Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTONDA XALQ TA’LIMINI RIVOJLANTIRISHNING ZAMONAVIY SIFAT BOSQICHLARI'

O‘ZBEKISTONDA XALQ TA’LIMINI RIVOJLANTIRISHNING ZAMONAVIY SIFAT BOSQICHLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Munisa Xolbekova

Bozor iqtisodiyoti sharoitida demokratik qadriyatlarni rivojlantirish, fuqarolik jamiyatini shakllantirish yo'lida inson iqtisodiy va siyosiy hayotning faol sub'ekti sifatida faoliyat ko'rsatadi. Bu esa, o'z navbatida, yosh avlodni butun hayoti davomida o'rganish va ta'lim olish qobiliyati bilan qurollantirish zarurligini ko'rsatadi. Uzluksiz ta'lim ijodiy, ijtimoiy faol hamda ma'naviy boy shaxsni shakllantirish uchun zarur shartsharoitlarni yaratadi. Uzluksiz ta'limning yagona tizimida esa, maktabga tayyorgarlik muhim o'rin tutadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTONDA XALQ TA’LIMINI RIVOJLANTIRISHNING ZAMONAVIY SIFAT BOSQICHLARI»

Tashkent State University of Economics

O'zbekiston - 2030 strategiyasi: inson salohiyatini ro'yobga chiqarish imkoniyatlari Uzbekistan - 2030 Strategy: _Opportunities to Realize Human Potential

O'ZBEKISTONDA XALQ TA'LIMINI RIVOJLANTIRISHNING ZAMONAVIY

SIFAT BOSQICHLARI

Munisa Xolbekova

Yangiyo'l tumani 17-sonli umumta'lim maktabi o'qituvchisi

Bozor iqtisodiyoti sharoitida demokratik qadriyatlarni rivojlantirish, fuqarolik jamiyatini shakllantirish yo'lida inson iqtisodiy va siyosiy hayotning faol sub'ekti sifatida faoliyat ko'rsatadi. Bu esa, o'z navbatida, yosh avlodni butun hayoti davomida o'rganish va ta'lim olish qobiliyati bilan qurollantirish zarurligini ko'rsatadi. Uzluksiz ta'lim ijodiy, ijtimoiy faol hamda ma'naviy boy shaxsni shakllantirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratadi. Uzluksiz ta'limning yagona tizimida esa, maktabga tayyorgarlik muhim o'rin tutadi.

Davlat rahbarining Oliy Majlis va O'zbekiston xalqiga yo'llagan murojaatnomasida qayd etilganidek, «Biz o'z oldimizga mamlakatimizda Uchinchi Renessans poydevorini barpo etishdek ulug' maqsadni qo'ygan ekanmiz, buning uchun yangi Xorazmiylar, Beruniylar, Ibn Sinolar, Ulug'beklar, Navoiy va Boburlarni tarbiyalab beradigan muhit va sharoitlarni yaratishimiz kerak. Bunda, avvalo, ta'lim va tarbiyani rivojlantirish, sog'lom turmush tarzini qaror toptirish, ilm-fan va innovatsiyalarni taraqqiy ettirish milliy g'oyamizning asosiy ustunlari bo'lib xizmat qilishi lozim», degan purhikmat so'zlar, albatta ta'lim, fan va innovatsiyalarning yanada adolatli va barqaror rivojlanishiga intilishni rag'batlantirishga qaratilgan.

Ilmiy tadqiqotlar natijalari, inson o'z umri davomida o'zlashtiradigan barcha axborot va ma'lumotlarning qariyb 70 foizini 5 yoshga bo'lgan davrda egallashini tasdiqladi. Mazkur omil uzluksiz ta'limning yagona tizimining asosiy bo'g'ini sifatida maktabgacha ta'limning ahamiyatini belgilaydi.

Biroq, O'zbekistonda islohotlarning yangi bosqichi boshlanmasidan avval maktabgacha ta'limga alohida e'tibor qaratilmagan edi. 2017 yilga kelib vaziyat butkul o'zgardi. Xususan, O'zbekiston rahbarining «Maktabgacha ta'lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida» gi Farmon va «O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to'g'risida»gi Qaroriga muvofiq maktabgacha ta'lim vazirligi tashkil etildi.

Maktabgacha ta'limni ham an'anaviy, ham butkul yangi shakllarda rivojlantirish davlatning asosiy ustuvor vazifalaridan biriga aylandi. Xususan, 2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasida mazkur sohani tubdan isloh qilish maqsadida 96 ta normativ-huquqiy hujjat - shundan 3 ta Farmon va 19 ta Prezident qarori, Vazirlar

230

^_i7-apreL_202£_

Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi

Tashkent State University of Economics

O'zbekiston - 2030 strategiyasi: inson salohiyatini ro'yobga chiqarish imkoniyatlari Uzbekistan - 2030 Strategy: _Opportunities to Realize Human Potential

Mahkamasining 44 ta qarori va 8 ta farmoyishi, 13 ta idoraviy va 7 ta boshqa normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi.

Bundan tashqari, alohida rivojlangan davlatlar tajribasini hisobga olgan holda, nodavlat ta'lim muassasalari, jumladan nodavlat bog'chalar tarmog'ini kengaytirishga ham katta ahamiyat qaratilmoqda.

Shu bilan birga, maktabgacha ta'lim muassasalari tarmog'ini kengaytirish, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va yangi bog'chalarni qurish uchun 2017-2021 yillarda maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish Dasturi hamda 2030 yilga qadar maktabgacha ta'lim bilan qamrov darajasini 80,8 foizga yetkazish maqsad qilingan maktabgacha ta'lim tizimini rivojlantirish Konsepsiyasi tasdiqlandi.

Amalga oshirilgan islohotlar natijasida bolalarning maktabgacha ta'lim bilan qamrov darajasi 27,7 foizdan 62,4 foizgacha, MTTlar soni 5211 tadan 19316 taga, byudjetdan ajratilgan mablag'larning 3,7 baravarga va davlat maktabgacha ta'lim muassasalari tarbiyachilarining ish haqi 668,4 ming so'mdan 1324,0 ming so'mgacha o'sishi ta'minlandi.

Ijtimoiy sohaning boshqa tarmoqlari qatorida o'rta ta'lim sohasida ham keng ko'lamli islohotlar amalga oshirildi. Jumladan, xalq ta'limi tizimini rivojlantirishga qaratilgan Prezidentning 17 ta Farmon va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining 44 ta qarori qabul qilindi.

Xususan, Davlat rahbarining 2019 yil 29 apreldagi «O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida»gi Farmoni bilan O 'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi tasdiqlandi. Unda, uzluksiz ta'lim tizimi mazmunini sifat jihatidan yangilash, iqtidorli bolalar va iste'dodli yoshlar bilan aniq maqsadga yo'naltirilgan ishlarni amalga oshirish tizimini yaratish, o'qitish usullarini takomillashtirish, ta'lim xizmatlari sifatini yaxshilash, xalq ta'limi sohasiga zamonaviy AKT va innovatsion loyihalarni joriy etish, korrupsiyaga qarshi kurashishning ta'sirchan mexanizmini yaratish, moddiy-texnik bazani mustahkamlash, xodimlarning mehnatiga haq to'lash va ijtimoiy himoya qilish darajasini bosqichma-bosqich oshirib borish kabilar rivojlanishning asosiy ustuvor yo'nalishlari etib belgilandi.

Prezident maktablari (M.Ulug'bek va M.Xorazmiy nomidagi), maxsus iqtidorli bolalar maktablari, ijod maktablari (H.Olimjon, Zulfiya, E.Vohidov, A.Oripov, I.Yusupov, I.Ibrat, M.Yusuf, H.Xudoyberdieva nomidagi) va «Temurbeklar maktabi» tashkil etildi.

Xalq ta'limini isloh qilish jarayonida o'rta maktab o'qituvchilarining ish haqi 3 barobarga oshirildi, shuningdek maktablarga malakali mutaxassislarni jalb qilishga

231

^_17-apreL_202£_

Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi

Tashkent State University of Economics

O'zbekiston - 2030 strategiyasi: inson salohiyatini ro'yobga chiqarish imkoniyatlari Uzbekistan - 2030 Strategy: _Opportunities to Realize Human Potential

erishildi, ya'ni 2016/2017 o'quv yilida oliy ma'lumotli o'qituvchilarning ulushi 81,8 foizni tashkil etgan bo'lsa, 2020/2021 o'quv yilida ushbu ko'rsatkich 87,8 foizga yetdi. Keng jamoatchilik va ota-onalarning fikr-mulohazalari asosida yurtimizda 11 yillik majburiy maktab ta'limi qayta joriy etildi.

Ish yuklamasi maqbullashtirilib, o'qituvchilarni majburiy mehnatga jalb qilish amaliyoti bekor qilindi. Olis tumanlarda faoliyat yuritayotgan pedagog kadrlarning mehnatini rag'batlantirish, ularga har oyda 50% miqdorida qo'shimcha ustama haq to'lash bo'yicha aniq mezonlar belgilandi. Shuningdek, maktab o'qituvchilarining mehnatini rag'batlantirish maqsadida uy-joy, avtotransport, maishiy texnika vositalari va boshqalar uchun imtiyozli kreditlar berish amaliyoti joriy etildi. Ta'lim-tarbiya ishlarini samarali olib borishda erkak o'qituvchilarning alohida o'rni va ta'siri borligi hisobga olinib, ko'rilgan aniq chora-tadbirlar natijasida 44 ming nafardan ortiq erkak o'qituvchi xalq ta'limi tizimiga qaytdi.

Xalq ta'limi tizimiga AKTni joriy etish bo'yicha istiqbolli loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish maqsadida, 10 181 ta umumta'lim maktabidan 9 114 tasining keng polosali Internetga ulanishi ta'minlandi, 4 715 ta maktabda kompyuter sinf xonalariga lokal tarmoq hamda o'qituvchilar xonasiga Wi-Fi qurilmalari o'rnatildi, 2 998 dan ortiq maktabda Kundalik.com elektron jurnal tizimi joriy etildi. Hozirgi kunda 190 963 nafar o'qituvchi va 2,3 mln. nafar o'quvchi ushbu elektron tizimdan foydalanib kelmoqda.

Xulosa o'rnida shuni aytish joizki, O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning zamonaviy bosqichi jamiyatning siyosiy, iqtisodiy hayoti, ijtimoiy sohasini chuqur isloh qilish jarayonlarini amalga oshirish bilan bog'liq, fan va ta'lim esa mamlakatimiz iqtisodiy hamda ijtimoiy taraqqiyotining ajralmas manbai bo'lib, aholi uchun munosib turmush darajasini, jamiyatni tashkil etishning demokratik tartibini, yuksak madaniyat standartlarini kafolatlaydi.

REFERENCES

1.11.09.2023 yildagi PF-158-son "O'zbekiston - 2030" satrategiyasi" to'g'risidagi O'zbekiston Respublikasi Prezidentning Farmoni;

2."Sog'liqni saqlash sohasida islohotlarni chuqurlashtirish bo'yicha qo'shimcha chora -tadbirlar to'g'ris"gi Prezident Qarori (PQ-38-son,22.01.2024y)

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 18 fevraldagi "Jamiyatda ijtimoiy-ma'naviy muhitni sog'lomlashtirish, mahalla institutini yanada qo'llab quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-5938-son Farmoni.

232

^_17-aprel,_2024_

Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.