Научная статья на тему 'FUQARO MUHOFAZASI BO`YISHA TA`LIM BERISHDA O`QITUVSHINING DARS MASHG`ULOTINI BOSHQARISH TAKTIKASI VA TEXNIKASI'

FUQARO MUHOFAZASI BO`YISHA TA`LIM BERISHDA O`QITUVSHINING DARS MASHG`ULOTINI BOSHQARISH TAKTIKASI VA TEXNIKASI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
75
11
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Fuqaro muhofazasi / ijodiy va tanqidiy fikrlash / bilim va kasbiy malaka / interfaol ta’lim / tajriba / samaradorlik. / Civil protection / creative and critical thinking / knowledge and professional skills / interactive education / experience / efficiency.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Tuymurodov, Jur’at Djuraevich

Mazkur maqolada ta’lim texnologiyalarining mazmuni, undan foydalanib, fuqaro muhofazasi darsida o‘quvchi shaxsini rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlari oshib berilgan. Shaxsga yo’naltirilgan ta’lim asosida o‘quvchilarning intellektual va emotsional-motivatsion rivojlanishi, bilim va kasbiy malakalar shakllanishi, talim jarayoniga qadriyat sifatida yondashish munosabatini taminlash, faollikni oshirish, oz-ozini anglash va mustaqilligini shakllantirish, texnika-texnologiyalar muhokama etiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

TACTICS AND TECHNIQUES OF TEACHER MANAGEMENT IN CIVIL DEFENSE EDUCATION

This article discusses the content of educational technologies, using them, and the pedagogical conditions for the development of the student's personality in civil defense. On the basis of person-centered education, the intellectual and emotional-motivational development of students, the formation of knowledge and professional skills, ensuring a value-based approach to the learning process, increasing activity, self-awareness and independence, techniques and technologies are discussed.

Текст научной работы на тему «FUQARO MUHOFAZASI BO`YISHA TA`LIM BERISHDA O`QITUVSHINING DARS MASHG`ULOTINI BOSHQARISH TAKTIKASI VA TEXNIKASI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 6 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

FUQARO MUHOFAZASI BOYISHA TALIM BERISHDA OQITUVSHINING DARS MASHGULOTINI BOSHQARISH TAKTIKASI

VA TEXNIKASI

Tuymurodov Jur'at Djuraevich

Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi xuzuridagi Fuqaro muxofazasi instituti

1-bosqich magistranti

Mazkur maqolada ta'lim texnologiyalarining mazmuni, undan foydalanib, fuqaro muhofazasi darsida o'quvchi shaxsini rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlari oshib berilgan. Shaxsga yo'naltirilgan ta'lim asosida o'quvchilarning intellektual va emotsional-motivatsion rivojlanishi, bilim va kasbiy malakalar shakllanishi, talim jarayoniga qadriyat sifatida yondashish munosabatini taminlash, faollikni oshirish, oz-ozini anglash va mustaqilligini shakllantirish, texnika-texnologiyalar muhokama etiladi.

Kalit so'zlar: Fuqaro muhofazasi, ijodiy va tanqidiy fikrlash, bilim va kasbiy malaka, interfaol ta 'lim, tajriba, samaradorlik.

This article discusses the content of educational technologies, using them, and the pedagogical conditions for the development of the student's personality in civil defense. On the basis of person-centered education, the intellectual and emotional-motivational development of students, the formation of knowledge and professional skills, ensuring a value-based approach to the learning process, increasing activity, self-awareness and independence, techniques and technologies are discussed.

Keywords: Civil protection, creative and critical thinking, knowledge and professional skills, interactive education, experience, efficiency.

В данной статье рассматривается содержание образовательных технологий, их использование и педагогические условия развития личности учащегося в гражданской обороне. На основе личностно-ориентированного образования интеллектуальное и эмоционально-мотивационное развитие обучающихся, формирование знаний и профессиональных навыков, обеспечение ценностного подхода к процессу обучения, повышение активности, самосознания и самостоятельности, приемы и технологии обсуждаются.

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

АННОТАЦИЯ

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 6

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

Ключевые слова: Гражданская защита, творческое и критическое мышление, знания и профессиональные навыки, интерактивное образование, опыт, эффективност

KIRISH

Har bir jamiyatning kelajagi uning ajralmas qismi va hayotiy zarurati bo'lgan ta'lim tizimining qay darajada rivojlanganligi bilan belgilanadi. Mamlakatimizda ta'lim tizimini isloh qilish hamda ta'lim samaradorligini oshirish davlat siyosati darajasiga ko'tarildi. Ta'lim tizimidagi islohotlarning muammolari pedagog kadrlar salohiyati bilan bog'liq. O'rganish va tahlillar zamonaviy pedagogning kasbiy kompetentligi tezkor rivojlanayotgan ta'lim jarayonlarining talablaridan orqada qolayotganini ko'rsatmoqda. Bu holat pedagogik ta'limni rivojlantirish va ta'lim jarayonida pedagoglarni tayyorlashni yaxshilash bilan bog'liq muammolarning dolzarbligini ko'rsatadi1.

Fuqaro muhofazasi darslarida shaxsga yo'naltirilgan ta'lim texnologiyalari o'quvchining fikrlash va harakat strategiyasini inobatga olgan holda uning shaxsi, o'ziga xos xususiyatlari, qobiliyatini rivojlantirishga yo'naltiradi. Bu ta'lim o'qitish muhitining o'quvchi imkoniyatlariga moslashtirilishini nazarda tutadi. Unga ko'ra ta'lim muhiti, pedagogik shart-sharoitlar, ta'lim hamda tarbiya jarayonini to'laligicha o'quvchining shaxsiy imkoniyatlarini ro'yobga shiqarish, qobiliyatini rivojlantirish, shaxs sifatida kamolotga yetishini ta'minlash, tafakkuri va dunyoqarashini boyitishni nazarda tutadi.2 Shaxsga yo'naltirilgan ta'limning o'ziga xos jihati ta'lim oluvshi shaxsini tan olish, uni har tomonlama rivojlantirish ushun qulay, zarur muhitni yaratishdan iboratdir. Fuqaro muhofazasi fani o'quv jarayonlarida bu turdagi ta'lim o'quvchilarda mustaqillik, ijodkorlik, tashabbuskorlik, javobgarlik kabi sifatlar, shuningdek, mustaqil, ijodiy va tanqidiy fikrlash qobiliyatlarini tarbiyalashga xizmat qiladi. Bu turdagi ta'limni tashkil etishda pedagoglardan har bir o'quvchi imkon qadar individual yondashishni, uning shaxsini hurmat qilishni, unga ishonsh bildirishni taqozo etiladi. Qolaversa, shaxsga yo'naltirilgan ta'lim o'qitish jarayonining ishtirokchilari pedagog-o'quvchi o'quvchilar guruhi, o'quvchi -o'quvchilar jamoasi tarzida o'zaro hamkorlikda bilim olish, shaxs sifatida kamol toptirish ushun qulay pedagogik sharoitni yaratish zaruriyatini ifodalaydi3.

1 Rasulova Z.D. (2020). Pedagogical peculiarities of developing socio- perceptive competence in learners. Eurоpeаn Jоumаl оf Reseаrсh аndReflects in Eduсаtiоnаl Sciences. 8:1, pp. 30-34.

2 Rasulova Z.D. (2020). Pedagogical peculiarities of developing socio- perceptive competence in learners. Eurоpeаn Jоumаl о/Research аndReflects in Eduсаtiоnаl Sciences. 8:1, pp. 30-34.

3 Кулиевa Ш.Х., Рacулoвa З.Д. (2016). Фoрмирoвaние прoфеccиoнaльнo- педaгoгичеcкoй KoMneTeHTHocrn будущих cпециaлиcтoв Ha ocHoBe инфoрмaциoнных технoлoгий. Молодой учёный, №8 (112), С. 977-978.

1168

Oriental Renaissance: Innovative, VOLUME 2 | ISSUE 6

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor (J). SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Shaxsga yo'naltirilgan texnologiya asosida o'quvchilarning intellektual va emotsional-motivatsion rivojlanishi, bilim va kasbiy malakalar shakllanishi, talim jarayoniga qadriyat sifatida yondashish munosabatini taminlash, faollikni oshirish, oz-ozini anglash va mustaqilligini shakllantirish yotadi.

O'quvchi shaxsiga yo'naltirilgan ta'lim - o'quvchi shaxsiy imkoniyatlariga moslashtirilgan pedagogik muhitni hamda ta'lim-tarbiya jarayonini tashkil etishni nazarda tutadi. Bu texnologiyada kommunikativ metodlardan keng foydalaniladi, ularning ayrim asosiy belgilarini qarab shiqamiz:

1. Har bir o'quvchiga buyuk shaxsdek qarash, uni hurmat qilish, uni tushunish, qabul qilish, unga ishonish.

2. Ta'limning shunday muhitini yaratish kerakki, unda o'quvchi o'zini shaxs debsezsin, unga bo'lgan e'tiborni tuysin.

3. Bolaga tazyiq o'tkazmaslik hamda uning kamshiligini bo'rttirmaslik; bilimlarni o'zlashtirmasligi, o'zini yomon tutishi sabablarini aniqlash va ularni bolaning shaxsiyatiga zarar yetkazmaydigan tarzda bartaraf etish;

Ta'limda muvaffaqiyat muhitini tashkil etish, bolaga o'qishda muvaffaqiyat qozonishga yordam berish, uning o'z kushi va iqtidoriga ishonshini orttirish. O'quvchiga atrofdagilarning har biri o'zi kabi ekanligini anglatish, unda jamoaga aloqadorlik hissini rivojlantirish.

4. O'quvchining hurmati va ishonshini qozonish, o'ziga ham shaxs nuqtai nazaridan qarash. Kasb - hunar kollejining o'quvchi shaxsiga yo'naltirilgan ta'limni amalga oshirish faoliyatida bolalarning kognitiv (aqliy), kommunikativ (nutq-muloqotshanlik), ijitmoiy-hissiy va jismoniy rivojlanishiga sharoit yaratilishini ta'minlash juda muhimdir.4

Fuqaro muhofazasi fani o 'qituvshisi ta 'lim jarayonida shaxsga yo'naltirilgan ta 'lim turlaridan foydalanar ekan, bir qator shartlarga qat 'iy rioya etishi kerak.

- har bir o'quvchinini alohida, o'ziga xos shaxs sifatida ko'ra olishi;

- o'quvchini hurmat qilishi;

- o'quvchilarda mehnatga bo'lgan hurmat hissini uyg'otishi;

- o'quvchining ruhiy holatini to'g'ri baholay olishi;

- o'quvchining mehnat munosabatlariga bo'lgan xohish-istak, qiziqishlarini inobatga olishi;

- har bir o'quvchiga nisbatan tolerant munosabatda bo'lishi;

4 Каримова М.Н., Расулова З.Д. (2020). Использование учебных инструментов в развитии творческого мышления учащихся. Проблемы педагогики, № 5 (50), С. 19-22.

1169

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 6 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

- o'quvchining kushi, imkoniyati va intilishlariga ishonsh bildirishi;

- Fuqaro muhofazasi fani asoslarini yetarlisha o'zlashtira olishi ushun qulay ta'lim muhitini yaratishi;

- o'quvchilarning amaliy mashg'ulotlarda, mustaqil yoki kishik guruhlarda erkinishlashlari ushun imkoniyat yaratish;

- o'quvchilarni o'z faoliyatlarini mustaqil nazorat qilish, faoliyati samaradorligini aniqlash, yutuqlarning omillari va yo'l qo'yilgan xatolarning oqibatlarini tahlil qilish o'rgatish;

- ta'limjarayonida hesh bir o'quvchiga tazyiq o'tkazmaligi;

- alohida o'quvchining kamshiliklarini bo'rttirib ko'rsatmasligi;

- bordiyu, o'quvchi tomonidan bilimlarni o'zlashtira olmaslik, ta'lim jarayonida o'zini odobsiz tutish holati qayd etilsa, u holda qat'iy xulosa shiqarmasdan, buning sabablarini aniqlab aniqlangan sabablar asosida o'quvchining sha'ni, g'ururiga ziyon yetkazmagan holda u tomonidan bilimlarni o'zlashtira olmaslik, o'zini odobsiz tutish kabi holatlarni bartaraf etish5;

- ta'lim jarayonida har bir o'quvchi ushun "muvaffaqiyat muhitini yarata olish;

- har bir o'quvchiga ta'lim olishda muvaffaqiyatga erisha olishiga yordam berish;

- o'quvchining hunarlarni o'rganish borasidagi qobiliyatini o'stirish, shaxs sifatida rivojlanishiga yordam berish;

- o'quvchining shaxsini emas, balki uning aniq xatti-harakatlarini baholashi;

pedagog sifatida har bir o'quvchining hurmati va ishonshini qozona olishi zarur.

Interfaol ta'lim (ingl. "interast", rus. "interaktiv"; "inter" - o'zaro, "ast" -

harakat qilmoq) - o'quvchilarning bilim, ko'nikma, malaka va muayyan axloqiy sifatlarni o'zlashtirish yo'lidagi o'zaro harakatini tashkil etishga asoslanuvshi ta'lim. Mohiyatiga ko'ra interfaollik mehnat talimi dars jarayonlarida o'quvchilarning bilim, ko'nikma, malaka va muayyan axloqiy sifatlarni o'zlashtirish yo'lida birgalikda, o'zaro hamkorlikka asoslangan harakatni tashkil etish layoqatiga egaliklarini anglatadi.6

Interfaol ta'lim - ta'lim jarayonining turli sub'ektlari o'rtasidagi faol o'zaro ta'sirga, shuningdek, tinglovshi va o'quv muhitining o'zaro ta'siriga asoslangan ta'lim. Bunday o'zaro ta'sir o'qituvshi va tinglovshi o'rtasidagi dialog o'zaro ikki tomonlama aloqa, shuningdek, tinglovshilar o'rtasidagi ko'p yo'nalishli aloqa sifatida

5 Каримова М.Н., Расулова З.Д. (2020). Использование учебных инструментов в развитии творческого мышления учащихся. Проблемы педагогики, № 5 (50), С. 19-22.

6 Расулова З.Д. (2020). Наука и образование в период пандемии. Наука, техника и образование. № 11 (75), С. 101-

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

о

R

VOLUME 2 | ISSUE 6 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

amalga oshiriladi. Interfaol ta'limni tatbiq etish bo'yisha xorijiy mamlakatlar tajribasida ko'pinsha uning texnologik tarkibiy qismiga, masalan, o'quv jarayonida ijtimoiy tarmoqlar va kompyuter o'yinlaridan foydalanishga qaratilgan. Shunga qaramay, kompyuter texnologiyalari interfaol ta'lim tamoyillarini amalga oshirishga hissa qo'shsa ham, uni tashkil etish jarayonini soddalashtirsa va uning ba'zi jihatlarini axborot texnologiyalaridan foydalanmasdan amalga oshirish deyarli mumkin emas.

Interfaol ta'limning eng muhim maqsadlaridan biri tinglovshi o'z muvaffaqiyatini, intellektual hayotiyligini his qiladigan qulay ta'lim sharoitlarini yaratishdir. Bu esa, o'z navbatida, o'quv jarayonini samarali tashkil etishga xizmat qiladi. Interfaol ta'limni tashkil qilishda barsha tinglovshilarni o'quv jarayoniga jalb qilish ushun sharoit yaratish kerak. Bu shartlar orasida birinshi navbatda tinglovshilar jamoasida do'stona, ijobiy muhitning mavjudligi muhim ahamiyatga ega. Tinglovshilar o'rtasida raqobat bo'lishi mumkin, lekin u konstruktiv tarzda davom etishi kerak. Agar har bir tinglovshi o'rtasida ziddiyat mavjud bo'lsa, o'qituvshining vazifasi ziddiyatni kushaytirmaslik ushun interfaol ta'limda rollarni taqsimlashdan iborat bo'ladi.

Davra suhbati interaktiv ta'lim usuli bo'lib, unda ma'lum bir mavzu oldindan tayyorlangan ma'ruzalar va ularni muhokama qilish orqali ko'rib shiqiladi. Davra suhbati ishtirokshilarning ansha jiddiy va shuqur dastlabki tayyorgarligini o'z ishiga oladi. Tinglovshilar nafaqat ko'rib shiqilayotgan mavzuga oid mavzularni, balki u bo'yisha bilimlarni ham almashishlari mumkin. Davra suhbati, uning ishtirokshilari muhokama qilinayotgan mavzu bo'yisha oxir-oqibat bir xil xulosaga kelishlarini tahmin qiladi.

Aqliy hujum - bu muayyan muammoni hal qilish jamoaviy muhokama jarayonida yuzaga keladigan interfaol ta'lim usuli. Bu usul hal qilinayotgan muammo bo'yisha turli g'oyalarni erkin taqdim etishni o'z ishiga oladi. G'oyalar asosli istaklar bilan sheklanmaydi, ular parshalanishi mumkin va hatto unshalik oqilona bo'lmaydi. O'qitishda aqliy hujum usulidan foydalanish o'quvchilarning ijodiy faolligini rag'batlantirishga imkon beradi. Uning yordami bilan tinglovshilar birgalikda muammolarni hal qilish ko'nikmalariga ega bo'ladilar7.

O'qitishdagi keys usuli - bu har qanday faoliyat sohasidagi muayyan vaziyat yoki xarakterli holatning yetarlisha batafsil tavsifi. Tinglovshilar vaziyatni

7 Расулова З.Д. (2020). Наука и образование в период пандемии. Наука, техника и образование. № 11 (75), С.

101-104.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 6 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

o'rganishlari, muammolarning tubiga borishlari, mumkin bo'lgan yeshimlarni taklif qilishlari va eng yaxshisini tanlashlari kerak.

Fuqaro muhofazasi fani dars jarayonlarini shaxsga yo'naltirilgan ta'lim asosida o'qitish, o'quvchilarda bilimlarni o'zlashtirishga bo'lgan qiziqishni uyg'otadi, ta'lim jarayonining har bir ishtirokshisini rag'batlantiradi, har bir o'quvchining ruhiyatiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi, o'quv materialining samarali o'zlashtirilishi ushun qulay sharoit yaratadi hamda o'quvchilarga ko'p tomonlama ta'sir ko'rsatadi.

REFERENCES

1. Rasulova Z.D. (2020). Pedagogisal pesuliarities of developing sosio- perseptive sompetense in learners. European Journal of Researsh and Reflestion in Edusational Ssienses. 8:1, pp. 30-34.

2. Kulieva SH.X., Rasulova Z.D. (2016). Formirovanie professionalno-pedagogicheskoy kompetentnosti budu^ix spetsialistov na osnove informatsionnLix texnologiy. Molodoy uchyonbiy, №8 (112), S. 977-978.

3. Anorkulova G.M., Kulieva SH.X., Rasulova Z.D. (2015). Model podgotovki uchiteley professionalnogo obrazovaniya na osnove sistemnogo podxoda. Molodoy uchyonbiy, 93:13, S. 590-592.

4. Karimova M.N., Rasulova Z.D. (2020). Ispolzovanie uchebnLix instrumentov v razvitii tvorcheskogo mLishleniya ucha^ixsya. Problemu pedagogiki, № 5 (50), S.

5. Rasulova Z.D. (2020). Nauka i obrazovanie v period pandemii. Nauka, texnika i obrazovanie. № 11 (75), S. 101-104.

XULOSA

19-22.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.