Научная статья на тему 'OʻZBEKISTONDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISHNING IQTISODIY-IJTIMOIY AHAMIYATI'

OʻZBEKISTONDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISHNING IQTISODIY-IJTIMOIY AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
64
18
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
raqamli iqtisodiyot / raqamli texnologiyalar / iqtisodiy-ijtimoiy barqarorlik / “Uchinchi sanoat inqilobi” / “Raqamli Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Musayev Djanibek Djambulovich, Yoʻldosheva Dilnoza Gʻayrat Qizi

Maqolada raqamli texnologiyalarning milliy iqtisodiyotga integratsiyalashuvi va bu orqali samaradorlikni oshirish, raqamli texnologiyalarni Oʻzbekiston iqtisodiyotiga transformatsiyalash imkoniyatlari koʻrsatib berilgan. Raqamli texnologiyalarni muvaffaqiyatli joriy etgan rivojlangan mamlakatlar tajribasi oʻrganilib, tahlil qilingan holda, muallif tomonidan Oʻzbekiston uchun raqamli transformatsiya yoʻlida bir qancha qimmatli tavsiyalar ishlab chiqildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «OʻZBEKISTONDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISHNING IQTISODIY-IJTIMOIY AHAMIYATI»

O'ZBEKISTONDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISHNING IQTISODIY-IJTIMOIY AHAMIYATI 1Musayev Djanibek Djambulovich, 2Yo'ldosheva Dilnoza G'ayrat qizi

1Fan va texnologiyalar universiteti "Marketing" bo'limi boshlig'i 2"Django Academy" o 'quv markazi direktori, Fan va texnologiyalar universiteti, «Iqtisodiyot»

kafedrasi o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.11001494

Annotatsiya. Maqolada raqamli texnologiyalarning milliy iqtisodiyotga integratsiyalashuvi va bu orqali samaradorlikni oshirish, raqamli texnologiyalarni O'zbekiston iqtisodiyotiga transformatsiyalash imkoniyatlari ko'rsatib berilgan. Raqamli texnologiyalarni muvaffaqiyatli joriy etgan rivojlangan mamlakatlar tajribasi o'rganilib, tahlil qilingan holda, muallif tomonidan O'zbekiston uchun raqamli transformatsiya yo'lida bir qancha qimmatli tavsiyalar ishlab chiqildi.

Kalit so'zlar: raqamli iqtisodiyot, raqamli texnologiyalar, iqtisodiy-ijtimoiy barqarorlik, "Uchinchi sanoat inqilobi", "Raqamli O'zbekiston - 2030" strategiyasi.

Abstract. The article shows the possibilities of integrating digital technologies into the national economy and thereby increasing efficiency and transforming digital technologies into the economy of Uzbekistan. Having studied and analyzed the experience of developed countries that have successfully implemented digital technologies, the author developed a number of valuable recommendations for Uzbekistan's digital transformation.

Key words: digital economy, digital technologies, economic and social stability, "Third Industrial Revolution ", the "Digital Uzbekistan - 2030 " Strategy.

Аннотация. В статье показаны возможности интеграции цифровых технологий в национальную экономику и тем самым повышения эффективности, трансформации цифровых технологий в экономику Узбекистана. Изучив и проанализировав опыт развитых стран, успешно внедривших цифровые технологии, автор разработал ряд ценных рекомендаций по цифровой трансформации для Узбекистана.

Ключевые слова: цифровая экономика, цифровые технологии, экономическая и социальная стабильность, "Третья промышленная революция", стратегия "Цифровой Узбекистан - 2030".

KIRISH

Iqtisodiyotda innovatsiyalar qo'llanilishini rag'batlantirish va rivojlantirish uning turli tarmoqlari bo'yicha samaradorlikni oshirish, yangi ish o'rinlari yaratish va davlat xizmatlari ko'rsatish sifatini yaxshilash imkonini beradi. Raqamli texnologiyalardan foydalanish mamlakatlarning iqtisodiy va ijtimoiy sharoitlarini sezilarli darajada yaxshilashga xizmat qiladi.

Texnologik innovatsiyalar bo'yicha tadqiqotlar asosan tashkilot va jamiyat istiqbolidagi texnologik o'zgarishlarga qaratilgan. Bundan tashqari, texnologik innovatsiyalar tushunchasiga yondashuvlar asosan samaradorlikni tahlil qilish uchun mo'ljallangan. Innovatsiyalar bo'yicha nazariyalarining aksariyati insonlarning kompyuterdan foydalanishi, biznesda hujjatlar va elektron ma'lumotlarni raqamli formatda almashishga qaratilgan tadqiqotlarga bag'ishlangan va bu

faoliyatlarning barchasi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari rivojlanishiga bog'liq ravishda amalga oshirilishi mumkin.

TADQIQOT METODOLOGIYASI

Maqolada analiz va sintez, mantiqiy tahlil, statistik va iqtisodiy tahlil usullaridan foydalanildi. Maqola ma'lumotlari turli xil xorijiy manbalar tadqiqotlari hamda hisobotlari, davlat idoralaridan olingan ikkilamchi ma'lumotlar, shuningdek, statistik hisobot va hujjatlar tahliliga asoslanadi.

TAHLIL VA NATIJALAR

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining jadal rivojlanishi tashkilotlarni ishlab chiqarish tarmog'i bo'yicha global miqyosda faol ravishda o'z bizneslarini kengaytirishga xizmat qiladi. Axborot va texnologiyalarni rivojlantirish hamda raqamlashtirish ushbu global ishlab chiqarish tarmog'ining markazida bo'lib, ularning rivojlanishi milliy iqtisodiyotlarni, ijtimoiy taraqqiyotni va sanoatni rivojlantirishdi, shuning uchun bu hodisa "Uchinchi sanoat inqilobi" deb nomlanadi. Xususan, tadqiqotlarga ko'ra, inson kapitalini innovatsion texnologiyalardan foydalanish va yaratishga yo'naltirish texnologik innovatsion imkoniyatlar va mamlakatning siyosiy va tartibga solish muhiti kabi boshqa omillarga nisbatan iqtisodiy o'sishga bevosita ta'sir ko'rsatishi aniqlangan. Shuning uchun ham AKTga asoslangan raqamli texnologiyalarni joriy etish mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy yuksalishining muhim vositasi sifatida qaralmoqda [1].

Jahon banki hisobotiga ko'ra, raqamli iqtisodiyot salohiyatining faqat bir qismidan foydalanayotgan O'zbekistonda raqamli investitsiyalarning iqtisodiy va ijtimoiy natijalarni yaxshilashdagi rolini oshirishga alohida e'tibor qaratish lozim. O'zbekiston o'zining raqamli salohiyatini to'liq ro'yobga chiqarishi uchun raqamli infratuzilmaga strategik sarmoya va innovatsiyalar, ko'nikmalar yaratishi va sohani tartibga solishi zarur [2].

O'zbekistonda strategik tashabbuslar orqali iqtisodiyot va jamiyatni modernizatsiya qilishda raqamli texnologiyalardan foydalanishga qaratilgan siyosatga tayangan holda raqamli transformatsiya bo'yicha kompleks chora-tadbirlar faol amalga oshirilmoqda. Mamlakat sa'y-harakatlari asosini "Raqamli O'zbekiston - 2030" strategiyasi tashkil etadi, bu mamlakat kelajagini raqamli iqtisodiyot sifatida rivojlantirishga yo'naltirilgan uzoq muddatli rejadir. Ushbu strategiya uni amalga oshirish bo'yicha "yo'l xaritasi" bilan qo'llab-quvvatlanadi, bunda hukumatning milliy taraqqiyotning asosiy elementi sifatida raqamlashtirishga asoslanganligini ta'kidlanadi.

"Raqamli O'zbekiston - 2030" strategiyasining asosiy yo'nalishlari raqamli infratuzilmani, elektron hukumatni, raqamli iqtisodiyotni, milliy IT sektorini va axborot texnologiyalari sohasidagi ta'limni rivojlantirishni o'z ichiga oladi. Strategiya 1000 ta xorijiy IT-kompaniyalarni jalb qilish va 10 yil ichida IT sohasida 300 000 yosh mutaxassislar uchun ish o'rinlari yaratish orqali yillik IT eksportini 5 milliard dollarga yetkazish orqali O'zbekistonni Markaziy Osiyoda "IT xab"ga aylantirishga qaratilgan.

Ushbu maqsadlarning bir qismi sifatida O'zbekiston raqamli va IT infratuzilmasiga katta sarmoya kiritdi, bu esa sanoat eksporti sezilarli darajada o'sgan va minglab yuqori maoshli ish o'rinlari yaratiladigan IT-parklarning tashkil etilishiga olib keldi. Jahon banki raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish va innovatsiyalarni rag'batlantirishga qaratilgan loyihalar uchun 50 million dollar miqdorida imtiyozli kredit ajratish orqali O'zbekistonning ushbu yo'ldagi maqsadlarini qo'llab-quvvatladi [3].

Innovatsiyalar va tadqiqotlarni rag'batlantirish maqsadida xalqaro hamkorlar ko'magi bilan milliy innovatsion tizim ham modernizatsiya qilinmoqda va bu bo'yicha turli loyihalar olib borilmoqda. Bu tashabbuslar nafaqat raqamli iqtisodiyotni yaxshilash, balki raqamli transformatsiya bo'yicha sa'y-harakatlarni qamrab olishini ta'minlashga qaratilgan. Ular mamlakat miqyosida yuqori sifatli va arzon internet hamda mobil aloqa bilan ta'minlash, shaharlar va qishloqlar o'rtasidagi raqamli tafovutni kamaytirishga qaratilgan. Bundan tashqari, strategiya jamiyat va iqtisodiyotni har tomonlama raqamlashtirishga intilayotgan elektron hukumat, sog'liqni saqlash, ta'lim va boshqa sohalarni qamrab olgan. Tashabbuslar aholiga yuqori sifatli raqamli xizmatlar ko'rsatish, korrupsiya darajasini pasaytirish, fuqarolarning davlat qarorlarini qabul qilishda ishtiroki darajasini oshirish, oliy va o'rta ta'lim tizimini modernizatsiya qilish, fuqarolarning nafaqat mamlakat, balki mintaqaviy va jahon mehnat bozorlaridagi raqobatbardoshligini ta'minlashga qaratilgan [4].

Strategiya, shuningdek, boshqa milliy strategik hujjatlar va dasturlarni amalga oshirishga hissa qo'shadi va birinchi navbatda, BMTning 2030-yilgacha bo'lgan davrga mo'ljallangan Barqaror rivojlanish maqsadlari sohasidagi milliy maqsad va vazifalariga, shuningdek, O'zbekiston Respublikasining 2022-2026-yillar uchun mo'ljallangan yangi O'zbekiston Rivojlanish strategiyasiga erishishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishdagi bunday siyosat va chuqur tahlillar asosida ishlab chiqilayotgan strategiyalar bilan O'zbekiston raqamli texnologiyalar iqtisodiy o'sishni ta'minlovchi, davlat xizmatlari ko'rsatishni yaxshilaydigan va fuqarolarning hayot sifatini yaxshilaydigan kelajak poydevorini qo'ymoqda.

Raqamli texnologiyalarni muvaffaqiyatli joriy etgan rivojlangan mamlakatlar tajribasini o'rganib, tahlil qilgan holda, O'zbekiston uchun raqamli transformatsiya yo'lida bir qancha qimmatli tavsiyalarni berish mumkin:

1. Strategik rejalashtirish va davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash. Bunda transformatsiya uchun zarur miqdordagi moliyalashtirish va me'yoriy-huquqiy bazani ta'minlovchi davlat tomonidan qo'llab-quvvatlashni o'z ichiga olgan aniq va uzoq muddatli raqamlashtirish strategiyasini ishlab chiqish muhim ahamiyatga ega.

2. Infratuzilma sarmoyasi. Raqamli transformatsiyada muvaffaqiyat qozongan mamlakatlar raqamli infratuzilmaga, jumladan, keng polosali Internetga, mobil aloqa va ma'lumotlar bazalariga katta sarmoya kiritdi.

3. Inson kapitalini rivojlantirish. Ta'lim va ko'nikmalarni rivojlantirishga, ayniqsa, IT va raqamli ko'nikmalarga sarmoya kiritish yangi raqamli iqtisodiyotda ishlashga qodir ishchi kuchini rivojlantirish uchun muhim ahamiyatga ega. Iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida faoliyat yuritayotgan kadrlarga kompyuter savodxonligini o'rgatish va zamonaviy raqamli texnologiyalardan mehnat faoliyati davomida foydalanish ko'nikmalarini shakllantirish bo'yicha qo'shimcha o'qitish va qayta tayyorlash ayniqsa dolzarb masala bo'lib qolmoqda.

4. Innovatsiyalar va startaplarni qo'llab-quvvatlash. Innovatsiyalar kiritishni qo'llab-quvvatlash va tadbirkorlik uchun qulay ekotizim yaratish, jumladan, startaplarni moliyalashtirish, ularga soliq imtiyozlari berish va soddalashtirilgan, byurokratik to'siqlarsiz faoliyat yuritishlarini tashkil qilish raqamli iqtisodiyotning rivojlanishiga turtki berishi mumkin.

5. Davlat xizmatlarini raqamlashtirish. Davlat xizmatlarini raqamli texnologiyalardan foydalangan holda o'zgartirish nafaqat ularning samaradorligi va fuqarolar uchun qulayligini oshiradi, balki korrupsiyani kamaytirishga ham yordam beradi.

6. Ma'lumotlami saqlash va kiberxavfsizlik. Maxfiylik va kiberxavfsizlik bo'yicha kuchli chora-tadbirlarni amalga oshirish fuqarolarning huquqlarini himoya qilish va raqamli texnologiyalarga ishonchni saqlash uchun muhim ahamiyatga ega. Davlat idoralari va tashkilotlarning dasturiy ta'minotlari, ma'lumotlar bazalari, shu jumladan operatsion tizimlarining axborot va kiberxavfsizlik talablariga muvofiqligi yuzasidan majburiy ekspertizasi tizimini joriy etish, shuningdek, ochiq kodli dasturiy ta'minotdan foydalanishni bosqichma-bosqich kengaytirish zarur.

7. Xususiy sektor ishtiroki va xalqaro hamkorlik. Xususiy sektor va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik yangi texnologiyalar, investitsiyalar va ilg'or tajribalardan foydalanish imkonini beradi. Xalqaro tajribani inobatga olgan holda elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot sohalari ko'rsatkichlarining hisobini yuritish va samaradorligini baholash tartibini ishlab chiqish ham muhim ahamiyatga ega.

8. Inklyuziv raqamli iqtisodiyotni yaratish. Raqamlashtirish bo'yicha sa'y-harakatlar aholining barcha qatlamlari, shu jumladan chekka qishloq joylarda yashovchilar uchun ham raqamli texnologiyalardan foydalanish imkoniyati va qulayligini ta'minlash bo'yicha chora-tadbirlarni o'z ichiga olishi kerak.

Ushbu tavsiyalarni amalga oshirish hukumat, biznes, ta'lim muassasalari va fuqarolik jamiyatining birgalikdagi hamda muvofiqlashtirilgan sa'y-harakatlarini talab qiladi. Barcha manfaatdor tomonlarning o'zaro hamkorligi va raqamli transformatsiya yo'lini muvaffaqiyatli yakunlagan boshqa davlatlar bilan tajriba almashishi O'zbekistonning raqamlshtirish bo'yicha qo'ygan maqsadlariga erishishiga va strategiyalarni amalga oshirishga sezilarli hissa qo'shishi mumkin.

XULOSA VA TAKLIFLAR

Xulosa qilib aytganda, raqamli texnologiyalarning milliy iqtisodiyotga integratsiyalashuvi samaradorlikni oshirish, innovatsiyalarni joriy etish va yanada sifatli xizmatlar ko'rsatish bilan bog'liq ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarni yaxshilash yo'lini taklif etadi. O'zbekiston kabi davlatlar uchun raqamli infratuzilmani yaxshilash, kadrlar malakasini oshirish va me'yoriy-huquqiy bazani rivojlantirishga yo'naltirilgan strategik investitsiyalar raqamli iqtisodiyotning to'liq salohiyatini ochish uchun kalit hisoblanadi. Turli xalqaro tadqiqotlar va hisobotlarda keltirilgan misollar va ma'lumotlar hamda xorijiy mamlakatlar tajribasi uzoq muddatli ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarni amalga oshirish uchun raqamli innovatsiyalarni qabul qilish va moslashtirish, xalqaro tajribadan tegishli xulosa chiqarish va xatolarni takrorlamaslik muhimligini ko'rsatadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI:

1. Hyun Jee Park and Sang Ok Choi. Digital Innovation Adoption and Its Economic Impact Focused on Path Analysis at National Level. Journal of Open Innovation: Technology. Market and Complexity. URL: https://www.mdpi.com/2199-8531/5/3/56

2. World Bank to Support Uzbekistan in Developing the Digital Economy and Creating New Jobs in the Information Technology Sector. THE WORLD BANK. 2023. URL: https://www.worldbank.org/en/news/press-release/2023/11/30/world-bank-to-support-uzbekistan-in-developing-the-digital-economy-and-creating-new-jobs-in-the-it-sector

3. Uzbekistan on the path of digitalization: achievements and plans. By Diplomat Magazine. 2022. Farrukh Khakimov, Head of Department at the Development Strategy Center.

URL:https://diplomatmagazine.eu/2022/04/24/uzbekistan-on-the-path-of-digitalization-achievements-and-plans/ 4. "Raqamli O'zbekiston — 2030" strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 05.10.2020 yildagi PF-6079-son. URL: https://lex.uz/ru/docs/-5030957

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.