Научная статья на тему 'ANIQ FANLARNI O’QITISHDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH'

ANIQ FANLARNI O’QITISHDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
1264
125
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
Aniq fanlar / axborot texnologiyalari / zamonaviy ta’lim / rivojlanish / ta’lim tizimi / interfaol metodlar.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Gulbahor Yuldasheva Hilola Shermatova

Mamlakatimiz ta’lim tizimida aniq fanlarni o‘qitishda axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish dolzarb mavzudir. Axborot texnologiyalari bu o'quvchilarga nafaqat bilim, ko'nikma va qobiliyatlarni, balki shaxsiy fazilatlarni ham egallashga yordam beradigan va ularning bilimga bo'lgan qiziqishini qondirishga yordam beradigan butun dunyo bo'ylab ta'lim vositasidir. Pedagogik-psixologik tadqiqotlarga ko‘ra, axborot texnologiyalari o‘quvchilarning nazariy, ijodiy va refleksiv tafakkurini rivojlantirishga katta ta’sir ko‘rsatadi. Jarayonning metaforik tasviri o‘quv mazmunini boyitib, o‘quvchining u yoki bu hodisani eslab qolishida ilmiy o‘zlashtirishga yordam beradi. Ushbu maqolada aniq fanlarni o'qitishda axborot texnologiyalaridan foydalanish haqida so'z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ANIQ FANLARNI O’QITISHDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH»

ANIQ FANLARNI O'QITISHDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN

FOYDALANISH

Gulbahor Yuldasheva, Hilóla Shermatova

Farg'ona davlat universiteti Axborot texnologiyalari kafedrasi katta o'qituvchilari

ANNOTATSIYA

Mamlakatimiz ta'lim tizimida aniq fanlarni o'qitishda axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish dolzarb mavzudir. Axborot texnologiyalari - bu o'quvchilarga nafaqat bilim, ko'nikma va qobiliyatlarni, balki shaxsiy fazilatlarni ham egallashga yordam beradigan va ularning bilimga bo'lgan qiziqishini qondirishga yordam beradigan butun dunyo bo'ylab ta'lim vositasidir. Pedagogik-psixologik tadqiqotlarga ko'ra, axborot texnologiyalari o'quvchilarning nazariy, ijodiy va refleksiv tafakkurini rivojlantirishga katta ta'sir ko'rsatadi. Jarayonning metaforik tasviri o'quv mazmunini boyitib, o'quvchining u yoki bu hodisani eslab qolishida ilmiy o'zlashtirishga yordam beradi. Ushbu maqolada aniq fanlarni o'qitishda axborot texnologiyalaridan foydalanish haqida so'z boradi.

Kalit so'zlar: Aniq fanlar, axborot texnologiyalari, zamonaviy ta'lim, rivojlanish, ta'lim tizimi, interfaol metodlar.

Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ta'lim tizimi uchun yaratilmagan, ammo aynan shu texnologiyalar ta'lim inqilobiga olib keldi [1].

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini o'quv jarayoniga joriy etishning asosiy maqsadi bugungi axborot olamiga xos bo'lgan yangi turdagi ta'lim faoliyatining paydo bo'lishiga yordam berishdir. Boshlang'ich ta'lim odatda ta'lim tizimining tamal toshi sifatida tanilgan bo'lib, o'quvchilarning ta'lim sifati unga bog'liq bo'lib, bu boshlang'ich sinf o'qituvchilariga katta mas'uliyat yuklaydi. Uzoq vaqt davomida boshlang'ich maktab "mahorat maktabi" sifatida qaralib, keyingi bilim olish uchun o'quvchi o'qish, yozish va hisoblash kabi asosiy ko'nikmalarni egallashi kerakligini anglatadi. Bu ta'lim bosqichi deb hisoblanadi. Bugungi dunyoda boshlang'ich ta'limga boshqa nuqtai nazardan qaraladi. Bugungi kunda u ta'lim tizimida bolaning birinchi tajribasi — ta'lim olish kuchlarini sinash joyi bo'lib qolishi kerak. Ushbu bosqichda faollikni, mustaqillikni rivojlantirish, idrok etish faolligini saqlab qolish va bola ta'lim dunyosiga shaxdam kirib borishi uchun sharoitlar yaratish, uning salomatligini va emotsional xususiyatlarini mustahkamlash muhim. Bugungi kunda o'quvchilarning aynan mana shu sifatlari ta'lim jarayoniga axborot texnologiyalarini joriy etish bilan rivojlanayotganligining guvohi bo'lmoqdamiz.

O'z faoliyatimizda ta'lim jarayoniga axborot texnologiyalarini joriy etib, ulardan foydalanib va o'quv jarayonida axborot texnologiyalaridan foydalanish bo'yicha ma'lum

tajribalarni to'plab bormoqdamiz. Axborot texnologiyalaridan foydalanish bo'yicha tajribam an'anaviy dars doirasida axborot texnologiyalarini didaktik jihatdan to'g'ri qo'llanilgan hollarda o'quv jarayonini individuallashtirish va differensatsiyalash uchun cheklanmagan imkoniyatlar paydo bo'lishini ko'rsatdi. Ular o'quvchilarga axborot manbalaridan foydalanish imkonini beradi, mustaqil ishlar samaradorligini oshiradi, ijodkorlik, malaka va ko'nikmalarni egallash va mustahkamlash uchun umuman yangi imkoniyatlar beradi, ta'limning yangi shakllari va metodlarini amalga oshirishga imkon beradi.

Har bir o'quvchida shaxsiy o'quv yo'nalishini rivojlantirishni ta'minlaydi. O'quv jarayonida uni muvaffaqiyatli bilim olish uchun zarur bo'lgan asosiy jarayonlar sifatida fikrlashni, tasavvurni rivojlantirishga yo'naltirilgan katta o'zgarishlar sodir bo'ladi; o'quvchilarning idrok etish faoliyatlarini samarali tashkil qilish ta'minlanadi. axborot texnologiyalaridan foydalanilganda ta'limda shaxsga-yo'naltirilgan yondashuvni amalga oshirish oson bo'lib qoldi, butun o'quv jarayonini samarali tashkil qilish imkoniyati paydo bo'ldi. Dars jarayonida tayyor multimediali mahsulotlari va kompyuter ta'limi dasturlaridan, o'quv va sinfdan tashqari ishlarda Internet tarmog'i vositalaridan foydalanib, multimediali ta'lim dasturlari va taqdimotlar, loyihalar yaratildi. Axborot texnologiyalarini barcha o'quv fanlarda qo'llash mumkin. Darslarda o'quv va o'yin dasturlaridan foydalanish katta samara beradi. Ona tili va Rus tili darslarida savodxonlikni oshirish bo'yicha mashqlar yordam beradi, bunda bolalar kompyuterlarda turli xildagi amaliy topshiriqlarni bajaradilar. Boshlang'ich sinflar o'quvchilari uchun turli didaktik materiallar to'plamidan foydalanib, ko'rgazmali-mashq, nazorat-mashqlari va test sinovlari modullari kiritilgan aralash kompyuter dasturlarini tayyorlash mumkin. Unga fanga oid qoidalarni joriy o'rganish va umumlashtirilgan takrorlash uchun uchta variantlarda berilgan grammatika-orfografik mavzular bo'yicha boy va turli-tuman materiallardan foydalanish yaxshi samara beradi.

1-sinfda o'qish darsida elektron o'quv qo'llanmalari tayyorlab, foydalanish mumkin. Unda so'zni tovushli-harfli tahlil qilish, so'zning bo'g'inlari tuzilishi, ba'zi orfogrammalar o'rganilishi turli qiziqarli ko'rgazmali va ovozli material berish mumkin. Yorqin rasmlar, g'aroyib, qiziqarli topshiriqlar kichik yoshdagi o'quvchilarda ona tiliga qiziqishni oshirishga yordam beradi, o'yin shaklida o'quv materiali bilan tanishish imkonini beradi, o'zini nazorat qilish va o'quv refleksiyasi uchun keng imkoniyatlar taqdim etadi. Ushbu qo'llanma bo'yicha ta'lim jarayonini differensiatsiyalashga turli darajadagi murakkablikdagi topshiriqlarni tanlab olish yordamida erishiladi. Savodxonlikka o'qitish bo'yicha tematik rejalashtirishni ishlab chiqishda rejalashtirishga tegishli elektron mavzular va bo'limlarni kiritish mumkin. Dars rejasini ishlab chiqishda frontal, individual va guruhli ishlash uchun kompyuterni qo'llash maqsadga muvofiq bo'lgan dars bosqichlarini ishlab chiqish lozim.

Matematika darslarida «O'yinli masalalar» dasturlarini tayyorlab, foydalanish mumkin. Boshlang'ich sinfda o'rganiladigan ko'plab mavzular bo'yicha turli materiallar berilgan. Turli murakkablik darajasidagi turli xildagi topshiriqlar har bir o'quvchining idrok etish va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga yordam beradi. Masalalarni yechishda kompyuterli animatsion slaydlardan foydalanish darsning qiziqarliligini oshiradi. Ularning ustunlik tomonlari istagan paytda masalaning boshiga qaytish mumkin, uning alohida qismlarida to'xtalish, o'quvchilar bilan suhbatlashish, ularning fikrlarini tinglash mumkinligidan iborat. Boshlang'ich sinflarda harakatlanishga animatsiyali masalalar bilan slayd-filmlarni qo'llash mumkin. Shunday slaydlarni yaratish uchun Internetdan olingan animatsion kartinkalardan foydalanish mumkin.

Microsoft Power Point dasturlari yordamida yaratilgan taqdimotlar ta'lim jarayonida axborot texnologiyalaridan foydalanish juda samarali shakli hisoblanadi. Taqdimotda asosiysi - axborotliligi, ko'rgazmaliligi, qiziquvchanligi hisoblanadi. Mazkur dastur orqali turli mavzu va fanlar bo'yicha taqdimotlar yaratishda fotosuratlar, rasmlar, animatsiya, qo'shimcha axborotlardan foydalanish mumkin [2].

Maktabda mavjud bo'lgan Internet tarmog'i ishimizda katta yordam ko'rsatadi. Internet — bu global axborot tizimi ekanligi barchaga ma'lum. U elektron pochta, izlash tizimlarini o'z ichiga oladi va turli axborot resurslaridan foydalanish imkonini beradi. Undan kerakli axborotlarni topish, qayta ishlab chiqish va ularni ko'paytirib, barcha kompyuterlarga o'rnatib bolalarga mustaqil juftlikda, guruhda, individual ishlashni taklif etish mumkin. O'quvchilarga turli xildagi topshiriqlarni taklif etish: tadqiqot o'tkazish, asosiysini tanlash, taqdimot tayyorlash, jadvalni to'ldirish imkoni paydo bo'ladi.

Axborot olishning boshqa bir usuli — dars davomida bevosita Internetdan axborot olish hisoblanadi. Internetdan avvaldan kerakli materialni topish, darsda esa uni o'quvchilarga ko'rsatish mumkin. Ishni o'rganilgan material bo'yicha dialog ko'rinishida olib borish mumkin.

Katta sinflarda informatika darslarida albatta kompyuterdan foydalanish ushbu dasturni amalga oshirish zarur sharti hisoblanadi. Kompyuterdan odatda yangi materialni muhokama qilishda elektron doska sifatida foydalanaman. Bundan tashqari, o'quv o'yinlarini tashkil qilish hamda individual ta'lim va kompyuterli praktikumni tashkil qilishda foydalaniladi. Ta'lim natijasida o'quvchilar o'quv va oddiy amaliy masalalarni yechish uchun kompyuterdan foydalanish: fayllar bilan oddiy operatsiyalarni amalga oshirish (yaratish, saqlab qolish, izlash, dasturni ishga tushirish); dasturlarda amaliy topshiriqlarni va ijodiy ishlarni bajarishni biladilar: Word Pad, Microsoft Power Point, Microsoft Excel, Microsoft Word; keng foydalaniladigan dasturlarni ishga tushirish: kompyuter ekranida matnli va grafik redaktor, trenajerlar, testlar; matnlar va tasvirlar (axborot), obyektlar bilan ishlash; izlash, oddiy o'zgartirishlarni, saqlash, foydalanish va axborot hamda ma'lumotlarni uzatishni amalga

oshiradilar, mundarija, yo'l ko'rsatuvchi, kataloglar, spravochniklar, internetdan foydalanib, kompyuter yordamida kichik loyihalar va taqdimotlar yaratadilar.

Shu jumladan, boshlang'ich maktabda o'rganish o'quv jarayonini modernizatsiyalash, samaradorligini oshirish bilan birga, har bir o'quvchining individual qobiliyatlarini hisobga olib, uni tabaqalashtirishga imkon beradi. Taklif etilayotgan kurs o'qituvchiga ta'limni erkin boshqarish va o'quv axborotlarini taqdim etish turli usullarini qo'llash imkonini beradi. Kursda loyiha-tadqiqotchilik faoliyatiga alohida o'rin ajratilgan. O'quvchilarning loyihachilik faoliyatlari mustaqil tadqiqotchilik malakalarini, ijodiy qobiliyatlarini va mantiqiy fikrlashlarini rivojlantirishga yordam beradi; o'quv jarayonida olgan bilimlarini birlashtiradi va o'quvchilarni aniq hayotiy muhim masalalarni hal qilishda ishtirok ettiradi, ta'lim sifatini oshirish, o'qituvchilar va o'quvchilar munosabati uslublarini demokratlashtirishga yordam beradi.

Xulosa qilib aytganda, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari o'quvchilarni qiziqarli olamga olib kirishda o'qituvchining imkoniyatlarini kengaytiradi, bunda o'quvchilar axborotlarni mustaqil ravishda izlab topadilar, oladilar, tahlil qiladilar va boshqalarga yetkazadilar. Bolani axborot bilan ishlashga, o'qishga o'rgatish — zamonaviy boshlang'ich sinflarning muhim vazifasi hisoblanadi. Aniq fanlarni o'qitish jarayonida AKTdan foydalanish faqat asosiy yo'nalishlari shakllanadi. O'quvchilarning sinfdan tashqari ishlarini tashkil etishda axborot texnologiyalaridan keng foydalanish birinchi navbatda, bu turli hisobotlarni tayyorlash, sinfdan tashqari tadbirlarni o'tkazish va shu kabilardan iborat bo'ladi.

REFERENCES

1. Yuldasheva. G.I. Axborot texnologiyalari-talim sifati kafolatidir. "Экономика и социум" №4(83), (2021). 462-465.

2. Yuldasheva. G.I., Shermatova Kh.M. The use of adaptive technologies in the educational process. "Экономика и социум" №4(83), (2021). 466-468.

3. O'.O'.Tolipov, M.O'smonboeva "Pedagogik texnologiya nazariya va amaliyot" O'z.RFA nashriyoti T.N.Qori Niyoziy nomidagi O'zPFITI, 2005 y.

4. Nasirova Sh.N., Maxmudova M.A. The importance of electronic education resources in the effectiveness of the lesson Electronic journal of actual problems of modern science, education and training december 2019-V ISSN 2181-9750, Urganch, № 5, 2019.-S.1-8.

5. Aniq fanlarni o'qitishda innovatsion texnologiyalar - тема научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям читайте бесплатно текст научно-исследовательской работы в электронной библиотеке КиберЛенинка. https://cyberleninka.ru/article/n/aniq-fanlarni-o-qitishda-innovatsion-texnologiyalar

6. Teaching Science with Technology: Case Studies of Science Teachers'Development of Technology, Pedagogy, and Content Knowledge - CITE Journal. https://citeiournal.org/volume-9/issue-1-09/science/teaching-science-with-technology-case-studies-of-science-teachersdevelopment-of-technology-pedagogy-and-content-knowledge

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.