Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTONNING ELEKTRON HUKUMATNI RIVOJLANTIRISH INDEKSIDAGI O‘RNINI XORIJIY TAJRIBALAR ASOSIDA YAXSHILASH ISTIQBOLLARI'

O‘ZBEKISTONNING ELEKTRON HUKUMATNI RIVOJLANTIRISH INDEKSIDAGI O‘RNINI XORIJIY TAJRIBALAR ASOSIDA YAXSHILASH ISTIQBOLLARI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
171
33
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
Elektron hukumat / Elektron hukumatni rivojlantirish indeksi / onlayn xizmatlar / telekommunikatsiya infratuzilmasi / inson kapitali / elektron ishtirok indeksi.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Mamatov Alisher Shavkat O‘G‘Li

Ushbu maqolada O‘zbekistonda Elektron hukumat tizimining joriy etilishi, ushbu yo‘nalish bo‘yicha xalqaro reytinglardagi o‘rni, joriy yilgacha amalga oshirilgan ishlar va istqbolli rejalari keltirib o‘tilgan. Shu bilan birga O‘zbekiston BMTning Elektron hukumatni rivojlantirish reytingidagi so‘ngi 10 yillik natijalalari qiyosiy tahlil qilinib, Elektron hukumatni rivojlantirish indekslari bo‘yicha yuqori pog‘onalarda turgan Daniya, Finlandiya va Janubiy Koreya tajribalari o‘rganilgan. Shuningdek, mamlakatimizni onlayn xizmatlar, telekommunikatsiya infratuzilmasi va inson kapitali indekslaridagi o‘rinlarini yaxshilash bo‘yicha rivojlangan xorijiy davlatlar tajribasidan foydalanish bo‘yicha taklif va tavsiyalar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTONNING ELEKTRON HUKUMATNI RIVOJLANTIRISH INDEKSIDAGI O‘RNINI XORIJIY TAJRIBALAR ASOSIDA YAXSHILASH ISTIQBOLLARI»

0 n 0 Q IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L O AND INDEXES: THEORY, PRACTICE, AND STRATEGY

O'ZBEKISTONNING ELEKTRON HUKUMATNI RIVOJLANTIRISH INDEKSIDAGI O'RNINI XORIJIY TAJRIBALAR ASOSIDA YAXSHILASH ISTIQBOLLARI

Mamatov Alisher Shavkat o'g'li

Katta o'qituvchi, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi

akademiyasi a.mamatov1991@gmail.com, Tel.: 93-043-91-91 https://doi.org/10.5281/zenodo.10136576

Annotatsiya. Ushbu maqolada O'zbekistonda Elektron hukumat tizimining joriy etilishi, ushbu yo'nalish bo'yicha xalqaro reytinglardagi o 'mi, joriy yilgacha amalga oshirilgan ishlar va istqbolli rejalari keltirib o'tilgan. Shu bilan birga O'zbekiston BMTning Elektron hukumatni rivojlantirish reytingidagi so'ngi 10 yillik natijalalari qiyosiy tahlil qilinib, Elektron hukumatni rivojlantirish indekslari bo'yicha yuqori pog'onalarda turgan Daniya, Finlandiya va Janubiy Koreya tajribalari o'rganilgan. Shuningdek, mamlakatimizni onlayn xizmatlar, telekommunikatsiya infratuzilmasi va inson kapitali indekslaridagi o'rinlarini yaxshilash bo'yicha rivojlangan xorijiy davlatlar tajribasidan foydalanish bo'yicha taklif va tavsiyalar berilgan.

Kalit so'zlar: Elektron hukumat, Elektron hukumatni rivojlantirish indeksi, onlayn xizmatlar, telekommunikatsiya infratuzilmasi, inson kapitali, elektron ishtirok indeksi.

Аннотация. В данной статье упоминается внедрение системы «Электронного правительства» в Узбекистане, ее место в международных рейтингах в этом направлении, проделанная до текущего года работа и перспективные планы. Кроме того, были сопоставлены результаты последних десятилетий Узбекистана в Рейтинге ООН по развитию электронного правительства, а также изучен опыт Дании, Финляндии и Южной Кореи, которые находятся на вершине Индекса развития электронного правительства. Кроме того, были даны предложения и рекомендации по использованию опыта развитых зарубежных стран для улучшения позиций нашей страны в сфере онлайн-услуг, телекоммуникационной инфраструктуры и показателей человеческого капитала.

Ключевые слова: Электронное правительство, Индекс развития электронного правительства, Онлайн-услуги, Телекоммуникационная инфраструктура, Человеческий капитал, Индекс электронного участия.

Abstract. In this article, the implementation of the E-government system in Uzbekistan, its place in the international rankings in this direction, the work carried out until this year and perspective plans are mentioned. As well as, the results of the last decades of Uzbekistan in the UN E-Government Development Ranking were compared, also the experiences of Denmark, Finland and South Korea, which are at the top of the E-Government Development Index were studied. In addition, suggestions and recommendations were given on using the experience of developed foreign countries to improve the position of our country in online services, telecommunication infrastructure and human capital indices.

Keywords: E-Government, E-Government Development Index, Online Services, Telecommunication Infrastructure, Human Capital, E-Participation Index.

Hozirgi globallashuv jarayonida har bir davlatning oldiga qo'ygan asosiy maqsadi barcha sohalarga zamonaviy raqamli texnologiyalarni keng joriy etish orqali nafaqat mamlakatning dunyo

reytingini ko'tarish, balki aholi farovonligini ta'minlashda ham texnologiyalarning o'rni va samaradorligi yuqori ahamiyat kasb etayotganligini ko'rishimiz mumkin. Bu borada, "Elektron hukumat" tizimini keng joriy etish natijasida davlat tashkilotlari va xususiy sektor sub'ektlari tomonidan ko'rsatilayotgan xizmatlarni elektron shaklga o'tkazish orqali aholini davlat xizmatlaridan internetga ulangan holda istalgan joydan turib, kunning istalgan vaqtida foydalanish imkoniyatini yaratib berishdir. Shuningdek, raqamli infratuzilmani yaxshilash orqali nafaqat ijtimoiy ob'ektlar, balki, aholi yashash joylarini ham yuqori tezlikdagi internet bilan ta'minlash elektron hukumatni rivojlantirishning eng muhim ko'rsatkichlaridan biridir.

"Elektron hukumat" tizimini yanada takomillashtirish borasida mamlakatimizda so'ngi yillarda jadal islohotlar olib borilmoqda. Bularga, Prezidentimizning 2020 yil 28 apreldagi PF-4699-sonli "Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida"gi va Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 25 iyundagi 409-sonli "O'zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi tizimidagi ayrim tashkilotlarning faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Farmonlari asosida O'zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzurida huzurida "Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi" tashkil etildi. Ushbu markaz respublikamizda "Raqamli hukumat" tizimi doirasida axborot - kommunikasiya texnologiyalari sohasidagi loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirishning samarali va shaffof mexanizmlarini yaratuvchi, shu bilan birga, ushbu sohadagi loyihalar, loyiha va texnik hujjatlarni sifatli ekspertizadan o'tkazishni ta'minlovchi tashkilot sifatida faoliyat yuritmoqda.

Shuningdek, 2020 yil 5-oktyabrdagi ""Raqamli O'zbekiston - 2030" strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-6079-son O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonining qabul qilinishi natijasida, zamonaviy axborot-kommunikasiya va raqamli texnologiyalarni O'zbekiston Respublikasidagi barcha sohalarda keng joriy etish hamda elektron hukumatni rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlari belgilab berildi. Ushbu strategiyada aholi punktlarini Internet tarmog'iga ulash darajasi, shu jumladan keng polosali ulanish portlarini 2,5 mln.gacha ko'paytirish, 20 ming kilometr optik-tolali aloqa liniyalarini qurish va mobil aloqa tarmoqlarini rivojlantirish orqali 78%dan 95%ga yetkazish nazarda tutilgan. Bundan tashqari, ushbu strategiyada Elektron hukumatni rivojlantirish maqsadida quyidagi tadbirlar amalga oshirish belgilab qo'yilgan:

- mamlakat miqyosida sifatli va talab yuqori bo'lgan elektron davlat xizmatlarini yanada kengaytirish, bosqichma-bosqich barcha davlat xizmatlarini raqamli shaklga o'tkazish, shu jumladan ko'rsatilayotgan avtomatlashtirilgan xizmatlar ulushini 2022 yilga qadar 60 foizga yetkazish;

- elektron hukumat axborot tizimlarini ishlab chiqishda yagona texnologik yondashuvni ta'minlash, shu jumladan ochiq kodli dasturiy ta'minotdan foydalangan holda davlat organlarining idoraviy tizimlarini ishlab chiqish xarajatlarini qisqartirish;

Elektron hukumat - davlat organlarining jismoniy va yuridik shaxslarga axborot-kommunikasiya texnologiyalarini qo'llash yo'li bilan davlat xizmatlari ko'rsatishga doir faoliyatini, shuningdek idoralararo elektron hamkorlik qilishni ta'minlashga qaratilgan tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar va texnik

- iste'molchilar talabidan kelib chiqqan holda ochiq davlat ma'lumotlarini ishlab chiqish, shakllantirish va ulardan foydalanish mexanizmlarini takomillashtirish, shuningdek, «ochiq ma'lumotlar»ga asoslangan davlat mobil ilovalari va dasturlari ulushini oshirish;

- davlat ma'lumotlarini boshqarishning yagona tizimini shakllantirish orqali davlat boshqaruvida ma'lumotlarni to'plash va raqamlashtirish uchun kerak bo'lgan barcha resurslarni yaratish orqali asoslangan qarorlarni qabul qilishni avtomatik ravishda shakllantirish va boshqalar.

O'zbekistonda ham barcha sohalarga zamonaviy raqamli texnologiyalarni keng joriy etish orqali 2030 yilga qadar innovatsion taraqqiy etgan yetakchi davlatlar qatoridan o'rin egallash ustuvor vazifa sifatida belgilangan.

Elektron hukumatni rivojlantirish indeksi (E-Government Development Index, EGDI) Birlashgan Millatlar Tashkilotiga (BMT) a'zo davlatlarning elektron hukumatni rivojlantirish holatini taqdim etadi. Unga ko'ra BMTning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish departamenti har ikki yilda bir marta 193 a'zo mamlakatlar ichida elektron hukumat rivojlanish indeksi reytingini baholash maqsadida surov o'tkazadi. BMTning elektron hukumat rivojlanish reytingi mamlakatdagi qaror kabul qiluvchi shaxslar uchun kuchli va kuchsiz tomonlarini aniqlashning instrumental vositasi sifatida xizmat qiladi. Shuningdek, Indeks mamlakatlarda davlat idoralarining rasmiy veb-saytlarini rivojlanish mezonlarini baholash bilan bir qatorda, raqamli infratuzilma va ta'lim darajasi kabi kirish xususiyatlarini o'z ichiga oladi. Bu esa davlatlar o'z aholisi uchun joriy etgan elektron davlat xizmatlari va axborot texnologiyalaridan qanday foydalanayotganini aks ettiradi.

Indeksda elektron hukumatning uchta muhim subindeksi bor (1-rasm).

Onlayn xizmatlar indeksi

Telekommunikasiya infratuzilmasi indeksi

Inson kapitali indeksi

1-rasm. Elektron hukumat rivojlanish indeksi1. Onlayn xizmatlar indeksi (Online Service Index, OSI).

Elektron hukumat rivojlanish reytingining onlayn xizmatlar indeksida davlatlarning asosan 10 ta milliy veb-saytlar BMT ekspertlari tomonidan baholashidan o'tkaziladi. Bular:

- Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi portali;

- Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi portali;

- Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligi portali;

- Sog'liqni saqlash vazirligi portali;

- Iqtisodiyot va moliya vazirligi portali;

- Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi vazirligi portali;

- Davlat soliq qo'mitasi portali;

- Davlat bojxona qo'mitasi portali;

- Hukumat portali;

- Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidir.

Bunda yuqorida keltirilgan milliy veb-saytlar o'zlarining fuqarolariga onlayn xizmatlar ko'rsatish qobiliyati baholanadi.

BMT onlayn xizmatlar rivojlanishining quyidagi to'rtta bosqichini o'z ichiga oladi. Ya'ni: 1-bosqich. Axborot xizmatlarining paydo bo'lish bosqichi:

0 n 0 Q IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L O AND INDEXES: THEORY, PRACTICE, AND STRATEGY

Davlat organlari veb-saytlari davlat siyosati, boshqaruv, me'yoriy-huquqiy asoslar, davlat xizmatlari turlari haqidagi ma'lumotlarni o'z ichiga oladi. Davlat organlari veb-saytlari vazirliklar va boshqa davlat idoralariga havolalarga ega bo'ladi. Fuqarolar osonlik bilan davlat organlari haqida ma'lumot olishlari va havolalar orqali harakat qilishlari mumkin bo'ladi.

2-bosqich. Kengaytirilgan axborot xizmatlari:

Davlat organlari veb-saytlari fuqarolar bilan bir tomonlama yoki davlat xizmatlari va tizimlari uchun shakllarni ko'chirib olish kabi ikki tomonlama aloqalarni ta'minlaydi. Davlat organlari veb-saytlari audio va video imkoniyatlariga hamda ko'p tilli interfeysga ega bo'ladi.

3-bosqich. Tranzaksion xizmatlar:

Davlat organlari veb-saytlari davlat siyosati, davlat dasturlari va me'yoriy-hujjatlar haqida ma'lumotlar olish va so'rovlar jo'natish kabi fuqarolar bilan ikki tomonlama aloqaga ega bo'ladi. Tranzaksiya muvaffaqiyatli yakunlanishi uchun fuqarolardan autentifikasiyadan o'tish talab etiladi. Davlat organlari veb-saytlari elektron ovoz berish kabi moliyaviy bo'lmagan tranzaksiyalar, turli xil shakldagi ma'lumotlarni ko'chirib olish yoki joylashtirish, soliqlarni onlayn to'ldirish, sertifikatlar, lisenziyalar va ruxsatnomalar uchun so'rovlar jo'natish operatsiyalarini amalga oshiradi. Shuningdek, ular xavfsiz tarmoq orqali moliyaviy tranzaksiyalarni ham amalga oshirishadi.

4-bosqich. Bog'langan xizmatlar:

Davlat organlari veb-saytlari hukumat bilan fuqarolar o'rtasidagi o'zaro munosabat usulini o'zgartiradi. Axborot, ma'lumotlar va bilimlar hukumatdan fuqarolarga integratsiyalashgan tizimlar orqali uzatiladi.

Hukumatga yo'naltirilgan yondashuvdan fuqarolarga yo'naltirilgan yondashuvga o'tiladi. Qaror qabul qilishda fuqarolarning hukumat faoliyatida faol ishtirok etish imkoniyatlarini kengaytirishlari uchun muhit yaratiladi.

Bundan tashqari fuqarolarning elektron ishtirok etishi va qarorlar qabul qilish jarayonida qatnashishlari hukumat tomonidan rag'batlantiriladi. Bu elektron hukumatning eng murakkab darajasi hisoblanadi. U quyidagilar bilan xarakterlanadi:

1. Gorizontal bog'lanishlar (davlat organlari o'rtasida);

2. Vertikal bog'lanishlar (markaziy va mahalliy davlat organlari o'rtasida);

3. Infratuzilmaviy bog'lanishlar (moslashuvchanlik);

4. Davlat organlari va fuqarolar o'rtasidagi bog'lanishlar;

5. Manfaatdor tomonlar o'rtasida bog'lanishlar (davlat organlari, xususiy sektor, ta'lim muassasalari, nodavlat tashkilotlar va fuqarolik jamiyati).

2. Telekommunikasiya infratuzilmasi indeksi (Telecommunication Infrastructure Index, TII).

Telekommunikasiya infratuzilmasi indeksi elektron xizmatlarni yetkazib berish bilan bog'liq aloqa tarmoqlari infratuzilmasiga taaluqli quyidagi besh asosiy ko'rsatkichlar yig'indisidan iborat. Har bir holatda Xalqaro elektraloqa ittifoqi (International Telecommunication Union, ITU) asosiy manba hisoblanadi.

Beshta ko'rsatkichlar:

1. 100 kishiga nisbatan internet foydalanuvchilar ulushi;

2. 100 kishiga nisbatan telefon liniyalari ulushi;

3. 100 kishiga nisbatan uyali aloqa foydalanuvchilari ulushi;

4. 100 kishiga nisbatan ajratilgan keng polosali tarmoq ulushi;

5. 100 kishiga nisbatan simsiz keng polosali tarmoq ulushi.

Ushbu indeksda mamlakatlarning raqamli infratuzilmasi, ijtimoiy ob'ektlarni tarmoqqa ulanganligi, aholisini arzon va sifatli telekommunikasiya liniyalari bilan ta'minlanganligi baholanadi.

3. Inson kapitali indeksi (Human Capital Index, HCI).

Inson kapitali indeksi ikkita ko'rsatkichdan iborat bo'lib, ular:

- yoshi kattalarning raqamli savodxonlik darajasi;

- boshlang'ich, o'rta va o'rta maxsus ta'limni o'z ichiga olgan yoshlarning raqamli savodxonlik darajasi.

Bunda yoshi kattalarning raqamli savodxonlik darajasiga 2/3 qism va yoshlarning raqamli savodxonlik darajasiga 1/3 qism beriladi. Davlatlarning aholi to'g'risidagi ma'lumotlari asosan YUNESKO ma'lumotlariga asoslanadi va BMT taraqqiyot dasturining inson rivojlanishi hisoboti

bilan to'ldiriladi.^GD/ =

OSI+TII+HCI 3

Mamlakatlarning elektron hukumatni rivojlanish reytingi asosan yuqorida keltirilgan formula orqali hisoblanadi.

Yuqorida keltirilgan indekstan tashqari elektron ishtirok indeksi (E-Participation Index, EPI) BMTning elektron hukumat so'roviga qo'shimcha indeks sifatida olingan. Elektron ishtirokni tushunish u qo'llab-quvvatlaydigan jarayondan boshlanadi. U axborot darajasiga ega bo'lgan shart sifatida boshlanadi, bunda hukumat o'z fuqarolariga siyosiy saylovlarda elektron ovoz berish, meyoriy-huquqiy hujjatlarni qabul qilinishida ishtirok etish, onlayn konsultasiya va boshqa jarayonlarda elektron shaklda qatnashish imkonini beradi. BMTning elektron ishtiroki doirasidagi uch bosqichli tuzilma turi bilan chambarchas bog'liq. Elektron ishtirok asosan uchta komponentdan, ya'ni:

- elektron ma'lumot;

- elektron konsultasiya;

- elektron qaror qabul qilishdan iborat.

Elektron ma'lumot: Fuqarolarga ommaviy axborotni taqdim etish va ma'lumotlarga talabsiz yoki talabga binoan kirish orqali ishtirok etishni ta'minlashni anglatadi.

Elektron konsultasiya: Fuqarolarni davlat siyosati va xizmatlariga hissa qo'shish va muhokama qilishga jalb qilishda qatnashishi tushuniladi.

Elektron qarorlar qabul qilish: bunda davlatning meyoriy-huquqiy hujjatlarni yaratishda birgalikda ishlab chiqish, xizmat komponentlari va yetkazib berish usullarini birgalikda ishlab chiqarish orqali fuqarolarning imkoniyatlarini kengaytirish.

Mamlakatning EPI boshqa barcha mamlakatlarga nisbatan hukumat tomonidan qo'llaniladigan elektron ishtirok etish mexanizmlarini aks ettiradi. Ushbu choraning maqsadi biron bir aniq amaliyotni belgilash emas, balki turli mamlakatlar hukumat va uning xalqi, shuningdek, odamlar o'rtasidagi o'zaro hamkorlikni barcha manfaati uchun rag'batlantirishda onlayn vositalardan qanday foydalanayotgani haqida tushuncha berishdan iboratdir.

Bugungi kunda elektron hukumatni rivojlantirish darajasiga ko'ra dunyodagi mamlakatlar reytingida O'zbekiston mavqei ancha ko'tarilgan. BMTning Elektron hukumat bo'yicha 2022 yilgi tadqiqotida O'zbekiston 18 pog'ona yuqori o'ringa ko'tarildi va 193 davlat orasida 69-o'rinni egalladi. Bu ham albatta respublikamizda elektron hukumat tizimini jadal rivojlanayotganligini agnlatadi desak mubolag'a bo'lmaydi.

1-jadval. Dunyo mamlakatlarining "Elektron hukumat"ni rivojlantirish reytingi (2022 yil)

0 n 0 Q IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L O AND INDEXES: THEORY, PRACTICE, AND STRATEGY

O'rni Davlatlar Hizmatlar qamrovi

1 Daniya 97,17 %

2 Finlandiya 95, 33 %

3 Janubiy Koreya 95, 29 %

4 Yangi Zellandiya 94, 32 %

5 Islandiya 94, 10 %

6 Shvetsiya 94, 10 %

7 Avstraliya 94, 05 %

8 Estoniya 93, 93 %

9 Niderlandiya 93, 84 %

10 AQSh 91, 51 %

69 O'zbekiston 72, 65 %

O'zbekiston Respublikasini EGDI bo'yicha yuqoriga ko'tarilishiga asosan 3 ta subindeks bo'yicha keng ko'lamli ishlar amalga oshirilayotganligi sabab bo'lmoqda. Bunga misol sifatida yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (www.my.gov.uz) 2022 yakunida 370 ta elektron davlat xizmatlarini joriy etilganligi, shuningdek mamlakatimizning barcha ijtimoiy ob'ektlari Internet tarmog'iga ulanganligi hamda 2023 yilning oktyabr oyiga qadar electron davlat xizmatlari soni 500 tadan oshganligi, shuningdek, yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali 35 mln.ga yaqin onlayn arizalarga xizmat ko'rsatilganligini ko'rishimiz mumkin.

Telekommunikatsiya sohasidagi amalga oshirilayotgan ishlar natijasida xalqaro internet tarmog'iga ulanishning umumiy o'tkazuvchanlik imkoniyatini 2022-yilda 3 200 Gigabit/sekundni tashkil etdi. Shuningdek, bugungi kunga kelib 98 foiz aholi maskanlari mobil internet bilan qamrab olingan, 65 foiz uy xo'jaliklariga yuqori tezlikdagi internetga ulanish imkoni yaratilgan bo'lib, "O'zbektelekom" AK ma'lumotlarni saqlash va qayta ishlash markazini yaratish" loyihasi doirasida 70 ta telekommunikatsiya shkaflari, 194 ta bleyd-serverlar, 5 Petabayt ma'lumotlarni saqlash tizimiga ega ma'lumotlarni saqlash va qayta ishlash markazi ishga tushirildi hamda mavjud Ma'lumotlarni saqlash va qayta ishlash markazi 40 ta bleyd-server va ma'lumotlar saqlash tizimi 5 Petabayt hajmga kengaytirildi.

Bundan ko'rinib turibdiki O'zbekistonda so'ngi yillarda raqamli infratuzilmani yaxshilanishi natijasida EGDI ning telekommunikasiya infratuzilmasi subindeksida ham yuqori o'rinlarga ko'tarilishiga asos bo'lmoqda.

EGDI ko'rsatkichlari EGDI reytingi

-0,726 69

81

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

-0,666 87

0,620

2018 2020 2022 2018 2020 2022

3-rasm. 2018-2022 yillar mobaynida O'zbekistonning EGDI dagi ko'rsatkichlari va reytingi.

2022 yilga kelib O'zbekiston EGDI ning onlayn xizmatlar indeksida 0,7440, telekommunikasiya infratuzilmasi indeksida 0,6575 va inson kapitali indeksida 0,7778 ko'rsatkichlari bilan 69 o'ringa ko'tarildi. Bundan tashqari ushbu yilgi elektron ishtirok indeksida 0,6136 ko'rsatkich bilan 55 o'rinni egalladi. Bu indeks bo'yicha O'zbekiston 2020 yilda 46 o'rinni egallagan edi. Bundan ko'rinib turibdiki O'zbekiston BMTning elektron hukumatni rivojlantirish indeksida o'z o'rnini yanada yaxshilashi uchun asosan past ko'rsatkichlarni egallab turgan telekommunikasiya infratuzilmasi va elektron ishtirokini rivojlantirishi talab etiladi.

Telekommunikasiya infratuzilmasi bo'yicha Estoniya davlati tajribasidan foydalanish mumkin. To'g'ri ushbu davlat hududi jihatdan ancha kichkina bo'lishiga qaramay 1996 yilda internet bilan ta'minlanganlik darajasi 98 foizga yetgan.

Elektron ishtirok bo'yicha esa Janubiy Koreya va Yaponiya tajribalaridan foydalanilsa maqsadga muvofiq bo'lar edi. Sababi 2020 yilda Janubiy Koreya elektron ishtirok indeksida yetakchilik qilgan bo'lsa, hozirgi kunga kelib Yaponiya bu ko'rsatkich bo'yicha yaqqol peshqadam hisoblanadi.

Shu bilan birga, O'zbekiston Respublikasi 2022 yilgi EGDI reytingi bo'yicha Osiyo davlatlari orasida 19 o'rinni, Markaziy Osiyo davlatlari orasida esa Qozog'istondan keyingi o'rinni egalladi.

BMTga a'zo 193 ta davlatning elektron hukumat bo'yicha 2022 yilgi reytingida - onlayn xizmatlar ko'lami va sifati, telekommunikasiya infratuzilmasi holati va mavjud inson salohiyati bo'yicha - Daniya, Finlandiya va Janubiy Koreya yetakchilik qilmoqda, keyingi o'rinlarda esa Yangi Zelandiya, Islandiya, Shvesiya, Avstraliya, Estoniya, Niderlandiya va Amerika Qo'shma Shtatlari top 10 likdan joy oldi.

2-jadval. 2018-2022 yillarda "Elektron hukumat"ning rivojlanish reytingi (top 10)

2018 O'rni 2020 O'rni 2022 O'rni

Daniya 1 Daniya 1 Daniya 1

Avstraliya 2 Koreya Respublikasi 2 Finlandiya 2

Koreya Respublikasi 3 Estoniya 3 Janubiy Koreya 3

Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya 4 Finlandiya 4 Yangi Zelandiya 4

Shvesiya 5 Avstraliya 5 Islandiya 5

Finlandiya 6 Shvesiya 6 Shvesiya 6

Singapur 7 Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya 7 Avstraliya 7

Yangi Zelandiya 8 Yangi Zelandiya 8 Estoniya 8

Fransiya 9 AQSh 9 Niderlandiya 9

Yaponiya 10 Niderlandiya 10 AQSh 10

Daniya raqamli hukumatni rivojlanishi bo'yicha yetakchi bo'lishiga asosiy sabablar quyidagilardan iborat:

Dunyodagi birinchi raqamlashtirish strategiyasi - Daniya milliy raqamlashtirish strategiyasi 1996 yilda ishlab chiqilgan. Strategiya, ehtimol, dunyodagi birinchi milliy strategiyalardan biri bo'lgan va yillar davomida bir necha marta qayta ko'rib chiqilgan. Parallel ravishda raqamlashtirish milliy strategiyalari bir necha yuzlab qonunlar bilan qo'llab-quvvatlandi, bu ko'pchilik boshqa mamlakatlarga nisbatan juda noyob hisoblanadi.

Raqamlashtirilgan jamiyat sari - Daniyada markaziy hukumatdan tortib mintaqalar va chekka hududlarga qadar hukumatning barcha darajalari to'liq raqamlashtirilgan. Ya'ni, vazirliklar, idoralar, davlat sektori muassasalari, shahar va viloyat ma'muriyatlari kabi ma'muriy muassasalar, shuningdek, kasalxonalar, maktablar, universitetlar va boshqalar.

Hozirgi kunga kelib Daniya EGDI ko'rsatkichlari bo'yicha, ya'ni onlayn xizmatlar indeksida 0,97, telekommunikasiya infratuzilmasi indeksida 0,98 va inson kapitali indeksida 0,96 ko'rsatkichlari bilan yetakchilik qilib kelmoqda. Bundan tashqari 2022 yilgi elektron ishtirok indeksida 0,87 ko'rsatkich bilan 12 o'rinni egalladi. Bu indeks bo'yicha Yaponiya 1,0 ko'rsatkich bilan yaqqol peshqadam hisoblanadi.

Shu o'rinda, Daniya raqamlashtirish natijasida yiliga 296 mln. yevroni tejab, vazirlik, idora va tashkilotlari ishni ko'rib chiqish vaqtini 30 foizga qisqartirishga erishdi. Shuningdek davlat idoralarining shaffofligi 96 foizgacha oshirildi.

O'zbekistonda elektron hukumatni joriy etish va uni rivojlantirish bo'yicha asosiy xorijiy davlatlardan biri bo'lgan Janubiy Koreyada elektron hukumatni rivojlanishi quyidagi bosqichlarda amalga oshirilib kelinmoqda:

• 1960-70 yillar - Davlat boshqaruvini komp'yuterlashtirish;

• 1980 yil - Milliy axborot va kommunikasiya tarmoqlarini yaratish;

• 1990 yil - Milliy axborotlashtirishni amalga oshirish;

• 2000 yil - Elektron hukumatni joriy etilishi;

• 2010 yil - Davlat boshqaruvini zamonaviy texnologiyalar bilan ta'minlan va ma'lumotlar bazasi markazlarini ochish;

• 2020 yil - Aqlli raqamli hukumatga o'tish.

2022 yilga kelib Janubiy Koreya EGDI ko'rsatkichlari bo'yicha, ya'ni onlayn xizmatlar indeksida 0,98, telekommunikasiya infratuzilmasi indeksida 0,97 va inson kapitali indeksida 0,91 ko'rsatkichlari bilan 3 o'rinni egallab turibdi. Bundan tashqari ushbu yilgi elektron ishtirok indeksida 0,94 ko'rsatkich bilan 9 o'rinni egalladi. 2020 yilgi natijalarni ko'radigan bo'lsak, elektron ishtirok indeksida 1 o'rinni egallagan edi.

0 n 0 Q IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L O AND INDEXES: THEORY, PRACTICE, AND STRATEGY

Estoniyada "Elektron hukumaf'ni rivojlanishi 1994 yil "Estoniya axborot siyosati tamoyillari" loyihasini amalga oshirishdan boshlangan bo'lib, hozirgi kunga kelib ushbu mamlakatning hududi to'liq yuqori tezlikdagi internet bilan ta'minlangan va axoliga ko'rsatilayotgan xizmatlar 99% elektron shaklda amalga oshirilib kelinmoqda.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28-yanvardagi "2022 - 2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida"gi PF-60-son farmoni qabul qilindi. Ushbu farmon bilan Yangi O'zbekistonning kelgusi 5 yillikdagi "Harakatlar strategiyasidan - Taraqqiyot strategiyasi sari" tamoyiliga asosan yettita ustuvor yo'nalish belgilanib, unda 100 ta maqsadni amalga oshirish belgilab qo'yildi. Bularning ichidagi 9-maqsad "Elektron hukumat" tizimini rivojlantirish, elektron davlat xizmatlarining ulushini 100 foizga yetkazish hamda byurokratiyani bartaraf etish hisoblanadi. Shuningdek, ushbu maqsadni amalga oshirish buyicha quyidagi muhim vazifalar keltirilgan:

S Davlat xizmatlarini mobil ilovalar orqali ko'rsatishni kengaytirish;

S Davlat xizmatlarini ko'rsatishda shaxsni identifikasiya qilishning Mobile ID tizimini joriy qilish;

S "Elektron hukumat" tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali davlat organlari hamda xususiy tijorat tashkilotlari o'rtasida ma'lumot almashinuvini yo'lga qo'yish asosida byurokratik jarayonlarni qisqartirish;

S Shaxsga doir ma'lumotlarning himoyasini ta'minlaydigan ruxsat berish hamda xabardor qilish tizimini joriy etish;

S Fuqarolarga muddatli, muayyan faktni tasdiqlovchi hujjatlarni berish va almashtirishni hamda kompozit davlat xizmatlarini ularning murojaatini kutmasdan turib taklif etish amaliyotini yo'lga qo'yish;

S Keksa va nogironligi bo'lgan shaxslarga davlat xizmatlari ko'rsatishni soddalashtirish, ularga qulayliklar yaratish;

S "Raqamli idora" loyihasi doirasida davlat organlarida ish yurituvini raqamlashtirish orqali ma'muriy tartib-taomillarni optimallashtirish va boshqaruv jarayonini avtomatlashtirish;

S "Fuqarolarning raqamli pasporti" loyihasini joriy qilish hisobiga aholidan muayyan faktlarni tasdiqlovchi hujjatlarni talab qilish amaliyotini bekor qilish;

S Xorijdagi O'zbekiston fuqarolariga davlat xizmatlarini ko'rsatish amaliyotini kengaytirish;

S Davlat xizmatlarini raqamlashtirish va ularning 20 foizini xususiy sektorga o'tkazish kabi vazifalarni amalga oshirish belgilab qo'yilgan.

Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 11-sentyabrdagi ""O'zbekiston - 2030" strategiyasi to'g'risida"gi PF-158-sonli Farmonida ham "Raqamli hukumat" bo'yicha quyidagi 2030-yilgacha erishiladigan maqsadlarning samaradorlik ko'rsatkichlari belgilab qo'yilgan:

S "Raqamli hukumat" dasturi doirasida 300 ta ustuvor loyihalarni ishga tushirish, Toshkent shahri, Qoraqalpog'iston Respublikasi va viloyatlar markazlarini beshinchi avlod aloqa tarmog'i bilan qamrab olish;

S "Elektron hukumat" tizimining yangi bosqichi - "Raqamli hukumat" tizimiga o'tilib, barcha hujjatlar va munosabatlarning raqamli shaklda bo'lishini ta'minlash.

Shu o'rinda ushbu strategiya doitasida O'zbekistonni 2030 yilga qadar raqamli texnologiyalarni rivojlantirgan holda mamlakatni mintaqaviy "IT-NUB"ga aylantirish maqsadi qo'yilgan.

0 n 0 Q IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L O AND INDEXES: THEORY, PRACTICE, AND STRATEGY

Bundan tashqari, 2022 yilning avgust oyida respublikamizning Zangiota tumanida "Elektron hukumat" tizimi ma'lumotlarini saqlash va qayta ishlash yagona markazinig ochilganligi ham, ushbu sohada amalga oshirilayotgan islohotlarning yaqqol misoli bo'la oladi.

Xulosa o'rnida shuni ta'kidlab o'tish joizki, O'zbekistonda raqamli hukumatni yanada rivojlantirish va xalqaro reytinglarda o'z o'rnini yanada yaxshilash uchun raqamli hukumat rivojlangan dunyo mamlakatlari tajribasida foydalanish samarali hisoblanadi. Bunda, elektron davlat xizmatlari ulushini oshirish, raqamli infratuzilmani rivojlantirish, fuqarolarimizning elektron ishtirokini yanada kengaytirish uchun mobil internet tezligini oshirish muhim sanaladi. Sababi asosiy foydalanuvchilar qulayligi va istalgan joydan kirish imkoniyati mavjudligi uchun electron xizmatlardan o'zlarining mobil qurilmalaridan foydalanadi. Bu esa o'z navbatida ko'rsatilayotgan davlat xizmatlarini yoki barcha onlayn xizmatlarni mobil ilovalar orqali amalga oshirish, raqamli hukumatni rivojlantirishning asosiy omillaridan biri sanaladi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasining 2015 yil 9 dekabrda qabul qilingan "Elektron hukumat to'g'risida"gi O'RQ-395-son qonuni.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 5 oktyabrdagi "«Raqamli O'zbekiston -2030» strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-6079-son farmoni.

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi "2022 - 2026 yillarga mo'ljallangan yangi o'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida"gi PF-60-sonli farmoni.

4. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 9 sentyabrdagi ""O'zbekiston - 2030" strategiyasi to'g'risida"gi PF-158-sonli farmoni.

5. O.N.Djuraev, A.E.Kuvnakov, A.I.Abdullaev (2016). "Elektron hukumat" :o'quv - uslubiy majmua. Toshkent - 2016.

6. https://publicadministration.un.org/egovkb/en-us - UN E-Government Survey 2022.

7. https://digital.uz - O'zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi.

8. https://egov.uz - Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi.

9. https://my.gov.uz - Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.