Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 4
educational, natural and social sciences О ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
O'ZBEKISTONDA ELEKTRON TIJORATNI SOLIQQA TORTISHNING YANGI BOSQICHLARI
Rustamov Alisher Faridjon o'g'U O'zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi magistranti
Anotatsiya: Ushbu maqola raqamlashtirish va Internet orqali amalga oshiriladigan bitimlar sonining o 'sishi sharoitida O 'zbekistonda elektron tijoratga soliq solishni huquqiy tartibga solishga qaratilgan. Tadqiqotning maqsadi - elektron tijorat sohasida O'zbekiston soliq qonunchiligini modernizatsiya qilishning asosiy yo'nalishlarini aniqlash. Tadqiqot predmeti - O'zbekistonda elektron tijorat sohasidagi soliq-huquqiy munosabatlarni tartibga soluvchi keng ko'lamli fiskal islohotlar doirasida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar. Ilmiy, me'yoriy va amaliy materiallarni tahlil qilish va umumlashtirish asosida O'zbekistonda elektron tijorat soliqqa tortishining tartibga solish va mantiqiy va qiyosiy usullaridan foydalanishning o 'ziga xos xususiyatlari va asosiy yo 'nalishlarini aniqlash, shuningdek, ushbu sohadagi soliq siyosati.
Kalit so'z: Elektron tijorat, elektron tijoratga soliq solish, raqamli iqtisodiyot, soliq ma 'murchiligi, onlayn bitim, transmilliy, transchegaraviy, raqamli mahsulot.
Abstract: This article focuses on the legal regulation of taxation of ecommerce in Uzbekistan in the context of digitalization and the growing number of transactions via the Internet. The purpose of the study is to identify the main directions of modernization of the tax legislation of Uzbekistan in the field of ecommerce. The subject of research is the normative and legal acts adopted in Uzbekistan in the framework of large-scale fiscal reforms regulating tax and legal relations in the field of e-commerce. On the basis of the analysis and generalization of scientific, normative and practical materials to identify specific features and main directions of regulation and use of logical and comparative methods of e-commerce taxation in Uzbekistan, as well as tax policy in this area.
Keywords: E-commerce, e-commerce taxation, digital economy, tax administration, online transaction, transnational, cross-border, digital product.
Аннотация: Данная статья посвящена правовому регулированию
налогообложения электронной коммерции в Узбекистане в условиях
цифровизации и растущего количества транзакций через Интернет. Целью
исследования является определение ключевых направлений модернизации
налогового законодательства Узбекистана в сфере электронной коммерции.
Предмет исследования - нормативно-правовые акты, принятые в Узбекистане
762
Scientific Journal Impact Factor
О
в рамках масштабных фискальных реформ, регулирующих налоговые и правовые отношения в сфере электронной коммерции. На основе анализа и обобщения научных, нормативных и практических материалов выявить особенности и основные направления регулирования и использования логических и сравнительных методов налогообложения электронной коммерции в Узбекистане, а также налоговой политики в этой сфере.
Ключевые слова: электронная коммерция, налогообложение электронной коммерции, цифровая экономика, налоговое администрирование, онлайн-транзакции, транснациональные, трансграничные, цифровые продукты.
Elektron tijorat deb nomlangan yangi turdagi tadbirkorlik faoliyatining paydo bo'lishi biznes yuritishning yangi shakllarini rivojlanishiga, shuningdek transmilliy raqamli kompaniyalar paydo bo'lishiga olib keldi. Ananaviy va elektron tijorat tashkilotlari o'rtasidagi biznes modellaridagi sezilarli farqlar tufayli soliq organlari raqamli biznesni boshqarishda qiyinchiliklarga duch kelishdi. Soliq ma'murchiligining muammolari asosan raqamli dunyoda tijorat operatsiyalarini aniqlashning qiyinligi, shuningdek, soliq tizimlarining nomukammalligi va ularning raqamli iqtisodiyot zarbalariga tayyor emasligi bilan bog'liq. Ushbu holatlar soliq to'lovchilar tomonidan qonunlarni suistemol qilinishiga va natijada davlatlar uchun soliq tushumlarining yo'qolishiga olib keldi. Natijada, soliq ma'muriyatlari elektron tijorat uchun soliq ma'murchiligining yangi yondashuvlari va modellarini ishlab chiqishni boshladilar. Biroq, davlatlar paydo bo'lgan muammolarning echimiga turli yo'llar bilan yondashishdi, bu transchegaraviy elektron tijoratni soliq ma'murchiligi muammolarini yanada kuchaytirdi.
OESD (The Organisation for Economic Co-operation and Development) mamlakatlari mutaxassislari tomonidan soliq bazasining eroziyasiga qarshi kurashish rejasi va kam soliq yurisdiksiyalariga foydani olib chiqish rejasi doirasida elektron tijorat soliq ma'murchiligi masalalariga umumiy yondashuvni ishlab chiqish maqsadida 1-harakat1 ishlab chiqildi, raqamli iqtisodiyot soliq ma'murchiligining
1 Addressing the Tax Challenges of the Digital Economy, Action 1-2015 Final Report. URL: https://read.oecd-ilibrary.org/taxation/addressing-the-tax-challenges-of-the-digital-economy-action-
1 -2015-final-report_9789264241046-en#page 1
KIRISH
Scientific Journal Impact Factor
О
zamonaviy modellarini ishlab chiqish bo'yicha takliflar birlashtirildi. Ta'kidlash joizki, BEPS rejasining 1-harakatida ko'rsatilgan takliflar elektron tijorat soliq ma'murchiligini rivojlantirish vektorini belgilab berdi. Masalan, transchegaraviy elektron tijoratda QQSni boshqarish bo'yicha taklif qilingan yondashuvlar dunyoning aksariyat davlatlari, shu jumladan Rossiya Federatsiyasining soliq tizimlariga allaqachon kiritilgan. SHu bilan birga, dunyo davlatlari soliq ma'muriyatlarining raqamli kompaniyalar tomonidan xorijiy mamlakatlardagi faoliyatidan olinadigan daromadlarni soliq ma'murchiligiga nisbatan taklif etilayotgan yondashuvlar bo'yicha fikrlari turlicha. Natijada, bu soha hanuzgacha tartibga solinmagan va raqamli kompaniyalar o'zlari faoliyat yuritayotgan xorijiy davlatlarda daromad solig'ini to'lamaslik imkoniyatiga ega bo'lmoqdalar.
Takidlash joizki, OESD hozirda ushbu yo'nalishda faol ish olib bormoqda. SHunday qilib, 2019 yil oxirida OESD, 1-harakat bo'yicha tadqiqotlar doirasida, raqamli iqtisodiyot muammolarini echish bo'yicha o'z takliflarini taqdim etdi Internet kompaniyalari daromadlariga soliq solish huquqlarini mamlakatlar o'rtasida taqsimlash bilan bog'liq2. SHu bilan birga, OESD tomonidan davlatlar va biznes vakillari bilan o'tkazilgan ommaviy maslahatlashuvlar natijasida takliflar umumiy xarakterga ega ekanligi va qayta ko'rib chiqishni talab qilishi aniqlandi. Natijada OESD ko'proq aniq takliflarni ishlab chiqishga e'tibor qaratdi. SOVID-19 pandemiyasi davrida olib borilgan biznes yuritishning yangi voqeliklari, natijada elektron tijorat hajmi tez suratlarda o'sishni boshladi, va bu yurtimizda soliq mamuchiligida soliqqa tortishni yangi mexanizmlarini yaratishni taqozo qiladi.
Tadqiqot jarayonida ilmiy bilishning mantiqiylik, tarixiylik, izchillik va obyektivlik usullaridan keng foydalanildi. Mazku maqolada O'zbekistonda elektron tijoratni soliqqa tortishning yangi bosqichlari va uning bugungi kundagi xususiyatlari haqida fikrlar tahlil qilindi. Sh. Tilavoldiyevning "Bases of military patriotic education" nomli kitobi metodologik manba bo'lib belgilandi. Shu bilan birga Sh.M. Mirziyoyevning asarlaridan keng foydalanildi.
O'zbekistonda elektron tijoratni soliqqa tortish bo'yicha olib borilayotgan ishlar.
2 Сайт ОЭСР — Консультационный документ по Pillar 1. 2019. 18 с. URL:
https://www.oecd.org/tax/beps/public-consultation-document-secretariat-proposal-unified-
approach-pillar-one.pdf
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Scientific Journal Impact Factor
O
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Elektron tijorat ma'muriyatchiligini takomillashtirish va uni yanada rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish to'g'risida" gi qarori loyihasini ishlab chiqishda muammo tahlili, uni hal etish yo'llari, yangi tartibga solish vositalarini joriy etishning ehtimoliy oqibatlarini prognozlash va baholash natijalari bo'yicha ma'lumotlar.
Ushbu loyiha soliq majburiyatlarini bajarish bo'yicha ma'muriy tartib-tamoyillarni soddalashtirish, soliqlar yig'iluvchanligini oshirish va iste'molchilar huquqlarini himoya qilishni ta'minlashga qaratilgan elektron tijoratni boshqarishning zamonaviy modelini yaratish maqsadida ishlab chiqilgan.
Loyihani ishlab chiqish elektron tijoratni boshqarishda quyidagi muammolarning mavjudligi bilan bog'liq:
raqamli iqtisodiyotda bitimlarni amalga oshiruvchi shaxslarni hisobga olish va monitoring qilishning samarali mexanizmi mavjud emasligi;
elektron tijorat ishtirokchilarini identifikatsiyalash bo'yicha instrumentlarning takomillashmaganligi;
elektron tijorat orqali tovar (xizmat)larni sotib oluvchi iste'molchilar huquqlarining himoya qilinmaganligi;
elektron tijoratning norasmiy sektorini rivojlanishi oqibatida soliq bazasini yashirilishi;
"Business Insider", "eMagketeg" analitik kompaniyalarining tadqiqotlariga ko'ra, 2021 yilda elektron tijorat bozori hajmi
4,9 trillion AQSH dollarini tashkil etadi.
Ushbu tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, 2021 yilda "e-commerce" dunyo chakana savdosi umumiy hajmining 17,5 foizini tashkil qiladi.
Ijtimoiy tarmoqlarda bunday o'sish dinamikasi tarqalishi va doimiy rivojlanayotgan IT-infratuzilmasi va texnologiyalari, shuningdek, ko'plab kompaniyalarning o'z mahsulotlarini va xizmatlarini "digital" formatiga o'tkazish tendensiyasi bilan bog'liq.
Ekspertlarning baholash natijalariga ko'ra, O'zbekistonda raqamli iqtisodiyotning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 2,2 foizni tashkil etadi. Foyda solig'i stavkasini 15% dan 7,5% gacha pasayishi va tovar (xizmatlar) bilan elektron savdo qiladigan elektron tijorat sub'ektlarining Milliy reestriga kiritilgan xo'jalik yurituvchi sub'ektlar uchun aylanmadan olinadigan soliq 4% dan 2% gacha pasayishiga qaramasdan, respublikadagi xufiyona sektoridagi elektron tijorat bozori darajasi 4,9 trillion so'm qilib baholanmoqda.
Scientific Journal Impact Factor
0
Bugungi kunga kelib, 77 ta elektron tijorat obekti ro'yxatga olingan xolos. Sub'ektlarni ro'yxatga olish www.e-tijorat.uz veb-sayt orqali amalga oshiriladi.
Taqdim etilgan soliq imtiyozlari soliq to'lovchilar ixtiyorida 1,9 mlrd. so'm bo'sh pul mablag'larini qoldirish imkonini beradi.
Shu bilan birga, O'zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining ma'lumotlariga ko'ra, O'zbekistonda 150 dan ortiq elektron tijorat sub'ektlari faoliyat ko'rsatmoqda.
Bundan tashqari, www.tgstat.com sayti ma'lumotlariga ko'ra O'zbekistonda savdo sohasida jami foydalanuvchilari 2 milliondan ortiq bo'lgan 100 dan ortiq yirik kanal mavjud bo'lib, bu omillar davlat ro'yxatidan o'tmagan tadbirkorlik sub'ektlarining (xufiyona tijorat) rivojlanishiga ta'sir ko'rsatadi.
SHuningdek elektron tijorat (xizmatlar) bilan shug'ullanuvchi xorij firmalari www.tax.uz portali orqali o'z ixtiyorlari bilan ro'yxatdan o'tishmoqda. Xozirgi kunda ularning soni 26 tani tashkil etadi. Davlat Soliq Qo'mitasining ma'lumotlariga ko'ra 2021 yil 1 choragigacha davlat byudjetiga 4,3 mlrd.so'm to'lovlar to'lashgan(1 -rasm).
1-rasm. O'zbekistonda xorij kompaniyalari tomonidan byudjetga to'lovlar.
XULOSA VA TAKLIFLAR
Loyihada elektron tijorat ma'muriyatchiligi tizimini konseptual jihatdan qayta ko'rib chiqish bo'yicha quyidagilar nazarda tutiladi:
elektron tijorat ishtirokchilarining hisobini va monitoringini amalga oshirish imkonini beruvchi elektron tijoratni boshqarish uchun yagona platforma yaratish;
tovarlarning elektron savdosini amalga oshiruvchi tadbirkorlik sub'ektlarini hisobga olish soliq organlari tomonidan amalga oshirish;
Scientific Journal Impact Factor
0
tovarlar (xizmatlar)ning elektron savdosini amalga oshirishda elektron shartnomalar va virtual kassalardan majburiy foydalangan holda amalga oshirish;
foyda solig'i va aylanmadan soliq bo'yicha pasaytirilgan stavkalar tatbiq etiladigan soliq to'lovchilar doirasini kengaytirish;
yosh tadbirkorlarga 2023 yilgacha va keyingi 24 oy muddatlarda soliqlarni kechiktirish va bo'lib-bo'lib to'lashni ta'minlash.
1. Addressing the Tax Challenges of the Digital Economy, Action 1-2015 Final Report. URL: https://read.oecd-ilibrary.org/taxation/addressing-the-tax-challenges-of-the-digital-economy-action-1-2015-fmal-report_9789264241046-en#page 1
2. Sayt OESR — Konsultatsionntiy dokument po Pillar 1. 2019. 18 s. URL: https://www.oecd.org/tax/beps/public-consultation-document-secretariat-proposal-unified-approach-pillar-one.pdf
3. Elektron tijorat ma'muriyatchiligini takomillashtirish va uni yanada rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish to'g'risida qarorlar.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)
Veb saytlar
1. www.businessinsider.com
2. www.emarketer.com
3. DSQ telegram rasmiy kanali