Научная статья на тему 'RAQAMLASHTIRISH SHARОITIDA RAQAMLI SAVОDХОNLIKNI ОSHIRISHNING HUQUQIY MЕХANIZMLARINI TAKОMILLASHTIRISH MASALALARI'

RAQAMLASHTIRISH SHARОITIDA RAQAMLI SAVОDХОNLIKNI ОSHIRISHNING HUQUQIY MЕХANIZMLARINI TAKОMILLASHTIRISH MASALALARI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
416
71
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Raqamlashtirish / raqamli savоdхоnlik / elеktrоn hukumat / raqamli madaniyat / davlat хizmatchilari / Digitization / digital literacy / e-government / digital culture / civil servants.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Amaniyazоva, Svеta Bayniyazоvna, Alniyazov, Davlet Aytmuratovich

Ushbu maqоlada bugungi kunda davlat bоshqaruvi va jamiyatning barcha sоhalarini qamrab оlayotgan raqamlashtirish sharоitida raqamli savоdхоnlikni оshirishning huquqiy-kоnsеptual asоslari, raqamli savоdхоnlikni оshirishning zarurligi, ushbu sоhadagi muammоlar tadqiq etilgan. SHuningdеk, ahоlining va davlat хizmatchilarining raqamli savоdхоnligini оshirish bo‘yicha хоrijiy davlatlar tajribasi o‘rganilib, qiyosiy tahlil qilingan va ushbu sоhaga оid muammоlarni bartaraf etish yuzasidan taklif va tavsiyalar kеltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ISSUES OF IMPROVING THE LEGAL MECHANISMS OF IMPROVING DIGITAL LITERACY IN THE CONDITION OF DIGITALIZATION

In this article, the legal-conceptual basis of increasing digital literacy, the necessity of increasing digital literacy, the problems in this field are researched in the conditions of digitization covering all spheres of public administration and society today. Also, the experience of foreign countries on improving the digital literacy of the population and civil servants was studied, compared and analyzed, and proposals and recommendations were made for solving problems in this field.

Текст научной работы на тему «RAQAMLASHTIRISH SHARОITIDA RAQAMLI SAVОDХОNLIKNI ОSHIRISHNING HUQUQIY MЕХANIZMLARINI TAKОMILLASHTIRISH MASALALARI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 10 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

RAQAMLASHTIRISH SHAROITIDA RAQAMLI SAVODXONLIKNI OSHIRISHNING HUQUQIY MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH

MASALALARI

Amaniyazоya Syеta Bayniyazоyna, Alniyazov Davlet Aytmuratovich

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti o'qituvchilari

Ushbu maqоlada bugungi kunda davlat bоshqaruvi va jamiyatning barcha sоhalarini qamrab оlayotgan raqamlashtirish sharoitida raqamli savоdхоnlikni оshirishning huquqiy-kоnsеptual asoslari, raqamli savоdхоnlikni оshirishning zarurligi, ushbu sоhadagi muammоlar tadqiq etilgan. SHuningdеk, aholining va davlat xizmatchilarining raqamli savodxonligini oshirish bo'yicha xorijiy davlatlar tajribasi o'rganilib, qiyosiy tahlil qilingan va ushbu sohaga oid muammolarni bartaraf etish yuzasidan taklif va tavsiyalar keltirilgan.

Kalit so'zlar: Raqamlashtirish, raqamli savodxonlik, elektron hukumat, raqamli madaniyat, davlat xizmatchilari

В данной статье исследуются нормативно-правовые основы повышения цифровой грамотности, необходимость повышения цифровой грамотности, проблемы в этой сфере в условиях цифровизации, охватившей сегодня все сферы государственного управления и общества. Также был изучен, сопоставлен и проанализирован опыт зарубежных стран по повышению цифровой грамотности населения и государственных служащих, а также сделаны предложения и рекомендации по решению проблем в данной сфере.

Ключевые слова: Цифровизация, цифровая грамотность, электронное правительство, цифровая культура, государственные служащие.

In this article, the legal-conceptual basis of increasing digital literacy, the necessity of increasing digital literacy, the problems in this field are researched in the conditions of digitization covering all spheres of public administration and society today. Also, the experience of foreign countries on improving the digital literacy of the population and civil servants was studied, compared and analyzed, and proposals and recommendations were made for solving problems in this field.

Keywords: Digitization, digital literacy, e-government, digital culture, civil servants.

ANNOTATSIYA

АННОТАЦИЯ

ABSTRACT

Oriental Renaissance: Innovative, VOLUME 2 | ISSUE 10

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor (J) SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

KIRISH

Davlatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda asosiy vazifalarni amalga oshirish raqamli texnologiyalarni muvafaqqiyatli tatbiq etish bilan uzviy bog'liqdir. Davlatimiz Prezidenti Sh.Mirziyoev takidlaganidek: «Bugun axborot texnologiyalari har bir jabhaga kirib borgan. Bu soha rivojlansa, boshqa sohalar ham ilgarilaydi, odamlarga qulayliklar oshadi»1. Haqiqatdan ham, bugungi kunda davlat boshqaruvi va jamiyatning barcha sohalarida aniq maqsadlarga erishish raqamlashtirish tizimini qo'llanmasdan amalga oshirish mumkin emas. Shu bilan birga, raqamlashtirish jarayonida qay darajada muvaffaqiyat qozonishi ko'p jihatdan bu masalaning texnik, huquqiy jihatlari bilan birgalikda subektiv omilga, yani davlat xizmatchilarining va jarayon subektlarining bu g'oyani qo'llab-quvvatlashi, uni amalga oshirishi bilan ham bog'liqdir.

Davlatimiz Prezidenti ham haqli ravshda ta'kidlaganidek, «Taraqqiyotga erishish uchun raqamli bilimlar va zamonaviy axborot texnologiyalarini egallashimiz zarur va shart"2 deya aholining va davlat organlari xodimlarining raqamli savodxonligini va madaniyatini oshirish orqali yuqori samaradorlikga erishish mumkinligini takidlaydi.

Bugungi raqamlashtirish sharoitida raqamli savodxonlikni oshirish konceptual hujjatlarda, shuningdek, davlat rahbari tomonidan asosiy vazifalar sifatida belgilab berilayotgan bo'lsa ham, ushbu tushunchalar amaldagi qonunchiligimizda o'z aksini topmagan. Ammo, axborot texnologiyalari sohasidagi talim berishni takomillashtirishda «Raqamli 0'zbekiston-2030» Strategiyasining 2-bobida qo'yidagicha asosiy yo'nalishlar bo'yicha chora-tadbirlar nazarda tutilganligini ko'rish mumkin: aholining raqamli ko'nikmalarini oshirishga doir; davlat boshqaruvida raqamli ko'nikmalarni oshirishga doir; talim sohasida raqamli ko'nikmalarni oshirish yo'naltirilgan chora-tadbirlar shular jumlasidandir.

Shuningdek, mazkur Strategiya va 2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirish bo'yicha Harakatlar Strategiyasining mantiqiy davomi sifatida davlatimiz Prezidenti tomonidan tasdiqlangan "2022-2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi"da va "2022-2023 yillarda axborot-kommunikakaciya texnologiyalari sohasini yangi bosqichga olib

1 npe3Hgeffr fflaBKaT Mup3HëeBHHHr 2022 nun 14 anpen KyHH ax6opoT TexHonoruanapH co^acugaru Hara^anap Ba ®opun HHnru Ba3H$anap My^OKaMacu M3acugaH yTKa3HnraH HurunumgarH Ma"bpy3acu. // https://president.uz/uz/lists/view/5127/

2 Y36eKHCTOH Pecny6nuKacH npe3ugeHTH fflaBKaT Mup3HëëBHHHr OÏÏHH Ma^nucra Mypo^aaraoMacu. //2020 nun 24 HHBapb.// QnerapoH MaH6a) https://nrm.uz/

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 10

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

chiqish chora-tadbirlari to'g'risida"3gi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 22 avgustdagi №PQ-357 qarorida ham muhim sohalarni raqamlashtirilishga alohida etibor qaratilgan.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Qayd etish kerakki, raqamlashtirish bo'yicha davlat dasturlarining muvaffaqqiyatli amalga oshirilishi davlat organlari xodimlari va xalqning raqamli savodxonligiga bog'liq ekanligini amaliyot ham tasdiqlamoqda. Haqiqatdan ham, davlat boshqaruvini raqamlashtirish sohasidagi yuqori darajadagi raqamli madaniyat mamlakatdagi raqamli transformaciyaning harakatlandiruvchi kuchiga aylanishi mumkin4.

Xorijiy davlatlar tajribasiga nazar tashlasak, Qozog'iston Respublikasida "raqamli savodxonlik" huquqiy kategoriya sifatida shakllantirilib, "Raqamli savodxonlik - bu shaxsning kundalik va kasbiy faoliyatida axborot-kommunikaciya texnologiyalaridan foydalanish bilimi va qobiliyatidir"deya "Axborotlashtirish to'g'risida"gi qonuni5ning 1-moddasi 56-bandida talqin etilgan.

Bundan tashqari, ushbu qonunda raqamli savodxonlikni oshirish axborotlashtirish sohasidagi davlat boshqaruvining asosiy vazifalaridan biri sifatida belgilangan.

Raqamli savodxonlik - raqamli foydalanish, raqamli kompetenciya, raqamli xavfsizlik tarkibidan iborat bo'lib, ushbu tushunchaga berilgan tariflar ichida YUNESKO tomonidan berilgan tarif birmuncha kengrok, yani: «raqamli axborot vositalari bilan ishlash, axborotni qidirish va qayta ishlash uchun zarur bo'lgan asosiy ko'nikmalar to'plami»6.

Atrofdagi mintaqa davlatlari orasida Qozog'istonda raqamli texnologiyalar sohasida milliy savodxonlikni oshirishning kompleks rejasi qabul qilingan bo'lib, undan O'zbekiston namuna sifatida foydalanishi mumkin. 2018 yilda Qozog'iston aholisining raqamli texnologiyalar sohasidagi savodxonligi darajasi allaqachon 77%ni tashkil etgan, ammo Qozog'iston AKT vazirligi 2022 yilga borib uni 83%gacha oshirish rejasini ishlab chiqdi. Milliy rejaga muvofiq, raqamli

3 https://lex.uz/uz/pdfs/6166539

4 Аманиязова Света. (2022). РАКАМЛАШТИРИШ ЖАРАЁНИДА ИЖРО ЭТУВЧИ ДОКИМИЯТ ОРГАНЛАРИ ВАКОЛАТЛАРИНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШ (КОРАКАЛШFИСГОН РЕСПУБЛИКАСИ ВАЗИРЛАР КЕНГАШИ МИСОЛИДА). Innovations in Technology and Science Education, 7(1), 253-265. Retrieved from http://humoscience.com/index.php/itse/article/view/36

5 «А^параттандыру туралы» Казахстан Республикасыньщ Заны 2015 жылгы 24 карашадагы № 418-V КРЗ.// https://adilet.zan.kz/kaz/docs/Z 1500000418/

6 OECD (2017), OECD Digital Economy Outlook 2017, OECD Publishing, Paris. Режим доступа: http://dx.doi.org/10.1787/9789264276284-en

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

savodxonlikka o'rgatish bo'yicha javobgarlik davlat organlari o'rtasida aniq taqsimlangan. Markaziy hukumat vazirliklari o'zlari masul bo'lgan tegishli sohalarda mutaxassislarni tayyorlash uchun javob bersalar, mahalliy hokimiyat organlariga aholining keng qatlamlarini tayyorlash javobgarligi yuklatilgan.

Singapurda hukumat aholining raqamli savodxonligi oshirish bo'yicha birnechta loyihalarni, jumladan, Silver Infocomm Initiative (SII) loyihasini ishlab chiqilib, u keksa yoshdagilarni o'qitish orqali aloqa bo'shlig'ini to'ldirishni maqsad qilgan7. Shuningdek, Portugaliyada Citizen Spot loyihasi orqali internetdan foydalana olmaydigan va imkoniyati yo'k shaxslar uchun davlat organlari va xususiy sektor xodimlari tomonidan onlayn xizmatlardan foydalanishda yordam beriladi va ushbu usul orqali aholining raqamli savodxonligi oshishiga, raqamli to'siqlarning bartaraf etilishiga erishilmoqda8.

Shu o'rinda, mamlakatimizda aholining raqamli savodxonligi darajasini aniqlash maqsadida Qoraqalpog'iston Respublikasi Nukus shahri, Chimboy va Beruniy tumanlari aholisi orasida o'tkazilgan savolnoma natijalari tahlilini qo'yidagi jadvalda keltirib o'tamiz.

Savol Nukus shahri Chimboy Beruniy

tumani tumani

Har bir xududdan 150 respondent ishtirok etgan

Aholining Sayt haqida

"my.gov.uz" sayti malumotga ega 106 (70,6%) 97 (64,6%) 62 (41,3%)

haqida xabardorlik shaxslar

darajasi Sayt haqida

malumotga ega 44 (39,4%) 53 (35,4%) 88 (58,7%)

emas shaxslar

Aholining Sayt haqida

" regulation .gov.uz" malumotga ega 89 (59,3%) 62 (41,3%) 46 (30,6%)

sayti haqida shaxslar

xabardorlik darajasi Sayt haqida

malumotga ega 61 (40,7%) 88 (58,7%) 104 (69,4%)

emas shaxslar

*Mualliflar tomonidan ishlab chiqildi.

Demak, ayrim tumanlarda aholining mazkur saytlar haqida xabardorlik darajasining pastligini jadvaldagi raqamlar orqali ko'rish mumkin va bunday

7 Ross C. (2014). The future of broadband in South-East Asia. The Economist. Ссылка: https://www.eiuperspectives. economist.com/technology-innovation/iuture-broadband-south-east-asia

8 Bosse J., Burnett M., Nielsen S. M., Rongione C. и Scholtens H. (2015). The Public Sector as Partner for a Better Society. Ссылка: http://www.epsa2017.eu/files/site/EPSA2015_Publication_updated.p

45

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 10

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

holatning kelib chiqishi bir nechta omillarga bog'liqdir, xususan, raqamlashtirishga oid normativ-huquqiy hujjatlar mazmuni va mohiyatini aholiga tushuntirish, huquqiy savodxonligini oshirishning tashkiliy mexanizmlarining ishlab chiqilmaganligi yoki lozim darajada bajarilmayotganligi; shahar va tumanlarning raqamli i nfratuzilmasi holati bo'yicha raqamli tafovutning mavjudligi shular jumlasidandir.

Shu o'rinda, aholining raqamli savodxonligini ko'tarishda xorij davlatlarida davlat bilan biznes o'rtasida kuchli hamkorlik o'rnatilganligini ko'rish mumkin. Va bu olimlarda aholining raqali savodxonligini oshirishda ko'proq kim manfaatdor, davlat yoki biznes? degan savol ham qiziqtirmoqda9. Tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, deyarli ko'pchilik davlatlarda o'z mamlakati haqida g'amxorlik qilish biznesning asosiy maqsadi sifatida tan olingan. Masalan, Franciyada va boshqa bir qator davlatlarda bu holat Konstituciyalarida mustahkamlanganligin ko'rish mumkin10. Yana aytish mumkinki, davlatlarda aholining raqamli savodxonligini oshirish Mehnat va talim vazirliklariga, joylarda esa - mahalliy hokimiyat organlariga va o'zini o'zi boshqarish organlariga yuklatilgan.

Raqamlashtirish yuqori darajada rivojlangan Norvegiyada yoshi, jinsi, ish bilan bandligi, malumot va yashash joyidan qati nazar, aholining raqamli savodxonligini oshirish bo'yicha ishlar uzluksiz ravishda Dastur asosida amalga oshirilishi ko'rish mumkin. Ular bunda davlat tomonidan AKT sohasidagi mutaxassis va o'qituvchilarni mukammal tarizda o'qitishni joriy etishi bilan ahamiyatli.

Masalan, Irlandiyada doimiy ishsizlarni AKT sohasi bo'yicha malakali o'qitish orqali qayta integraciyalash tizimi mavjud. Shuningdek, katta kompaniyalar bilan yaqin aloqada bo'lgan holda turli darajadagi AKT bo'yicha treninglar o'tkazish uchun Irlandiya hukumati, talim muassasalari, mahalliy davlat hokimiyati bilan yaqindan hamkorlik qiladigan xayriya tashkilotlar (FastTrack)11 mavjud.

Aholining raqamli savodxonlikni oshirishda bugungi kundagi asosiy muammo -aholining keksa yoshdagi fuqarolarining raqamli savodxonlik darajasi bilan bog'liq. Shunday qilib, raqamli savodxonlik nafaqat IT texnologiyalaridan foydalanish masalasi, balki umumiy ijtimoiy muammo sifatida qonunchilikda o'zining huquqiy asosga ega bo'lishini taqoza etadi 12.

9 Горелов Н.А., Литун В.В. . Зарубежный опыт обучения населения цифровой грамотности. //экономика труда Апрель-июнь 2018А, Номер 2 ХТом 5 Russian Journal of Labor Economics ISSN 2410-1613. Стр. 345.

10 К обществам знания. Всемирный доклад ЮНЕСКО. Юнеско. [Электронный ресурс]. URL: http://www.intelros.ru/pdf/doklad_yunesko_2005_k_obshzestvam_znaniya.pdi]

11 www.fasttrackdigital.net

12 Аманиязова, С., Наурузбаева, Г., & Шагилова, Г. (2021). KpPAKAmOFHCTOH РЕСПУБЛИКАСИ ИЖРО ЭТУВЧИ ДОКИМИЯТ ОРГАНЛАРИ ФАОЛИЯТИДА РАКАМЛИ ТЕХНОЛОГИЯЛАР ЖОРИЙ ЭТИЛИШИНИНГ ДУКУКИЙ АСОСЛАРИ. 36ipHUK наукових праць А'ОГОЕ.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 10 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Vaholanki, davlatimizda «Elektron hukumat» tizimi «Davlat - davlat», «Davlat - biznes», «Davlat - fuqaro» yo'nalishlari bo'yicha joriy etilishini hisobga olgan holda:

- davlat nomidan ish yurituvchi davlat xizmatchilarining raqamli madaniyatini oshirish;

- davlat funkciyalarini amalga oshirishda yordamchi kuch xususiy sektor vakillarining raqamli madaniyatini oshirish;

- aholining raqamli madaniyatini oshirish zarurligini isbotlash zarur.

Shunday ekan, davlatda raqamlashtirish bo'yicha chora-tadbirlarning amalga oshirilishida davlat nomidan ish yurituvchi davlat xizmatchilarining raqamli savodxonligi va raqamli madaniyatini oshirishda amalga oshirish mexanizmini yangilanishni taqoza etadi.

Masalan, Jahon banki va Davlat statistika qo'mitasi rahbar xodimlari tomonidan davlatimizdagi statistika holati tahlil qilinganda «...malakali mutaxassislarga bo'lgan ehtiyoj statistik malumotlarni qayta ishlashda zamonaviy axborot texnologiyalaridan keng foydalanishga imkon bermaydi» 13 deya takidlay o'tirib, Davlat statistika qo'mitasining Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti «elektron va masofadan o'qitish kurslarini yo'lga qo'yish uchun moliyaviy va kadrlar resurslarining etishmasligi» 14 o'z vazifalari va funkciyalarini bajarish bo'yicha faoliyatini sifatliroq amalga oshirishiga to'siqlik qilishini ko'rsatib o'tadi.

Bugungi raqamlashtirish shiddat bilan amalga oshirilayotgan zamonda muvaffaqiyatli professional o'sishda asosiy omillardan biri sifatida Yu.I.Gribanov15 yangi paydo bo'layotgan texnologiyalar bo'yicha yangi bilimlarni doimiy ravishda o'zlashtirish va ularni foydalana olish imkoniyatga ega bo'lishni nazarda tutadi.

Shu o'rinda jahon davlatlari tajribasiga nazar tashlasak, deyarli ko'pchilik davlatlarda xodimlar malakasini oshirish dasturlari ixtiyoriy bo'lib, ayrim, masalan Singapurda «Asosiy raqamli ko'nikmalar» testidan past ball to'plagan xodimlar malaka oshirish kurslarida o'qishi majburiy qilib belgilangan. SHuningdek, bu o'quv dasturlari bepul o'qitilib, Polsha, Singapur davlatlarda pullik asosda, ixtiyoriy tanlov asosida o'qitiladi. Yani, Singapur Hukumatida davlat xizmati bo'limi tashkil etilib,

13 «2020-2025 HH^apga Y36CKHCTOH Pecny6nHKacuga CTaTHCTHKaHH pHBo^amupHmHHHr MHUHH CTpaTeruHCH». /Myarau^ap rypy^u. TomKeHT -2019. 47-6eT.

14 Yma MaH6a. 50-6eT.

15 Tpu6aHoB, ro. H. OopMHpoBaHHe K^roneBbix кoмпeтeнцнн B эпoxy цн$poвoн экoнoмнкн /MaTepua^bi X BcepoccHHCKon (c Me^gyHapogHbiM ynacraeM) HaynHo-npaKTHnecKon кoн$epeнцнн (r. nepMb, nfHHy, 7 geK. 2017

r.) /

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 10

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

uning asosiy faoliyati davlat xodimlarining kasbiy va raqamli malakasini oshirishdan iborat ekanligini ko'rish mumkin.

Ayrim davlatlarda esa xodimlarning raqamli savodxonligini oshirish bo'yicha maxsus onlayn-platformalar, xususan, Kanadada Busrides-onlayn o'qitish platformasi, shuningdek, Davlat xizmati maktabi asosida - Raqamli Akademiya tashkil etilgan, AQSH da USALearning-onlayn platformasi, Braziliyada esa - EV.G-boshqaruvning virtual maktabi yaratilganligini ko'rish mumkin.

Estoniyada esa davlat organlari xodimlarining malakasini oshirishda asosan xususiy sektor keng foydalaniladi. Masalan, Practus kompaniyasi «amaliy o'qitish va ishdan ajralmagan holda davlat organlari xodimlari malakasini oshirish» bilan shug'ullanadi16.

Demak, davlat tuzilmalarini raqamlashtirish va elektron hujjat aylanishiga o'tish sharoitida davlat hokimiyati va boshqaruv organlari xodimlarini zamonaviy raqamli texnologiyalardan foydalanish sohasida kasbiy tayyorgarligi uchun sharoit yaratilishi bilan birga, ularning malakasini baholash metodikasi alohida ahamiyatga ega.

Qayd etish kerakki, davlat xizmatchilari malakasini oshirish AKT salohiyatidan foydalanish asosida mamuriy jarayonlarni o'zgarttirish orqali faoliyatning umumiy samaradorligini va natijaliligini oshirish bo'yicha vakolatlarini rivojlantirishni o'z ichiga qamrab olmagan bo'lishi mumkin. Buning asosiy sabablari sifatida qo'yidagilarni ko'rsatish mumkin:

— «elektron hukumat» tizimiga o'tish sharoitida obektiv zarur bo'lgan vakolatlar tarkibi va darajasini oshkor etishning davlat darajada tasdiqlangan usullari, ularni qo'llash amaliyotining yo'qligi;

— davlat xizmatchilari malakasini oshirish va vakolatlarining zarur darajaga muvofiq o'zgarishini baholashga asoslangan maxsus dasturning mavjud emasligi;

— malaka oshirishga taalluqli yagona axborot resursining etarli darajada shakllanmaganligi (qonun hujjatlari, metodik, tahliliy va turli o'quv qo'llanmalar, shuningdek, talim muassasalarining ixtisoslashuvi) shular jumlasidandir.

Bunday holatlarni va uning paydo bo'lish sabablarini bartaraf etish uchun qo'yidagi choralarni amalga oshirish zarur deb hisoblaymiz:

— davlat xizmatchilarining vakolatlari tarkibi va darajasini tahlil qilish hamda aniqlashning tegishli metodologiyasini ishlab chiqish va tasdiqlash, bu esa

16 3apy6e®HMH omrr noBbimeHna ква^н$нкацнн roccny^amnx. //MocKBa-2021.

48

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 10

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

raqamlashtirish jarayonida belgilab olingan maqsadlariga erishishini taminlashga xizmat qiladi;

— davlat xizmatchilarining malakasini oshirish zarurligini tasdiqlash va tegishli dasturlarni shakllantirishda ushbu metodikani qo'llash zarurligini ko'rsatish;

— davlat xizmatchilarining yuqorida qayd etilgan metodikada belgilangan talablarga muvofiqligi yuzasidan attestaciyadan o'tkazish.

Shu o'rinda qayd etish kerakki, davlatimiz Hukumati tomonidan 13.03.2021 yilda 134-son bilan tasdiqlangan «Davlat tashkilotlari xodimlarining huquqiy savodxonligini yanada oshirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi Qarori17 bilan davlat tashkilotlarida ishlovchi xodimlarining huquqiy savodxonligi darajasini oshirish va baholash tartibi belgilanib, bu jarayon Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqiladigan huquqiy savodxonlikka oid o'quv dasturi asosida davlat xizmatining yagona elektron-axborot tahlil tizimidagi «Davlat tashkiloti xodimlarini sinovdan o'tkazish moduli» orqali amalga oshirish mexanizmi yaratilgan.

XULOSA

Ya'ni ko'rib turganimizdek bu mexanizm xodimlarga ishlab chiqarishdan ajralmagan holda, masofadan turib, huquqiy savodxonligini oshirish imkoniyatini yaratmoqda. Va shundan kelib chiqib, davlat organlari rahbarlari va xodimlarining raqamli savodxonligini oshirish bo'yicha maxsus vakolatli organ tomonidan ishlab chiqilgan o'quv dasturi asosida xodimlarning raqamli savodxonligi bo'yicha malakasini oshirishni masofadan turib amalga oshirish mexanizmini ishlab chiqish zarur, deb hisoblaymiz. Va tahlillar natijasida raqamli savodxonlikni oshirish uchun davlatimizda asosan qo'yidagi vazifalar amalga oshirilishi darkor deb o'ylaymiz:

Birinchidan, raqamli savodxonlikni amalga oshirish jarayonlarini tartibga soluvchi normativ-huquqiy bazaning doimiy ravshda takomillashtirilishi;

Ikkinchidan, raqamli savodxonlikni oshirish bo'yicha aniq strategik rejaning ishlab chiqilishi;

Uchinchidan, strategik rejani ishlab chiqishda aholining toifalarini hisobga olgan holda, masalan keksa yoshdagilar, yoshlar, ishsizlar va boshqa toifadagilarning manfaatlarining hisobga olinishi;

To'rtinchidan, raqamli savodxonlikni oshirish jarayonlariga xususiy sektorni keng jalb qilish mexanizmlarining ishlab chiqilishi;

17 Y36eKHCTOH Pecny6^HKacH Ba3up^ap Ma^KaMacuHHHr «^aBmr TamKH^oraapu xogHMflapHHHHr xy^yKHH caBogxoH^HrHHH aHaga omupum Hopa-Tag6up^apH TyrpHCHga»rH Kapopu. /13.03.2021 nu^ga 134-coh 6u^aH Tacgu^aHraH. //KpHyH xy^^araapu Mai^yMoraapu mh^hh 6a3acu, 15.03.2021 h., 09/21/134/0203-coh, ^oHyHHH^HK Mai^yMoraapH mh^hh 6a3acu, 05.04.2022 h., 09/22/153/0266-coh.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 10 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Beshinchidan, belgilab olingan strategik rejani amalga oshirish uchun xududlarda raqamli infratuzilmaning imkoniyatlarini oshirish.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. //2020 yil 24 yanvar.// (Elektron manba) https://nrm.uz/

2. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Davlat tashkilotlari xodimlarining huquqiy savodxonligini yanada oshirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi Qarori. /13.03.2021 yilda 134-son bilan tasdiqlangan. //Qonun hujjatlari malumotlari milliy bazasi, 15.03.2021 y., 09/21/134/0203-son, Qonunchilik malumotlari milliy bazasi, 05.04.2022 y., 09/22/153/0266-son.

3. «Aqparattandiru turali» Qazaqstan Respublikasinin Zani 2015 jilg'i 24 qarashadag'i № 418-V QRZ.// https://adilet.zan.kz/kaz/docs/Z1500000418/

4. OECD (2017), OECD Digital Economy Outlook 2017, OECD Publishing, Paris. Rejim dostupa: http://dx.doi.org/10.1787/9789264276284-en

5. AMaHHfl3oBa CBeTa. (2022). PaKaMnamTnpnm ^apaeHnga n^po этyвнн xpkhmhat oprannapn BaKonaraapHHH TaKoMHnnamTHpnm (KopaKannorncTOH PecnyönHKacH Ba3Hpnap KeHramn MHconnga). Innovations in Technology and Science Education, 7(1), 253-265. Retrieved from http://humoscience.com/index.php/itse/article/view/36

6. AMaHH^3oBa, C., Haypy3ÖaeBa, r., & fflararoBa, r. (2021). KopaKannorncTOH PecnyönHKacH H^po этyвнн xpkhmhat opraHnapn ^aonnaraga paKaMnn TexHonornanap ^opnn этнпнmннннг xyKyKHH acocnapn. 36ipHUK HayKoeux npaub

7. Ross C. (2014). The future of broadband in South-East Asia. The Economist. Ssilka: https://www.eiuperspectives. economist.com/technology-innovation/future-broadband-south-east-asia

8. Bosse J., Burnett M., Nielsen S. M., Rongione C. i Scholtens H. (2015). The Public Sector as Partner for a Better Society. Ssilka: http://www.epsa2017.eu/files/site/EPSA2015_Publication_updated.p

9. Горелов Н.А., Литун В.В. . Зарубежный опыт обучения населения цифровой грамотности, //экономика труда Апрель-июнь 2018 □ Выпуск 2 DTom 5 Журнал экономики труда ISSN 2410-1613. ул. 345.

10. Грибанов Ю.В. I. Формирование ключевых компетенций в эпоху цифровой экономики /Материалы X Всероссийской (с международным участием) научно-практической конференции (Пермь, ПГНИУ, 7 декабря 2017 г.)/

ЛОГО?.

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 10

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

11. Зарубежный опыт повышения квалификации госслужащих. //Москва-2021.

12. К общественным знаниям. Всемирный документ ЮНЕСКО. ЮНЕСКО. [Электронный ресурс].URL: http://www. intelros.ru/pdf/doklad_yunesko _2005_k_obshzestvam_znaniya.pdf]

13. «2020-2025 yillarda O'zbekiston Respublikasida statistikani rivojlantirishning milliy strategiyasi». /Mualliflar guruhi. Toshkent -2019.

14. www.fasttrackdigital. net

15. https://tass.ru/nacionalnye-proekty/7422319?utm_source=yandex. ru&utm _medium =organic&utm _campaign=yandex.ru&utm _referrer=yandex.ru/

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.