Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
CHIZMACHILIK FANI DARSLARIDA UYG'UNLASHGAN TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH
O'rinov Muhammadjon Xojiakbar o'g'li
Farg'ona davlat universiteti Tasviriy san'at kafedrasi o'qituvchisi [email protected]
ANNOTATSIYA
Maqolada maktab ta'lim tizimida ta'lim texnologiyalari bilan boshqarishga e'tibor qaratilgan. Biz o'z tadqiqotlarimizda bulardan o'quvchi faoliyatini faollashtirish va jadallashtirishga asoslangan pedagogik texnologiyalar, rivojlantiruvchi ta'lim texnologiyalari, evristik, kreativ, integrativ kabi yo'nalishlaridan hamda ularning ayrim elementlarini o'zaro birikishidan hosil bo 'ladigan pedagogik texnologiyalardan foydalandik. Maskur texnalogiyalar o'rta ta 'lim muassasalarining ta 'lim texnologiyalari faoliyatini faol amalga oshirishga ta 'sir ko'rsatishi asoslab berilgan.
Tayach iboralar: ixtirochilik, pedagogik jarayon, sintez qilish, ixtirochilik masalalarini yechish algoritmi, muvofiqlashtirilgan pedagogik texnologiyalar.
АННОТАЦИЯ
В статье ориентирована на управление школьным образованием с учебными технологиями. Мы использовали педагогические технологии, которые формируются от взаимодействия педагогических технологий, развивающихся технологий образования, винта и создания, равенства, а также областей, таких как усиление и ускорение деятельности студентов, искаженные и ускоренные этими исследованиями. Маскара основана на влиянии на активную реализацию образовательных технологий средних школ.
Ключевые слова: изобретательность, педагогический процесс, синтез, алгоритм решения изобретательских задач, согласованные педагогические технологии.
ABSTRACT
The article focuses on the management of educational technologies in the school education system. In our research, we used pedagogical technologies based on the activation and acceleration of student activity, developmental educational technologies, heuristic, creative, integrative, as well as pedagogical technologies that combine some of their elements. It is argued that these technologies affect the active implementation of educational technologies in secondary education.
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
Key words: inventiveness, pedagogical process, synthesis, algorithm for solving inventive problems, coordinated pedagogical technologies.
Hozirgi paytda bir qator tadqiqotchilar tomonidan pedagogik texnologiyalarning ko'rinishlari, yo'nalishlari, tamoyillari, mezonlari kabi umumiy ko'rsatkichlari ishlab chiqilgan, ulardan foydalanish yo'llari ko'rsatib berilgan.
Masalan J.Yo'ldoshev va S.Usmonovning "Pedagogik texnologiya asoslari" nomli qo'llanmasida pedagogik texnologiyaning asosiy yo'nalishlari sifatida quyidagilar keltirilgan:
• hozirgi an 'anaviy ta 'lim (XVII asrda YA.A.Komenskiyning didaktik tamoyillari asosida shakllanib, hozirda maktablarda eng ko'p qo'llanayotgan sinf-
dars tizimidan iborat. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosan shu tizimni turli yo'nalishlarda takomillashtirish maqsadlarida yaratilib, hozirda rivojlanib bormoqda);
• pedagogik jarayonni takomillashtirish, uni o'quvchi shaxsiga yo 'nalti-rishga asoslangan pedagogik texnologiyalar (hamkorlik pedagogikasi, ta'limning insonparvarlikka asoslangan texnologiyasi va boshqalar);
• o'quvchi faoliyatini faollashtirish va jadallashtirishga asoslangan pedagogik texnologiyalar (muammoli ta'lim, o'yinlar, tayanch signallar konspekt-lari texnologiyalari va boshqalar),
• o'quv materialini didaktikjihatdan takomillashtirish va qayta ishlab chiqishga asoslangan pedagogik texnologiyalar (bu texnologiyalar o'rgatilayotgan bilimlarning didaktik tizimi chuqur mazmunga ega bo'lishi, bilimlarga tizimli nuqtai nazardan yondashish, o'quvchilarga bilimlarni egallashning eng maqsadga muvofiq yo'llarini o'rgatish kabi tamoyillarga asoslanadi);
• o'quv jarayonini samarali boshqarish va tashkil qilishga asoslangan pedagogik texnologiyalar (bu texnologiyalarga tabaqalashtirilgan, indivi-duallashtirilgan, dasturlashtirilgan ta'lim texnologiyalari; ta'limning jamoa usuli, guruhli, kompyuterli ta'lim texnologiyalari kabilar kiradi);
• tabiatga muvofiqlashtirilgan pedagogik texnologiyalar (bularga o'quvchining tabiiy imkoniyatlari, ta'lim-tarbiya jarayonini tashkil qilish-ning tabiiy imkoniyatlari va boshqa tabiatga muvofiq imkoniyatlardan to'liq foydalanishni amalga oshirishga asoslangan pedagogik texnologiyalar kiradi);
• rivojlantiruvchi ta'lim texnologiyalari (bularga o'quvchi
shaxsining ijobiy sifatlarini, ayrim sohalardagi bilimlarini, ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish texnologiyalari kiradi;
KIRISH
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
• xususiy (o'quv fanlari), alternativ - muqobil, mualliflik, empirik (sezgi a'zolari orqali bilim olish);
• kognitiv (atrofdagi olam to'g'risidagi bilimlar doirasini kengay-tirish texnologiyasi);
• evristik (yo'naltiruvchi savollar berish yo'li bilan ta'lim berish tizimi);
• kreativ (tadqiqot xarakteriga ega bo'lib, o'quvchilarda maqsadga yo'naltirilgan ijodiy tafakkurni jadal rivojlantiradi);
• inversion (axborotlarni turli tomondan o'rganish, o'rnini almashtirish xususiyatiga ega bo'lib, tafakkur (fikrlash) tizimini shakllantiradi);
• integrativ (axborotlarni tashkil qiluvchi cheksiz ko'p kichik qismlarning o'zaro ajralmas bog'liqligi, ularning yaxlitligi, bir butunligi asosida yagona to'g'ri xulosani aniqlash);
• adaptiv (axborotlarni va ulardan foydalanish jarayonini o'rganish hamda o'rgatish uchun qulaylashtirish, moslashtirish asosida kutilgan natijaga erishish);
• inklyuziv (o'qituvchi bilan o'quvchining o'zaro munosabatlarida tenglik asosida ta'lim-tarbiya jarayonini tashkil qilish).
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Biz o'z tadqiqotlarimizda bulardan o'quvchi faoliyatini faollashtirish va jadallashtirishga asoslangan pedagogik texnologiyalar, rivojlantiruvchi ta'lim texnologiyalari, evristik, kreativ, integrativ kabi yo'nalishlaridan hamda ularning ayrim elementlarini o'zaro birikishidan hosil bo'ladigan pedagogik texnologiyalardan foydalandik. Yuqorida ko'rsatilgan pedagogik texnologiyalarni birikuvidan hosil bo'lgan pedagogik texnologiyalarni esa uyg'unlashgan texnologiyalar deb nomladik. Shuningdek chizmachilik fani darslarining yaratuvchanlik ya'ni ijodiy yondashishga majbur qiluvchi fanlardan xisoblanib, bunda o'quvchilar mexanizm-mashinalarning tuzilishini hamda ulardan foydalanishni, materiallarning turlari, tuzilishi, xossalari va ishlatilishini hamda biror buyum vazifalarinibilishi talab qilinadi. Bunda ular bevosita ishlab chiqarish texnologiyalari, Ya'ni texnik texnologiyalarga qo'yilgan zamon talablarini xam anglashi ta'qazo qiladi. Mana shu ishni maqsadga muvofiq ravishda amalga oshirish uchun ularga amaliy mashg'ulotdan oldin nazariy ma'lumotlar, tushuncha va ko'rsatmalar beriladi. Bunda esa o'qitish texnologiyalaridan foydalaniladi. Ko'rinib turibdiki, chizmachilik o'quv fanida birgina amaliy mashg'ulot davomida ham o'qitish texnologiyalaridan, ham texnik texnologiyalardan xabardor bo'lishi talab etiladi. Mana shu holat ham chizmachilik fani darslarida uyg'unlashgan texnologiyalardan foydalanish zaruratini keltirib chiqaradi. Ayniqsa bu o'quvchilarning ijodkorlik faoliyatini tashkil etishda juda qo'l keladi. Chunki
169
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
ijodkorlik faoliyati berilgan topshiriqni bajarishga nisbatan ijodiy yondashuvni taqozo etadi. Buning uchun esa o'quvchilarning tushunish, tasavvur qilish va amalda ish bajarish kabi qobiliyatlarini rivojlantirish talab etiladi, binobarin uyg'unlashgan texnologiyalar aynan shunga xizmat qiladi. Shunday qilib, uyg'unlashgan texnologiyalar deganda o'quvchilarning ijodiy fikrlash va amalda ijodkorona ish bajara olishlariga qaratilgan o'qitish va texnik texnologiyalarning ayrim qismlarini o'zaro birikuvidan tashkil topgan ta'lim texnologiyalarini tushunamiz.
Endi mazkur uyg'unlashgan texnologiyalardan chizmachilik fani darslarida o'quvchilarning ijodiy faoliyatini tashkil etish va rivojlantirishda qanday qo'llanilishi masalalariga to'xtalib o'tamiz.
Tajribalarning ko'rsatishicha, 7-8 sinf o'quvchilarining ko'pchiligi ijod qilishni yaxshi ko'radi. O'z istaklarini ro'yobga chiqarishni xohlaydi. Shu narsa o'quvchilarni maktabda o'zini ijodkorlikka etaklaydi. Fikrlash faoliyatining murakkablashishi bola hayotining barcha tomonlariga, uning hissiyotiga ta'sir ko'rsatadi.
Amerika psixologi Erik Eriksonning fikricha bolada o'z maqsadiga erishishi yo'lida "ishbilarmonlik" va "ta'sirchanlik" sezgilari paydo bo'ladi. Bu yoshda ijodkorlik munosabatning asosi tarkib topadi.
"O'tish davri"dagi bolalarga xos hayolparastlik xususiyati boshlanadi. O'quvchilarning "o'tish davri"dagi har xil psixik holatlarni hisobga olib tashkil qilingan ta'limning samaradorligi ortadi. Metodika va pedagogik psixologiyada o'quv ishlarining eng yaxshi usullarini tanlashga, ta'lim jarayonida o'quvchilarning bilish faoliyatini kuchaytiradigan omillardan foydalanishga katta ahamiyat berilmoqda.
Kuzatishlarimizdan ma'lum bo'ldiki, ko'p hollarda o'qituvchilarning mashg'ulotlarni olib borishda bir xil usullardan foydalanishlari o'quvchilarning fanlarga bo'lgan qiziqishlarini pasaytiradi.
Buning oldini olish maqsadida darsda o'quvchilar faoliyatining xilma-xilligini ta'minlash ko'p o'quv predmetlari qatori chizmachilik fanining ham diqqat markazidagi asosiy vazifalardan bo'lib, hozirgi paytda o'quvchilarning chizmachilik faniga qiziqishini ortishida ta'limning faol, noan'anaviy usullaridan keng foydalanish juda ham zarur bo'lib qoldi. Umumta'lim maktablarida ilg'or, tajribali, ijodkor o'qituvchilar zamonaviy dars talablariga mos keladigan sinov, seminar, anjuman, viktorina, test, teatrlashgan dars kabi turdagi noan'anaviy usuldagi darslardan o'z o'rnida foydalanib kelishmoqda. Chizmachilik fanida noan'anaviy usulda o'quv amaliy mashg'ulotlarini o'tkazish o'quvchilarning ijodkorligini, izlanuvchanligini va mustaqil fikrlay olish qobiliyatlarini shakllanti-rishga sezilarli darajada ta'sir ko'rsatadi. Bunday ishlardan biri sifatida 7-8 sinflar uchun berilgan darsturning ayrim
Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 21 ISSUE 10/2
educational, natural and social sciences -------- JtV ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022:5.947
Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7
bo'limlaridagi mavzular o'rganib bo'lingach, umumlashtirish takrorlash mashg'ulotlarini zamonaviy (noan'anaviy) dars sifatida o'tkazishdan iborat. Binobarin, o'qitish ishlarida yuqori samaradorlikka erishish dars turlari, tiplari va shakllariga mos keluvchi o'qitish usullarini, Ya'ni ta'lim texnologiyalarini tanlash hamda ularni qanday qo'llashga bog'liqdir. Chizmachilik fani darslari ikki qismga, Ya'ni nazariy tushuncha berish va amaliy mashg'ulot qismiga bo'linadi. Nazariy ma'lumot yoki tushuncha berishda o'quv materiallari o'quvchilarga hikoya, suhbat, tushuntirish, qisman ma'ruza usullarini namoyish etish usuli bilan qo'shgan holda bayon qilinadi. Amaliy mashg'ulotlarda esa o'quvchilarga biror detal yoki buyum chizish o'rgatiladi. Bu darslarda qaysi pedagogik texnologiyalardan foydalanish darsning mohiyati, maqsadiga qarab tanlanadi.
Olib borgan ilmiy tadqiqotlarimiz natijalariga ko'ra buni 1-jadvalda ko'rsatilganidek tasvirlashga harakat qildik (1-jadvalga qarang).
Tadqiqotlarimizda ta'lim berish jarayonida o'qitish mazmuniga ko'ra dars tiplarini aniqlash va bunda qanday texnologiyalarni qo'llash modelini ishlab chiqdik 1-jadval. Dars tiplari va ularga mos keluvchi uyg'unlashgan texnologiyalar
T.r. Dars tiplari Qo'llaniladigan uyg'unlashgan texnologiyalar
1 Kirish darslari Qisqa ma'ruza, anjuman, munozara va b.
Yangi bilimlar berish, Aqliy hujum, ijodiy masala, morfologik jadval,
2 mehnat ko'nikmalarini seminar,munozara, mozaika, BBB, trening,
shakllantirish darslari estafeta va b.
3 Takrorlash Rolli sahnalashtirish, anjuman, quvnoqlar va
(mustahkamlash) darslari zukkolar bahsi, ishbilarmonlar o'yini (auksion dars) va b.
4 Sinov darslari Nima, qachon, qayerda" o'yini, test so'rovi, musobaqa darsi, ko'rgazmalar darsi, intervyu va b.
XULOSA
Bulardan ko'rinadiki, pedagogik texnologiya tushunchasining bugungi kundagi rivojlanish bosqichi tufayli chizmachilik fanini o'qitish metodikasi fanida o'qitishning mazmuni va maqsadiga ko'ra dars tiplarini aniqlash, ularga mos keluvchi ta'lim texnologiyalarini tanlash hamda ham tasniflash ishlarini amalga oshirish zarurati yuzaga keldi. Shulardan biri sifatida biz uyg'unlashagan texnologiyalar tushunchasidan foydalanishga harakat qildik. Quyida yuqorida aytilgan dars tiplariga
171
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
mos keluvchi uyg'unlashgan texnologiyalardan foydalanishga imkon beruvchi ayrim usullarni qo'llash xususidagi tavsiyalar keltirilgan.
REFERENCES
1. O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'g'risida" va "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to'g'risida"gi qonunlari. //T.: Sharq, 1997.
2. O'zbekiston Respublikasining "2004-2009-yillarda maktab ta'limini rivojlantirish umummilliy dasturi to'g'risida"gi qonuni //"Ta'lim taraqqiyoti" j. T., 2004-yil 3-soni. - B. 2-10.
3. Azizxo'jaeva N.N. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat: O'quv qo'llanma. T.: TDPU, 2003. - 174 b.
4. Babanskiy YU.K. Hozirgi zamon umumiy ta'lim maktabida o'qitish metodlari. T.: O'qituvchi, 1990. - 232 b.
5. Ball G.A. Teoriya uchebnwx zadach: Psixologo-pedagogicheskiy aspekt. M.: Pedagogika, 1990. - 184 s. 120.
6. Bespalko V.P. Slagaemwe pedagogicheskoy texnologii. M.: Pedagogika, 1989. -
7. Golish L.V. Ta'limning faol usullari: mazmuni, tanlash va amalga oshirish. Metodik qo'llanma. T.: O'MKHTRI, 2001. - 128 b.
8. Karimov I., Mamatov D. 6-sinfda Texnologiya va dizayn yo'nalishi darslarini tashkil etish: O'quv-usl. qo'll. T.: Adabiyot uchqunlari, 2015. - 130 b.
9. Kudryavsev T.V. Psixologiya texnicheskogo mtishleniya. M., 1975.
10. Ochilov M. Yangi pedagogik texnologiyalar. Qarshi: Nasaf, 2000. - 118 b.
11. Saidahmedov N. Yangi pedagogik texnologiyalar (nazariya va amaliyot). T., Moliya, 20
12. Achildiyeva, M., Axmedova, N., Ikromova, F., Haydarova, O., Ibrahimova, G., & Abdurahmonov, A. (2021). TANBUR: ONE OF ANCIENT INSTRUMENTS. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 9(6),
13. Mirzahamdamovna, K. B., Erkinovna, A. N., & Jumadillaevich, S. R. (2021). USE OF INNOVATIVE EDUCATIONAL TECHNOLOGIES IN FINE ARTS CLASSES OF HIGHER EDUCATION INSTITUTIONS.
14. Mirzahamdamovna, K. B., Erkinovna, A. N., & Jumadillaevich, S. R. (2021). USE OF INNOVATIVE EDUCATIONAL TECHNOLOGIES IN FINE ARTS CLASSES OF HIGHER EDUCATION INSTITUTIONS.
15. Sadikovna, S. G., Kurbonova, B., Akhmedova, N., & Sulaymanova, S. (2020). FUNDAMENTALS OF PROFESSIONALISM DEVELOPMENT ON THE
192 s.
302-308.
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
0
VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
EXAMPLE OF PRACTICAL EXERCISES ON FORMING THE SKILLS AND SKILLS OF FUTURE TEACHERS. PalArch's Journal of Archaeology of Egypt/Egyptology, 77(6), 8894-8903.
16. Barchinoy, K., Sevarakhon, S., & Mukhammadkodir, Y. (2021). EFFECTIVE METHODS OF TEACHING FINE ARTS AND DRAWING AT SCHOOL.
17. Barchinoy, K. (2019). Problems of Improving Artistic Perception of Future Art Teachers. Cross-Cultural Communication, 15(4), 79-82.
18. Qurbonova, B. (2021). The history of visual art and it's importance in people life. ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL, 11(2), 1558-1561.
19. Kakharovna, A. M., Tadjimatovich, Y. M., Rakhmatovich, S. O., & Mirzahamdamovna, Q. B. (2021). Modern Approaches to the Teaching of Fine Arts. Solid State Technology, 64(2), 4250-4254.
20. Nodirjon, M., Abdusalom, M., & Ozodbek, S. (2021). TECHNOLOGIES OF TEACHING FINE ARTS WITH MODERN METHODS.
21. Zulfiya, B., Rakhmonali, S., & Murodjon, K. (2021). A BRIEF HISTORY OF THE DEVELOPMENT AND TEACHING OF DRAWING SCIENCE IN UZBEKISTAN.
22. Nazokat, A., Ibrokhim, Y., & Makhpuzakhon, A. (2021). FACTORS OF DEVELOPMENT OF FINE ARTS.
23. Nazokat, A. (2021). Means of Ensuring the Integrity of the Image and Writing in the Performance of Visual Advertising.