Научная статья на тему 'O’ZBEKISTON TASVIRIY SAN’ATI MEROSI AN’ANALARINI ILMIY PEDAGOGIK JIHATLARINI O’RGANISHNING AMALIY ASOSLARI'

O’ZBEKISTON TASVIRIY SAN’ATI MEROSI AN’ANALARINI ILMIY PEDAGOGIK JIHATLARINI O’RGANISHNING AMALIY ASOSLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
117
22
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
san'atshunoslik / madrasa / tasviriy san'at / meʼmorchilik. / art history / madrasah / fine arts / architecture

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — A’zamjonov, A., Ibrohimov, Asadbek

Ushbu maqolada O'zbekiston tasviriy san'ati merosi an'analarini ilmiy pedagogik jihatlarini o'rganishning amaliy asoslari,o’tmish san’at merosi namunalarini san’atshunoslik nuqtai nazaridan tahlil qilish,maktabda tasviriy san’at mashg’ulotlarining vazifalari va tasviriy san’at o’quv predmetining maqsadi va vazifalari haqida to'liq bayon etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

TRADITIONS OF FINE ART HERITAGE OF UZBEKISTAN PRACTICAL FUNDAMENTALS OF STUDYING SCIENTIFIC PEDAGOGICAL ASPECTS

In this article, the practical foundations for studying the scientific and pedagogical aspects of the traditions of the fine art heritage of Uzbekistan, the analysis of examples of the artistic heritage of the past from the point of view of art history, the tasks of fine art classes at school and fine art The purpose and objectives of the subject are fully explained.

Текст научной работы на тему «O’ZBEKISTON TASVIRIY SAN’ATI MEROSI AN’ANALARINI ILMIY PEDAGOGIK JIHATLARINI O’RGANISHNING AMALIY ASOSLARI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

O'ZBEKISTON TASVIRIY SAN'ATI MEROSI AN'ANALARINI ILMIY PEDAGOGIK JIHATLARINI O'RGANISHNING AMALIY

ASOSLARI

A.A'zamjonov

FDU o'qituvchisi Ibrohimov Asadbek

Farg'ona Davlat Universiteti san'atshunoslik fakulteti talabasi

Ushbu maqolada O'zbekiston tasviriy san'ati merosi an'analarini ilmiy pedagogik jihatlarini o'rganishning amaliy asoslari,o'tmish san'at merosi namunalarini san'atshunoslik nuqtai nazaridan tahlil qilish,maktabda tasviriy san'at mashg'ulotlarining vazifalari va tasviriy san'at o 'quv predmetining maqsadi va vazifalari haqida to'liq bayon etilgan.

Kalit so'zlar: san'atshunoslik,madrasa,tasviriy san'at,me 'morchilik.

In this article, the practical foundations for studying the scientific and pedagogical aspects of the traditions of the fine art heritage of Uzbekistan, the analysis of examples of the artistic heritage of the past from the point of view of art history, the tasks offine art classes at school and fine art The purpose and objectives of the subject are fully explained.

Key words: art history, madrasah, fine arts, architecture.

O'zbekiston tasviriy san'at pedagogikasi nafaqat ta'lim taraqqiyoti, bilan balki vatanimiz tarixi, ijtimoiy, siyosiy, madaniy voqealar bilan chambarchas bog'liqdir. Shuning uchun ham bo'lajak rassom pedagoglar tayyorlashni zamon va jahon andozasiga moslashtirish jarayonini bevosita tarixiy sharoit hamda o'lkada sodir bo'layotgan hodisalar bilan birgalikda tadqiq etish maqsadga muvofiqdir.

O'lkamiz o'tmishida tasviriy san'at keng ko'lamli taraqqiy etgan bo'lib, har bir davr o'z mazmuni, shakli xarakteri jihatidan alohida maktablarni yuzaga keltirgan. Albatta, bu o'tmish, maktablarining o'ziga xos an'ana va uslublari mavjud edi. Ammo rassom pedagoglar tayyorlashdagi tasviriy san'at ta'limi mazmuni va ustoz rassomlarning bu boradagi faoliyati, ijodiy yutuqlari, shuningdek, tarixi haqida qancha gapirsak, o'rgansak, shuncha oz.

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

MUHOKAMA VA NATIJALAR

O'tmish san'at merosi namunalarini san'atshunoslik nuqtai nazaridan tahlil qilish orqali ulardagi ustoz shogirdlik sirlarini, bir so'z bilan aytganda, san'at pedagogikasini anglab olib, bu tajribani mustaqil vatanimizning bo'lajak kadrlarini har jihatdan shakllantirishda qo'llashni zamonning o'zi taqozo etmoqda. O'zbekiston tasviriy san'atining pedagogikasi tarixidan to'g'ri xulosalar chiqarish, o'tmishdagi rivojlanish bosqichlarini va kamchiliklarini yoritish bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

Jonajon vatanimizning mustaqillik yo'lidagi taraqqiyoti boshqa barcha sohalar kabi tasviriy san'at ta'limi mazmunini takomillashtirishda ham yangi-yangi ilmiy pedagogik ufqlar sari intilishga chorlaydi.

Ta'lim muassasalarida tasviriy san'at darslarida o'quvchilarning yosh munosabatlarini hisobga olgan holda vatanimizning turli shaharlarida, turli davrlarida qurilgan tarixiy obidalar, ularda ishlatilgan bezaklar va ularni bunyod etgan me'morlar bilan tanishtirib borish yoshlarimizning ilk yoshdanoq qalbida vatanga muhabbat va undan faxrlanish hislarini uyg'otib borishning asosiy vositasidir.

Bu darslarning nazariy qismida va suhbat darslarida mamlakatimiz hududidagi to'rt mingdan ziyod me'moriy obidalarning umumjahon merosining noyob namunasi sifatida YUNESKO ro'yxatiga kiritilganligini aytib o'tish, rasmlarini namoyon qilish, ular haqidagi ma'lumotlarni berib borish va ularda ishlatilgan naqshlardan nusxalar ko'chirtirib, me'moriy manzaralar chizdirish xam o'quvchilar qalbida vatanga muhabbat, sadoqat, faxr va g'urur hislarini tarbiyalaydi.

Ko'hna Samarqand, Buxoro, Xiva kabi shaharlar me'morchiligi haqida so'z ketganda, dastlab moziyning va xalqimizning tarix guvohlarini, bunday go'zallik olamini yarata olgan usta me'morlar mahoratiga tahsinlar o'qiymiz. Tarix sahifalarini varaqlar ekanmiz, ko'z oldimizdan mo'jiza kabi ajoyib me'morchilik obidalari o'tadi. Qadimiy imoratlar, inshootlarning xar biri inson qo'li bilan tiklangan, uning xar bir g'ishtida bobolar nafasi seziladi. Buyuk san'atkorlar ijodining mahsuli bo'lgan bu binolarda o'sha davr madaniyatini nozik didi, yuksak mahoratini ko'ramiz. Bular xalqning madaniy boyligi, faxri va g'ururidir.

Temur va Temuriylar davrida qurilgan ilm maskanlari va madrasalarning ko'pligini hisobga oladigan bo'lsak, o'sha davrda fan va madaniyat taraqqiyoti naqadar yuqori bo'lganligini tasavvur qilishimiz mumkin.

Tasviriy san'at darslarida xalqimizning boy tarixi, madaniyat va ma'naviyatning nishonasi me'morchilik va san'at asarlari, ularni bizga meros qilib qoldirgan buyuk ajdodlarimiz, jahon taraqqiyotiga salmoqli hissa qo'shgan allomalarimiz, vatanimiz

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

va xalqimiz uchun jonini fido qilgan Jaloliddin, To'maris, Shiroq va boshqalarning obrazlarini tasvirlashga o'rgatish xam Vatanga muhabbat, undan faxrlanish va g'ururlanish hislarini tarbiyalashning muhim omillaridan biridir.

Milliy g'urur xar bir insonning o'z-o'zini anglash, o'ziga ishonch, o'zining kelib chiqish shajarasidan va uni o'rab turgan ma'naviy olamidan qoniqish xissini tuyganda sodir bo'ladigan ichki ruhiy hissiyotdir. Bu tuyg'u o'z ona zamini, ajdodlari tomonidan qoldirilgan moddiy, ma'naviy merosdan, jahon sivilizatsiyasiga qo'shgan hissalaridan, o'zga millat va elatlar oldida qadr qimmati va obro' - e'tiboridan faxrlanish tuyg'usidir.

Milliy g'ururi baland yoshlar mamlakatimizning ertangi yorug' kuni, kelajagidir. O'z ona yurti tarixini, o'tmishini yaxshi biladigan, dunyoga mashhur ulug' allomalarimizning ilm-fan va vatamizning ravnaqi yo'lida qilgan ishlaridan xabardor bo'lgan, shu bilan birga chet el tarixini yaxshi o'rgangan yoshlardagina milliy g'urur kuchli bo'ladi. Shuning uchun xam xar bir fuqaroda, yosh avlodda milliy g'ururni shakllantirish, mustahkamlash bugungi kunning dolzarb masalalaridan biridir.

Tasviriy san'at taraqqiyoti natijasi tufayli O'zbekistonda shakllangan bugungi zamonaviy ilg'or an'analar hayotimizga allaqachon kirib borgan bo'lib, u keng ko'lamda taraqqiy etmoqda. Busiz odamlarning hozirgi ehtiyojini, ayniqsa yoshlarimizda, san'at va ma'naviyatga bo'lgan qiziqish va ishtiyoqlarni qondirib bo'lmaydi. Darhaqiqat, shunday ekan badiiy ta'lim va tarbiyani shakllantirishda yana bir qator vazifalar dolzarbligini xam ko'ramiz.

Birinchidan, jamiyatimizdagi hozirgi taraqqiyot darajasi yuksaltirganligi tufayli o'tmishning turli san'at sirlariga va dunyoqarashlariga nisbatan adolatli munosabat, to'g'ri va tubdan ilmiy yondashishlar vujudga keldi. Shunday sharoitda tasviriy san'at va uning tarixidagi namunalari yoshlarni xar tomonlama tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, ilm-fan, san'at sirlarini xar jihatdan o'rganishga da'vat qiladi.

Ikkinchidan, tasviriy san'at asarlarining badiiy qimmatini tahlil qila bilish va yoshlarda badiiy idrok qilish bilimini, shuningdek mukammal xarakterga ega bo'lgan san'at asarlarini ajrata olish saviyasiga ega bo'la olishlari uchun ta'lim mazmunini takomillashtirib borishni xam taqozo etmoqda.

Uchinchidan, har qanday san'at asari ijtimoiy fikr mahsuli bo'lib, u asosan o'zida insoniy qadriyatlarni aks ettiradi. Bo'lajak rassom-pedagoglardagi bilim va tushunchalar saviyasini ana shu nuqtai nazardan to'la shakllantirishga erishish xam dolzarb masala. Ma'lumki, xar qanday san'at turi badiiy yetuklik maktablarining

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

qonuniyatlariga ega bo'ladi. Ana shunday qonuniyatlar mavjudligini o'zi san'at sirlari barhayotligini bosh omilidir.

Ijodiy tafakkur butunlay yangi g'oyalar va tasavvurlarni vujudga keltiradi, shaxsda yashiringan qobiliyat va imkoniyatlarni, o'ziga xoslikni ro'yobga chiqishga yordamlashadi. Shuni xam alohida qayd qilish lozimki, bunday sifatlar faqat olimlar uchungina emas, balki hamma sohada ishlovchilar uchun xam muhimdir.

Shuning uchun ham ta'lim tizimida tafakkur va ijodkorlikni rivojlantirish asosiy vazifalardan biri deb qaraladi. Shu nuqtai nazardan qaraganda umumiy o'rta ta'lim maktablarida ijodiy tafakkurni o'stirishda tasviriy san'at darslari boshqa fanlar orasida eng katta o'rinni egallaydi.

O'quvchilarning ijodkorligi esa bolalarda diqqat va tasavvurni o'stirishi bilan bog'lanadi. O'quvchi ayniqsa boshqa sayyoralar, suv osti dunyosi, (afsonaviy hayvonlar, dev, kentavr, suv parisi, dengiz shoxlari va boshq.) bilan bog'liq rasmlar ishlaganda tasavvurni kuchli ishga solmasdan turib topshiriqni samarali hal qilolmaydi. Qolaversa xar bir ijodiy ishni tasavvursiz kuchli ishga solmasdan turib topshiriqni samarali hal qilolmaydi. Qolaversa xar bir ijodiy ishni tasavvursiz va diqqatsiz yechib bo'lmaydi. Shuningdek, bu masala bolalarda his hayajonni rivojlantirish bilan bog'liq. Ma'lumki, bolalar nihoyatda hayajonga boy bo'ladilar. Bolalarni narsalar tasviridagi turfa rang va shakllar, real va afsonaviy obraz va ko'rinishlar, voqea va hodisalar larzaga soladi, ularni to'lqinlantiradi.

Maktabda tasviriy san'at mashg'ulotlarining vazifalari haqida to'xtalganda ularni shartli ravishda ikki qismga bo'lish mumkin.

Tasviriy san'at darslarining o'ziga xos, maxsus vazifalari hisoblanib ular; borliqdagi va san'atdagi go'zalliklarni ko'ra bilish, idrok etish, tushunish va qadrlashga o'rgatish; estetik va badiiy didni o'stirish; bolalar badiiy fikr doirasini kengaytirish; badiiy ijodiy qobiliyat va fantaziyani rivojlantirish; tasviriy san'atni nazariy asoslari (yorug', soya, rangshunoslik, perspektiva, kompozitsiya) bilan tanishtirish; rasm ishlash, haykal yasash, badiiy qurish-yasash yuzasidan chamalash qobiliyati, fazoviy va obrazli tasavvurlarni, abstrakt va mantiqiy.

Tafakkurni rivojlantirish: tasviriy, amaliy, me'morchilik san'at asarlarini tushungan xolda o'qiy olishga o'rgatish; san'atga nisbatan qiziqish uyg'otish, uni qadrlashga, sevishga o'rgatish.

Tasviriy san'at darslarining qo'shimcha vazifalari, ularni borliqni, hayotni bilishga ko'maklashish, milliy g'urur va milliy mafkurani amalga oshirish; bolalarda axloqiy mehnat, jismoniy tarbiyani amalga oshirish, bolalarni turli kasb va hunarlarga yo'llash.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Tasviriy san'at o'quv predmetining maqsadi va vazifalari haqida to'xtalganda yana shuni qayd qilish lozimki, u maktabda o'qitiladigan deyarli barcha o'quv predmetlari bilan bog'lanadi va ular yuzasidan materiallarni o'zlashtirishga samarali ta'sir ko'rsatadi. Ayniqsa u o'qish, adabiyot, geografiya, tabiatshunoslik, biologiya, tarix, matematika, mehnat darslarida alohida ahamiyat kasb etadi. Tasviriy san'at hattoki fizika, jismoniy tarbiya, kimyo, musiqa darslari uchun xam foydalidir. Shuni xam qayd qilish lozimki, tasviriy san'at estetik tarbiyani amalga oshirishga qaratilgan bo'lsada, u axloqiy, mehnat, ekologiya, jismoniy tarbiya darslari samaradorligini oshirishga xam xizmat qiladi.

Har qanday o'quv predmeti ta'lim mazmunida, albatta o'zbek xalqi yaratgan beqiyos boy, madaniy va ma'naviy merosni o'ziga xos qilib olishi lozim. Shunday ekan o'zbek xalqining dunyoga mashhur bo'lgan me'morchilik, amaliy va tasviriy san'at asarlarini ta'lim muassasalarida boshqa materiallarga qaraganda kengroq va chuqurroq o'rgatilishi talab etiladi.

REFERENCES

1. I.Yuldashev, I.Pulatov, M.Qurbonova"Tasviriy san'at asarlarini idrok etishda zamonaviy pedagogik texnologiyalaridan foydalanish yo'llari "O'quv uslubiy qo'llanma.

2. Hasanov R.X. Maktabda tasviriy san'at o'qitish metodikasi. «FAN», 2004.

3. Abdirasilov S., Boymetov B., Tolipov N. Tasviriy san'at. - T.: ILM ZIYO.2010.

4. Hasanov R. Tasviriy san'atni o'qitish metodikasidan amaliy mashg'ulotlar. O'quv qo'llanma. 1,2 qismlar. - T:TDPU, 2006.

5. Hasanov R. Yosh avlodni san'at vositasida estetik ruhda tarbiyalash.T., 1982.

6. Boymetov B, Abdirasilov S. Chizmatasvir. O'rta maxsus kasb-hunar kollejlari uchun o'quv qo'llanma.T., 2004.

7. Mirzahamdamovna, K. B., Erkinovna, A. N., & Jumadillaevich, S. R. (2021). USE OF INNOVATIVE EDUCATIONAL TECHNOLOGIES IN FINE ARTS CLASSES OF HIGHER EDUCATION INSTITUTIONS.

8. Mirzahamdamovna, K. B., Erkinovna, A. N., & Jumadillaevich, S. R. (2021). USE OF INNOVATIVE EDUCATIONAL TECHNOLOGIES IN FINE ARTS CLASSES OF HIGHER EDUCATION INSTITUTIONS.

9. Sadikovna, S. G., Kurbonova, B., Akhmedova, N., & Sulaymanova, S. (2020). FUNDAMENTALS OF PROFESSIONALISM DEVELOPMENT ON THE EXAMPLE OF PRACTICAL EXERCISES ON FORMING THE SKILLS AND

XULOSA

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

0

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

SKILLS OF FUTURE TEACHERS. PalArch's Journal of Archaeology of Egypt/Egyptology, 77(6), 8894-8903.

10. Barchinoy, K., Sevarakhon, S., & Mukhammadkodir, Y. (2021). EFFECTIVE METHODS OF TEACHING FINE ARTS AND DRAWING AT SCHOOL.

11. Barchinoy, K. (2019). Problems of Improving Artistic Perception of Future Art Teachers. Cross-Cultural Communication, 15(4), 79-82.

12. Qurbonova, B. (2021). The history of visual art and it's importance in people life. ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL, 11(2), 1558-1561.

13. Kakharovna, A. M., Tadjimatovich, Y. M., Rakhmatovich, S. O., & Mirzahamdamovna, Q. B. (2021). Modern Approaches to the Teaching of Fine Arts. Solid State Technology, 64(2), 4250-4254.

14. Nodirjon, M., Abdusalom, M., & Ozodbek, S. (2021). TECHNOLOGIES OF TEACHING FINE ARTS WITH MODERN METHODS.

15. Zulfiya, B., Rakhmonali, S., & Murodjon, K. (2021). A BRIEF HISTORY OF THE DEVELOPMENT AND TEACHING OF DRAWING SCIENCE IN UZBEKISTAN.

16. Nazokat, A., Ibrokhim, Y., & Makhpuzakhon, A. (2021). FACTORS OF DEVELOPMENT OF FINE ARTS.

17. Nazokat, A. (2021). Means of Ensuring the Integrity of the Image and Writing in the Performance of Visual Advertising.

18. Akbarjonovna, B. Z., & Ruzimuhammad, A. (2021). FACTORS FOR FORMING STUDENTS'VIEWS THROUGH THE FINE ART. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 9(6), 197-200.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.