boshlovchi siymo.
Gap Jamol Kamol she'riyatida Navoiy dahosiga munosabat haqida borar ekan, unda mutafakkir shoir siymosi millatning yo'lchi yulduzi, ma'naviy qashshoqlik ortidan kelayotgan baloyu ofatlarni daf qiluvchi qalqon sifatida namoyon bo'ladi. Jumladan, «Navoiydan navo yetmish...» g'azalida Navoiy siymosi lirik qahramonning piri sifatida namoyon bo'ladi.
Suhbatlardan birida shoir Afg'onistonda mutassiblar musiqa eshitishni taqiqlaganligi, to'ylarda ham kuy-ohangga o'rin berilmayotganligini aytib o'kingan edi. G'azal ana shu o'kinch tuyg'usi o'laroq yaralgan. Islom diniga ko'ra Odam Ato loydan yaralgach, Olloh amriga binoan ruh unga navo sehri bilan kiradi. Shoirga ko'ra musiqaga oshuftalik insonning tabiatida bo'lib, din bunga monelik qilmaydi.
Ey taassub ahli, mening
Jonimdadur navo,
Benavo bo „l debon menga
Aylamang o „git [5,234].
Shoir bu mahdudlikka jim karab turolmaydi. Mutaassibning yolg'on aqidalar to'qib o'git berishini keskin tanqid qiladi. Zero, bashariyat bor ekan, musiqa, qo'shiq, san'at barhayotdir.
Har bir mo'min sajdaga bosh qo'yganda Yaratgandan dilining tub-tubidagi orzulari ro'yobini, ularning armonga aylanmasligini, Haq vasliga yetishtirishini niyat qiladi.
Navoiy diniy asari bo'lmish «Sirojul muslimin»da namoz o'qish qoidalariga to'xtalib:
Yana biri Niyat etmak bo„ldi bilgil,
Namoz albatta, niyat birla qilg'il, [1,606] -
desa, ayni yo'nalishdagi «Nasoyim ul muhabbat» asarida «Va sulton ul-orifin Shayx Abu Yazid Bistomiy q.s. namoz qilsa edilar, qa'qa' alarning ko„ksi so'ngaklaridin chiqar erdi» [1,94], deya sajda chog'ida «qa'qa'» - ovoz borligini ta'kidlaydi. Jamol Kamolning lirik qahramoni islom dinining farzini ado qilganda Ollohdan shu o'tinchlarni nazarda tutib navo, ya'ni ovoz chiqarib niyat qilar ekan, fikrining naqadar asosli ekanligini piri Navoiying fikrlari bilan dalillantiradi:
Navoiydin navo yetmish
Jamolga bo „ylakim,
Namozda ham navo tilanib,
8-fevral
417
Ko'rinadiki, Jamol Kamol Navoiyni nafaqat shoirlikda, balki dinda ham o'ziga ustoz deb biladi.
Jamol Kamol Alisher Navoiy ijodidan shu qadar ko'p bahra olgan va shaxsiyatiga cheksiz ehtiromda bo'lganki, so'z san'atining vakillariga baho berishda ham ustoz shoir siymosi mezon vazifasini o'tagan. Ijodkorlarning ma'naviy qiyofasini ularning Navoiy ijodini qanchalar teran anglaganligi, tahlil va talqin eta olishiga qarab yoritadi. Navoiy ijodiga ehtirom ko'rsatgan har bir ijodkor bilan o'zini maslakdosh bilgan. Bu borda Jamol Kamolning Oybek va Shayxzodaga bo'lgan muhabbati o'zgacha edi. Shu sababli uning she'riyatida, tadqiqotlarida, publisistik maqolalarida bu nomlarni tez-tez uchratish mumkin. Shoir hatto lirikaning eng yirik janri bo'lmish doston janrida Oybekka atab «Tosh tug'yon»ni yozgan bo'lsa, Maqsud Shayxzodaga «Shayxzoda» asarini bag'ishladi. Ta'kidlanganidek, shoirning bu ustozlariga bag'ishlangan deyarli barcha asarlarida Navoiy obrazi uchraydi. Oybek xotirasiga bag'ishlangan marsiyada quyidagi satrlarni o'qiymiz: Unda jo „shar edi o'tli bir ummon, O„zbekning zakosi edi unda jam. O, uning ruhida yashardi omon Alisher ilhomi kashf etgan olam [4,80]!
Shoir Oybek tabiatining o'zbekonaligini, tafakkurining keng ko'lamliligini (O'zbekning zakosi edi unda jam) «Alisher ilhomi kashf etgan olam!»ga bog'laydi.
Yoki Shayxzodaning adabiyotga, she'riyatga bo'lgan muhabbati haqida so'z borganda Jamol Kamol bu muhabbat ko'lamini shunday «barkashlaydi»:
She'r - quyoshi, adabiyot -dunyosi,
Navoiyning san 'atlari shaydosi,
Ruboiylar, g „azallarni sevardi,
Tashbih degan go „zallarni sevardi,
Shogirdlarga kitoblar a 'losidan,
Ajdodlarning muborak merosidan
DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-413-420
O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti
Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini o'rganish masalalari
g
Aylagay sujud... [5,235]
Dars o„tishga mohir edi
8-fevral
O'zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-413-420
Volume 4 | Conference Proceedings 1 | 2023
Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini
Shayxzoda,
So Z bobida sohir edi
Shayxzoda, [7,131] -
Yuqoridagi satrlar o'quvchida Maqsud Shayxzodaning tarjimai holidek taassurot qoldirishi tabiiy. Chunki ijodkor haqiqatda Navoiyning sevimli o'quvchisigina emas, balki bu ijodning mohir tadqiqotchisi ham edi. Shuningdek, olib borgan kuzatishlari, o'rganganlari asosida oliygoh talabalariga dars berdi.Izlanishlari samarasi o'laroq:
"Chor devon "ning ijodkorin
suylabon,
Sheriyatning sultoni deb
urdi bong [7,130].
Ko'rinadiki, Jamol Kamol Oybek, va Maqsud Shayxzoda kabi ijodkorlar haqida qalam surganda ham Navoiy dahosiga bo'lgan muhabbatini yashirib o'tirmaydi. Buyuk shoir ijodiga xos chizgilarni mohirona ifoda etadi. Va aksincha, Navoiy dahosiga bo'lgan muhabbat o rtidan izdoshlar buyukligini ochib beradi.
Ayni holatni Jamol Kamolning o'z ijodiy faoliyatida ham kuzatish mumkin. «Hazrat Navoiy g'azallarini ilk bor o'qiganimda o'n uch yoshda edim. Oradan oltmish yil o'tibdiki, hamon o'qiyman. O'qib, zavqiga to'ymayman»[2,2], -deydi u «Devoni Foniy»dan qilgan tarjimalarining avvalida.
Xullas,chindan ham shoir umr bo'yi Navoiyning muhibi, muxlisi, izdoshi bo'lib yashadi. Mutafakkir shoirning ummon yanglig' ijodi, hayot yo'li Jamol Kamolni ohanrabodek o'ziga tortdi. Bu bedorlikning samarasi o'laroq shoir nafaqat yirik janrdagi asarlari va publisistik maqolalarida, balki ruboiy, she'r, g'azal, muxammas kabi janrlardagi asarlarida ham mutafakkir siymosiga ko'p bora murojaat qildi. Navoiy asarlaridagi g'oyalardan ilhomlanib, o'z muxlislarini ham ulardan oziqlantirdi.
REFERENCES
1. Annmep HaBOHH. TAT, X ^nngnHK, X ^nng. T.: F.FynoM HOMugarn HampneT-Maröaa n^ogufi yfin, 2011.
2. Mnp Annmep HaBOHH. Oohhh rynmaHH. TomKeHT: Meriyus, 2011.
3. HaBOHH acapnapn nyrara. T.: AgaöneT Ba caHtar HampneTH, 1972.
8-fevral
419
4. Жшол Kaмол. CaanaHMa. VII жилдлик. I жилд. Т.: Янги acp aвлоди,2018.
5. Жшол Kaмол. Caйлaнмa. VII жилдлик. II жилд. Т.: Янги acp aвлоди,2018.
6. Жшол Kaмол. Caйлaнмa. VII жилдлик. III жилд. Т.: Янги acp aвлоди, 2018.
7. Жшол ^мол. Caйлaнмa. VII жилдлик. VII жилд. Т.: Янги acp aвлоди,2022.
8. И. Хдккул. Шеърият - дapд Ba умид демaк. Kитобдa: Жaмол Kaмол. Caйлaнмa, Тошкент: Фaн, 2007.
DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-413-420
O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti
Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini o'rganish masalalari
g
8-fevral