Научная статья на тему 'BOSHLANG‘ICH SINFLARDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISHNING AFZALLIKLARI'

BOSHLANG‘ICH SINFLARDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISHNING AFZALLIKLARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
5022
346
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
boshlang‘ich ta’lim / axborot / texnologiya / kompyuter / taqdimot / dars / samaradorlik / test / animatsion / multimedia / fanlar / didaktik / pedagogik / psixologik. / начальное образование / информация / технология / компьютер / презентация / урок / эффективность / тест / анимация / мультимедиа / науки / дидактический / педагогический / психологический.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Ergasheva, Surayyo Yo‘ldoshevna

Ushbu maqolada axborot kommunikatsion texnologiyalari ya’ni, zamonaviy kompyuter texnologiyalari imkoniyatlaridan umumta’lim maktablarining boshlang‘ich sinf darslarida foydalanishning afzallik va qulaylik tomonlari yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ПРЕИМУЩЕСТВА ИСПОЛЬЗОВАНИЯ ИНФОРМАЦИОННЫХ ТЕХНОЛОГИЙ В НАЧАЛЬНЫХ КЛАССАХ

В данной статье описываются преимущества и удобство использования информационно-коммуникационных технологий, то есть возможности современных компьютерных технологий, в начальных классах общеобразовательных школ.

Текст научной работы на тему «BOSHLANG‘ICH SINFLARDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISHNING AFZALLIKLARI»

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 8

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

BOSHLANG'ICH SINFLARDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISHNING AFZALLIKLARI

Ergasheva Surayyo Yo'ldoshevna

Termiz davlat universiteti Pedagogika instituti 1-bosqich magistranti

Tel:91-575-94-66.

E-mail: [email protected]

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada axborot kommunikatsion texnologiyalari ya'ni, zamonaviy kompyuter texnologiyalari imkoniyatlaridan umumta 'lim maktablarining boshlang'ich sinf darslarida foydalanishning afzallik va qulaylik tomonlari yoritilgan.

Kalit so'zlar: boshlang'ich ta'lim, axborot, texnologiya, kompyuter, taqdimot, dars, samaradorlik, test, animatsion, multimedia, fanlar, didaktik, pedagogik, psixologik.

АННОТАЦИЯ

В данной статье описываются преимущества и удобство использования информационно-коммуникационных технологий, то есть возможности современных компьютерных технологий, в начальных классах общеобразовательных школ.

Ключевые слова: начальное образование, информация, технология, компьютер, презентация, урок, эффективность, тест, анимация, мультимедиа, науки, дидактический, педагогический, психологический.

KIRISH

Ta'lim tarbiya tizimining bugungi kundagi vazifasi o'sib-ulg'ayib kelayotgan yoshlami vatanparvar, zamonaviy bilim, ko'nikma va malakalarni o'zlashtirgan, komillikka intiladigan barkamol avlodni voyaga yetkazishdir. Bu jarayonda o'qituvchining roli beqiyosdir. Hozirgi kunda davlatimiz tomonidan o'qituvchilarning darslarga ijodiy yondashishini ta'minlash, ular faoliyatiga ilg'or pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy qilish hamda o'quvchilarning dastlabki egallaydigan bilimlarning poydevori mustahkam bo'lishi, barcha fanlarni o'zlashtirishga qiziqishini oshirish maqsadida zarur chora-tadbirlar ishlab chiqilib, hayotga tatbiq etib kelinmoqda.

Shuningdek, ta'lim tizimida ilg'or xalqaro tajriba va jamiyatning zamonaviy talablariga muvofiq sifatli ta'lim olish imkoniyatlarini yaratish, xalq ta'limi

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 8 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va byudjetdan mablag' bilan ta'minlashning samaradorligini oshirish, yoshlar ta'lim-tarbiyasi uchun qo'shimcha sharoitlar yaratishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish bo'yicha izchil islohotlar amalga oshirilmoqda.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Olib borilayotgan bu islohotlar o'qituvchilar va o'quvchilar oldiga katta talablar qo'ymoqda, bu talablarning eng asosiysi - darsning samaradorligi, uning sifatliligini oshirish hamda maktablardagi turli xil o'quv mashg'ulotlarining tashkil qilinishi va u orqali o'quvchilarning turli bilim va ko'nikmalarni egallab olishlaridir. Bugungi kunda ta'lim jarayonini to'g'ri va samarali tashkil qilishda innovatsion texnologiyalar, texnik vositalarning, jumladan, zamonaviy kompyuterlarning o'rni beqiyosdir. Dars mavzusiga oid multimediya, animatsiya, grafika, diafilm va videofilmlardan foydalanish dars jarayonini yanada qiziqarli bo'lishiga ko'mak beradi, buning uchun esa o'qituvchi o'z ustida ishlashi va har bir darsga «men bugungi dars jarayoniga qanday yangilik bilan kirib, darsni qiziqarli tashkil qila olaman » deya o'ziga savol berishi ya'ni, an'anaviy ta'limdan qochib, noan'anaviy ta'lim berishga intilishi lozim.

Pedagogik va psixologik tadqiqotlarga ko'ra inson ongi ma'lumotlarning 90% ni ko'rish, 9% ni eshitish, 1% ni esa his qilish orqali qabul qilar ekan. Bundan kelib chiqqan holda shu narsa ta'kidlanmoqdaki, Axborot kommunikatsion texnologiyalaridan foydalanish o'quvchilarning nazariy, ijodiy va refleksiv tafakkuri rivojlanishiga katta ta'sir etadi. O'quvchining xotirasida u yoki bu hodisa, jarayonning obrazli ifodalanishi o'quv materialini boyitib, uning ilmiy jihatdan o'zlashtirilishiga yordam beradi. Multimedia texnologiyalarida an'anaviy texnologiyalarga qaraganda axborotlar matn ko'rinishda emas, balki tasvir, ovoz va harakatlar ko'rinishida ifodalanilishi o'quvchilarni darslarda faolroq, diqqatliroq intiluvchan va qiziquvchan bo'lishga o'rgatadi, chunki tavsiya qilinadigan har bir axborot ularning ishtiroki va harakati orqali amalga oshiriladi. Bu orqali fanga bo'lgan qiziqish uyg'onib, o'z bilimlarini nazorat qilish va mustahkamlash, mavzuni o'rganishda o'zi uchun qulay bolgan tezlik va o'zlashtirish darajasini tanlash imkoniyatini beradi.

Zamonaviy axborot texnologiyalari yordamida dars jarayonini tashkil etishda o'qituvchi dastlab:

• darsning maqsadi;

• maqsadga erishish yo'llari;

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

Scientific Journal Impact Factor Q

Advanced Sciences Index Factor

• o'quv materiallarini taqdim etish usullari;

• o'qitish metodlari;

• o'quv topshiriqlarining turlari;

• muhokamalar uchun savollar;

• munozara va bahslarni tashkil etish yo'llari;

• o'zaro aloqa usullari va kommunikatsiya singari omillarni aniqlab ol ishi lozim bo'ladi.

Axborot texnologiyalaridan boshlang'ich sinf o'quvchilarining barcha o'quv fanlarida samarali foydalanish mumkin. Darslarda o'quv va o'yin dasturlaridan foydalanish katta samara beradi. Ona tili va Rus tili darslarida savodxonlikni oshirish bo'yicha mashqlar yordam beradi, bunda bolalar kompyuterlarda turli xildagi amaliy topshiriqlarni bajaradilar. Boshlang'ich sinflar o'quvchilari uchun turli didaktik materiallar to'plamidan foydalanib, ko'rgazmali mashq, nazorat mashqlari va test sinovlari modullari kiritilgan aralash kompyuter dasturlarini tayyorlash mumkin. Unga fanga oid qoidalarni joriy o'rganish va umumlashtirilgan takrorlash uchun uchta variantlarda berilgan grammatika, orfografik mavzular bo'yicha boy va turli -tuman materiallardan foydalanish yaxshi samara beradi. Ona tili darslarida insho yozishda taqdimotlardan foydalanish qulay. U orqali mavzuning savol va rejalarini tuzish, qiyin so'zlarni topish osonlashadi. Insho rasm asosida yozilayotgan bo'lsa, mavzuga doir rasmni ekranda namoyish etish imkonini beradi.

1-sinfda o'qish darsida elektron o'quv qo'llanmalari tayyorlab, foydalanish mumkin. Unda so'zni tovushli-harfli tahlil qilish, so'zning bo'g'inlari tuzilishi, ba'zi orfogrammalar o'rganilishi turli qiziqarli ko'rgazmali va ovozli material berish mumkin. Yorqin rasmlar, g'aroyib, qiziqarli topshiriqlar kichik yoshdagi o'quvchilarda ona tiliga qiziqishni oshirishga yordam beradi, o'yin shaklida o'quv materiali bilan tanishish imkonini beradi, o'zini nazorat qilish va o'quv refleksiyasi uchun keng imkoniyatlar taqdim etadi. Ushbu qo'llanma bo'yicha ta'lim jarayonini differensiatsiyalashga turli darajadagi murakkablikdagi topshiriqlarni tanlab olish yordamida erishiladi. Savodxonlikka o'qitish bo'yicha tematik rejalashtirishni ishlab chiqishda rejalashtirishga tegishli elektron mavzular va bo'limlarni kiritish mumkin. Dars rejasini ishlab chiqishda frontal individual va guruhli ishlash uchun kompyuterni qo'llash maqsadga muvofiq bo'lgan dars bosqichlarini ishlab chiqish lozim.

Tabiiy fanlar darslarida ham barcha mavzularda video-roliklar, taqdimotlar, testlar, animatsion multimedialarni qo'llash yaxshi natija beradi. Masalan, yurtimiz

tabiati, suv havzalari, hayvonot dunyosi, dengizlar, okeanlar hamma mavzuni

276

VOLUME 2 | ISSUE 8 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 8 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

animatsion slaydlarda aks ettirish mumkin. Animatsiya orqali taqdimot nafaqat yorqin hissiyotlarni va bir vaqtning o'zida ilmiy imidjni, balki o'quvchilarning bilim olishga bo'lgan qiziqishlarini yanada oshiradi. O'quvchilar ongigada mavzu bo'yicha tushunchalarni shakllantirib, xotirasida yaxshi saqlashini taminlaydi.

Matematika darslarida «O'yinli masalalar» dasturlarini tayyorlab, foydalanish mumkin. Boshlang'ich sinfda o'rganiladigan ko'plab mavzular bo'yicha turli materiallar berilgan. Turli murakkablik darajasidagi turli xildagi topshiriqlar har bir o'quvchining idrok etish va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga yordam beradi. Masalalarni yechishda kompyuterli animatsion slaydlardan foydalanish darsning qiziqarliligini oshiradi. Ularning ustunlik tomonlari istagan paytda masalaning boshiga qaytish mumkin, uning alohida qismlarida to'xtalish, o'quvchilar bilan suhbatlashish, ularning fikrlarini tinglash mumkinligidan iborat. Boshlang'ich sinflarda harakatlanishga animatsiyali masalalar bilan slayd-filmlarni qo'llash mumkin. Shunday slaydlarni yaratish uchun Internetdan olingan animatsion kartinkalardan foydalanish mumkin.

Texnologiya va tasviriy san'at darslarida ham slaydlardan unumli foydalansa bo'ladi. Masalan, rassomlar, rasmlar namunalari, loyiha namunalari, loyiha bosqichlari, qo'l mehnati namunalari va shu kabi mavzularni slayd yordamida namoyish qilish mumkin.

Barcha o'quv fanlarida test topshiriqlaridan foydalanish zarur. Testlardan dastlab faqat bosma ko'rinishidagisidan foydalangan bo'lsak, hozirda ularni kompyuterda terib, har bir o'quvchi bilan shug'ullanish mumkin. AKTdan foydalanish yillari davomida 1-sinfdan 3-sinfgacha matematika, badiiy o'qish, ona tili, deyarli barcha mavzulari va boshqa o'quv fanlari bo'yicha qator turli testlarni tayyorlash mumkin. Endi darslarda faqat bosma shakldagi emas, balki kompyuterli testlardan foydalanish zarur. Ular bajarib bo'lishi bilan darhol bahosini olishga imkon beradi, bahoni kompyuterning o'zi taqdim etadi, u yoki bu mavzu bo'yicha kamchiliklarini aniqlashlariga imkon beradi.

Ona tili bo'yicha o'rganiladigan so'z leksik mazmunini talqin qilishda va birliklarni turlarga ajratishda o'quvchilarda qiyinchiliklar tug'diradi. Bular: antonimlar, sinonimlar, omonimlar. Testlar orqali o'quvchilarning leksik imkoniyatlari rivojlanadi, so'zning to'g'ri va ko'chma ma'nosini topishga, sinonimlarni to'g'ri tanlashga, sinonimlar, antonimlar va omonimlarni farq qilishga o'rgatadi. Antonimlar bilan ishlashga bag'ishlangan «Teskari o'yin» testidan foydalanish o'quvchilarga darsni tushuntirishga samarali ta'sir etadi. Asosiysi: test topshiriqlarini bajarishda o'quvchining ko'zi, miyasi va qo'llari ishtirok etadi, o'yin

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 8 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

elementlari esa ularda bajarayotgan ishlariga qiziqishni oshiradi. Testlardan tashqari krossvordlar, sxemalar, jadvallardan foydalaniladi, o'quvchilar dars materiallarni mustaqil o'rganishda bevosita kompyuterda ishlaydilar.

Xulosa qilib aytganda o'qituvchi axborot texnologiyalaridan to'g'ri va samarali foydalansa, o'quvchilarning darsga bo'lgan qiziqishi, bilim olishga bo'lgan ishtiyoqi va o'ziga bo'lgan ishonchi ortib, mustaqil fikri rivojlana boradi. O'qituvchi esa darsda o'z oldiga qo'ygan maqsadiga oson erishadi. Faqatgina o'quv jarayonida axborot texnologiyalari darsning asosiy tayanchi emas, balki bolaga yangi ma'lumotlarni, tushunchalarni osonlik bilan yetkazib berish hamda esda saqlashiga yordam beruvchi vosita sifatida qaralishi lozim. O'qituvchi esa darsning asosiy boshqaruvchisidir.

REFERENCES

1. "Multimedia ilovalarining turlari" http://tami.uz/

2. Olimov Q.T. Maxsus fanlar bo'yicha elektron darsliklarni yaratishning uslubiy asoslari. G'G' Kasb-hunar ta'limi №2. 2004 y.

3. Rasulov O. Zamonaviy elektron darsliklarning didaktik xususiyatlari Kasb-hunar ta'limi. №5. 2005 y.

4. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-noyabrdagi «O'zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta'lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi PF-6108-son Farmoni.

5. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-sentyabrdagi "Xalq ta'limi tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida"gi № PQ-3931-sonli Qarori.

6. Yo'ldashev J. G., Usmonov S.A. Zamonaviy pedagogik texnologiyalarni amaliyotga joriy qilish. - T: Fan va texnologiya, 2008.

7. www.aim.uz

8. www.arxiv.uz

9. www.ziyonet.uz

XULOSA

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.