Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTONDA ELEKTRON TIJORATNING HUQUQIY ASOSLARINI TAKOMILLASHTIRISH'

O‘ZBEKISTONDA ELEKTRON TIJORATNING HUQUQIY ASOSLARINI TAKOMILLASHTIRISH Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
2150
357
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
elektron tijorat / e-tijorat / e-pay / O‘zbekiston / smart shartnomalar / blokchein texnologiyalari. / e-commerce / e-commerce / e-pay / Uzbekistan / smart contracts / block chain technologies.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Choriyev, Bahrom To‘rayevich

Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasidagi elektron tijorat munosabatlarini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar tahlil qilingan. Bundan tashqari ushbu munosabatlarning Markaziy Osiyo mamalakatlari doirasidagi huquqiy holati hamda rivojlanish istiqbollari ko‘rib chiqilgan. Bundan tashqari O‘zbekiston elektron tijorat munosabatlarini tartibga solishning zarurati, ushbu sohadagi muammo va kamchiliklar tahlil qilingan. Ushbu tahlillar natijasida O‘zbekistonda elektron tijorat huquqiy asoslarini takomillashtirish yuzasidan bir qancha tajklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

IMPROVING THE LEGAL FRAMEWORK OF E-COMMERCE IN UZBEKISTAN

This article analyzes the regulatory legal acts regulating e-commerce relations in the Republic of Uzbekistan. In addition, the legal situation and prospects for the development of these relations within the framework of the Central Asian states were considered. In addition, the necessity of regulating e-commerce relations in Uzbekistan, problems and shortcomings in this area are analyzed. As a result of these analyses, a number of recommendations and recommendations were developed to improve the legal framework of e-commerce in Uzbekistan.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTONDA ELEKTRON TIJORATNING HUQUQIY ASOSLARINI TAKOMILLASHTIRISH»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

O'ZBEKISTONDA ELEKTRON TIJORATNING HUQUQIY ASOSLARINI TAKOMILLASHTIRISH

Choriyev Bahrom To'rayevich

Surxondaryo viloyati yuridik texnikum Jinoiy huquqiy fanlar kafedrasi o'qituvchisi Termiz, Surxondaryo, O'zbekiston E-mail: [email protected]

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada O'zbekiston Respublikasidagi elektron tijorat munosabatlarini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar tahlil qilingan. Bundan tashqari ushbu munosabatlarning Markaziy Osiyo mamalakatlari doirasidagi huquqiy holati hamda rivojlanish istiqbollari ko'rib chiqilgan. Bundan tashqari O'zbekiston elektron tijorat munosabatlarini tartibga solishning zarurati, ushbu sohadagi muammo va kamchiliklar tahlil qilingan. Ushbu tahlillar natijasida O'zbekistonda elektron tijorat huquqiy asoslarini takomillashtirish yuzasidan bir qancha tajklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Kalit so'zlar: elektron tijorat, e-tijorat, e-pay, O'zbekiston, smart shartnomalar, blokchein texnologiyalari.

СОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ ПРАВОВЫХ ОСНОВ ЭЛЕКТРОННОЙ КОММЕРЦИИ В УЗБЕКИСТАНЕ

Чориев Бахром Тураевич

Сурхандарьинский областной юридический техникум Преподаватель кафедры уголовно-правовых дисциплин Термез, Сурхандарья, Узбекистан E-mail: [email protected]

АННОТАЦИЯ

В данной статье проанализированы нормативно-правовые акты, регулирующие отношения электронной коммерции в Республике Узбекистан. Кроме того, рассмотрено правовое положение и перспективы развития этих отношений в рамках государств Центральной Азии. Кроме того, проанализирована необходимость регулирования отношений электронной коммерции в Узбекистане, проблемы и недостатки в этой сфере. В результате этих анализов был разработан ряд рекомендatsiй и рекомендatsiй по совершенствованию правовых основ электронной коммерции в Узбекистане.

227

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Ключевые слова: электронная коммерция, электронная коммерция, e-pay, Узбекистан, смарт-контракты, блокчейн-технологии.

IMPROVING THE LEGAL FRAMEWORK OF E-COMMERCE IN

UZBEKISTAN

Choriev Bahrom Turaevich

Surkhandarya Regional Law College Lecturer of the Department of Criminal Law Disciplines Termez, Surkhandarya, Uzbekistan E-mail: [email protected]

ABSTRACT

This article analyzes the regulatory legal acts regulating e-commerce relations in the Republic of Uzbekistan. In addition, the legal situation and prospects for the development of these relations within the framework of the Central Asian states were considered. In addition, the necessity of regulating e-commerce relations in Uzbekistan, problems and shortcomings in this area are analyzed. As a result of these analyses, a number of recommendations and recommendations were developed to improve the legal framework of e-commerce in Uzbekistan.

Keywords: e-commerce, e-commerce, e-pay, Uzbekistan, smart contracts, block chain technologies.

KIRISH

Jahon hamjamiyatining ko'zlangan rivojlanish va farovonlikka erishish uchun, axborot texnologiyalariga (AT) bo'lgan ehtiyoji katta sur'atlar bilan oshib borayapti. Iqtisodiy o'sishning faollashuvi, dunyo aholisi yashash darajasining yaxshilanishi axborot texnologiyalarining kundalik hayotimizga singib ketagani natijasidir. Dunyo tajribasi shuni ko'rsatadiki erkin axborot oqimining ta'minlanishi bozor iqtisodiyotiga o'tishni tezlashtiradi va sotsial farovonlikni oshiradi.[1]

O'zbekiston iqtisodiyotining ham bosqichma-bosqich rivojalnishi oqibatida biznes faoliyatini yuritishning yangi prinsiplari, ayniqsa elektron tijoratning ahamiyati juda oshdi. Bugungi kunga kelib, har bir internet foydalanuvchisi elektron tijorat so'zining ma'nosini tushunishga harakat qilib ko'rgan. Hali o'zining uzoq tarixini qurishga ham ulgurmagan bunday faoliyat bilan bog'liq AQSh bozorlarida yiliga o'rtacha 1,5-2 trln. AQSh dollari miqdorida mablag'lar aylanadi. [2]

Axborot texnologiyalarining tez rivojlanishi iqtisodda ham o'z aksini topmasdan qolmaydi. Hozirgi kunda iqtisodda, ayniqsa tadbirkorlik sohasida erishilayotgan

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

yutuqlar negizida aynan axborot texnologiyalari turli segmentlarining yuqori darajada rivojlanganligi va samarali qo'llanishi yotadi. O'zbekiston iqtisodiyoti ham bundan mustasno emas albatta. Yaqqol misol sifatida axborot texnologiyalarining bir qator segmentlari masalan, ma'lumotlar yetkazish tarmoqlari, axborot internet-resurslari va ular orasidagi elektron hujjat almashuv, biznes va tijoratning barqaror rivojlanayotganini keltirish mumkin. O'zbekiston uchun axborot texnologiyalarini rivojlantirish yangi iqtisodiy aloqalarni ta'minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Lekin bu jarayon, axborot texnologiyalari sohasida ta'lim standartlarining oshishi, milliy telekommunikatsiya tarmoqlarining modernizatsiyalashuvi, huquqiy bazaning shakllanishi oqibatida vujudga keladigan jamiyatning ma'lum darajadagi informatsion tayorligi mavjud bo'lgan holatdagina sodir bo'ladi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

Yurtimizda elektron tijorat sohasidagi munosabatlarning normativ-huquqiy asoslari yaratilgan. "Axborotlashtirish to'g'risida", "Elektron to'lovlar to'g'risida", "Avtomatlashtirilgan bank tizimida axborotni muhofaza qilish to'g'risida", "Elektron hujjat aylanishi to'g'risida", "Elektron tijorat to'g'risida"gi va boshqa Qonunlar ana shular jumlasidandir. Ushbu huquqiy hujjatlar asosida elektron bank hujjat aylanishi elektron plastik kartochkalar kabi tizimlar amaliyotga izchil joriy etilayapti. Barchaga ma'lumki, keyingi yillarda, yurtimizda iqtisodiyotning jadal rivojlanishi kuzatilmoqda. Natijada elektron tijoratning ahamiyati tobora oshib, aholining ushbu soha xizmatlariga bo'lgan talab va ehtiyojlari yuksalib borayapti. Shak-shubhasiz, elektron tijorat bozorini taraqqiy toptirish axborot-kommunikatsiya texnologiyalari imkoniyatlaridan samarali foydalanib, tegishli mexanizmlarni kengroq joriy qilish, eng avvalo, elektron tijorat sohasining huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish zaruratini kun tartibiga olib chiqdi. Oliy Majlis Senatining ikkinchi yalpi majlisida ko'rib chiqilishi kutilayotgan yangi tahrirdagi "Elektron tijorat to'g'risida"gi Qonun ham ana shu talab va ehtiyojlarni inobatga olgan holda ishlab chiqilgani bilan ahamiyatlidir.

Bundan tashqari O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Elektron tijoratni jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori ham ushbu soha rivojiga kata hissa qo'shib kelmoqda. Mutaxassislarning ta'kidlashicha, normative-hujjatlar elektron tijoratni rivojlantirish uchun yangi huquqiy, iqtisodiy, tashkiliy va texnik sharoitlar yaratadi. U tadbirkorlikni rivojlantirish hamda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash uchun qo'shimcha sharoitlar yaratish imkonini beradi. Elektron tijoratni yanada rivojlantirishga, elektron savdoda zamonaviy axborot-kommunikatsiya

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

texnologiyalarini joriy qilishga, bitimlami tuzish tartib-taomillarini soddalashtirishga, elektron tijorat ishtirokchilari huquqlarini ro'yobga chiqarishning huquqiy mexanizmlarini o'rnatish va muhofaza etishga xizmat qiladi. Mazkur Qonun respublikada elektron tijoratni yanada keng joriy etishga huquqiy zamin yaratib, savdo operatsiyalarini amalga oshirish bo'yicha xarajatlar (tranzaksiya xarajatlari)ni kamaytiradi. Elektron tijorat subyektlarining biri-biridan geografik uzoqligi bilan bog'liq muammolarni hal qiladi. Sotuvchilar va xaridorlar o'rtasida to'g'ridan-to'g'ri tezkor ravishda shartnomaviy munosabatlarni o'rnatish uchun sharoit tug'diradi. Jumladan, bozorda yangi ishtirokchilarning paydo bo'lishida muhim omilga aylanadi. Qolaversa, u tadbirkorlik va ishbilarmonlik muhiti yanada yaxshilanishi, xalqaro standartlarga javob beradigan texnologik bozor infratuzilmasini yaratishga qo'shimcha imkon beradi.

Ilmiy maqolani tayyorlashda umumlashtirish, deduksiya, tizimli yondashuv, qiyosiy-huquqiy tahlil, statistik va amaliyot materiallarini o'rganish kabi usullardan foydalanilgan.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

"Elektron tijorat" termini EDI (Elektronic Data Interchange - ma'lumotlarni elektron almashish), elektron pochta, internet, intranet (kompaniya ichida axborot almashish) va ekstranet (tashqi dunyo bilan axborot almashish) kabi texnologiyalarni o'z ichiga oladi. O'z navbatida Elektron kommersiya tizimi uch sinfga bo'linadi:

> Chakana savdoni tashkil qilishbo'yicha (biznes-iste'molchi, B2C);

> Biznes hamkor bilan aloqlar o'rnatish (biznes-biznes, B2B);

> Iste'molchilar o'rtasidagi savdo (iste'molchi-iste'molchi, C2C);

Elektron tijoratning o'ziga xos qulayliklari va ustunliklari mavjud:

> Xalqaro operatsiyalarda axborot olish tezligi oshadi;

> Ishlab chiqarish va sotish davri qisqaradi;

> Arzon kommunikatsion vositalardan foydalanish evaziga axborot almashish xarajatlari kamayadi.

Kompaniya axborot texnologiyalarini samarali qo'llash orqali iste'molchibilan ochiq munosabat o'rnatish, mahsulot va xizmatlar to'g'risida hamkor va mijozlarni tezkor axborot bilan ta'minlash, sotuvning alternativ yo'llarini, misol uchun tijorat saytlarida elektron do'konlar ochish va yaratish imkoni beradi.[7]

O'zbekistonda elektron tijoratni rivojlantirish jarayonlari amalda Bugungi kunga kelib, O'zbekistonda davlat organlari elektron tijoratni

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

rivojlantirishda, dunyo tajribasida keng qo'llanilgan quyidagi prinsiplarga amal qilishmoqda.

Elektron tijoratni rivojlantirishda korpoorativ sektor faol rol o'ynashi lozim;

• Elektron tijoratga nisbatan, davlat organlari tomonidan asoslanmagan turli cheklovlar qo'yilishiga yo'l qo'yilmaslik lozim;

• Davlat hokimiyati elektron tijorat jarayoniga, ushbu soha subyektlarini qo'llab-quvvatlash va huquq bazasini takomillashtirish maqsadida aralishishi mumkin;

• Elektron tijoratni boshqarish chora-tadbirlarini ishlab chiqishda davlat hokimiyati Inernetning o'ziga xosliklarini inobatga olishi lozim;

• Elektron tijorat jarayoni ma'muriy-hududiy bo'linish va davlat chegaralariga bog'liq bo'lmagan ravishda, global masshtabda sodir bo'lishi lozim.

Shuni alohida ta'kidlab o'tish kerakki, o'zbekistonda elektron tijoratni rivojlantirish bilan bir qatorda bu sohaning takomillashishiga to'sqinlik qilayotgan bir qancha muammolar ham mavjud. Bu muammolarning tezkor va aniq yechilishi bugungi kunning muhim talablaridan biri hisoblanadi. Chunki aynan quyidagi yechimini kutayotgan masalalar jahon tajribasida keng tarqalgan bo'lib, ularning to'gri hal qilinmasligi oqibatida bu sohada jiddiy inqirozlar vujudga kelishi mumkin.[6]

Birinchidan, zarur infrastrukturaning hali ham yetarli darajada takomillashgmagani. Quyida bir nechta misollar keltiramiz:

• internetning global tarmog'i bilan to'gridan-to'g'ri bog'langan provayderlar soni cheklangan miqdorda va buning natijasida internet mijozlarga provayder o'rtasida biridan ikkinchisiga tashish orqali yetkazilmoqda, ma'lumki bunday holat xizmat ko'rsatishning sifatiga salbiy ta'sir ko'rsatadi.

• viloyatlarda ko'rsatilayotgan internet xizmatining sifat ko'rsatkichlari poytaxtdagi holat bilan solishtirganda sezilarli darajada yomon. Ajratilgan ulanish (ADCL modem) uchun yetarli shart-sharoitning yaratilmaganligi natijasida mijozlar to'gridan to'g'ri qo'ng'iroq qilish orqali (Dial-up) ulanishdan foydalanishadi. Bu o'z navbatida xizmat sifatining yetarli darajada bo'lmasligiga olib keladi.

Ikkinchidan, internet foydalanuvchilarining miqdori shunday darajadaki, bu holat elektron tijorat bilan shug'ullanish uchun zarur bo'lgan yirik bozor yaratish imkonini bermaydi (O'zbekiston bo'yicha internet foydalanuvchilarining soni 2,5 mln. dan ortiq 4). To'gri oxirgi yillarda bu sohada bir qancha ijobiy natijalarga erishilmoqda, lekin bu faqatgina ma'lum bir hududlarda (asosan poytaxt va ba'zi bir viloyat markazlar) o'smoqda. Ko'pchilik viloyatlarda bunday holat haligacha

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

muammoligicha qolmoqda. Ma'lumki, yetarlicha hajmdagi bozorga ega bo'lmasdan turib elektron tijorat faoliyatini yuritish ixtiyoriy tadbirkor uchun zarardir.

Uchinchidan, jismoniy shaxslarning bank hisob raqamlaridan on-line to'lovni amalga oshirishni ta'minlaydigan ishonchli tizimning rivojlanmaganligi. Banklarimiz tomonidan chiqarilayotgan plastik kartochkalardan faqatgina maxsus terminallardan foydalanib to'lovni amalga oshirishimiz mumkin, xalqaro tajribada esa plastik kartochkalar yordamida, to'lovni qabul qilish uchun o'rnatilgan maxsus modullar orqali, to'g'ridan to'g'ri on-line do'konlarda to'lovni amalga oshirish mumkin.

Asosiy muammo shundaki, O'zbekistonda jismoniy shaxslar uchun on-line banking xizmati keng tarqalmadi. On-line banking bank mijozlari uchun internet tarmog'ida yoki mobil aloqa yordamida o'z hisoblarini boshqarish va to'lovlarni amalga oshirish imkonini beradi. Bir necha banklar tomonidan taklif etilayotgan SMS-banking bir tomonlama bo'lib, faqatgina hisob va operatsiyalar tarixi haqida ma'lumot olish uchun mo'ljallangan. Bu holat elektron tijoratning rivojlanishiga eng katta to'siq bo'layotgan muammolardan biridir.

To'rtinchidan, mavjud internet-do'konlar faoliyatida yetarli professionallik darajasi yetishmaydi. Ushbu o'rinda electron tijorat jihatidan Markaziy Osiyo davlatlarinining tajribasiga to'xtalib o'tishimiz maqsadga muvofiq. Markaziy Osiyo ulkan elektron tijorat salohiyatiga ega, chunki mobil qurilmalarga kirish va Internet o'sishda davom yetmoqda, ayniqsa raqamli to'lovlarning ommaviyligi oshishi, davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash tashabbuslarining kuchayishi va umuman iqtisodiy tiklanish yuqori. Shu bilan birga, ushbu salohiyatning aksariyati Markaziy Osiyoning moliyaviy innovatsiyalar va elektron tijorat imkoniyatlari kam bo'lgan rivojlanayotgan mintaqa ekanligidan dalolat beradi. O'zimizni to'liq ifoda yetgan holda, moliyaviy inklyuziya va amaliy elektron tijorat yechimlarini muvaffaqiyatli amalga oshirish bilan bog'liq muammolarni hal qiladigan keng qamrovli milliy rivojlanish rejalariga ehtiyoj bor.

Qirg'iziston. Mamlakat 2021-2025 yillarda elektron tijoratni rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqmoqda va Iqtisodiyot va Moliya vazirligi turli platformalarda o'zi uchun zarur bo'lgan huquqiy bazani va soliqlarni tartibga solishni muhokama qilmoqda. Elektron tijorat sohasi Qirg'iziston iqtisodiyotining salohiyatli yo'nalishlaridan biridir. 2019-yilda iqtisodiyot vazirligi Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati ko'magida Qirg'iziston Respublikasining "Elektron tijorat to'g'risida"gi Qonuni loyihasini va Qirg'iziston Respublikasi hukumatining "Elektron tijorat to'g'risida" gi Qonuni loyihasini tasdiqlash to'g'risida"gi qarori loyihasini

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

taqdim etdi. Qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasiga taqdim etilib, unda quyidagi masalalar muhokamaga qo'yildi: [3]

1. elektron tijoratning huquqiy shartlari.

2. elektron tijorat bilan shug'ullanuvchi shaxslarning huquq va majburiyatlari;

3. elektron hujjatlar yordamida bitimlar tuzish qoidalari;

4. elektron hujjatlarni dalil sifatida tan olish kabi masalalar.

Qonun loyihasi, Iqtisodiyot vazirligida ta'kidlanganidek, elektron tijoratda yuzaga keladigan barcha munosabatlarni tartibga soladi. Qonun loyihasiga ko'ra elektron tijorat sohasidagi huquqiy munosabatlar ishtirokchilari quyidagilar bo'lishi mumkin: auksion, tanlov va tenderlar tashkilotchilari; to'lov tizimi operatorlari; aloqa operatorlari (provayderlari); banklar; davlat va nodavlat tashkilotlari; jismoniy yoki yuridik shaxslar.

Turkmaniston. Mazkur tendensiya Turkmaniston respublikasida o'sib borayotgan bo'lsada, ammo ushbu munosabatlarni huqququiy jihatdan tartibga soluvchi normative mavjud emas edi. 2020-yil 20-may kuni Osiyo taraqqiyot banki instituti, Markaziy Osiyo mintaqaviy iqtisodiy hamkorlik instituti (CAREC) va Shanxay buxgalteriya hisobi Milliy instituti bilan hamkorlikda tashkil etilgan videoseminar mintaqasida elektron tijoratning me'yoriy-huquqiy bazasini rivojlantirish masalalari kun tartibiga qo'yildi. Turkmanistonda milliy normativ-huquqiy bazani takomillashtirish, uni xalqaro standartlarga moslashtirish, zamonaviy boshqaruv uslublarini joriy etishga qaratilgan moliyaviy-iqtisodiy sohadagi davlat siyosatining asosiy yo'nalishlari taqdim etildi. Shunga so'ng, 2020- yil 13-yanvarda Turkmaniston elektron tijoratni tartibga solish bo'yicha qonun loyihasini tayyorlayotgani e'lon qilindi.[3]

Qozog'iston. Qozog'istondagi elektron tijorat bozori hajmi 2019 yilda 1,8 baravar yoki 700 milliard tengedan oshdi. Muhimi, ushbu davlatda ichki bozor yanada jadal rivojlanmoqda: 2019-yilda naqd pulsiz to'lovlar hajmi 2,3 baravar oshdi, bu taxminan 14,4 trillion tenge deganidir. O'sish pos-terminallar infratuzilmasini rivojlantirish, Apple Pay va Samsung payni Qozog'iston bozorlariga kiritish, mijozlarni banklar tomonidan bonuslar va naqd pullar orqali rag'batlantirish, shuningdek barcha turdagi naqd pulsiz to'lovlardan faol foydalanish orqali amalga oshiriladi.

Bu tez o'sishi qaramay Qozog'iston e-tijorat yoki savdo raqamlashtirish to'g'risidagi qonun hujjatlari alohida e'tabor qaratib keladi. Shunday bo'lsa-da, Qozog'iston hukumati electron tijoratni rivojlantirish maqsadida 2019-2025 yillar

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

uchun yo'l xaritasini ishlab chiqqan. Ushbu yo'l xaritasiga ko'ra quyidagilar belgilab ebrilgan:

1. eksport darajasini oshirish maqsadida xalqaro platformalarda mahalliy kompaniyalar targ'ib qilishni oshirish;

2. Qozog'istonda xalqaro platformalarini rag'batlantirish. 2018 yilda Qozog'iston Respublikasi savdo va integratsiya vazirligi "Wildberries" xalqaro kompaniyasi bilan investitsiya loyihasini amalga oshirish to'g'risida Memorandum imzoladi, uning asosiy maqsadi ushbu platforma orqali Qozog'iston tovarlari eksportini ko'paytiradigan infratuzilmani yaratish va rivojlantirishdir.

3. elektron tijorat bozori ekotizimining infratuzilmasini rivojlantirish choralarini ko'rib chiqish.

4. agro-logistika va ulgurji tarqatish markazlari tarmog'ini to'liq raqamlashtirish rejalashtirilgan. Shunday qilib, ular asosida fermerlar va ulgurji xaridorlar uchun elektron savdo maydonchalari yaratiladi. Axborot tizimi tovarlar oqimini kuzatish va muvozanatli mintaqalararo oqimlarni ta'minlashga imkon beradi

5. Qozog'iston raqamli savdo maydonchalarini yaratishni qo'llab-quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlar belgilangan. Bugungi kunda Qozog'iston bozorida 13 ga yaqin online savdo bozorlari mavjud. Masalan Kaspi.kz, flip.kz., chocofamily, mechta.kz kabi bozorlar va 20 turdagi tovarlar va xizmatlar kategoriyalar mavjud.

6. aholining raqamli bozor to'g'risida xabardorligini oshirish va ularning elektron tijoratda faol ishtirokini kuchaytirish.

7. Raqamli bozorda iste'molchilarni himoya qilish va mijozlarni qo'llab-quvvatlash xizmatlarini tartibga solish.[3]

XULOSA VA TAKLIFLAR

Shuni bemalol ta'kidlash mumkinki, O'zbekistonda elektron tijoratning rivojlanishi O'zbeksiton mehnat bozori strukturasiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Birinchidan, yuqori axborot texnologiyalarini sanoatlashtirish minglab yangi ish o'rinlarini yaratadi.

Ikkinchidan, O'zbekiston iqtisodiyotining barqarorlashishi, tovar va xizmatlarning raqobatbardoshligi kuchayishi va elektron tijorat rivojlanishining bir paytda sodir bo'lishi eksport imkoniyatlarimizning oshishiga olib keladi.

Uchinchidan, elektron tijorat aholi turmush darajasining yaxshilanishini, marketing, menejment kabi sohalarning rivojlanishini ta'minlaydi.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Mamlakatimizda ushbu natijalarga erishish uchun quyidagi muammolarni bartaraf etishimiz maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz:

Birinchidan, elektron tijorat sohasida ilmiy izlanishlarni chuqurlashtirish zarur. Ilmiy ishlar, maqolalar yozish, maxsuslashtirilgan internet-resurlar yaratish, doimiy forum va konferensiyalar tashkil etish, kadrlar tayorlashda elektron tijoratning nafaqat texnik, balki iqtisodiy va huquqiy xususiyatlarini ham inobatga olish, eng asosiy muammolardan biri -malakali kadrlar yetishmovchiligini, oldini oladi.

Ikkinchidan, telekommunikatsion xizmatlarni ko'rsatish sohasida raqobatni rivojlantirish. Bu xizmat sifatining oshishiga, narxlar darajasining tushishiga va elektron tijorat uchun ma'lum internet-auditoriyalarining yaratilishiga olib keladi.

Uchunchidan, AKT sohasiga investitsiyalarni kiritish uchun qulay huquqiy sharoitning ko'rsatilgan tartibda doimiy mavjud bo'lishini ta'minlash.

To'rtinchidan, o'z-o'zini boshqarish va tajriba almashish tizimlarini yaratish

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Beshinchidan, elektron tizimi bo'yicha ta'lim tizimini rivojlantirish.

Oltinchidan, axborot texnologiyalarining butun O'zbekiston bo'ylab keng tarqalishini ta'minlash. Nafaqat viloyat markazlarida, balki chekka qishloqlarda ham axborot texnologiyalarining joriy qilinishi elektron tijorat hajmining sezilarli darajada oshishiga olib keladi.

Yettinchidan, on-line banking tizimini butun respublika bo'ylab samarali joriy qilish. Bu ulgurji va chakana savdo bilan shug'ullanayotgan tadbirkorlar uchun o'z tovar va xizmatlari bilan internet tarmog'i orqali erkin savdo qilish imkoniyatini oshiradi. Shu bilan birga bu bank sohasining boshqa yo'nalishlari bo'yicha ham sezilarli o'zgarishlarga olib keladi.

Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, O'zbekistonda elektron tijoratni rivojlantirish imkoniyatlari yildan yilga o'sib borayotganligini alohida ta'kidlab o'tish lozim. Uning rivojlanishi milliy ishlab chiqaruvchilarimizga yangi bozorlar ochish, yangi mijozlar topish imkoniyatlarini yaratadi. Elektron tijoratni rivojlantirish bo'yicha tanlangan va amaldagi yo'ldan to'g'ri borish, kelajakda O'zbekiston iqtisodiyotini jahon bozorining yetakchi vakillaridan biriga aylantiradi. O'zbekistonda elektron tijorat bo'yicha mavjud muammolarni hal qilishning to'g'ri yo'li tanlanganligi xalq farovonligida, jamiyatimizning taraqqiy topishida, iqtisodiy rivojlanishimizda o'z aksini topadi.

REFERENCES

1. Nodavlat Tashkilotlari Erkinlik Markazining tahlili erkin ma'lumotlar almashinuvi bo'lgan davlatlarda iqtisodiy o'sish nisbatan informatsiya almashinuvi chegaralangan

235

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

davlatlardagiga

qaraganda

2.5

barobarga

yuqori

bo'ladi. http://www.freedomhouse.org/research/freeworld/2001/growth.htm

2. The Economist, November 8th-14th 2008, "How to control E-commerce", p. 23-

3. Юнас, А., Каландаров, А., & Турдиалиев, М. А. (2021). Legal progress of ecommerce legislation in Central Asia during the COVID-19 period. Общество и инновации, 2(6), 170-176.

4. Turdialiev, M. A. (2021). REGULATION OF MNES BY DOMESTIC AND INTERNATIONAL POLICIES. Зб1рник наукових праць SCIENTIA.

5. Kinza Fatima, & Mukhammad Ali Turdialiyev. (2022). UNDERSTANDING THE SOCIAL CHANGE AND DEVELOPMENT IN THE "THIRD WORLD": A BOOK OVERVIEW. World Bulletin of Management and Law, 6, 1-2. Retrieved from https://scholarexpress.net/index.php/wbml/article/view/439

6. Fatima, K., & Turdialiyev, M. A. (2021). UNDERSTANDING THE SOCIAL CHANGE AND DEVELOPMENT IN THE "THIRD WORLD": A BOOK OVERVIEW. World Bulletin of Management and Law, 5, 110-111.

7. Younas, A., & Ogli, T. M. A. P. (2021). Special Features Of International Financial Centres And Its Establishment In Uzbekistan. The American Journal of Political Science Law and Criminology, 3(08), 17-21.

8. «Экономическое обозрение», 14 ноябрь 2009. «Новая вершина узбекского Интернета», 18-Б.

9. Отчет об анализе выполнения решений всемирной встречи на высшем уровне по вопросам информационного общества, 2008. Подготовлено совместноУзбекским Агентством связи и информатизации (УзАСИ) иПроектом ПРООН «Политика ИКТ» (ICTP), 8-B.

10. Блокчейн технологиясига асосланган "смарт-шартномалар": ишончлилиги ва амалиётда кулланилиши А. Ортикбоев («UNICON.UZ» ДУК).

11. Akramov, A., Mirzaraimov, B., Akhtamova, Y., & Turdaliyev, M. A. (2020). Prospects For The Development Of Trust Management In Uzbekistan. Psychology and Education Journal, 57(8), 530-535.

12. https://www.nortonrosefulbright.com/ensg/knowledge/publications/1bcdc200/s mart-contracts

13. https://101 blockchains.com/smart-contracts/

24.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.