Научная статья на тему 'TASVIRIY SAN’AT DARSLARINI TASHKIL ETISHDA ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH USULLARI'

TASVIRIY SAN’AT DARSLARINI TASHKIL ETISHDA ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH USULLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
4006
391
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
tasviriy sanʼat / pedagogik texnologiyalar / yangilanish / tematik kompozitsiya. / fine arts / pedagogical technologies / renewal / thematic composition.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — A’zamjonov, A., Muhammadali, Charos

Mazkur maqolada tasviriy san'at darslarini tashkil etishda zamonaviy pedagogika texnologiyalardan foydalanish usullari, pedagogikadagi yangilanish jarayonlarini ta’lim amaliyotiga tatbiq etish va maktabda tasviriy sanʼatni oʻqitishda pedagogik texnologiya masalasi haqida toʻliq bayon etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

METHODS OF USING MODERN PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN ORGANIZING FINE ARTS LESSONS

This article fully describes the methods of using modern pedagogical technologies in the organization of fine art classes, the application of pedagogical renewal processes in educational practice, the issue of pedagogical technologies in teaching fine arts at school.

Текст научной работы на тему «TASVIRIY SAN’AT DARSLARINI TASHKIL ETISHDA ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH USULLARI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

TASVIRIY SAN'AT DARSLARINI TASHKIL ETISHDA ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH USULLARI

Mazkur maqolada tasviriy san'at darslarini tashkil etishda zamonaviy pedagogika texnologiyalardan foydalanish usullari, pedagogikadagi yangilanish jarayonlarini ta'lim amaliyotiga tatbiq etish va maktabda tasviriy san'atni o'qitishdapedagogik texnologiya masalasi haqida to'liq bayon etilgan.

Kalit so'zlar: tasviriy san'at, pedagogik texnologiyalar, yangilanish, tematik kompozitsiya.

This article fully describes the methods of using modern pedagogical technologies in the organization of fine art classes, the application of pedagogical renewal processes in educational practice, the issue of pedagogical technologies in teaching fine arts at school.

Key words: fine arts, pedagogical technologies, renewal, thematic composition.

Hozirda ta'lim muassasalarida dars o'tishning turli yangi loyihalari orqali sinov tajriba sifatida nazariy amaliy dars tashkil qilish usullari qo'llanilmoqda. Tasviriy san'atda olib borilayotgan ishlarning hajmi va turlari xam nihoyatda xilam xilligi bilan boshqa fanlardan ko'ra qo'shimcha oddiy va murakkab jarayonlarni rassom pedagogdan talab qilib turishi bilan farqlanadi.

Ma'lumki, yangilanish - bu butun tizimning muayyan qonuniyatlar asosida ichki o'zgarishidir. Pedagogik yangilanish deganda dunyo miqyosida sodir bo'layotgan global o'zgarish va rivojlanishning va natijasini yaxshilashga yo'naltiriladigan pedagogik tizim ichida sodir bo'ladigan miqdor va sifat o'zgarishlar majmuasi nazarda tutiladi.

Yangi zamon bilan uyg'un pedagogik faoliyat butun pedagogik tizimni sifat jihatidan takomillashtirishda yuqori darajadagi natijalarga erishuvni kafolatlashga xizmat qiladigan yangi g'oyalar, jarayonlar, vositalar, usul, uslublarning yaxlit holatdagi ifodalanishidir.

A. A'zamjonov

FDU o'qituvchisi Muhammadali Charos

Farg'ona Davlat Universiteti san'atshunoslik fakulteti talabasi

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Mamlakatimiz va dunyo ta'limi tarixidan, xar o'n, o'n besh yil o'tganida ta'lim sohasida islohotlarni amalga oshirish tabiiy bir holatga aylanib bormoqda. Jumladan: mamlakatimizda 1959 yili maktabni hayot bilan aloqasini mustahkamlash. 1970 yili o'n yillik majburiy o'rta ta'limni joriy etish, 1980 yili o'rta va kasb-hunar ta'limini isloh qilish, 1997 yili O'zbekiston Respublikasi "Ta'lim to'g'risidagi qonun" hamda "Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturi"ni qilish orqali butun uzluksiz ta'lim tizimini isloh qilishda davlat bosh islohotchisi sifatida yetakchi rolni o'ynab kelmoqda. Eng muhimi amalga oshirilayotgan islohotlar tufayli uzluksiz ta'limning barcha bosqichlarida amalga oshirilgan ta'lim tarbiyaning jarayonlariga yangi pedagogik g'oyalar tajribalar, kontratsepsiyalar keng tatbiq etila boshlandi.

Mamlakatimizda uzluksiz ta'limning barcha bosqichlarida o'qitiladigan fanlar mazmunini modernizatsiyalashni o'quv dasturlari, darsliklarni hozirgi zamon fanlari, texnikasi, texnologiyalari hamda ijtimoiy hayotda ro'y berayotgan o'zgarishlarga moslashtirish jarayonlari dadil qadamlar bilan amalga oshirilmoqda. Ana shu maqsadda DTS ni takomillashtirish; o'quv reja, dasturlari, va darsliklarning egiluvchanlik va moslashuvchalik xususiyatlarini kuchaytirish; ularni ko'p variantligini ta'minlash; ta'lim jarayonida xar bir o'quvchi va talabaning o'ziga xos qobiliyat va iste'dodlarini hisobga olish tadbirlari amalga oshirilmoqda.

Barcha bosqichlar qatorida tasviriy san'at, amaliy san'at, me'morchilik, haykaltaroshlik kabi san'at namunalarini ta'lim tarbiya jarayoni bilan imlashuv jihatlarini to'g'ri anglash tushuntira olish kabi sifatlar bo'yicha anchagina vazifalar turganini bilishimiz shart.

Pedagogika sohasida qaysi bir aniq yoki tabiiy fan uchun alohida davlat ta'limi standarti DTS mezoniga tasviriy, amaliy san'at me'yoriy hujjatlari zamon talabidan kelib chiqqan xolda tashkil etilgan.

Mustaqillikning dastlabki yillaridanoq mamlakatimiz ta'lim tizimiga xorij tajribalarining shiddat bilan kirib kelishi, yangicha ta'lim kontratsepsiyalari (global ta'lim, bolalarga do'stona munosabat, eksklyuziv ta'lim pedagogik texnologiyalar va hokazo) o'qituvchilar, metodika, pedagogika, ta'lim psixologiyasi mutaxassislarida misli ko'rilmagan qiziqish uyg'otgani hammamizga ma'lum. Ta'lim sohasidagi yangiliklar barcha o'qituvchilarga bir xil munosabatni vujudga keltira olganicha yo'q edi. Kuzatishlarimiz shuni ko'rsatadiki, yosh o'qituvchilarda kasbiy kelajagi haqida tashvish, ayrim katta yoshli (nafaqa yoshiga yaqinlashgan, nafaqa yoshdagi) o'qituvchilarda befarqlik holatlari namoyon bo'layotganini ko'rish mumkin.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Pedagogikadagi yangilanish jarayonlarini ta'lim amaliyotiga tatbiq etish o'ziga xos murakkab, ko'p qirrali muammolardan bo'lib, o'ziga xos xususiyatlarga ega.

Ta'lim tarbiya jarayonining barcha tarkibiy qismlariga taalluqli bo'lgan ijtimoiy tizim. Bunda o'quvchi va o'qituvchi faoliyati, jarayon maqsadi, mazmuni, metodi, shakli, natijasi, shart sharoitlari, texnologiyalar va uni boshqarishga samarali ta'sir etadi.

Ta'lim tarbiya amaliyotiga bilvosita, ya'ni o'qituvchi mahorati didaktik vositalar, ta'lim texnologiyalar orqali kirib keluvchi ko'p qirrali muammolar.

Kompyuter hamda axborot kommunikatsiya texnologiyalari asosida amaliyotga tatbiq etish, shu sababdan barcha o'qituvchilarni kompyuter savodxonligi va axborot kommunikatsiya texnologiyalariga oid ko'nikmalarga ega bo'lish. Yuqorida aytib o'tilgan ko'rsatmalarga yondashgan xolda kasbiy mahoratni mustahkamlashdan tashqari tasviriy san'at mashg'ulotlarini samaradorligini oshirish, o'quvchilarni fanga qiziqishlarini oshirish maqsadida quyidagilarga e'tibor qaratish zarur.

Tasviriy san'atni o'qitishda qiziqarli va sermazmun mavzular tanlash o'quvchilarning tasviriy san'atga bo'lgan qiziqishlarini yanada orttiradi. Hozirda maktablarda o'quvchilar rasm daftari, bo'yoq, qalam oddiy qalam va o'chirg'ichdan foydalanish bilan chegaralanib qolmasdan, zamonaviy, xorij texnologiyalaridan foydalanib, ishlab chiqarilgan bir qancha turdagi bo'yoqlar, rangli qalamlar, dekorativ bezak ishlarini yorqinlik darajasini oshiruvchi turli chizish vositalaridan foydalanilmoqlar. Bunday ashyolar bilan o'quvchilarda badiiy faoliyatini aktivlashtiradi. San'atga qiziqish uyg'otadi. Ma'lumki, ta'lim-tarbiya sohasida pedagogik texnologiyalarda tasviriy san'atni o'qitishda foydalanish va uning samaradorligiga erishish uchun xam o'ziga xos didaktik jarayonni o'rganib chiqishi zarur bo'ladi. Maktabda tasviriy san'atni o'qitishda pedagogik texnologiya masalasi bilan hozirgacha biror-bir o'rinliroq ilmiy asar yoki metodik - didaktik qo'llanma chop etilani yo'q. Shuning uchun bu masalada mulozamat yuritishda masala kengroq o'rganilib, texnologiya, pedagogik texnologiya va so'ngra tasviriy san'atni o'qitishda pedagogik texnologiyalardan foydalanish masalasi tahlil qilinishini lozim deb topdik.

Ma'lumki, tasviriy san'atni dars mashg'ulotlari besh turdagi mashg'ulot xarakterida yoki texnologiyada aslga oshiriladi.

6. Naturaga qarab rasm ishlash.

7. Tematik kompozitsiya ustida ishlash.

8. Dekorativ-amaliy san'ati.

9. Haykaltaroshlik ishlari.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

10. San'atshunoslik asoslaridan tashkil topgan mashg'ulotlar turlarida olib boriladi.

Bu darslarning texnologiyasi bir mazmunda bo'lsada, ulardagi ta'lim berish texnologiyasi albatta bir -biridan farqlanadi. Ya'ni narsani o'ziga qarab rasm chizish mashg'ulotlarida naturadan, buyumning o'zini ko'rib, undan shaklning imkoniyati boricha naturadan tasvirlanadi. Tematik kompozitsiyada esa o'quvchilar o'ylab-o'ylab, uzoqlarga qarab, nimalarnidir esga olish asosida rasm chizadilar. Haykaltaroshlarda esa, qalam bo'yoq bilan emas, loy plastilin bilan, oz bo'lsada, jismoniy mehnat vositasidagi mashg'ulotlar texnologiyasi mashg'ulotlarning asosi bo'ladi. Shuning uchun tasviriy san'at darslaridagi pedagogik texnologiyalar ta'rifini keltirish va ularni "Dars texnologiyasi" turlariga ajratishda xam alohida e'tibor zarur bo'ladi.

XULOSA

Xo'sh, maktabda tasviriy san'atni o'qitishda pedagogik texnologiyalarni umumiy xolda qanday tushunamiz?

Tasviriy san'atni pedagogik texnologiyasi - bu tasviriy san'at o'qituvchisining o'quvchilarga ma'lum darajada va sharoitda san'at bilimi va malakasini berish vositalari asosida oldindan belgilangan maqsadga erishish hamda bu vazifani bajarishni kafolatlay oladigan pedagogik jarayon. Ya'ni,o'qituvchining 45 minut dars jarayonida belgilangan, mo'ljallangan maqsadga erishish uchun ta'lim va tarbiya vositalaridan foydalanishning didaktik, metodik va uslubiy jarayonlari majmuasi asosida kafolatlangan natijalarga erishishni ta'minlaydigan pedagogik jarayondir. Maktabda tasviriy san'at fanini o'qitishda ham pedagogik texnologiyaning "dars texnologiyasi", "o'qitish texnologiyasi" va "ta'lim texnologiyasi" kabi ko'rinishlardan foydalaniladi.

REFERENCES

1. Turg'unboyev K., Rizayev A. «Zamonaviy pedagogik texnologiyalar». Andijon

2. I.Yuldashev, I.Pulatov, M.Qurbonova"Tasviriy san'at asarlarini idrok etishda zamonaviy pedagogik texnologiyalaridan foydalanish yo'llari"O'quv uslubiy qo'llanma.

3. Nabiev M., Azimova B. «Rasm chizishga o'rgatish metodikasi». T.: O'qituvchi,

4. Xasanov R. «Tasviriy san'at o'qitishning zamonaviy texnologiyasi» Fan dasturi.

2008.

1976.

TDPU- 2007.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

5. Qo'ziev T., Egamov A., Qanoatov T., Nurqobilov A., «Rangtasvir». «San'at». T., 2003.

6. Xasanov R. «Maktabda tasviriy san'atni o'qitish metodikasi». T: «FAN», 2004.

7. Mirzahamdamovna, K. B., Erkinovna, A. N., & Jumadillaevich, S. R. (2021). USE OF INNOVATIVE EDUCATIONAL TECHNOLOGIES IN FINE ARTS CLASSES OF HIGHER EDUCATION INSTITUTIONS.

8. Mirzahamdamovna, K. B., Erkinovna, A. N., & Jumadillaevich, S. R. (2021). USE OF INNOVATIVE EDUCATIONAL TECHNOLOGIES IN FINE ARTS CLASSES OF HIGHER EDUCATION INSTITUTIONS.

9. Sadikovna, S. G., Kurbonova, B., Akhmedova, N., & Sulaymanova, S. (2020). FUNDAMENTALS OF PROFESSIONALISM DEVELOPMENT ON THE EXAMPLE OF PRACTICAL EXERCISES ON FORMING THE SKILLS AND SKILLS OF FUTURE TEACHERS. PalArch's Journal of Archaeology of Egypt/Egyptology, 77(6), 8894-8903.

10. Barchinoy, K., Sevarakhon, S., & Mukhammadkodir, Y. (2021). EFFECTIVE METHODS OF TEACHING FINE ARTS AND DRAWING AT SCHOOL.

11. Barchinoy, K. (2019). Problems of Improving Artistic Perception of Future Art Teachers. Cross-Cultural Communication, 15(4), 79-82.

12. Qurbonova, B. (2021). The history of visual art and it's importance in people life. ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL, 11(2), 1558-1561.

13. Kakharovna, A. M., Tadjimatovich, Y. M., Rakhmatovich, S. O., & Mirzahamdamovna, Q. B. (2021). Modern Approaches to the Teaching of Fine Arts. Solid State Technology, 64(2), 4250-4254.

14. Nodirjon, M., Abdusalom, M., & Ozodbek, S. (2021). TECHNOLOGIES OF TEACHING FINE ARTS WITH MODERN METHODS.

15. Zulfiya, B., Rakhmonali, S., & Murodjon, K. (2021). A BRIEF HISTORY OF THE DEVELOPMENT AND TEACHING OF DRAWING SCIENCE IN UZBEKISTAN.

16. Nazokat, A., Ibrokhim, Y., & Makhpuzakhon, A. (2021). FACTORS OF DEVELOPMENT OF FINE ARTS.

17. Nazokat, A. (2021). Means of Ensuring the Integrity of the Image and Writing in the Performance of Visual Advertising.

18. Akbarjonovna, B. Z., & Ruzimuhammad, A. (2021). FACTORS FOR FORMING STUDENTS'VIEWS THROUGH THE FINE ART. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 9(6), 197-200.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.