Научная статья на тему '“OʻZBEKISTON – 2030” STRATEGIYASIDA RAQAMLI TRANSFORMATSIYANING ASOSIY YOʻNALISHLARI'

“OʻZBEKISTON – 2030” STRATEGIYASIDA RAQAMLI TRANSFORMATSIYANING ASOSIY YOʻNALISHLARI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

171
62
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
“Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi / raqamlashtirish / raqamli transformatsiya / internet.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Farrux Tojiddinovich Xakimov

Raqamli transformasiya jamiyatni modernizasiya qilish va milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirishda alohida ahamiyatga ega hisoblanadi. Global pandemiya boshlanishi bilan raqamli texnologiyalarning roli sezilarli darajada oʻsdi, bu esa raqamli transformasiyaning, ayniqsa, rivojlanayotgan mamlakatlar, jumladan, Oʻzbekiston uchun muhimligini koʻrsatdi. Shu nuqtai nazardan, amalga oshirilayotgan islohotlar, shuningdek, yangi kelgusi yetti yilga moʻljallangan “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi doirasida barcha asosiy sohalarni raqamlashtirish hamda mamlakatda haqiqiy axborot jamiyatini barpo etishga alohida eʻtibor qaratilmoqda.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «“OʻZBEKISTON – 2030” STRATEGIYASIDA RAQAMLI TRANSFORMATSIYANING ASOSIY YOʻNALISHLARI»

Tashkent State University of Economics

"O'ZBEKISTON - 2030" STRATEGIYASIDA

RAQAMLI TRANSFORMATSIYANING ASOSIY YO'NALISHLARI

Farrux Tojiddinovich Xakimov

"Taraqqiyot strategiyasi" markazi, bo'lim boshlig'i

ANNOTATSIYA

Raqamli transformasiya jamiyatni modernizasiya qilish va milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirishda alohida ahamiyatga ega hisoblanadi. Global pandemiya boshlanishi bilan raqamli texnologiyalarning roli sezilarli darajada o'sdi, bu esa raqamli transformasiyaning, ayniqsa, rivojlanayotgan mamlakatlar, jumladan, O'zbekiston uchun muhimligini ko'rsatdi. Shu nuqtai nazardan, amalga oshirilayotgan islohotlar, shuningdek, yangi kelgusi yetti yilga mo'ljallangan "O'zbekiston - 2030" strategiyasi doirasida barcha asosiy sohalarni raqamlashtirish hamda mamlakatda haqiqiy axborot jamiyatini barpo etishga alohida e'tibor qaratilmoqda.

Kalit so'zlar: "O'zbekiston - 2030" strategiyasi, raqamlashtirish, raqamli transformatsiya, internet.

So'nggi yillardada O'zbekistonda milliy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va raqamli infratuzilmani modernizatsiya qilish maqsadida qator dasturlar samarali amalga oshirildi hamda sohaga katta hajmda sarmoya kiritildi. Jumladan, "Raqamli O'zbekiston - 2030", "2022-2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi", "O'zbekiston - 2030" strategiyasi va boshqa tegishli dasturlar milliy iqtisodiyot, sanoat va umuman jamiyatning raqamli transformatsiyasini amalga oshirishda muhim ahamiyatga egadir. O'zbekiston jamiyatni modernizatsiya qilishda raqamlashtirish kuchini allaqachon anglab yetgan, shu bilan birga COVID-19 pandemiyasi raqamli transformatsiyani qanchalik muhim ekanligini yana bir bor isbotladi [5].

Ma'lumki, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020-yil 5-oktabrdagi PF-6079-sonli Farmoniga asosan "Raqamli O'zbekiston - 2030" Strategiyasi, shuningdek, strategiyani 2020-2022-yillarda amalga oshirish bo'yicha "Yo'l xaritasi" tasdiqlangan edi [2]. Strategiya ikki dasturni: hududlarni raqamlashtirish va tarmoqlarni raqamlashtirishni nazarda tutib, raqamli infratuzilma, elektron hukumat, raqamli texnologiyalar milliy bozori, axborot texnologiyalari sohasida ta'lim va malaka oshirishni rivojlantirish kabi ustuvor yo'nalishlarga qaratilgan.

24

^_17-aprel,_2024_

Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi

Tashkent State University of Economics

"Raqamli O'zbekiston - 2030" Strategiyasini muvaffaqiyatli amalga oshirishning eng muhim shartlari sohaning moliyaviy ta'minoti va aholining raqamli savodxonligini oshirishdan iborat, deb belgilangan. Shunday qilib, hujjatga muvofiq, O'zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi boshqa tegishli davlat organlari bilan birgalikda 2022-yil oxiriga qadar maktabgacha ta'lim, sog'liqni saqlash va umumta'lim maktablarini raqamlashtirishni yakunlash choralarini ko'rishi nazarda tutilgan edi. Mazkur yo'nalishlarda salmoqli ishlar amalga oshirildi. Jumladan, 2024-yilning yanvar oyi holatiga ko'ra, davlat xizmatlarining 56 foizi my.gov.uz orqali taqdim etilgan bo'lsa, mazkur elektron hukumat platformasida davlat xizmatlari soni 575 ga yetdi [9]. 2013-2023-yillar davomida my.gov.uz portali orqali kelib tushgan arizalar soni esa 100 mln.dan oshdi [11].

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti mutaxassislari 2017- 2022-yillarda O'zbekistonning raqamli infratuzilmasida ro'y bergan o'zgarishlarni tahlil qilib, mamlakatda raqamli infratuzilmaning barcha ko'rsatkichlari bo'yicha sezilarli o'sish qayd etilganligini ma'lum qildi [6]. Xususan, mamlakatda "internetga ulanish tezligi 28 barobar oshdi va

2022-yilda 1800 Gbit/s ni tashkil etdi; optik tolali aloqa liniyalarining umumiy uzunligi 7 barobar oshib, 2017-yildagi 24,5 ming km dan 2022-yilda 170 ming km gacha yetdi"[8]. Shuningdek, "Raqamli hukumat" va "Raqamli hudud" dasturlari doirasida

2023-2024-yillarda amalga oshiriladigan 300 ta ustuvor loyihalar O'zbekiston Prezidentining tegishli qarori bilan tasdiqlandi [3]. Qarorga ko'ra, mazkur loyihalarni amalga oshirilishi natijasida "boshqa samarali ko'rsatgichlar qatori aholini sifatli raqamli infratuzilma bilan ta'minlash maqsadida barcha aholi yashash maskanlari 2024-yil yakuniga qadar keng polosali mobil aloqa va keng polosali ma'lumotlar uzatish tarmoqlari bilan to'liq qamrab olinishi belgilangan[3].

Ta'kidlash lozimki, "O'zbekiston - 2030" strategiyasida raqamlashtirish masalasiga alohida e'tibor qaratilgan. Strategiyaning 57-maqsadida raqamli texnologiyalarni rivojlantirgan holda O'zbekistonni Markaziy Osiyoda mintaqaviy "IT-HUB" (o 'qilishi "aytixab ", "xab " - markaz ma 'nosidajga aylantirish ko'zda tutilgan. Shuningdek, mazkur maqsad doirasida 2030-yilgacha "Raqamli hukumat" dasturi orqali 300 ta ustuvor loyihalarni ishga tushirish, "Elektron hukumat" tizimining yangi bosqichi - "Raqamli hukumat" tizimiga o'tilib, barcha hujjatlar va munosabatlarning raqamli shaklda bo'lishini ta'minlash, BMTning Elektron hukumat reytingida top-30 talikka kirishga erishish, xalqaro ahamiyatga ega avtomagistral yo'llarni to'liq mobil internet bilan ta'minlash, barcha aholi punktlarini internet bilan to'liq qamrab olish va uning tezligini 10 barobar oshirish, xalqaro internetga ulanish tezligini 5000 Gbit/s.ga

25

^_i7-apreL_202£_

Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi

Tashkent State University of Economics

O'zbekiston - 2030 strategiyasi: inson salohiyatini ro'yobga chiqarish imkoniyatlari Uzbekistan - 2030 Strategy: Opportunities to Realize Human Potential

yetkazish, optik tolali aloqa Hniyalari va keng polosali ma'lumot uzatish tarmoqlarining qamrovini 100 foizga yetkazish, IT-park rezidentlari sonini 10 barobar oshirish, ular tomonidan ko'rsatilgan xizmatlar hajmining yalpi ichki mahsulotdagi ulushini 2,2 foizga yetkazish va ularda yaratilgan ish o'rinlari sonini 100 mingtaga yetkazish, IT-parkda xorijiy kompaniyalar uchun "Raqamli texnologiyalar xalqaro markazi"ni tashkil qilish orqali xorijiy kompaniyalar vakolatxonalari sonini 1000 taga yetkazish, startap loyihalarni IT-parkning akseleratsiya (rivojlantirish) dasturi orqali qo'llab-quvvatlash yo'li bilan milliy bozor kapitallashuvini 1 milliard dollarga teng birinchi (Unicorn) startap loyihasini chiqarish, shuningdek, IT xizmatlar va dasturiy mahsulotlar eksporti hajmini 5 milliard dollarga yetkazish belgilangan [1].

Qolaversa, "O'zbekiston - 2030" strategiyasida davlat xizmatlarini raqamlashtirishning ko'lamini kengaytirish orqali aholi uchun "Servis davlat" tizimini joriy qilish, fuqaro va davlat o'rtasidagi munosabatlarda byurokratik tartibotlarga barham berish (77-maqsad) maqsadida davlat xizmatlarini "3 qadam", "foydalanuvchi uchun moslashtirilgan", "barchasi bir mobil ilovada" tamoyillari asosida raqamlashtirish hamda "Elektron hukumat" tizimining yangi bosqichi - "Raqamli hukumat" tizimiga o'tilib, barcha hujjatlar va munosabatlarning raqamli shaklda bo'lishini ta'minlash ko'zda tutilgan [1].

Shuningdek, davlat boshqaruvini markaziy va hududiy bo'gimlarini hamda ular xizmatlarini raqamlashtirish, xususan mahallalarda aholi bilan ishlashga qaratilgan jarayonlarni 100 foiz raqamlashtirib, har bir mahallada "elektron xizmat nuqtalari"ni ishga tushirish rejalashtirilgan (74-maqsadning 4-bandi). Shuningdek, Mahalliy kengashlar faoliyatida jamoatchilik ishtiroki uchun zarur sharoitlarni yaratish, fuqarolik jamiyati institutlarini keng jalb qilish, ularning faoliyatini bosqichma-bosqich raqamlashtirish (75-maqsadning 2-bandi), bundan tashqari davlat boshqaruvi organlari faoliyatini "Xalq xizmatidagi davlat" tamoyili asosida tashkil etish maqsadida davlat boshqaruvida mavjud bo'lgan 5 mingga yaqin funksiyani amalga oshirish jarayonlarini 100 foiz raqamlashtirish (78-maqsadning 2-bandi) ko'zda tutilgan[1]. Oliy Majlis palatalari va siyosiy partiyalar rolini yanada oshirish maqsadida Parlament va uning organlari ish jarayonlarini raqamli transformatsiya qilish, shu jumladan ular tomonidan qarorlar qabul qilish va e'lon qilish jarayonlarini 100 foiz raqamlashtirish belgilangan (79-maqsad) [1].

Bundan tashqari, "O'zbekiston - 2030" strategiyasida tibbiyot sohasida raqamli texnologiyalarni keng joriy qilish orqali tibbiyot muassasalarini raqamlashtirishni 100 foizga yetkazish rejalashtirilgan. Shuningdek, mamlakatimiz bo'ylab barcha kutubxonalar fondini to'liq raqamlashtirish (8-maqsadning 3-bandi), 40 millionga yaqin

26

^_i7-apreL_202£_

Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi

Tashkent State University of Economics

kitob fondini raqamlashtirish (39-maqsadning 4-bandi), 2,5 million muzey ashyosini raqamlashtirish (42-maqsadning 6-bandi) belgilangan [1].

Jumladan, barcha turdagi energiya resurslari hisobini yuritishni to'liq raqamlashtirish (57-maqsadning 7-bandi), soliq tizimini to'liq raqamlashtirish, soddalashtirish va barcha tadbirkorlar uchun teng imkoniyatlar yaratish (56-maqsadning 7-bandi), yagona elektron reyestr yaratish orqali jinoyat ishi qo'zg'atilishidan tortib ish yuzasidan hukm chiqarilguniga qadar bo'lgan jarayonni individual raqam va QR kodi orqali kuzatib borish imkoniyatini joriy qilish hamda dalillarni to'plash va mustahkamlash faoliyatini zamonaviy texnologiyalar va so'nggi ilmiy yutuqlarni joriy qilish orqali to'liq raqamlashtirish (87-maqsad), shuningdek, Qurolli Kuchlarning raqamli salohiyatini oshirish va axborot xavfsizligini ta'minlash, harbiy xizmatchilarning zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish borasidagi bilim va ko'nikmalarini oshirish kabi maqsadlar [1] "O'zbekiston - 2030" strategiyasining maqsad va vazifalari sifatida belgilangan.

So'nggi yillarda dunyoning ko'plab mamlakatlarida elektron hukumatni takomillashtirish bo'yicha keng qamrovli siyosatni jadallashtirish orqali davlat boshqaruvi samaradorligini va ularning shaffofligini oshirish uchun katta sa'y-harakatlar amalga oshirilmoqda. Birlashgan Millatlar Tashkilotining 2022-yilda e'lon qilingan Elektron hukumat tadqiqotida Markaziy Osiyoning barcha besh davlatlarining Elektron hukumatni rivojlantirish indeksi - EGDI bo'yicha natijalari quyidagi ko'rsatgichlarni namoyon qilgan: Qozog'iston juda yuqori EGDI ko'rsatkichi bilan 193 ta mamlakat ichida 28-o'rinda - 0,8628 ko'rsatgichi bilan, O'zbekiston 69-o'rin (mintaqada ikkinchi) yuqori EGDI - 0,7265, Qirg'iziston 81-o'rin, shuningdek, yuqori EGDI - 0,6977 hamda ikki davlat - Tojikiston 129-o'rinda o'rtacha EGDI 0,5039 va Turkmaniston 0,4808 o'rtacha EGDI bilan 137-o'rinda baholangan [4]. "O'zbekiston - 2030" strategiyasida 2030-yilgacha BMTning Elektron hukumat reytingida yetakchi 30 ta davlatlardan biriga erishish belgilangan (57-maqsadning 3-bandi) [1].

Darhaqiqat, global pandemiya va umuman olganda, raqamli texnologiyalar pandemiyadan keyingi tiklanishda, shuningdek, barqaror iqtisodiyotni qurishda Markaziy rol o'ynaydi. Shu bois, raqamlashtirish va raqamli transformasiya O'zbekiston kabi rivojlanayotgan mamlakatlar uchun asosiy ustuvor vazifa bo'lishi lozim. So'nggi davr ichida O'zbekiston AKTni rivojlantirish va raqamlashtirish sohasida, ayniqsa, elektron davlat xizmatlarini ko'rsatishda yuqori natijalarga erishdi. Shu bilan birga, Janubiy Koreya, Rossiya, Estoniya, Xitoy bilan davom etayotgan hamkorlik bilan bir qatorda, Germaniya, Buyuk Britaniya, AQSh, Singapur, Yaponiya kabi texnologik

27

^_i7-apreL_202£_

Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi

Tashkent State University of Economics

jihatdan rivojlangan davlatlarni mamlakatning IT-sektoriga jalb qilish, xalqaro hamkorlarning geografiyasini diversifikasiya qilish muhim ahamiyatga ega. Raqamli ekotizimga, IT infratuzilmasiga va elektron xizmatlarga investisiyalar milliy iqtisodiyotni yanada modernizasiya qilish va barcha sohalarda inklyuziv o'sishni jadallashtirishga xizmat qiladi.

REFERENCES

1. "O'zbekiston - 2030" strategiyasi to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 11.09.2023-yildagi PF-158-son Farmoni.

2. "Raqamli O'zbekiston - 2030" strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 05.10.2020-yildagi PF-6079-son Farmoni.

3. "Raqamli xizmatlar qamrovi va sifatini oshirish hamda soha, tarmoq va hududlarni raqamli transformatsiya qilish chora-tadbirlari to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 24.05.2023 yildagi PQ-162-son qarori.

4. 2022 United Nations E-Government Survey. UN Department of Economic and Social Affairs. September 29, 2022.

5. Avliyokulov, B. "Speeding up digital transformation to tackle COVID-19 in Uzbekistan." UNDP Europe and Central Asia. August 19, 2020.

6. Daryo internet-nashri. O'zbekistonda so'nggi olti yilda aholining internetdan foydalanish imkoni ikki barobar ko'paydi. 24.03.2023.

8. Makroiqtisodiy va hususiy tadqiqotlar instituti. 2017- 2022-yillarda O'zbekistonning raqamli infratuzilmasida ro'y bergan o'zgarishlar. 23.03.2023

9. Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi. 2024-yilning ilk kunlarida biz sizlarga mamnuniyat bilan my.gov.uz orqali (YIDXP) ko'rsatilayotgan xizmatlar soni 570 tadan oshganini ma'lum qilamiz. 04.01.2024.

11. Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali. My.gov.uz portali orqali kelib tushgan arizalar soni 100 000 000 dan oshdi. 17.10.2023.

28

^_17-aprel,_2024_

Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.