Научная статья на тему 'XORIJIY TAJRIBALARDAN TASVIRIY SAN’AT TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISHNING IJTIMOIY PEDAGOGIK TARIXI VA ASOSLARI'

XORIJIY TAJRIBALARDAN TASVIRIY SAN’AT TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISHNING IJTIMOIY PEDAGOGIK TARIXI VA ASOSLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
174
32
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
rasm / jarayon / Parassiy / Effes / Pamfil / Apeple / tasviriy san’at / pedagogik texnologiya

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Dilmurod Xolmamatovich Axmedov

Mazkur maqolada xorijiy tajribalardan tasviriy san’at tizimini takomillashtirishning ijtimoiy pedagogik tarixi va asoslari haqida fikr-mulohazalar bildirildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «XORIJIY TAJRIBALARDAN TASVIRIY SAN’AT TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISHNING IJTIMOIY PEDAGOGIK TARIXI VA ASOSLARI»

XORIJIY TAJRIBALARDAN TASVIRIY SAN'AT TIZIMINI

TAKOMILLASHTIRISHNING IJTIMOIY PEDAGOGIK TARIXI VA

ASOSLARI

Dilmurod Xolmamatovich Axmedov dilmurodaxmedov448@gmail .com Navoiy Davlat pedagogika Instituti

Annotatsiya: Mazkur maqolada xorijiy tajribalardan tasviriy san'at tizimini takomillashtirishning ijtimoiy pedagogik tarixi va asoslari haqida fikr-mulohazalar bildirildi.

Kalit so'zlar: rasm, jarayon, Parassiy, Effes, Pamfil, Apeple, tasviriy san'at, pedagogik texnologiya

SOCIAL PEDAGOGICAL HISTORY AND FUNDAMENTALS OF IMPROVING THE SYSTEM OF FINE ARTS FROM FOREIGN

EXPERIENCE

Dilmurod Kholmamatovich Akhmedov [email protected] Navoi State Pedagogical Institute

Abstract: This article provides feedback on the social and pedagogical history and foundations of improving the system of fine arts from foreign experience.

Keywords: painting, process, Persian, Effes, Pamfil, Apeple, fine arts, pedagogical technology

Kirish. Rivojlangan mamlakatlarda mutaxassislarni tayyorlash va ularga talim berish jarayoniga o'qitishning yangi, zamonaviy usul va vositalaridan samarali foydalanilmoqda. Oqituvchi bilim olishning yagona manbai bo'lib qolishi kerak emas, balki o'quvchilar mustaqil ishlash jarayonining tashkilotchisi, maslahatchisi, o'quv jarayonining boshqaruvchisi bo'lishi lozim.

Bugungi kunda jamiyatimizda yangi ijtimoiy munosabatlarning shakllanishi, talimning dunyo talim tizimiga integratsiyalashuvi, demokratiyalash va taraqqiy ettirish jarayonlarining rivojlanishi talim jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalarga yangicha yondashuv zarurligini taqozo etmoqda. «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy qilish va o'zlashtirish zarurligi ko'p marta takrorlanib, ularni o'quv muassasalariga olib kirish zarurligi uqtirilgan ma'naviy sog'lom yosh avlodni bo'lajak vatanparvarlarni

tarbiyalash o'qituvchi zimmasiga yuklanadi. U nafaqat bilimdon yoshlarni tarbiyalashi, balki eng avvalo, ana shu bilimlarni o'zi mukammal egallab olgan shaxs bolishi zarur. Shu jumladan, tasviriy san'at sohasida bilim olayotgan talabaning ham eng asosiy vazifasi o'qituvchi rassom uchun zarur bo'lgan bilim va malakalarni puxta egallashdir. Shuningdek, ijodkor o'qituvchi oldiga o'sib kelayotgan avlodni badiiy barkamol, yuksak didli, olam va san'at g o'zalliklarini to'g'ri tushuna oladigan tarzda tarbiyalash asosiy vazifa qilib qo'yiladi.

Ma'lumki, maktabda o'qitiladigan tasviriy san'at o'quv predmeti o'zining maqsad-vazifasi mazmun-mohiyatiga ko'ra:

1. Borliqni idrok etish (1-4-sinflarda);

2. Badiiy qurish-yasash (1-4-sinflarda);

3. Narsani o' ziga qarab tasvirlash;

4. Kompozitsion faoliyat;

5. San'atshunoslik asoslari (san'atni idrok etish) kabi dars-mashg'ulotlar asosida faoliyat k o'rsatadi.

Metodika, asosan, pedagogika, psixologiya, estetika va san'atshunoslikning tadqiqot natijalariga asoslanadi. U tasviriy san'atni o'rgatish qonun qoidalarini ta'riflab beradi, kelajak avlodni tarbiyalashning zamonaviy metodlarini belgilaydi. Amaliy metodika, ta'lim va tarbiyaning rivojlanish jarayonini o'rganadi.

Pedagogik mahorat ko'nikmalarini o'rganish uni egallashga qaratilgan ma'lum iste'dod, qobiliyatlar va ishtiyoqlar (moyilliklar) mavjud bo'lishini talab etadi, chunki metodika fani san'at pedagogikasining mashaqqatli murakkab va juda mas'uliyatli sohasidir.[1]

Tasviriy san'at fanini o'qitishda o'quvchilarning nazariy, amaliy-tasviriy jihatdan puxta bilim olishiga erishish va bu jarayonda o'qituvchining

izlanuvchanligi masalasi quyidagicha:

Tasviriy va amaliy san'at o'qituvchilarini shakllantirish uchun bu sohadagi barcha amaliy hamda nazariy bilimlar ta'lim sifatida zarur. Bular, asosan, qalamtasvir, rangtasvir, kompozitsiya, amaliy bezak san'ati, haykaltaroshlik, san'at tarixi va eng asosiysi, bu bilimlarini o'rgatishning metodik asoslarini egallash hisoblanadi. [2].

Tasviriy sanatning bu mashg'ulot turlari o'ziga xos pedagogik texnologiyaga, didaktik prinsiplarga va metodik uslublarga egadir. Shuningdek, bu mashg'ulotlarning barchasi yagona maqsad bo'yicha faoliyat yuritadi. Bu maqsadga erishishda ularning har biri alohida-alohida vazifalami bajarib, darsda barcha o'quv-tarbiya vositalaridan foydalangan holda oldindan belgilangan maqsadga erishishni kafolatlaydigan pedagogik jarayonning loyihasi bo'lmish pedagogik texnologiyadan foydalaniladi.

Maktablarimiz dunyoviy ta'limga asoslangan bo'lib, har bir fanning oson, qisqa, asosli o'qitilishining pedagogik sharoitini yarata oladigan didaktik prinsiplarga amal

qiladi. Bu prinsiplar: ilmiylik, izchillik, tarbiyaviylik, sistemalilik, ketma-ketlik, onglilik-faollik, ko'rgazmalilik, ijodkorlik, nazariyot bilan amaliyotning uzviyligi va yangi o'quv materiallari, o'quv fanlarini bir-biriga bog'liq holda o'qitishdan iborat bo'ladi.

Maktabning tasviriy san'at o'qituvchisi didaktik prinsiplarga amal qilishi zarur. Chunki maktabda tasviriy san'atni didaktik prinsiplar asosida o'qitish har bir dars mashg'uloti samaradorligini oshiradi va belgilangan maqsadga erishishni kafolatlaydi.

Maktabda o'qitiladigan tasviriy san'atdan grafik bilim-malaka berish o'quv predmetining asosiy va bosh maqsadi-vazifasi bolib, uning Davlat ta'lim standart va o'quv dasturi talabida bo'lishi, berilayotgan bilim-malakalarning o'quvchi ongiga qay darajada yetkazilishiga bog'liq.Tasviriy san'atga o'rgatish metodlari tog'risida gap borganda avvalo, Qadimgi Misrning yuksak rivojlangan madaniyatini misol qilib ko'rsatish mumkin. Tarix manbalarida yozilishicha Qadimgi Misr maktablarida turli fanlar qatori rasm chizish ham keng o'rgatilgan. Maktabni tugatgan o'spirin xona ichki ko'rinishini tasvirlay olishi, katta maydonning chizmasini chizib, uning o'lchamlarini qo'ya bilishi, suv inshootlari tavirini chiza bilishi shart edi.

Parassiy, Effes, Pamfil, Apeplek va boshqa maktab rassomlari o'zlarining nazariy asarlarida dunyodagi barcha narsa va buyumlar simmetrik, garmonik, hamda matematik jihatdan o'lchamlarga ega ekanligi haqida yozadilar. Jumladan, eramizdan avvalgi 432 yilda yashab ijod etgan haykaltarosh Poliklet odam tana bo'laklarining bir-biriga nisbatlari haqida yozib, uning isboti sifatida "Dorilfor" ma'budasini yaratgan. Keyinchalik rasm chizishni o'rganayotgan yoshlarga Poliklet yaratgan haykallardan birini o'ziga qarab tasvirlash majburiy ravishda ta'lim tizimiga kiritilganligini ko'ramiz.Tasvirlash jarayonida yoshlar tabiatni kuzatish bilan bir qatorda mavjud narsalarning tuzilish xususiyatlarini ham o'rganganlar. Shuning uchun Sikkion maktabining asoschilaridan biri Pamfil rasm chizishni fan sifatida barcha o'quv dargohlarida o'qitilishini y o'lga q o'ygan. U tasviriy san'atga ilmiy nuqtai nazardan qarashni birinchilardan bo'lib oldinga surdi. Tasviriy san'atning asosi bo'lgan qalam tasvirga yuksak baho berarkan "Qalamtasvir ishlashda yuqori darajada aniqlik va ilmiy asos bo'lishi kerak" deb hisoblardi.

Natija. Ko'rib turibmizki, Pamfil tasviriy san'atni, xususan qalamtasvir bo'yicha yoshlarga saboq berishning ilmiy asoslangan, nazariy va ilmiy metodikasini ishlab chiqqan.

Uning metodikasi asosida saboq olish yoshlardan nazariy bilimlarni egallashni va k o'plab amaliy mashg'ulotlar bajarishni talab etardi. Bu yerda to'liq o'qish davri 12 yil davom etgan.Qadimgi Yunon moyqalam ustalari o'z o'quvchilariga tabiatni ko'proq kuzatib idroklashni, uning beqiyos va takrorlanmas go'zalliklaridan ilhomlanib rasm chizishi va buyumlarning o'ziga qarab haqqoniy tasvirlashga birinchi bo'lib asos solganlar. Rasm chizishning barcha maktablarda haqqoniy

tasvirini ifodalay bilishlari ular tarbiyasiga o'zining ijobiy tasirini ko'rsatdi.Tasviriy san'at, xususan qalamtasvir bajarishning yangi metodlari bo'yicha Chellini, Rafaël Alberti, Leonardo da Vinchi, Dyurer kabi koplab buyuk san'atkorlar shug'ullana boshladilar. Ular tasviriy san'at sohasida ilmiy izlanishlar tabiat qonunlaridan kelib chiqadi deb qaraydilar.

Rasm chizishga nisbatan ko'p bo'lmagan 4-6 o'quvchidan iborat guruhlar tashkil qilinib, ular rassomlar ustaxonasida tahsil olar edilar. Qalamda tasvirlash kompozitsiya bilan chambarchas bog'liq holda olib boriladi. Usta rassomlar qanday qilib qalamchizgi bajarishi, keyin uni materialda ishlash hamda kartonda xomaki rasm tayyorlashgacha bolgan barcha bosqichlarni o'rgatar edilar.

Qalamtasvir, me'morchilik, haykaltaroshlik, rangtasvirning haqiqiy asosi sifatida tan olinar edi. Shuning uchun ham uyg'onish davri buyuk rassomlari rasm chizish metodlariga katta e'tibor berganlar.

Benvunuto Chellini "Rangtasvir qonuniyatlari" nomli asarida qalamtasvir bajarish metodlariga katta etibor berib, uning zaminida narsaning o'ziga qarab tasvirlash mashqlari yotadi deb yozgan edi. Uning ta'kidlashicha yuksak mahoratga ega bo'lish uchun shogird har kuni bir necha soat rasm chizishi kerak.

Florensiyalik memor - Leon Batista Alberti ham qalamtasvir va uni o'qitish metodlariga katta e'tibor beradi. Xususan uning "Rangtasvir to'g'risida uch kitob" nomli mashhur asarlar to'plamida yozishicha, ranglar bilan ishlashni o'rganishdan avval qalamtasvirning asosiy qonun-qoidalarini o'rgatish zarurligini aytadi.Uning ushbu asari 500 yil avval yozilganiga qaramasdan, qonuniyatlari, xulosalari, hozirgi zamon akademik rasm chizish metodlariga to'la-to'kis mos keladi. Alberti rasm chizishga jiddiy ilmiy fan sifatida qarar edi.

Rasm chizish metodlarini takomillashtirishga buyuk Leanardo da Vinchi ham o'z hissasini qo'shdi. Uning "Rangtasvir haqidagi kitob"ida olamning tuzilishi, tabiatdagi o'zgarishlar, haykaltaroshlik, chiziqli va fazo perespektivasi haqida koplab ilmiy asoslangan fikrlarni ko'rish mumkin.

Alberti kabi Leanardo da Vinchi ham tasviriy san'atning asosi qalamtasvir deb hisoblab, narsaning o'ziga qarab tasvirlash o'qitishning zarur qismi ekanligini ta'kidlar edi. Leanardo da Vinchi inson a'zolari tuzulishini anatomik kabi yuksak darajada o'qib o'rgandi. Insonning har bir mushak to'qimalarini o'rganib, ularning tasvirlarini chizib qoldirgan. Uyg'onish davrining usta rassomlari orasida qalamtasvir bajarish metodlarini takomillashtirish muammolari bilan shug'ullanganlaridan yana bir nemis rassomi Alberxt Dyurer va Shonlardir. Ular tasvirlashda perespektivaning asosiy qonun-qoidalari ustida ko'plab tajriba sinovlar o'tkazdi. Rassom olimlarning diqqatiga sazovar ishlardan yana biri inson qomatining nisbatlarini ishlab chiqish va uni kesik shakllar orqali aks ettirish metodini ishlab chiqqanligidir. Sobiq sho'rolar hokimiyati o'sib kelayotgan avlod tarbiyasi

masalalarini tushunishga tubdan yangicha o'zgarishlar kiritdi.Tabaqalarining yo'qolishi, maktabning dindan ajratilishi tufayli- maktabdagi barcha ta'lim ishlari qaytadan koriladigan boladi. Xalq maorif xodimlari oldiga o'qitishning mazmuni, shakli, ham metodlarini qayta ko'rish vazifalarini qo'yadi.

Lekin bu davrda ham pedagoglarning bolalar rivoji biologik hamda sotsial omillarga nasliy faktorlarga bog'liq deb ta'kidlovchilar bor edi. Bu nazariya bolalarni rasm chizish qoidalariga o'rgatish kerak emas deydigan avvalgi holatiga qaytaradi. Ideologiya nazariyasi tarafdorlarning fikriga kora, nasliylik asosiy omil bo'lib, undan kelib chiqadigan xulosa odamda san'atga tugma, nasliy qobiliyat bo'lmasa, uni o'qitish bekorga vaqt ketkazish deb hisoblanar edi. Bu nazariya maktab programmalarida ham o'z aksini topgan.

Pedagoglarning faoliyati - 20-yillarining oxiridan 1936 yilgacha 4 iyulda sobiq partiya MK ning "Xalq maorif sistemasi sohasidagi ideologik chalkashliklar haqida" qarori chiqqungacha davom etdi.

Bu xorijiy tajribalar umumtalim makablaridagi rasm chizishga o'rgatish sifatini yaxshilashga tasir qildi.

Xulosa. Maktabda tasviriy san'at o'qitish metodikasining shakllanishida bolalarni badiiy tarbiyalash Markaziy uyi (IDXVD), ayniqsa 1933 yilda uning qoshida uyushtirilgan Rassomlik metodik sovetining malum darajada xizmati bo'ldi. Garchand SDXD asosan sinfdan tashqari va maktabdan tashqari ishlar bilan shugullansa ham, shu bilan bir qatorda u bolalarni badiiy rassomlik masalalari bo'yicha tarbiyalash sohasida yakka-yu yagona ilmiy metodik markaz edi.

Tasviriy san'atni o'qitishdan maqsad o'quvchiga bilim berish, ko'nikma va malakalarini shakllantirish bilan birgalikda uning ruhiyatida, ma'naviyatida go'zallika bo'lgan mehr-muhabbatni uyg'otish, Kamolliddin Behzoddek buyuk allomaning ishini davomchilarini yaratishdir.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Abdullaeva Sh.K. Texnologiya prepodavaniya ob^estvennLix nauk v uchebntix zavedeniyax srednego spetsialnogo professionalnogo obrazovaniya (na primere uchebnoy dissiplinbi «Osnovti duxovnosti»): Avtoref. dis. kand. ped. nauk. -T., 2001. - 18 s.

2. Abdullajonov M.A. Formirovanie professionalntix kachestv budu^ego uchitelya v protsesse obucheniya v pedvuzax: Avtoref.diss.... kand.ped.nauk. - T., 1991. - 21 s.

3. Abdurahmonov A. Saodatga eltuvchi bilim: (Din, falsafa, hayot, ma'naviyat va ma'rifat saboqlari). - T.: Movaraunnahr, 2002. - 720 b.

4. Abduqodirov A. Tasavvuf istilohlarining qisqacha izohli lug'ati. - X o'jand: Rahim Jalil nomidagi Davlat nashriyoti, 1997. - 95 b.

5. Abu Nasr Forobiy. Fozil odamlar shahri. -T.: A.Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, 1993. - 222 b.

6. Abu Rayhon Beruniy. Tarayhalar (Javohirot kitobidan). - T.: Meros, 1991. -

47

7. Ajibaeva A.J. Realizatsiya lichnostno-orientirovannogo podxoda v professionalnom vospitanii budu^ego uchitelya: Avtoref. dis. kand.ped. nauk. -Bishkek, 20023 s.

8. Axmedov Dilmurod Xolmamatovich. Tasviriy sanat fanini o'qitishda madaniy merosimizdan unumli foydalanish. In Volume 9, lssue 9 Nov., 2021 yil SJIF Impact Factor: 7.472 GALAXY INTERNATONAL INTERDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL (GIIRJ) ISSN (E): 2347-6915 ESID 2013 GIIRJ HARIYANA INDIA.

9. Tog^ayev Keldiyor Xamidovich. «Umumta'lim maktablarida tasviriy san'atni o'qitishda amaliy san'at darslarining o'rni va zamonaviy innovatsion texnologiyalardan foydalanish usullari». In Volume 9, lssue 9 Nov., 2021 yil SJIF Impact Factor: 7.472 GALAXY INTERNATONAL INTERDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL (GIIRJ) ISSN (E): 2347-6915 ESID 2013 GIIRJ HARIYANA INDIA.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.