Научная статья на тему '“O'ZBEKISTONDA 2030” STRATEGIYASI DOIRASIDA INSON KAPITALINI OSHIRISH YO'LLARI VA ISTIQBOLLARI'

“O'ZBEKISTONDA 2030” STRATEGIYASI DOIRASIDA INSON KAPITALINI OSHIRISH YO'LLARI VA ISTIQBOLLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
“O'zbekiston 2030” / strategiya / innovatsiya / kapital / ta'lim / farmon / islohot / inklyuziv / infratuzilma / rivojlantirish / dastur / normativ-huquqiy hujjat.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Abdurasul Ravshan O'G'Li Mirzohamdamov

Ushbu maqolada inson kapitalini rivojlantirishga e'tibor, hayot sifatini oshirish, innovatsiyalarni qo'llab-quvvatlash hamda iqtisodiy o'sish va ijtimoiy taraqqiyotni ta'minlay oladigan malakali ishchi kuchini shakllantirishga alohida e'tibor masalalarining “O'zbekiston 2030” strategiyasida belgilangan muhim vazifalarni va unga tasir qiluvchi omillarni yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «“O'ZBEKISTONDA 2030” STRATEGIYASI DOIRASIDA INSON KAPITALINI OSHIRISH YO'LLARI VA ISTIQBOLLARI»

Tashkent State University of Economics

O'zbekiston - 2030 strategiyasi: inson salohiyatini ro'yobga chiqarish imkoniyatlari Uzbekistan - 2030 Strategy: _Opportunities to Realize Human Potential

"O'ZBEKISTONDA 2030" STRATEGIYASI DOIRASIDA INSON KAPITALINI OSHIRISH YO'LLARI VA ISTIQBOLLARI

Abdurasul Ravshan o'g'li Mirzohamdamov

Toshkent Davlat Iqtisodiyot universiteti HBA 65 guruh talabasi abdurasulmirzohamdamov007@ gmail .com Ilmiy rahbar: F. Adilov

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada inson kapitalini rivojlantirishga e'tibor, hayot sifatini oshirish, innovatsiyalarni qo'llab-quvvatlash hamda iqtisodiy o'sish va ijtimoiy taraqqiyotni ta'minlay oladigan malakali ishchi kuchini shakllantirishga alohida e'tibor masalalarining "O'zbekiston - 2030" strategiyasida belgilangan muhim vazifalarni va unga tasir qiluvchi omillarni yoritilgan.

Kalit so'zlar: "O'zbekiston - 2030", strategiya, innovatsiya, kapital, ta'lim, farmon, islohot, inklyuziv, infratuzilma, rivojlantirish, dastur, normativ-huquqiy hujjat.

So'nggi yillarda yurtimizda barqaror iqtisodiy o'sishga erishish va rivojlangan davlatlar qatoriga qo'shilish yo'lida keng ko'lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. 2017 -2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasi bu boradagi yangi davrni boshlab berdi deyishimiz mumkin1. 2017 yilning 7 fevral kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo' yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida"gi Farmoni imzolandi. Farmonda belgilangan strategiya loyihasi va unda ko'zda tutilgan muhim strategik masalalar respublikamiz ekspertlari hamda keng jamoatchilik muhokamasidan o'tdi. Strategiya loyihasi o'ta dolzarb, ya'ni aholinining turmush tarzini yanada yaxshilash masalalarini kompleks o'rganish, davlat boshqaruv tizimini isloh qilish, mamlakatda qonunchilik, huquqni muhofaza qilish amaliyoti va xorijiy tajribani tahlil qilish yakunlari bo'yicha ishlab chiqilgan edi. Harakatlar strategiyasini kelajakda beshta ustuvor yo'nalish bo'yicha amalga oshirish ko'zda tutildi. Ma'lumki, so'nggi yillarda amalga oshirilgan keng ko'lamli islohotlar milliy davlatchilik va suverenitetni mustahkamlash, xavfsizlik va huquq-tartibotni, davlatimiz chegaralari daxlsizligini, jamiyatda qonun ustuvorligini, inson huquq va erkinliklarini, millatlararo totuvlik va diniy bag'rikenglik muhitini ta'minlash uchun muhim poydevor bo'ldi.

1 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-sonli Farmoni

233^ 17-aprel, 2024 https://tsue.uz/ Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi

233

Tashkent State University of Economics

O'zbekiston - 2030 strategiyasi: inson salohiyatini ro'yobga chiqarish imkoniyatlari Uzbekistan - 2030 Strategy: _Opportunities to Realize Human Potential

Barchamizga ma'lumki, 2023 yil 11 sentabrda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-158-son "O'zbekiston-2030" strategiyasi to'g'risida Farmoni tasdiqlandi va oradan bir kun o'tib 12 sentabr sanasida kuchga kirdi. Ushbu Qonun doirasida amalga oshirilishi rejalashirilayotgan muhim rejalar orasida xalqimizning erkin va farovon, qudratli Yangi O'zbekistonni barpo etish bo'yicha xohish-irodasini ro'yobga chiqarish, har bir fuqaroga o'z salohiyatini rivojlantirish uchun barcha imkoniyatlarni yaratish, sog'lom, bilimli va ma'naviy barkamol avlodni tarbiyalash, global ishlab chiqarishning muhim bo'g'iniga aylangan kuchli iqtisodiyotni shakllantirish, adolat, qonun ustuvorligi, xavfsizlik va barqarorlikni kafolatli ta'minlash kabi bir qator vazifalar belgilandi. Boshqacha aytganda, "O'zbekiston - 2030" strategiyasida belgilangan maqsad-vazifalar BMTning barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirish uchun o'ziga xos "yo'l xaritasi" vazifasini o'taydi. Mazkur Strategiyani amalga oshirish va uning maqsadli ko'rsatkichlariga erishish barcha davlat organlari va tashkilotlarning eng ustuvor vazifasidir. E'tiborli jihati shundaki "O'zbekiston - 2030" strategiyasida jami 100 ta maqsad, 369 ta chora-tadbir, 190 ta vazifa, 306 ta maqsadli ko'rsatkich bajarilishi va bu borada 118 ta normativ-huquqiy hujjat ishlab chiqilishi ko'zda tutilgan. Ushbu dasturilamal hujjatning ijrosidan yurtimizdagi har bir insonga - qulay imkoniyat, muayyan yengilliklar, moddiy va ma'naviy manfaat yetib, har qaysi oila va xonadon obodlik, to'kinlik, fayz va baraka topishi ko'zda tutilgan. Strategiyadagi jami 100 ta maqsad quyidagi 5 ta ustuvor yo'nalish bo'yicha taqsimlangan:

• birinchi ustuvor yo'nalish - har bir insonga o'z salohiyatini ro'yobga chiqarishi uchun munosib sharoitlar yaratish;

• ikkinchi ustuvor yo'nalish - barqaror iqtisodiy o'sish orqali aholi farovonligini ta'minlash;

• uchinchi ustuvor yo'nalish - suv resurslarini tejash va atrof-muhitni muhofaza qilish;

• to'rtinchi ustuvor yo'nalish - qonun ustuvorligini ta'minlash, xalq xizmatidagi davlat boshqaruvini tashkil etish;

• beshinchi ustuvor yo'nalish - "Xavfsiz va tinchliksevar davlat" tamoyiliga asoslangan siyosatni izchil davom ettirish .

O'zbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 78-sessiyasida 2023 yil 19 sentyabr kuni so'zlagan nutqida e'tirof etganidek, "So'nggi yillarda O'zbekistonda

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston - 2030" strategiyasi to'grisidagi Farmoni, 11.09.2023 yil PF-158-son.

3 O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi. www.lex.uz

234^ 17-aprel, 2024 https://tsue.uz/ Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi

Tashkent State University of Economics

O'zbekiston - 2030 strategiyasi: inson salohiyatini ro'yobga chiqarish imkoniyatlari Uzbekistan - 2030 Strategy: _Opportunities to Realize Human Potential

inson huquqlarini himoya qilish bo'yicha e'tiborga loyiq natijalarga erishdik"4. Tabiiyki, yangi Strategiyamizda bu borada yangi marralar belgilab olindi.

Albatta har bir ustuvor yo'nalish mamlakatimiz rahbari va ma'sul hodimlar tamonidan chuqur tahlil qilingan. Men ushbu maqolamda ikkinchi ustuvor yo'nalish -barqaror iqtisodiy o'sish orqali aholi farovonligini ta'minlash masalasiga alohida to'xtalib o'tmoqchiman. Ta'kidlash joizki ikkinchi ustuvor yo'nalishning dastlabki maqsadi, ya'ni 45-maqsad o'zida strategiyaning asosiy ko'rsatkichlarini ochib bera oladi. Unga ko'ra 2030-yilga qadar iqtisodiyot hajmini 2 barobar oshirish va "daromadi o'rtachadan yuqori bo'lgan davlatlar" qatoriga kirish ustuvor vazifa sifatida belgilangan. Maqsad doirasida yalpi ichki mahsulot hajmini 160 milliard dollarga va aholi jon boshiga daromadlarni 4 ming dollarga yetkazish reja qilingan bo'lib bu orqali makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiy rivojlanishni zarur darajaga yetkazish ko'zda tutilgan. Shu bilan birga pul-kredit, fiskal va tashqi savdo siyosatlarini o'zaro muvofiqlashtirish hamda tovar va xizmatlar bozorida raqobat muhitini yaxshilashga qaratilgan tarkibiy islohotlarni davom ettirish orqali 2030-yilga borib yillik inflatsiyani 5-6 foiz darajasida bo'lishini ta'minlash joriy maqsad tarkibiga kiritilganligi ijtimoiy sohani qo'llab-quvvatlash uchun qay darajada e'tibor berilayotganligining yaqqol isboti deyishimiz mumkin. Iqtisodiyotda transformatsiya va institutsional islohotlarni izchil davom ettirish, mamlakatda qulay investitsion va ishbilarmonlik muhitini ta'minlash hamda muvozanatlashgan pul-kredit siyosatini amalga oshirish, kambag'allikni qisqartirish hamda inflyatsiyaning oldini olish uchun uchun dastak vazifasini o'taydi. Asosiy kapitalga kiritiladigan investitsiyalar hajmining yillik o'rtacha 7 foiz atrofida o'sishini ta'minlash bilan milliy iqtisodiyotning tarkibiy yangilanishini tezlashtirish ko'zda tutilgan. Yo'nalish tarkibida 48 - maqsad ya'ni sanoatning "drayver" sohalarini rivojlantirish va hududlarning sanoat salohiyatini to'liq ishga solishga qaratilgan bo'lib unga ko'ra sanoat tarmoqlarida 2,5 millionta yuqori daromadli ish o'rinlari yaratish, to'qimachilikda ip kalavani qayta ishlash darajasini 100 foizga yetkazish, farmatsevtika sohasida dori vositalariga bo'lgan ehtiyojning 70 foizini ichki ishlab chiqaruvchilar hisobiga qoplash maqsad qilingan. Natijada esa yangi ish o'rinlari yaratish, mehnatga layoqatli aholining katta qismini yuqori daromadli ish bilan ta'minlash hamda mamlakatning ishlab chiqarish infratuzilmasini tubdan isloh qilish ko'zda tutilgan. Undan tashqari hozirda dolzarb bo'lib turgan muammolardan biri "yashil iqtisodiyot"ga ham alohida e'tibor berilgan bo'lib 51 - maqsadda bu haqda so'z boradi. "Yashil iqtisodiyot"ga o'tish, uning asosi bo'lgan qayta tiklanuvchi energiyadan foydalanish ko'rsatkichlarini keskin oshirish doirasida 2030 - yilga kelib qayta

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyevninng BMT Bosh Assambleyasining 78-sessiyasida 2023 yil 19 sentyabr kuni so'zlagan nutqidan.

https://tsue.uz/

17-aprel, 2024

Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi

Tashkent State University of Economics

O'zbekiston - 2030 strategiyasi: inson salohiyatini ro'yobga chiqarish imkoniyatlari Uzbekistan - 2030 Strategy: _Opportunities to Realize Human Potential

tiklanuvchi energiya manbalarini 25 ming mega-vattga yetkazish, qayta tiklanuvchi energiya manbalarining jami iste'moldagi ulushini esa 40 foizga ko'tarish ko'zda tutilgan. 52 - maqsadda esa iqtisodiyot tarmoqlari va aholini zarur energiya resurslari bilan uzluksiz ta'minlash, unga ko'ra elektr energiyasini ishlab chiqarish hajmini 120 milliard kVtga yetkazishga urg'u berilgan bo'lib yakunda elektr energiyasi bilan bog'liq muammolarni bartaraf etishga erishish maqsad qilingan.

Yurtimiz aholisining deyarli yarmini qishloqlarda yashashini inobatga oladigan bo'lsak ularning asosiy daromad manbayi qishloq xo'jaligidir. Strategiyada 54 -maqsad bilan qishloq xo'jaligida hosildorlik va rentabellik darajasini keskin oshirish reja qilingan bo'lib unga ko'ra bir gektardan olinadigan o'rtacha daromadni 3 ming dollardan 5 ming dollarga, qishloq xo'jaligida eksport hajmini yiliga 10 milliard dollarga yetkazish alohida belgilab o'tilgan. Hosildorlik ko'rsatkichlarini paxta bo'yicha o'rtacha 45-50 sentnerga, g'alla bo'yicha o'rtacha 80 - 85 sentnerga yetkazish maqsad qilingan. Paxtada 8 ta, g'allada 12 ta tezpishar serhosil navlarni tanlash va joylashtirishning amalga oshirilishi bilan hosildorlikni oshirishga erishish mumkin. Sohada zamonaviy resurs tejamkor texnologiyalarni paxta va g'alla maydonlarining 40-50 foizida joriy etish, qo'shimcha 300 ming gektar yer maydonini zamonaviy suv tejaydigan texnologiyalarni qo'llash orqali foydalanishga kiritish bilan maqsadga erishish uchun qulay tizim yaratlishi mumkin. Ta'kidlash joizki maqsad tarkibida bizning milliy boyligimiz bo'lgan pillachilik sohasiga ham e'tibor qaratilgan. Pillachilik sohasida klaster tizimi asosida 105 ming gektar yangi tutzorlarni barpo qilish va tizimda 1 milliondan ortiq yangi ish o'rinlari yaratish asosiy vazifa sifatida belgilangan. Soha rivojida klaster tizimining o'z o'rni bo'lib, o'tgan 2023 - yilda qator islohotlar amalga oshirildi. Jumladan agrar-tadbirkorlik sohasida 2023 - yil davomida 55 ta agrosanoat klasterlari faoliyati tashkil etilib, jami klasterlar soni 669 taga yetkazildi. Mavsum yakuniga ko'ra paxta-to'qimachilik klasterlari 153 ta, g'allachilik klasterlari 126 ta, meva-sabzavotchilik klasterlari 136 ta, sholichilik 41 ta, dorivorchilik 8 ta, chorvachilik 34 ta, qorako'lchilik 46 ta, parrandachilik 11 ta, baliqchilik 38 ta va pillachilik 76 tani tashkil etdi. Klasterlar tomonidan sohaga 510 mln. dollar investitsiya jalb qilinib, paxtani qayta ishlash 65 foizga (2022 - yilga nisbatan 832 ming tn yoki 123 foizga oshgan), g'allani qayta ishlash 38 foizga (105 tn yoki 102 foizga), meva-sabzavotni qayta ishlash 92 foizga (110 ming tn yoki 111 foizga) yetkazilgan. Shuningdek, suv tejovchi texnologiyalar - 34,7 ming ga yer maydonlariga o'rnatilib, jami 161,6 ming ga yetkazilgan. Qishloq xo'jaligi texnikalari - 1,1 mingdan ortiq xarid qilinib, texnika bilan ta'minlanish darajasi 92 foizni tashkil etgan. Ushbu tadbirlarni amalga oshirish hisobiga 2023- yil hosili uchun 3,7 mln.tn paxta xomashyosi yetishtirilib, o'rtacha hosildorlik 36,6 s/ga (2022-yilga nisbatan +2,7s/ga) erishilgan. O'tgan yilning o'zida 34 719 nafar (2022-yilga nisbatan 8

236

https://tsue.uz/

^_17-apreL_202£_

Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi

Tashkent State University of Economics

O'zbekiston - 2030 strategiyasi: inson salohiyatini ro'yobga chiqarish imkoniyatlari Uzbekistan - 2030 Strategy: _Opportunities to Realize Human Potential

119 taga ko'p) yangi ish o'rinlari yaratilib, soxada jami 224 796 nafar ishchilarning bandligi ta'minlangan. O'tgan yilning o'zida qishloq xo'jalik mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarga jami 840 mlrd. so'm subsidiya mablag'lari ajratilgan bo'lib ular asosan bog'dorchilik, chorvachilik, ipakchilik, qorako'lchilikni rivojlantirishga va suv tejamkor texnologiyalarni joriy etishga qaratildi. Suv tejamkor texnologiyalarni joriy etishda qishloq xo'jaligi vazirligi tomonidan g'allachilik, sabzavotchilik va ozuqabop ekinlar yo'nalishida 7 463 gektar yer maydonlarida suv tejovchi texnologiyalar tashkil etilgan subyektlarga xarajatlarini bir qismini qoplash maqsadida 26,4 mlrd. so'm subsidiya mablag'lari ajratib berildi. Ma'lumot uchun: g'allachilik yo'nalishida 18,5 mlrd. so'm, kartoshkachilik yo'nalishida 1,6 mlrd.so'm, ozuqabop ekinlar yo'nalishida 5,0 mlrd. so'm, sabzavotchilik yo'nalishida 1,3 mlrd. so'm, subsidiya mablag'lari ajratilgan. 2023 yil yakunlariga ko'ra Respublikaning tashqi savdo aylanmasi 2023 yilda 62,6 mlrd dollar, shundan eksport 24,4 mlrd dollarni tashkil etgan bo'lsa, bu aylanmada qishloq xo'jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarining eksporti qariyb 2 mlrd dollarni yoki umumiy hajmga nisbatan 8,2 foizni tashkil etdi5. Bir so'z bilan aytganda qishloq xo'jalik mahsulotlariga yildan - yilga oshib borayotgan talabni qondirish uchun davlatning intensiv usullar va zamonaviy texnologiyalarni qo'llab - quvvqtlashi eng to'g'ri yechimdir.

Aholining uy-joylarga bo'lgan talabini qondirish 60 - maqsad tarkibida o'z aksini topgan. Hududlarda urbanizatsiya darajasini 51 foizdan 60 foizga, qurilish hajmini yiliga 25 milliard dollarga, "Yangi O'zbekiston" massivlari sonini 100 taga olib chiqish hamda dasturni davom ettirish bilan uy-joy qurilish hajmini 90 mingtaga yetkazish maqsad qilingan. Shu bilan birga, ko'plab muhokamalarga sabab bo'lgan, hududlar infrastrukturasini oshirishga xizmat qiladigan "ochiq budjet"ga ajratiladigan mablag'larni 3 barobar oshirish strategiyada belgilab o'tilgan. Yil davomida "ochiq budjet" dasturi ustida islohotlar olib borildi va yangi mavsumdan amal qiladigan bitta passportga bitta ovoz tizimi bilan kuzatilishi mumkin bo'lgan adolatsizliklarni oldini olish maqsad qilingan. Aytish o'rinliki yildan - yilga toza ichimlik suviga bo'lgan talabning ortib borayotganligini hisobga olgan holda sohani isloh qilish uchun alohida e'tibor berilganligi e'tirof etishga arzigulikdir. Ikkinchi ustuvor yo'nalish tarkibida 61-maqsadda barcha aholi punktlarini toza ichimlik suv va oqova xizmatlari bilan kafolatli ta'minlashning moliyaviy mexanizmlarini joriy qilish, suv ta'minoti korxonalari laboratoriyalarini ichimlik suv sifatini doimiy monitoring qilish uchun zamonaviy laboratoriya jihozlari va reaktivlar bilan jihozlash, markazlashgan kanalizatsiya tizimiga ega bo'lmagan chekka hududlarda mahalliy tozalash inshootlarini tashkil

5 O'zbekiston Respublikasi Qishloq xo'jaligi vazirligining rasmiy sayti. www.agro.uz

237^ 17-aprel, 2024 https://tsue.uz/ Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi

237

Tashkent State University of Economics

O'zbekiston - 2030 strategiyasi: inson salohiyatini ro'yobga chiqarish imkoniyatlari Uzbekistan - 2030 Strategy: _Opportunities to Realize Human Potential

etishni ta'minlash ko'zda tutilgan6 . Bundan ko'rinib turibdiki aholining talab va istaklarini to'laqonli qondirish hukumatimizning doimo asosiy maqsadidir.

Ilmiy-tadqiqot va ishlanmalarni rag'batlantirish, uzluksiz o'rganish va moslashish madaniyatini yuksaltirish, startaplar va kichik biznesni qo'llab-quvvatlash nafaqat individual imkoniyatlarni oshirish, balki iqtisodiyotning umumiy raqobatbardoshligi va barqarorligiga ham hissa qo'shishi mumkin. Barqaror va rivojlangan iqtisodiyotga ega bo'lgan davlat har sohada, jumladan ijtimoiy sohada ham yuqori marralarni zabt etishi turgan gap.

Xulosa qilib aytganda, "O'zbekiston 2030" strategiyasi doirasida inson kapitalini oshirish mamlakatimizning uzoq muddatli barqaror rivojlanishida hal qiluvchi ahamiyatga ega. Ta'lim, kadrlar tayyorlash, tadbirkorlik, innovatsiyalar, sog'liqni saqlash va ijtimoiy himoyaga sarmoya kiritish orqali O'zbekiston o'z fuqarolariga iqtisodiy o'sish, ijtimoiy taraqqiyot va umumiy farovonlikka samarali hissa qo'shish imkoniyatini berishi mumkin. Inson kapitalini rivojlantirishga ustuvor ahamiyat berish nafaqat shaxslarning malaka va imkoniyatlarini oshirish orqali foyda keltiradi, balki mamlakatning jahon iqtisodiyotidagi raqobatbardosh mavqeini mustahkamlaydi. O'zbekiston ana shu asosiy yo'nalishlarga e'tibor qaratib, malakali va moslashuvchan ishchi kuchini yaratishi, bunyodkorlik va tadbirkorlik madaniyatini yuksaltirishi, kelgusi yillarda o'z xalqining umumiy farovonligi va muvaffaqiyatini ta'minlashi mumkin.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respubli kasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-sonli Farmoni.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son Farmoni

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston - 2030" strategiyasi to'grisidagi Farmoni, 11.09.2023 yil PF-158-son.

4. Saidov A. "O'zbekiston - 2030" strategiyasi va inson huquqlari. "Guliston" jurnali. 2023 yil- №5.

5. www.lex.uz - O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi

6. www.stat.uz - O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi rasmiy sayti.

7. www.agro.uz - O'zbekiston Respublikasi Qishloq xo'jaligi vazirligining rasmiy sayti

6 O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi. www.lex.uz

238^ 17-aprel, 2024 https://tsue.uz/ Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi

238

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.