Научная статья на тему 'SOG‘LOM TAFAKKUR – SOG‘LOM TURMUSH GAROVIDIR'

SOG‘LOM TAFAKKUR – SOG‘LOM TURMUSH GAROVIDIR Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

15
9
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
strategiya / tafakkur / salomatlik / talaba yoshlar / sog'lom / ma'naviy muhit / oila / sog'lom turmush tarzi

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Aziza Rixsivaevna Sultanova

Ushbu maqolada “O'zbekiston-2030” strategiyasida belgilangan aholi salomatligini ta'minlash, tibbiyot sifatini oshirish bo'yicha ko'plab vazifalar, sog'lom tafakkur-sog'lom turmush tarzi qoidalari, sog'lom ma'naviy muhit tahlil etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «SOG‘LOM TAFAKKUR – SOG‘LOM TURMUSH GAROVIDIR»

Tashkent State University of Economics

O'zbekiston - 2030 strategiyasi: inson salohiyatini ro'yobga chiqarish imkoniyatlari Uzbekistan - 2030 Strategy: _Opportunities to Realize Human Potential

SOG'LOM TAFAKKUR - SOG'LOM TURMUSH GAROVIDIR

Aziza Rixsivaevna Sultanova

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti "Ijtimoiy fanlar" kafedrasi dotsenti

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada "O'zbekiston-2030" strategiyasida belgilangan aholi salomatligini ta'minlash, tibbiyot sifatini oshirish bo'yicha ko'plab vazifalar, sog'lom tafakkur-sog'lom turmush tarzi qoidalari, sog'lom ma'naviy muhit tahlil etilgan.

Kalit so'zlar: strategiya, tafakkur, salomatlik, talaba yoshlar, sog'lom, ma'naviy muhit, oila, sog'lom turmush tarzi

Insonning o'z sihat-salomatligiga bo'lgan munosabati qadim zamonlardan ahamiyat berib kelingan.Inson salomatligi hamma narsadan ustun turadi. Salomatlikka nisbatan e'tiborsizlik, loqaydlik ertaga kechirib va tuzatib bo'lmas xatolarni yuzaga keltirishi mumkin. Shuning uchun ham tibbiyot sohasini rivojlantirish, aholi salomatligini himoya qilishi mamlakatimiz siyosatining eng ustuvor vazifasi qilib belgilangan.

Respublikamizda sog'lom avlodni shakllantirish borasida davlat miqiyosida olib borilayotgan katta ishlar zaminida reproduktiv tana a'zolarining funksional holatini mustahkamlashga alohida e'tibor berilmoqda.

Bizga ma'lumki, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 11-sentyabrdagi "O'zbekiston-2030" strategiyasini 2023 yilda sifatli va o'z vaqtida amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-300-sonli Qarori qabul qilindi. Strategiyada 5 ustuvor yo'nalish bo'yicha 100 ta muhim maqsad o'z aksini topgan. Strategiya orttirilgan tajriba, xalqaro ekspertiza va jamoatchilik muhokamasi natijalari asosida ishlab chiqildi. Strategiya o'z ichiga tibbiyot va ijtimoiy himoya tizimigni tashkil qilish g'oyalarini ham o'z ichiga olgan.

Sog'liqni saqlash tizimida davlat boshqaruvini takomillashtirish, birlamchi bo'g'inni kasalliklarni erta aniqlaydigan va davolaydigan tizimga aylantirish, raqamlashtirish ishlarini jadallashtirish, coha rivojlanishining yaqin va uzoq muddatli istiqbollarini belgilash, tibbiy xizmatlar hajmini oshirish va sifatini tubdan yaxshilash, raqobat va xususiy sektorni qo'llab-quvvatlash, tibbiyot xodimlarining bilimini oshirish, ta'lim va ilm-fanni rivojlantirish maqsadlari qo'yilgan.

Strategiyada quyidagilarga asosiy e'tibor qaratiladi

• "0'zbekiston-2030" strategiyasida aholi salomatligini ta'minlash borasida quyidagi islohotlar bel aholini maksimal qamrab olgan holda birlamchi tibbiy-sanitariya xizmatini unga yanada yaqinlashtirish;

• fuqarolarning sog'lom turmush tarzini, sog'lom ovqatlanishini va jismoniy faolligini qo'llab-quvvatlash, ularni aholi orasida har tomonlama targ'ib qilish;

• onalik va bolalikni muhofaza qilish, aholining bu boradagi ehtiyojlarini qondirish;

208

^_17-aprek_202£_

Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi

Tashkent State University of Economics

O'zbekiston - 2030 strategiyasi: inson salohiyatini ro'yobga chiqarish imkoniyatlari Uzbekistan - 2030 Strategy: _Opportunities to Realize Human Potential

• ixtisoslashgan tibbiy yordam ko'lamini kengaytirish;

• sog'liqni saqlash tizimini to'liq raqamlashtirish, qog'ozbozlikka, asossiz byurokratiyaga va navbatlarga chek qo'yish, aholiga tibbiyot muassasalariga murojaat qilganida qulayliklar yaratish;

• zamonaviy va samarali boshqaruv usullarini joriy qilish va tibbiy xizmatlar sifatini oshirish;

• kadrlar salohiyatini oshirish, tibbiy ta'lim va ilm-fanni rivojlantirish;

• xususiy sektorni rivojlantirish va investitsiyalarni jalb qilish hamda yirik davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish;

• tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash;

• farmasevtika tarmog'ini samarali tartibga solish.

2023 yilgacha aholining o'rtacha umr ko'rish davomiyligini 78 yoshga yetkazish maqsad qilingan.Shuningdek, tibbiyotga yo'naltiriladigan mablag'lar hajmi 2 barobarga oshiriladi.Onkologiya, yurak-qon tomir, diabet va nafas yo'llari kasalliklari bo'yicha erta o'limni 2,5 barobarga kamaytirish ko'zda tutilgan. Shuningdek, sil kasalligi bilan kasallanish darajasini 100 ming nafar aholiga nisbatan hozirgi 34 nafardan keskin kamaytirish, aholiga birlamchi tibbiy xizmatlarni yanada yaqinlashtirish, bolalar o'rtasidagi irsiy kasalliklarning oldini olish va davolash samaradorligini oshirish, onalar va bolalar o'limini qisqartirish, sog'lom bolalikni ta'minlash, yuqumli bo'lmagan kasalliklar profilaktikasi samaradorligini oshirish, sog'lom va faol keksalikni ta'minlash, aholi orasida to'g'ri ovqatlanish va sog'lom turmush tarzini shakllantirish, tibbiyot sohasida raqamli texnologiyalarni keng joriy qilish rejalashtirilgan. Bundan tashqari, 7 yil ichida tibbiyot muassasalarini raqamlashtirish darajasini 100 foizga yetkazish ko'zlanmoqda.

"O'zbekiston - 2030" strategiyasida aholi salomatligini ta'minlash, tibbiyot sifatini oshirish bo'yicha ko'plab vazifalar belgilangan. Unga ko'ra, Sog'liqni saqlash vazirligi tuzilmasida davlat muassasasi shaklida "Sog'liqni saqlash loyihalari markazi" loyiha ofisini tashkil qilish taklif etilmoqda. U davlat tibbiy sug'urtasi tizimini hamda davlat tomonidan kafolatlangan bepul tibbiy xizmatlar va dori vositalari paketini to'liq joriy etish, tibbiy xizmatlar sifati va xavfsizligi ustidan nazorat tizimini kuchaytirish, kadrlar salohiyatini oshirish, tibbiy ta'lim tizimi va ilm-fan sohasini xalqaro standartlar asosida rivojlantirish kabi yo'nalishlarga mas'ul etib belgilanadi. Shuningdek, bu markaz raqamli texnologiyalarni keng joriy qilish, davlat-xususiy sheriklik loyihalarini jadallashtirish, xususiy sektorni kengaytirish, davlat xaridlari shaffofligini oshirish, farmasevtika sohasini isloh qilishga ko'maklashadi.

Jamiyat taraqqiyoti, millat komilligi, oila farovonligi va mustahkamligi insonlarning jismoniy va ma'naviy sog'lomlik darajasiga bog'liq. Fuqarolari ma'naviy va jismoniy sog'lom yurtning kelajagi porloq, dunyo hamjamiyatidagi o'rni barqarordir.Ilmiy izlanishlar shundan dalolat beradiki, professor D.Sharipovaning fikrlariga ko'ra "Inson salomatligi-bu

209

^_i7-apreL_202£_

Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi

Tashkent State University of Economics

O'zbekiston - 2030 strategiyasi: inson salohiyatini ro'yobga chiqarish imkoniyatlari Uzbekistan - 2030 Strategy: _Opportunities to Realize Human Potential

eng avvalo uzoq umr ko'rish davomida yuqori sur'atdagi ishchanlik qobiliyati va ijtimoiy faolligini, uning psixik va fiziologik sifatlarini saqlash va rivojlantirish" dan iboratdir.

Salomatlik - salomatlik ma'naviyatiga ega bo'lishda "sog'lom tafakkur" muhim jihat hisoblanadi. "Sog'lom tafakkur insonni o'z salomatligini asrash va o'z faoliyatini jamiyat sog'lomligi sari yo'naltirish, shuningdek zamonaviy hayotda mavjud bo'lgan turli tibbiy, ekologik, ijtimoiy, iqtisodiy tahdidlardan insonni muhofaza qilish bilimi va malakalari mavjudligidan iboratdir". Salomatlik madaniyati-salomatlik tushunchasining barcha tarkibiy qirralarini "sog'lom tafakkur" asosida ongli ravishda umumiy va shaxsiy gigiena talablarini ma'naviy-axloqiy qoidalarga rioya etgan holda yuksak saviyada hayotda namoyon etish demakdir. Sog'lom tafakkur-sog'lom turmush tarzi qoidalarini mazmun va mohiyatan atroflicha bilish, o'ylash, mushohada etish, xulosa chiqarish demakdir. Sog'lom tafakkur zamirida insonda sog'lom dunyoqarash, sog'lom e'tiqod, sog'lom g'oyalar shakllanadi. Sog'lom tafakkur-butun jamiyatni tibbiy va ma'naviy tahdidlar ta'siridan saqlab qolish qudratiga egadir. Buning uchun fuqarolarimizga sog'lom muhit yaratish, salomatlikni tarbiyalashning xalqchil tizimi "0'zbekiston-2030" strategiyasi muhim ahamiyat kasb etadi.

REFERENCES

1.11.09.2023 yildagi PF-158-son "O'zbekiston - 2030" satrategiyasi" to'g'risidagi O'zbekiston Respublikasi Prezidentning Farmoni;

2."Sog'liqni saqlash sohasida islohotlarni chuqurlashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'ris"gi Prezident Qarori (PQ-38-son,22.01.2024y)

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 18 fevraldagi "Jamiyatda ijtimoiy-ma'naviy muhitni sog'lomlashtirish, mahalla institutini yanada qo'llab quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-5938-son Farmoni.

4.Musurmanova O., Riskulova K., Sog'lom avlod-millat kelajagi: Monografiya. - Toshkent: "Fan va texnologiyalar" nashriyoti, 2012. - 188 bet.

5. Ataxanova S. "Yoshlar ma'naviyati va sog'lom turmush tarzi". Toshkent, 2012. "Yoshlar matbuoti",175 b.

6. Sharipova D., va b.q., "Valeologiya asoslari", Toshkent-2007, Nizomiy nomidagi TDPU,3-b. 11.

7.Otamurotov S.O'zbekistonda ma'naviy-ruhiy tiklanish. - T.: Yangi asr avlodi. 2003, -263 b. 6.

210

^_17-aprel,_2024_

Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.