Научная статья на тему 'SOG‘LOM TURMUSH TARZI: TALABA YOSHLAR QARASHLARI'

SOG‘LOM TURMUSH TARZI: TALABA YOSHLAR QARASHLARI Текст научной статьи по специальности «Науки о здоровье»

CC BY
4590
248
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
sog‘lom turmush tarzi / talaba yoshlar / kun tartibi / gigiena. / healthy lifestyle / student youth / agenda / hygiene.

Аннотация научной статьи по наукам о здоровье, автор научной работы — Avezova, Guloyim Sattarovna, Manonova, Yulduz Sherali Qizi

Salomatlik – inson kamolotining muhim tarkibiy qismlaridan biri bo‘lib, shaxsning hech kim dahl qila olmaydigan huquqi, o‘z-o‘zini rivojlantirish, shaxsiy va jamiyat hayotida faol ishtirok etishi garovidir. Ma’lumki, jamiyatimizda inson salomatligi, jismoniy barkamolligi, sog‘lom turmush tarzi madaniyatiga egaligi o‘ta muhim ijtimoiy qadriyat hisoblanadi. Millat salomatligini ta’minlash, xalq genofondini bekamu-ko‘st saqlash sog‘lom turmush tarzi tufayligina yetarlicha ijobiy tarzda hal etiladi. Bu esa, jamiyatning barcha ijtimoiy institutlari; oila, o‘quv-tarbiya maskanlari, mahalla hamda mustaqil ta’lim oldiga jamiyatimiz fuqarolariga sog‘lom turmush tarzi mazmuni va mohiyatini anglatish, yoshlarni sergak va bilimdon, barkamol shaxs qilib tarbiyalash masalasini ko‘ndalang qilib qo‘yadi. Sog‘lom turmush tarzi bu faol mehnat, ijod og‘ushida yashash, kuchli jismoniy va ruhiy yuklamalarni, o‘ta xavfli va zararli ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni yengil ko‘tara oladigan har tomonlama taraqqiy etgan shaxsning shakllanish jarayonidir. Talabalar o‘rtasidagi o‘tkazilgan so‘rovnomada natijalaridan kelib chiqib, oliy o‘quv yurti talabalari bo‘sh vaqtini to‘g‘ri taqsimlash, kun tartibi, dam olishga va mehnat tartibiga rioya etishi sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarining shakllanishida muhim ahamiyatga egadir. Shuning uchun sog‘lom turmush tarzini shakllantirish bo‘yicha ilmiy-uslubiy tavsiyalarni ishlab chiqish maqsadga muvofiqdir.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

HEALTHY LIFESTYLE: STUDENT YOUTH VIEWS

Health is one of the most important components of human maturity, a guarantee of an individual's inviolable right to self-development, active participation in personal and social life. It is known that in our society, human health, physical fitness, a culture of healthy lifestyle are very important social values. Ensuring the health of the nation, maintaining the gene pool of the people will be solved in a positive enough way only due to a healthy lifestyle. This means that all social institutions of society; The family, educational institutions, neighborhoods and independent education are faced with the task of explaining to the citizens of our society the content and essence of a healthy lifestyle, educating young people to be alert and knowledgeable, well-rounded individuals. A healthy lifestyle is a process of formation of a well-rounded person who is able to actively work, live in the fold of creation, easily bear strong physical and mental loads, extremely dangerous and harmful influencing factors. Based on the results of a survey conducted among students, the correct allocation of leisure time, schedule, rest and work schedule of university students are important in the formation of healthy lifestyle skills. Therefore, it is advisable to develop scientific and methodological recommendations for the formation of a healthy lifestyle

Текст научной работы на тему «SOG‘LOM TURMUSH TARZI: TALABA YOSHLAR QARASHLARI»

Scientific Journal Impact Factor

О

УДК: 61. 614-1.613.2. 613.3. 613-7.613.0 614.2

SOG'LOM TURMUSH TARZI: TALABA - YOSHLAR QARASHLARI

Avezova Guloyim Sattarovna -Toshkent tibbiyot akademiyasi jamoat sog'lig'ini saqlash maktabi dotsenti, t.f.n.

Manonova Yulduz Sherali qizi- Toshkent tibbiyot akademiyasi Oliy hamshiralik ishi magistratura talabasi

Annotatsiya: Salomatlik - inson kamolotining muhim tarkibiy qismlaridan biri bo'lib, shaxsning hech kim dahl qila olmaydigan huquqi, o'z-o'zini rivojlantirish, shaxsiy va jamiyat hayotida faol ishtirok etishi garovidir. Ma 'lumki, jamiyatimizda inson salomatligi, jismoniy barkamolligi, sog'lom turmush tarzi madaniyatiga egaligi o'ta muhim ijtimoiy qadriyat hisoblanadi. Millat salomatligini ta'minlash, xalq genofondini bekamu-ko'st saqlash sog'lom turmush tarzi tufayliginayetarlicha ijobiy tarzda hal etiladi. Bu esa, jamiyatning barcha ijtimoiy institutlari; oila, o 'quv-tarbiya maskanlari, mahalla hamda mustaqil ta'lim oldigajamiyatimizfuqarolariga sog'lom turmush tarzi mazmuni va mohiyatini anglatish, yoshlarni sergak va bilimdon, barkamol shaxs qilib tarbiyalash masalasini ko'ndalang qilib qo'yadi. Sog'lom turmush tarzi - bu faol mehnat, ijod og'ushida yashash, kuchli jismoniy va ruhiy yuklamalarni, o'ta xavfli va zararli ta'sir ko'rsatuvchi omillarni yengil ko'tara oladigan har tomonlama taraqqiy etgan shaxsning shakllanish jarayonidir. Talabalar o'rtasidagi o'tkazilgan so'rovnomada natijalaridan kelib chiqib, oliy o'quv yurti talabalari bo'sh vaqtini to'g'ri taqsimlash, kun tartibi, dam olishga va mehnat tartibiga rioya etishi sog'lom turmush tarzi ko'nikmalarining shakllanishida muhim ahamiyatga egadir. Shuning uchun sog'lom turmush tarzini shakllantirish bo'yicha ilmiy-uslubiy tavsiyalarni ishlab chiqish maqsadga muvofiqdir.

Kalitso'zlar: sog'lom turmush tarzi, talabayoshlar, kun tartibi, gigiena.

HEALTHY LIFESTYLE: STUDENT - YOUTH VIEWS

Avezova Guloyim Sattarovna - Associate Professor of the School of Public Health of the Tashkent Medical Academy, Ph.D.

Manonova Yulduz Sherali qizi - Master's degree student in Higher Nursing,

Abstract. Health is one of the most important components of human maturity, a guarantee of an individual's inviolable right to self-development, active participation in personal and social life. It is known that in our society, human health, physical fitness, a culture of healthy lifestyle are very important social values. Ensuring the

Tashkent Medical Academy

Scientific Journal Impact Factor

O

health of the nation, maintaining the gene pool of the people will be solved in a positive enough way only due to a healthy lifestyle. This means that all social institutions of society; The family, educational institutions, neighborhoods and independent education are faced with the task of explaining to the citizens of our society the content and essence of a healthy lifestyle, educating young people to be alert and knowledgeable, well-rounded individuals. A healthy lifestyle is a process of formation of a well-rounded person who is able to actively work, live in the fold of creation, easily bear strong physical and mental loads, extremely dangerous and harmful influencing factors.

Based on the results of a survey conducted among students, the correct allocation of leisure time, schedule, rest and work schedule of university students are important in the formation of healthy lifestyle skills. Therefore, it is advisable to develop scientific and methodological recommendations for the formation of a healthy lifestyle

Keywords: healthy lifestyle, student youth, agenda, hygiene.

Salomatlik - inson kamolotining muhim tarkibiy qismlaridan biri bo'lib, shaxsning hech kim dahl qila olmaydigan huquqi, o'z-o'zini rivojlantirish, shaxsiy va jamiyat hayotida faol ishtirok etish garovidir. Mamlakatimizda yuqumli bo'lmagan kasalliklar hamda ularning xavf omillarining oldini olish, davolash va nazorat qilish, aholining barvaqt o'lim hamda kasallanishini kamaytirish bo'yicha izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Turmush tarzi tarixiy taraqqiyot jarayonida shakllangan insonlar hatti harakatining, faoliyatining majmuiy ko'rinishidir. Aniq tarixiy taraqqiyot jarayoniga asoslangan urf odatlar vaqt mobaynida takrorlanib turadi. Ular o'z navbatida, ehtiyoj bo'lib qolgan harakatlarni odatlarni turmush xarakterini yuzaga keltiradi. Sog'lom turmush tarzi - o'z ichiga insonning hayotga intilishlarini, sog'ligini mustahkamlash va uning buzilishini oldini olishga qaratilgan hatti - harakatlarining yig'indisini qamrab oladi. Demak, sog'lom turmush tarzi - bu odamlarni o'z salomatliklarini saqlash va yaxshilashga qaratilgan faoliyatidir.

Sog'liqni saqlash tizimidagi islohatlarga qaramasdan, tibbiyot xodimlari va pedagoglarning asosiy vazifalaridan biri bo'lib sog'lom turmush tarziga rioya etmaslik oqibatida yuzaga keladigan kasallanishni oldini olish bo'lib hisoblandi.

Tadqiqotning maqsadi: Sog'lom turmush tarzining o'quv ko'nikmalarini shakllantirish va oliy o'quv yurti sharoitida kasbiy tayyorgarlik bosqichlarida talaba yoshlarni sog'liqni saqlash hulqi ko'nikmalari hamda tassavvurlar tizimini o'rganish.

KIRISH

Scientific Journal Impact Factor

o

TADQIQOTNING MATERIALI VA USLUBLARI

Talaba-mediklarning turmush tarzini o'rganish va ularning sog'lom turmush tarzi haqida tushunchalarini aniqlash uchun anketa-so'rovnoma ishlab chiqildi. So'rovnoma 25 ta ochiq savoldan iborat bo'lib, savolnomani o'tkazishdan oldin talabalar bilan yo'riqnoma o'tkazildi, so'rovnomada ixtiyoriy ravishda 400 ta Toshkent tibbiyot akademiyasining bakalavriat, magistratura talabalari, xususan davolash, tibbiy - pedagogika fakultetlari, 1-kurs barcha yo'nalish magistr-talabalari qatnashdi. Ulardan 41,5%i (166 ta) qiz bola (ayol)lar, 58,5%i (234 ta) o'g'il bola ( erkak)larni tashkil etdi.

Aholi o'rtasida sog'lom turmush tarzini shakllantirish jarayonini baholashda har bir shaxsda uning kundalik hayot faoliyatini taxlil qilish uchun zarur bo'lgan uchta asosiy elementning mavjudligiga e'tiborni qaratish lozim. Jumladan har bir shaxsda:

sog'lom turmush tarzi haqidagi bilimlarning mavjudligi;

sog'lom turmush tarzida yashashning insonni sog'lom qilishga va umrini uzaytirishi mumkinligiga qat'iy ishonchning bo'lishi;

sog'lom turmush tarzida yashash uchun astoydil harakatning mavjud bo'lishi kabilar kiradi [3,4,7].

Talabalar, sizningcha, sog'lom turmush tarzi nima savoliga sog'lom ovqatlanish qoidalariga rioya qilish 4,5%, jismoniy faoliyat 0,5%, ish va dam olish tartibi 2%, zararli odatlarning yo'qligi 6,5%, keltirilgan barcha variantlarga 86,5% deb javob berilgan.

Jismoniy tarbiya va sog'lom turmush tarzi asoslariga rioya qilish tufayli o'zimga bo'lgan ishonchim va tanamdagi jismoniy holatim yaxshilanadi savoli to'liq qushilaman 66,5%, men qisman roziman 26%, javob berishga qiynalaman 3%, qisman rozi emasman 3%, umuman rozi emasman 1,5% ni tashkil etdi.

Sog'lom turmush tarzi inson organizmidagi turli kasalliklarning shakllanishiga to'siq bo'luvchi asosiy sabablardan biridir. Adabiyotlarda keltirilishicha, inson salomaligi 50-60%i turmush tarziga bog'liq. Har qanday zararli odatlar organizmdagi turli surunkali kasalliklar paydo bo'lishiga va rivojlanishiga olib keladi. Respublikamizda tamaki chekish va spirtli ichimliklarni ichishga qarshi turli targ'ibot ishlari olib borilayotganligiga qaramasdan, yoshlar o'rtasida zararli odatlar mavjudligi ko'rinadi [1,2,5]. Jumladan, talabalar Sizda qanday zararli odatlar mavjud? savoliga 9% - talabalar, 1% - alkogolli ichimliklar ichish, 34,5% - yog'li ovqatlar va

NATIJALAR

Scientific Journal Impact Factor

o

tez tayyorlanadigan mahsulotlar iste'mol qilish va 41,0 talabalar javob berishga qaynalaman deb takidlagan.

Sog'lom turmush tarzi to'g'ri ovqatlanish bilan chambarchas bog'liq. Jahon sog'liqni saqlash tashkilotining ma'lumotiga ko'ra, jismoniy faollik hamda ovqatlanish me'yor va qoidalariga amal qilmaslik, tarkibida tuz, qand, yog' miqdori ko'p bo'lgan taom va shirinliklarni me'yoridan ortiq iste'mol qilish, shuningdek, yetarli darajada vitamin va minerallar iste'mol qilmaslik oqibatida yoshlarda rasional o'sish va aqliy rivojlanishda ortda qolish, kattalarda esa yurak qon-tomir, endokrin, xavfli o'sma kabi insonning erta o'limiga olib keluvchi qator kasalliklarning rivojlanishiga sabab bo'ladi [3,4,6]. To'g'ri ovqatlanish qoidalariga rioya qilasizmi? degan savolga atigi 23% talabalar ha deb javob berishgan bo'lsa, 60% ba'zan, 17% talabalar esa "yo'q" deb javob berishgan.

Respublikamizda sog'liqni saqlash hamda jismoniy tarbiya va sport sohalarini isloh qilish yuzasidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarda ushbu tizimlarni takomillashtirish barobarida aholi o'rtasida sog'lom turmush tarzini shakllantirishga mazkur sohada davlat siyosatining muhim yo'nalishlaridan biri sifatida ahamiyat qaratilmoqda. Jumladan, 2025 yilga qadar O'zbekiston Respublikasi sog'liqni saqlash tizimini, jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, 2022 yilga qadar yuqumli bo'lmagan kasalliklar profilaktikasi, aholining sog'lom turmush tarzini qo'llab-quvvatlash va jismoniy faolligi darajasini oshirish konsepsiyalari hamda sog'lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari tasdiqlandi va ijroga qaratildi [1,3,4]. Talaba -yoshlar o'rtasida jismoniy faollikni oshirish muhim masalalardan biridir.

Siz turli xil sport klublarida, sport zallarida, suzish havzalariga muntazam qatnashasizmi? degan savolga 14% talabalar - "muntazam tashrif buyuraman", 27% -"qila olmayman, chunki xohish bor, pul yetarli emas", 44% - qila olmayman, chunki vaqt va xohish yo'q, 15% javob bera olmayman deb takidlashgan.

Sog'lom turmush tarziga shaxsiy munosabatingiz savoliga 77,5% bu inson salomatligi uchun muhim va unga rioya qilishga harakat qilaman, 6,5% usiz ham yashashingiz mumkin, 16% ba'zida rioya qilinishi kerak deb javob berishgan.

Undan tashqari, talabalardan insonlarda sog'lom turmush tarzini shakllantirish uchun nimalar qilish kerakligi xaqida shaxsiy fikrlari yig'ildi. Ko'pchilik talabalar (60,0%) sog'lom turmush tarzi shakllanishida oilaning o'rni katta ahamiyatga ega deb takidlashgan bo'lsa, 30% talabalar sog'lom turmush tarzi uchun oilaning moliyaviy mablag'i ahamiyatga ega deb javob berishgan, 20% talabalar sog'lom turmush tarzi

Scientific Journal Impact Factor

О

uchun talabalarda institut va yotoqxonalarda shart sharoitlar yetarli bo'lishi kerak deb takidlashgan.

Olingan natijalar shuni ko'rsatdiki, medik - talabalar sog'lom turmush tarzi va uning inson salomatligidagi ahamiyatini tushunib yetadilar, biroq unga amal qilmaydilar.

Jismoniy mashg'ulotlar va sport to'garaklarida ko'pchilik talabalar qatnashish istagini bildirishgan, biroq vaqt va moliyaviy mablag' muammolari mavjudligini takidlashgan.

Oliy o'quv yurti talabalari bo'sh vaqtini to'g'ri taqsimlash, kun tartibi, dam olishga va mehnat tartibiga rioya etishi sog'lom turmush tarzi ko'nikmalarining shakllanishida muhim ahamiyatga egadir. Shuning uchun sog'lom turmush tarzini shakllantirish bo'yicha ilmiy-uslubiy tavsiyalarni ishlab chiqish maqsadga muvofiqdir.

1.Guloyim Sattarovna Avezova, Zarnigor Beshimova, Gulshod Sattarovna Avezova. Means and problems of forming a healthy lifestyle among the population. //The americcan journal of medical sciences and pharmaceutical research, (2021) 3(05), 73-

2. Авезова Г.С. Алкоголга карамлик ва унинг профилактикасига тизимли ёндашув // Тиббиётда янги кун - Илмий рефератив, маънавий -маърифий журнал. - 2020, 4 (32)- 69-72 б.

3. Маматкулов Б.М., Нодиров Т. Соглом турмуш тарзи ва оила саломатлиги. Укув кулланма. Карши, 2018.

4. Маматкулов Б. "Жамоат саломатлиги ва согликни саклашни бошкариш" "Ilm Ziyo" нашриёт уйи, 2013й. 7-боб 82- 100. 8 боб 101- 116.

5. Белова Ю. Ю. К вопросу о профилактике употребления алкоголя студенческой молодежью : научное издание // Проблемы социальной гигиены, здравоохранения и истории медицины. - М., 2014. - N5. - C. 46-48.

6. Будук-оол Л. К. Социально-гигиенические факторы образа жизни студентов : научное издание / Гигиена и Санитария. - М., 2015. - Том 94 ШУБЖ015. - C. 95-97.

7. Ермакова Н. А., Мельниченко П. И. и др. Образ жизни и здоровье студентов : научное издание // Гигиена и санитария. - М., 2016. - Том 95 N6r5016. - C. 558-

XULOSA

REFERENCES

77

563.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.