Научная статья на тему 'NAVQIRON AVLOD VAKILLARI — YURT TARAQQIYOTI TAYANCHI'

NAVQIRON AVLOD VAKILLARI — YURT TARAQQIYOTI TAYANCHI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

1
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
«O'zbekiston-2030» strategiyasi / yoshlar va sport / yoshlar va ta'lim / yoshlar va tadbirkorlik / yoshlar bandligi / yoshlarni ijtimoiy qo'llab-quvvatlash.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Muxammad Sheraliyevich Valiev

Ushbu maqolada mamlakatimiz yoshlari sog'lom bo'lib o'sishi, sifatli ta'lim olishi va barkamol shaxs bo„lib voyaga yetishi hamda yoshlarni salohiyatini yuksaltirish, ularni har tomonlama rivojlantish uchun mustahkam huquqiy asos bo'lib xizmat qiluvchi tarixiy xujjat to'g'[risida so'z yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «NAVQIRON AVLOD VAKILLARI — YURT TARAQQIYOTI TAYANCHI»

„ , , , . , , . .. , . O'zbekiston - 2030 strategiyasi:

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti . . ,. . , , , . . , . , -

inson salohiyatini ro yobga chiqarish imkoniyatlari

m ■■ .C..TJ- v rv ■ Uzbekistan - 2030 Strategy:

Tashkent State University of Economics

Opportunities to Realize Human Potential

NAVQIRON AVLOD VAKILLARI — YURT TARAQQIYOTI TAYANCHI

Muxammad Sheraliyevich Valiev

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, t.f.n., dotsent

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada mamlakatimiz yoshlari sog'lom bo'lib o'sishi, sifatli ta'lim olishi va barkamol shaxs bo'lib voyaga yetishi hamda yoshlarni salohiyatini yuksaltirish, ularni har tomonlama rivojlantish uchun mustahkam huquqiy asos bo'lib xizmat qiluvchi tarixiy xujjat to'g'risida so'z yuritiladi.

Kalit so'zlar: «O'zbekiston-2030» strategiyasi, yoshlar va sport, yoshlar va ta'lim, yoshlar va tadbirkorlik, yoshlar bandligi, yoshlarni ijtimoiy qo'llab-quvvatlash.

Yoshlarga berilayotgan e'tibor, ularga davlat tomonidan ko'rsatilayotgan g'amxo'rlik miqyosi yildan-yilga kengayib bormoqda. Ayniqsa, Bosh qomusimizda yosh avlodning huquq va manfaatlari aniq moddalar bilan muhrlab qo'yilgan. Bu boradagi huquqiy bazani yanada kengaytirish, amaliy ishlarimizni yangi bosqichga ko'tarish imkonini bermoqda. Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizda yoshlarning ta'lim olishi, ijtimoiy va tibbiy himoyasi, uy-joyli bo'lishi, bandligi uchun shart-sharoitlar yaratish davlatning konstitutsiyaviy majburiyati sifatida belgilandi. Yoshlar nafaqat millat genofondining oltin zahirasi balki jamiyatning eng faol qatlamidir. Yangi O'zbekistonda ularga bo'lgan e'tibor, g'amxo'rlik yil sayin ko'payib, imkoniyatlar ko'lami kengaymoqda. Yoshlarning manfaatlarini ta'minlash, ularning orzu intilishlarini ro'yobga chiqarshi uchun shart-sharoitlarni yartish davlat siyosatining muhim yo'nalishlaridan biridir.

2023 yil 11 sentyabr kuni Prezidentimiz tomonidan imzolangan «0'zbekiston-2030» strategiyasi to'g'risida»gi PF-158-sonli Farmon hamda «O'zbekiston-2030» strategiyasini «Yoshlar va biznesni qo'llab-quvvatlash yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi to'g'risida» gi PF-37-sonli Farmon yoshlar salohiyatini yuksaltirish, ularning har tomonlama rivojlanishi uchun mustahkam huquqiy asos vazifasini o'taydi.

Strategiyada yoshlarni zamonaviy kasblar va chet tillarga o'qitish tizimi yaratilishi ko'zda tutilgan. Bu maqsadga erishish uchun har bir viloyatda 1 tadan "Kreativ park" faoliyatini tashkil etish, ularga yiliga kamida 40 ming yoshni jalb

18

17-aprel, 2024

O'zbekiston - 2030 strategiyasi: inson salohiyatini ro'yobga chiqarish imkoniyatlari

Tashkent State University of Economics

Uzbekistan - 2030 Strategy:

etish vazifasi qo'yilgan. Maktab bitiruvchilari kamida 2 ta xorijiy til va 1 ta kasb egallashini ta'minlash belgilangan[1].

Ushbu yo'nalishda ilmiy va innovatsion faoliyat, intellektual o'yinlar hamda chet tillarni o'rganishga jalb etish orqali kamida 2 million yoshning iqtidorini rivojlantirish kabi maqsad va marralar ko'zlangan. Har yili 500 nafar iste'dodli yoshni xorijning nufuzli oliygohlariga o'qishga yuborishgan rejalashtirilgan. Bu yigit-qizlarning jahon mehnat bozorida talabgir kadrlar bo'lib yetishishiga zamin hozirlaydi[1]. Strategiyada 400 ming yoshning bandligini ta'minlash va muammolarini hal etishga erishish hamda yoshlar ishsizligi darajasini 14 foizdan 11 foizga kamaytirish yuzasidan chora-tadbirlar belgilab olingan[1].

Hujjatda yoshlar o'rtasida IT sohani yanada ommalashtirish hamda sohada xizmatlar eksportini oshirishga alohida e'tibor qaratilgan. Buning uchun IT sohada 300 ming yoshni ish bilan ta'minlash ko'zda tutilgan. Maktab o'quvchilari xalqaro IT bozorda talab yuqori bo'lgan zamonaviy kasblarga o'rgatilishi hamda "Bir million dasturchi" loyihasini kengaytirish va har yili eng iqtidorli 15 ming yoshni nufuzli xalqaro kompaniyalar talablariga mos dasturlar asosida tayyorlash tizimi yo'lga qo'yilishi yuzasidan amaliy choralar belgilangan[1].

«Yoshlar va biznesni qo'llab-quvvatlash yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi yoshlarning salohiyati, iste'dodi va tashabbuslarini to'laqonli ro'yobga chiqarish maqsadida «Besh tashabbus olimpiadasi» doirasida 2024 yil 1 martdan boshlab mahalla, ta'lim muassasalari, korxona va tashkilotlar tizimida mukofot jamg'armasi 600 million so'm miqdorida xorijiy tillar («Ibrat farzandlari») bo'yicha tanlovlar, kibersport musobaqalari va «Zakovat» intellektual o'yinlari yuqori saviyada tashkil etish belgilangan. Shuningdek, «Har bir mahalladan ikki nafar dasturchi» dasturi joriy qilinmoqda. Maxsus axborot portaliga kiritilgan yoshlarni IT sohasida faoliyat yuritayotgan tashkilotlarga yo'naltirish va ishga joylashtirishga ko'maklashish chorala ko'rilishi belgilangan[2].

Yoshlar va sport. Mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sport bilan shug'ullanadigan yoshlar sonini ko'paytirish, ommaviy sport qamrovini kengaytirish strategiyaning asosiy maqsadlaridan biri hisoblanadi. Ommaviy sport tadbirlarini tashkil etish orqali yoshlar qamrovini 8 milliondan oshirish hamda jismoniy tarbiya va sport bilan shug'ullanish uchun kamida 5 mingta mahallada sport maydonchalari barpo etilishi nazarda tutilgan[1].

Mamlakatimiz yoshlari sport sohasida jahon arenalarida katta yutuqlarni qo'lga kiritib kelmoqdalar. Jumladan, sportchilarimiz 2023 yilgi Osiyo o'yinlarida

17-aprel, 2024

19

Tashkent State University of Economics

O'zbekiston - 2030 strategiyasi: inson salohiyatini ro'yobga chiqarish imkoniyatlari Uzbekistan - 2030 Strategy:

22 ta oltin, 18 ta kumush, 31 ta bronza medalini qo'lga kiritib, O'zbekistonning ushbu musobaqalardgi rekordini yangiladilar. Shaxmat grossmeyteri Nodirbek Abdusattorov Praga xalqaro turnirida muddatidan oldin g'alaba qozonib, jahondagi eng kuchli to'rtta shaxmatchining biriga aylandi[3].

Bunday yuksak marralarni zabt etishda qizlar ham yuqori natijalarga erishmoqdalar. Xususan, iste'dodli sportchi Zaynab Dayibekova qilichbozlik bo'yicha Peruda bo'lib o'tgan jahon kubogi o'yinlarida O'zbekiston sporti tarixida birinchi marta bronza medalini qo'lga kiritdi. Yana bir mahoratli sportchi Shahina Yigitalieva esa Paraosiyo o'yinlarida nayza otish bo'yicha oltin medalga sazovor bo'lib, mazkur musobaqalar rekordini yangiladi[3].

Yoshlar va ta'lim. Taraqqiyotimiz dasturi bo'lmish "O'zbekiston-2030" strategiyasida ta'lim tizimini yanada rivojlantirish bo'yicha yangi maqsad va rejalar belgilab olingan.

Bugungi kunda bilim olishga, zamonaviy kasb-hunar egallashga, turli yo'nalishlarda iqtidorini namoyon etishga, tadbirkorlik qilishga yaratilgan sharoitlar natijasida yoshlar ko'plab sohalarda yangi marralarni zabt etmoqda. Xususan, O'zbekistonlik maktab o'quvchilari nufuzli xalqaro va mintaqaviy olimpiadalarda munosib ishtirok etib kelmoqdalar. Xalqaro olimpiadalarda 6 ta medal (4 ta kumush, 2 ta bronza) va mintaqaviy olimpiadalarda esa 39 ta medal (3 ta oltin, 13 ta kumush, 23 ta bronza) qo'lga kiritildi. Ushbu o'quvchilar va ularning ustozlariga jami 1,3 mlrd so'm pul mukofotlari berildi. Shuningdek, 2026 yilda o'tkaziladigan kimyo va informatika fanlaridan xalqaro olimpiadalarga yurtimiz mezbonlik qiladigan bo'ldi[4].

Ta'lim-tarbiya sohasida qabul qilingan dasturlar asosida keyingi vaqtda 261 ta yangi o'rta ta'lim muassasasini qurish, 2.5 mingta maktabni kengaytirish hisobidan qo'shimcha 700 mingta o'quvchi o'rni yaratildi. 2023 yilda xorijdan taklif etilgan 500 nafar chet tili mutaxassisi maktablarda ish boshladi. Kelgusi yillarda ularni soni 3 barobar oshishi kutilmoqda[5].

Oliy ta'lim tizimida ham yoshlarga keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Oliy ta'lim muassasalari soni salkam uch karra ko'payib 77 tadan 212 taga yetkazilgani, oliy ta'lim bilan qamrov darajasi 9 foizdan 42 foizga yetgani zamonaviy ilm va kasb sohalarini egallashda yoshlar uchun yangi imkoniyatlar ochmoqda[5]. 2030 yilga borib oliy ta'lim bilan qamrov darajasini 50 foizdan oshirish, sohada sog'lom raqobat muhitini yaratish, oliy ta'lim sohasida davlat-xususiy sherikchilikni rivojlantirish, Respublikamizdagi oliy ta'lim muassasalarini xalqaro e'tirof etilgan tashkilotlar (Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times Higher

20

^_i7-apreL_202£_

Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi

Tashkent State University of Economics

O'zbekiston - 2030 strategiyasi: inson salohiyatini ro'yobga chiqarish imkoniyatlari Uzbekistan - 2030 Strategy:

Education yoki Academic Ranking of world Universities) reytingining birinchi 1000 ta o'rindagi oliy ta'lim muassasalari ro'yxatiga kiritish ko'zda tutilgan[6].

Yoshlar va tadbirkorlik. Yoshlar tadbirkorligini qo'llab-quvvatlash va bandligini ta'minlash bugungi kunda ustuvor yo'nalishga aylandi. Mamlakatimizda 30 yoshgacha bo'lgan yoshlar 19 milliondan ortiq yoki aholining 55 foizini tashkil qiladi. Mehnat bozoriga har yili 600 ming yosh kirib kelmoqda, kelgusi 10 yilda 1 millionga yetadi[7].

Oxirgi uch yilda 250 ming yoshga 6 trillion so'mdan ziyod imtiyozli kredit ajratildi. Mamlakatimiz bo'yicha 210 ta yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonasi tashkil etildi. O'tgan yili yoshlar tadbirkorligi uchun 4 trillion so'mlik 2,5 mingta loyiha amalga oshirildi. Natijada yosh tadbirkorlar soni 2 karra ko'payib, 200 mingdan oshdi. Yoshlarga 43 ming gektar ekin maydoni ajratilib, 435 mingining bandligi ta'minlandi. 32 mingdan ziyod yoshga subsidiya orqali asbob-uskuna, mehnat qurollari va kompyuter olib berildi.

Yoshlarni ish bilan ta'minlash bilan bog'liq muammolar hal qilinmoqda. Ularni kasbiy tayyorlash va qo'llab-quvvatlash dasturlari tasdiqlandi va amalga oshirilmoqda. Butun mamlakat bo'ylab kasb-hunar ta'limi markazlari faoliyat ko'rsatmoqda, ularda 50 dan ortiq kasb-hunar o'rgatilmoqda.

«Yoshlar va biznesni qo'llab-quvvatlash» yilida yoshlarning biznes bilan shug'ullanishi uchun imkoniyatlar keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Joriy yilda, yoshlar o'rtasida tadbirkorlik dasturi doirasida ajratilayotgan kreditlarning kamida 40 foizi yoshlar tadbirkorligini rivojlantirishga yo'naltiriladi.

Shuningdek, 2024 yil 1 iyundan boshlab, Yoshlar ishlari agentligi tomonidan «Yosh tadbirkor» tanlovi o'tkaziladi. Ushbu tanlov "mahalla-tuman-viloyat-respublika" bosqichlarida o'tkazilib, yoshlarning istiqbolli biznes loyiha va g'oyalari saralab olinadi. Bunda, nogironligi bo'lgan yosh tadbirkorlarning loyiha va g'oyalariga alohida e'tibor qaratiladi. Respublika bosqichida saralashdan o'tgan har bir loyihaga bazaviy hisoblash miqdorining 1000 baravarigacha miqdordagi imtiyozli kreditlar ajratiladi. G'olib bo'lgan biznes loyiha va g'oyalar egalari «Yosh tadbirkorlarni qo'llab- quvvatlash jamg'armasi» hisobidan xorijiy davlatlarga malaka oshirishga yuboriladi[2].

Yoshlar bandligi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2024 yil 23 fevral kuni yoshlar bandligini ta'minlash yuzasidan yig'ilish o'tkazildi. Yig'ilishda yoshlarni bilim olishi, mehnat qilishi, ularga o'z salohiyatini ro'yobga chiqarish uchun zarur imkoniyatlar yaratilishi masalalariga urg'u berildi. Mamlakatimizda bugungi kunda mehnat bozoriga kirib kelayotgan

21

^_17-apreL_202£_

Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi

Tashkent State University of Economics

O'zbekiston - 2030 strategiyasi: inson salohiyatini ro'yobga chiqarish imkoniyatlari Uzbekistan - 2030 Strategy:

yoshlar soni ortib bormoqda. Joriy yil kollej, texnikum va oliy ta'lim muassasalarini 300 ming yoshlar bitirishi hamda "yoshlar balansi" bo'yicha 925 ming yoshlarning bandligi ta'minlanishi, ularni ishga joylashtirish, zamonaviy kasb-hunarlar va tadbirkolikka jalb etish masalalari muhokama etildi.

Yoshlarni zamonaviy kasblarga o'qitish bo'yicha "Ustoz" maxsus platformasi ishga tushiraladi hamda ushbu loyiha doirasida 250 ming nafar yoshlar marketing, reklama, elektron savdo, IT-dizayner kabi 30 ta zamonaviy kasbga o'rgatish tizimi yo'lga qo'yiladi[2]. Mamlakatimizda so'nggi bir necha yil davomida yoshlarning xorijiy tillarni o'rganishi uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Joriy yilda ushbu yo'nalishdagi ishlarni yangi bosqichga olib chiqish ko'zda tutilmoqda. Yoshlar ishlari agentligi tomonidan ishlab chiqilgan "Ibrat farzandlari" loyihasi orqali 1 million yoshlar xorijiy tillarga bepul o'qitiladi. Maktablardagi bo'sh sinf xonalari chet tili repetitorlari va o'quv markazlari uchun bepul ijarga beriladi. Qishloq joylardagi o'quvchilarning o'zlashtirishi yuqori bo'lgan 100 ta xususiy o'quv markazining ijara xarajatlari 6 oygacha kompensatsiya qilinadi. Xususiy kurslarda o'qib, "S-1" sertifikatini olgan yoshlarga o'qish harajatlari, nemis, fransuz, koreys, yapon va xitoy tillari bo'yicha "V-2" darajasini sertifikatini olish harajatlari qoplab beriladi. Shuningdek, joriy yilda nafaqat sertifikat olishdagi imtihon harajati, balki olti oylik o'qish puli ham to'lab beriladi.

2024 yilda yoshlar bandligini ta'minlashda qishloq xo'jaligi imkoniyatlardan keng miqyosda foydalanish rejalashtirilmoqda. Oldingi yillarda shu maqsadda 200 ming gektar paxta va g'alla maydonlari qisqartirilib, dehqonchilik uchun ajratib berilgan edi. Joriy yilda 60 ming 500 gektar yer yoshlarga ajratib berilishi belgilandi. Har bir yoshga qancha maydon ajratilishiga "mahalla yettiligi" taklif berish amaliyoti yo'lga qo'yiladi. Yer olgan yoshlar Agrobankning "Fermerlar maktabi"da hosildor, eksportbop ekinlar yetishtirish bo'yicha o'qitaladi. Mini-texnika, urug' va ko'chatlar sotib olishga "Yoshlar daftari" jamg'armasi hamda Fermerlar jamg'armasidan subsidiya ajratiladi. Dehqonchilik bilan shug'ullanuvchi yoshlarga eksportchi va qayta ishlash bo'yicha tajribaga ega tadbirkorlar kooperatsiya asosida biriktiriladi.

Yoshlarni ijtimoiy qo'llab-quvvatlash. O'tgan davr mobaynida yoshlarning ijtimoiy himoyasini ta'minlash va ijtimoy, iqtisodiy, huquqiy jihatdan qo'llab-quvvatlash bo'yicha tizimli ishlar qilindi. Xususan, barcha mahallalarda yoshlar yetakchisi lavozimi joriy etilib, bu vazifaga intiluvchan, tashkilotchilik qobiliyatiga ega, tashabbuskor yoshlar saralab olindi. "Yoshlar daftari" tizimi

22

^_17-aprel,_2024_

Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi

Tashkent State University of Economics

O'zbekiston - 2Q3Q strategiyasi: inson salohiyatini ro'yobga chiqarish imkoniyatlari Uzbekistan - 2Q3Q Strategy:

yo'lga qo'yilib, so'nggi ikki yilda 798 mingga yaqin yoshga qariyb 1 trillion so'mlik yordam ko'rsatildi. O'tgan yili 130 ming talabaga 1 trillion 700 milliard so'm ta'lim krediti berildi, xotin-qizlarning magistraturada o'qishi bepul bo'ldi. Ehtiyojmand oilaga mansub 53 ming talabaga o'qish uchun kontrakt pullari, 15 mingdan ziyod yoshga harbiy xizmat va 13 ming yoshga chet tillar bo'yicha imtihon xarajatlari to'lab berildi. 81 ming talabaga uy-joy ijarasi to'lovi ajratildi. "Yoshlar daftari" orqali 300 ming yoshga qariyb 600 milliard so'mlik yordam ko'rsatildi. Bu sohadagi ishlarni yanada aniq va manzilli tashkil etish maqsadida 14 yoshdan 30 yoshgacha bo'lgan 9 million o'g'il-qiz alohida e'tiborga olindi. Bunda birinchi marta 25 ta vazirlik va idora ma'lumotlari o'zaro uyg'unlashgan elektron bazaga jamlandi. Barcha yoshlarning ijtimoiy ahvoli, qobiliyati va qiziqishi o'rganilib, "mahalladan vazirlikkacha" tizimida ishlash choralari belgilab olindi.

Umuman olganda, «O'zbekiston-2030» strategiyasida ilgari surilgan maqsad va vazifalar yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizning 79-moddasida belgilangan davlatning konstitutsiyaviy majburiyatlarini bajarishga xizmat qiladi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 11.09.2023 yildagi PF-158-son. «O'zbekiston-2030» strategiyasini to'g'risida.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 21.02.2024 yildagi PF-37-son. «O'zbekiston-2030» strategiyasini «Yoshlar va biznesni qo'llab-quvvatlash yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi to'g'risida.

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Navro'z umumxalq bayramiga bag'ishlangan tantanali marosimdagi nutqi.

4. https : //daryo .uz/k/2024/03/01/xalqaro-va-mintaqaviy-olimpiadalarda- golib-bolgan-oquvchilar-va-ulaming-uztozlarigaqancha-mukofot-berilgani-malum-qilindi.

5. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2023 yil 30 sentyabrdagi O'zbekiston o'qituvchi va murabbiylariga yo'llangan tabrigi.

6. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida Farmoni, 08.10.2019 yildagi PF-5847-son. O'zbekiston Respublikasi.

7. https://president.uz/lists/view/6145.

23

^_17-aprel,_2024_

Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.