Научная статья на тему 'MAKTABLARDA BOLANI ESTETIK TARBIYALASHDA TASVIRIY SAN’ATNING O‘RNI'

MAKTABLARDA BOLANI ESTETIK TARBIYALASHDA TASVIRIY SAN’ATNING O‘RNI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
517
55
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Tasviriy san’at / metodika / didaktika / bilim / badiiy-estetik ta’lim / malaka / metod / dars / estetika / tafakkur / ko’rgazmali o’qitish / badiiy tarbiya / ijodiy tafakkur. / Fine art / methodology / didactics / knowledge / artistic-aesthetic education / skill / method / lesson / aesthetics / thinking / visual teaching / artistic education / creative thinking.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Jo’rayev, Shoxrux, Rahmataliyeva, Mohlaroyim, Saminjonova, Dilmuraxon

Mazkur maqolada o’quvchilarni estetik jihatdan tarbiyalashda tasviriy san’atning o’rni muhokama qilingan. Maktabda o’qitiladigan tasviriy san’at o’quv fanining maqsad-vazifasi, tasviriy san’at o’quvchilarda ma’naviy dunyoqarash, fikrlash qobiliyti, ko’rish xotirasi, ijodiy tasavvur, estetik hissiyotni o’stirishda ushbu fanning amaliy hamda nazariy ahamiyati haqida fikrlar berib boriladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ROLE OF FINE ART IN AESTHETIC EDUCATION OF CHILDREN IN SCHOOLS

This article discusses the role of fine art in the aesthetic education of students. The purpose and task of the visual art subject taught at school, the practical and theoretical importance of this subject in the development of spiritual worldview, thinking ability, visual memory, creative imagination, aesthetic feeling in visual art students. opinions are given.

Текст научной работы на тему «MAKTABLARDA BOLANI ESTETIK TARBIYALASHDA TASVIRIY SAN’ATNING O‘RNI»

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

MAKTABLARDA BOLANI ESTETIK TARBIYALASHDA TASVIRIY

SAN'ATNING O'RNI

Jo'rayev Shoxrux, Rahmataliyeva Mohlaroyim, Saminjonova Dilmuraxon

Farg'ona davlat universiteti Tasviriy san'at va muhandislik grafikasi yo'nalishi talabalari

Mazkur maqolada o'quvchilarni estetik jihatdan tarbiyalashda tasviriy san'atning o'rni muhokama qilingan. Maktabda o'qitiladigan tasviriy san'at o'quv fanining maqsad-vazifasi, tasviriy san'at o'quvchilarda ma'naviy dunyoqarash, fikrlash qobiliyti, ko'rish xotirasi, ijodiy tasavvur, estetik hissiyotni o'stirishda ushbu fanning amaliy hamda nazariy ahamiyati haqida fikrlar berib boriladi.

Kalit so'zlar: Tasviriy san'at, metodika, didaktika, bilim, badiiy-estetik ta'lim, malaka, metod, dars, estetika, tafakkur, ko 'rgazmali o'qitish, badiiy tarbiya, , ijodiy tafakkur.

This article discusses the role of fine art in the aesthetic education of students. The purpose and task of the visual art subject taught at school, the practical and theoretical importance of this subject in the development of spiritual worldview, thinking ability, visual memory, creative imagination, aesthetic feeling in visual art students. opinions are given.

Key words: Fine art, methodology, didactics, knowledge, artistic-aesthetic education, skill, method, lesson, aesthetics, thinking, visual teaching, artistic education, creative thinking.

Tasviriy faoliyat - bu bolalarni o'z oldiga qo'ygan maqsadlarini bajarishda tinmay mehnat qilishga undovchi faoliyatdir. Tasviriy faoliyat bolalarning voqelik haqidagi tasavurlarining kengayishi va mustahkamlanish vositasi bo'lib xizmat qiladi. Taniqli psixolog V.M.Teplov idrokning alohida xarakterini quyidagi tasvir bilan bog'liq holda ta'kidlab o'tadi: "tasviriy san'atda tasvir masalasi kuchli idrok qilishni talab etadi. Qurilgan narsaning tasvir masalasini yecha turib, bola har doim narsalarni yangicha tomondan anchagina tezroq, kuchliroq va aniqroq qurishni o'rganib boradi" Maktabda tasviriy san'atni o'qitish texnologiyasida asosiy o'rni uni o'qitish didaktikasi va metodikasi egallaydi. Chunki metodika va didaktika maktab tasviriy san'atidan o'quvchilarga bilim-malaka berishning eng asosiy va oxirgi pedagogik

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

KIRISH

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

jarayoni sanaladi. Metodika — tasviriy san'atdan o'quvchilarga bilim-malakalar berishning eng oson, eng samarali pedagogik ta'sir ko'rsatuvchi vosita bo'lib, darsdagi oldindan belgilangan natijalarni kafolatlay oladigan jarayon hisoblanadi.

Maktabda tasviriy san'atni o'qitishda eng ko'p ishlatiladigan metod «Og'zaki bayon etish» metodi bo'lsa-da, «Ko'rgazmali o'qitish» va «Amaliy ishlar» metodidan ham har bir dars jarayonida foydalaniladi. Chunki tasviriy san'at o'quv fani o'ziga xos xarakteriga ko'ra, ko'rgazmasiz o'qitish mumkin bo'lmagan o'quv fani hisoblanadi.Yana bu o'quv predmetining pedagogik texnologiyasiga ko'ra, 45-minutli darsning yarmidan ko'pi amaliy ishlar bilan ta'minlanadi. Shuningdek, kuzatishlar va ilmiy tadqiqotlar shuni ko'rsatmoqdaki, tasviriy san'at yoshlarga faqat ilm-tafakkur, go'zal estetik ideallar beribgina qolmay, odam zotining eng muhim jihatlarini, ya'ni kuzatish, ko'rish, idrok qilish va tafakkur-tasavvurlarini rivojlantiradigan bosh va asosiy vosita ekanligi isbotlanmoqda.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Tasviriy san'atning asosoiy vazifalaridan biri o'quvchilarga estetik va badiiy tarbiya berishdir. Estetik tarbiya - bu oquvchilarda hayotdagi, tabiatdagi, sanatdagi, fan va jamiyatdagi gozalliklarni tola-tokis qabul qilish qobiliyatini tarbiyalashdir. Hayotdagi go zal narsalar, aql, ruh, irodaga ta sir qilib, insonning ruhiy olamini boyitadi. Estetik tarbiya o z ichiga badiiy, mafkuraviy, ma naviy hamda axloqiy tarbiyani oladi. Estetik tarbiya jarayonida kishining qarashlari, hissiyotlari, didi hamda ideallari shakllanadi : bu shakllanish mafkuraviy tarbiya, ijodiy fikrning rivojlanishi bilan mustahkam boglangandir. Estetik tarbiya kishini olijanob, gozal hamda insonparvarlik harakatlariga moyil qiladi.

Bugungi kunda madaniy va ma naviy tarbiya o z oldiga insonda mavjud voqelikni ijodiy ozlashtirish qobiliyatiga ehtiyojini yaratishdan tashqari, balki unda go zallik qonuniga asosan qayta qurish ehtiyojini ham tarbiyalashga qaratilgan. Maktablarning vazifasi estetik tarbiyaning turli metodlari yordamida bolaning aql va vujudiga tasir otkazib, unda estetik hissiyotlarini paydo qilish orkali uni gozallikka, tabiat ko rinishlariga yaqinlashtirish, shuningdek bolaning ijodiy imkoniyatlarini, fikriy faoliyatini rivojlantirib, inson faoliyatining turli sohalarida namoyon bolishiga komaklashishdan iboratdir.

Estetikaning insonlarning ijodiy faoliyatlaridagi roli benihoya kattadir. Hayotga estetik munosabatda bo'lish ilhomning asosi hisoblaninb, mehnatni quvonch va ma'naviy zavq manbayiga aylantirishga yordam beradi.

O'quvchilarning estetik jihatdan tarbiyalash maqsadida o'qituvchi ularga tabiatdagi go'zallikni, shakllarning turli-tumanligini ko'rsatadi. Bolalarga quvonch, hayajon baxsh etgan tabiat go'zalliklari, so'z bilan tasvirlab bo'lmas rang birikmalari

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

uzoq vaqtlargacha ulaming xayolida saqlanadi. Manzaraning, daraxt shoxlarining, barglarning, gullarning o'ziga qarab rasmini chizish, ularning o'ziga xos xususiyaüarini o'rganish orqali bolalar tabiatga qiziqadian bo'ladilar. Bunday darslar bolalarga dunyoni keng va atroflicha ko'ra olishga, shuningdek ko'rish orqali olgan taasurotlarni doirasini kengaytirishga yordam beradi.

Shu bilan birga muvaffaqiyatli badiiy-estetik ta'lim ham bolaning muvaffaqiyatli va uyg'un rivojlanishiga, adabiyot, musiqa, rasm va boshqa san'at turlarining badiiy didini yaxshilashga imkon beradi. Estetika go'zallik tushunchasiga shakl va mazmun jihatdan birdek ta'sir ko'rsatganligi sababli, insonning ichki dunyosiga, uning ijtimoiy hayotiga estetik tarbiyaning vazifalari keng ko'lamli va serqirradir. Bola go'zallikni idrok etish, baholash (dastlabki bosqichlarda) ko'nikmalarini egallaydi va keyinchalik u yoki bu estetik qiymatga ega bo'lgan mahsulotlarni yaratishni o'rganadi.

Maktab yoshidagi bolalarning estetik tarbiysi ko'pincha zamonaviy pedagogikaning yo'nalishlaridan biri sifatida tushuniladi, u insonda go'zallikni ko'rish va tushunish qobiliyatini, uning hayotdagi roli, qiymati va ahamiyatini shakllantirishga qaratikgan. Badiiy estetik tarbiya juda yoshlikdan boshlanib, butun hayot yo'lida davom etib, ma'lum o'zgarishlarga duchor boladi (masalan, maqad, vazifalar, tashkil etish usullari va boshqalar).

"Estetika" inson hayotining ko'p jabhalarini qamrab oluvchi ancha keng kategoriyadir.

O'quvchilar tasviriy san'at mashg'ulotlarida narsalarni ko'radilar, uning katta-kichikligini, shaklini, shaklidagi xunuk va chiroyli elementlarini aniqlaydilar, narsa shaklini idrok etib, rang va tusini o'rganishadi. Narsa shaklini idrok etish bilan birga, uning tasviriniyaratish tahlilini qilib, ong faoliyati asosida naturani tasvirga aylantirib, daftar yuziga joylashtirish bo'yicha hisob-kitob qilinadi. Shundan so'ng natura tasviri daftar yuzasiga tushiriladi. Bu mashg'ulotlar davomida diqqat, idrok, xotira, tasavvur, did, emotsiya rivojlanib, rasm chizish malakasi ortadi. Chunki bu mashg'ulotlarda o'quvchi naturani kuzatadi va ko'radi, uni ong faoliyatida tahlil qiladi, rang-tuslarini buyumlar ichidan topib, uni qog'ozga tushiradi.Lekin bu jarayon shunchalik murakkabki, sog'lom rivojlangan odam bolasigina uning uddasidan chiqa oladi. Qarangki, bu jarayonda bolaning fikri chalg'isa, boshqa yoqqa ketsa, shakl chiqmaydi, rang topilmaydi. Shu boisdan hamma bola ham rasm chiza olmaydi.

Qadimgi Rim ruhshunoslari tomonidan chiqarilgan hukm ham bir tomondan to 'g'ridir. Chunki yuqoridagi faoliyatni faqat sog'lom, ya'ni fiziologik va psixologik jihatdan sog'lom yetilgan bolagina amalga oshira oladi Tasviriy san'at mashg'ulotlarida bolaning ko'rish a'zolari takomillashib boradi. Chunki har bir

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

mashg'ulotda narsalarni e'tibor bilan kuzatishga va ularni idrok etishga o'rgatib, o'z diqqat e'tiborini bir nuqtaga qaratish malakasi ham beriladi. Bu jarayon bolaning ixtiyoriy diqqati barqaror bo'lishini ham ta'minlaydi. Shuningdek, tasviriy san'at mashg'uloti o'quvchilarni e'tiborli, zehn bilan faoliyat ko'rsatishga o'rgatib, ularning barcha his-tuyg'ularini jamlagan holda, o'zida bo'lgan nazariy va amaliy bilimlami ishga soladi. Ko'plab davlatlar orasida yetakchilik qilayotgan birgina Niderlandiyada, boshlang'ich maktab tizimi yanada rivojlangan bo'lib, unda bolalar 4 yoshdan boshlab ta'lim olishni boshlaydilar. Boshlang'ich maktabda ta'limning maqsadi, birinchi navbatda, o'quvchining hissiy sohasini rivojlantirish, so'ngra aql va ijodkorlikni rivojlantirish, shundan keyingina etarli ijtimoiy, madaniy, shuningdek jismoniy ko'nikmalarni egallashdir. Bu davlatning eng katta yutuqlaridan hisoblanadi.

Yuqorida aytib o'tganimdek bolaning ruvojlanishida tasviriy san'atning o'rni beqiyosdur. Niderlandiya davlati ham huddi shunday yo'l tutib birinchi bo'lib bolani hissiy sohasini ruvojlantirib yuqori marralarga erishib kelmoqda.Bu esa bola o'z hislarini jilovlab to'g'ri yo'lni topib ketishiga zamin yaratadi.Biz ham sekin asta huddi shu ta'lim tizimini yurtimizga olib kirsak. Bizda ham yuqori malakali kadirlar yanada ko'payishiga ishonamiz.

REFERENCES

1. B.N. Oripov. Tasviriy san'atni o'qitishning zamonaviy pedagogic texnologiyasi, didaktikasi va metodikasi. (o'quv-metodik qo'llanma) Toshkent- - 2013.

2. Estetik tarbiya asoslari. —Toshkent: O'qituvchi, 2001.

3. Xasanov R. Tasvitiy san'at asoslari. Toshkent, 2009.

4. Xasanov R. Tasviriy san'atdan sinfdan tashqari ishlar. Toshkent, 2017.

5. Xasanov R. Maktabda tasviriy san'atni o'qitish metodikasi. - T. 2004.

6. B.Oripov. Tasviriy san'at ta'limida didaktika. - N. "NamDU". 2008.

7. Nurmatova M.Sh. Xasanova Sh. T. "Rasm buyum yasash va bolalarni tasviriy

8. faoliyatga o'rgatish metodikasi". T:. 2010.

9. Yuldashev, I. (2022). BORLIQNI IDROK ETISH VA TASVIRLASHGA DOIR DASTLABKI MA'LUMOTLAR HAMDA ULARNI XARAKTERLI JIHATLARI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 9-15.

10. EoôoeBa, 3. (2022). H^THMOHH OAO..HKHH PHB O^HAHTHPHffl^A TACBHPHH CAHEATHHHT YPHH. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 51-55.

XULOSA

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

11. MagaMHHOB, H. M. (2022). MACOOABHH TAL.HHM RHATOOPMA-HAPH HMKOHH3T.HAPHHH O.HHË TAL-HHM^A TAKOMH.H.nAfflTHPHffl MYAMMO.HAPH. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 115-119.

12. MagaMHHOB, H. M. (2022). TALHHM ^APAËHH^A TACBHPHH CAHLATHH PHBO^AHTHPHffl BA KOMnLMTEP rPAOHKACH^AH KEHr OOH^A^AHHm EWM.HAPH. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 46-50.

13. AxMegoBa, H. 3. (2022). MYL^A3 CAHLATHHHP EETAKPOP HAOOCAT O.HAMH. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 125-130.

14. Sulaymanova, S. B. Q. (2022). BADIIY OLIY TA'LIM MUASSASALARDA TASVIRIY SAN'AT FANINI O'QITISHGA BO 'LGAN EHTIYOJNING OSHISHI VA UNING BUGUNGI HOLATI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 89-96.

15. Cy^HMaHOBa, C. E. K. (2022). BADIIY TA'LIMDA TALABALARNI O'QITISHDA SAMARALI DIDAKTIK PRINSIPLARDAN FOYDALANISH USULLARI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 143-150.

16. Mirzahamdamovna, K. B., Erkinovna, A. N., & Jumadillaevich, S. R. (2021). Use of Innovative Educational Technologies in Fine ARTS Classes of Higher Education Institutions. European Journal of Humanities and Educational Advancements, 2(4),

17. Sadikovna, S. G., Kurbonova, B., Akhmedova, N., & Sulaymanova, S. (2020). FUNDAMENTALS OF PROFESSIONALISM DEVELOPMENT ON THE EXAMPLE OF PRACTICAL EXERCISES ON FORMING THE SKILLS AND SKILLS OF FUTURE TEACHERS. PalArch's Journal of Archaeology of Egypt/Egyptology, 77(6), 8894-8903.

18. Yunusaliyev, M. T. (2022). DEKORATIV KOMPOZITSIYALARDA KONTRAST VA NYUANS'LARNING AHAMIYATI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 5-8.

19. Sohibov, R. (2022). KOMPOZITSIYANING NAZARIY ASOSLARI. KOMPOZITSIYA HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHALAR. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 256-259.

20. Sohibov, R. (2022). RANGLARNING ASOSIY XUSUSIYATLARI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 234-238.

25-27.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

21. Ma'Murov, A. A. (2022). TARBIYA JARAYONIDA AMALIY SAN'ATDAGI USTOZ VA SHOGIRD ODOBI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 138-142

22. A'Zamjonov, A., & Ibrohimov, A. (2022). O'ZBEKISTON TASVIRIY SAN'ATI MEROSI AN'ANALARINI ILMIY PEDAGOGIK JIHATLARINI O'RGANISHNING AMALIY ASOSLARI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 151-156

23. O'Rinov, M. X. O. G. (2022). CHIZMACHILIK FANI DARSLARIDA UYG'UNLASHGAN TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 167-173.

24. Yunusaliyev, M. T. (2022). DEKORATIV KOMPOZITSIYALARDA KONTRAST VA NYUANS'LARNING AHAMIYATI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 5-8.

25. Soliyev, O. R. (2022). SHARQ MUMTOZ SAN'ATIGA XOS MA'NAVIYLIKNI ZAMONAVIY IFODASI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 251-255.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.