Научная статья на тему 'GLOBALLASHUV JARAYONI VA YOZUVCHINING ADABIY-ESTETIK QARASHLARINING SHAKLLANISH MASALALARI'

GLOBALLASHUV JARAYONI VA YOZUVCHINING ADABIY-ESTETIK QARASHLARINING SHAKLLANISH MASALALARI Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

CC BY
682
47
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
badiiy asar / tahlil / mavzu / ijodkor / g’oya. / artwork / analysis / theme / creator / idea.

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Solijonov, Yo’ldoshxo’ja, Ro’ziyev, Temur Erkinjon O’g’li

Maqolada yozuvchining adabiy-estetik qarashlari shakllanish masalalari yoritib berilgan. Tarixiy-qiyosiy yo biografik metodda bajarilgan ilmiy ishlarning afzalliklarini qadrlash yaxshi jihatlarini albatta rivojlantirish kerak.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PROCESS OF GLOBALIZATION AND ISSUES OF THE FORMATION OF THE WRITER'S LITERARY-AESTHETIC VIEWS

The article covers the issues of the formation of the literary and aesthetic views of the writer. It is necessary to develop the good aspects of appreciating the merits of scientific work done in the historical-comparative or biographical method.

Текст научной работы на тему «GLOBALLASHUV JARAYONI VA YOZUVCHINING ADABIY-ESTETIK QARASHLARINING SHAKLLANISH MASALALARI»

GLOBALLASHUV JARAYONI VA YOZUVCHINING ADABIY-ESTETIK QARASHLARINING SHAKLLANISH MASALALARI

SOLIJONOV Yo'ldoshxo'ja,

FarDU, adabiyotshunoslik kafedrasiprofessori, RO'ZIYEV Temur Erkinjon o'g'li, FarDU 2-kurs magistranti

d https://doi.org/10.24412/2181-2993-2022-2-368-375

ANNOTATSIYA

Maqolada yozuvchining adabiy-estetik qarashlari shakllanish masalalari yoritib berilgan. Tarixiy-qiyosiy yo biografik metodda bajarilgan ilmiy ishlarning afzalliklarini qadrlash yaxshi jihatlarini albatta rivojlantirish kerak.

Kalit so'zlar: badiiy asar, tahlil, mavzu, ijodkor, g'oya.

The article covers the issues of the formation of the literary and

ABSTRACT

aesthetic views of the writer. It is necessary to develop the good aspects of appreciating the merits of scientific work done in the historical-comparative or biographical method.

Keywords: artwork, analysis, theme, creator, idea.

В статье освещаются вопросы формирования литературно-АННОТАЦИЯ эстетических взглядов писателя. Необходимо развивать хорошие

аспекты оценки достоинств научной работы, выполненной историко-сравнительным или биографическим методом.

Ключевые слова: Художественное произведение, анализ, тема, создатель, идея.

KIRISH (Introduction)

Badiiy matnni sinchiklab tahlil qilish orqali shu matn muallifining ma'naviy-estetik olamini anglab yetish mumkin. Bevosita matnga diqqatni qaratish, uni tadqiq va tahlil qilish adabiyotning barcha muhim jihati, o'ziga xos holatlarini yoritishga to'la-to'kis imkon berolmaydi. Ammo u adabiyot ilmini umumiy, bir yoqlama, goho farosatsizlarcha to'qilgan fikr-mulohazalardan himoyalashi shak-shubhasiz. Zero,

368

haqiqiy adabiyot - san'atkorlik zavqi ila yaratilgan asardan boshqa bir narsa emas. Uning bilan to'g'ridan-to'g'ri munosabat o'rnatishgina shaxsiy taassurot va tasavvurni yuzaga keltiradi. Biroq hech qanday adabiy matn, muayyan bir usul, tushuncha va haqiqatga tayanilib o'qilmaguncha, o'z-o'zidan tuyg'u va fikr uyg'otolmaydi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

Mukammal asar matnini tabiatga qiyoslash mumkin. U ham o'ziga xususiy savollar bilan murojaat qilinganda, faqat va faqat ana shunday holatda o'quvchiga sir-asrorini keng ochadi. SHunda matn tahlili atalmish usulning afzalliklari, ko'p narsani yuza va chala bilishdan nihoyatda foydali ekani ham ravshanlashadi. Bundan tashqari, eng go'zal, eng original adabiyot namunalarini o'jarlik va o'zboshimchalik changalidan qutqazishning bir chorasi ham matn tahlilidir. Tarixiy-qiyosiy yo biografik metodda bajarilgan ilmiy ishlarning afzalliklarini qadrlash yaxshi jihatlarini albatta rivojlantirish kerak. Quruq inkorchilik, yoqimsiz bir chechanlik bilan ilmda hech nimaga erishib bo'lmaydi. SHu bilan birga ilm-fanda ochiqlik, yangi izlanishlar zarurligiga beparvo qolmaslik joiz. Bizda poetik matn tadqiqi deyilganda, asosan g'oya va mazmundan bahs yuritish, vazn, qofiya, badiiy san'atlar xususida so'zlash tushuniladi. Rosti gap, bu bir qadar jo'n qanoat va qoliplashgan tajriba. Holbuki, chinakam tahlil va talqin matnda mavjud hamma narsani, hattoki, harf tovushlari, ohang, rang tovlanishlarini ham ma'nolashtirish, muallifning shaxsiy holat, kayfiyat, ruhoniy sezimlari bilan aloqadorlikda yoritishni talab qiladi. Axir, davr ruhi, zamon nafasi, jamiyat dardi ham dastlab ijodkor shaxsiga ta'sirini o'tkazib, undan so'ng asarlariga ko'chadi. SHarqlik buyuk shoir va adib borki, deyarli hammasi o'zining nafs va xarakteriga bir san'at asari yanglig' sayqal berib, uni butun shaxsiyat holiga ko'targan. Mutasavvif san'atkorlar uchun bunday shaxsiyat orzusi insonning bashariy irodasini ilohiy iroda maqomiga yuksaltirib, ularni o'zaro birlashtira olishdir.

NATIJALAR

Ajablanarli joyi shundaki, hanuzgacha bizda kengroq o'ylab ham ko'rilmagan bu murakkab muammo G'arb sharqshunosligida o'tgan asrning birinchi yarmidayoq o'rganila boshlangan. Diqqatga molik sifatida ulkan ingliz olimi va rumiyshunosi Ronaltd Nikoltsonning "Tasavvufda ilohiy shaxsiyat tushunchasi" nomli tadqiqotini eslatish maqsadga muvofiqdir. Ushbu asar haqiqatda katta mehnat va bilimdonlik bilan yozilgan. Uning Mansur Xalloj, Imom G'azzoliy va Jaloliddin Rumiyga bag'ishlangan fasllari kishida ko'p mulohaza, mushohada uyg'otadi. Ammo arab allomasi, Nikolsonning sodiq shogirdi Abul A'lo Afifiy ustozining kitoblaridan biriga yozgan mazmundor so'zboshida o'sha tadqiqotning asosiy kamchiligi to'g'risida,

369

www.birunijournal .uz

"Muallif, butun kuch-quvvatini, xristian ilohiyotidan olingan shaxsiyat tushunchasini umumlashtirish va uning muqobilini tasavvufdan topishga sarf qilgan. Holbuki, xristian nuqtai nazar i bilan, islom nuqtai nazari o'rtasida juda katta farq bor", deydi. Aynan shu farq bilan hisoblashmagani tufayli Alisher Navoiy lirik qahramonlari dunyoqarash va shaxsiyati yoritilgan ayrim tadqiqotlarda she'riy matndagi asl mohiyat va haqiqatga hech muvofiq kelmaydigan fikr-qarashlar ilgari surilgan. Buning bosh sababi esa matnning g'oyaviy-badiiy tarkibini to'g'ri va teran mushohada etmasdan rus adabiyotshunosligidagi ilmiy-nazariy tushuncha va xulosalarni unga tatbiq qilinganligidir. Bunaqa tajriba ehtimol o'sha zamonlarda zarur bo'lgandir. Hozir esa unga hech zaruriyat yo'q. SHaxs va shaxsiyat komilligini Navoiy qanday anglab, qanaqa miqyoslarda talqin qilgan bo'lsa, ilmda xuddi shunday tarzda ko'rsatish lozim, vassalom. Modomiki, gap shaxsiyat haqida ekan, ijodiy shaxsiyatga daxldor bir haqiqatga ham to'xtalib o'tish ortiqchalik qilmaydi. CHunki, xususiy uslubga sohib bo'lish - bu, xususiy bir shaxsiyatga sohib bo'lish demak. Masalaga kengroq yondashilsa, ijodiy shaxsiyatni yorqin namoyon aylaydigan alomat, tuyg'u va tushuncha emas, balki uslubdir, degan xulosaga kelinadi. Ijodkor mavzu, zavq, goho xayollarning ma'lum bir qismini boshqalardan olmog'i mumkin. Bu uning ulug'ligiga aslo monelik etmaydi. Ulkan san'atkorlar ko'p mavzularni o'zgalardan o'zlashtirgani adabiyot tarixidan yaxshi ayon. Hamma gap, u yoki bu g'oyani qanday shaklda anglatish, qanday harorat va mohirlik bilan tasvirlash, ya'ni uslubdadir. SHuning uchun ijodiyotida qator o'xshashliklar mavjudligiga qaramasdan, Alisher Navoiyning buyuk va qudratli shaxsiyati, uslubi barcha salaflari, zamondosh qalamkashlardan ajralib turadi. Uning ruhiy hayoti, s he'rni ruhning tili, musiqasi holiga yetkazish mahorati butunlay o'zgacha. Navoiy she'rlari tahlilida shularni yoritishga urinish zarur. Afsuski, ko'pincha bunga yaqin ham borilmaydi. Buning sabablari ko'p. Biz ulardan faqat ayrimlariga e'tiborni qaratmoqchimiz.

MUHOKAMA

Jaloliddin Rumiyga ko'ra, "tadqiq" bir noqisl tazahhuri sanaladi. SHu boisdan go'zallik tekshirilmaydi, quruq va sovuq bir mantiq bilan chaynalmaydi, balki kashf etiladi. Bu alohida diqqatgatloyiq fikr. G'arb psixologlari "estetik tuyg'u" deb nomlagan tuyg'uni SHarq shoirlari odamning o'zida bo'lmagan yoki uning tabiatiga begona go'zallik tuyg'usini yo'qdan bor qilishmas, aksincha, insonda mavjud go'zallik hissiyotini uyg'otish, ong va idrok ostidagi latifliklarni harakatlantirish deb bilishgan. Va yozilgan har bir Mavlono asar shunga mo'ljallangan. Demak, xulosa aniq: inson mohiyatida go'zallik tuyg'usiga molik bo'lmasa, san'at asari qarshisida u hech kim. Adabiyot va din, ikningfalsafa va badiiy ijod, san'atkorlik va tarixnavislik aloqalarini bexato farqlashga hatto ilm ham unga ko'mak berolmaydi. Mukammal

370

www.birunijournal .uz

badiiy matn yo'q joyda adabiyot yo'q. Adabiyot va san'atkorlik yo'qmi, demak u boshqa bir narsa. Uni o'z nomi bilan atash, o'z xarakter xususiyatlariga muvofiq usullarda tadqiq qilish kerak. Juda ko'p soha vakillari xususiy maqsadlari yo'lida adabiyotdan foydalanishga urinishgan. Jumladan, din va tasavvuf arboblarining ham vazn va qofiyadan bo'lak she'riyatga aslo aloqasi bo'lmagan diniy-tasavvufiy asarlari badiiy matn mezonlari bo'yicha baholanmasa, mumtoz adabiyotimizni xas-xoshokdan asrash yaqin yillarda juda qiyinlashib qoladi. CHunki bir xato hech kutilmagan o'zga bir xatoga hamisha zamin hozirlab, yo'l ochadi. Biz istaymizmi, istamaymizmi, SHarq adabiyotida insonni dunyoga tahqir va nafrat ko'zi bilan qarashga chorlagan, bandaning ojizu notavonligidan bahs etib, tafakkur va hurlik shuurini so'ndirishdan orom topgan qalamkashlar bo'lgan. Diniy bir badbinlik va mahdudlik izlari o'zbek adabiyoti tarixida ham nazarga tashlanadi. Bundan tashqari, botiniylik tushunchalari suqulib kirgan tasavvuf tarmoqlari va falsafiy tasavvuf oshuftasi bo'lib qolganlar habibiylik, voqifiylik, avliyoiylik, holiya, ilhomiya kabi tariqatlar targ'ib etgan maqsad va harakatlar inson axloqi, ma'naviy maqsadlariga nechog'liq muvofiq kelishini albatta o'ylay olishlari kerak. Aks holda, bir nayrangdan qutulib, g'ayriixtiyoriy ravishda boshqasiga tutilish hech gapmas. SHo'ro davlatining qitmirlik o'yinlaridan biri SHarq mumtoz adabiyoti, san'ati va musiqasi ma'no-mohiyatini tarixiy ruhi va nafasiga muvofiq tarzda anglashga to'siq qo'ygani edi. SHu ma'noda ikkita misol keltirmoqchimiz. Dunyoviy adabiyot degan tushuncha o'zbek adabiyotshunosligiga qanday va nima maqsadda olib kirilgan, degan savolga, bizningcha, bugun hech kim aniq javob berolmasa kerak. Dunyoviy adabiyot tushunchasi ham, atamasi ham dastlab olmonlar orasida paydo bo'lib, keyin boshqa g'arb o'lkalariga tarqalgan. Dunyoviy adabiyot, zavq va huzur manbai bo'lmish moddiy va zohiriy olamni ideallashtirib, hayotning din bilan, ilohiyot bilan aloqasini butunlay uzish g'oyasini ilgari surgan. SHu nuqtai nazardan qaralganda, dunyoviy adabiyot degani - bu, mumtoz shoirlarimizning moddiy dunyoga munosabati. Undan tug'ilgan qalb haqiqatlari va eng e'tiborli irfoniy, ishqiy hissiyotlarini inkor etish degani. Modomiki, shunday ekan, Navoiy g'azaliyoti bilan turkiy tilda qalam tebratgan ustozlari she'riyatini g'oyaviy-badiiy vobastalikda to'g'ri talqin qilish mumkinmi? Buning iloji yo'q. SHuning uchun ilohiy ishq zavqi va holatlari tasvirlangan g'azallar tahlili xatolar bilan to'lib-toshgandir. Ammo adolat yuzasidan baholanadigan bo'lsa, boshqa joylardagi ahvol yanada yomon. Masalan, tasavvufiy maslak va ilohiy ishq sirlarini yoritishga uringan bir kitob muallifi Jon Beldek, "Ilohiy ishq mavzusidagi she'rlarni xato anglash va noto'g'ri sharhlash yuz yillardan buyon davom etib keladi. Hozirgi kunda ham ahvol avvalgidan farqlangan emas", deydi. Bu gapga ishonmoq lozim. Alisher Navoiyda shunday bir bayt bor:

371

www.birunijournal .uz

Fig'onki, ishq hadisi daqiq erur andoq Ki, qosir o'lmish ani anglamoqdin idrokim.

Ko'ngli muhabbat otashida lovillab yongan Navoiyki, ishq asrorini anglashda qosirlikni tan olgan ekan, ishqning mohiyatini yorishtirib beruvchi hol ilmini chetlab, nima uchun biz xayolga kelgan gaplarni yozaverishimiz kerak? Mustaqillik davri navoiyshunosligi o'zini-o'zi muhofaza qiladigan darajada bilim, o'zini-o'zi xato va kamchiliklardan qutqazadigan saviyada o'tkir did va mushohadaga erishmog'i shartdir. Bu quruq da'vat emas, albatta.

Yigirmanchi asr boshlarida mumtoz she'riyat oltin taxtidan qulatilgach, asriy haq-huquqini ham u boy bergan edi. Unga qanday munosabatda bo'lishni esa siyosat belgilab bergani hech kimga sirmas. Partiyaviylik, sinfiylik, dunyoviylik kabi g'oyadar shundan yaralgan. Dahriylik maslagi adabiyotni din va tasavvufdan yiroqlashtiruvchi xohlagan fikr-mulohazani aytishga izn bergan. Bugun bizda mafkuraviy qo'rquv yoki tazyiq yo'q. Klassik adabiy merosimizni endi shoshilmasdan, erkin, teran o'rganishga yo'l ochilgan. Lekin imkoniyat va imtiyozlardan to'la-to'kis foydalanish uchun goh talant va ilm chuqurligi, goho qilayotgan ishimizga tanqidiy qarash yetishmayotganga o'xshaydi. Vaholonki, Navoiyning birgina baytini har jihatdan o'rganib, zohiriy va botiniy ma'nolarini, san'atini qoyillatib talqin etish, o'nlab g'azallarga bitilgan sayoz tahlillardan afzaldir. Mashhur frantsuz adibi va munaqqidi Polt Valerining e'tirofi bo'yicha, "badiiy matnning qiymati, har shaxsga ko'ra alohida bir tafsirga imkon bera olishidadir". Darhaqiqat, asosan shaxsiy bir faoliyat va ifoda tarzining hosili bo'lgan adabiy asar har bir o'quvchiga ayri-ayri ta'sir o'tkazishi tabiiy. Ayni bir matnning o'zga muhitda, o'zgacha bir usullarda amalga oshirilgan talqinlari, aytaylik, biznikidan farqlanmaydi deyolmaymiz. Ammo bir haqiqat aniq: she'rda tuyg'u va ma'no faqat til, shakl va uslub orqali ta'sirli bir maqomga keltiriladi. SHu bois tahlilda birinchi galda til ruhi va so'z hayotiga diqqat-e'tibor doimo o'zini oqlaydi. Oqlagani shuki, ramz, majoz, timsollar ham til izmidan chetga chiqib ketolmaydi. Donishmand Xorazmiy "Zohiru botin xabari so'zdadir" deganda to'la haq edi. Tasavvuf va tasavvuf she'riyatidagi o'ziga xos yangiliklar ham avvalo til ko'magida joriy qilingan. Xullas, tasavvuf tarix maydonida qad rostlab, o'z tilini shakllantirgach, yuzlab istiloh va kalimalar qatori g'am, alam, g'arib, g'urbat, vasl, hijron, dard, balo, sir kabi ko'pdan ko'p so'zlar ham oldingisidan tamoman boshqa maqsad va ma'nolarda ishlatilgan. Navoiyda shunday g'azallar va

Ko'ngil ichra g'am kamligi asru g'amdir, Alam yo'qligi dag'i qattiq alamdir

372

www.birunijournal .uz

kabi yuzlab baytlar borki, ularning to'g'ri tahlil va talqini uchun hatto tasavvuf lug'atlari ham yordam berolmaydi. Boshqa chora, boshqa yo'l topishni Navoiyning o'zi ko'rsatadi. Biz esa Navoiyning o'ziga qattiq suyanib Navoiy she'rlarini talqin qilishga hamisha ham amal etolmaymiz.

Ba'zan she'r tahlili va talqinini murakkablashtirishga ne hojat bor, degan savol aralash e'tirozlar eshitilib qoladi. Talqinni ataylab murakkablashtirish, tahlilda o'tlab ketish, albatta, sun'iylik, albatta, bema'nilik. Bunday ish goho aql qosirligi yoki qalb xastaligidan ham dalolat beradi. Lekin aslida, tahlilning maqbul yo nomaqbul ekanligida she'rning ham roli bor.

Har qanday tadqiqotchi yaroqsiz she'rni yaxshi va fazilatli etib ko'rsatishga nechog'lik urinmasin, baribir, hech natijaga erishmaydi. Buning aksi bo'lsa-chi? Jahondagi bir qancha she'rshunoslarning e'tiroflari bo'yicha, she'r kamida ikki ma'no qatlamiga ega bo'lmog'i kerak. Turkiyalik olim Hilmiy Yovuz yozadi: "Asosiy masala bir she'rning bir emas, bir necha bora qiziqib o'qish, birdan ziyod sharh va tafsirga imkon bera olishdadir. Agar she'r o'qiganingizda bir gazeta xabari kabi birgina ma'no chiqarish bilan to'xtasangiz va u boshqalarga ham aynan shu ma'noni anglatsa, bilingki, u she'r emasdir". Biz gazeta xabaridan farqlanmaydigan she'rlarni o'qiyverib, klassiklarimiz tajr ibalaridagi ko'p ma'nolilik sirlarini ochishga umuman urinmay qo'yganmiz. Vaholanki, og'zaki tilga qaraganda yuksak, ohangdor va serbo'yoq bo'lgan she'r tili so'zlarning asosiy ma'nolaridan ko'proq yon ma'nosiga suyanishi, shu tarzda kalima ilk mazmunidan uzoqdagi bir ma'no qiymatiga ham erisha olishini ular amalda qayta-qayta isbotlab ketishgan. Ma'noning beshigi ham, eshigi ham ilm-ma'rifat. Muhammad Fuzuliy turkiy devonining debochasida: "Ilmsiz she'r asossiz devordir. Asosi yo'q devor bee'tibordir", deb yozgan. Navoiyning olimligini shoirligidan, shoirligini mutafakkirligidan, mutafakkirligini buyuk va betimsol shaxsiyatidan ajratib ko'ring. Ko'z o'ngingizda tamoman boshqa shoir paydo bo'ladi. Hazrat Navoiyning ijod olami, xususan, san'atxonasiga erkin va ishonch bilan intilishning bosh yo'li ham ilmdir, irfondir.

ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)

1. Gafurovich, S. A. (2021). Analysis Of The Poem" Autumn Dreams" By Abdulla Oripov. The American Journal of Social Science and Education Innovations, 3(01), 556-559.

2. Sabirdinov, A. . (2021). ASKAR KASIMOV IN THE UZBEK POETRY OF THE XX CENTURY THE ROLE AND IMPORTANCE OF CREATION. Конференции, 7(2).

XULOSA

373

www.birunijournal .uz

3. Mukhammadjonova Guzalkhan. The image of a creative person in the poetry of Erkin Vohidov. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal. Volume : 10, Issue : 11, November. - India, 2020.

4. Mukhammadjonova, G. (2020, December). ARTISTIC INTERPRETATION OF THE CREATIVE CONCEPT IN WORLD LITERATURE. In Конференции.

5. Abdurashidovich K. A. Motivation and National Character of Foolishness in Uzbek Literature //ANGLISTICUM. Journal of the Association-Institute for English Language and American Studies. - 2018. - Т. 7. - №. 4. - С. 47-51.

6. Qayumov A. CREATING OF A NATIONAL CHARACTER THROUGH MEANS OF LITERATURE //Theoretical & Applied Science. - 2018. - №. 1. - С. 235-240.

7. Kayumov, A. A., & Isakova, J. B. (2022). DESCRIPTION OF A CHILD'S IMAGE IN UZBEK LITERATURE. Oriental Journal of Social Sciences, 2(02), 115122.

8. Kayumov, A. (2021). Character And Psychophysiology. Zien Journal of Social Sciences and Humanities, 3, 9-13.

9. Kayumov, A. (2021). Character And Psychophysiology. Zien Journal of Social Sciences and Humanities, 3, 9-13.

10. Джураева, М. А. (2020). THE CONCEPT OF A NEW HUMAN-BEING IN MODERN UZBEK STORIES. Ученые записки Худжандского государственного университета им. академика Б. Гафурова. Серия гуманитарно-общественных наук, (2), 85-89.

11. Oripova, G. (2019). UZBEK POETRY AND THE WORLD LITERATURE IN THE YEARS OF INDEPENDENCE. Scientific Journal of Polonia University, 32(1), 116-120.

12. Murodilovna, O. G. (2019). The peculiarities of vazn meter in uzbek poetry of the independence period. ANGLISTICUM. Journal of the Association-Institute for English Language and American Studies, 8(2), 33-39.

13. Oripova, G. M. (2021). Genesis And Essence Of Genre Concept. The American Journal of Social Science and Education Innovations, 3(12), 90-94.

14. Akhmadjonova, O. A. (2021). Symbolic And Figurative Images Used In The Novel "Chinar". The American Journal of Social Science and Education Innovations, 3(03), 389-392.

15. Ahmadjonova, O. (2020, December). THE ARTISTIC SKILL OF THE CREATOR. In Конференции.6. Oripova G. M., Tolibova M. T. Q. Composition Of Modern Uzbek Stories //The American Journal of Social Science and Education Innovations. - 2021. - Т. 3. - №. 03. - С. 245-249.

374

16. Xasanova, X. (2020, December). THE MISSION AND LITERATURE OF LETTERS IN STORIES AESTHETIC FUNCTION. In Конференции.

17. Makhmidjonov, S. (2021). ARTISTIC INTERPRETATIONS OF THE EDGES OF THE HUMAN PSYCHE. Интернаука, (15-3), 75-76.

18. Yulchiyev, Q. (2019). The development of lyric chronotop in Uzbek poetry. Scientific journal of the Fergana State University, 2(2), 77-81.

19. Юлчиев, К. В. (2020). ЛИРИК ШЕЪРДА БАДИИЙ МАКОН МУАММОСИ. МЕЖДУНАРОДНЫЙ ЖУРНАЛ ИСКУССТВО СЛОВА, 3(5).

20. Azimovich, R. Z. Chronotope Image in the Novel" Ulugbek Treasure" by Odil Yakubov. International Journal on Integrated Education, 3(11), 183-186.

21. Rahimov, Z., & Gulomov, D. (2020, December). RETROSPECTIVE STRUCTURE IN FICTION. In Конференции.

22. Dehkonova, M. S. (2020). OYBEK'S POETRY THROUGH ANALYSES OF REPRESENTATIVES OF OYBEK STUDIES SCHOOL. Theoretical & Applied Science, (2), 13-17.

23. Hamidov, M. (2020, December). ARTISTIC FEATURES OF SHUKHRAT'S NOVEL" MASHRAB". In Конференции.

24. UMURZAKOV, R. (2018). Social environment and spiritual world of teenager in narrative "Saraton" by N. Fozilov. Scientific journal of the Fergana State University, 1(4), 104-105.

25. Umurzakov, R. (2021). ERA AND SPIRIT IN THE STORY "TWICE TWO IS FIVE". Journal of Central Asian Social Studies, 2(02), 26-35.

26. Kasimov, A. Albert Camus in Uzbekistan.

27. Kasimov, A. A. (2020). PECULIARITIES AND SIMILARITIES OF SYMBOLIC EXPRESSION IN THE NOVELS "THE PICTURE OF DORIAN GRAY" AND "THE MAN AT THE MIRROR". Theoretical & Applied Science, (5), 590-592.

28. JURAYEV, H., & ABDURAHIMOVA, J. (2018). Semantic layers of the expression in the Babur lyric. Scientific journal of the Fergana State University, 1(3), 111-112.

29. Rustamova I.I. Rhythm Views on the Plot of the Work / / Badiy asar syujetida ritm ko'rinishlari. // International Journal of Innovative Research. - India,June, 2021, -P. 8355-8357.

30. Rustamova I.I. PORTRAIT AND ITS ARTISTIC-AESTHETIC FUNCTION IN THE WORKS OF ABDULLA QAHHOR//Abdulla Qahhor asarlarida portretning badiiy-estetik funksiyasi//AMERICAN JOURNAL OF SOCIAL AND HUMANITARIAN RESEARCH. -America, December, 2021, -P. 230-234.

375

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.