Научная статья на тему 'UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA TASVIRIY SAN’AT FANINI O’QITISHGA INNOVATSION YONDASHUV YO’LLARI MAVZUSI BO’YICHA AMALIY ISHLANMA'

UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA TASVIRIY SAN’AT FANINI O’QITISHGA INNOVATSION YONDASHUV YO’LLARI MAVZUSI BO’YICHA AMALIY ISHLANMA Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
330
47
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
o'quv qo'llanma / tasviriy san'at / ko'rgazmali sinf doskasi / san’at kabineti. / textbook / fine arts / visual blackboard / art room.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — A’Zamjonov, Axadjon A’Zamjonovich

Mazkur maqolada umumta'lim maktablarida tasviriy san'at fanini o'qitishga innovatsion yondashuv yo'llari,tasviriy san’at fani o’qituvchisini sinf doskasida juda chiroyli ishlay olishi va ko'rgazmali sinf diskasini tashkil qilish haqida to'liq bayon etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

A PRACTICAL WORK ON THE SUBJECT OF INNOVATIVE APPROACHES TO TEACHING FINE ARTS IN HIGH SCHOOLS

This article fully describes the ways of an innovative approach to teaching fine arts in secondary schools, the ability of a fine arts teacher to work very beautifully on the board and the organization of a demonstration class disk.

Текст научной работы на тему «UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA TASVIRIY SAN’AT FANINI O’QITISHGA INNOVATSION YONDASHUV YO’LLARI MAVZUSI BO’YICHA AMALIY ISHLANMA»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

UMUMTA'LIM MAKTABLARIDA TASVIRIY SAN'AT FANINI O'QITISHGA INNOVATSION YONDASHUV YO'LLARI MAVZUSI BO'YICHA AMALIY ISHLANMA

A'zamjonov Axadjon A'zamjonovich

Tasviriy san'at kafedrasi o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada umumta'lim maktablarida tasviriy san'at fanini o'qitishga innovatsion yondashuv yo'Uari,tasviriy san'at fani o'qituvchisini sinf doskasida juda chiroyli ishlay olishi va ko'rgazmali sinf diskasini tashkil qilish haqida to'liq bayon etilgan.

Kalit so'zlar: o'quv qo'llanma, tasviriy san'at, ko'rgazmali sinf doskasi, san'at kabineti.

This article fully describes the ways of an innovative approach to teaching fine arts in secondary schools, the ability of a fine arts teacher to work very beautifully on the board and the organization of a demonstration class disk.

Key words: textbook, fine arts, visual blackboard, art room.

Umumta'lim maktablarida tasviriy san'at fanini o'qitishda innovatsion yondashuv yo'llari mavzusi bo'yicha amaliy ishlanma quyidagicha bajarildi.

I - Mavzu mazmunidan kelib chiqib maktab yoshidagi o'quvchilarga tasviriy san'at fani samaradorligini oshirish uchun metodik qo'llanma sifatida bajarildi.

II - Mavzu mazmuniga bog'langan holda tavsiyalarni amaliy ko'rgazma shakliga ya'ni sinf doskasida mel bilan ishlash bosqichlari, usullari 55x65 hajmda planshetga bajarildi.

III - Ko'rgazmali sinf doskasiga mel (oq rangli) bilan ishlash usullari nomli ko'rgazmali qurolni umumta'lim maktablarida tasviriy san'at xonalarini bezash uchun ham foydalanish mumkin.

Tasviriy san'at mashg'ulotlarida bolaning ko'rish a'zolari takomillashib boradi. Chunki har bir mavzuga doir mashg'ulotda narsalarni e'tibor bilan kuzatishga va ularni idrok etishga o'rgatib, o'z diqqat e'tiborini bir nuqtaga qaratish malakasini ham beriladi. Bu jarayon bolaning ixtiyoriy diqqati barqaror bo'lishini ham ta'minlaydi. Shuningdek, tasviriy san'at mashg'uloti o'quvchilarni e'tiborli zehn bilan faoliyat ko'rsatishga o'rgatib, ularni barcha his-tuyg'ularini jamlagan holda, o'ziga bo'lgan nazariy va amaliy bilimlarni ishga soladi.

ABSTRACT

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Shu boisdan tasviriy san'at fani o'qituvchisini sinf doskasida juda chiroyli ishlay olishi, uni chizgan rasm-tasvirlari, yozuvlari qoyil qoladigan darajada bo'lishi bilan birga, o'qituvchi har qanday mazmundagi kompozitsiyalarni osonlik bilan, juda aniq ishlashi va dars jarayonida sinf doskasida chizayotgan rasimi og'zaki bayoni bilan bog'lanib borishi lozim. Bunday jarayon o'quvchilarni diqqatini o'ziga tortib, uning barqarorligini ta'minlaydi. Shuningdek, o'quvchilarning o'qituvchilarga bo'lgan hurmat-e'tibori va hatto rassomchilik kasbiga bo'lgan mehr-muhabbati ham orta boradi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Tasviriy san'at o'quv predmeti ko'rgazmalarsiz o'qitish mumkin emas. Buning uchun maktablarda tasviriy san'at kabinetini tashkil etish didaktik materiallarni tayyorlash kabinet ko'rgazma materiallaridan dars va boshqa mashg'ulotlarda foydalanishni kengaytirish o'qitish samaradorligini oshiradi.

Darhaqiqat, umumiy o'rta ta'lim maktablarida o'quv-tarbiya jarayonini, xususan, tasviriy san'at o'quv jarayonini mоdernizatsiyalash, rassоm-pedagоg bo'ladigan mutaxassislar tayorlash tizimi sifat darajasini оshirishda o'qituvchilarning kasbiy kоmpetentligini rivоjlantirish, ularni sоhaga оid zamоnaviy kasbiy bilim, malaka va ko'nikmalar bilan qurollantirish, ilmiy-texnik innоvatsiyalardan mustaqil ravishda, ijоdiy fоydalanish hamda istiqbоlli vazifalarni hal qila оlish ko'nikmalarini takomillashtirish asosiy vazifalardan hisoblanadi.

Bunda badiiy ta'lim bоsqichlarining o'zarо mazmunan bоg'liqligi, uzviyligi va uzluksizligini ta'minlash, tasviriy san'at o'quv jarayonini tashkil etishning ilg'оr pedagоgik texnоlоgiyalarini jоriy qilish, bu bоrada o'quv uslubiy majmualar sifatini ta'minlash, pedagоgik texnologiyalarni jоriy etishda o'qituvchilarning kоmpyuter va internetdan fоydalanish bo'yicha savоdxоnligini dоimiy оshirib bоrish, umumiy o'rta ta'lim maktablarida axbоrоt resurs va zamоnaviy o'quv adabiyotlari bilan ta'minоtini yanada rivojlantirish, tasviriy san'at va muhandislik grafikasi yo'nalishlarida ilg'оr xоrijiy tajribalarni o'rganish oliy ta'lim muassasalarida rassom-pedagoglarining faoliyat yo'nalishlari tarkibini belgilaydi.

Yuqoridagi fikrlardan ko'rinib turibdiki, umumiy o'rta ta'lim maktablar tizimini xususan, tasviriy san'at ta'lim tizimini modernizatsiyalash o'quv jarayoniga nisbatan innovatsion yondashuvni talab etadi. Shunday ekan, tasviriy san'at ta'limga innovatsion yondashuv fikri ta'lim mohiyati va natijalarining shaxsga yo'nalganligi, ta'lim mazmuni, shakl, metod va vositalarini fan va texnikaning so'nggi yutuqlari, ilg'or tajribalar, zamonaviy metodikalar bilan uyg'unlashtirishga qaratilganligi bilan an'anaviy yondashuvdan farq qiladi.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Ta'lim tizimiga kiritilayotgan har qanday innovatsiya axborot va metodik ta'minotning mavjudligini ko'zda tutadi. Shuning uchun, tasviriy san'at o'quv jarayoniga innovatsiya kiritishda ilg'or pedagogik tajribalarni o'rganish, tahlil qilish va umumlashtirish hamda amaliyotga tatbiq etish, zamonaviy pedagogik va axborot kommunikatsiya texnologiyalari imkoniyatlaridan foydalanish orqali o'quv jarayonlari mazmuni va metodlarini rivojlantirish asosiy yo'nalishlardan sanaladi.

O'qituvchining jadal faoliyati o'quv faoliyatining muhim ko'rinishi sifatida paydo bo'lib, u ushbu harakatning sub'ekti va tashkilotchisi sifatida faoliyat ko'rsatadi, o'quv faoliyatining muhim negizi va natijasi, mazkur faoliyatning sub'ekti o'quvchi hisoblanadi;muvaffaqiyatli o'quv faoliyatining asosiy ko'rsatkichi, uning natijasi o'quvchining fikrlash usullarini o'rganish va amaliy masalalarni ijodiy hal etish, erkin, mustaqil harakat qila olish ko'nikmalarini shakllantirishdan iborat; o'quv faoliyatning asosiy ko'rsatkichi o'quv topshiriqlari xisoblanadi. Bunda ta'lim jarayonining asosiy sub'ekti bo'lgan o'quvchida fikrlash, bilish harakati usullarini rivojlantiruvchi o'qitish taktikasi muhim o'rin tutadi, o'quv faoliyatini amalga oshirish jarayoni o'quvchidan o'zining shaxsiy bilish mahorati va ko'nikmalarini o'zlashtirib olishi uchun zamin hozirlashdan iborat.

San'at juda qadim zamonlarda, mehnat jarayonining taraqqiyoti natijasida paydo bo'ldi. Mehnat jarayonida inson tafakkuri kamol topdi, go'zallik hissi ortdi, voqelikdagi go'zallik, qulaylik va foydalilik tushunchalari kengaydi. Sinfiy jamiyat vujudga kelishi bilan esa ijtimoiy taraqqiyotda katta o'zgarishlar sodir bo'ldi,aqliy mehnat jismoniy mehnatdan ajralib chiqa boshladi. Bu esa fan va san'at rivojida muhim ahamiyat kasb etdi.

Professional san'at va san'atkorlar shu davrda paydo bo'ldi. San'at esa o'zining o'ziga xos xususiyatini, sinfiyligini namoyon qilib, hukmron sinfning ideologiyasini targ'ib qiluvchi kuchli g'oyaviy qurolga aylandi. Lekin shunga qaramay, omma orasidan yetishib chiqqan iste'dodli ijodkorlar mehnatkash xalq ommasining orzu-istaklarini, ularning go'zallik va xudbinlik, oliyjanoblik va insonparvarlik haqidagi tushunchalarini yaqqol ko'rsatib beruvchi asarlar yaratdilar.

Xalqning turmushi, xulq va odatlari, yutuq va mag'lubiyatlari ularning asarlarida o'z ifodasini topdi. Har bir davrda bor bo'lgan ana shunday san'at hayot go'zalliklarini tasvirlab, odamlarda yuksak hislat va fazilatlarni kamol toptirdi, ularni tenglik, ozodlik, birodarlik, yorqin kelajakka intilishga da'vat qildi.

XULOSA

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

REFERENCES

1. B.N.Oripov. Tasviriy san'atni o'qitish uslubiyoti.O'quv qo'llanma. N., 2001.

2. I.Yuldashev, I.Pulatov, M.Qurbonova"Tasviriy san'at asarlarini idrok etishda zamonaviy pedagogik texnologiyalaridan foydalanish yo'llari"O'quv uslubiy qo'llanma.

3. Boymetov B, Abdirasilov S. Chizmatasvir. O'rta maxsus kasb-hunar kollejlari uchun o'quv qo'llanma.T., 2004.

4. Hasanov R. Tasviriy san'atni o'qitish metodikasidan amaliy mashg'ulotlar. O'quv qo'llanma. 1,2 qismlar. - T:TDPU, 2006.

5. B.Oripov. Tasviriy san'at va chizmachilik kabineti, sinfdan tashqari ishlar. T.,

6. Mirzahamdamovna, K. B., Erkinovna, A. N., & Jumadillaevich, S. R. (2021). USE OF INNOVATIVE EDUCATIONAL TECHNOLOGIES IN FINE ARTS CLASSES OF HIGHER EDUCATION INSTITUTIONS.

7. Mirzahamdamovna, K. B., Erkinovna, A. N., & Jumadillaevich, S. R. (2021). USE OF INNOVATIVE EDUCATIONAL TECHNOLOGIES IN FINE ARTS CLASSES OF HIGHER EDUCATION INSTITUTIONS.

8. Sadikovna, S. G., Kurbonova, B., Akhmedova, N., & Sulaymanova, S. (2020). FUNDAMENTALS OF PROFESSIONALISM DEVELOPMENT ON THE EXAMPLE OF PRACTICAL EXERCISES ON FORMING THE SKILLS AND SKILLS OF FUTURE TEACHERS. PalArch's Journal of Archaeology of Egypt/Egyptology, 77(6), 8894-8903.

9. Barchinoy, K., Sevarakhon, S., & Mukhammadkodir, Y. (2021). EFFECTIVE METHODS OF TEACHING FINE ARTS AND DRAWING AT SCHOOL.

10. Barchinoy, K. (2019). Problems of Improving Artistic Perception of Future Art Teachers. Cross-Cultural Communication, 15(4), 79-82.

11. Qurbonova, B. (2021). The history of visual art and it's importance in people life. ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL, 11(2), 1558-1561.

12. Kakharovna, A. M., Tadjimatovich, Y. M., Rakhmatovich, S. O., & Mirzahamdamovna, Q. B. (2021). Modern Approaches to the Teaching of Fine Arts. Solid State Technology, 64(2), 4250-4254.

13. Nodirjon, M., Abdusalom, M., & Ozodbek, S. (2021). TECHNOLOGIES OF TEACHING FINE ARTS WITH MODERN METHODS.

1974.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

0

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

14. Zulfiya, B., Rakhmonali, S., & Murodjon, K. (2021). A BRIEF HISTORY OF THE DEVELOPMENT AND TEACHING OF DRAWING SCIENCE IN UZBEKISTAN.

15. Nazokat, A., Ibrokhim, Y., & Makhpuzakhon, A. (2021). FACTORS OF DEVELOPMENT OF FINE ARTS.

16. Nazokat, A. (2021). Means of Ensuring the Integrity of the Image and Writing in the Performance of Visual Advertising.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.